SAVOL: Oilada qiz tug‘ildi. O'zbek oilalarida qiz bolaning iffatli, latofatliva nazokatli bo‘lib o‘sishiga murg‘aklik davridanoq alohida e'tiborberiladi. Xo‘sh, qiz bolalarning jinsiy tarbiyasida nimalarga ahamiyat berish zarur?
JAVOB: Albatta, qiz bolaning jinsiy tarbiyasida ko‘plab o‘ziga xos jihatlar mavjud. Aksar ota-onalar go‘dak qizaloqlaridagi ayrim me'yoriy holatlarni dard alomatlari deb o‘ylashadi. Xususan, go‘dak siynalari, ya'ni, sutbezlarining vaqtinchalik biroz qattiqlashishi yoki gohida qizaloqning jinsiy yo‘llaridan birozgina qizg‘ish suyuqlik chiqishi o‘tkinchi me'yoriy hollardir.
Qiz bola tetapoya bo‘la boshlagan davrdanoq tashqi ta'sirotlarga o‘ta sezuvchan bo‘ladi. Qizaloq bir yoshga to‘lgunga qadar uning suyak tuzilishi to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish zarur. Jumladan, raxit kasalligida skelet muskulaturasi tonusining oshishi qiz bola chanog‘ining tor va yassiroq bo‘lib qolishiga olib keladi. Bu hol o‘z navbatida jinsiy a'zolar rivojiga ham aks ta'sir ko‘rsatadi. Goho ulg‘ayib turmush qurilganda odatiy tug‘ruq yo‘llarining torayganligi bois, tug‘ish asoratli kechishiga ham bolalik davridagi befarq munosabat sabab bo‘lishi mumkin.
Go‘dak beqiyos ona suti va tabiiy ne'matlardan qancha uzoq muddat bahramand bo‘lsa, uning zuvalasi shuncha pishiq bo‘ladi. Raxitni imkon qadar tezroq, shifokor nazoratida D-guruhidagi darmondorilarni tayinlash, quyosh nuridan bahramand etish bilan davolash lozim.
Go‘dak qizaloqni iloji boricha, yo‘rgak kasalligidan asrash lozim. Chaqaloq uzoq vaqt tagi ho‘l holatda yotishi natijasida, teri bichishi, jinsiy a'zolar hududi ta'sirlanib, shishishi va qizarishi kabi asoratlarga olib kelishi bilan xatarlidir. Taglik sintetik bo‘lmagan oddiy materialdan bo‘lib, kir sovun bilan yaxshilab yuvilishi maqsadga muvofiq. Cho‘miltirishda har xil shampunlarning ishlatilishi ham qizlarda tashqi jinsiy a'zolarning jumladan, vulvaning allergik yallig‘lanishiga olib kelishi bilan xatarli.
Bolakaylarni to‘g‘ri kiyintirish, ishtonchalarni tez-tez almashtirib turish ham zarur. Qiz bolalar ishtonchalarining pochasi yopiq bo‘lishi, jinsiy a'zolarni sovuq qotishdan hamda turli xatarli iflosliklar bilan bulg‘anishdan saqlashi bilan qulaydir.
Maktab yoshidagi qizaloqlarda ancha tortinchoqlik, uyatchanlik ustuvor bo‘lishini ota-onalar va muallimlar ko‘zda tutishlari joiz. Zero, qizaloqlarda peshob qopi va to‘g‘ri ichakning to‘lib ketishi, ya'ni hojatga ehtiyojmand bo‘lsa-da, qimtinib o‘z paytida chiqmasliklari bachadonning joyidan surilib, asta-sekinlik bilan egilib qolishi kabi xatarli asoratga olib keladi. Bunday holatlar keyinchalik bepushtlikka sabab bo‘lishini unutmasligimiz joiz.
Shu sababli ham dars o‘tilayotgan paytda qizlar uchun hatto ruxsatsiz birrovga chiqib kelishlariga qarshilik qilinmasa, nazarimda ayrim ko‘ngilsiz holatlarning oldi olingan bo‘lardi.
