OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Rojiy Marg‘inoniy (1834-1918)

Rojiy Marg‘iloniy (taxallusi; asl ism-sharifi Xo‘jajon Xo‘ja Nizomiddin Xo‘ja o‘g‘li, 1834 — Marg‘ilon — 1918) — shoir. Qo‘qon va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Xushxat va savodxon bo‘lganligi uchun mirzalik qilgan.

Shoirning adabiy merosi 10 ming misraga yaqin: ular g‘azal, muxammas, masnaviy, muammo, ruboiy, tuyuq, qit’a, fard, ta’rix kabi adabiy janrlarda bitilgan. Rojiy lirik she’rlarida pok insoniy sevgini, olijanob fazilatni ulug‘laydi, zulm va adolatsizlikdan noliydi. «Qozi saylov», «Saylov» hajviyalarida amaddorlarni, poraxo‘r qozilarni tanqid qiladi, o‘z davri saylovining mohiyatini ochib beradi. «Toy», «Toychoq» kabi masnaviylarida mustamlakachilik zulmi ostida qashshoqlashgan xalqning turmushini, ochlik, muhtojlik hukm surayotgan muhitni qoralaydi. Rojiy Dukchi eshon voqeasi haqida ham she’rlar yozgan.

Hofiz, Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Fuzuliy, Nodira va Furqat kabi shoirlarning g‘azallariga nazira va taxmislar bitgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.