Tovuq patini o‘ynashda davom yetdi. Patni yertalab topgan, nimaligiga aqli yetmay boshi garang yedi. In yonidagi chirik xashaklar ustida cho‘zilib yotgan ona it bezovta g‘ingshiganidan so‘nggina qadam tovushlari kelayotgan tomonga o‘girildi. Besh odimcha narida uy yegasi – Sodiq aka bilan norg‘ul bir odam – Karim podachi, yegnida yag‘iri chiqqan paxtalik, oyoqlarini kerib turardi. Undan go‘ng, pichan, silos va yana allambalolarning hidi anqirdi.
Oqbo‘yin bu xil tashriflarga ko‘nikkan, har keldi-ketdidan so‘ng og‘a-inilaridan birortasi g‘oyib bo‘ladi, keyin onasi tuni bilan g‘ingshib chiqadi. Boshda ular o‘nta yedi. Uchtasini, urg‘ochi yekan, birinchi haftadayoq gumdon qilishdi. Bu gal navbat qaysi biriga yekan?
Karim podachi oyoqlari ostida o‘ralashayotgan inisi — Oqto‘shni qo‘liga olib, obdon paypaslab ko‘rdi, panjalarini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Yoqtirmadi. Oqto‘sh nari ketishni xayoliga ham keltirmay, tag‘in suykala boshlagandi, Karim podachi yetigi uchi bilan turtib yubordi. Joni og‘rigan Oqto‘sh angillaganicha onasi tomon pildillab qochdi.
Inisi Oqbo‘yinga yoqmaydi, o‘lgudek yaltoq, ko‘ringan qoraga suykaladi. Akasi Malla yesa tamomila aksi – tajang, salga zardasi qaynab darhol «yoqa bo‘g‘ishadi». Hozir ham u in to‘riga biqinib olib, Karim podachiga adovatli tikilib turardi.
— Anovi turqi sovuqni ober-chi, — dedi podachi Mallani ko‘rsatib.
Sodiq aka Mallani inidan tortib chiqardi-da, unga uzatdi. Karim podachi uni uzoq tutib turmay, darrov yerga qo‘ydi.
— Bunisi qopag‘on bo‘ladi, - dedi Malla tishlagan barmog‘iga puflab. Podachining yezg‘ilashlari Oqbo‘yinga yoqmadi. Ammo tabiatan bardoshli uchun boshqalar kabi to‘polon qilmadi. Temirdek qattiq barmoqlariga tish botirishdan o‘zini tiyib, jimgina turib berdi.
Karim podachi — sinchi, itni farqlay biladi. Umri fermada o‘tgan bu odam itni ishqibozlik uchun yemas, zarurat yuzasidan asraydi. Negaki, qish kezlari qir oshib keladigan bo‘rilardan kuygan — jondor desa yetmish yetti tomiri tortishadi, bo‘rilarga yemish bo‘lgan tomday-tomday novvoslari ko‘z oldiga kelib, ichi-tashi baravar yonadi. Avvallari ahvol aytarli darajada yomon yemasdi, salgina po‘pisa-yu qutqu bilan jondor otini daf yetmoq mumkin yedi. Ammo uch yil burun Yoldor degan bir mahluq paydo bo‘ldi-yu podachidan halovat ketdi. Arloni bo‘ri itlarni pisand qilmaganidek, miltiqqa ham osongina chap berardi. Tunlari bo‘ri poylayverib, biqinini shamollatib qo‘yganidan so‘ng, Karim podachi qopqon qo‘yib ko‘rdi. Biroq Yoldor qolib, qopqonga ferma tevaragida aylanib yuradigan daydi yeshaklardan biri tushdi. Yetni dorilab yo‘lga tashladi. Yoldor yemas, iti zaharlanib o‘ldi. Keyingi asragan iti yesa g‘oyat keraksiz chiqdi. Yoldorning qorasini ilg‘ar-ilg‘amas yeshik tirnab, g‘ingshigancha ichkariga intildi, ba’zida qishloqqa qochib qolardi. Bu qish o‘rtasi bu hol yana takrorlangach, Karim podachi jahl ustida itni otib o‘ldirdi. Chunki Yoldor to‘dasi boshqa mol quriganday, uning tanasini bo‘g‘izlab ketgandi-da. Shundan buyon podachi yaxshi it qidirib yuradi. Xuddi shunday it hozir uning qo‘lida yedi. Bu kuchuk arloni it naslidan. Bunaqasi mingdan bitta chiqadi. Nasib yetsa, uzog‘i bilan yana to‘rt-besh oydan so‘ng bu atrofda unga teng keladigani bo‘lmaydi. Jondor zoti borki, ovozini yeshitishi bilan qir boshida mixlanib qolaveradi. Karim podachi ich-ichidan xuruj qilib kelayotgan quvonchini bazo‘r yutib, uy yegasiga yuzlandi.
— Shunisini tanladik.
— Yo‘q. Bunisi o‘zimizda qoladi, — dedi Sodiq aka qat’iy bosh chayqab. — Qanjiqni yo‘qotmoqchimiz…
— Bir qo‘y qo‘zisi bilan.
Sodiq aka Oqbo‘yinga qiziqish bilan tikilarkan, tog‘asi haqligini angladi. Ichida uning topqirligidan qoyil qoldi. Tog‘asi mehmon bo‘lib kelgan kuni kuchukvachchalar yendi oyoqlagan yedi. Tog‘a qanjiqni yo‘qotib, arlon it asrashni maslahat berarkan, kuchukvachchalarni choponi bariga solib, tomorqa adog‘iga oborib tashladi. Issiq joyidan qo‘zg‘atilgan kuchukvachchalar notanish joyda nima qilishlarini bilmay paypaslanib turishganida, Oqbo‘yin to‘dadan ajralib, sal narida bezovta g‘ingshib turgan onasi tomon intildi. «Mana shunisini asra, - dedi tog‘a. – Bundan zo‘r it chiqadi. Qolganlari bir pulga qimmat. Sodiq aka uchun hamma it bir it yedi. U bu borada hovli itsiz bo‘lmasligi kerak degan aqidaga bo‘ysunib ish tutardi. Tog‘aning gapidan so‘ng Oqbo‘yinga nisbatan qiziqishi ortganday bo‘ldi. Bir tomoni mehmon hurmati uni asramoqni ko‘ngliga tugdi. Podachining gapidan keyin Oqbo‘yinga qiziqishi o‘n chandon ortdi. Axir hech zamonda it savdolashilganmi? Qishda bir chaksa qorni birovga ravo ko‘rmaydigan shunday bir odam qo‘y va’da qilyaptimi, demak bu kuchukda bir gap bor. Turishini qara, pinak buzmaydi-ya.
— Ana bor, ikkita qo‘y.
— Aka, bilasiz men bitta gapiraman.
— Obbo, qo‘rang to‘la molmidiki, it asraysan.
— Yaxshi it hammagayam kerak.
— Buni asrab naf ko‘rmaysan. Rashkim yomon, birda bo‘lmasa, birda otib o‘ldiraman.
— Yarashadagan gapni qiling, aka.
— Otmagan taqdirdayam baribir Xidir xira otib ketadi.
— Otib ko‘rsin.…
Savdosi pishmagan Karim podachi itni yerga qo‘yarkan, zarda bilan biqiniga tepdi. Zarb kuchli bo‘lmasa-da, bu xil muomala Oqbo‘yinga yomon ta’sir qildi. Irillash barobarida akilladi. U o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilardi. Bu jihatdan otasi Olaparga tortgan yedi. Olapar qo‘shni qishloqlik Abdurayim ovchining iti. Kuzda u bu tomonlarga qadam qo‘yganda, uning haybatli, ko‘rkam kelbatini ko‘rib, butun qishloq lol qolgandi. Olapar hovliga boshqa itlar kabi devor oshib yemas, to‘g‘ri darvozadan kirgan. Uy yegasining do‘q-po‘pisasiga zig‘ircha ye’tibor bermay, bamaylixotir yurib, tomorqaga o‘tgan, kartoshkapoyada, o‘n chog‘li it qurshovida «nozlanib» yotgan qanjiqni bir zumda o‘ziniki qilib olgan.
Hali hech kimdan bu xil muomalani ko‘rmagan Oqbo‘yin g‘azab va alamdan beixtiyor akillab yuborgandi. Akillagan sari izzat-nafsi allanechuk orom topib, ovozi o‘ziga xush yoqdi. Karim podachi Mallani qo‘yniga solib, yeshik ortida ko‘zdan yo‘qolmaguncha u tinchimadi.
Shu kundan ye’tiboran u hurishni o‘rgandi.
Oqbo‘yin dilxiralikni tez unutdi. Tag‘in tovuq pati bilan andarmon bo‘ldi. Ilgari bir nima bilan o‘ynashganda irillardi, yendi bo‘lar-bo‘lmasga akillashni odat qildi. Yepkin tovuq patini havolatganda, akillagancha ortidan quvlaydi, sakraydi, tappa bosadi, panjalari bilan piypalaydi va oxir-oqibatda hafsalasi pir bo‘lib, yendigina boshqa narsaga alahsimoqchi bo‘lganida, birdan tovuq patiga «jon» kiradi, shabadada «qanot qoqadi». Oqbo‘yin tag‘in unga tashlanadi. Tutadi, piypalaydi. Nimaligiga aqli yetmay garang bo‘ladi.
Chor atrofi baland devor bilan o‘ralgan tor joyida uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to‘lib-toshib yotibdi. Shulardan biri burchakdagi teshikdan tez-tez mo‘ralab turadigan kattakon kalamush yedi. Oqbo‘yin unga nisbatan yaxshi munosabatda yedi, og‘a-inilariga tegajoqlik qilgandek, u bilan o‘ynashgisi keladi. Ammo kalamush kuchuk yaqinlashishi bilan ura qochadi. Yana biri ahyon-ahyonda tom boshida paydo bo‘ladigan targ‘il mushuk yedi. Mushuk oliftanamo qadamlar bilan devor ustidan yurib keladi-da, tomga sakrab, soatlab o‘ziga oro beradi. Yeng qizig‘i devor boshida o‘qtin-o‘qtin ko‘rinish beradigan babaq xo‘roz. U o‘ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo‘yinga boshini u yon-bu yon burib anchayin qarab qo‘yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha, birdan qichqirib qoladiki, sho‘rlik Oqto‘sh qochaman deb o‘mbaloq oshib tushadi. Oqto‘sh jur’atsizligiga yarasha o‘lgudek bo‘shang – salga dodlaydi. Oqbo‘yin xuddi mana shunisiga ishqiboz, uni yerga bosib yezg‘ilashni yaxshi ko‘radi. Onasining xotirjam boqishlarida o‘z qilig‘iga rag‘bat sezgan sayin g‘ayrati yanayam jo‘shadi, oqibatda, onasi o‘rtaga tushishga majbur bo‘ladi. Qilg‘iliqni Oqbo‘yin qilib, gapni Oqto‘sh yeshitadi, bo‘shashmay, ket, lapashang!
Gohida shu ish ustida uy yegasining o‘rtancha o‘g‘li Rasul kelib qoladi. Ana unda ko‘ring tomoshani. Rasul ularni atay o‘chakishtiradi, ya’ni Oqbo‘yinni Oqto‘shni tagiga bosib g‘ashiga tegadi. Bundan Oqbo‘yinning g‘azabi shu qadar qo‘ziydiki, tutqundan bo‘shashi bilan sakrab turib, hech bir gunohi yo‘q inisini tishlab – tortqilay ketadi. Natijada, Oqto‘sh tashqariga chiqolmay soatlab biqinib o‘tiradi. Onasi in og‘zida cho‘zilib intiqom o‘tida yonayotgan Oqbo‘yinni ichkariga yo‘latmaydi, hovuridan tushishini kutadi. Oqbo‘yin alamidan Mallaga yopishadi. Ammo Malla bo‘sh keladiganlar xilidan yemas, «mushtga musht bilan» javob beradi. Ayniqsa, kechagi janjal yomon bo‘ldi. Rasulning qutqusi bilan u Mallani yendi tagiga bosgan yedi, kutilmaganda o‘ng oyog‘i akasining jag‘lari orasiga tushib qoldi. Jag’ yemas, misoli qopqon, qani qo‘yvorsa. Angillab yubordi. Rasul uni yerdan ko‘tarib bag‘riga bosdi. Lat yegan oyog‘ini silab-siypadi. Mallani yesa tepib haydadi.
