Jahon tarixida rus imperiyasi nisbatan ancha yosh imperiya hisoblanadi. Podsho Petr Birinchi 1721 yilda Rossiyani imperiya deb e'lon qilgan bo‘lsa, 1917 yilgi oktyabr to‘ntarishini amalga oshirishi bilan V. I. Lenin bu saltanatning vorisi, yanada dahshatliroq davomchisi bo‘lgan qizil imperiyaga asos soldi. Holbuki, paydo bo‘lgan kunidan boshlab (hatto hali g‘oya darajasida bo‘lganida ham) butun dunyoda to‘ntarish yasab, tanho hukmron bo‘lish niyati bilan insoniyatga dag‘dag‘a qilib kelgan o‘sha «qizil imperiya» egallab turgan behad katta hududda qadimda ko‘plab imperiyalar hukmronlik qilib yoki ta'sir o‘tkazib kelganlar: Rum, Yunon, Germaniya, Vizantiya imperiyalari, Polsha, Litva, Shved qirolliklari, qator Osiyo, ya'ni Fors, Xitoy, Turk imperiyalari shular jumlasidandir. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, turkiy xalqlarning ota-bobolari o‘tmishda o‘n olti buyuk imperiya ko‘rganlar: Buyuk Xun, Boti Xun, Ovrupo Xun (eramizning IV asrida Atoma Ovrupoda barpo etgan turkiy davlat), Ko‘kturk, Avar, Hazor, Uyg‘ur, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Buyuk Saljuqiylar, Xorazmiylar, Oltin O'rda, Buyuk Temur, Bobur, Usmoniylar imperiyalari. Bu o‘rinda rus xalqi uch yuz yilga yaqin davr mobaynida mo‘g‘ul-tatar xonliklari qaramligida bo‘lganligini ham unutmaslik kerak.
Lekin yer yuzida mavjud bo‘lgan boshqa imperiyalarning birortasi Rossiya imperiyasi va uning bevosita davomi bo‘lgan qizil imperiya singari, birinchidan, butun dunyoga hukmdorlik da'vosini o‘ngida ham, tushida ham zo‘ravonlik bilan ilgari surmagan, ikkinchidan, o‘z tasarrufidagi xalqlarni, har bir insonni butun turish-turmushi, ruhiyati-ma'naviyati bilan to‘liq o‘ziga bo‘nsundirishga, ustiga-ustak shu qilmishlari to‘g‘riligini jumlai jahonga zo‘rlab ma'qullatishga bor kuch-qudratini sarflamagan.
Oltin O'rdaning Sohibqiron Amir Temur tomonidan parchalab tashlanishi rus va boshqa xalqlarni tatar-mo‘g‘ul zulmidan ozod etdi. Erkinlikka chiqqan rus knyazliklari birlashib, taraqqiyot yo‘liga tushishlariga imkon yaratdi. Birinchi rus hukmdorlari sulolasidan bo‘lmish Yurikovichlar podsholigi paytida ko‘p millatli Rossiya davlati barpo etildi. Romanovlar sulolasidan (1613-1917) bo‘lgan Pyotr Birinchi XVIII asr boshlarida Rossiya tarixida ilk bor imperiya tuzdi. Shu davrdan boshlab ruslar bosqinchilik siyosatini yurgizib, duch kelgan tomonga - g‘arbu sharqqa, janubu shimolga harbiy yurish qila boshladilar.
Imperiya go‘yoki o‘zining «tabiiy chegaralariga chiqish»ga intilardi, bu chegaralar esa g‘arbda Boltiq dengizini, sharqda Tinch okeanini o‘z ichiga olishi lozim edi. Jasoratli tarixchi olim Abdurahmon Avtarxonov «Kreml saltanati» nomli kitobida yozganidek, Rossiya dunyo ummonining diltortar kengliklariga chiqish imkonini beruvchi janubiy dengizlarga ham yo‘l izlay boshladi. Bu xususda muallif shunday yozadi: «Markazlashgan rus davlatini barpo etgach, Rossiya Volga, Sibir, O'rta Osiyo va Kavkazdagi musulmon xalqlarini bo‘ysundirishga kirishdi. Bu oson ko‘chadigan ish emasdi, shuning uchun mazkur yurtlarning xalqlarini qaram qilish jarayoni ancha uzoqqa cho‘zildi. Bu yerda nafaqat ikki dunyo (Ovrupo va Osiyo) bir-biriga qarshi turardi, balki ikki din (nasroniylik va islom) yuzlashgan edi.
Ikki tomon ham urushga milliy-diniy tus berardi: bosqinchi rus qo‘shinlari pravoslavlik bayrog‘i ostida hujum qilsalar, himoyalanayotgan musulmonlar islomning yashil bayrog‘i ostida «o‘lgan shahid, o‘ldirgan g‘oziy», deya «muqaddas urush» («g‘azovat») olib borar edilar. Barcha musulmon xalqlari Rossiya bosqiniga uzoq vaqt qurolli qarshilik ko‘rsatdilar. Qozon (1552 y.) va Ashtarxon-Astraxon (1556 y.) xonliklari Ivan Grozniy IV davridayoq zabt etilgan bo‘lsa, Yekaterina II davrida Qrim xonligi (1772 y.) bosib olindi. Kavkaz xalqlarining tobe etilishi XIX asr davomida kechdi - 1813 yilda Prussiya urushidan keyin Ozarbayjon qo‘lga kiritildi, 1859 yilda Dog‘iston va Checheniston, 1864 yilda cherkaslar yurti bosib olindi. Chechenlar bilan 60 yil jang qilindi. XIX asrning ikkinchi yarmida O'rta Osiyodagi musulmon davlatlarini zabt etish boshlandi. Sal ilgariroq chor hukumatiga bo‘ysundirilgan tatar va boshqirdlarni zo‘rlab cho‘qintirish, ya'ni nasroniy (xristian) diniga kiritish snyosati olib borildi. Tarixda, hatto uch yuz yilga yaqin ruslar ustidan hukmronlik (qilib kelgan Chingizxon va chingiziylar ham ruslarinng dini, urf-odatlariga daxl qilmagan edilar. Musulmonlarni pravoslavlikka cho‘qintirish xato bo‘lganligini ko‘pchilik musulmonlar (tatar, boshqird, qozoq, qoraqalpoq va boshqalar) qatnashgan Yemelyan Pugachyov qo‘zg‘olonidan keyingina tushunishdi. Rossiya hukmdori Yekaterina II, nihoyat, islom dinini oshkora tan oldi.
«Dunyo slavyanlarniki, slavyanlar esa Rossiyaniki», deb o‘zgalar yurti ustida qilich o‘ynatgan qonxo‘r rus generallari Perovskiy, Verevkin, Chernyaev, Kaufman, Kuropatkin, Skobelev va ularping ming-minglab maslakdoshlari Kavkaz, Kavkazorti, Sibir, Uzoq Sharq, O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarini bosib olib, Rossiya mustamlakasiga aylantirdilar. Sibir o‘lkasi hamda Turkistondagi bitmas-tutanmas yer osti va yer usti boyliklariga ko‘z olaytirgan chor ma'murlaridan biri - Rossiya imperiyasining moliya vaziri Vishnegorodskiy «O'rta Osiyo - rus tojidagi eng qimmatbaho dur», deb yozganida Rossiyaning kelajakdagi iqtisodiy yuksalishi O'rta Osiyoga bog‘liq ekanligini nazarda tutgan edi.
Biroq o‘sha davrdayoq turli bahonalar bilan yer yuzi uzra bosqinchilik niyatlarini amalga oshirayotgan Rossiya imperiyasining urushqoqlik siyosatini qattiq qoralovchi kuchlar ham bor edi. Bu eng avvalo oddiy rus xalqining o‘zi edi. Ikkinchidan, ilm-ma'rifat namoyandalari, aql-zakovat egalari chorizmning istilochilik yurishlarini qoraladilar va la'natladilar. Kavkazda chor hukumatining 200-280 ming kishilik qo‘shini bilan (1813-1859) tog‘liklar qonini to‘kayotgan Yermolov, Fadeev kabi rus generallarining vahshiyona yurishi haqida A. S. Pushkin:
Yurishlaring qora marazdayQavmlarni o‘ldirdi, qirqdi...degan satrlarni bitdi.
Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoga qancha kuch bllan bostirib kelgan edi? Hisob-kitoblarga qaraganda, kuchlar soni Kavkaz urushida qatnashgan askarlardan bir necha baravar ko‘p va qirg‘ini ham dahshatliroq bo‘lgan. O'rta Osiyo va Qozog‘istonga yurish davrida Farg‘ona general-gubernatori: «Bir ming sart bir rus askari etigining poshnasiga arzimaydi». - deb yozgan bo‘lsa, ularning boshqa biri-Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman: «Amir (Buxoro amri) isyonkorlaridan (1868 y.) birortasi ham asir olinmasin. Qo‘lga tushganlarning hammasi, hattoki yaradorlar ham otib tashlansin»,-deb farmon bergan edi.
