OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sobir Sayhon. Yurt sog'inchi (qissa)

Charxning men ko‘rmagan jabru jafosi qoldimu?
Xasta ko‘nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?
Zahiriddin Muhammad Bobur

Ashrafi maxluqot1 sifati bilan musharraf odam zotini inson martabasiga ko‘targan ilmdir. Kishilarning fazilatli bo‘lishiga sabab shu chiroyli Vatanga sadoqat kabi ma’naviy boylikdir. Bu oliy ne’matni totgan sayin, bandasi ishonch bilan Yaratganga bo‘y-sunib, yurt muhabbati qalblarga o‘rnashib, kindik qoni to‘kilgan ona Vatanga xizmat yo‘lida, xayrli ishlar qilishga harakat bilan vijdoniy vazifasini ijro qilish niyatida bo‘ladi. Chunki vijdon kishilarga mas’uliyat yuklovchi bir kuch. “Kishi o‘z hayotida ikki muhim yo‘ldan birini tanlashga majbur” degan so‘z bejizga aytilmagan. Inson yo jamiyatga foyda keltirish uchun bir sohada o‘z mehnati, ijodi bilan harakat qiladi yoki nopok insonlar ta’-sirida, ular yetaklagan tomon bosh egib, eliga yaxshiik qilish his-sidan mahrum qoladi. O’z irodasi bilan hur fikr yurgizolmay, bo‘yinturuq ostida manfaatparastlarga qul bo‘lib yashaydi. Azalda peshonada yozilganday, zehnlar dangasalashib, insoniy hislar tubanlashib, tafakkur  cho‘g‘ini  kul bosib, hatto so‘nib, charchab, har ahvolga rozi bo‘lib, boshiga tushgan savdolarni qismat deya qo‘yaqolarkan. Kindik qoni to‘kilgan muqaddas Vatan tuprog‘ini tark etib, chet o‘lkalarga ko‘chib, jannatmakondan ajrab, g‘urbatu musofirotni tanlaganlarni ana shu qaror berolmagan ikkinchi sinf qatoriga qo‘shilib qolganlar desa bo‘ladi. Vatanni ikkinchi bor qayta ko‘rolmay, g‘urbatda g‘arib bo‘lib, foniy dunyodan o‘tganlar o‘z yurtlarida burgut bo‘lolmay taqdirga tan berishib, jabru jafo va darbadarlik davrida xoru zor oyoq osti bo‘lishsa-da hech bir zamon o‘z an’ana, ona tili, Vatanini unutmay, doim ishonch bilan ona-yurtga qaytish shiori bilan chin ko‘ngildan sadoqat ko‘rsatishgan. Yuz yilga yaqin davr mobaynida yelkama-elka sarsonu sargardon bo‘lgani holda oliy tuyg‘u dog‘lagan yuraklarida borgan sayin umid urug‘i so‘nib, duogo‘y bo‘lishlari tahsinga sazovor va sadoqatlarining isbotidir. Olis ellarda yashab, firoq ichra Vatan ozodligi yo‘lida jiddu jahd bilan mehnat qilib, ibratomuz sinovga dosh berishlari, albatta, tarix varaqlariga ko‘chadi. Bir zamonlar Vatanda yashab, ximmatu jasorat bilan kishan zanjirini parchalab, chilparchin qilib, ozodlik ne’mati va mustaqillik lazzatini totganlar ham bu voqealardan xabardor bo‘ladilar. Ammo kecha-kunduz Vatan hasratida kuygan majnunsifat maftun, g‘urbatzadalar dardi, ba’zi yoshlarga ibrat bo‘lib qolgudekdir. Mustaqillikdan keyin o‘z iqtisodiyotini tiklab olish uchun qonuniy yo‘llardan chet o‘lkalarga borib, halol mehnat qilib, Vatanga qaytgan, peshona teri bilan halol topgan mablag‘ni yurtiga olib borib, obodonchiligi uchun sarflagan opa-singil, aka-ukalarni tabriklash har bir insofli pok kishining vijdoniy burchidir. Lekin