OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Titanik"ning halokati: haqiqat va taxminlar

 Dunyoga juda ma'lum va mashur bo'lgan ushbu kema ixtirochisi Tomas Edryus eng dahshatli halokat yuz bersa ham "Titanik" uch kecha -kunduz cho'kmasdan, suv yuzida turishi mumkinligi haqida odamlarni ishontirgan edi. Ammo "Titanik"ning okean bo'ylab birinchi va oxirgi safarining qatnashchisi sifatida salkam uch ming sayyohlar ishtirokida o'zining bu fikri noto'g'ri ekanligini tan oldi... Keling, hammasini bir boshidan hikoya qilaylik.

Keksa dengizchi Morgan Robertson 1896-yilning kech kuzi, yomg'irli oqshomida Londondagi nashriyotlardan biriga tashrif buyuradi.Ishi unchalik yurihmasdan, inqiroz holatiga kelib qolgan nashriyot xo'jayni kechki mehmonni yoqtirmasdan, unga eshikni rang ochib,"Behudalik" nomli fantastic romanini bosib chiqarish to'g'risidagi taklifiga istar-istamas rozi bo'ladi.Sobiq matrosning ushbu romanni juda ulkan bir kema halokati to'g'risida yozilgan bo'lib, ushbu kitob 1912-yillning yzigacha nashriyotda daraomad keltirmasdan kitob javonlarida chang bosib yotadi...

Belfastdagi Harlland and Wolt kemasozlik kompaniyasi 1912-yil 2-aprelda XX asr fan va texnikasining katta yutug'I va mo'jizasi, deb atalgan juda ulkan "Titanik" kemasini suvga tushiradi.Uning qurilishiga 17 mingdan ko'proq ishchilar qatnashib, hozirgi narxda hisoblaganda bir yarim milliard funt sterling mablag' sarflanadi.Tagi qo'shqavatli,atrofi qalin po'lat quyulmalar bilan himoyalangan, o'n oltita geometric suv o'tkazmaydigan qurilmasi bo'lib, bir soatda 8 ming tonna suvni chiqarib tashlash qobiliyatiga ega bo'lgan bu ulkan kemani hech kim cho'kib ketadi, deb o'ylamasdi.Bu boroda uning ixtirochisi Tomas Edryusning fikri bilan yuqorida tanishdingiz.

Bu ulkan kemani Xudoning o'zi cho'ktirgani qo'ymaydi,- deydi katta ishonch bilan safarga chiqish arafasida jurnalistlarga qarata "Titanik"ning kapitani Edvard Jon Smit.Uch restoran, ikkita oshxona, pivo bari, turk hammomi, gimnastika zali,otda sayr qiladigan manej, tennis va golf maydonlari, bog'i, konsert zali va alohida telegrafi bo'lgan va 3300 kishiga mo'ljallangan "Titanik" kemasi kichik roq shaharchaga o'xshardi.Shuning uchun ham uning chiptalari arzon emasdi.Birinchi toifa kayutasining chiptasi 25 ming funt sterling tursa, kayutalyuksariniki 100-150 ming turardi.

"Titanik" 1912-yil  10-aprelda 2358 yo'lovchi bilan Angliya ning Sautgemptonidan chiqib, Nyu-Nork sari yo'l oladi.Yuqori palubada Britaniya va Amerika aristoktarsarining nufuzli vakillari, umumiy mulki 100 miliard dollardan oshiq bo'lgan 25 nafar millionerlar joy olishadi."Titanik"ning lyuks-kayutalariga AQSH Prezidenti Taftning qo'riqchisi mayor Archi Batti yosh katta univermag xo'jayini Straus rafiqasi Idoy bilan, Angliyaning taniqli publisti Uilyam Sted, rassom Frank Mille, kema ixtirochisi Tomas Endryus, "Titanik" xo'jayini Bryus Ismey va boshqalar joylashishadi.

