OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sharifa Salimova (1951)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/sharifa_salimova.jpgShoira Sharifa Salimova 1951 yil 30 dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti tamomlagan (1969—1974). O‘zbekiston televidenie va radio-eshittirish Davlat Qo‘mitasi qoshidagi «Vatandosh» radiostantsiyasida kichik muharrir, bo‘lim boshlig‘i, «Saodat» jurnali va «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bo‘lim mudiri (1989—1994), O‘zbekiston Prezidenti devonida ma’sul vazifada ishlagan.

Sharifa Salimovaning dastlabki she’riy guldastalari 70-yillarning oxiri va 80-yillarda «Hayot zavqi» va «Mening bahorim» nomi bilan chop etildi. Shoira ijodida «Hizr bulog‘i» (1996) alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning 550 yilligiga bag‘ishlangan.

Sharifa Salimovaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan (1994). U qozoq, qirg‘iz, rus shoirlaridan tarjimalar qilish bilan bir qatorda, islomshunos olmon shoiri Hadayatulloh Hyubsh she’rlarini ham tarjima qilib «Oh, atirgul» nomi bilan nashrga tayyorlagan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.