Nosir Fozilov 1929 yil 1 iyunda Qozog‘iston Respublikasining Turkiston tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1990). O‘rta Osiyo Davlat universitetining tugatgan (1954). Birinchi to‘plami — «Irmoq» (1959), «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush kanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Ko‘klam qissalari» (1970), «Diydor» (1979), «Tanlangan asarlar», 2 jildli (1983— 84), «Bolaligim — poshsholigim» (1989), «Bir otar to‘pponcha» (1995), «Shum bolaning nabiralari» (1995), «Toshkentning nosi» (1996), «Munavvar lahzalar» (1997), «Eslasang, ko‘ngling yorishur» (2004) va boshqa asarlar muallifi. Qoraqalpoq va qozoq yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1991). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).