G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich (1947.25.6, Toshkent) — iqtisodchi olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1991), iqgisod fanlari doktori (1981), professor (1984).
Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatgan (1969). 1974 yildan boshlab Toshkent xalq xo‘jaligi instituti iqtisodiy kibernetika kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent (1974—78), iqgisodiy kibernetika fakulteti dekani (1982-85), o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (1985—88), rektori (1988-98), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1998-2004), 2004 yildan Toshkent iqtisodiyot universiteti rektori bo‘lib ishlagan.
Ilmiy ishlari iqtisodiy-matematik usullar hamda modellashtirish, O‘zbekiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tizimli modellashtirish, ularning tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual potentsialidan samarali foydalanishning metodologik va metodik asoslarini ishlab chiqish, boshqaruvda kompyuter tizimlaridan foydalanishning informatsion axborot ta’minoti muammolari, o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlar uchun yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan.
1-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati (1992-96). «Do‘stlik» ordeni (1997) va «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (2000).