Bu hikoyaning boshlanishi dalalardan qirlarga, qirlarda adirlarga yugurib otlarni parvarish qilib yurgan odmi bir otboqarning kichik og’liga borib taqaldi. Ota kasbi sababli bolaning maktabdagi davomati juda ham yaxshi edi dep bo’lmaydi. 5 sinfda o’qiyotganida, o’qituvchi uy vazifasi sifatida “Men katta bo’lsam kim bo’laman?” mavzusida insho yozishlarini aytdi.
Bola tun bo’yi o’tirib bir kun kelib juda katta bir ot fermasini egasi bo’lishligi haqida 7 sahifalik insho yozdi. Orzularining eng nozik tomonlarigacha yozib chiqdi. Hatto orzusidagi 200 xonalik fermaning rejasini ham chizdi. Binolarning, ohurlarning va omborlarning turishini chizib chiqdi. Fermaning turli maqsadda qurilgan 200 ta xonasining qarshisiga qurilajak 1000 kvadrat metrlik uyning rejasini ham qo’shdi.
Ertasiga o’qituvchisiga topshirgan 7 sahifalik uy vazifasi, butun bir qalbining sadosi edi. 2 kundan keyin inshosini qaytarib oldi. Qog’ozning ustiga katta “2” bahosi va “darsdan keyin meni oldimga kir” degan yozuv bor edi.
“Nega “2” oldim?” deya hayajon bilan bola o’qituvchisidan so’radi… “Bu sening yoshingdagi bir bola uchun loyiq bo’lmagan bir orzu” dedi, o’qituvchi.. “Puling yo’q. Faqir bir oilada yashaysan. Ot fermasi qurish uchun juda katta pul kerak bo’ladi. Avval katta bir yer sotib olish kerak. Fermada parvarishlash uchun hayvonlarni ham pulga beradi. Buni sen qila olishing imkonsiz” va shunday deb qo’shib qo’ydi: “Agar vazifangni ishonsa bo’ladigan narsalar haqida boshqatdan yozib kelsang, men bahoyingni o’zgartirishim mumkin.”
Bola uyiga keldi va juda ko’p o’yladi. Otasidan maslahat so’radi. “O’g’lim” dedi otasi “Bu mavzuda qarorni o’zing qabul qilishing kerak. Bu sening hayoting bo’lgani uchun sen uchun jiddiy tanlov!.”
Bola bir haftagacha o’ylaganidan keyin vazifasiga hech bir o’zgartirish kirgazmasdan o’qituvchisiga qaytarib olibn bordi… “Si qo’ygan bahoyingizni o’zgartirmang” dedi… “Men orzularimni..”
O’sha maktab o’qituvchisi bugun turli maqsadda qurilgan 200 xonadan iborat fermaning qarshisidagi 1000 kvadrat metrlik uyda yashaydi. Necha yillar avval inshosidagi rejasida chizgani kabi aynan.
Hikoyaning eng qiziq joyi esa quyidagicha: O’sha o’qituvchi o’tgan yoz faslida 30 ta o’quvchisini shu fermaga ekskursiyaga olib keldi.
Fermadan qaytarkan eski o’quvchisiga “Qara” dedi, “Senga endi aytishim mumkin. Men senga o’qituvchilik qilgan paytlarda orzular o’g’risi edim. O’sha yillarda men o’quvchilarimning juda ham ko’p orzularini o’g’irladim. Sen esa orzularidan voz kechmagan judayam injiq bola eding.”
Turk tilidan Muhammad Alihon tarjimasi