Qiz bola jinsiy tarbiyasida rasida bo‘lish davriga qadar quyidagi hollarga ahamiyat berishlik joiz:
a) qiz bola bir yoshdan boshlab faqat onasi yordamida cho‘miltirilishi, aka-
ukachalari bilan bir vannada cho‘milmasligi lozim;
b) o‘g‘il bolalar xush ko‘ruvchi toychoq, velosiped kabi tos a'zolarini ta'sirlantiruvchi o‘yinchoqlar, qizaloqlarda klitor sezuvchanligini oshirib, iffat pardasiga darz yetkazish ehtimoli mavjudligini unutmaslik kerak;
v) qizaloqlar ota-ona jinsiy munosabatidan imkon qadar bexabarroq bo‘lishi joizligi sabab, yotoqonalar alohidaligi, ichki kiyimlarning esa ko‘zdan yiroq bo‘lganligi ma'qulroqdir;
g) jinsiy a'zolar ozoda turishi zarur; o‘g‘il bolalarning tor, badanni ta'sirlantiradigan kiyimlarini, xususan, shimlarini kiyish ham qizaloqlarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlangan.
- Yuqorida asosan balog‘at sari odimlayotgan qizaloqlar jinsiy tarbiyasidagi o‘zigaxosliklar haqida fikr yuritildi. Umuman balog‘atgacha va balog‘at davridagi o‘zgarishlar nimalarda namoyon bo‘ladi?
- Qiz bolalar rasida davri taxminan 9 yoshlardan boshlanadi. Shartli tarzda bu jarayonning quyidagi bosqichlarini tafovut etish mumkin:
1) 9-11 yoshli qizlarda (ayrimlarda 8,5 yoshdan 11,5 yoshgacha) tos, dumg‘aza suyaklarining sezilarli o‘sayotganligi kuzatiladi;
2) 10-11 yoshlarda (ayrimlarda 9,5 yoshdan 12 yoshgacha) qorin pasti, qov hududlarida ayollarga xos yakkam-dukkam, mayin tuklar paydo bo‘lishi va ko‘krak bezlarining sezilarli o‘sishi kuzatiladi;
3) 11-13 yoshlarda (ayrimlarda 10-15 yoshlarda) tashqi va ichki jinsiy a'zolarning keskin rivoji kuzatiladi. Qovtuklari ko‘payib, ko‘krak bezlari keskin kattalashib, uning uchida rangdorlik paydo bo‘ladi;
4) 13,5-14 yoshlarda (ba'zilarda 9-16,5 yoshlarda) keskin rivojlanish ro‘y berishi natijasida qo‘ltiq osti mo‘ylari paydo bo‘ladi hamda ilk hayz ko‘rish jarayoni kuzatiladi. Oradan ko‘p o‘tmay bu qizlar organizmida homilador bo‘lish imkoniyati ro‘y beradi;
5) 15,5-17,5 yoshlarga to‘lgach, qizlarda suyak, ya'ni bo‘y o‘sishi to‘xtaydi. Ovozlari istig‘noli, mayinlik bilan chulg‘anishi, husnbuzarlar toshishi ham shu yoshlarga xosdir. Har oyning ma'lum kunlarida hayz jarayoni ro‘y berishi odatiy maromga tushib oladi.
Balog‘at yoshidagi qizlarda tananing notekis o‘sish jarayoni boshlanadi. Sonning yog‘ to‘plashi, siynalarning kattalashishi, chanoq suyaklari kengayishi, dumba hududining et olishi va sezilarli to‘lishishlar shular jumlasidandir. Keskin o‘sish jarayoni bilan birgalikda o‘spirin qiz ruhiyatida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y berib, siqiluvchanlik, qimtinish kabi hollarga moyillik kuzatiladi. Ayrim qizlar ko‘kraklarining dirkillashidan andisha qilib, ko‘ksilarini ichga tortib yuradilar. Bu esa gavdaning me'yoriy o‘sishiga salbiy ta'sir etishi tufayli, nafas olish a'zolari va yurak xastaliklarining, vujudga keltirishi mumkin. Ayrim qizlar esa uzoq vaqtgacha ko‘kraklarini biror material bilan siqib o‘rab yuradilar. Natijada, siynalar yalpayib, xunuklashib ketishi bilan bir qatorda, kelajakda ko‘krak bezi kasalliklari vujudga kelishiga ma'lum darajada sabab bo‘ladi.
Bu yoshdagi qizlar har jihatdan qulay, iqlimga mos, tabiiy, odmi matodan qilingan siynaband taqsalar bas, hushqomat va sog‘lom bo‘lishlari shaksizdir. Balog‘at yoshidagi qizlarning og‘ir yuk ko‘tarishlari qin va bachadonning pastga tushish dardiga olib kelishi bilan xatarlidir. Ko‘pgina, onalar ginekolog shifokor maslahatiga faqat qizlari turmushga chiqqandan so‘nggina zarurat bor, deya xato o‘ylashadi. Natijada, balog‘at yoshidagi qizlarning jinsiy a'zo kasalliklari nazardan chetda qolib, o‘z vaqtida davolanmasligi bois, har xil xatarli asoratlarga, jumladan bachadon yoki tuxum yo‘llarining qayrilib qolishiga olib keladi.