Kemaning birinchi radisti Jon Fillips va uning yordamchisi Gorald Brayd 14 -aprel kuni kechqurun "katta yer" bilan aloqaga chiqmoqchi bo'lib turishganida yaqindagi kemalardan birida to'satdan "Ehtiyot bo'ling, Aysberg! Ehtiyot bo'ling, Aysberg!", degan xabarni eshitib qolishadi.Filipps bu  haqda  zudlik bilan kema xo'jtini Bryus Ismey va kapitan Smitga xabar qiladi.Bunday holda kemani junubroqqa burush yoki tezligini pasaytirish zarur edi.Biroq kapitan kursni o'zgartirmasdan, tezlikni pasaytirmasdan to''ri ketaverishga buyru beradi. 14-aprel, soat 2330. Kemaning old va yon tomonlariga negadir navbatchilar qo'yilmagan, "Titanik"da kemaning oldini yoritadigan kuchli yoritkich (projector) qo'yish ko'zda tutilmagan.Kema nazoratchilari Hilari Frederik Flit va Redjinald Li sovuq tunda qaltirab, oldinga, qorong'ulik tomon tikilishadi. Ularga binokl berishmagan, lekin shunday bo'lsada, oysiz tunda  ular oldindan ko'z uzishmaydi. Ehtimol, shu sababli ular "Titanik"ning yon tomonlariga yain kelib qolgan muz qoyalari va ro'paradagi muz uyumlarini oldindan ko'rishmaydi.Bu paytda kema 22,5 uzel (soatiga 45 kmdan ko'proq) tezlik bilan ketayotgan edi.

Soat 2340 . Flit "Titanik"dan 400 metrcha oldinda ulkan muz qatlamini ko'rib qoladi."Kurs bo'yicha to'g'rida Aysberg!" qichqiradi u va uch marta qo'ng'iroq chaladi.Katta ofiser Uilyam Meerdok "Chapga, chapga bur!"deya shoshilinch buyruq berib, kemaning mashina qismiga qarata "Orqaga, orqaga!" deya qichqiradi.Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, ana shu noto'g'ri buyruqlar berilmasa, "Titanik" ulkan muz qatlamiga urilib, nari borsa kemaning old qismi jiddiy shikastlanib, to'qnashuv tufayli ko'plab kishiar jarohatlanishi, lekin kema cho'kmasdan omon qolishi mumkin edi. Ammo buyruq berilib bo'ldi.Buyruq bo'yicha kema buriladi va shu sababli muz qoyasi kemaningold tomoniga emas, "Titanik"ning o'ng tomoni , pastki qismiga zarb bilan uriladi.Kemaning tashqi qatlami 100 metr uzunlikda konserva qutisidek kesilib, palubaga muz bo'lakchalari  yomg'iri yog'iladi. Bo'layotgan voqealariga hali tushinib yetmagan, oldinda ularni qanday halokat kutayotganini xayoliga keltirmagan yo'lovchilar bir - birlariga muz bo'lakchalarini otib o'ynashadi, ayrimlari esa o'zlari ichayotgn ichinliklarga muz parchalarini tashlab, uni sovutmoqchi bo'lishadi..

Xullas, kemada ko'tarinki kayfiyat jukumron edi ...

Shu orada halokatning oldi olinganday bo'ldi .Buroq kemaning isitish bo'linmasiga kirgan kuchli suv oqimi o't yoquvchilarning ustiga yopiriladi.Ikki minutdan so'ng kemanningbir qismi mus aralash suvga to'ladi. Kemaga kuch bilan suv kirishi davom etar va kema qismlarini birin ketin to'ldrib, 3- toifadagi kayutalargacha yetib keladi.Kema 10 daqiqa  ichida 3 ming tonnadan oshiqroq suvni "yutib", uning mexanizmlari birin - ketin ishdan chiqa boshlaydi.Biroq radistlar halokat to'g'risida  xabar tarqatishmas, buning uchun ularga hozircha tegishli buyruq berilmagan edi."Titanik"ning halokati to'g'risidagi SOS xabarini birinchilardan bo'lib, "Frankfurt" va "Karpatiya" kemalari eshitishadi. Kema ixtirochisi Tomas Edryus uni ko'zdan kechirib, o'z mehnati mahsuliga o'lim hukmi chiqaradi:" Uch soatga qolar qolmas kema g'arq bo'ladi" deydi u afsus bilan.

