OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Po‘latxo‘jayev Usmonxo‘ja

(1878-yil, Buxoro - 1968-yil, Turkiya)

Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, taniqli davlat va jamoat arbobi, Buxoro Markaziy Ijroiya komiteti (MIK) raisi (1921-yil sentabr - 1922-yil avgust). Otasi Qori Po‘latxo‘ja buxorolik savdogar bo‘lgan. U dastlabki tahsilni Buxorodagi madrasada oldi va ilk jadid maktablaridan birini ochdi. 1908-yil do‘sti Xamidxo‘ja Mehriy bilan Turkiyada - Istanbulda tahsil oladi. 1913-yil Usmon Xo‘ja Buxoroga qaytadi va yana jaded maktabi ochadi. U 1910-yil tuzilgan “Tarbiyai atfol” maxfiy tashkilotining faol a`zolaridan bo‘ladi. 
Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayev va uning ukasi Otaxo‘ja (1894-1938) yosh buxoroliklar partiyasining yirik namoyandalaridan edi. Kolesovning Buxoroga bosqinidan so‘ng (1918-y, mart) U. Po‘latxo‘jayev sovet Turkistoniga muhojirlikka ketishga majbur bo‘ladi. 1918-yil aprelda u Toshkentda yosh buxoroliklarning so‘l eserlar guruhini tuzdi. 1920-yil fevralda U. Po‘latxo‘jayev inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosining a`zosi bo‘lib saylanadi.
Usmon Xo‘ja BXSR tuzilgach, moliya noziri (1920), davlat nazorati noziri (1921), BXSR MIKning birinchi raisi kabi lavozimlarda ishladi. U Buxoro Xalq Respublikasidan bosqinchi qizil askar qo‘shinlarini olib ketilishi, Buxoroning haqiqiy mustaqilligi uchun kurashadi. 1921-yil dekabrda U. Po‘latxo‘jayev Sharqiy Buxoroda (Dushanbe atrofida) istiqlolchilar safiga o‘tadi va 1922-yil Afg‘onistonga o‘tib, Buxoro Respublikasining mustaqil milliy armiyasi uchun zamonaviy qurollar sotib olishga harakat qiladi.
Po‘latxo‘jayev muhojirlikda Afg‘oniston, Polsha, Eron va Turkiyada bo‘ladi. U. Po‘latxo‘jayev endi Turkiston mustaqilligi uchun kurashni mafkura maydoniga ko‘chiradi. 1927-1932-yillarda u Istanbulda “Yangi Turkiston” jurnalini nashr qildirdi. U Turkiston tarixiga oid ko‘plab asarlar muallifidir.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.