Rasul boshdanoq Oqbo‘yinga ayricha mehr qo‘ygan. Oqbo‘yin buni o‘zicha his qilgan sayin tantiqligi ortadi. Aslida, yeshikdan kirib keladiganlar orasida yeng g‘amxo‘ri ham Rasul yedi. Shu bois, bolaning kelishini Oqbo‘yin ilhaq kutadi. Kelavermasa, yeshik yoniga borib, tashqariga mo‘ralaydi. Tirqishdan keng hovlining bir burchagi – o‘choq boshi ko‘rinadi, xolos. U yerdan kunda uch mahal yaloqqa to‘kiladigan ovqat hidi keladi.
Tovuq pati joniga tekkach, Oqbo‘yin yeshik yoniga bordi. Tirqishga tumshug‘ini suqib g‘ingshidi. Tanish hiddan darak yo‘q, qadam tovushlari ham yeshitilmaydi. Rasul kelmaguncha, u yeshikdan nari ketmadi, goh g‘ingshib, goh akillab uni yo‘qlab turdi.
* * *
Nihoyat bu kech uning sabr kosasi to‘lib toshdi. Ortiq bardosh berishga o‘zida bo‘lak kuch topmadi. Supada uxlab yotgan bolani ko‘zi qiyib-qiymay, devor oshib ko‘chaga chiqdi. Ko‘chadan dalaga. Katta ariq bo‘yiga yetib bir zum to‘xtadi. Ariqdan nariyog‘i Mallaning tasarrufidagi yerlar. Xuddi shuni ta’kidlagandek fermaxona tomondan Malla hurdi. Ovozida yakka hokimlikka da’vat qorishiq. Aynan shu narsa Oqbo‘yinni fermaxona tomonga tortardi.
Tun oydin. Malla qishloqdan uzilgan qorani uzoqdanoq payqadi. Ovoziga hayrat indi. Qiziq, uning yeriga qadam qo‘ymoqqa jur’at yetgan kim bo‘ldi yekan? Azbaroyi tutaqqanidan bo‘g‘ilib qolayozdi. Quturib olg‘a intilarkan, yarim yo‘lga yetmay, beixtiyor to‘xtadi. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinki, qarshisidan hov birda oyog‘ini sindirgan bahaybat mahluq kelardi. Malla talvasada turib qoldi. Zora qaytib ketsa degan umidda Malla yer tirnab jon-jahdi bilan hurdi. Biroq raqibi pinak buzmadi, loaqal irillashni o‘ziga yep ko‘rmadi.
Malla nima qilarini bilmay tahlika og‘ushida turarkan, shu payt fermaxona tomondan yeshikning g‘ijirlab ochilib-yopilgan yelas-elasi yeshitildi. Shunda u birdan yengil tortdi. Raqibi ko‘ziga ortiq dahshatli ko‘rinmay qo‘ydi. Nima qilishini u yendi yaxshi biladi. Oqbo‘yinni chalg‘itib, fermaxona biqinidagi uycha yaqiniga olib borsa bo‘ldi, qolganinini Karim podachi yeplaydi. Hafta burun qo‘shni qishloqdan uloqib kelib qolgan kattakon sariq itnnig kuni ham shu tariqa bitgan yedi.
Malla kalta-kalta hurish bilan podachini voqeadan ogoh yetganicha sekin-asta chekina bordi.
Oqbo‘yin – sodda, firibni sezmadi. Intiqom tuyg‘usi vujudini shu qadar zabt yetgan yediki, pastak yeshikning qiya ochilganini ko‘rsa-da, ye’tibor bermadi. Mallani devorga siqib borarkan, odatdagidek, hamla chaqnab, o‘q ovozi qarsilladi. Yag‘iriniga cho‘g‘dek qadalgan zarbdan Oqbo‘yin yiqildi. Dimog‘iga o‘sha tanish miltiqdori hidi urilishi bilan dahshatga tushib, sakrab turdi. Og‘riqdan ham ko‘ra kutilmagan bu hodisadan qo‘rqib ketgan Oqbo‘yin raqibining ayovsiz talovlari ostida sharmandalarcha qochdi.
Badanidagi tish izlari tez bitib ketdi-yu, lekin o‘q teshgan jarohatiga qurt tushib, behad azob cheka boshladi. Ovqatga qaramay qo‘ydi. O‘n kun ichida avvalgi kelbatidan asar ham qolmadi.
Ota hali qaytmagan, onaning it bilan ishi yo‘q, yolg‘iz Rasulgina uning dardiga sherik, o‘zi bilganicha, qo‘lidan kelganicha muolaja qilardi. Oldiniga kul sepib yurdi, kul ham foyda beravermagach, allaqayerdan bir shisha quyuq qoramtir, qo‘lansa dori topib keldi. Ammo doriniyam yordami tegmadi. Itning ahvoli kundan-kunga yomonlasha bordi. Oxir-oqibat Rasulning mol do‘xtiri – Salom pakanaga borib yalinishdan o‘zga chorasi qolmadi.
Salom do‘xtirni tomorqasidan topdi. U ikki ishyoqmas o‘g‘lini piyoz o‘toqqa qo‘yib, o‘zi kartoshka chopayotgan yekan. Otaning kayfi buzuq, bolalarining qovoqlari qizargan, kattarog‘ining yalong‘och sonida chiviq izlari shundoqqina ko‘zga tashlanib turardi.
Rasul yaqinroq borishga yuragi betlamay turganida, Salom do‘xtir uni ko‘rib qoldi.
— Nima kerak?
Rasul qimtinibgina unga yaqinlashdi.
— Kuchugimiz o‘lyapti, - dedi tomog‘iga yig‘i tiqilib.
— Nima qilay shunga? – Salom do‘xtir hayron bo‘ldi.
— Tuzating. Tuzatib bering.
— A! – hayratdan Salom do‘xtirning qoshlari chimirildi. Bu bolaning yesi joyidami o‘zi, degan ma’noda unga boshdan-oyoq tikildi. Shu damgacha unga hech kim itim kasal deb kelmagan. Allaqanday o‘laksa uloqchasi og‘riganda uning yeshigiga tanda qo‘yadigan odamlar iti dardga chalinganda parvo qilishmas, nari borsa, joni qiynalmasin, deya biror jar-parga chiqarib otib tashlashardi.
— Agar xo‘p desangiz, yevaziga piyozingizni o‘tab beraman, - dedi Rasul yalinchoqlik bilan.
Salom do‘xtir yendi unga ayricha qiziqish bilan tikilarkan, dimog‘ida hi-im, deb qo‘ydi.
— Tuzating, har kuni daladan sigiringizga o‘t yulib kelaman.
Salom do‘xtir ish desa tom oshib qochadigan o‘g‘illaridan kuygan yemasmi, bolaning bu gapi favqulodda mehrini qo‘zg‘atib yubordi.
— Anovilarga qarashib yubor-chi, keyin bir gap bo‘lar, - dedi kulimsirab.
Rasul hash-pash deguncha ikki pol piyozni o‘tab tashladi.
— Ana, ko‘rdilaringmi, qanaqa ishlash kerak,- dedi Salom do‘xtir o‘g‘illariga xo‘mrayib. Kimsan xola hayron: «Tovba, it molmidiki, do‘xtir ko‘rsa. Shu Salomniyam yosh bola fe’li bor-a».
Rasul do‘xtir aytganday qilib itning oyoqlarini kullakladi. Oqbo‘yin qarshilik ko‘rsatmadi, zero bunga holi ham yo‘q yedi. Taqdiriga tan bergandek, bir alpozda g‘ingshib yotaverdi.
Salom do‘xtir itning tumshug‘ini tasma bilan sirib bog‘lagach, kattakon qora sumkasini ochdi. Boshda jarohatni obdon ko‘zdan kechirdi, so‘ngra qo‘lidagi yaltiroq tig‘ni shartta yaraga botirdi. Oqbo‘yin boshini ko‘tarib turmoqqa intildi.
— Lalaymay, boshidan tut! – deya buyurdi Salom do‘xtir. – Ustiga minib ol!
U imillagancha yaradagi qurt va sochma o‘qlarni bittalab terarkan, Oqbo‘yin ustidan Rasulni itqitib yubormoqqa intilar, to‘lg‘anar, ingrar, g‘ingshir, Salom do‘xtirga yeb-yutib qo‘ygudek tikilardi.
Nihoyat Salom do‘xtir jarohatini bog‘lab, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Peshona terlarini bilagi bilan sidirarkan, chog‘roqqina shishadagi qoramtir dorini bolaga tutqazdi.
— Kunda uch mahal surasan. Aytgancha vaqti-vaqti bilan yarasiga siyib tursang ham bo‘ladi. Ha, nimaga ishshayasan? Voy-bo‘y, uyalib ketdilarmi? Seni qarayu, buning nimasi uyat. Agar bilsang, siydik yeng yaxshi malham, tez qotiradi. Jarohatiga tili yetganida sen bilan menga kuni tushib turmasdi, yalab-yalqab o‘zi tuzatib olardi.
Hafta o‘tib, jarohati xiyla bitgan Oqbo‘yin oz-ozdan ovqat yeydigan bo‘ldi.
Quvvatga kirgan sari o‘sha mash’um kecha xotirida tobora ravshanroq jonlana borib, Mallaga nisbatan adovati behad kuchaydi. Boz ustiga, keyingi vaqtlarda Malla battar haddidan oshgan, gohida uning ovozi shundoqqina qishloq yonidan, ko‘chalardan yeshitilib qolardi. Shunisi qiziqqi, uning sasi chiqishi bilan qishloq itlarining ovozi mayin tortar yoki butunlay o‘char, hatto yaltoqli akillashlarni ham yeshitish mumkin yedi.
Mallaga nisbatan zimdan kuch to‘play boshlagan Oqbo‘yin yendigi uchrashuv so‘nggisi bo‘lishini ich-ichidan sezar va shu kunning kelishini betoqat kutardi.
U zoriqib kutgan vaqt yetib kelganida, barglar sarg‘ayib, havo salqin tortgandi. Yendi Rasul hovlida yemas, uyda uxlardi. Shunga qaramay, Oqbo‘yin tunlarini deraza ortida o‘tkazardi. Yeski odatini hanuz tark yetmagandi u. It bir nimaga odatlandimi, uni hech kanda qilmaydi.
Bugun u derazada shu’la so‘nishi bilan devor oshib ko‘chaga chiqdi. G‘o‘zapoya g‘arami yonida qo‘shni it – To‘rtko‘zga ro‘para keldi. To‘rtko‘z g‘ajib turgan suyagini tashlab, dumini likillatgancha uni do‘stona qarshiladi. Yaltoqlanib iskalandi. Oqbo‘yin uni yoqtirmasdi, ortidan yergashgandi, irillab berdi: yo‘qol ko‘zimdan! To‘rtko‘z g‘ingshib qoldi. Oqbo‘yin ariq bo‘yiga yetib cho‘nqaydi. Muzdek yelga yuz tutib, hid oldi. Mallaning makkorligi yesida. To‘g‘ri bosib borishga yuragi chopmadi. Tadbir qidirdi. Ammo ming bosh qotirmasin, miyasiga jo‘yali bir fikr kelmadi. Alamidan uvlab yubordi. Uzoqdan Malla hurdi. Shundan so‘ng Oqbo‘yin tavakkaliga olg‘a yurdi. Saldan keyin o‘zi tomon shiqib kelayotgan Mallani ilg‘adi. Vujudi g‘azabga to‘lib, qadamini tezlatdi. Biroq Malla yugurib kelayotgan joyida taqa-taq to‘xtadi. Oqbo‘yin ildamroq harakat qilgandi, u shartta iziga burildi-da, qocha boshladi. Oqbo‘yin xatosini tezda fahmlay qolmadi. Qachonki, Malla o‘tgan galdagidek kalta-kalta hurganicha kimnidir ko‘makka chaqirayotganini anglagachgina, yana firib ishlatayotganini payqadi. To‘xtadi. Malla yesa yer tirnab hurgancha jig‘iga tegishda davom yetdi. Oqbo‘yin ilgari borishga yuragi betlamay birpas hardamxayol turarkan, noiloj iziga qayrildi. Oqbo‘yin o‘girilishi bilan yana ura qochdi. Quvib yetolmasligiga ko‘zi yetgach, Oqbo‘yin qishloq tomon yurdi. Malla ketidan qolmadi, chotidan olgudek bir vajohatda yergashib kelaverdi. Shunda Oqbo‘yinning ko‘ngliga shumlik oraladi. Avvaliga lo‘killadi, so‘ng chinakamiga qochgan bo‘ldi. Ariqqa yuz odimcha qolganda, Oqbo‘yin shartta iziga burildi-da, yashin tezligida unga tashlandi. Malla o‘zini o‘nglaguncha bo‘lmay, Oqbo‘yinning o‘tkir tishlari bo‘g‘ziga qadaldi. Qaynoq qon hididan qutirib ketgan Oqbo‘yin zumda uni g‘ajib tashladi. Keyin sal chetlanib, raqibining jon talvasasida to‘lg‘anishlarini g‘olibona kuzatib turdi. Mallaning so‘nggi nolasi qanchalik ayanchli bo‘lmasin, ko‘nglida unga nisbatan tariqcha shafqat sezmadi. Qaytanga g‘alabadan sarmast holda jasad atrofini uch qur aylanib chiqdi. So‘ngra qishloqni boshiga ko‘tarayotgan ariq bo‘yidagi itlar to‘dasiga ye’tibor bermay, bir-bir bosgancha tepalik sari yurdi. Shunga qaramay, ko‘nglining bir cheti hanuz xira yedi. Zafar zavqidan to‘la bahramand bo‘lishga nimadir xalaqit berardi. Nimaligini bilmagan sayin xunobi oshib, oxir-oqibat uvlab yubordi. Uvlash barobarida fermaxonaga ko‘zi tusharkan, shundagina nimadan dilgirligini anglab yetdi.