Harbiy tarixchilar A. Terentev, M. Ivanin, 3. Kastelskaya Qozog‘istondagi shahar, qishloqlarni, O'rta Osiyoning madaniy markazi bo‘lmish Toshkent shahrini vayron etib, ming-minglab begunoh oddiy odamlar qonini daryo qilib oqizgan generallar Chernyaev, Skobelev, Ionov, Kuropatkin, Ivanovlarni qattiq qoralashgan. «Chernyaev ashaddiy shovinist edi. Uning nazarida, Qo‘qon xonligida yashagan o‘zbeklar, qirg‘izlar, qipchoqlar va boshqa xalqlar faqat to‘n (chopon) kiyganliklari uchungina qirib tashlashga loyiq»,- deb yozgan edi tarixchi zobit Kastelskaya.
«Skobelev Ivanovni zug‘umga olgach,- deb yozadi B. Nalivkin,- u qo‘l ostidagi askarlarini hujumga boshlab, emizikli bolalargacha chopib tashladi»...
Rossiya imperiyasiniig Kavkaz va O'rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatini, hatto jahon yo‘qsillarining dohiylari ham qoralagan edilar.
V. I. Lenin «Turkiston mustamlakachilikning eng yorqin namunasidir», deb yozgan bo‘lsa, F. Engels va Karl Marks Chor Rossiyasining O'rta Osiyodagi mustamlakachilik va talonchilik snyosatini o‘z asarlarida qattiq tanqid ostiga oldilar:
«Shunday bir axloq o‘rnatish mumkinki, bu axloqqa muvofiq madaniy va talovchi davlatlarning qoloq xalqlarga qilayotgan hamma sharmandali kirdikorlarini, hatto Rossiyaning Turkistondagi yirtqichliklarini ham to‘g‘ri qilib ko‘rsatsa bo‘ladi», - deb yozadi F. Engels «Anti-Dyuring» asarida (T., O'zdavnashr, 1957, 125-bet).
Rus imperiyasi islohotchi, tadbirkor harbiy taktik va strateg Petr 1 ning Sharqni egallash mo‘ljali, eng avvalo O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarini zabt etish rejalari asosida ish ko‘rgan Rossiya imperiyasining hukmdorlari harbiy kuch bilan bosib olish mumkin bo‘lgan hududlarda zudlik bilan katta-kichik harbiy istehkomlar va tayanch punktlarini bunyod qilishga kirishdilar. Sharqdan, O'rta Osiyodan ertayu kech ko‘zini uzmagan, iloji bo‘lsa, Turkiyani tor-mor etib, Hindistonni ham zabt etishga hoziru nozir turgan podsho Petr I bu uzoqni ko‘zlagan rejalarini eng avvalo tezda yaqin-atrofdagi qo‘shnilarning yerlarini bosib olishdan boshlab yubormoq zarur, deb bildi. Rossiya hukmdori shu maqsadda O'rta Osiyodagi mavjud xonliklarga turli qiyofadagi josuslar, ayg‘oqchilarni yuborib, turli-tuman katta-kichik ekspeditsiyalarni yo‘llab turdi. Bu yovuz niyatni amalga oshirish maqsadida imperator Petr I o‘z hukmronligi davrida, XVIII asrda birgina Qozog‘istonning o‘zida 140 dan ortiq katta-kichik istehkomlar, harbiy qal'a va tayanch punktlarini qurdirdi. Juda katta mablag‘lar evaziga barpo etilgan bu istehkomlarda urush uchun zarur bo‘lgan qurol-aslaha, oziq-ovqat zaxiralari, bosqinchilik yurishlarida qo‘l keladigan barcha zaruriy ashyolar tayyorlab qo‘yiladi. Ayni vaqtda Orenburg harbiy okrugi O'rta Osiyo va Qozog‘iston yerlarini nazorat qilib turadi. Harbiy qismlar tayyorgarligi va harbiy-taktik mashqlar olib boriladi. Ayni bir paytda turkum harbiy ekspeditsiyalar uyushtirib turiladi.
Rossiya Sharq mamlakatlariga, birinchi navbatda Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Turkiya, Eron, O'rta Osiyo, Kavkaz o‘lkalariga yaqinlashishga urindi. Bu maqsadlariga erishish uchun turli bahonalar bilan avvalo Kazkaz, Kavkazorti o‘lkalariga suqilib kirib, so‘ngra ularni to‘liq zabt etmoq lozim edi. Kavkazda ruslar 200-280 ming kishilik askar bilan ozod tog‘liklarga qarshi bosqinchilik urushini olib bordi. Kavkaz xalqi o‘z qahramonlari-qozi mulla Hamzatbek va imom Shomil (181?-1859) boshchiligida chor Rossiyasining bosqinchi armiyasiga qarshi shiddatli kurashdilar. Kavkaz, Turkistonda va boshqa o‘lkalarda rus bosqinchilari boshlagan urush tufayli ko‘plab qon to‘kildi, shahar, qishloqlar vayron bo‘ldi. Sharq olamida quyoshli o‘lka - O'rta Osiyodagi oltin, ma'dan, kumush, temir, rangli metall, yoqut, paxta, qorako‘l kabi yer osti va yer usti boyliklarini qo‘lga kiritish niyati Pyotr I va undan keyingi rus podsholariga aslo tinchlik bermadi.
Pyotr I hukmronligining ilk davridanoq O'rta Osiyoni Rossiyaga qaram qilish to‘g‘risida o‘ylay boshlaydi. XVII asr boshlarida metallurgiya sanoatini rivojlantirish zaruriyati qistovida rus hukmdorlari va tadqiqotchilari bu o‘lkaning ma'dan qatlamlari, jumladan, shu davrdayoq ovozasi chiqqan Ulug‘tovning boy konlari taqdiri bilan astoydil qiziqadilar: O'rta Osiyoda to‘lib-toshib yotgan oltin sochmalari haqidagi ma'lumotlar hukumatning alohida e'tiborini tortadi va natijada Pyotrning shaxsan o‘zi o‘zbek xonliklari hududiga kirib borish rejasini ishlab chiqadi. Shu rejaga asoslangan tajovuzkor siyosatni bevosita amalga oshirishga kirishib, u O'rta Osiyoga 1714 yilda Preobrajenskiy polkining poruchigi knyaz Alekeandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida. 1715 yilda kapitan Ivan Buxgolts rahbarligida Xivaga va Yorkentga bir necha ming kishilik harbiy otryadlar yuboradi. Jamoatchilik fikrini chalg‘itish uchun otryadlarning maqsadi O'rta Osiyo, Afg‘oniston orqali Hindiston bilan savdo-sotiq aloqalarini kengaytirish hamda Xiva xonligi bilan totuv munosabat o‘rnatishdan iborat deb belgilanadi. Buxgolts boshchiligidagi otryad Balxash ko‘liga yetib kelib, u yerda harbiy istehkom quradi. Ammo otryad qiyinchiliklarga duch kelib, tezda iziga qaytadi. Knyaz Bekovich-Cherkasskiy boshliq harbiy ekspeditsiya otryadi esa 3727 piyoda, 617 ta otliq, 2000 kazak askarlar, 230 dengizchi va 22 ta to‘p-zambarak (hammasi bo‘lib 6 mingdan ziyod askar) bilan Xorazm tomon yo‘l oladi. Harbiy otryad ikki oy mashaqqatli yo‘l bosib, yo‘l-yo‘lakay qishloq va ovullarni vayron qilib, 1717 yilning kuzida Xorazm chegaralariga yetib keladi. Chor askarlari chaqirilmagan mehmon bo‘lib, yovuz niyat bilan kelganliklarini sezgan Xiva xoni vatanparvar inson Sherg‘ozixon bu harbiy otryadni yuqotish payida bo‘ladi. Shunday xushyorlik natijasi o‘laroq u otryadni turli tumanlarga bo‘lib joylashtirishga Bekovich-Cherkasskiyni ko‘ndiradi. Shu yo‘l bilan xivaliklar bad niyatli rus otryadini maqsadiga yetkazmasdanoq tezda qirib tashlaydilar. Bekovich-Cherkasskiy hamda uning yordamchisi bulgan Zamonovskiyning kesilgan kallalari Xiva bozori darvozasiga ilib qo‘yiladi. Otryadning o‘limdan qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan a'zolari bu kutilmagan: fojia tafsilotini podsho Pyotr I ga ma'lum qiladilar. Dastlabki yurishlar muvaffaqiyatsiz tugaganiga qaramay, Pyotr I hukumati O'rta Osiyoga tahdid solishdan, uni to‘liq egallab, Rossiya kuch-qudratini oshirishga xizmat qildirish maqsadidan voz kechmaydi. Italiyalik: Florio Benevelini Buxoroga elchi qilib jo‘natarkan, unga «oltin sochmalari» makonini, u yerga borish yo‘llarini yaxshilab o‘rganish to‘g‘risida maxsus topshiriq beradi. Beneveli haqiqatan ham bu diyor tarixi, jo‘g‘rofiyasi va etnografiyasiga doir juda ko‘p- qimmatli ma'lumotlar to‘playdi. Uning fikricha, bu ma'lumotlar o‘rganilgach, u yerlarda hukmron bo‘lib o‘rnashib olish uchun birgina kuchli hamla kifoya ekan. Benevelining safari ham muvaffaqiyatsiz yakunlanadi, u Buxoro amiri g‘azabidan zo‘rg‘a qochib qutulib, 1725 yilda, Petr I vafotidan keyin Rossiyaga qaytib keladi.