Soat 0015.Suvga birinchi qutqaruv qayiqlari tushiriladi.Ular bor yo'g'i 20 dona. Demak, yo'lovchilarning ko'pi bilan uchdan birini qutqarish mumkin.Lekin bunga kemadagi vahima va shoshma - shosharlik o'z ta'sirini o'tkazdi.Shu sababli  ham birinchi qayiq 65 kishi o'rniga 28 kishini olib tezda jo'nab qoladi. Ikkinchisi 20 va uchunchisi 12 kishi bilan ketib qoladi.

Soat 100. Kemada qo'rquv va vahima avjiga chiqadi.Shu sababli qayiqlarga oldin ayollar va bolalarni tushurish uchun harbiylar hatto qurol ishlatishga ham majbur bo'lishadi. Biroq, faqat o'z jonini o'ylovchi, qo'rqoq va nomardlar oldin qochishadi. Masalan, "Titanik" xo'jayini Bryus Ismey o'zidan oldin qutqaruv qayig'iga chiqayotgan bolali ayolni suvga itarib yuborib, birinchi qayiq bilan jo'nab qoladi. 1908 yilgi olimpiadaning qilichbozlik musobaqasi bo'yicha chimpioni, millioner Kosa Daff Grdon uchunchi qayiq boshqaruvchilarini shoshiltirib, o'zining jonini tezroq qutqazish maqsadida ularga katta pul va'da qilib, 65 kishi o'rniga 12 kishi bilan suzib ketadi. Lekin hamma ham bunday qilmaydi.Kemadagi ko'pchilik ajal yaqinlashib qolganiga qaramasdan, oliyjanoblik qilib faqat o'zini o'ylamasdan, ajal changalidan boshqalarni ham tezroq chiqishiga yordamlashadi. Masalan, millioner Isidor Straus qayiqqa o'tirish to'g'risidagi taklifni qat'iy rad etib, o'zining o'rniga begona ayolni o'tqazadi.Hayratlanarlisi shuki, cho'kayotgan kemag uning xotini Ida Straus ham qaytib chiqib, eridan bir qadam ham jilmay, uning yonida hayot bilan vidolashadi. Amerikaning o'sha paytdagi  eng boy kishisi 47 yoshli Jeykob  Jon Astor ham qayiqqa o'tirgach, qayiqqa sig'may qolgan bolali ayolni ko'rib qolib, unga joy beradi va qayiqdagi xotini bilan quyuq xayirlashib, "Titanik"ka qaytib chiqadi va kema bilan okean qa'riga g'arq bo'ladi. Shuningdek, kemadagi millionerlardan Artur Reyson, Frensis Millet, Klarens Mur va mayor Archi  Vatt xotinlarini qutqaruv qayig'iga tushirib, hech narsa bo'lmaganday, bamaylixotir kemaning chekish xonasiga yo'l olishadi va u yerda kema ixtirochisi Tomas Endryusni so'ngi marta ko'rishadi.Shunis hayratlanarliki, kema va shu kema bilan o'zlari ham halokat sari borishayotganini  bilgan holda ekipaj a'zolari va kema xizmatchilari o'z vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarar, hech kim ish joyini tashlab ketmas edi.Jumadan, kema kuzatuvchilari xushmuomilalik bilan yo'lovchilarga murojaat qilar, ularga qutqaruv kiyimlarini kiyishga yordamlashar, ko'mirchilar, o't yoquvchilar, machinist va mexaniklar hech narsa bo'lmagandek, bemalol o'z ishlarini davom ettirishardi.Kema orkestri derijyor Uolles Xartli boshchiligia kema halokatiga 20 minut qolguncha musiqa chalishni davom ettirib, shu zaylda kema bilan birga halok bo'lishadi.

