OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Orif Odilxonov (1938-2002)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/orif_odilxonov.jpgOrif Odilxonov 1938 yilning 10 yanvarida Toshkent viloyatining Parkent tumaniga qarashli so‘lim So‘qoq qishlog‘ida tavallud topdi. Uning bolalik yillari urush va urushdan keyingi og‘ir yillarga to‘g‘ri keldi. 1955 yili Toshkent qishloq xo‘jalik institutining agronomiya-iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1960 yili bitirdi.

Institutda o‘qib yurgan davrida u Xayriddin Saloh, Erkin Vohidov kabi atoqli shoirlar bilan do‘stlashib, Maqsud Shayxzoda, G‘afur G‘ulom, Mirtemir kabi ustoz shoirlarning suhbatlaridan bahramand bo‘lgan. Institutni bitirganidan so‘ng Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidagi jamoa xo‘jaliklaridan birida hisobchi, Yuqori Chirchiq tumanida madaniyat bo‘limi mudiri, 1970 yildan umrining oxirigacha “So‘qoq” dam olish     uyining rahbari bo‘lib ishladi.

Orif Odilxonovning “Bahor atri”, “Tog‘da bir chashma”, “Bodom gullari”, “Umid yulduzlari”, “So‘nmagan sevgim”, “Qo‘shiq kuylasam”, “Tog‘lar taronasi”, “Saylanma” kabi she’riy to‘plamlari she’riyat muxlislarining ko‘ngil mulkiga aylangan. 1988 yili uning “Parkent tarixi” nomli kitobi ham chop etilgan.

Uning yuzdan ortiq she’r va g‘azallari mashhur xonandalar tomonidan kuylab kelinayotir. Orif Odilxonovning kamtarin mehnati hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “Respublikada xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, orden va medallar sohibi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.