Eng bema'ni vasiyatnomani marsellik etikdo‘z yozgan. Vasiyatnomadagi 123 ta so‘zdan 94 tasini o‘qishga til bormaydi.
Eng qisqa vasiyatnomani esa londonlik bankir yozgan. Uning vasiyatnomasi quyidagicha: "Men butunlay sindim".
Eng uzun vasiyatnoma AQSh asoschilaridan biri Tomas Jeffersonga tegishli. Amerika tarixi bilan bog‘liq voqealarni o‘z ichiga olgan bu vasiyatnomada merosxo‘rlar barcha qullarni ozod qilganlaridan so‘nggina merosni olishlari mumkinligi bayon qilingan.
Tushunish qiyin bo‘lgan vasiyatnomani mashhur fizik Nils Borning laboranti yozgan. Vasiyatnomada maxsus atama va frazeologik iboralar shu darajada ko‘p bo‘lganki, uni o‘qish uchun tilshunoslarni chaqirishga majbur bo‘lishgan.
Eng yirik miqdordagi pulni Genri Ford vasiyat qilib qoldirgan. Vasiyatnomaga ko‘ra, uning 500 million dollar puli 4157 ta o‘quv va xayriya muassasalariga o‘tkazilgan.
Eng maxfiy vasiyatnomani milliarder Mishel Rotshild qoldirgan. Unda "merosimning qanchaligini yozishni va e'lon qilishni mutlaqo taqiqlayman" degan so‘zlar bor. Shuning uchun milliarder qancha pulni meros qilib qoldirgani noma'lum.
Millioner va kinoprodyuser Rojer Dorkas esa o‘zining 65 million dollar mablag‘ini Maksimilian laqabli itiga qoldirgan. U itiga inson sifatida hujjat olgan ekan. Xotiniga esa bor-yo‘g‘i 1 sent tekkan. Dorkasning xotini anoyilardan emas ekan. U Maksimilianga turmushga chiqqan va it o‘lganidan so‘ng uning merosiga ega bo‘lgan.