Chor hukumati ulug‘ Petr siyosatini davom ettira borib, rus-turk munosabatlariga e'tiborini qaratadi. Tashqi siyosat eng avvalo Qora dengiz sohillarini kuch bilan bosib olish asosiga quriladi. O'zbek xonliklari bilan munosabatda esa dastlab tinch yo‘l bilan o‘lkaga kirib borib, uni har tomonlama o‘rganib olish yo‘li tutiladi. Xonliklar bilan Qozog‘iston orqali savdo aloqalarini o‘rnatish shu rejaga kirardi. Bu ham puxta o‘ylangan hiyla edi.
Gap shundaki, XVIII asr boshlarida har uchala Juz qozoqlari qalmoq-jungarlarning doimiy bosqini ostida qolgan edi. 1723 yilga kelib qozoq eli og‘ir ocharchilikni boshidan kechirayotgandi va nihoyatda zaiflashganligidan u endi o‘z mustaqilligini saqlab qola olmaydigan ahvolga tushgan edi. Oqibatda Katta juzjunlarlarga siyosiy qaram bo‘lib qolgandi. O'rta juz Buxoroga ko‘chib borib, Buxoro xonligiga bo‘ysundi. Qalmoqlar xataridan saqlanish va o‘z hokimiyatini mustahkamlash ilinji Katta juz hamda Kichik juz xoni Abulxayrxonni chor hokimiyati bilan yaqinlashuvga undardi...
Abulxayrxon 1730 yilda Juzni rus fuqaroligiga qabul qilishlarini so‘rab, Ufaga elchi yuboradi. Rossiya hukumati O'rta Osiyoga hujum qilish uchun ishonchli istehkomga ega bo‘lish hamda o‘z mustaqilligi yo‘lida kurashayotgan boshqirdlarning qozoqlar bilan ittifoq tuznshining oldini olish maqsadida xonning iltimosini kechiktirmay qondiradi. Ko‘pchilik qozoq oqsoqollarining qarshiligiga qaramay, 1730 yilda Kichik juz bilan birga Semekxon boshchiligida O'rta juzning bir qismi ham Rossiya imperiyasiga tobe bo‘ladi. Qozoqlarning Rossiya fuqaroligiga o‘tishi chor hukumatining O'rta Osiyoga bundan keyingi yurishlari uchun katta imkonnyatlar yaratib beradi. Petr I ta'biri bilan aytganda, Sharq bilan aloqada Qozog‘iston kalit, darvoza rolini o‘ynaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmida (1853-1856) bo‘lib o‘tgan Rossiya bilan Qrim urushi, shundan keyin xalq xaloskori Imom Shomil boshchiligida davom etgan Kavkaz janglari ham chor Rossiyasining O'rta Osiyoga harbiy yurishiga, mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishiga ma'lum muddat to‘sqinlik qilib turdi. Biroq Rossiya imperiyasi podsho Petr I belgilab ketgan reja asosida O'rta Osiyoga harbiy yurishni hech to‘xtatmay, shiddat bilan amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Aslida bu ishga imperator Nikolay I hukmronligi davrida-o‘tgan asrning 1830-40-yillaridan boshlab kirishiladi. Rossiya imperiyasi turli yo‘llar, bahonalar bilan Orenburg va O'rol orqali asta-sekin Qozog‘iston va O'rta Osiyo o‘lkalariga kirib kela boshlaydi.
Rossiya Qozog‘iston yerlarida harbiy istehkomlar qurishga mablag‘ni ayamay sarflaydi. 1734 yilda Orenburg guberniyasining kotibi I. Kirilovning zimmasiga qal'alar qurish, avval Buxoroga, keyinchalik Hindistonga savdo karvoni olib borish bahonasida tevarak-atrof va yo‘llar xaritasini chizish, ruda va oltin qidirishni yo‘lga qo‘yish kabi qator vazifalar yuklanadi. 1742 yilda qurilgan Orenburg shahri o‘zbek xonliklari hududiga kirib kelish yo‘lida ham harbiy, ham iqtisodiy istehkom bo‘lib xizmat qiladi. Turkistonni harbiy kuch bilan bosib olish niyatida Rossiya imperiyasi faqat XVIII asrning o‘zida Qozog‘iston hududida yuzdan ortiq katta-kichik harbiy istehkomlar, tayanch dargohlari qurdiradi. Shimoli-sharqiy Kaspiybo‘yi yerlarida o‘z mavqeini mustahkamlash maqsadida Novo-Aleksandrovsk (hozirgi To‘rtko‘l) harbiy istehkomini barpo etadi. Imperiyaning Sibir tomondan harakatga tushgan qo‘shinlari yaqin atrofda bosh ko‘targan qozoq, boshqird, tatar, qirg‘iz hamda qozoq xalq xaloskori Sulton Kenisar Qosimov boshliq millatparvarlarni tor-mor qilish uchun Jenier Og‘ochga polkovnik Gorskiy boshchiligida qo‘shin yuboradi. Orenburg tomondan turli hujum va bosqinlarga chek qo‘yish va turli yo‘llar bilan asirga tushgan daydi, qochoq ruslarni ozod qilish bahonasida general Perovskiyning to‘p-zambaraklar bilan qurollangan 51 ming 217 kishilik qo‘shini Xiva tomon yurish qiladi. Oqbuloqda Xiva xonligining 24 ming sarbozi rus bosqinchi jangarilari bilan 1,5 oy davomida jang olib boradi. Vatan himoyachilaridan 80 dan ortiq kishi, istilochilardan esa 5 kishi qurbon bo‘ladi. Lekin bu yurish ham ruslar mag‘lubiyati bilan tugaydi. Biroq Rossiya imperiyasi Angliya, Xitoy hujumidan xavfsiragan holda O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarini tezroq bosib olib, o‘z mustamlakasiga aylantirish niyatidan qaytmay, harbiy izlanishlarini tinimsiz davom ettiradi.
Petr I tomonidan imperiya deb e'lon qilingan Rossiya o‘z iqtisodiy va harbiy qudratini mustahkamlash hamda taraqqiy, ettirish niyatida o‘zga yurtlar, mamlakatlar yerlarinn asta-sekin egallab, buning hisobiga o‘z qaddini rostlab boradi.
XVIII-XIX asrlarga kelib, Rossiya imperiyasi tarkibida Boltiqbo‘yi, Ukrainaning o‘ng dengnz sohili, Belorussiya, Polshaning bir qismi, Bessarabiya, Shimoliy Kavkaz, Finlyandiya, Kavkazorti, Uzoq Sharq, Sibir, Qozog‘iston, O'rta Osiyo, Pomir kabi o‘lkalar bo‘lib, ularning umumiy maydoni 22,4 million kvadrat kilometrga barobar edi. V. I. Lenin ta'biri bilan aytganda, «xalqlar turmasi» bo‘lmish chor Rossiyasi hududidagi 81 guberniya, 20 viloyat, 931 shaharda yashayotgan 100 dan ortiq g‘ayrirus xalqlar va elatlar mamlakat aholisining 57 foizini tashkil qilardi.
1738 yil avgustda rus tarixchisi V. N. Taxtishchev poruchik Miller boshchiligidagi karvon tarkibida Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi. Unga Buxoroning bir qancha shaharlaridagi hamda Toshkentdagi siyosiy ahvol to‘g‘risida va yana boshqa xil ma'lumotlar to‘plash topshirilgandi. Bu karvonning ham omadi chopmadi, uni O'rta juz qozoqlari tor-mor qiladilar.
Yekaterina ikkinchi hukumati XVIII asrning 70-yillari oxirida O'rta Osiyo bilan ruslar uchun har tomonlama foydali bo‘lgan savdo-sotiq masalalariga katta e'tibor bera boshlaydi va XIX asrning birinchi choragidayoq o‘zbek bozorlarida ruslar mustahkam mavqega ega bo‘lib oladilar. Chunonchi, Buxoro amiri Shohmurod Ernazar otaliqni Peterburgga elchi qilib jo‘natadi. Buning sharafiga Yekaterina Ernazar elchi madrasasi qurilpshiga 134 ming so‘m ajratadi.
Ovrupodagi taranglashayotgan xalqaro vaziyat, 1805-1307 yillardagi Napoleonga qarshi kurash, 1806-1812 yillardagi rus-turk urushi, 1808--1809 yillardagi rus-shved urushi, 1805-1813 yillardagi rus-fors urushi, 1812 yilgi Vatan urushi chor hukumatining O'rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosatini olib borishiga uzoq yeeqtgacha yo‘l bermay turadi.
Nikolay ikkinchi hukumati O'rta Osiyo bozorlarini Rossiyaga butunlay qaram qiling maqsadida Turkistonni bosib olishni tezlashtirish ustida bosh qotira boshlaydi. Chunki Rossiya Hindistonni egallagan inglizlar tezda Afg‘oniston va Turkistonni ham zabt etishlari mumkinligidan xavfsirar adi. O'rta Osiyoni bosib olish ishtiyoqmandlari ichida bosar-tusarinn bilmaydigan Orenburg harbiy gubernatori general-mayor V. A. Perovskiy ham bo‘lib, 1840 yil noyabr oyi oxirlarida 2 ta zambarak, 40 ta arava, hamda 5 ming piyoda askar bilan 10 ming tuyadan iborat karvonga bosh bo‘lib O'rta Osiyo tomon yuradi. Og‘ir ob-havo sharoiti, yonilg‘i, oziq-ovqat tanqisligi, kiyim-kechaklar yaroqsizligi oqibatida qo‘shinining ma'lum bir qismini yo‘qotgandan so‘ng Perovskiy Xivaga yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Istilochilar 1841 yilda Xonikov yetakchiligida Buxoroga otlanishadi. Bu yurish natijasida Butenev ikki xonlikni qurol kuchi bilan bosib olish imkoniyatlari, yo‘llari, maqsadga erishishga qaratilgan harakat rejalari kabi ma'lumotlarni jamlab noma yozadi. 1847 yilga kelib mustamlakachilar Sirdaryo etaklarini bosib olish rejasini tuzishadi va u yerda Raim istehkomini barpo etadilar. 1853 yilda general Blaramberg otryadi Oqmachitni (hozirgi Qizil o‘rdani) hujum bilan zabt etadi. Ayni paytda G'arbiy Sibirdan Semipalatinskga qadar bo‘lgan oraliqda ham shimoli-sharq tarafdan yurishlar boshlanib ketgandi.
