Ismoil Shomurodov 1966 yilda Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug‘ilgan.
ToshDUning (hozirgi O‘zMU) Jurnalistika fakultetini va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlagan.
«Arnasoy tongi», «Postda» gazetalarida faoliyat yuritgan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Respublika «Qo‘riqlash» birlashmasida xizmat qiladi.
«Bayroq» (2004 y., qissa), «Xazon fasli» (2005 y., qissa), «Mag‘lubiyat» (2005 y., roman), «Odamxo‘r» (2007 y., roman) va «Yosh xotin» (2008 y., qissa) nomli kitoblari chop etilgan.