Dunyo - ajabtovur, qiziq. Undagi har bir jonzot, o‘simlik Yaratganning buyuk qudratiga dalolat qiladi. Hayvonlar va odamlar haqida ushbu jajji faktlar sizning kayfiyatingizni ko‘taradi degan umiddamiz.
Har bir delfinning o‘z ismi bo‘ladi. Shuningdek, ularning har biri takrorlanmas ovozga egadir.
Olmaxonlar yemishini qayerga berkitganini unutib qo‘yganlari sabab, har kuni yuzlab daraxtlar o‘sa boshlaydi.
Quchoqlashganda organizm serotonin va oksitotsin moddalarini ishlab chiqaradi. Buning natijasida kayfiyat ko‘tariladi va ruhiy tushkunlikning oldi olinadi.
Flamingolarning pushti rangini saqlab qolish uchun zooparklarda ularni sabzi bilan boqishadi.
Dengiz otchalari bir umrga juftlashadilar. Ular doimo bir-birlarining dumlarini ushlab yurishadi.
Bir vaqtda tug'ilgan mushukchalar turli otadan bo‘lishi mumkin.
Filsimon yerqazarlarning eng yaqin qarindoshi yerqazar emas, balki fillardir.
Echkilarning ham xuddi insonlar kabi ovozlari har xil bo‘ladi.
Kuchukchalar ba'zida yaqinroq tanishish maqsadida urg'ochi kuchukchalarga o‘yinda yutqazib beradilar.
Oddiy mushuklardan sal katta bo‘ladigan panda bolasining dumi 45 santimetrga teng bo‘ladi.
Kvokka dunyodagi eng baxtli jonivordir.
Sigirlar orasida ham do‘stlik bo‘ladi. Ikki do‘st bir-biridan uzoqda bo‘lsa, ma'yus bo‘lisharkan.
Pingvinlar juftligi ham umr bo‘yi bir-biridan ajralmaydi.
Norvegiyada bir pingvinga ritsarlik unvonini berishgan.
Sug'ur o‘yinchoq-sug'ur bilan do‘st tutinmoqda.
Qunduzlar oqim turli tomonlarga oqizib ketmasligi uchun bir-birlarining qo‘llaridan ushlab uxlaydilar.
Agar dengiz cho‘chqachasining mo‘ylarini qirib qo‘yilsa, u kichkina begemotga o‘xshab qoladi.
Ortitofobiya - qushlardan qo‘rqish kasalligi.
Bolasini avaylab yetalab borayotgan ona mushuk.
Kulayotgan jonivorlar:
Qalay, yoqdimi…