OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Nosir Muhammad (1946)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/nosir_muhammad.jpgNosir Muhammad (Nasriddin Muhammadiyev)1946 yilning 2 dekabrida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ qo‘rg‘onida tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan.

“Toshkent oqshomi” gazetasida kichik adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976-79 yillari Eronda tarjimon, “Yoshlik” jurnalida mas’ul kotib (1985-1993), O‘zbekiston Milliy axborot agentligining xalqaro axborotlar tahririyati bosh muharriri (1993), “Jahon” axborot agentligida (1994), O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida Matbuot kotibi (1996-99), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining yetakchi konsultanti (1999-2005) bo‘lib ishlagan. 2005 yildan buyon Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori.

Nosir MuhammadO‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi (1972) va Yozuvchilar uyushmasi (1989) a’zosi, 20 ga yaqin she’riy va ilmiy-ommabop kitoblar muallifi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.