Nargiza Asad 1984-yil Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani Gul qishlog‘ida tavvallud topdi.
Talabalik yillaridagi ilmiy-ijodiy izlanishlari samarasi o‘laroq, uning “Saodat manzili” ilmiy maqolalar va “Ishq ostonasi” nomli she’riy to‘plamlari chop etildi.
Ayni vaqtda u jurnalistika sohasida faoliyat yuritib, “Turkiston-press” axborot agentligida ishlamoqda. “Yuragimning sarhadlari” nomli she’riy kitobi 2011 yil nashrdan chiqdi. Shu bilan birga Nargiza ijodkor ayollar uchun o‘tkazilgan “Atirgul” mukofoti sohibasi hamda mustaqilligimizning qutlug‘ 20 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.