hurriyatu ozodlik ma’nosini bilib-bilmay yot nog‘orachilar o‘yiniga o‘ynab, adashab, aldanib, chet o‘lkalarga qochib, ona tili va o‘zligini yo‘qotganlarni ko‘z oldiga keltirganda bir asrga yaqin vaqt davomida Vatan ishqi bilan yashaganlarning sado-qatlarini ham qadrlamaslik mumkinmi? Charxini yelkasiga ortib, o‘tmas pichoqlarni qayrab, dunyo o‘lkalarini piyoda bosib, to‘g‘ri-liklari bilan millatlar ko‘nglida joy topgan, o‘z hayotlarini dostonga aylantirgan kishilar ham bor. Bu mavzuda kamina avval ham bir hayotiy qissa yozib, chop etgan edim. Yoqubjon Yakvalxo‘jaev “Qaytar dunyo” degan roman yozdi. Kamina yana havaskor qalamim sadoqatiga ishonib, alamzadalar dunyosining minglarcha drama-sidan yolg‘izgina bittasini ibrat uchun bitishni ma’qul ko‘rdim. Jon bera turib ham, kalimai shahodat qatori Vatanni eslab, foniy dunyodan abadiyatga ko‘chgan do‘stlar kabi 80 yildan beri  aziz vatandan judo va mahrum yashaganlar Vatan qadrini yaxshi bila-dilar. Odamzodning xayrlisi bani Odamga yaxshilik qilguvchilar deyilgan-ku! Elu ulusdan bexabar, koshonalarda umr kechirib, hayotini faqat oshqozon deb o‘ylaganlar bilan parvosiz, sudxo‘r va talonchilik bilan umr o‘tkazganlar orasida nima farq bor? 
Bir o‘ylab ko‘raylik: dunyoviy tajribalardan ibrat olib, Va-tan va xalqi kabi muqaddasotlar uchun kurashgan qalam egalarini qadrlash lozim! Taqlidchi hayvonu parrandalarga  hunar o‘rgatish mumkin, hatto zamonamizda har jonlining o‘xshash nusxasini yaratib yasash judayam qulay ish bo‘lib qoldi. Lekin qalblardagi sadoqat, ahdga vafo va vatanparvarlik tuyg‘usini taqlidiy sing-dirish aslo mumkin emas! To‘g‘ri yo‘lni izlab, qidirib, topib foyda-yu zararini vijdon tarozusida salmoqlab, sadoqat yo‘lida qat’iyatli bo‘lish, odamiylik uchun fazilat bo‘lib hisoblanadi. Yaxshini yomondan ajratib, oqu qorani idrok qilib, kezi kelganda yuksak maqomlarga ko‘tarib, o‘tganlarni xayr bilan eslash va qadrshunoslik martabasida yaxshi ishlarini qilish har bir kimga ham nasib bo‘lmaydi. Elimga arzim bor, Vatanimdan qarzim bor, bu muqaddas Vatan uchun men nima qildim degan dunyoqarash bilan yashash, kindik qoni to‘kilgan Vataniga chin ko‘ngildan xizmat qilish har bir kishining muqaddas burchidir. Vatanga muhabati susayib, ishonchiga sadoqat ko‘rsatolmaganlarni arosatda qolgan-lar deya ta’riflasak, haqsizlik bo‘lmasa kerak! Kichikligida boshi-dan o‘tganlarni ifodalashda ojiz voqealarni bugungi aqlu faro-sati bilan hikoya qilib hatto o‘z qarashlarini aniqlab olish imko-niyatiga ega bo‘lgan qahramonimiz Sarson tog‘aning tili  burro-ligi taqdirga shoyon. Sarson tog‘aning azmu jazmi soyasida ro‘yobga chiqqan qissani vaqt sarflab, o‘qigan o‘quvchilar undan qanoat ho-sil qilishsalar, bas! O’shanda Vatanni qayta ko‘rolmay, yurt has-ratida ma’nan cho‘kib, jisman o‘lib ketganlarning ruhini ham shod qilgan bo‘lasiz! Ana shu umid va ishonch bilan qo‘lga qalam olar ekanman, Istiqloling muborak bo‘lsin Vatanim deyishga haqliman.


