OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mashhurlar hayoti va faoliyatidan 10 ajoyib fakt

Leonardo da Vinchi qalamiga mansub mashhur “Mona Liza”ning hajmi atigi 77x53 sm.dir.

Dmitriy Ivanovich Mendeleev elementlar jadvalini haqiqatan ham tushida ko‘rganligini e’tirof etadi. Lekin bunga erishish uchun u 25 yil muttasil mehnat qilgan.

Mashhur yunon mutafakkiri Suqrot hech qachon asarlarini yozib qoldirmagan. Uning mulohazalari shogirdi Buqrotning asarlari orqali keng tarqalgan.

Nyutonning boshiga olma tushib butun olam tortishish qonunini kashf qilganligi haqidagi hikoya ilk bor Volter essesida uchraydi. Nyutonning o‘zi bu haqda hech qachon gapirmagan.

Aleksandr Bell tomonidan 1876 yili ixtiro qilingan birinchi telefonning qo'ng'irog'i bo'lmagan. Chaqiruv trubka orqali hushtak chalish bilan amalga oshirilgan.

Arab raqamlarini arablar o‘ylab topmaganlar. Ular ushbu kiritma turini hindlardan o‘zlashtirganlar. Arab raqamlarini butun dunyoga mashhur qilgan olim yurtdoshimiz Muhammad al-Xorazmiydir.

“Etik kiygan mushuk”, “Qizil qalpoqcha”, “Kuloyim” ertaklari Luvr muzeyida arxitektor bo‘lib ishlagan Sharl Perro tomonidan yozilgan.

Statistikaga ko‘ra, chapaqaylar o‘ngchilardan 9 yil kam umr ko‘radilar. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, chapaqaylar matematika, arxitektura sohasida kuchli bo‘ladilar. O‘ngchilar esa muomalada talantli bo‘lishadi. Mashhur chapaqaylar: Makedonskiy, Napoleon, Gandi, Leonardo da Vinchi, Albert Eynshteyn, Isaak Nyuton, Pablo Pikasso, Nikkolo Paganini, Betxoven, Motsart, Shopen, Nitshe, Kafka, Aleksandr Pushkin, Lev Tolstoy.

Buyuk vatandoshimiz Shoh Jahon barpo etgan Tojmahalni qurishga 20 yil, 20000 ishchi kuchi sarf etilgan.

Mashhur ingliz adibasi Barbara Karlend 1983 yil davomida 23 ta roman yozib Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Yozuvchining jami yozgan kitoblari soni 600 dan oshadi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.