OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Dunyodagi eng tezkor narsalar, jonzotlar 25 taligi

Vertolyotdan tortib, kosmik kema, hayvonot olami va tabiat hodisalaricha - dunyodagi eng tezkor 25 talik bilan tanishing.

25. Eng tezyurar poyezd

Yaponiyaning JR-Maglev poyezdi o‘z tezligini soatiga 581 kilometrga oshirishga erishgan.

24. Eng tezkor ko‘ngilochar osma yo‘li

Dubayda qurilgan Formula Rossa ko‘ngilochar osma yo‘lida harakat tezligi soatiga 240 kilometrga yetishi mumkin.

23. Eng tezkor lift

Tayvandagi Taipei Tower lifti odamlarni pastdan yuqoriga 60 km/soat tezlikda olib chiqadi.

22. Eng tezkor seriyali avtomobil

Bugatti Veyron EB 16.4 avtomobili umumiy foydalanadigan yo‘llar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng tezkor mashina bo‘lib, soatiga 430 km tezlikda harakatlana oladi.

21. Eng tezkor seriyasiz avtomobil

Raketa uzatgichli Thrust SSC avtomobili 1997 yili ishlab chiqilgan.

20. Eng tezkor boshqariladigan samolyot

AQSH harbiy havo kuchlarining X-15 samolyoti 7270 km/soat tezlik bilan harakat qiladi.

19. Eng tezkor tornado

Oklaxoma shahri yaqinida yuz bergan tornadoda shamolning tezligi soatiga 480 kilometrga yetgan.

18. Eng tez yuguruvxhi erkak

Yamaykalik sprinter Usain Bolt 2009 yili 100 metrga yugurishda jahon rekordini o‘rnatgan. U bu masofani 9,58 sekundda bosib o‘tgan.

17. Eng tez yuguruvchi ayol

AQShlik Florens Griffit-Joyner 1988 yili 100 metrga yugurishda jahon rekordini yangilagan. U bu masofani 10,49 sekundda bosib o‘tgan.

16. Quruqlikdagi eng tezkor hayvon

Quruqlikdagi eng tez yuguradigan hayvon gepard bo'lib, u soatiga 120 kilometr tezlikda yugura oladi.

15. Eng tezkor baliq

Yelkanli baliqlarning ba'zi turlari soatiga 112 kilometr tezlikda suza oladi.

14. Eng tezkor qush

Sapsan qushi eng tezkor hayvon bo'lib, soatiga 325 kilometr tezlikda ucha oladi.

13. Eng tezkor kompyuter

Siz bu xabarni o‘qiguningizga qadar balki bu rekord o‘zgarar, Xitoydagi Milky Way-2 komputeri hozircha eng tezkor komputerdir.

12. Eng tezkor suv osti kemasi

Odatda suv osti kemalarining tezligi harbiy sir hisoblanadi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning К-162 kemasi tezligi 1969 yili 44 uzelga yetgan.

11. Eng tezkor vertolyot

2010 yili Sikorsky X2 vertolyoti West Palm Beachda yangi rekorni qayd etgan – 415 km/soat.

10. Eng tezkor qayiq

Eng tezkor qayiq sifatida Spirit of Australia rekord natijani qayd etgan - 511 km/soat.

9. Raketkada o‘ynaladigan eng tezkor sport turi

Badminton volani 320 km/soat tezlikda uchishi mumkin.

8. Yer ustidagi eng tezkor transport

Harbiy raketa chanalari tezligi Мах 8 (9800 km/soat) ga yetishi mumkin.

7. Eng tezkor kosmik kema

Fazoda tezlik boshqa jismlarga nisbatan aniqlanadi. Quyosh bo‘ylab harakat qiladigan eng tezkor fazo kemasi Voyager 1 bo‘lib, uning tezligi 62000 km/soatdir.

6. Eng tezkor "yuho"

Jyui Chestnat Eng tez yeyuvchilar musobaqasi federatsiyasi chempioni bo‘lib, u 12 minutda 66 ta xot-dogni paqqos tushirgan.

5. Eng tezkor krash-test

Odatda EuroNCAP tashkiloti xavfsizlik testlarini 60 km/soat tezlikda o‘tkazadi. 2011 yili kompaniya xodimlari "ermak" uchun 190 km/soat tezlikda krash-test o‘tkazishgan.

4. Eng tezkor gitarist

Jon Teylor "Shmelning parvozi"ni minutiga 600 zarba bilan ijro etib, jahon rekordini yangiladi.

3. Eng tezkor reper

No Clue «eng tezkor reper» sifatida Ginnesning Rekodlar kitobiga kiritilgan, U o‘shanda 51,27 sekundda 723 bo‘g‘inni ijro etgan. U sekundiga 14 bo‘g‘inni talaffuz etgan.

2. Eng katta tezlik

Koinotdagi eng katta tezlik yorug‘lik tezligidir.

1. Eng tezkor elementar zarra

Foton eng tezkor elementar zarradir.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.