1850-1854 yillar ichida podsho qo‘shinlari Iliorti (Zaili) o‘lkasini egallaydilar, 1854 yilda esa Verniy (hozirgi Almati) istehkomi qad ko‘taradi. Shundan so‘ng Nikolay hukumati Qrim urushiga (1853- 1856) chalg‘iganligi tufayli O'rta Osiyoga bosqinchilik qisqa muddat to‘xtab qoladi. Bu urush tugagach, Kavkaz janglari Nikolayning qo‘lini bog‘lab qo‘yib, u o‘zbek xonliklariga qarshi oshkora bosqinchilik siyosatini yuritolmaganligidan, Buxoro hamda Xiva xonliklari birlashuviga imkon bermaydigan ayrim choralar ko‘rish bilan chegaralanadi.
Shundan keyin chor Rossiyasini O'rta Osiyoga nisbatan jadal mustamlakachilik siyosatini yurgizishga harbiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli majbur qiladi. Uning rivojlanayotgan yengil sanoati uchun paxta, pilla, qorako‘l teri va boshqa xil xom ashyolar zarur edi. Buning ustiga fuqarolar urushi (1861 - 1862 yillar) oqibatida Amerikadan olinadigan paxta miqdorining kamayib ketganligi ham o‘zbek paxtasiga bo‘lgan talabni oshirib yuboradi.
Yengil sanoatdagi bo‘xronlar, uni arzon xom ashyo bilan ta'minlash zaruriyati podsho hukumatnni bezovta qila boshlaydi. Orenburg general-gubernatori Katenin tashqi ishlar vaziriga yozgan xatida «O'rta Osiyo mulkiga hukmronligimizni o‘rnatishimiz uchun albatta Turkiston va Toshkentni egallashimpz shart», deb ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, Toshkentni qo‘lga kiritish Buxoro mulkiga qurolli kuchlar bilan borish uchun ham zarur edi. 1862 yilda «Russkiy vestnik» jurnalida O'rta Osiyoni bosib olishni qat'iy yoqlovchi qator shovinistik maqolalar bosiladi. «Golos» nomli liberal jurnal esa Hindistonni zabt etgan inglizlardan o‘rnak olib, «Kaspiyni rus dengiziga aylantirish, O'rta Osiyoning ko‘chmanchi elatlarini o‘troq yashashga o‘rgatish, bu sahroyilar bilan pachakilashib o‘tirmay, ularni hattoki terror qilish»ga chaqirdi. Harbiy yurishlarning doimiy tarafdori bo‘lgan harbiy vazir D. A. Milyutin 1864 yil okgyabrida tashqi ishlar vazirligi tomonidan podshoh uchun tayyorlangan ma'ruza matnini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu matnda, jumladan, Rossiyaning Sharqqa sirli, lekin tiyiqsiz intilishi haqida, yarim yovvoyilar qabilasi bilan to‘qnashilgan damda o‘ta tinchliksevar siyosatni saqlab qolish imkoni yo‘qligi xususida, Qo‘qon xonpligining tabiiy boyliklari bo‘lmish paxta, ipak, qimmatbaho ma'danlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Shunday qilib, oltmishinchi yillar boshida O'rta Osiyoni bosib olishga g‘oyaviy tayyorgarlik ko‘rib bo‘linadi, endi bu istiloni amalga oshirish navbati kelgandi.
Imperiya xorijiy o‘lkalar, Turkiya bilan bo‘lgan urushda bandligiga qaramay, 1810-1860 yillarda Sibir va Orenburg harbiy safarbar kuchlarini ishga solib, Qozog‘iston va O'rta Osiyo yerlari tomon harbiy yurish boshlaydi. Bunday bosqinchiliklarda katta tajriba orttirgan Rossiyaning yuzlab bosqinchi generallari va zobitlarining tinch Turkistonga yurishi dahshatli tus oladi. (Bu kuchlar tafsiloti kitobchamizga ilova qilinayotgan ma'lumotnomada tuliq bayon etilgan. M. H.) Shu maqsadda tashlangan katta kuch Markaziy Osiyo xalqlarini so‘zsiz taslim qilishga yoki bu o‘lkalarning kulini ko‘kka sovurib bo‘lsa ham to‘liq zabt etishga «so‘ngra Sharqdagi istilochilikni yanada davom ettirishga qaratilgan edi. 1909 yilda Toshkent shahrida Turkiston harbiy okrugi tipolitografiyasi tomonidan juda oz nusxada, faqat harbiy zobitlar uchun nashr ettirilgan bu to‘plam «O'rta Osiyoning bosib olinishi haqida tarixiy tadrijiy ma'lumotnoma. Georgiy Xochi sohiblari va «jasorati uchun» oltin qurol bilan taqdirlanganlar ro‘yxati ilovasi bilan» deb ataladi. Turkistonning chorizm tomonidan bosib olinishiga doir bu eng ishonchli manbada o‘sha jarayonning qanday davom etganligi to‘g‘risida to‘liq ma'lumot berilgan. Kitobchada bosqinchilik yilnomasi harbiy mahkama ma'lumotlari asosida ishtirokchilar, ularning qurol-yarog‘lari soni, amalga oshirgan harbiy xunrezliklari bilan birga yilma-yil, oyma-oy, kunma-kun aniq va xolis ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari o‘sha kitobcha nashr qilingan yilga qadar hisoblaganda qariyb bir asrcha davom etgan mazkur bosqinchilik, talonchilik urushida mahalliy xalqni yakson qilishda «qahramonlik» ko‘rsatgan 200 ga yaqin rus generallari, zobitlari qachon, qaerda va qanday «jasoratlari» uchun Rossiya imperiyasining oliy mukofotlari bilan taqdirlanganliklari aniq, lo‘nda va serma'no jumlalarda ifodalab berilgan. Ular orasida biz yaqin-yaqinlargacha shahar va qishloqlarimizga, ko‘chalarimizga nomlari taqilgan, tarix kitoblarida hadeb O'rta Osiyoni Rossiyaga «ixtiyoriy qo‘shib olish»da fidoyilik ko‘rsatgan xalq qahramonlari sifatida ta'riflab kelingan Fon Kaufman, Chernyaev, Skobelev, Kuropatkin, Trotskiy singari generallarni ham, bizga kamroq ma'lum bo‘lgan yuzlab general va zobitlarni ham ko‘ramiz.
Bu o‘rinda shuni ham alohpda aytib o‘tish kerakki, bunday oliy mukofotlarga faqat harbiylar emas, balki ko‘klarga ko‘tarib maqtab kelingan ijodkorlar: rassom, iste'fodagi michman Vasiliy Vasilevich Vereshchagin (bir qo‘lida qurol, bir qo‘lida mo‘yqalam bilan o‘z vatandoshlari amalga oshirgan qonxo‘rliklarni hayolan boshqa xalqlarning milliy qahramonlariga, jumladan, Sohibqiron Amir Temurga nisbat berib rasmlar chizgan bu jangchi-rassom 1904 yilda Petropavlovsk zirxli kemasida fojiali halok bo‘lgan) va taniqli rus yozuvchisi va rassomi, o‘qchi batal'on shtab kapitani Karasin sazovor bo‘lgan. Eng qizig‘i shundaki, Rossiya imneriyasining din peshvolari: ruhoniy ota Andrey Maloz, ruhoniy ota Gavril Shiryaev, ruhoniy ota Sedachyovlar ham chor hukumatining O'rta Osiyoni zabt etishida qatnashgan. Qo‘lidagi but-xochni o‘pib, rus zobitlari, askarlarini mahalliy xalq erku ozodligini poymol qilish uchun qonli urushga undagan bu ruhoniylar «halol» xizmatlari evaziga Georgiy nishoni tasmalariga taqiladigan xoch-nishon (napersn?e) bilan taqdirlanadilar.
Hatto Rossiyani va uning yaqin atrofidagi ko‘plab mamlakatlarni istilo qilib, necha asrlar ezib kelgan Chingizxon ham urushga dinni aralashtirmagan edi. Chingiziylar bosib olgan o‘lkalari xalqlarining e'tiqodi, urf-odatlarpga halal yetkazmagandilar. Rus podshosi esa O'rta Osiyoni bosib olishda har qanday siyosatdan ustun turishi lozim bo‘lgan dinni ham ishga soldi, xristian dini arboblarini yuksak mukofotlar, yorliqlar bilan ilhomlantirib, yovuz maqsadlariga xizmat qildirdi.
