OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sobir Yunusov (1907-1995)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/sobir_yunusov.jpgYunusov Sobir Yunusovich (1907.18.3, Toshkent, 1995.29.11) kimyogar olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1952). SSSR Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1958), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952). Mehnat Qahramoni (1969).

O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1935). Urush qatnashchisi (1941—43). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti alkaloidlar kimyosi lab. mudiri (1943—87), ayni vaqtda institut direktori (1949—52), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1952—62). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tashkilotchisi va direktori (1958—83), ilmiy konsultant (1983—86), faxriy direktori (1987-95), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi kimyo-texnologiya bo‘limi raisi (1986—87) bo‘lib ishlagan.

Ilmiy ishlari tetragidroizoxinolin va fenantridin alkaloidlarini tadqiq qilish, yangi alkaloidlar tuzilishini aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish, o‘simliklarda alkaloidlar hosil bo‘lish mexanizmini, ularning o‘sish maydonlariga qarab yig‘ilishi va to‘planishi dinamikasini o‘rganishga oid.

Sobir Yunusov — O‘zbekistonda alkaloidlar kimyosi maktabining asoschisi. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq o‘simlik tadqiq qilinib, ularning yarmidan ko‘prog‘ida alkaloidlar mavjudligi aniqlandi, 1000 dan ortiq alkaloidlar ajratib olindi, tsitizan, galantamin, papaverin, protopin kabi muhim alkaloidlarning 100 dan ortiq manbai topildi. Tibbiyot uchun amaliy ahamiyatga ega 20 ga yaqin birikma amaliyotga tavsiya etildi.

Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2002). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutigauning nomi berilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.