I bob

Boshidan o‘tgan achchiq kunlarni hikoya qilib bergan Sarson tog‘a meni ko‘rgach, so‘zni cho‘zmasdanoq zehnida saqlanib qolgan o‘z qissa daftarchasini ochganday uzoqlarga nazar tashlab turib, o‘z tarixini bir-bir bayon qilgani boshladi! 90 yoshlardagi ko‘m-ko‘k ko‘zli, sariq sochli bu zot so‘zini erinmay bayon qilishini oldin-dan bilardim. Hazilkash, nuktadon, lekin alifni ko‘rsa, kaltak deydigan savodsizlardan edi. Ammo shaft desa shaftolini payqa-gan yoshiga ko‘ra tetik, bardam. So‘zga boshlar ekan, borliqni his qilib, yig‘lab uqtirishi har qanday yuraksiz, gumroh kishini ham eritib, milliy tuyg‘uni qo‘zg‘ab, o‘ziga keltirib qo‘yardi. O’tkir ko‘zi chaqmoq-chaqmoq, bag‘ri qon inson degan vatanparvar muxojirni yig‘latmay qo‘ymasdi. Laqabi Sariq Sarson tog‘a xorijga ko‘chganda ismiga qo‘shimcha familiya, nom ham olgan. Lekin kamina Sarson tog‘a ismini uyg‘un ko‘rib, shu nom bilan zikr qilishga qaror Ber-dim! Kosonsoyda tug‘ilganman, deya yig‘lamsirab so‘z boshladi Sar-son tog‘amiz. Chaqaloqligimda soy bo‘yida yugurib, lolaqizg‘aldoq va ko‘zchumchuq kabi rang-barang dala o‘simliklarini to‘plab, ariqcha-lar labidagi hidi olamga tarqab, burqsigan yovvoyi yalpiz, jambil bo‘yini ichimga singdirib yayrardim. Kichik bo‘lishimdan qat’iy nazar o‘sha paytlardayoq yaxshi-yomon hidning farqiga borib, xilma-xil rayhonlarni so‘lib qolmasin degan niyatda tomiri va butasi-dan qo‘parib uzmasdim. Ko‘zim o‘ngida hanuzgacha qizil guppicha Ki-yib, yalangoyoq ko‘kalamzorda parvona misoli uchib yurganlarim xayol bo‘lib ko‘rinadi. Hatto har kecha tushimda o‘sha chiroyli sahnalarni qayta-qayta ko‘rib, yig‘lab uyg‘onaman desam, kulgili bo‘lar. Bir kun to‘satdan vizillab peshonamga qo‘ngan chiroyli sariq arini quvaman deya talpinganimda oyoq ostidagi yumaloq toshga urilib, tezoqar suvga yumalagach, dodlab, chinqirib, baqirib yuborgandim. Yigirma qadamcha narida ariqcha tozalab, yer  bezab turgan bog‘bon, usta Ochil chapdastlik bilan ikki oyog‘imdan ushlab ko‘tardi-yu, bo-shimni yerga  qarata silkidi. Shunda og‘zimdan shalag‘ay1 aralash,  suv  sharaqlab oqqanida ko‘zim yalt etib ochilib, ammo ko‘z o‘ngimda xilma-xil uchqun uchib, botganday garanglashib qolgandim. Usta Ochil quchoqlab hovli tomon yugurarkan, qoqilib yiqilganda o‘zim-ga kelib, qah-qaha otib kulib yuborgan ekanman. Yoqimli bahor havosi bor edi. Onajonim duduqlanib, sochu boshimni yuvgani boshlab, "shamollab qolmasin" deya qo‘rquv  aralash shafqat bilan  usti-boshimni yechgani boshlaganlarida, sho‘xligim ustun kelib kulib yuborsam, "Nimaga kulasan, jonim bolam, o‘zingni tut" deya xavotirlanib, jar solib, yig‘lagani boshlagandilar. Bolalik ti-lim bilan "Onajon, yig‘lasangiz, qo‘rqaman" deganimda, onam o‘zla-riga kelib, qo‘rquv tuyg‘usidan qutilib, mahkam quchib, mehri-bonlik ko‘rsatgandilar. "Ochil amaki oyog‘imdan tutganda hayot, ta-moman boshqacha ko‘ringandi, shu esimga tushib kulyapman" degan-dim. "Bolasi tushmagur" deya