Inqilobdan ilgari yashab, faoliyat ko‘rsatgan rus tarixchilari, shuningdek chor Rossiyasining harbiy yilnomachilari va mahalliy xalqdan chiqqan Fozilbek, Bayoniy, Ahmad Donish, Salimiy, Muhammad Solih singari voqeanavis tarixchilarimiz asarlarida, o‘sha davr arxiv hujjatlari, davriy matbuot sahifalarida chor imperiyasi O'rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarini beadad qonlar to‘kib bosib olib, o‘z mustamlakasiga aylantirganligi, saxiy Turkiston mulki bosqinchilar tomonidan ayovsiz talon-toroj qilinganligi aniq misollar asosida ko‘rsatib berilgan.
Shu manbalardan ayonki, Rossiya imperiyasi yana o‘sha inglizlar yaqin orada O'rta Osiyo va Qozog‘iston yerlarini bosib olish xavfi bor, degan nuqtai nazardan kelib chiqib, harbiy harakatlarini shiddat bilan olib boradilar. Istilochilar buning uchun mablag‘larni ham, qurol-aslahalarni ham ayamaydilar. Chor Rossiyasi hukumati butun Kavkaz va Sibirda, Volga bo‘ylarida bosqinchilik urushlari bilan band bo‘lishiga qaramay, Turkistonni ham qo‘ldan chiqarmaslik uchun bu yerda istilochilik faoliyatini to‘xtatmadi. Turkistondagi shu voqealar qatnashchisi, rus harbiy tarixchisi general M. A. Terentev «O'rta Osiyoni bosib olish tarixi» nomli 3 jildlik kitobida yozishicha, Rossiya imperiyasi O'rta Osiyo yerlarini bosib olishda hech narsani ayamagan. Mamlakatdagi iqtisodiy tanglikka qaramay, kambag‘al xalq rizqidan qiyib, O'rta Osiyo va Qozog‘istonga harbiy yurish qilishga 1839 yilda 1 million 800 ming so‘m mablag‘ ajratiladi. Birgina Xiva xonligini zabt etish uchun Turkiston harbiy okrugiga 287300 so‘m, Orenburg harbiy okrugiga 200000 so‘m mablag‘ ajratilgan. Harbiy bosqinchilik urushi olib borish uchun shaxsan Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman ixtiyoriga 400000 so‘m pul berilgan. Xiva xonligiga na boshqa xonliklarga qarshi harbiy yurishda qatnashgan ko‘p minglab askar, zobitlarning oziq-ovqatlari, kiyim-kechaklari uchun hamda harbiy yurishlar davomida mahalliy xalqdan tortib olnngan ot, ho‘kiz, eshak, xachir va tuyalarga yem-xashak sotib olishga 465414 so‘m 64 tiyin mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, urushda zarur bo‘lgan qo‘tos, xachir, eshak, ot, tuyalar, aravalar sotib olish hamda yo‘l harajatlari uchun 513551 so‘m 40 tiyin pul mablag‘i ajratilganligini ko‘ramiz. Artilleriya, to‘p-zambarak zaxira qismlari, ta'mirlash uchun texnik uskunalar, shuningdek, tibbiy dori-darmonlar hamda lazaretlar unun 94285 so‘m pul mablag‘i, ko‘priklarni tuzatishga, arava (brichka)larning g‘ildirak zaxiralarini va boshqa zaruriy ashyolarni sotib olishga 1475558 so‘m 68 tiyin pul mo‘ljallangan. (Qarang: M. A. Terentev «Istoriya zavoevaniya Sredney Azii» Spb. 1806. 153, 283-betlar). Shunga o‘xshash ishanchli dalillarni rus bosqinni generallari, zobitlari, harbiy mutaxassislarining kundaliklari va esdaliklarndan ham ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda kitobxonlarimizni bir narsadan ogoh qilishni xohlardik. Nazarimizda, rus bosqinchilarining Turkistondagi vahshiyliklari to‘g‘risidagi ko‘pgina manbalar noyob kitoblar, risolalar, esdaliklar, kundaliklar yo‘qolib ketayotganga o‘xshaydi. Tarixning ayanchli saboqlari unutilib, bugungi va kelajak avlodlar o‘tmish xatolarini takrorlamasliklari uchun bu manbalarning saqlanishini alohida nazoratga olish, imkon boricha ularni qayta nashr qilish zarur.
Chor Rossiyasining ma'murlari, harbiy gubernatorlari tub yerli xalqni qattiqroq ezish maqsadida mahalliy amaldorlar, boylar, qozilar, savdogarlar, sudxo‘rlar bilan til biriktirib harakat qildilar. Xonliklar oliy hukmdorlarining boshini makkorlik bilan silab, o‘zlari tomon og‘dirishga intildilar. Chunonchi, Rossiya podshosi Buxoro hukmdori amir Said Muzaffarxonga (1860-1885) general-ad'yutant yuksak harbiy unvonini, Buxoro amirlari Abulahad va Sayid Olimxonga general, Xiva xoni Muhammad Rahimxonga (1865-1910) general-mayor harbiy unvonlarini berdi. Mustamlakachilar bunday unvonlar va arzimas sovg‘a-salomlar evaziga mahalliy xalqni bemalol ezish ixtiyorinigina emas, uning rahbarlari xaq-huquqlarini ham sotib olgan edilar. Bu ham kamlik qilganday chorizm istilosiga qarshilik ko‘rsatganliklari uchun Buxoro va Xiva xonliklari Rossiya harbiylariga millionlab so‘m jarima to‘lashga majbur etiladilar. Masalan, bosqinchilarning otryadlari 1868 yil 23 iyunda Buxoro amirligini mag‘lubiyatga uchratgach, Zirabuloqda imzolangan bitimga ko‘ra, Buxoro Rossiyaga 500 ming so‘m urush tovoni to‘laydigan bo‘ldi. Bu xil noqonuniy tovonlar, jarimalar Xiva, Qo‘qon xonliklaridan ham undirib olindi. Tabiiyki, ularning yuki mehnatkash xalq gardaniga tushadi. Chorizmning Turkistonga ikkinchi yurishi 1853 yilda general Perovskiy boshliq ikki mingdan ziyod askar va zobitlarning Oqmachit (Qizil O'rda)ga hujumidan boshlandi. Bir necha kunlik hayot-mamot jangida bosqinchilardan 25 kishi o‘lib, 46 kishi yaralanadi. Oqmachit himoyasiga chiqqan butun mahalliy aholidan esa atigi 74 kishi omon qoladi, xolos. Chor qo‘shinlari qurolsiz xalqni rahmsizlarcha qirg‘in qiladi. Toshkentdan hokim Sabdalxo‘ja boshchiligida 8 ming askar va ko‘ngilli Oqmachitni qayta qo‘lga olish uchun qattiq jang olib boradi. Biroq istilochilar urush tajribasiga ega bo‘lishlari bilan birga tish-tirnog‘igacha qurollangan edilar. Vatanparvarlar jangda 192 kishidan ayrilib, yaralangan 92 jangchini tuya, ot, arava va eshaklarga ortib g‘azab va alam bilan orqaga chekinishga majbur bo‘ladilar. Qo‘qon xonligi Oqmachitni rus bosqinchilaridan qaytarib olish uchun yana qo‘shin yuboradi. 1853 yilning oxirida Yoqubbek qo‘mondonligida 13000 kishidan iborat yurt himoyachilari g‘animlar bilan qattiq jang olib boradilar. Atoqli tarixchi olim H. Ziyoev «Chorizm istilosi» degan maqolasida («Sharq» yulduzi», 1990, 8-son; «Muloqot», 1991, 3-son) yozganidek, bosqinchilar 55 kishini yo‘qotganlari holda yurt himoyachilaridan ikki mingga yaqin kishi o‘ldirildi va yaralandi. Chor Rossiyasnning istilochi qo‘shinlari 1860 yildan boshlab 6-7 yil mobaynida zo‘r berib avval Pishpek, so‘ngra To‘qmoq qal'asiga hujum qilib, zambarak va miltiqlardan o‘q yog‘dirib, qurolsiz, himoyasiz, bechora tinch aholini zor qaqshatib, begunoh qon to‘kadilar. Butun O'rta Osiyo xalqlari bosqinchilik urushi yo‘lini to‘sish uchun oyoqqa turishadi. Toshkent hokimi Qanoatshoh boshchiligida urushga otlangan o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, tojik va qoraqalpoqlardan iborat 20 mingga yaqin fidoyi vatanparvar Pishpek ostonasida shiddatli jang olib boradi. Chor Rossiyasi general va zobitlari buyrug‘i bilan himoyachilarga qarshi otilgan 2051 ta snaryad, 31879 ta miltiq va 63 ta to‘p o‘qidan 1500 vatanparvar o‘ldirilib, ko‘plari yaralanadi, bandi qilinadi. Pishpek uchun bo‘lgan qirg‘inbarot jangida 574 himoyachi asir olinadi. Ular orasidagi 82 savdogar, 92 ayol va bolalar taqdiri ham achinarli bo‘ldi. Bosqinchilar bandilarga nihoyatda yomon munosabat ko‘rsatadilar. Har bir o‘ldirilgan chor Rossiyasi askarining xuni uchun mahalliy xalqdan shafqatsiz o‘ch olish odat tusiga kirib boradi. Rus bosqinchilari shu yo‘l bilan vatan himoyachilari qalbiga qo‘rquv va g‘ulg‘ula solishga harakat qiladilar. Chor Rossiyasining harbiy mutaxassislari, general, zobitlari Avliyoota (Jambul), To‘qmoq, Pishpekni egallashga jon-jahdlari bilan harakat qiladilar. Kitobchaga ilova qilinayotgan ma'lumotnomada yozilganidek, polkovnik Simmerman otryadi 6 ta rota, 6 ta yuzlik kazaklar, 2 ta yuzlik qirg‘izlar hamda 12 ta og‘ir to‘p-zambarak, 4 ta raketa stanogi, 8 ta martir bilan 5 ming kishilik qo‘qonlik fidoyilarni yakson etib, To‘qmoq va Pishpek qal'alarini buzib tashlaydilar. U yerda Olatov harbiy okrugi barpo etiladi. Ayni vaqtda 1864 yilning kuzida podpolkovnik Kolpakovskiy (qirg‘indagi «jasorati» uchun general unvoni berilgan) boshliq harbiy otryad-3 ta rota, 2 ta yuzlikdan iborat va 6 ta zambarak, 2 ta raketa qurilmasi bilan qurollangan chor askarlari Uzunog‘ochda Vatan himoyachilari bilan yuzma-yuz jangga kiradilar. 20 mingdan ziyod vatanparvar Rossiya imperiyasining zamonaviy harbiy texnika bilan qurollangan bosqinchi askarlari hujumiga dosh bera olmay, chekinishga majbur bo‘ladi. Bosqinchilar maqsadlariga erishish uchun Turkiston hududida yuzlab harbiy istehkomlar qurishni davom ettiradilar. Ularga markazdan doimiy harbiy yordam kelib turadi. Avliyootani qayta qo‘lga olish uchun Qo‘qon xonligidan 1500 kishidan iborat xaloskor 1864 yilning bahorida chorizm jallodlari bilan yana to‘qnashadi. Bu gal ham qurol-aslaha bobida ustun bo‘lgan dushman qo‘li baland keladi. Bu jangda vatanparvarlar 307 jangchisidan ajraladi va 390 sarboz majruh bo‘ladi. Chor Rossiyasining makkor general va eobitlari al-dash, qo‘rqitish, hiyla ishlatish yo‘li bilan oddiy va soddadil mahalliy xalqlarni asta-sekin bo‘ysundira boradilar. Buning uchun ular «Bo‘lib tashlab, hukmronlik qil» qabilida ish tutib, musulmon diniga mansub turkiy xalqlarni birlashishga qo‘ymaslik uchun ularni bir-biriga gijgijlash usulndan ustalik bilan foydalanadilar.