Fermaxonada shunday bir kuch yashirin yediki, Oqbo‘yin shakl-shamoyilini to‘la tasavvur yetolmasa-da, qarsillagan ovozi, ko‘z olguvchi shu’lasi, yoqimsiz hidi, kuydiruvchi zarbidan g‘oyat darajada dahshatli narsa yekanini fahmladi. Uning nimaligini ko‘rmasdan, bilmasdan turib bundan keyin biron daqiqa ham xotirjam yurolmasligini his yetgan sayin tashvishi ortib, ko‘ngli g‘ussaga to‘lib borardi. Qiziq, nima yekan?
Oqbo‘yin tabiatan qanchalik jasur va dovyurak bo‘lmasin, uzoq ikkilanishdan keyingina bir qarorga keldi. Tepalikdan tushib har bir qadamini o‘ta yehtiyotkorlik bilan bosgancha fermaxona tomon yurdi. Fermaxonaga yaqinlashgach, cho‘zilib yotganicha tevarak-atrofni uzoq ko‘zdan kechirdi. Qator darchali oppoq devor bo‘ylab, darchalardan biriga yaqinlashdi. Ochiq deraza raxiga panjalarini qo‘yib, ichkariga mo‘raladi. Dimog‘iga o‘tkir shiptir hidi urildi. U bu yerda uzoq qolmadi. Devor yoqalab uycha tomon bordi. Yarim yo‘lga yetmay yanada sergak tortdi. Tumshug‘ini cho‘zib havoni iskadi. O‘sha tanish miltiq dori hidi uycha tarafdan kelmoqda yedi. Shu kech Karim podachi o‘q yasay turib, bir chimdim dorini yoqib ko‘rgandi. Tekshirmasa bo‘lmaydi, namiqqan dori pand berib qo‘yishi mumkin… Oqbo‘yin hidga yergashib yeshikkacha keldi. Bu yerda dori hidi boshqa hidlarga qorishib ketgandi. Ichkaridan yeshitilayotgan xurrak ovozini tinglagan sayin o‘sha sirli va dahshatli kuch butun borlig‘i bilan ko‘z o‘ngida gavdalana boshladi. Sirli kuch hech kutilmaganda odam bolasi bo‘lib chiqqanidan Oqbuyin o‘zida yo‘q quvonib ketdi. Odam bolasi bilan tenglashib bo‘lmasligini u allaqachon anglab ulgurgan. Dunyoda insongina istagan ishini qila oladi - xohlasa, bo‘yniga zanjir soladi, xohlasa, oyoqlarini kulluklab, yetini burdalaydi. Xohlasa... Xullas, yeng yaxshisi, ular bilan pachakilashmagani ma’qul. Tegmasang, tegmaydi.
Oqbo‘yin yo‘lni to‘g‘ri Sariqtepaga soldi. Osmon to‘la yulduzlarga boqqanicha o‘zga ohangda uvillab yubordi. Pastda qorayib turgan qishloqdagi itlarning uni o‘chdi. Loaqal birortasi po‘pisaga hurmadi. To‘rtinchi yo beshinchi ulishidan so‘ggina To‘rtko‘z yaltoqlanib javob qaytardi. Keyin unga boshqa itlar qo‘shildi. Go‘yo ular yangi «hukmdor»ni olqishlashar yedi.
* * *
... Uzoq cho‘zilgan qorasovuqdan so‘ng yerga birinchi qor tushdi.
Oqbo‘yin yomg‘ir nimaligini biladi, tumanni ko‘rgan, lekin bunisiga aqli yetmadi. Iskab ko‘rdi, yalab ko‘rdi… keyin ko‘nikdi. Ilk qor quvonchidan u ham bebahra qolmadi. Hovlida Rasul bilan rosa to‘polon qildi.
Biroq kechga borib yuragi o‘z-o‘zidan bezovta bo‘la boshladi. O‘yin ko‘ngliga sig‘may, bo‘yniga osilgan Rasulni siltab tashladi, ko‘p tirg‘almay nari tur, shusiz ko‘nglim siyoh. Rasul qorda cho‘zilib yotarkan, unga hayratomuz tikildi. Itni birinchi marta o‘ta bezovta va jonsarak holda ko‘rayotgan yedi. Oqbo‘yin oshirib yuborganini sezdi shekilli. Yarashuvdan so‘ng bola uni chanaga qo‘shdi. Avval hovli yuzida uchishdi, keyin ko‘chaga chiqishdi. Boshda bu yumush Oqbo‘yinga g‘alati tuyulgan bo‘lsa-da, so‘ng-so‘ng juda qiziqib qoldi. Rasulning mayliga bo‘ysunib, bolalarning ko‘zini o‘ynatib, qishloq ko‘chalarini bir aylanib chiqdi. Yevaziga bir changal qand bilan siylandi.
Kechki ovqatdan keyin Oqbo‘yin odatdagi joyiga – deraza tagiga uzala tushdi. Qor yumshoq, havo iliq yedi. Oqbo‘yin ko‘zlarini bir nuqtaga tikkancha, ichkaridan yeshitilayotgan shovurga quloq tutib yotarkan, birdan sergak tortdi. Ustiga qo‘ngan qorni silkib tashlab, oyoqqa qalqidi. Nafasini ichiga yutib, quloqlarini ding qildi: ko‘p o‘tmay cho‘ziq ulish ovozi yana takrorlandi. Oqbo‘yin itnikiga o‘xshab-o‘xshamay ketadigan bu nido zamirida yurakka vahima soluvchi nimadir borligini ilg‘ar-ilg‘amas, qishloq itlari jazavaga tushib qolishdi. Oqbo‘yin boshini bir yon qiyshaytirib, itlar ovoziga diqqat qilarkan, ularning ovozida bezovtalik sezdi. Bunga sari goh aniq, goh yelas-elas yeshitilayotgan ovoz yegasi tasavvurida g‘aroyib va dahshatli mahluqqa aylana bordi. Qo‘rquv bilmas yuragiga qiziqish oraladi. Shu qiziqish halpida devor oshdi. Ko‘cha va daladan o‘qdek uchib o‘tib, tepalikka intildi. Chor atrofga alanglab, havoni iskadi. Qor hididan bo‘lak hidni tuymay, norozi g‘ingshidi. Shu dam hazin ulish yana qaytarildi. Oqbo‘yin uning qaysi tarafdan kelayotganini anglab ulgurmay, kun botish tomondan yana biri quloqqa chalindi. Dasht oppoq qor, Oqbo‘yin ikki qishloq oralig‘idagi do‘ngda qorayib turgan sharpani bazo‘r ilg‘adi.
U o‘sha tomonga yugurmoqchi bo‘lgan joyida beixtiyor to‘xtadi. Qorani Olapar deb o‘yladi, shuningdek, dov to‘kib borishga o‘zini haqsiz sezdi. Nimaga deganda, do‘nglikdan naryog‘i Olaparga daxldor. Bu haqda Olapar o‘tgan gal o‘ta jiddiy bir tarzda ogohlantirganki, uning o‘sha paytdagi holati hanuz Oqbo‘yinning ko‘z o‘ngida, yeslasa yeti junjikadi.
Ikki haftacha burun sutdek oydin tunlarning birida Oqbo‘yin o‘z tasarrufidagi yerlarni aylanib yurib, tasodifan otasiga duch kelib qoldi. Olapar do‘ngda qir tarafga tikilgancha cho‘nqayib o‘tirgan yekan. Oqbo‘yin avvaliga ye’tibor bermadi. Qurigan oqquraylar oralab do‘nglikka ko‘tarilarkan, to‘satdan mixlangandek qotib qoldi. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinki, qarshisida o‘zi o‘ylaganchalik jo‘ngina it yemas, bahaybat maxluq savlat to‘kib turardi. Jismi go‘yo po‘latdan quyilgandan, har mo‘yidan kuch yog‘iladi. Ko‘zlarida yesa na g‘azab, na adovat – jiddiy osoyishtalikdan o‘zga narsa aks yetmasdi. O‘z kuchiga behad ishongan jonivorgina mana shu tarzda xotirjam boqa oladi. Oqbo‘yin olg‘a borishniyam, chekinishniyam bilmay turganida notanish itning jiddiy nigohlarida, kimsan, bu yerga qanday kelib qolding, degan ma’noni uqdi. Bu xil sokin va bosiq muomala kamdan kam itning qo‘lidan keladi. Bunday damlarda aksariyat itlar darhol po‘pisaga o‘tadi, kuchi yetsa-yetmasa hamla qilmoqqa tirishadi.
Oqbo‘yin tabiatan og‘ir yemasmi, jizzakilik qilmadi. Kalta akillash bilan javob qaytardi. Notanish itning kalomi unikidan ham qisqa bo‘ldi: «Vov!» Bu tarzdagi muloqot odamlarga bir xil tuyulsa-da, ovozning baland-pastligiga qarab, turli ma’noni anglatadi. Deylik, agar it boshini xiyol quyi yegib, vov desa, qani, jo‘nab qol, degan ifodani bildiradi. Yohud, ko‘kka tumshuq cho‘zib, shu xilda hursa, qani, yaqinroq kel, turqingni bir ko‘rib qo‘yay, degani bo‘ladi. Shundan so‘ng bir-biriga yaqin kelib, obdon iskanishadi. Bu vaziyat o‘ta xavfli. Biron tomon jindek qo‘pollikka yo‘l qo‘ysa, tamom-o‘rtada naq qirg‘inbarot yuz beradi.
Haytovur, ular o‘rtasidagi bu holat tinch va osoyishta o‘tdi. Tabiiy, tomonlar qon-qarindoshligini bilishmadi, ammo kuch-quvvatda bir-biridan aslo qolishmasligini anglashdi. Shuning uchun ham Olapar hissiyotga yerk bermay, do‘ngdan nariga o‘tish yaxshilikka olib kelmasligini bosiqlik bilan anglatib bildirdi. Bu bilan qanoatlanib qolmay, yer tirnab belgi yasarkan, tuprog‘ini bu tomonga sochdi. Oqbo‘yin ham rizolik alomatida tirnalgan yerga panja botirib, u tarafga tuproq to‘zg‘itdi.
Shundan keyin ular tinchgina ayrilishdi. Do‘ngning uchdan ikki qismi Olaparning chekiga o‘tdi.
Hozir Olapar do‘nglikning o‘ziga tegishli tomonida turardi. Hovliqishu jazavaga tushishga asosi qolmagan Oqbo‘yin noiloj yerga cho‘karkan, birdan sergak tortdi. Yendi ko‘lanka ikkitaga aylangan va ular do‘ngning berigi betida g‘imirlashardi. Buni ko‘rgach, Oqbo‘yin ular tomon o‘qdek uchdi, yarim yo‘lga yetmay, hali o‘zi uchun butunlay notanish bo‘lgan hidni tuydi. Ajabsinib to‘xtadi. Havoni qayta-qayta iskadi. Yo‘q, bu Olaparning hidi yemas. Unda nimaniki bo‘ldi yekan? Oqbo‘yin yugurishda davom yetarkan, azbaroyi g‘azablanganidan, jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi, ya’ni odatiga xilof ravishda hurdi. Turgan gap, bo‘ri zoti itning qanaqaligini ovoziga qarab biladi. Kuch jihatdan ustun bo‘lgan itga hech qachon ro‘baro‘ kelishmaydi. Ularning makkorligiyam shunda. Yovuzligi tufayli hujum qilsa, makkorligi tufayli jon saqlaydi.