Soat 130.Suvga yana 11 ta qutqaruv qayiqlari tushiriladi. Endi ular deyarli to'lib ketardi.Biroq, kemada yana 1600 kishi bor.Ularning faqat yuzga yaqinini qutqarish mumkin.

Soat 200."Titanik" 45 gradusga egilib qoladi va kema po'latlari yuqori bosimga chidash bermay, qozon qismida kuchli portlash yuz beradi.Kema bo'laklarga bo''linib ketib, uning old qismi 600 metr chamasi otilib ketadi.Orqa qismi esa suv ustiga esa 20 qavatli uy baravari ko'tarilib, so'ngra cho'kib ketadi.

Soat 220. Muz aralash tubsiz suvlik o'z zamonasining eng ulkan, eng katta va eng qimmat turadigan, XX asrning mo'jizasi hisoblangan "Titanik" kemasini yutib yuboradi...

"Titanik haolkatidan 3 soat keyin voqea joyiga yetib kelgan "Karpatiya" kemasi 18 - aprel kuni mahalliy vaqti bilan soat 900da  halokatdan omon qolgan yo'lovchilar bilan Nyu- York portiga yetib keladi.

May oyida jahon ommaviy axborot vositalari Londonda "Titanik" halokatiga bog'liq sud bo'lib o'tayotganligini xabar qilishadi.Tergov jarayonida aniqlanishicha, "Titanik"da bo'lgan 2358 kishidan 868 nafarilari qutqariladi.Ulardan 202 nafari birinchi toifali kayuta yo'lovchilari bo'lsa, 114 nafari ikkinchi va 325 nafari uchinchi toifali kayuta yo'lovchilari bo'lishgan.Qutqarilganlarning mutloq ko'pchiligi ayollar va bolalar bo'lib, erkaklar 79 nafarni tashkil etgan.Sud yuzdan ortiq guvohlarni so'roq qilishi natijasida "Titanik" halokatining asosiy sababi uning tezligi, degan xulosaga keldi.Shu bilan bu halokat tarixiga nuqta qo'ysa ham bo'lardi.Lekin ushbu tarix bilan shug'ullanuvchi bir qator mutaxassislar bunga shoshilishmayapdi...

Xuddi shu yerda hikoyamizning boshida aytilgan keksa dengizchi Morgan Robertsonning "Behudalik" romani to'grisida batafsilroq so'z yuritishga o'shaydi."Titanik" halokatidan 16 yil oldin bosmadan chiqqan ushbu kitob kema halokatidan so'ng bir ikki oy ichida son - sanoqsiz nusxada qayta -qayta chop etilib, butun dunyoga tarqalib ketdi.Chunki romanda "Titanik"ka o'xshash "Titan" nomli juda ulkan kema birinchi safaridayoq katta muz qatlamiga urilib, suvga cho'kib ketib, 1500 nafar kishilar hayotiga zomin bo'lganligi qiziqarli tilda hikoya qilinadi.

Shunisi qiziqki, kitobdagi "Titan" bilan hayotdagi "Titanik"ning deyarli hamma belgilari bir - biriga juda mos keladi.Halokat joyi - Shimoliy Atlanta, vaqti aprelning o'rtalari.Hatto kemalarning texnik ko'rsatgichlari ham bir - biridan juda kam farq qiladi.O'zingiz o'ylab ko'ring, kitobdagi "Titan"ning uzunligi hayotdagi "Titanik"dan bor yo'g'i 9 metr qisqa bo'lsa, eni 0.8 metrga farq qiladi, xolos.Kemalarning maksimal tezligi esa bir xil - 25 mil.Va nihoyat"Titan"ning motori 50 ming ot kuchiga ega bo'lsa,"Titanik"niki 55 ming ot kuchiga ega bo'lgan.Ularning suv sig'm quvvati ham deyarli bir xil(kitobdagisi 60 ming tonna,hayotdagisi 66 ming tonna) bo'lgan.Shunisi qiziqki, keksa dengizchi Robertson o'z kitobida 16 yildan so'ng sfarga chiqadigan kemaning ichini butun mayda - chuydalarigacha batafsil ko'rsatadi.Jumladan, unda 765ta kayuta mavjudligi (muallif faqat uchtaga adashgan) baseynlar, otda sayr qiladigan manej, tennis kortlari va bog'lar. Kitobda qayt etilishicha, "Titan"da Yevropa va Amerikaning eng  badavlat kishilari safarga chiqishadi va buning uchun ular sarflangan mablag'larining cheki bo'lmaydi.Ajobo, o'xshashlikni qarang ...