Hududiy jihatdan keng maydonga ega bo‘lgan Qo‘qon xonligi mulkini bosib olish uchun chor Rossiyasi qo‘shinlari (1864-1865 yillari) asosiy hujumnn Verniy (Almati), Turkiston va Chimkent shaharlarini ishg‘ol etishga qaratdi.
Bosqinchi rus generallari Verevkin, Chernyaev, Lerxe, Debu, Kolpakovskiy boshliq jangari zobitlar va as-karlar 1864 yilda Turkiston, Chimkent shaharlarini bosib olish uchun Qo‘qon xonligining lashkarboshisi (amirul-lashkari) Alimqul sarbozlari bilan hayot-mamot jangi olib bordi. 1864 yilning kuzida Turkiston tomondan general Chernyaev, Avliyoota tomondan general Lerxe qo‘mondonligidagi chor Rossiyasining a'lo-darajada qurollangan qo‘shinlari qo‘qonlik vatanparvarlarga qarshi shafqatsiz jang qilishdi. Chimkent va Iqon ayovsiz to‘pga tutilib, shahar va qishloq butunlay vayron qilindi. Amirul-lashkar Alimqul qo‘mondonligidagi Qo‘qon xonligi mudofaatchilari yovuz dushmanga qarshi mardonavor kurash olib bordilar. Biroq bu jangda kuchlar teng emasdi. Taktik va strategik jihatdan jangni uyushtirish, askarlarni hujumga shaylash, safarbar qilish tajribasiga, uyushqoqliq, jangovarlik holatiga ega bo‘lgan chor askarlari hujum qurollaridan to‘g‘ri va aniq foydalannsh san'atini egallagan edilar. Doimo o‘z safini yangi kuchlar bilan to‘ldirib borgan chor qo‘shinlari mag‘lubiyat ko‘rmay, g‘alaba sari intildilar.
Boz ustiga turkistonlik vatanparvar ximoyachilar zamonaviy qurol-aslahalarga ega emasdilar. Oddiy xalq qurol ishlatish, dushmanni mo‘ljalga olib otish mashqidan yiroq edi. Urushish harbiy san'ati yetishmasdi. Turkiston, Chimkentdagi dahshatli jangni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan shoir Husayn Shayx (adabiy taxallusi «Kamina») bir she'riy tarixiy manzuma yozdi.
Shoir vatan himoyachilari qo‘llaridagi quroldan to‘g‘ri va mohirona foydalana olmaganliklari tufayli urushda begunohlar qoni daryo bo‘lib oqayotganligidan afsuslanib shunday yozadi:
Musulmon o‘q otsa, o‘rusga tegmas,O'ruslar otgan o‘q xato ketmas.Haqiqatan ham turli yurtlardagi bosqinchilik va talonchilik urushlarida mahorati oshgan rus generallari, zobitlari va askarlari, shoir Kamina yozganidek, mo‘ljalga bexato urib, hammayoqni qonga botirdilar. Qo‘liga qurol ushlamagan, uning bilan muomala qilish ilmini egallamagan oddiy xalq esa dushman muljaliga nishon edi. «Biz qurol ushlashni va otishni bilmaydigan yarim yovvoyi odamlarni qo‘yni otgandek otib o‘ldirardik», - deb faxr va g‘urur bilan mahalliy aholiga nisbatan nafratinn yashira olmay yozadi rus zobitlaridan biri o‘z kundaliklarida.
Chor hukumati mahalliy xalqni har qanday yo‘llarni ishlatib bo‘lsa ham, hatto eng muqaddas tuyg‘ulariga tajovuz qilish bilan qo‘rqitib bosh egdirishga harakat qildi. Masalan, general Chernyaev Turkiston shahri taslim bo‘lmasa, shaharning ko‘rki va yuragi bo‘lgan, xalqning aziz ziyoratgohi hisoblanmish Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini to‘pga tutajakligini e'lon qiladi. Va bu faqat po‘pisa bo‘lib qolmasdan, polkovnik Verevkin guruhi shundai qabih ishni chindan ham amalga oshiradi. Shu tariqa ular insoniyatning yuksak aql-zakovati bilan barpo etilgan shaharlar, tarixiy obidalar kulini ko‘kka sovurdilar. Bosqinchilarning bundan ko‘zlagan maqsadlari aniq edi. Boy qadimiy madaniyatimizni yo‘q qilib, biz o‘tmishda hech narsa ko‘rmagan va yaratmagan yovvoyi bir olomon bo‘lganmizu, butun madaniyatni bizga ular olib kelganligiga o‘zimizni ham, boshqalarni ham ishontirish va evaziga doimo minnatdor bo‘lib, qulluq qilib, itoatda yashashga majbur etish - mana ular ko‘zlagan va keyinchalik ma'lum darajada erishgan maqsad. Turkistonni zabt etib, Chimkent va keyin Toshkent shahri tomon yurish niyatida bo‘lgan general Chernyaev boshliq bosqinchilar yo‘lini to‘smoq zarur edi. Toshkentlik voqeanavis muarrix Muhammad Solih qori o‘zining «Tarixi jadidi Toshkent» («Toshkentning yanti tarixi») nomli qo‘lyozma asarida (Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutidagi 5732 raqamli qo‘lyozma) yozishicha, Qo‘qon xonligiga qarashli jami qishloq va shaharlardan askarlar, ko‘ngillilar va vatanparvarlar xonlikning jasur lashkarboshisi Alimqul boshchiligida Chimkent himoyasiga otlanadilar. Biroq general Chernyaev bosh bo‘lgan, bosqinchi qo‘shinlar 1864 yil 22 sentyabrda ko‘plab to‘p miltiq, zambaraklardan tinimsiz o‘q yog‘dirib, yurtimizning ming-minglab; farzandlarini nobud qilib, Chimkentni ishg‘ol etadi.
Professor H. Ziyoev «Chorizm istilosi» maqolasida Toshkent mag‘lubiyati haqida shularni yozadi:
«Toshkent shahri uchun bo‘lgan ayovsiz jangda chor askarlari 72 soldatini yo‘qotgan bo‘lsa, mudofaachilardan o‘n mingdan ko‘prog‘i o‘ldiriladi, yaralanadi, ko‘plari Sibirga surgun qilinadi. General Chernyaev qo‘mondonligida 1865 yilning yanvar oyida yurtning 8-9-ming himoyachi farzandini nobud qilish hisobiga Qo‘qon xonligi ixtiyoridagi Chimkent shahrini qo‘lga kiritish bilan bosqinchilar avval boshida ko‘zda tutgan maqsad uzil-kesil amalga oshadi. Qattol va jallod rus lashkarboshisining endigi hujumi Toshkentga, undan keyin Buxoro, Qo‘qon va Xivaga qaratilgan edi».