Oqbo‘yin soyga yenib, yalanglikka ko‘tarilganda, do‘ngda jon asari ko‘rinmasdi. U chopib borayotgan joyida baland-baland sakrab, tevarakka alanglagancha raqiblarini qidirdi va qir tomon yo‘rtib ketayotgan ikki qorani ko‘rdi. Yo‘lni o‘sha tarafga soldi. Yetolmadi. Bo‘rilar qir oshib, ko‘zdan yo‘qoldilar.
Shundan ye’tiboran, Oqbo‘yinning notinch va behalovat tunlari boshlandi. Bo‘rilar kunda bo‘lmasa-da, kunaro qishloq tomon yenishar, bir kechasi yesa ikki birday iti bor qo‘tondan uch-to‘rt qo‘yni bo‘g‘izlab ketishdi. Oqbo‘yin o‘zi sezmagan holda dashtning haqiqiy qo‘riqchisiga aylandi. Har kech derazadan shu’la so‘nar-so‘nmas, dashtga chiqib ketar va tong-azonda bir ahvolda qaytar yedi. Hovliga kirishi bilan deraza tagiga kelar, nafasini ichiga yutib, ichkariga quloq tutar va Rasulning bir maromda pishillashini yeshitgandan so‘nggina ko‘ngli xotirjam tortib, pinakka ketardi.
Oqbo‘yin bo‘rilar bilan quvlashaverib, ularning yo‘lboshchisini yaxshi tanib oldi. U Karim podachini qon qaqshatgan o‘sha yirik Yoldor bo‘ri yedi. Makkorlikda uning oldiga tushadigani yo‘q yedi. Raqibini chalg‘itish uchun u shunday hiylalar o‘ylab topardiki, oqibatda, Oqbo‘yin laqillab qolaverardi. Masalan, bo‘rilar qo‘ton oralagan kecha Yoldor yeng yepchil sheriklaridan birini Oqbo‘yinga ro‘para qilib qo‘ydi-da, qolganlari bilan suvsiz soy o‘zanidan pisib kelib, bir necha sovliqni tinchitib ketdi. Bu paytda Oqbo‘yin qirdagi bo‘ri bilan andarmon yedi.
Oqbo‘yinning bo‘rilarga nisbatan g‘azabi boshda shunchaki o‘chakishish tufayli yedi. Qachonki, jar tubida yeshak jasadiga duch kelgandan keyingina unda nafrat uyg‘ondi. Kuni-kecha fermaxona tevaragida o‘ralashib, mollarning nishxo‘rdiga qanoat qilib yurgan bu beozor, beziyon jonivorni xomtalash ko‘rib, dastlab g‘oyat hayratga tushdi. Negaki, umri bino bo‘lib hali biron tirik jonni bu ahvolda ko‘rmagan yedi. Boshiyu qovurg‘alarini demasa, sho‘rlikdan hech vaqo qolmabdi.
Oqbo‘yin jasadga yaqin kelmay, uning atrofini aylanarkan, bo‘ri hidini ilg‘ab, battar taajjublandi. Ishongisi kelmay g‘ingshidi. Shu choqqacha bo‘rilarni qishloq itlari kabi ojiz va qo‘rqoq sanab kelardi. Ko‘rdiki u o‘zga hid istab, harchand iskalanmasin, bo‘ri hididan bo‘lak hid ololmadi. Qorasini ko‘rishi bilan shataloq otib qochadigan raqiblarining yirtqichligiga to‘la amin bo‘lgach, u alam bilan uvlab yubordi. Tumshug‘ini ko‘kka cho‘zib-cho‘zib uvlarkan, tuyqusdan nigohidan qo‘rquv va dahshat ifodasi qotib qolgan jasad ko‘ziga tushib, beixtiyor yeti seskandi. Yesida, bunday nigohlarga ko‘p bor duch kelgan, lekin Mallani hisobga olmaganda, birortasiga ziyon yetkazmagan, po‘pisa bilan cheklangan, xolos.
Tirik jonni Oqbo‘yin ikki toifaga ajratadi: biri beziyon jonivorlar, odam bolasi ham shunga kiradi, ular hatto tishlashga arzimaydi. Ikkinchisi – Mallaga o‘xshash badxulq mahluqlar, ularni yo mahv yetmoq lozim, yo bo‘ysundirmoq. Aks holda huda-behuda jig‘ingga tegaverib, tinchingni buzadi. Yoz bo‘yi qilgan beminnat mehnati yevaziga yegasi uni qish oldi ko‘chaga haydab yuborgandi.
Oqbo‘yin xumday boshini oyoqlari ustiga qo‘yganicha jasadga tikilib yotarkan, agar ojiz bo‘lgan taqdirida o‘zining ham qismati mana shu tarzda yakun topishini to‘la his qildi. Uyga qaytgisi kelmay, bo‘rilar izidan tushdi. Qir bag‘ridagi tepalikda izlar shu darajada chalkashib ketgan ediki, u qay tarafga yurarini bilmay, garang turib qoldi. Cho‘nqaygan ko‘yi atrofni kuzatarkan, tong g‘ira-shirasida Qorovultepadan pastga yenib borayotgan Olaparni ko‘rdi. Bo‘rilar kelib uning ham tinchi buzilgan yedi.
Yoldor har qancha ustamonlik qilmasin, baribir Oqbo‘yin uning yo‘nalishini aniqlashga muyassar bo‘ldi. Bo‘rilar qirdan jar ichi bilan yenib kelishardi-da, tepalikda to‘xtashardi. Xiyla taradduddan so‘nggina biron manzilni qora tortishardi. Ularning yurishi Olapardan ko‘ra Oqbo‘yinning chekiga ko‘proq to‘g‘ri kelardi. Tunlari uzluksiz davom yetayotgan bu jangu jadaldan odamlar mutlaqo bexabar, itlar yesa ogoh, ammo ko‘makka chiqishga birortasi ham jur’at yetmasdi. Xanuz ahdidan qaytmagan Karim podachi Oqbo‘yinni yo‘q qilish payida tunlari miltig‘iga to‘ng‘iz o‘qi joylab qo‘yishni kanda qilmasdi.
Tunlari besamar izg‘ishlar joniga tegib, Oqbo‘yin yo‘l poylamoqqa ahd qildi. Tabiiy, u qurbonlar uchun yemas, raqiblarining behad surligidan, boz ustiga, qanchalik yelib-yugurishiga qaramay, osongina laqillatib ketishlaridan alamda yedi. Oqbo‘yinda tabiiy kuch, jasorat bisyorlikka bisyor yediyu, lekin hiyla kam, Yoldorning xilma-xil nayranglari oldida dovdirab qolardi. Ana shunday kezlarda u butun quvvatini ovoziga beradi, ya’ni biror tepalikka chiqadi-da, cho‘nqaygancha osmonga qarab uliydi. Yoldorni nomarddan olib, nomardga solgancha, uni ochiq jangga chorlaydi. Turgan gap, Yoldor uning nodonligidan bo‘rilarcha kuladi, gohida yesa bu xil vaziyatdan ustalik bilan foydalanadi.
O‘tgan kuni shunday bo‘ldi. Qishloq yaqinidagi tepalikda tumshug‘ini ko‘kka cho‘zib obidiyda qilayotgan Oqbo‘yin tuyqusdan javob chorlovini yeshitib qoldi. Avvaliga quloqlariga ishonmadi. So‘ng nafasini ichiga yutib, vujudi quloqqa aylandi. Sal o‘tmay nido yana takrorlanadi. Ovoz kelayotgan tomonni ha deganda aniqlayvermagach, Oqbo‘yin shamolga yuz o‘girib, havoni iskadi. Dimog‘iga oqshomda bolalar jar ichida yoqqan gulxandan qolgan kuyindi hidi urildi. Bir ozdan so‘ng uning o‘rnini silosning o‘tkir hidi yegalladi. Tepa yetagidan o‘tgan yo‘ldan silos to‘la qop ortilgan yeshagini qichab borayotgan ko‘lankaga nazar solarkan, Oqbo‘yin norozi g‘ingshidi. Qishloq tomondan jur’atsizgina hurayotgan itni tiriklayin yeb-yutib qo‘ygudek yedi.
Nihoyat navbatdagi chorlovdan so‘ng ovoz yegasi Qoravultepadaligini fahmladi. Tepagacha bo‘lgan masofada chuqur jarlik, past-baland do‘ngliklardan iborat keng dasht yastanib yotardi.
Azbaroyi hovliqqanidan Oqbo‘yin so‘qmoqni adashtirib qo‘yib, tir jarlikdan quyiga uchib tushishga bir bahya qoldi. Jar labida bazo‘r to‘xtarkan, qop-qora bo‘shliqqa ko‘zi tushib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Ortiqcha shashqaloqlik yaxshilikka olib kelmasligini angladi. Qolgan masofani ko‘pda o‘pkasini qo‘ltiqlamay, xiyla xotirjam bosib o‘tdi. Oshiqib nima qiladi, axir raqibi qochayotgani yo‘q, aksincha jangga chorlamoqda-ku. Ammo uning ahvolini ham tushunmoq kerak, negaki, chorlov hech kutilmaganda yuz beradi-da. U bunday bo‘lishini kutmagan, kutmagani uchun ham intiqom zavqidan yuragi toshib borardi.
Ammo manzilga yetib kelarkan, birdan hafsalasi pir bo‘ldi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tepalikda uni Yoldor yemas, yirik bir maxluq kutib turardi. Butun g‘azabi Yoldorga qaratilgani tufayli Oqbo‘yin to‘dadagi boshqa bo‘rilarga nisbatan aytarli darajada adovat sezmasdi. Tunlari dashtda qora quyunday izg‘ib yuradigan to‘da orasidan faqat Yoldornigina ko‘zi ko‘rar, shuningdek, to‘dani harakatga keltiruvchi asosiy kuch Yoldor yekanini, agar u mahv yetilsa, qolganlari qaytib bu tomonlarga dorimasligini his yetardi.
Bo‘rilar ko‘pchilik bo‘lishiga qaramay, unga yuzma-yuz kelishdan mudom qochishardi. Aslida bunga ularning jur’atsizligi yemas, Yoldorning tadbirkorligi sabab yedi. Zo‘r oldida dum qisishdek itlarga xos zaiflik bo‘rilarga ham yot yemas. Keksa makkor bo‘ri har qanday to‘qnashuv o‘zining halokati bilan yakunlanishini, Oqbo‘yinning o‘tkir tishlari, bo‘g‘ziga qadalishi bilan sheriklari tumtaraqay bo‘lishini yaxshi biladi. Boz ustiga, Oqbo‘yin tabiat saxiylik bilan in’om yetgan kuch-qudratga yega. Bunday itlar yuzdan, hatto mingdan bitta bo‘ladi. Odamlar ularni alohida ye’zoz va hurmat bilan «arslon» yoki «sirtlon» deb ataydilar. Bo‘ri zoti ulardan iloji boricha uzoqroq yurishga harakat qiladi. Yoldorning surbetligiga kelsak, gap shundaki, Oqbo‘yin hali xom, hayotiy tajribasi kam, agar oyoq ildam bo‘lsa, hozircha uni istagancha laqillatish mumkin. Ammo keyinchalik bu tomonlarga, yaxshisi, dorimagani ma’qul. Negaki, vaqt o‘tgan sayin u tobora pishib yetilib boradi. Ana unda har qanday ayyorlik zig‘ircha ish bermay qoladi. Oqbo‘yin otasidek kamhafsala yemas, Yoldor Olaparning ana shu kamchiligidan foydalanib, goh-gohida uning yerlariga ham bosh suqib turadi. Yaxshiyamki, bo‘rilarning baxtiga ikki qo‘chqorning boshi bir qozonda qaynamaydi. Qaynasa bormi?
Quvg‘inga uchragan kezlari Yoldor tabiatning bu qadar tentakligidan xafa bo‘lib ketardi. Mislsiz kuch-qudratini Oqbo‘yinga berguncha o‘ziga bermaydimi. Bu ne holki, besh birday jondor allaqanday bir itdan qochib yursa. Aslida Yoldor tabiatning bu ishidan nolimasa ham bo‘ladi. Tabiat kuch-quvvat bobida Oqbo‘yinga qanchalik himmat qilgan bo‘lsa, makkorligu tadbirkorlik, ziyrakligu hushyorlik borasida Yoldordan ham o‘z sahovatini ayamagan yedi. Yoldor shu xususiyatlari tufayligina o‘z rizqu ro‘zini terib yurardi. Masalan, u qopqon degan narsani yuz odimdan sezadi. Temir iskanja qanchalik ustalik bilan ko‘milmasin, unda o‘tirib qolgan turli hid yuzada qolaveradi-da. Ovchi masalasiga kelsak, Yoldor qadam olishidanoq uning qanday odam yekanini bilib oladi. Xashaki itlarni pisand qilmaganidek, havasmand ovchilardan ham sira cho‘chimaydi. Yomon ko‘rgani – sirtlon it. Agar oyoqlari yepchil bo‘lmasa, bu balodan qutulmoq mushkul. Shuning-chun uchrab qolsa, ularni kuchukvachchaligidayoq gumdon qilishga harakat qiladi. Bu damgacha to‘rttasini quritdi. So‘nggisini o‘tgan ko‘klam boshida daf yetgandi.
