Janubiy afrikalik siyosiy arbob Yan Xristian Smets 5000ta kitobning matnini yoddan bilgan, birmalik Visittabm Vumsa 1974 yilda 6000 sahifalik budda matnlarini yoddan aytib bergan.
Anqaralik Mehmed Ali Xolisiy 1967 yilning 14 oktyabrida olti soat davomida Qur'onni yoddan aytib bergan.
Xitoylik Gu Yanlin 26 yoshida Xarbin shahridagi 15 mingta telefon raqamini yoddan aytgan. Tasmaniyalik ma'lumotlar xizmati operatori Paula Prentis 128603 abonentning telefon raqami, ismi, manzili, muassasasini yoddan ayta oladi.
Amerikalik Barbara Mur 1852ta qo‘shiqni pianinoda yoddan ijro etgan. Uning "kontserti" 1988 yilning 25 oktyabridan 13 noyabrigacha davom etgan!
Dunyoning barcha kazinolarida angliyalik Dominik O'Brayenga kirish taqiqlangan. U qartalarni yodlab olib, kazinodan katta pul yutib chiqib ketishi mumkin. Bundan tashqari, Dominik bir soatda 300tagacha xorijiy so‘zni yodlashi mumkin. 1994 yilda o‘tkazilgan xotira bo‘yicha chempionatda u 15 daqiqada 152ta xitoycha so‘zni eslab qolib, g‘olib bo‘lgan.
Internet materiallari asosida Dilshodbek tayyorladi.