1864 yilning kuzida Chernyaevning Toshkentni bosib olishga birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. 1865 yilning yozida u Toshkentning suvboshisi bo‘lmish Niyozbek qal'asini egallab olgach, shaharga navbatdagi yurishini boshlaydi. Chernyaev avvalo anhorning suvini bo‘g‘ib olib, Toshkentni qirq ikki kun davomida suvsiz qoldiradi. Ruslar bostirib kelayotganliklari to‘g‘risidagi xabarni eshitgan toshkentliklar Qo‘qon xonligiga qaram bo‘lganliklari uchun xondan yordam so‘raydilar. Shahar dorug‘asi Alimqul Toshkent aholisini o‘z erklari uchun kurashga chorlab otashin nutq so‘zlaydi. Qo‘qondan yordam kelgach, Toshkent himoyachilarining soni 30 ming kishiga yetadi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, rus soldatlari 1950 nafar bo‘lgan. Tartib va tashkilotchilikning yo‘qligi, kerakli harbiy texiika bilan ta'minlanmaganlik sababli xonlik qo‘shinining son jihatidan ustunligi ham to‘qnashuvda foyda bermaydi. Chernyaev hal qiluvchi harakatni janubdan - Temur-darvozasi tarafdan boshlaydi. Bu bilan u Qo‘qon yoki Buxorodan kelishi mumkin bo‘lgan yordamchi kuchlarga xalaqit berishni mo‘ljallaydi. Ilk to‘qnashuv 1865 yilning 9 mayida bo‘lib o‘tadi. Chernyaev Alimqul halokatidan keyin shahar taslim bo‘lar, degan ilinjda hujumni xiyol to‘xtatib turadi. Buxoro amirining qo‘shini yaqinlashib kelayotganidan xabar topgach, 15 mayga o‘tar kechasi shaharga hujum boshlashga qaror qilinadi. 16 va 17 may kunlari ham ko‘cha janglari davom etadi.
General Chernyaev boshliq jallodlar Toshkent shahri istilosi kunlari 12 mingdan ortiq begunoh odamlar qonini daryo qilib oqizdilar.
17 may kuni Toshkent a'yonlari qarshilikning behudaligini hisobga olib, shaharni topshirish uchun muzokaraga kirishadilar. Orenburg general-gubernatori Krjijanovskiy 1865 yilning sentyabrida mahv qilingan Toshkentga kelib, uni muxtor qaram mulk deb e'lon qiladi.
Chernyaev shu yilning kuzidayoq Jizzaxga yurish boshlaydi, Ammo 1866 yil mart oyida Chernyaev Peterburgga chaqirib olinadi va uning o‘rniga yuborilgan general Romanovskiy 8 may kuni Yerjarda amir qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratadi, 24 may kuni Xo‘jandda ham ruslarning qo‘li baland keladi. Avgust oyida Krjijanovskiy Toshkent, Xo‘jand va Chirchiqorti o‘lkasini Rossiyaga qo‘shib olish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Amir bilan muzokaralarda kelisha olmagach, 2 oktyabrda Buxoroga qarashli O'ratepa qal'asini, 18 oktyabrda esa Jizzaxni istilo qiladi. Bosib olingan yerlarda 1867 yilda favqulodda Turkiston general-gubernatorligi tuziladi. Injener-general K. P. Kaufman bosh qilib tayinlangan bu gubernatorlikning markazi etib Toshkent belgilanib, Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari ham uning tarkibiga kiritiladi.
Toshkent shahrida zo‘r harbiy istehkom barpo etgan Rossiya imperiyasi vatandoshi Bekovich-Cherkasskiy boshliq harbiy otryadlari safarining fojiali yakuni uchun o‘ch olish maqsadida birin-ketin Xorazm, Qo‘qon va Buxoroga qonli yurishini davom ettiradi...
Rus generallaridan Fon Kaufman. Fonder Flit, Bardovskiy, Tronkiy, Kolpakovskiy, Verevkin, Lomakin, Golovachev, Grodekov, Meller-Zakomelskiy, Konstantinovich boshliq harbiy kuchlar 1873 yilda Xivani egallab, chor Rossiyasi hukumatining oliy mukofotlarini oladilar. Yangi tuzilgan Turkiston general-gubernatorligi Toshkentni o‘ziga qarorgoh etib, Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklariga qarashli barcha yerlarni tezroq bosib olish bosh rejalarini tuzib chiqadi.
Rus qo‘shinlari bosqinchilikni avj oldirib, 1868 yil 1 may kuni Samarqandning Cho‘ponota tepaligida Buxoro qo‘shinlarini yengishadi, 2 mayda esa Samarqand shahri taslim bo‘lishga majbur qilinadi. Rus askarlari Samarqanddan Buxoro tomonga chiqishlari bilan shaharda g‘azovat boshlanib ketadi. 2 iyun kuni shahar devorlari tagida Shahrisabz qo‘shini paydo bo‘lganida ozodlik qo‘zg‘oloni avjiga chiqadi. Umarxo‘ja va Jo‘raboy bo‘linmalari hech bir qarshiliksiz Samarqandga kirib kelishadi, bu yerda ularga shahar ahli ham qo‘shiladi. 650 kishidan iborat rus garnizoni askarlari qo‘rg‘onga kirib yashirinadilar. Mujohidlar 5 kun davomida ular ustiga hujum uyushtirishadi. 8 iyunda esa Kaufman qo‘shini shaharga bostirib kiradi va uning barcha himoyachilari qatl etiladi. Buxoro va atrofidagi shahar, qishloqlarpi egallash yo‘lida chor Rossiyasinint bosqinchi askar va zobitlari Zirabuloq tepaligida Buxoro amiri Muzaffarga qarshi turadilar. Amirning 15 ming otliq, 6 ming piyoda va 14 ta to‘pdan iborat kuchlari general-gubernator K. P. Kaufman qo‘shinlari bilan nihoyatda og‘ir jangga kirishadi. Bu jangda Rossiya bosqinchilari ustun kelayotganligini sezgan amir Muzaffar butun muzofotni g‘azovat urushiga da'vat etadi (Qarang: «Sharq yulduzi» jurnali. 1990, 8-son, 185 -187-betlar). Biroq Zirabuloqdagi mag‘lubiyat, Samarqand qo‘zg‘olonining bostirilishi Buxoro bilan bo‘ladigan urush taqdirini hal qilib qo‘ygan edi va amirga Rossiya bilan tuzilgan bitimga imzo chekishdan boshqa chora qolmaydi. Bitim shartlari 1868 yil 23 iyunda quyidagicha edi: Buxoro Rossiyaga vassallikni tan oladi va 500 ming so‘m urush tovonini to‘laydi. Samarqand va Kattaqo‘rg‘on viloyatlari Rossiyaga biriktiriladi. Buxoro chet davlatlar bilan aloqa qilish va mustaqil bog‘lanish huquqidan mahrum bo‘ladi. Shu yilning kuzidayoq Abdumalik boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon ham istilochilar tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi.
1870 yili Iskandarko‘lda ruslar uyushtirgan harbiy yurish natijasida Zarafshon tizmasi ham ular qo‘liga o‘tadi. O'rta Osiyoni bosib olish tarixidagi navbatdagi bosqich Xiva xonligini zabt etish edi. 1873 yil may oyi o‘rtalarida Turkiston, Orenburg va Kazkaz gubernatorlarining guruhlari Xivaga yaqinlashadilar. Rossiya qo‘shinini qaytarishga uringan xivaliklar tor-mor etilib, rus qo‘shini shaharga deyarli jangsiz kirib keladi va xon amaldorlari bilan muzokara olib boradi. Tinch yo‘l bilan tuzilgan bitimga ko‘ra, Xiva xoni Muhammad Rahim 1873 yilning 12 avgustidan e'tiboran mustaqil tashqi aloqalar olib borishdan mahrum etiladi. Ayni paytda xonlik Rossiyaga 22 million so‘m urush tovonini to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, xonlik poytaxtiga yaqin joyda tashkil etilgan Petro-Aleksandrovsk qo‘rg‘oni (hozirgi To‘rtko‘l) yanada mustahkamlanadi. Xiva xoni qaramlikda ushlab turilgan bir paytda general Golovachev boshchiligidagi jazo to‘dasi turkmanlarni qirib, tor-mor qilishni davom ettiradi.