O‘sha kezlari Yoldor to‘dasi bilan tog‘da izg‘ib yurardi. Tunlardan birida tog’etagidagi qishloqqa yenayotib, itlar shovqini orasidan ingichka, o‘ktam ovozni ilg‘ab qoldi. Sezdi. Shu yaqin orada bo‘lg‘usi kushandasi voyaga yetmoqda. Agar hozir harakatini qilmasa, keyinchalik bu yerlardan qadamini uzishga to‘g‘ri keladi. To‘xtab, ovozga quloq tutarkan, qorin g‘amini unutdi. Sheriklarini archazorda qoldirib, yolgiz o‘zi qishloqqa yendi. Itlarning diqqati archazorga qaratilganidan foydalanib, tor ko‘chaga sho‘ng‘idi. Qishloq mast uyquda. Kelayotgan balodan butunlay bexabar, ovoziga zo‘r berib akillayotgan qop-qora kuchukvachchani u osongina topdi. Avvaliga pastak devor osha hovlini obdon ko‘zdan kechirdi. Keyin yengil sakrab, toshsupa ustiga tushdi. Kuchukvachcha akillagancha uy tomon tislandi. Yoldor shoshilmay oldinga yurdi. Bunday paytda oshiqishni yomon ko‘radi. Intiqom daqiqalarini iloji boricha uzoqroq cho‘zishga harakat qiladi. Axir vaqti kelib, tengsiz qudratga yega bo‘ladigan jimitdek vujudning qaynoq qonini hovliqmay, oshiqmay ichmoqqa nima yetsin. Ammo uch-to‘rt odim o‘tmay, ko‘ngli andak xatar sezgandek bo‘ldi. Qadamini tezlatdi. Kuchukvachcha uydan oshxona tomonga qochdi. Yoldor ikki sakrashda unga yetdi-da, yag‘rini aralash bo‘ynidan xippa tishladi. Tishlari orasida nozik suyaklar qisirlab, kuchukvachcha angillab yubordi. Xuddi shu payt uy yeshigi sharaqlab ochildi-da, ostonada yarim yalang‘och miltiq tutgan odam paydo bo‘ldi. Yoldor o‘ljasini og‘zidan qo‘ymay, yashin tezligida hovlini kesib o‘tib, devorga sakradi. Ulgurmadi, miltiq varanglab, quymichiga urilgan kuchli zarbdan ko‘cha yuziga ag‘darilib tushdi. Hartugul oyoqqa qalqishga kuch topti. Qishloq itlari yes-hushini yig‘ib olguncha bo‘lmay archazorga yetib olishga ulgurdi.
Oqbo‘yinning qishlog‘i tog‘dan ancha berida, ko‘klam keldi deguncha bo‘ri zoti bu tomonlardan oyog‘ini uzadi. Aks holda u ham Yoldorning nazaridan chetda qolmagan bo‘lardi.
Oqbo‘yin raqibiga yetmay, taajjub og‘ushida xiyla berida to‘xtadi. Jangga chorlagan shumi yo boshqasimi degan xayolda tevarak-atrofga ko‘z yugurtirdi. Og‘ir tun pardasi ostida mudrayotgan dashtda begona qorani ilg‘amagach, fursatni qo‘ldan boy bergisi kelmay, darhol hujumga shaylandi. Biroq raqibi allaqachon tepadan yengan, ortiga qaray-qaray dasht bo‘ylab yo‘rtib borardi. Ularni kam deganda yuz yellik odim masofa ajratib turardi. Oqbo‘yin oyog‘iga zo‘r berdi. Shu tobda u yirtqichlik mayliga berilgan azbaroyi intiqom o‘tidan yonganidan ko‘ziga jondordan o‘zga narsa ko‘rinmas, tezroq raqibiga yetishu tomog‘idan xippa bo‘g‘ib, jon talvasasida tipirchilashini tomosha qilishdan boshqasini o‘ylamasdi. Ammo qanchalik harakat qilmasin, oraliq masofa qisqaray demasdi.
Bo‘ri yo‘lni o‘ngga solib, qir tomon qochdi.
Ular shu tarzda quvlashib, birinchi, ikkinchi, nihoyat uchinchi qirni ham bosib o‘tdilar, lekin oraliq deyarli o‘zgarmasdi. Oqbo‘yin jon olish qasdida harchand urinmasin, raqibi ham jonini asrash g‘amida undan jadalroq harakat qilardi.
Uchinchi qirdan narisi Oqbo‘yinga notanish joylar. Oqbo‘yin u tomonlarda biror marta bo‘lmagan. Shuning-chun qadamini sekinlatib, xarsangtoshga yetganda to‘xtadi. Bir oz nafas rostlab iziga qaytdi. Ikkinchi qirga yetmay raqibi ortidan qolmay kelayotganini payqadi. Qayrila solib yana quvladi. Bu safar to‘rtinchi qir yetagigacha quvlab bordi. Keyin bu hol yana bir bor takrorlangach, Oqbo‘yin tag‘in hiylaga yo‘liqqanini angladi. Ammo u kechikkan, Yoldor sheriklari bilan tovuqboqarning yechkisini allaqachon tinchitib bo‘lgandi. Oqbo‘yin ularga jarda duch keldi. Qorni to‘q raqiblari, odatdagidek, u bilan pachakilashib turmay, jar yoqalab qochib qolishdi. Oqbo‘yin birinchi qirda qolib, alamidan sahargacha uvlab chiqdi.
Tongga yaqin qishloqqa yenarkan, fermaxona yonidan o‘tayotib, Oqbo‘yin birdan hushyor tortdi. Yeshikda timirskilanib yurgan Karim podachi uni ko‘rib uychadan miltiq ko‘tarib chiqqandi. Yegasidan pishang olgan kattakon ola it (Mallaning o‘limidan so‘ng podachi uni qo‘shni otardan olib kelgandi) vovullagancha unga tomon yugurib kelardi. Oqbo‘yin unga ye’tibor bermay, so‘lga burildi-da, o‘q yetmaydigan joygacha yo‘rtib berib, so‘ng bamaylixotir yo‘lida davom yetdi. Og‘zidan o‘t purkovchi qora kaltak uzoqdan xavfsiz yekanini u allaqachon fahmlab yetgandi.
Karim podachi itning yo‘liga astoydil ko‘z tikmayotgan bo‘lsa-da, jonini olmoqdan aslo voz kechmagan yedi. Ko‘r yemas, Oqbo‘yinning xatti-harakatlarini ko‘rib, bilib turardi. Bilgani uchun ham ich-ichidan zil ketar, shunday bir it o‘ziniki bo‘lmaganidan yuragi kuygani kuygan yedi. Hozir ham Oqbo‘yinning ortidan havas bilan qarab qolarkan, akillay-akillay iziga qaytib, oyog‘i ostida o‘ralasha boshlagan itining biqiniga jahl va zarda bilan tepib yubordi. It vangillagancha fermaxona ortiga qochdi. Podachi qolgan alamini yog‘och oxurni suzib sindirgan buqadan oldi – kurak ikki bo‘lak bo‘lguncha savaladi.
Oqbo‘yin xavfli joydan uzoqlashar yekan, daf’atan xayoliga kelgan o‘ydan sergak tortdi. Yoldorning izidan bekordan bekorga izg‘iyvermay, biror pana-pastqamda poylab qo‘lga tushirsa-chi? Ana Karim podachi uni qanchalik yomon ko‘rmasin, biror marta ortidan quvlaganini yeslayolmaydi, doim mushukday poylagani poylagan.
Oqbo‘yin aynan shunday fikr yuritmagan bo‘lsa-da, podachining harakatlari sabab raqibini quvlab yurmay, poylab qo‘lga tushirmoq lozimligini anglab yetdi. Qayerda poylashni yesa u yaxshi biladi. Ayniqsa, tom boshida targ‘il mushukning qilig‘ini kuzatgandan so‘ng, fikri yana qat’iylashdi.
Mushukka u tasodifan alahsidi. O‘sha kuni qornini to‘ydirib, oftobro‘yada cho‘zilib yotgandi. Somonxona yonida chumchuq poylayotgan targ‘ilga ko‘zi tushib qolib, qiziqsingancha uning harakatlarini kuzata boshladi. Tomning nishabi hovliga qaragani uchun undagi narsalar yaqqol ko‘zga tashlanib turardi. Og‘ilxona tomidagi pichan g‘arami yonida donlab yurgan chumchuqlar mushukni sezmay qolishdi. Targ‘il o‘qdek otilib, ulardan birini tutib oldi. Ikki soat ichida bu hol yana takrorlandi.
Yertasi u chiroq o‘chishini kutmay dashtga chiqdi-da, hech qayoqqa alahsimay, yo‘lni katta jarga soldi. Uzun jarlik bu yerda ikkiga bo‘linib, bir uchi qirga borib taqalardi. Yoldor to‘dasini xuddi shu jar ichi bilan boshlab kelardi-da, shu atrofdagi tepaliklardan biriga ko‘tarilib, bir muddatlik kengashdan so‘ng biron manzilni qora tortardi.
Oqbo‘yin jar tubidagi qalin yulg‘unzorga yaqinlasharkan, ko‘z ostiga olib qo‘ygan yerida Olaparni ko‘rib hangu mang turib qoldi. Olapar kalta g‘ingshib, tajovuzkorona irilladi. Bu safargi g‘ingshishi ham yerkalanish, ham zorlanish ohangiga yo‘g‘rilgan bo‘lib, u Yoldordan shikoyat qilgan yedi. Oqbo‘yin ham xuddi shu tarzda javob qaytargach, ikkisi bir muddat iskashdilar. So‘ng Oqbo‘yin uning yoniga cho‘zildi. Ortiq bir-birlari bilan ishi bo‘lmay, tor so‘qmoqqa tikilib qolishdi.
Shu tariqa ular do‘stlashishdi. Ularning totuvligi vaqtincha yedi. Negaki, Olapar aqlli it, bunday paytda ishonchli sherik ziyon qilmasligini yaxshi bilgani uchun noiloj ro‘yxushlik bergandi. Boshqa vaqt uni yaqiniga ham yo‘latmagan bo‘lardi. Vujudidan kuch yog‘ilib turgan bu navqiron it unga sira yoqmasdi. Nimaga deganda, u boshqa itlar kabi yaltoqlanmas, joyi kelsa, haqini talab qilishdan ham qaytmasdi. Kim biladi, yerta-indin… bu tentakdan har narsani kutish mumkin.
Olapar ko‘z qirida sherigini kuzatarkan, ichida unga nisbatan hasadga o‘xshash nimadir tuydi. Qulog‘idan g‘archcha tishlab olishdan bazo‘r o‘zini tiyib, tag‘in yo‘lga ko‘z tikdi.
Tun yarmidan oqqanda Olapar to‘satdan bezovtalanib qoldi. Oqbo‘yin uning nimadan xavotirdaligini boshda tushunmadi. Tevarakka alang-jalang boqib, nima gap degan ma’noda sekin g‘ingshidi. Olapar qulog‘ini ding qilgancha yulg‘un novdalarining tebranishini kuzatar va tinmay havoni iskardi. Shundagina Oqbo‘yin qarshi tomondan yesayotgan shamol yo‘lini o‘zgartirganini payqadi. Mabodo Yoldor ularning hidini olsa, o‘laqolsa, bu tomonlarga yo‘lamasligini Olaparning xatti-harakatiga qarab angladi. Olaparning bezovtaligi mana shundan yedi.
Nihoyat bebosh shamol tag‘in yo‘nalishini o‘zgartirib, qarshidan yesa boshladi. Olapar tinchlandi, hatto Oqbo‘yinni beozorgina tishlab qo‘ydi. Pistirmada yotganda shamol asosiy rol o‘ynashini Oqbo‘yin shundagina bildi. Olaparning tishlashini ko‘pda yoqtirmay, ko‘ngilga og‘ir botmaydigan tarzda irillab, sal nari surilib yotdi.
Oradan ikki soatlar chamasi vaqt o‘tgach, shamol jondor hidini olib keldi. Hidni ilg‘ashlari bilan har ikkisi ham singib ketgudek yerga qapishdilar. Paxmoq junlari hurpayib dahshatli tusga kirdi.