yonog‘imdan ushlab sevgandilar" deb uzoqlarga ko‘z tikib dam olganday bo‘lardilar Sarson tog‘a. Keyin "bilasizmi" deb ko‘zini nigohimga taqab, "hozir bu esdaliklar qayoqdan yodimga tushib, nima uchun zavqlanib ketganimni yecholmay-man". Lekin tomdan tarasha tushganday, "dunyoga g‘amu jafo tort-gani kelganimni payqab, o‘ksiyman" dedi-yu g‘amu anduh bilan ohla-di tog‘ajonim. Keyin "ey, ukam-ey" dedi kosonsoylik Sarson tog‘a, - u damlarning xayoli ham umrga umr qo‘sharkan, endi bilsam. Qani endi u daqiqalar, qani daraxtlar novdalariga qo‘nib, ona tilida navo qilgan yoqimli, rang-barang qushlar. Ba’zan koshki, o‘shanda soyda oqib ketsaydim-u qabrim Vatan tuproqlarida qolsaydi degani Xudodan qo‘rqaman. Chunki shu azim shaharda yashamoq nasib bo‘lgan ekan. Hali bu yoshdan keyin ham boshimizdan nimalar o‘tadi. Yaratgandan barcha qatori itni ham vatansiz qilib qo‘ymasin deya kecha-kunduz duo qilaman, derdi oh tortib Sarson tog‘a. O’qib odam bo‘lganimda – ko‘z armonlarimni ifodalab, doston yozardim-a, le-kin o‘tgan kunlarga salovot, afsuslanishning foydasi yo‘q endi. Ariq bo‘ylarida ozod o‘sgan yovvoyi chechaklarning xandon g‘uncha-siday kulimsiragan xushbuy gullarning yoqimli hidi bir umrga teng ekan endi bilsam. Guldan gulga qo‘ngan arilarning mehri zahar oqqizganda ham go‘yo, hayotda ekanligini eslatar ekan kishiga. Pishib yerga tapillab tushgan xilma-xil mevalarni yuvmasdan yesam ham qornimni og‘ritish o‘rniga maza berib, go‘yo orom olib yayrar-dim. Mana, pul topdim-u ammo sog‘inch, firoq, armonlarim yura-gimni ezadi. Qisqa o‘tgan mas’ud, baxtiyor kunlarim, ota-onamning "bolam, bolajonim" degan mehru shafqatli tovushlarini o‘ksib es-lasam, sharillab oqqan soylarning zilol suvlari bilan hamohang edi desam, xato bo‘lmaydi. Afsuski, yaqin xomiylarimni raqiblar tutqin qilib, kishanlab olib ketishgandi. O’shanda opajonim Diloromxon meni quchoqlab, hovli burchagidagi tandir orqasida joylashgan o‘tinxonada jon saqlagandik. O’sha azobli shomdan ke-yin go‘yo shabko‘r degan ochiq ko‘r bo‘lib, a’zoyi badanim karaxtla-shib qolgandi. Hovlimiz huvillab, go‘riston zindonidek qo‘r-qinchli edi. Qo‘shnilar xazar qilishar, ahvolimizdan xabar olish-dan qo‘rqishardi. Bir necha balo-kulfat, mashaqqatlar ichida go‘yo o‘lik-tirikday yashagandik. Moddiy tomondan tinch, lekin go‘laxi1 misoli yovuzlik azobi ichra bezovta edik. Ota-onam, qavmu qarin-doshlar dom daraksiz, qo‘ni-qo‘shnilar qo‘rquvdan o‘zi bilan ovora, go‘yo. Yer yorilgandi-yu odamni yutib, ovozi o‘chgandi. Bir kun ertalab 7-8 bezori, badbashara odamlar qo‘llarida qurol bilan kirib ke-lishdi. Meni yetimxonaga olib ketishmoqchi. Opajonim qanotiga olib, oyoq tirab, dodlaganida ayol kishiga hurmat ko‘rsatish o‘rniga, bechora opaginamni vahshiylarcha otib tashlashgandi. Na qilarimni bilolmay yugurganimcha soy bo‘yidagi yog‘ochlar orasiga jonu jah-dim bilan o‘zimni urib bekingandim. O’sha kundan buyon butunlay o‘zgarib, bir