OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Normurod Norqobilov (1953)

Normurod Norqobilov 1953 yil 7 iyunda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qishliq qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2006). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1982).

To‘qimachilik korxonasida slesar, O‘rta Osiyo temir yo‘lida ishchi, g‘isht zavodida g‘isht teruvchi, ombor qorovuli, mashinasozlik zavodida farma yasovchi, «Toshkent oqshomi» gazetasida adabiy xodim, O‘zbekiston televideniesida kichik muharrir, muharrir va bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Uning «Chorrahada» degan ilk hikoyasi 1982 yilda «Toshkent oqshomi» gazetasida bosilib chiqadi. «Yoshlik» jurnalida, so‘ng esa «Kamalak», «Chashma» kabi to‘plamlarda bosiladi.

«Zangori ko‘l» (1987), «Unutilgan qo‘shiq» (1990), «Yuzma-yuz» (1993), «Paxmoq» (1997), «Sariqgul» (1998), «Arazchi chumchuq» (1999), «Bekatdagi oq uycha» (2000), «Jo‘shqin daryo», «Ovul oralagan bo‘ri» (2005), «Bo‘ron qo‘pkan kun» (2007) kabi qissa va hikoyalardan iborat to‘plamlari nashr etilgan.

Uning asarlarida adib tug‘ilib o‘sgan vohaning o‘ziga xos tabiati, sodda va beg‘ubor kishilariga xos insoniy fazilatlar haqida bahs tinglagandek bo‘lamiz. Ulardagi barcha hikoyalar, qahramonlar adibga yaqin va tanish bo‘lganligidan kitobxon qalbida ham yorqin iz qoldiradi. Tasvir uslubi va ifoda tili sodda va ravon bo‘lganligidan o‘quvchi zerikmaydi.

«Quyoshi botmaydigan yurt», «Shim yoxud xotinlar janjali» nomli asarlari asosida bir necha qismli videofilm yaratilgan.

«Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.