Qo‘qon xoni Xudoyorxonning og‘machilik siyosati tufayli uchinchi o‘zbek xonligi ham o‘z mustaqilligini oegina muddat saqlab turoldi, xolos. 1874-1876 yillarda marg‘ilonlik Ishoq mulla Hasan o‘g‘li boshchiligidagi qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon mustaqillikdan mahrum qilindi. Voqea tafsiloti bunday. 1872 yilda bir guruh norozi feodallar Xudoyorxonning qarindoshlaridan bo‘lgan Po‘latbekni taxtga ko‘tarmoqchi bo‘ladilar. U taxtdan voz kechgach, fitnachilar roziligi bilan Po‘latbek ismini olgan Isxoq mulla g‘azovatning boshida turadi. 1873 yilda unga Abdurahmon oftobachi, Qo‘qonning sobiq hukmdori Musulmonqulning o‘g‘li, bundan tashqari Xudoyorning to‘ng‘ich o‘g‘li Nasriddin, Andijon xokimi va uning akasi Murodbek kelib qo‘shiladnlar. Ko‘zg‘olonni bostirishga ojizligini payqagan Xudoyorxon «pushtipanoh imperator hazrati oliylari»ning qudratiga suyanadi va Fon Kaufmanga do‘stona murojaat qilib, iloji boricha tezlik bilan Ko‘qonga rus qo‘shini va zambaraklarini yuborishini so‘raydi. Yurtni sotganligi uchun Xudoyorxon va yaqinlariga qarshi g‘azovat e'lon qilinadi. Xurdoyorxon 1875 yil 2 iyul kuni o‘z oilasi bilan Toshkentga, rus elchixonasi panohiga qochib boradi. Tarixchi olim H. Bobobekov «Qo‘qon xazinasi qaerda?» sarlavhali maqolasida («Xalq so‘zi» gazetasi, 1991 yil 20 fevral) yozishicha, 1875 yilning yozida Qo‘qon xoni Xudoyorxon 70 kishilik ahli ayoli, 500 ga yaqin hamrohlari, 40 arava xazina bilan Toshkentga Turkiston general-gubernatori Fon Kaufman huzuriga panoh tortib keladi. Kaufman shu 40 arava xalq boyligini olib, Xudoyorxonning o‘zini Orenburgga surgun qiladi. Keyinchalik xon Orenburg tutqunligidan qochadi. Toshkentdan chiqqach, rus guruhi qo‘qonliklarni Makaram qal'asida mag‘lubiyatga uchratadi va 29 avgustda Kaufman Qo‘qonga g‘olib sifatida kirib boradi. Qo‘qon a'yonlari Xudoyorning o‘g‘li Nasriddinbek boshchiligida undan afv so‘raydilar. 22 sentyabrda Kaufman bilan bitim tuziladi. Bu bitimga ko‘ra Qo‘qon xoni o‘zini Rossiya imperatorining quli deb tan oladi va general-gubernator ruxsatisiz hech qanday tashqi aloqalar yoki harbiy harakatlar qilmaslikka rozi bo‘ladi. Shunday qilib, Qo‘qon feodallari yurtning erkini boy berib, jonlarini saqlab qoladilar.
Xonning sharmandali qochishi haqidagi xabar yangi qo‘zg‘olonga sabab bo‘ladi. Bu gal uning markazi Andijon edi. Qo‘zg‘olonchilar Po‘latxon nomi bilan yurgan Ishoq mullani xon deb e'lon qiladilar. Po‘latxonga qarshi jo‘natilgan Kaufman otryadi Andijon ostonasida mag‘lubiyatga uchraydi. 1875 yilning 7 oktyabrida esa qo‘zg‘olonchilar xon qo‘shinini yengib, Qo‘qonni egallaydilar. Xo‘jandga, ruslar panohiga kochgan isyonchilar 11 noyabrda Baliqchi yaqinida general Skobelev askarlari tomonidan tor-mor etiladi. Skobelev yo‘l-yo‘lakay qishloqlarga shafqatsizlarcha o‘t qo‘ydirib, yakson qildirib, olg‘a boraveradi. Andijon shahrini ayovsiz to‘pga tutdirib, vayron qildiradi, uning o‘z so‘zlariga qaraganda, uch ming chog‘li odam vayronalar tagida qolib ketgan. 9 yanvarda Skobelev xaroba Andijonga kirib borganida Po‘latxon qolgan-qutgan kuchlari bilan Uchqo‘rg‘on qal'asiga chekingandi. 1876 yilning 28 yanvaeiga o‘tar kechasi Skobelev tomonidan yuborilgan otryad Uchqo‘rg‘onni egallaydi, barcha himoyachilar o‘ldiriladi. Bu yerdan qochib ulgurgan Po‘latxon ko‘p o‘tmay Marg‘ilonda qo‘lga tushadi.
Kaufman bir amallab xalq harakatini bostirgach, Ko‘qonni mustaqilligidan mahrum etshiga ahd qiladi, 1876 yilning 19 fevralida Qo‘qon xonligi tugatilib, uning o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil qilinadi. Bo‘ysunmas qo‘qonliklarni shafqatsiz qiyratgan jazo ekspeditsiyasining boshlig‘i general Skobelev esa harbiy gubernator qilib tayinlanadi. Xullas, Po‘latxon qo‘zg‘oloni o‘zbek xalqining o‘z mustaqilligini saqlab qolish yo‘lidagi kurashining so‘nggi bosqichi bo‘ldi va shundan so‘ng uchala o‘zbek xonligi ham rus podsholigiga to‘la qaram bo‘lib qoldi.
O'n mingdan ortiq muridi bo‘lgan Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon xalq qo‘zg‘oloni (1898 y.) ham yaqinlargacha diniy pardaga o‘rab, uning sinfiy mohiyati yashirib kelindi. Aslida esa bu chorizmning dahshatli zulmiga qarshi olib borilgan milliy ozodlik harakati va isyonkorlik kurashi ediki, uning natijasida qurbon bo‘lgan, yaralangan va Sibirga surgun qilingan xalqparvarlarning aniq soni ma'lum emas. Ayrim manbalarda mazkur qo‘zg‘olon qon bilan bostirilgach, 226 kishi o‘lim, 777 kishi esa qamoq jazosiga buyurilganligi yozilgan, boshqa bir hujjatda 380 vatanparvar o‘limga hukm etilib, 208 kishi Sibirga surgun qilinganligi aytiladi . Mustabid chor Rossiyasi zulmiga qarshi andijonlik Dukchi Eshon boshchiligida bo‘lib o‘tgan xalq qo‘zg‘oloni bir jihati bilan Rossiya tarixidagi Yemelyan Pugachev qo‘zg‘olonini eslatadi.
O'zbek xalqining asl va vatanparvar o‘g‘li, yetuk olim Fozilbek Otabek o‘g‘li Qoziev zolim va mustabid rus bosqinchilarining qonxo‘rligi va vahshiyligini fosh etib, «Dukchi Eshon voqeasi» (O'zdavnashr, Toshkent 1927 - Samarqand) nomli tarixiy asar yozdi. Muallif o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, bilgan voqealarini xolis bir muarrix sifatida qalamga olgan. Kntobning «Mingtepa qishlog‘i», «Eshonning shakli va hunari», «Karomatli mehmonxona», «O't-olovsiz osh pishirish», «Chor hukumatining qarshilik harakati», «Eshonning hujumga hozirlik ko‘rishi», «Xalqning qo‘zg‘olonga chiqishi», «Andijon yangi shaharidagi soldatlarga hujum», «Oq do‘ppi ila salla halokati», «Eshonning qo‘lga tushishi», «Asir bo‘lg‘onlar va qamalg‘on bechoralar», «Dor tagida», «Hukm kunlari», «O'lim jazosi», «Kafan kiydirish», «Mingtepani to‘pga tutish», «O'likfurushlar», «Vayrona va «marhamat» istibdodining o‘limi» mabi bob va bo‘limlarda chor Rossiyasining Turkistondagi va Andijondagi istilochilik tarixi batafsil bayon etilgan.
Muallif begunoh odamlarni o‘ldirish, qamash, urib mayib qilish, mo‘‘min bechoralarni haqoratlab, sazoyi qilish voqeasini shunday tasvirlaydi: «Eshonga qarashli» deb kimni tutib bersa, beso‘rog‘ qamaydilar. Xususan, tog‘lardan Elatiya kattalarini ushlab kelib, harbiy boshlig‘i har kun besh-oltitasini turmadan olib chiqib, o‘rtaga yotqizib kaltaklaydilar. Uzun qamchi sopidek tut-qayrag‘och shoxlari bilan bandilarni olib chiqib, askarlar o‘rtasida yalang‘och qilib, lo‘ngga yetqizib, to‘rt soldat bosib turadi. To‘rtovi o‘shal kaltak bilan orqasiga uradir. Agar kaltak sinib ketsa, boshqasini olib uradir. Qirq-ellik marta urgancha «dod» deb turadir, bundan so‘ng ovozi chiqmaydi, behush bo‘lg‘ondan keyin ikkinchisini yotqizadir, boshqalari qarab turadir. Shu xilda hammasini urib bo‘lub, ulgani bo‘lsa, boshqa qo‘yub, tirik bo‘lsa, zo‘r bilan yurg‘izib, turmaga olib kiradir». (Fozilbek. Dukchi Eshon voqeasi. O'zdavnashr, Toshkent-1927- Samarqand.)
Xullas, erk va ozodlik deb chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi chiqqan himoyasiz, huquqsiz, qurol-yarog‘siz bechora xalqni chor chinovniklari, amaldorlari, bag‘ritosh va berahm zobitlari, askarlari ana. shunday beayov jazolaganlar, tahqirlaganlar. Ularni oddiy haq-huquqlardan mahrum qilganlar. Turkiston o‘lkasining qaerida bo‘lmasin, Rossiya imperiyasining bosqinchilik va talonchilik siyosatiga qarshi ko‘tarilgan har qanday kuch o‘n va yuz barobar ortiq harbiy kuch zarbasiga uchrar edi. Yana bir misol sifatida Turkmanistonning Ko‘ktepa qal'asidagi qonli fojiani eslaylik. Yana bir misol sifatida sal orqaroq qaytib, Rossiyaning O'rta Osiyoni bosib olishi tarixidagi so‘nggi va eng qonli sahifani - Turkmanistonning Ko‘ktepa aa Dinglitepa qal'alaridagi mislsiz fojialarni eslaylik.
Majid Hasaniyning “Yurt bo‘ynidagi qilich yoki istilo” (Toshkent. «Adolat». 1997) kitobidan olindi.