muddatgina qaytib, tug‘ilgan ona makonimni ko‘rol-may g‘amu anduh ichida yetmish yil ovora bo‘ldim. Toki aziz xalqim-ning himmati bilan mustaqil bo‘lgan kungacha... Ota-onam, yaqinla-rim va mahalladoshlarim nima bo‘lishdi, qaerda qolishdi bilol-may, 1993 yilgacha dovdirab yurdim. Mustaqillik tufayli muqad-das vatan tuprog‘iga oyoq bosgan kun, go‘yo ikkinchi bor tug‘ilgan edim. Ota-onam, opam qadam bosgan tuproqlarni yalab, ko‘zimga to‘-tiyo qilib, o‘pdim. Soy bo‘yida yo‘qotganlarimni eslab, ho‘ngrab yig‘lab, haqlariga duo qildim. Chunki o‘z Vatanimda yig‘lashning o‘zi ne’mat ekanligini payqagandim. Lekin jigarbandlarimdan asar ham yo‘q edi. Qarindoshlaringizmiz deganlar bilan hasrat-lashib, ajdodimni esladim. Ammo, afsuski, ko‘rganlarim orasida sezilarli darajada ong farqi bor edi. Fikriy kelishmovchilik "san-manga" borib qolgandi. O’shanday bo‘lsa-da Vatan yana o‘z Vatanim, xalqim - jonu jigarimdir. Chekkada shoh bo‘lib yashagan-dan ko‘ra yurtimda gado bo‘lib yurish, men uchun dasturdir. Hindistonda yurgan paytlarim Boburshoh haqida ajoyib, ulug‘ so‘zlar eshitgandim. Vatan, xurriyat va ozodlik hamda o‘zboshim-chalik haqida filmlar tomosha  qilgandim. Ko‘cha maddohlarining Boburshohning ichki dardu alamlari haqida hikoya va nasihat eshit-gandim. Shoh bo‘lib turib, firoqu fig‘oni, nolai zori qulog‘imni jaranglatardi. Men kim edim o‘zi? Biz muxojirlar mustaqillik imkoniyatlaridan yetarli darajada bahralanmay yot xalqlar qatoriga qo‘shilib, yetimcha bo‘lib qolgandik desam xafa bo‘lganlar chiqib qolar. Ammo bu ahvolimiz ham o‘zimizning noshudligimiz-dan bo‘lsa kerak deb ovunganday bo‘laman. O’shanday bo‘lsa-da kecha-kunduz Vatan hasratida yongan majnunsifat, g‘urbatzada bizlar-ning dardimizni payqab, ibrat ololmagan vatan sevmaslarga ko‘r-gan-ibratomuz voqealarni dars sifatida eslatib, milliy vazifa-mizni ado qilish niyatida jar solib nido qilamizki, "Vatani-mizni asrab, jonfido rahbaringizni qadrlanglar". O’tkinchi qi-yinchiliklar Sizlarga og‘ir kelmasin, yaxshi kunlarga yo‘l olmoqda-sizlar, oydin kunlar yaqin. Bordi-yu, sinchkov bo‘lsangiz, merosxo‘r oilangiz va ularning bolalari ko‘rishar, baxtli bo‘lganda Vatan tuproqlarini meros tashlab ketgan ajdodimiz haqiga duo qili-shadi. Bizu Siz ham nurafshon kunlarni o‘ylab, bu aziz tuproq-larga ega chiqaylik. Siz baxtli xalqimizga saodat va yutuq tilagan-lardan ibrat olish Sizlar uchun milliy vazifa deya jonu jiga-riday yig‘lab Vatanda yashovchilarga duo nasihat qilardi Sarson tog‘a. Shiorimiz sadoqat, manfaat kutmay, vatan omon bo‘lsin deganlardanmiz. Chunki ona Vatan omon bo‘lsa, rangu ro‘ying somon bo‘lmas deganlar. Bizga Vatan sog‘ bo‘lsa bas, begonalik qatori qadrlansak, boshimiz ko‘kka yetadi, - deya bir oz o‘ylanib fikr yuri-tardi hurmatli Sarson tog‘a so‘zlariga so‘z ulab, yana qo‘shimcha qilardi. Chunki biz Vatan egalariga o‘zimizni loyiqi xislatimiz bilan tanita olmadik. Chet ellarda baxti ochilib, mol-mulk egasi bo‘lib qolgan bizlar kindik qonimiz to‘kilgan muqaddas Vatanga nima qilib qo‘ydik o‘zi? Moddiy vajni xayolga ham keltirmay, og‘zimizga olmadik. Duduqlanib hatto borib-kelishlar ham ma’na-viy yanglish - xatolarga sabab bo‘lib, ularni o‘zimizdan sovitdik desam, og‘rinmang, deya so‘nibroq qolgan nigohini ko‘zimga taqa-gandi Sarson tog‘a. 
