Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning Qiyot (Kat) shahrida dunyoga kelgan. Dastlabki ta’limni ona shahrida olgan, mashhur olim Abu Nasr ibn Ali Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni o‘tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» so‘zi «tashqari» degan ma’noni anglatadi.
Ma'lumotlarda yozilishicha uning 152 ta kitobining nomi na'lum. Bizgacha ulardan 27 tasigina yetib kelgan. Uning bir qancha kitobi tabiiyot ilmiga bag'ishlangan. Bu sohaning rivojlanishida Beruniyning tabiiyot va tabiat hodisalarini o'rganish usullari , harakat, tovush, issiqlik,yorug'lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi hodisalar, modda tuzilishi haqidagi ijodiy ishlari katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Beruniyning o'sha davrda yaratgan kashfiyotlaridan biri - globus ixtiro etganligidir.
U Quyosh atrofida sayyoralar aylanishini, Yer esa ana shu sayyoralardan biri ekanligini aytadi.
Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (taqvim va yil hisobi, shuningdek, sug‘diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yaxudiylar, xristianlar va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asar), «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yo‘li», «Mineralogiya», «Saydana», «Hindiston» va boshq.