Ko‘p o‘tmay muyulishda Yoldor ko‘rindi. Ortidan bo‘y-bastiga qarab yana to‘rt sherigi qator kelishardi. Aftidan qorinlari xiyla to‘q shekilli, qadam olishlari lanjroq, hatto uzoq-yaqindan yeshitilayotgan hamjinslarining uvlashlariga ham ko‘pda ye’tibor berishmasdi. Saf oxirida kelayotgan jussasi kichikroq bo‘rining nimadandir betoqatlanishini hisobga olmaganda, to‘da tinch va sokin vaziyatda olg‘a siljirdi.
Ammo pistirmaga yetmish-sakson odim qolganda Yoldor kutilmaganda sergak tortdi. To‘xtadi. Cho‘nqaydi. Tumshug‘ini ko‘kka cho‘zib, iskalandi. O‘tgan kuni Oqbo‘yinni ahmoq qilgan suyagi buzuq bo‘ri unga baqamti kelgach, ikkisi nima haqdadir uzoq kengashdilar. So‘ngra shamolda vahimali shovullayotgan yulg‘unzorga tikilgancha turib qolishdi. Ularning nimadandir hadik olgani aniq yedi.
Yirtqichlar tabiatan juda bardoshli bo‘lishadi. Ana shu xususiyatlari tufayligina ular ko‘pincha hayotlarini xavf-xatardan asrab qolishadi. Ozgina shoshqaloqlik yoki yehtiyotsizlik hamisha o‘lim bilan tugaydi. Yoldor ko‘ngil bezovtaligini aniq idrok yetolmagani uchun ham sabr qilishga qaror qilgandi. Bu yerda aql-idrokdan ham ko‘ra sabr-toqat ko‘proq ish beradi. Yulg‘unzorda mabodo ovchi bekingan bo‘lsa, baribir o‘zini bildirib qo‘yadi. Yoldor buni ko‘p sinagan. Agar it bo‘lsa, agar shunga jur’ati yetsa hademay irillagancha yugurib chiqadi. Qo‘pol bu jonivorlar kutishdan ko‘ra qutqu solishni afzal bilishadi. Ammo Yoldor bu gal adashgandi. Yulg‘unzor Olaparga yemas, Oqbo‘yinga yaqinligi tufayli hatto hurishga yerinadigan Olaparning bu yerga kelishini tasavvuriga ham sig‘dirolmasdi.
To‘g‘ri, u bekorga vaqt yo‘qotmay, yulg‘unzorni aylanib o‘tishi ham mumkin yedi. Unda ko‘ngliga shubha solgan xatar jumboqligicha qolib, keyin yuragi g‘ash tortib yuradi. Bundan tashqari, yana o‘tib-qaytishi bor. Agar xavfni bugun aniqlamas yekan, yertaga bu yerlarga qadam bosmoqni o‘ylamasa ham bo‘ladi. Chunki bir xavfdan bo‘ri zoti xiyla yet tashlaydi. Baxtga qarshi shamol ham uning zarariga ishlamoqda yedi.
Shu dam jussasi kichikroq yosh bo‘ri betoqatlanib oldinga o‘tgandi. Yoldor yumma talab berdi. Sherigi yesa beboshning yelkasidan g‘archcha tishlab chetga uloqtirdi. Odobsizligi uchun boplab ta’zirini yegan sho‘rlik g‘ingshiy-g‘ingshiy joyiga borib turdi .
Yoshlik – g‘o‘rlik, deb bejiz aytilmagan. Ayni paytda Oqbo‘yin ham o‘zini zo‘r-bazo‘r tiyib turardi. Agar qavatida Olapar yotmaganida, u allaqachon hujumga o‘tgan va har galgidek besamar quvlashlar bilan tong ottirgan bo‘lardi.
Nihoyat, Yoldor joyidan qo‘zg‘aldi. Yulg‘unzorda xavf yo‘qligiga imoni komil holda oldinga yurdi. Yosh bo‘ri uning ortiqcha yehtiyotkorligidan kulganday uvlab qo‘ydi.
Tepalikka olib chiqadigan so‘qmoq shundoqqina itlar yashiringan joydan o‘tardi. Mushaklari tarang tortilgan Oqbo‘yin sherigiga qararkan, uning oshiqmayotganini ko‘rib, hayron bo‘ldi. Agar bu hol yana bir daqiqa cho‘zilsa, u ortiq bardosh berolmasligini sezdi. Haytovur, Olaparning qaddi yerdan bir yenlik uzildi. Azbaroyi zo‘riqqanidan paylari bo‘rtib, yelkasiga tegib turgan yulg‘un novdasi titrab ketdi. Bu orada Yoldor juda yaqin kelib qolgan yedi.
Oqbo‘yin sakramoqqa yendi chog‘lagan ham yediki, oldinroq harakat qilgan Olapar uni turtib o‘tib, Yoldorga o‘qdek tashlandi. Oqbo‘yin sal narida sarosimada turib qolgan bo‘rilardan biriga hamla qildi. Bu o‘sha – suyagi buzuq ulkan bo‘ri yedi. Raqibi harchand chap berishga harakat qilmasin, bo‘g‘zini Oqbo‘yinning o‘tkir tishlaridan asrab qololmadi. It zumda uning bo‘g‘zini yorib tashladi. Oqbo‘yin yerda cho‘zilib qolgan bo‘riga qayrilib boqmay, ikkinchisiga tashlandi.
Ota-bola yulg‘unzorda uch bo‘ri jasadini qoldirib, ikki bo‘rini qirgacha quvib borishdi.
Uchinchi qordan so‘ng havo xiyla yumshab, hafta o‘tmay tizza bo‘yi qordan asar ham qolmadi. Qish o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, kutilmaganda kunbotishdan yesgan iliq shabadadan yer selgib, dala-dasht nimyashil tus oldi. Havoda ko‘klam hidi anqiy boshladi. Ammo bu holdan bolalarni demasa, kattalar mutlaqo quvonmadi. Negaki, havo shu tarzda yana uch-to‘rt kun turib bersa, dov-daraxtlar yoppasiga gulga kiradi-yu, navbatdagi qordan so‘ng hammasi yer bilan bitta bo‘ladi. Ko‘pchilikning tirikchiligi bog‘dagi meva-cheva bilan. Ammo havoning keskin ilishi odamlarga ta’sir yetmay qolmadi: magazin oldi yosh-yalanglar bilan gavjumlashdi, chollar juvozxona qoshidagi odatdagi joyini yegalladilar, kampirlar urchug‘i-yu po‘stagini sudrab uydan supaga ko‘chdilar. Bolalarni-ku, qo‘yavering, shumtakalar daladan beri kelmay qolishdi. Oqbo‘yindan bo‘lak jamiki tirik jon iliq oftob nuridan bahra olmoqda yedi.
Shu kunlarda Oqbo‘yin mo‘jazgina yog‘och uychasida, qalin to‘shalgan poxol ustida dard azobini tortib yotardi. Yulg‘unzordagi zafari yevaziga u Karim podachi tomonidan to‘ng‘iz o‘qi bilan siylangandi. Yirik pitra o‘ng yelkasini titib yuborgandi.
Yulg‘unzor voqeasidan keyin Oqbo‘yinning shuhrati kutilmaganda oshib ketdi. Hammasiga Mamarajab juvozkash sababchi. U hafta, o‘n kunda bir Toshlisoyga qatnab turardi. Toshlisoyliklar boshqa yekinlar qatori zig‘ir, kunjut ham yetishtirishadi. Tutingan jo‘ralari juvozkashni yil-o‘n ikki oy zig‘ir bilan ta’minlab kelishadi. Albatta, tekinga yemas, ammo bozor bahosidan ancha past, buning ustiga mag‘zi to‘q, siqsang g‘archcha yog‘ chiqadi. Xullas, qishda nima ko‘p, to‘y ko‘p. To‘y oshi zig‘ir yog‘siz bo‘lmaydi. Mamarajab juvozkash zig‘ir umidida tong-saharlab yo‘lga chiqqandi. Katta yo‘ldan aylanib yurishga yerinib, ot boshini so‘qmoqqa burdi. Aslida doimo qatnaydigan yo‘li shu yedi-yu, lekin qish kezlari jar oralab, dasht oralab yurishdan o‘zini tiyib kelardi. Bu safar nima falokat bosib, shu yo‘ldan yurmoq istab qolganiga hanuz aqli yetmaydi. Jarga yetmay tong bo‘zardi, oydin kunda dashtda jondor nima qiladi, degan o‘yda yulg‘unzorga qadam qo‘yarkan, shu atrofda o‘ralashib yurgan Oqbo‘yinga ko‘zi tushib, yanada dadil tortdi. Ammo yulg‘unzorga kirar-kirmas birdan oti taysallab qolsa bo‘ladimi. Indamasa, iziga burilib qochadigan. Agar juvozkash itni ko‘rmaganida, otning ra’yiga qaragan bo‘lardi. Hozir yesa qahri qo‘zib ketdi. «Kelib-kelib itdan hurkasanmi. Harom qotgur», deya otni achchiq qamchi ostiga oldi. Tayoq jonidan o‘tgan sho‘rlik jonivor pishqira-pishqira noiloj oldinga yurdi. Otning qilig‘idan jahli chiqqan juvozkash uni maqtab sotgan Abdujalil qovchunni ham, uning gaplariga laqqa tushgan o‘zini ham changitib so‘kib borarkan, daf’atan ko‘zi tushgan manzaradan yesi og‘ib qolayozdi. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinki, bir yemas, uch bo‘ri cho‘zilib yotardi. Albatta, juvozkash ularni tirik gumon qildi. Shu sabab, beixtiyor ishtonini ho‘llab qo‘ydi. Uzoq yili dashtda bo‘rilarga yem bo‘lgan qaynisining fojiasi xayolidan chaqmoq yanglig‘ o‘tarkan, ko‘ziga kenja nevarasi ko‘rinib ketdi. Uni qaytib ko‘rolmasligini o‘ylab, bo‘g‘ziga yig‘i tiqildi. Kalimaga tili kelmay, valdir-vildir qilarkan, yirtqichlarning harakatsiz yotganini payqab, u qor ustidagi qon izlarini, bo‘rilar tanasidagi jarohatlarni ko‘rdi. Shunda ham yaqinroq borishga yuragi betlamay, ot boshini ortga burdi. Hozirgina, juvoz haydamay men o‘lay, zig‘ir moy yemay odamlar o‘lsin deb turgan odam, yendi rasvo bo‘lgan ishtonidan boshqasini o‘ylamasdi. Bo‘rilarni o‘lik ko‘rganidan xudoga ming karra shukrlar qilardi.
Mamarajab juvozkash yo‘l-yo‘lakay Qahhor ovchi yeshigini qoqmasdan o‘tolmadi. Axir ko‘rgani hazilakam voqea yemas, buni birovga aytmasdan bo‘larkanmi! Gap orasida, yuribsan-da, ovchiman deb, surishtirib kelsa bir itchalik chog‘ing yo‘q, deya Qahhor ovchini chaqib olishdan ham qaytmaydi. Uyiga yetguncha yana besh-olti kishidan «suyunchi» oldi. Qahhor ovchi itga mengzalishidan xafa bo‘lib turmadi. Boshqa paytda-ku bu gapi uchun cholning yoqasini yirtgan bo‘lardi-ya, lekin hozir bunaqa past-baland gaplarga ye’tibor berib o‘tirishning vaqti yemasdi. Cholning qorasi o‘chishi bilan yulg‘unzorga jo‘nadi. Yo‘lda bo‘ri terisidan tushadigan foydani xomcho‘t qilib, dimog‘i chog’ bo‘ldi.
Bu yorug‘ olamda ovchi xalqidek hangomatalab odam kam topiladi. Qahhor ovchi terilarni ortmoqlab qishloqqa qaytarkan, ko‘ringanga Oqbo‘yinni tarifu tavsif yetib borardi. Oqshom Yerkin puchuqning maslahat oshida ham jag‘i tinmadi. Mamarajab juvozkash uni ma’qullab turdi. Gurungda it yegasining qanchalik bahri-dili ochilgan bo‘lsa, Karim podachiniki shunchalik xufton tortdi.
Oxiri bo‘lmadi, qarasaki, Qahhor ovchi hali-veri tinadigan yemas, podachi burchakdagi pechka qavatida issiq va maqtovdan terga botib o‘tirgan it yegasiga shum qarash qilib, ovchiga yuzlandi.
— Qahhorvoy, ishqilib, teri yaxshi pul bo‘ldimi?