To‘g‘ri so‘zga javob topolmay hayronmiz. To‘g‘ri so‘zlaganni yetti qishloqdan quvishadi degan maqolni eslatib tog‘amiz bilan tortishganmiz. U shu so‘zlarni ado qilar ekan, xuddi men Vata-nimga xiyonat qilib qo‘ygandek qahr bilan boqib qo‘rqitgandi tog‘a janoblari. Men iljayib kalla liqillatib, to‘g‘ri ma’nosida hur-mat ko‘rsatib eshitardim. Tasdiqlash uchun ortiqcha so‘zning keragi yo‘q edi, nazarimda. Haq so‘zni hurmat qilish ota-onamdan meros edi menga. Vatanga borganimda dardimga davo topish uchun yaqin-larimni qidirsam deyman, derdi afsuslanib, Sarson tog‘am. Asli-da bu so‘zlaridan qat’i nazar haqiqatni asalari uyasiday qabul qilish kerak. G’urbat hayotiga chidashdan boshqa choralari qolmagan g‘urbatzadalarning boshidan o‘tganlarni xotirlab qo‘yish odamiy-lik bo‘lardi. Buning uchun ko‘p narsadan kechib yashadik. Mana, Xu-doga shukr, bukunlarni ko‘rib, istiqlolga ishonganim uchun hayotim-dagi ko‘rgan-kechirganlarimni hikoya qilmoqchi bo‘ldim, jiyan! Ko‘zidagi jiqqa to‘lgan yoshni qo‘lining kafti bilan artdi Sarson tog‘am, otam-onam va o‘tganlarni Xudo rahmat qilsin, makonlari jannat bo‘lsin deya, jovdirab derdi yana tog‘ajon!
Kosonsoy soychasiga chegaradosh bog‘imiz bo‘lardi, deya uzoqlarga tikildi yana. Ichki, tashqi bo‘limdan iborat, manzilimiz pishgan g‘ishtdan bino bo‘lib, paxsa devor uylarning katta ko‘chasiga borib taqalardi. Keng ravoqli darvozasidan katta g‘ildirakli qo‘qon-arava bemalol kirib chiqardi. Sakkiz yoshli o‘spirin bo‘lganim uchun kim o‘ziga to‘q, kim qashshoq ekanligining farqiga bormagan-dim-da, hovlimizga kelib-ketadiganlarni nazarda tutganda o‘zi-mizga yetarli darajada tinch bir xonadon bo‘lsak kerak deb o‘ylay-man. Otam uzun bo‘yli, istarasi nuroniy bir kishi. Lekin onajo-nim, o‘rta bo‘yli, mo‘mingina ayol edilar. So‘zlariga qaraganda bir o‘g‘il va bir qizlari qazo qilgan. Opam, mamnun edi hayotdan. Juda ham erka yashardi. Tashvishlarga ishorat qilgan Oxun amakining Oygul nomli rafiqasi bor edi. Lekin u urush yillari noma’lum joylarga ketib qolgan edilar. Yaxshi, to‘g‘ri so‘z inson edilar. Menga xuddi o‘z bolalaridek qarab, asrashardi. Ko‘p vaqtlar ular xonadonida bo‘lib, hatto ba’zan yotib qolardim. Bir kun to‘satdan shamollab qoldim. O’tgan voqealar ularni ma’yuslantirib, mendan xabar olish uchun g‘amxo‘rlik qilish niyatida kirib kelishgan. Shu vaqtdayoq yetimxonaga olib ketishga kelganlarni farqiga borgan eru xotin hayron bo‘lishib, ko‘zi bilan imlab, ochiq turgan bog‘ darvo-zasini ko‘rsatgandi. Bolalikdanmi yoki qo‘rquvdanmi, bilolmayman odamlarni chalg‘itib daraxtlar orasiga kirib ketganman. 
