OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tesha Zohidov (1906-1981)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/tesha_zohidov.jpgZohidov Tesha Zohidovich (1906.10.5, Qo‘qon — 1981.22.8, Toshkent) — O‘zbekistonda zoologiya fani tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1952), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1947), biologiya fanlari doktori (1948), professor (1949).

O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1931). Shu universitet rektori (1932, 1941, 1950-51). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya instituti direktori (1946-50), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1952-56).

Asosiy ishlari umurtqali hayvonlarni o‘rganishga, zoologiya fanini targ‘ibot qilishga bag‘ishlangan. Qizilqum umurtqali hayvonlarining faunistik tarkibi va ekologiyasini o‘rgangan. «Zoologiya entsiklopediyasi» (1—4-jildlar, T., 1957—79) asari uchun Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati unvoniga sazovor bo‘lgan (1971).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.