SAVOL: Qizlarga beriladigan tarbiyadagi yana bir ahamiyatli jihat ularni hayzjarayonidan ogoh etishdir. Ilk bora hayz ko‘rgan ba'zi qizlar tushunmovchilik bois, buholatni noto‘g‘ri qabul qilib, iztirob komiga tushganlari ham talaygina. Qolaversa, harqanday ona ham qizi qachon ilk bora hayz ko‘rishini aniq bilolmaydi. Umuman, bujarayon xaqida ilk saboq qay tarzda va kim orqali berilishi lozim?
JAVOB: Avvalo tarbiya beruvchi kishining o‘zi tarbiya topgan bo‘lishi joiz. Qiz bola balog‘at yoshiga yetishidan avvalroq jinslar borasida hamda hayz jarayoni haqida yetarli ma'lumotga ega bo‘lishi lozim. Bu mas'uliyatli ish uch kishi - ona, maktab muallimasi va hududiy shifokor ayol tomonidan amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Sababi hayz ba'zilarda 13-14 yoshlarda, ayrimlarda 9-10 yoshda, kechkilarda 16-17 yoshlarda boshlanishi ham mumkin. Ko‘pchilikni tashkil etgan 13-14 yoshli qizlar uchun maktablarda 12 yoshdayoq o‘g‘il bolalardan alohida, maxsus darslar tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lardi, Ammo erta rasida bo‘ladigan qizlarda durkunlik alomatlari sezilgan paytdayoq ona yoki biror mutaxassis ayol bu qiz bilan alohida, yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, kerakli saboqni berishga ulgurishi lozim. Hayz jarayonining davriyligi, muttasilligi qiz bolada bir necha yilgacha o‘zgarib turishi ham me'yoriy hol.
Odatda hayz jarayoni balog‘at davridan 45-55 yoshga qadar har oyda bachadondan qin orqali qon ajralib chiqishi bilan ifodalanadi. Bu jarayonda bachadon nasl urug‘ini qabul qilishga tayyorlanadi va homiladorlik hamda emizikli bola bo‘lgan davrda to‘xtaydi. Odatda hayz har 21-24, 25-28, 29-33, kunda bir maromda takrorlanib, o‘rtacha 3-5 kun davom etadi.
Sog‘lom qizlarda hayz jarayoni deyarli bilinmay o‘tadi. Ammo kamqon; toliquvchan va nimjon qizlarda behollik, qorin pasti va bel hududining sirqirab og‘rishi, bosh aylanishi kabi alomatlar paydo bo‘ladi.
Shuningdek, bu yoshdagi qizlardagi asabiy, ruhiy o‘ziga xosliklar, ta'sirchanlik, hissiyotga beriluvchanlik kabilarni ko‘zda tutgan holda, ehtiyotkorlik bilan muomala qilish zarur bo‘ladi. Chunki ayrim yuqumli kasalliklar bilan bir qatorda, asabiylik, jismoniy toliqishlar va g‘ambodalik ham hayz maromining buzilishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.
Hayz ko‘rish muddati boshda o‘zgaruvchan bo‘lib, keyinchalik asta-sekin o‘z maromini topadi. Ammo uzoq vaqt davomida hayz o‘z maromini topmasa va og‘riqlar to‘xtamasa, tezda shifokor bilan maslahatlashgan ma'qul. Ko‘pchilik ayollar va oqila qizlar hayz jarayonini kuzatib borish uchun o‘zlariga maxsus taqvim tuzib oladilar va unda hayz muddati, maromi, qon kelishining oz-ko‘pligi, og‘riq bor-yo‘qligi kabi qator ma'lumotlarni muntazam qayd etishlari tahsinga loyiq. Zero, bu jarayon ayollar jinsiy a'zolarining holatini aks ettiruvchi ko‘zgudir.
SAVOL: Hayz davrida qanday gigienik muolajalarga zarurat tug‘iladi? Nimalarga alohidaahamiyat berish lozim?
