Tipratikanlar - yirtqich, ularning sevimli yeguliklari - baqalar, chuvalchanglar va hasharotlardir. Tipratikanlar olma va qo‘ziqorinlarni umuman yemaydi. Ularni ignalari ustida ko‘tarib yurishi ham yolg‘on.
"Kanareyka" nomi Kanar orollaridan olingan. Lekin Islas Canarias ispanchada "qushlar oroli" emas, "itlar oroli" ma’nosini bildiradi.
Oq ayiqlarning terisi aslida qoradir. Yungi ham oq emas, shaffofdir. Oq ayiqlar quruqlikdagi eng yirik yirtqichlardir.
Jirafa nafaqat bo‘yi, balki tili ham eng uzun hayvonlardan biri bo‘lib, tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi.
Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan “Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi g‘alati hayvon nima?” deb so‘rashgan, ular esa “Kenguru” deya javob berishgan. Bu so‘z “Tushunmaymiz”, degan ma’noni anglatadi.
Daryo delfinlari Braziliya, Xitoy va Hindistonda uchraydi. Amazonka delfinlari rangi pushti bo‘ladi.
Sherlar galasida o‘ljaning 90%ini urg‘ochi sherlar topib keladi.
Dunyoda ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlarning 6 turi saqlanib qolgan. Ulardan 4 tasi protopterlar bo‘lib, Afrikada uchraydi. Daryo va ko‘llar quriganda protopterlar balchiq ostida o‘ziga in qurib, yuqoridan kiradigan havodan nafas olib, yanagi yomg‘irlar mavsumigacha bir yil shu uyada jon saqlaydilar. Mahalliy baliqchilar qamoq va to‘r o‘rniga tesha va kuraklar bilan "ov"ga otlanadilar.
Tuyaqush xavf yaqinlashganda 70 km/soat tezlik bilan qochadi, lekin hech qachon boshini qumga yashirmaydi.
1960 yili "Buyuk Avstraliya devori" qurib bitkazildi. Balandligi 2 m, umumiy uzunligi 5320 km bo‘lgan ushbu devor qit’aning yarmini kesib o‘tadi. Shu bilan avstraliyalik fermerlar qo‘ylarga hujum qiladigan dingo itidan himoyalanishdi.