— Bir navi. Nima yedi?
— Hammasini cho‘ntakka urgan chiqarsan?
— Nima, ko‘chaga tashlab qo‘yishim kerakmidi?
Karim podachi javobga shoshilmadi. Bolishni biqiniga tortib, yonboshlarkan, qanshari ostidan unga kinoyaomuz tikildi.
— Ko‘chaga tashlama, uvol bo‘ladi. Lekin teri puli it yegasiga tegishli yekanini unutganing chatoq bo‘pti. Hech bo‘lmasa, unga ulush berishing kerak.
Davraga sukunat cho‘kdi.
— Mayli, biz rozi.
O‘rtada o‘t chiqarish payida turgan podachi it yegasining bu gapini yeshitib, afti tirishdi. Nordonroq gap aytmoqchi bo‘lib so‘z qidirarkan, oraga Mamarajab juvozkash suqildi.
— Unda teri pulida mening ham haqim bordir-a, Karimboy? Axir ularni birinchi bo‘lib men ko‘rdim-ku!
— Bo‘lmasam-chi, - dedi ovchi qutquli ohangda.
— Hay, unda biz ham kechdik, olgan puli haloli bo‘lsin, - juvozkash shunday deya Karim podachi tomon o‘girildi. – Siz, Karimboy inim, buytib yo‘q yerdagi gapni kovlamang. Uyat bo‘ladi. Go‘ng titmoq tovuqqa yarashadi. Yurak yutib boribdimi, qandini ursin. Mana, biz yaqinigayam yo‘lolmadik-ku…
— Yendi siz… ayolmijoz odamsiz-da, boboy, - dedi podachi kulib. – Hech zamonda yerkak kishiyam o‘lgan jondordan qo‘rqadimi?
— Til qurg‘ur besuyak, og‘izga kelganini aljimang, inim, - dedi juvozkash og‘rinib. – Shu-u, sizga qarab turib fikr qilsam, Sodiqboyni iti sizdan yesliroqmi, deyman…
— Mengzamang, boboy!
— Unda siz ham sal yega bo‘ling. Tengquringiz yemasman! Ko‘p oldida buytib behurmat qilmang.
— Aqling-ku bilmadim-a, - deya gapga aralashdi Sodiq aka, - lekin sodiqlikka sodiq. Rasul degan ulimizga ko‘p qattiq mehr qo‘ygan, jonivor. Yotar joyin bo‘lak demasak, ikkisi doim birga. Qachon qarama, yetaklashib yuradi. Tunov kuni nega molni tagini tozalamading, deb uldi ozgina burovga oluvdim, irillab tarafini olib qolsa bo‘ladimi. Bolaga qo‘l ko‘tarsam, oladigan shashti bor. Qo‘rqdim urishga.
— Unaqa itni bahridan keching, Sodiqvoy, - dedi Yerkin puchuq. – Har mo‘yi tillaga teng bo‘lsayam, keching bahridan. Ko‘ngil bo‘shlik qilmang, oxiri yomon bo‘lishi mumkin. Hozir men sizga bir voqeani aytib berayinu xulosasini o‘zingiz chiqaring. Shaharda bir no‘g‘ay oshnam bor. Hov birda, katta uldi to‘yida ichib olib, ajab bir qiliqlar qilgan norg‘ul yigit-chi. Ana o‘sha jo‘ram itga juda ishqivoz yedi. Bir nemis ovcharkasi bo‘lgichi yedi. Odamday yesli. Kelvati naq yeshakday kelardi. Shu deng, bir kuni oshnam uyiga ko‘proq otib boribdi. O‘ziyam ko‘p ichardi, dayus. Ichib olib nuqul qo‘shiq aytardi. O‘sha kuni xotini sho‘rlikning kayfi buzuqroq yekanmi, oshnamni bir-ikki silkibdi. Turtkilab-surtkilab uyga olib kirmoqchi bo‘libdi. Jo‘ram ham ko‘nmabdi, xotini qistab qo‘ymabdi. Orada yelkasiga bir-ikki musht tushiribdi. Naryoqda kuchugi yotgan yekan, xotin yeriga qo‘l ko‘targan hamon sakrab turib. Shappa tomog‘idan opti. Yegang o‘lgur it kishiga avvalo mehr qo‘ymasin, mehr qo‘ymasin, mehr qo‘ydimi, qattiq qo‘yadi.
— Xotindan gapir. Xotin nima bo‘ldi?
— Nima bo‘lardi, balnisaga yetmay uzildi. Oshnam itni chavaqlab tashladi. Mana shunaqa gaplar.
— Itni do‘st deymizu, lekin ming qilsayam, hayvon-hayvon-da.
— Bunaqa yekan, it asrab nimaga kerak?
— Ie, hamma it bir xil deb o‘ylaysanmi? Mana, o‘zimizning ko‘ppaklar. Biror gap bo‘lsa, dumini qisib qochishdan boshqasiga yaramaydi.
— Lekin Sodiqniki sara it…
— Sodiqvoy, haligi gapingiz chin bo‘lsa, bu itni tezda yo‘qoting. O‘rniga yuvoshroq ko‘ppak asrang. Aytib bo‘ladimi, tag‘in….
— Haq gap…
— Yo‘qotib nima qiladi, - dedi Karim podachi gapga suqilib. – Undan ko‘ra menga beraqolsin.
— Tushingizni suvga ayting, - dedi it yegasi tumshayib.
— Bekorga harom qotmasin, deyman-da, uka.
— Kim yekan o‘sha harom qotiradigan?
— Xidir xira qo‘zg‘oladigan vaqt yaqinlashyapti.
— Tegib ko‘rsin!
— Chiranma. Qo‘lida qog‘ozi bor uning. Bet bo‘laman deb tag‘in melisaga tushib yurma.
— Qog‘ozini og‘ziga urib, ketiga tepib haydarman.
— Ko‘ramiz.
— Menga qarang, - it yegasi podachiga qattiq tikildi. – Qog‘ozi bor o‘sha nomard nega sizning itingizga tegmaydi, a? Yo itingizda shoxi bormi? Balki oyi bordir? Yo har safar tomog‘ini moylab yuborasizmi?
— Mening itim kolxoz mulkini qo‘riydi, nodon.
— Nima, meniki ammamning chorbog‘ini qo‘riyaptimi?! Kechalari dashtdan beri kelmaydi. Gir aylanib qishloqni qo‘riydi. Uch birdan jondor buning isboti. Qog‘ozi bor o‘sha ukag‘arga bu gaplarni aytsak, tushunar, axir. Kallasi bordir, ho‘l-quruqqa barobar o‘t qo‘ymas. Gapning sirasini aytsam, hadigim sizdan. Bilaman, anchadan buyon tish qayrab yuribsiz. Tag‘in uyalmay-netmay menga ber deganingizga o‘laymi!
— Sen bola, ko‘-o‘p achchivumni qo‘zitma! – g‘azabdan podachining rangi bo‘zarib ketdi. – Surishtirib kelsak, o‘sha axta bo‘lgir kuchugingni bo‘ynida itimning xuni bor. Otish kam, yetini nimtalasam, arziydi. Xudo nasib yetsa, bu ishni qilaman ham.
Sodiq aka boshmaldog‘ini barmoqlari orasidan chiqarib, qo‘lini podachi tomon cho‘zdi.
— Mana qilasiz!
— Karim podachi qo‘lidagi piyolani shaxd bilan otdi. Piyola tokcha qirrasiga tegib, sindi. Sodiq aka dasturxondagi chinni kosalardan birini qo‘liga oldi. Podachi irg‘ib o‘rnidan turdi.
— Qoch, yo‘limni to‘sma! – dedi oraga tushganlardan birining ko‘kragidan itarib. – Ketaman! Qolsam yomon bo‘ladi! Manovini tikkalay so‘yib qo‘yishim mumkin. Qo‘yvor qo‘limni! Qo‘limni qo‘yvor, deyapman!
— Sodiq seniyam yosh bola fe’ling bor-a, - dedi Qodir traktorchi uning qo‘lidan kosani tortib olarkan, biqiniga turtib. – Axir it sigir yemas-ku, buncha iching kuymasa, berib yubor. Bermasang, baribir boshini yeydi.
Kinoyani payqab, kimdir kuldi, unga boshqalar qo‘shildi.
Bu paytda Karim podachi ayvonda to‘ng‘illab, yetigini qidirardi.
U to‘g‘ri fermaxonaga keldi-da, oldindan tayyorlab qo‘yilgan bir juft cho‘chqa o‘qni miltiqqa joylab Oqbo‘yin tunlari chiqib ulib o‘tirishni xush ko‘radigan tepalik sari yurdi. Tepalikning qulayroq joyiga pistirma qo‘ydi. Bolalar kovlab tashlagan chuqurlardan biri unga juda qo‘l keldi. Boshqa vaqt allaqanday itni deb zax yerda dumalab yotmagan bo‘lardi. Lekin janjal tufayli anchadan buyon dilida tugib yurgan niyatini bu tun qanday bo‘lmasin amalga oshirmoqqa qat’iy jazm qildi. Buni qarangki, Oqbo‘yin ham ko‘p kuttirmadi. Itning ko‘rkam kelbati tepalik ustida, yulduzli osmon qo‘ynida paydo bo‘lganida, Karim podachi yendigina ikkinchi yonboshiga ag‘darilgan edi.
Aytish kerakki, u darhol miltiqqa yopishmadi. Sovuqdan uvishgan barmoqlarini og‘ziga olib borib, nafasi bilan isitarkan, itga mahliyo termulib qoldi. Oqbo‘yin haqiqatan ham mahobatli yedi. Podachi umr bino bo‘lib, hali bunaqasini ko‘rmagandi. Shu damgacha zehn solmaganini qarang. Adovatli nigoh go‘zallikni sezmaydi. Podachi ham shu damgacha itdagi ko‘rkni payqamagan, uni bemisl qudrat timsoli sifatidagina bilar, aynan shu xususiyatiga oshiq yedi. Ayni paytda podachi ruhida qarama-qarshi hislar tug‘yon ura boshladi. Otay desa, shunday it uvol. Bunaqasi onda-sonda bir dunyoga keladi. Otmay desa, ichi kuyib o‘ladigan. U g‘ayrishuuriy holatda miltiqni changallab, tepkini bosdi. Oqbo‘yin kutilmagan kuchli zarbdan dumalab ketdi. Intiqom lahzasidan quturib ketgan Karim podachi hayallamay ikkinchi tepkini bosdi. Navbatdagi o‘q shundoqqina boshi ustidan vizillab o‘tishi bilan Oqbo‘yin jon achchig‘ida qocha boshladi. Hovliga yetib kelganida badanidagi o‘q hali sovub ulgurmagan, og‘riqdan ham ko‘ra tashnalikdan ko‘proq azob tortmoqda yedi. U ariq chetiga oyoq qo‘yib, yupqa muzni panjasi bilan urib sindirdi-da, yutaqib suv icha boshladi. So‘ng suvga qonib, kemtik tagiga kelarkan, sillasi qurib borayotganini his yetdi. Devor oshishga qurbi yetmay, g‘ingshigancha darvoza tomon sudraldi.
Sodiq aka itni yertalab darvoza tagidan topti. Oqbo‘yin chala o‘lik holda yotardi. Agar u yulg‘unzorda shuhrat qozonmaganida, Sodiq aka uni ikki dunyoda ham Salom do‘xtirga bosh urib bormagan, o‘z navbatida Salom do‘xtir ham uni sidqidildan muolaja qilmagan bo‘lardi. Suyagiga ziyon yetmagan yekan, jarohati tez bita boshladi.
Sodiq aka bu bedodlikka befarq qaramadi. O‘sha kuniyoq suyil ko‘tarib fermaxonaga bordi. Ammo podachi uni yozgi qo‘radan beriga o‘tqazmadi.
— Yana bir qadam bossang, otaman! – dedi miltiq o‘qtalib. – Bu senga oz! Shoshmay tur, hali senga shimildiriq ko‘rsatish qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yaman!
Jarohati bitgan sayin Oqbo‘yinning favqulodda ishtahasi ochila bordi. Avvallari ovqatga qiyo boqmaydigan jonivor yendi go‘yo o‘sha damlarning hissasini chiqarmoqchiday, yalog‘iga to‘kilganni ko‘rdim demasdi. Keyinchalik uyda beriladigan ovqatdan nafsi qonavermagach, u dala-dashtga chiqib o‘laksa qidiradigan bo‘ldi. Yoldorning o‘limidan so‘ng bo‘rilar bu tomonlarga dorimasligi sababli dashtdan o‘laksa deyarli arimasdi. Faqat qishloq itlari ahyon-ahyonda…. Ammo Oqbo‘yin tezda ularni tartibga solib qo‘ydi. Qarg‘a-quzg‘unlarni demasa, uning nasibasiga sherik bo‘lishga jur’at yetadigan jonivor yo‘q yedi. Boshda Oqbo‘yin qarg‘a-quzg‘unlar bilan ham obdon talashib ko‘rdi. Yeplayolmadi. Bu qanotli maxluqlarni bir tomondan haydasa, ikkinchi tomondan yopirilardi.
