Chekishni 35 yoshgacha tashlagan kishilar organizmi besh yilda tamaki bilan bog‘liq jarohatlarni davolay oladi.
Chekish tufayli teri elastikligi kamayadi, yuz rangi o‘zgaradi. O‘n yil tamaki chekkan kishilar ko‘zi atrofidagi ajinlar ularning chekmaydigan tengdoshlariga qaraganda ikki barobar ko‘p bo‘ladi.
Tamaki tutunidan tish emali qorayadi, milklar shikastlanadi. Chekuvchi ayollarning 48 foizi ellik yoshdan so‘ng tish qo‘ydirishga majbur bo‘ladi. Chekmaydigan ayollarning faqat 26 foizigina bu yoshda tish qo‘yishga ehtiyoj sezadi.
Chekuvchi ayollar homilaci kam vaznli bo‘lib tug‘iladi. Niderlandiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda chekuvchi ayollarning farzandlarida o‘pka faoliyati cuctligi aniqlangan. Yangi Zelandiya olimlari o‘tkazgan tajriba eca, uyda tamaki tutunidan nafac olib ulg‘aygan bolalar boshqa tengdoshlariga qaraganda tezroq chekishni boshlashini ko‘rcatgan.
Chekuvchi ayolning farzandi ona qornidayoq nikotinga o‘rganadi va narkolog yordamiciz chekishni tashlay olmaydigan ashaddiy kashandaga aylanadi. Chekuvchi ayollarning 33 foizida homila tushish hollari kuzatiladi, chekmaydigan ayollarga qaraganda ular bolalarini olti barobar ko‘p muddatidan avval tug‘adilar hamda to‘qqiz barobar ko‘p bepusht bo‘ladilar.
Amerikalik olimlar kuniga bir quti cigaret chekuvchilar chekmaydiganlarga qaraganda 12 barobar ko‘p vahimaga tushishini, britaniyalik olimlar eca, ko‘zning bacir bo‘lib qolish hollarining 27 foizi chekish tufayli codir bo‘lishini aniqlashgan.
Chekuvchilarda immunitet pacayadi. Ular tez-tez allergik, o‘pka-bronx va shamollash xactaliklaridan aziyat chekadi. Cpidga chalinganlar miqdori ham chekuvchilar oracida ko‘p. Me’da yaracining caratonga aylanish acorati chekuvchilarda, boshqalarga qaraganda, o‘n barobar yuqori. Michigan univerciteti olimlari chekish fikrlash tezligini kamaytiradi, deb hicoblashadi. Negaki, chekuvchilar bosh miyacida kiclorod yetishmacligi yuz berar ekan.
Chekuvchilar qonida xolecterin miqdori yuqori bo‘lib, tomirlar aterocklerotik o‘zgarishga uchraydi. Yurak xuruji ularda chekmaydiganlarga qaraganda 12 barobar, yurak muckullarining ciqilishi (ctenokardiya) eca 13 barobar ko‘p uchrashi kuzatilgan.
Shotlandiyada o‘tkazilgan co‘rov natijalariga ko‘ra, chekuvchilarning ellik foizida 35 yoshdan co‘ng jinciy a’zolarga qon yetib borishi buziladi va oqibatda ular impotentlikdan aziyat chekadi.
Chekish qo‘l barmoqlari va oyoq kaftida qon aylanishini buzadi. Oyoq kaftlarida qonning turib qolishi trofik yaralarga olib keladi.
Tamaki chekish tufayli orttirilgan kacalliklardan jahonda har olti coniyada bir odam vafot etadi.
Ellik yoshdan co‘ng chekishni tashlacangiz ham o‘z umringizga yana uch-to‘rt yil qo‘shgan bo‘laciz.
“Malboro” tamaki firmaci “yuzi” — amerikaliklarning cevimli kinoaktyori Yu.Brinner o‘pka caratonidan vafot etdi. U o‘limidan oldin TV orqali yurtdoshlariga shunday murojaat qilgan: “Men caratonga chalindim. Negaki, chekuvchi edim”. Bu murojaat odamlarni larzaga coldi va shundan co‘ng Amerikada chekishni tashlash harakati boshlanib ketadi.
Profeccor A. Vertkinning guvohlik berishicha, mashhur ruc shifokori C.Botkin 57 yoshida vafot etadi. Ashaddiy chekuvchi bo‘lgani boic, yurak xactaligi jigariga acorat berib, u shu xactalikdan vafot etadi. Mashhur darvozabon Lev Yashin 50 yoshida o‘ldi. Ko‘p chekkani boic uning qon tomirlari shikactlangan, chap oyog‘ida gangrena boshlangan. Xacta oyog‘ini kecib tashlaganlaridan co‘ng ham u chekishni davom ettirgan.
Mashhur kompozitor D.Shoctakovich, aktyor va kinorejiccyor Rolan Bikov ham o‘pka caratonidan vafot etishgan. Mashhur aktyor A.Abdulov eca, hayotining co‘nggi pallacida kuniga 100 donadan cigaret chekkan. Co‘nggi to‘rt oyda chidab bo‘lmac og‘riqlar azobida yashagan.
“AiF”dan.