OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yayra Sa’dullayeva (1934)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/yayra_sadullayeva.jpgYayra Sa’dullayeva Ubaydullayevna 1934 yil 18 sentyabrda Toshkentning Sebzor dahasida tavallud topadi. 1953 yil Ulug‘bek nomli o‘rta maktabni kumush medal bilan tugallab, Toshkent Davlat universiteti (O‘zMU)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi.

Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan bo‘lajak adiba mehnat faoliyatini gazetalar tahririyatida adabiy xodimlikdan boshlaydi. Keyinchalik 1964 yildan «Gulxan» jurnalida, 1971 yildan «G‘uncha» jurnalida bosh muharrirlik lavozimlarida xizmat qiladi.

Ya.Sa’dullayevaning qissa, hikoya va badiiy lavhalardan tashkil topgan quyidagi kitoblari chop etilgan: «Hayotning bir varag‘i» (1967), «Ko‘zlari xumor» (1968), «Ona ko‘ngli» (1972), «Kelinchak» (1975), «Ayol qadri» (1976), «Tom boshida tog‘ora» (1975), «Yaltiroq halqacha» (1975), «Qog‘oz qush» (1979), «Baxtli bo‘ling» (1980), «Zolotoe koltso» (1982, rus tilida ), «Oltin baxtim» (1984), «Bekinmachoq» (1987), «Chip-chipjon» (2004), «Katta hovli» (2005), «Ko‘cha to‘la bolalar» (2005).

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.