JAVOB: Hayz jarayonida vujud barqarorligi ancha susayishi bois, kasalliklarga moyillik kuchayadi. Ayolning jinsiy jihatdan sog‘lomligi esa ushbu davrdagi zaruriy gigienik muolajalarni to‘g‘ri va mukammal tarzda bajarib, ozoda yurishiga bevosita bog‘liqdir. Bu davrda qinni chayish, vannada yuvinish mumkin emas, ammo ost kamida 2-3 marta yuvilishi shart. Yuvilgan a'zolar uchun faqat hayz jarayonida qo‘llaniladigan, boshqa paytda qaynatib zararsizlantirilgan toza sochiqni qo‘llash mumkin. Hayz kunlari jinsiy a'zolarga mikroblar tushmasligi uchun, imkon qadar maxsus «bakteritsid bog‘lama»lardan foydalanish lozim. Bu qulayliklar mavjud bo‘lmagan qishloq joylarda esa toza paxta va bint qo‘llash mumkin. Bu paytda badanning sovib ketishidan, zax sharoitdan, og‘ir jismoniy mehnatdan saqlanish zarur.
Ushbu davrda achchiq qalampir, murch yeyish, spirtli ichimlik iste'mol qilish ham koni ziyondir. Aytgancha, agar hayz 10 kundan ziyod kelsa, juda kuchli og‘riq bilan kechsa, davriyligi ilk paytdan boshlab bir yilgacha muttasil buzilsa, yoxud oyboshi 17 yoshgacha umuman kelmasa, albatta, shifokor-mutaxassisga murojaat etish kerak.
«...Dugonam Nigora bolalikdan faqat o‘eil bolalar orasida to‘pori, sho‘x bo‘lib o‘sgandi. 16 yoshdan keyin u bilan do‘stlashdik. Yaqinda esa uning meni quchishida erkaklargaxos ehtiros belgilari borligini sezib qoldim. Uning erkakshodaligi, yigitlar haqidagisuhbatlarni xush ko‘rmasligi, qizlar bilan qo‘pol hazillashishi meni tashvishga soldi. Bukasallik belgisi emasmikin?...»
Sharofat
- Afsuski, oxirgi paytlarda shu kabi holatlar ko‘p uchrab turadi. Qizning jinsiy tarbiyasi uchun mas'ul - onaning xatosi yoki loqaydligi ham shu holga sabab bo‘lishi mumkin. Ona balog‘at sari odimlayotgan farzandining aynan o‘ziga tegishli jins vakillari muhitida o‘sishiga ahamiyat berishi lozim. Ma'lumingizkim, qizlarning qonida ayollik gormoni - estrogenlar bilan birgalikda kam miqdorda bo‘lsa-da, androgenlar - erkaklar gormoni ham mavjud bo‘ladi. Qizaloq o‘sayotgan muhit, asosan, o‘g‘il bolalardan iborat bo‘lsa, androgenlar miqdorining oshib ketish ehtimoli paydo bo‘ladi. Bu esa goho uning erkakshodaroq bo‘lib o‘sishiga, qizlik nazokatidan mosuvoligiga olib keladi. Bu hol keyinchalik ayollar gomoseksualizmiga olib kelishi ham ehtimoldan xoli emas.
Negadir, qizlardagi erkakshodapik, yigitlardagi xotinchalishlik belgilari yolg‘iz ayollar oilasida ko‘proq uchraydi. Yaqinda qabulimga bir ayol 23 yoshli yolg‘iz o‘g‘lini boshlab keldi. O'g‘li hanuzgacha uylanishdan bosh tortayotganligi, qizlarga befarqligidan shikoyat qildi. Ona yolg‘iz o‘g‘lini bolalikdan o‘ta avaylagan, kaltak yeyishidan hadiksirab faqatgina qizlar bilan o‘ynashiga ruxsat bergan, xolos. Natijada bola o‘zini qizlarga o‘xshab tuta boshlagan, tengdosh yigitlarga aslo qo‘shila olmagan. Oynai jahondagi beibo filmlarni ko‘rganda esa o‘zini qizlarning o‘rniga qo‘yib tasavvur qila boshlagan. Tekshiruvlarimiz natijasida noto‘g‘ri tarbiya tufayli yigitda hezalaklik (gomoseksualizm)ka moyillik belgilar topildi. Demak, qiz bola jinsiy tarbiyasida onaning, o‘g‘il bola jinsiy tarbisida otaning o‘rni beqiyosdir. Farzandimiz o‘z jinsi vakillari muhitida o‘sayotganligiga ham alohida ahamiyat berishimiz shart ekan.
Maktablarda balog‘at arafasidagi o‘g‘il va qiz bolalarga alohida-alohida maxsus saboqlar berilishini yo‘lga qo‘yish kerak.