Shu tariqa, Oqbo‘yin bo‘rilarcha yashay boshladi. Bu xil hayot yoqib qolganidan, yendi ilgarigidek muttasil Rasulning ortidan yergashib yurmas, yertalablari bolani maktabgacha kuzatib boradi-da, keyin to‘g‘ri dashtga chiqib ketardi. Dashtdan gohida juda kech qaytadi. Ammo Rasuldan ko‘ngli andak bezovtalansa, hayallamay qishloqqa yuguradi.
Rasul koptok talashib urushgan kuni ham shunga o‘xshash voqea yuz berdi. Bu paytda Oqbo‘yin jarda sang‘ib yurardi. Ko‘ngli o‘z-o‘zidan bezovtalanavergach, qishloq tomon chopti. U tepalik ustida paydo bo‘lganida, Rasul bolalardan biri bilan yoqa bo‘g‘ishardi. Oqbo‘yin! – dedi birov baqirib. Bolalar quyundek yelib kelayotgan itni ko‘rishlari bilan tumtaraqay bo‘lib ketishdi. Maydonda it bilan Rasul qoldi.
Bugun ham u bolani maktabgacha kuzatib bordi-da, muyulishda mashina kutib turgan odamlar yonidan mag‘rur yurib o‘tib, dashtga chiqib ketdi. Ikki kundan buyon kamardagi harom o‘tgan sigir bilan band yedi. Go‘sht hidini uzoqdan sezib, tamshangancha qadamini tezlatarkan, uch-to‘rt it o‘laksani bamaylixotir xomtalash qilayotganini ko‘rdi. Oqbo‘yin g‘azabdan quturgan ko‘yi olg‘a intildi. Changaliga tushgan itni tilka-pora qilmoq qasdida yelib borarkan, baribir nafs degan balo ustunlik qildi, qochmoqqa tushgan itlarning izidan quvlab yurmay, xo‘rakka tashlandi.
* * *
...Oqbo‘yin bu vaqtda hovlida yedi. Yaloqdagi ovqatni pok-pokiza tushirib bo‘lgach, oftobro‘yoda birpas cho‘zilib yotdi. So‘ng yendi Qoplonning oldiga jo‘nay deb turganda, darvozadan Rasul kirib keldi. Itni ko‘rgan bolaning ko‘zlari shodlikdan chaqnab ketdi. Kelasolib Oqbo‘yinning bo‘ynidan quchdi. Yerkaladi. Keyin qulog‘idan tortqilab o‘pka-gina qildi.
— Ha, daydi! Qayerlarda sanqib yuribsan, Qorangni ko‘rsatmay qo‘yding? Hozir bir adabingni beraymi- a?!
Oqbo‘yin bolani sog‘ingan, yumalab, sakrab, bir zum o‘ynashgan bo‘ldi. Keyin darvozaga yo‘naldi.
— Ha-a, hali yana qochmoqchimisan? Qochib bo‘psan, daydi!
Rasul itning qulog‘idan tutib, uychasi tomon sudradi. Oqbo‘yin buni odatdagi hazil deb bilib, unga itoat yetdi. Qachonki ko‘zi yerda chuvalanib yotgan zanjirga tushgachgina bolaning maqsadini angladi. Boshini keskin silkib, qulog‘ini bo‘shatdi-da, ortiga qayrildi. Rasul uning bo‘ynidan mahkam quchib, tutib qolmoqchi bo‘ldi. Kuchi yetmadi. Oqbo‘yin bolani hech bir qiyinchiliksiz darvozagacha surgab bordi.
Ostonaga qoqilib tushgan bolaning alami qo‘zib, yerdan kattakon tosh oldi, lekin urishga qo‘li bormadi. Toshni mahkam siqqancha Keldiyor maxsumning hovlisi tomon yo‘rtib ketayotgan Oqbo‘yinning ortidan qarab qolarkan, ko‘ziga yosh quyildi. So‘ng, daf’atan, otasining, iliqish davrida it zoti hamma narsani unutadi, ammo bu vaqtincha, keyin yana yes-hushi joyiga keladi, degan gapi yesiga tushib, xiyol yengil tortdi. Ichida Keldiyor maxsumning itini boplab so‘kdi.
Oqbo‘yin Keldiyor maxsumning tomorqasiga o‘tib, Qoplonni joyidan topmadi. Yerkalab chaqirishlari ham javobsiz qolgach, u hid olib izidan tushdi. Iz uni to‘g‘ri fermaxonaga boshlab bordi. Yozgi qo‘ra chetida cho‘nqayib turgan Qoplonni u uzoqdan ko‘rdi. Yuragi hapqirib, qadamini tezlatarkan, fermaxona ortidan panshaha ko‘tarib chiqqan Karim podachiga ko‘zi tushib, sarosimada qoldi.
Oqbo‘yinning bu qadar tez paydo bo‘lishini kutmagan podachi avvaliga shoshib qoldi. So‘ng qo‘lidagi panshahani go‘ngtepa chetiga sanchib, uycha tomon oshiqdi. Ichkariga kirib miltiqni qo‘liga oldi. Tepkisini ko‘tarib, ortiga o‘girilgan joyida shoshqaloqligi o‘ziga yerish tuyulib, miyig‘ida iljaydi. Tepkini tushurib, miltiqni devorga suyadi. Timirskilanib yurib, bir burchakda yotgan yeshak to‘qimini qidirib topdi. To‘qimni tagiga qo‘yib, yeshik yoniga joylashib o‘tirdi. Yeshikni qiya ochib miltiqni tizzasiga oldi. Oraliqdan yozgi qo‘ra bemalol ko‘zga tashlanib turardi. Oqbo‘yinning haliveri itga yaqin kelmasligini bilardi. Ko‘ngliga hadik oralagan itning joyidan jilishi qiyin, shuningdek, ming po‘pisa qilganing bilan uzoqlashib ham ketmaydi. Fursat poylab atrofda aylanishib yuraveradi. Ayniqsa, miltiq o‘qini tatib ko‘rgan itlar bu borada juda omilkor bo‘lishadi. Ammo shunga qaramay, manaman degan itning ham sabr-bardoshi bir-ikki soatdan ortig‘iga yetmaydi. Iliqish ta’siri ostida ular bora-bora xavf-xatarni unutib qo‘yadi. Podachining umidi mana shunda yedi. Ikki soat yemas, ikki kun poylashga ham rozi yedi u. Yaqin keltirmasdan turib, Oqbo‘yinni bir yoqlik qilish juda qiyindek tuyulardi. Otib o‘ldiradiyu, jasadini fermaxona ortidagi xandaqqa tashlab, ustidan tuproq tortib yuboradi. Qani, yegasi da’vo qilib ko‘rsin-chi!
Oqbo‘yin uychadagi taraddudni sezganday hamon joyida qotib turarkan, Qoplonning nolakor g‘ingshishidan so‘ng, sekin-asta olg‘a siljiy boshladi. Manzilga yuz odimcha qolganda, podachining o‘t solguvchi kaltagini yeslab, tag‘in to‘xtadi. Alamli g‘ingshidi.
Oradan yarim soatlar chamasi vaqt o‘tgach, podachi zerika boshladi. Boz ustiga, hali mollarning yarmiga yemish tashlanmagan yedi. Bir xayoli, bu ahmoqona ishga qo‘l siltab, yumushiga unnamoqchi ham bo‘ldiyu, lekin yuragi kuyishib yurishini o‘ylab, fikridan qaytdi. Tirqishdan mo‘ralab, masofani chamaladi. U tili tagiga nos tashlab, gardanini qirt-qirt qashirkan, to‘satdan ko‘zi fermaxona devoriga suyog‘liq turgan zarang podatayoqqa tushib, o‘zida yo‘q quvonib ketdi. Avvalroq shu narsa xayoliga kelmaganidan ichida o‘zini boplab so‘kdi. Axir, Oqbo‘yin sherigining azobiga chidash berolmaydigan yovqur tabiatli itlar toifasidan-ku. Bunday paytda u o‘lsa o‘ladiki, lekin hech balodan qaytmaydi.
Karim podachi tashqariga chiqdi. Borib tayoqni oldi. Yo‘l-yo‘lakay ustidagi paxtaligini yechib tashlab, Qoplonning yoniga bordi. Miltiqni simto‘r devorga suyab qo‘yib, itni kaltaklashga kirishdi. Qoplon yuvosh va nozik it - zarb kuchli bo‘lmasa-da, dunyoni boshiga ko‘tarib vangillay boshladi. O‘zini chor tomonga otib, qutulmoqqa urindi. Biroq tizimcha kalta, kaltak yesa uzun yedi.
Qoplonning kaltak ostida qolganini ko‘rib, g‘azabdan Oqbo‘yinning yesi og‘ib qolayozdi. Ammo miltiqdan qattiq yurak oldirgan, ko‘nglidagi qo‘rquv hissini yengishga qurbi yetmadi. G‘ingshidi. G‘ingshigancha yer bag‘irlab beixtiyor oldinga siljidi.
Podachi o‘zini har yonga urib, tayoqdan qochishga urinayotgan Qoplonni kaltaklashda davom yetarkan, ora-sira Oqbo‘yinga ko‘z qirini tashlab qo‘yardi. Oqbo‘yinning chumchuq poylagan mushuk singari yer bag‘irlab g‘alati alpozda harakatlanayotganini ko‘rib kuldi, uni tez qutirtirmoq niyatida Qoplonni battarroq tayoqlay boshladi.
Ammo shu payt kutilmagan hodisa yuz berdi: kaltak jonidan o‘tgan Qoplon tuyqusdan podachiga tashlanib, o‘ng bilagidan g‘archcha tishlab oldi. Karim podachi ingrab yubordi-da, o‘zini bir odim ortga oldi. Tirqirab qon oqayotgan bilagiga razm solib turib, tutaqib so‘kindi. Keyin tayoqni ikki qo‘llab tutib, sho‘rlikni chinakamiga kaltaklashga tushdi. G‘azabdan quturib ketgan podachi Oqbo‘yinni juda kech payqadi. Na’raga o‘xshab ketadigan ovozni yeshitgandan so‘nggina o‘girildi, o‘girildi-yu, shu daqiqani kutgan bo‘lishiga qaramay, o‘qdek uchib kelayotgan Oqbo‘yinning vajohatini ko‘rib, dabdurustdan vahimaga tushib qoldi. Tayoq bilan himoyalanmoqchi bo‘lgan joyida miltiq yesiga tushib, qurolga yopishdi. Shoshganidan miltiq tepkisi qolib, qo‘ndog‘ini paypaslay boshladi. Nihoyat, tepkini ko‘tarib, miltiqni Oqbo‘yinga to‘g‘riladi. Juda yaqin kelib qolgan Oqbo‘yin ayni shu damda naq odam bo‘yi sakrab, yashin tezligida unga tashlandi. O‘qi xato ketdi. Yelkalariga tig’ yanglig’ botgan tirnoqlar zarbidan dodlab yubordi. Jon achchig‘ida pichog‘iga yopisharkan, qaynoq nafas aralash ko‘z o‘ngida bir lahzaga yalt yetgan oppoq o‘tkir tishlar tomog‘iga sanchilganini his yetdi. Ko‘z oldi tumanlashib, hushini yo‘qotdi.
Oqbo‘yin raqibini mag‘lub yetganiga ishonch hosil qilgach, murdadan chetlandi. Tuproqqa yotib turganday ilkis silkindi. So‘ngra betinim g‘ingshiyotgan Qoplonning yoniga borib, arqonni qon yuqqan o‘tkir tishlari orasiga oldi.
Fermaxonaga yem olib kelgan To‘qli shofyor Karim podachining hali butunlay sovub ulgurmagan jasadini uchratganida, itlar dala tomon ketib borishardi. To‘qli shofyor murda yuziga belbog‘ini yopib, mashinasini qishloqqa burdi.
Yertasi Xidir xira boshliq to‘rt otliq itlarni kamardan topishdi. Oqbo‘yin qochmadi. Orqa oyog‘ini sudrab bazo‘r odimlayotgan Qoplonning girdini aylanib, tahdidli irilladi.
Zum o‘tmay kamarni miltiq ovozi tutdi.