"Titanik"ning halokatidan so'ng uning sabablari to'g'risda faraz va taxminlar juda ko'payib ketdi.Uning ayrimlariga to'xtalamiz.

"Ishonch bilan aytish mumkinki, "Titanik"ning halokati oshqa kema kompaniyalarining asosiy raqobatchini yo'ldan olib tashlash borasidagi sodir etilgan katta jinoyatchidanboshqa narsa emas.Raqiblar "Titanik" kema kompaniyasidagi bir qator mansaborlarni sotib olib, kema halokatini tashkillashtirishgan", deydi nemis jurnalisti Volf Shneyder.Lekin kompaniya mansabdorlarning sotilgani to'g'risida hech qanday dalil - isbot topgan emas.shu bilan birga Sneyderning fikri ham asossiz emasga o'xshaydi.Chunki XX asrning boshlarida juda ko'p kema halokatlari sodir etilgan.Masalan, 1904 yil 15 iyunda sayohatchilar uchun mo'ljallangan "General Slokum" kemasi Nyu- York yaqinida halokatga uchrab, kemada yong'in chiqadi  va 1030 kishi halok bo'ladi.Natijada yo'lovchilar tashish bo'yicha kema transportining obro'si yanada tushib ketadi.Ana shu obro'ni ko'tarish, suv transportiga yo'lovchilar ishonchini oshirish uchun qulay, keng, katta va tezyurar kema zarur bo'lib, "Titanik" ana shu borada boshqalarga o'rnak bo'lishiga mo'ljallanayotgan edi. Shu tufayli tabiiyki, uning ham dushmanlari yo'q emasdi.Shneyderning  yozishicha, qorong'u tunda, ko'plab muzlik qoyalar qalqib turgan hududga, binoklsiz kema kuzatuvchisi bilan juda katta tezikda kirib kelish va besh marta ogohlantirilgandan so'ng ham tezlikni pasaytirmaslik dushmanlarga sotilgan shaxslarning jinoyatidan boshqa narsa emas.Bulardan tashqari, "Titanik" jo'nashiga sanoqli daqiqalar qolganda 50 nafarga yaqin nufuzli yo'lovchilar turli arzimas bahonalar bilan undan shoshilinch ravishda tushib qolganligi, ushbu kemani halokati to'g'risidagi chaqiriqni birinchi bo'lib qabul qilgan va unga yaqin turgan "Frankfut" kemasi kapitani, "Kutinglar, hozir yetib boramiz", deb javob bersada, yordamga kelmaganligi yoki ayrim yo'lovchilar kema halokatga uchrab, qutqaruv ishlari davom etayotganda ularning kemasi yonidan chiroqlarini o'chirib bir kema (ayrmlar uni "Frankfurt" deyishmoqda) to'xtamasdan o'tib ketganligi, "Titanik" halokatining haqiqiy sabablarini aniqlash bo'yicha ayrim davlatlarning 90 yildan buyon qilayotgan urinishlari turli to'siqlarga uchrab, bu boradagi ishlar ketma- ket to'xtatilayotgani, bularning hammasi bu halokat orqasida qandaydir sir borligini bildiradi.Vaqt oliy hakam deydilar.Vaqti kelib, XX asr fan texnikasning  ulkan yutug'i hisoblangan "Titanik" kemasi halokating haqiqiy sabablari aniqlanib, hozircha ochilmay turgan sirlardan jahon jamoatchiligi voqif bo'ladi, degan umiddamiz.

Mirza TURSUNOV huquqshunos. "Adolat kuchi"  gazetasidan

 

Komiljon Aslonov TATU talabasi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.