O’sha daqiqalar hamon yodimda. Qancha o‘tdi noayon. Uyg‘onsam, oyog‘im titrab, turishga majolim yo‘q. Bosh ustimda Oxun amaki va rafiqasi o‘ltirishardi. Ko‘zimni ochib, atrofga boqib hayron bo‘l-gandim. Shunda ikkalalari: hayriyat-e, Xudoga shukur, deya xotir-jamlashib, shoshilib, ko‘tar-ko‘tar qilib ikki mahalla naridagi qo‘shni hovlisiga olib borishgandi. Vujudimni uqalashardi. Am-mo badanim jimirlar edi. Havo muloyim. Bir qultum suv, keyin sho‘rtak atala ichirishgandi. O’rnimdan, xuddi uchgandek yengil tor-tib turgandim. Lekin hech narsani eslay olmay, mijja qoqmay bir nuqtaga qarab mixday qotib qolganimni his etardim-u, avvalyotim1 va nada ota-onam esimga tushmay, tevaragimdagilarni taniy olmay, bir qancha kun sham yoqilgan xonada yotganimni bilolmay yana isit-malab, inqillab, qo‘rqitdim shekilli atrofimdagilar fig‘onu no-la, dodu faryod ko‘tarib "voy-voylab", yig‘lashib "kalimai shahodat" o‘girganliklarini sezgandek bo‘lardim. Shu noma’lum muddat ichi-da go‘yo bolalikdan qutilib, yuqoriga qadam tashlaganday miyamda yaxshi-yomonni ajratib qaror berish martabasiga erishgandek ser-gaklangandim. Ana shu tong bilan kunduz orasidagi bir muddat vaqt o‘tmishimni eslashga sabab bo‘lib, o‘tgan kunlardan boshimga tushgan mashaqqat, umr uqubat savdosi ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘lgan. Dodu faryod bilan yig‘lab o‘rnimdan shoshib turgandim. Bomdoddan so‘ng o‘nga yaqin oqsoqol  otaxonlar to‘planishib, mehmonxonada ti-lovat qilishib, duoi fotiha tugagach, nonushta qilindi. Ellik yosh-lardagi bir amaki tojikchalab: "biyo", ya’ni "kel" ma’nosida bar-moq ishorasi bilan yoniga chaqirib, "o‘g‘lim" deb mehribonlik ko‘r-satdi. Hurmatli otang dasturxonida yillar davomida tuz-namak bo‘lgan oila-do‘stlarimiz. Qarindoshi oz bo‘lsa-da mahalla ko‘y, bu-tun qishloq ahli ul zotga juda yaqin edi. Bosqinchi zolimlar qo‘-lida nima va qanday kun kechirayotganini Xudo biladi, xabar olishga qurbimiz yetmay, xijolatmiz! Vatan ozodligi uchun tog‘u tosh, och-to‘q demay jon fido qilganlarga moddiy-ma’naviy ko‘mak-lashib, bor-budini ayamay xizmat qilganlardan edilar. Sen biz-larga ul zotdan tabarruk nishonasan. Lekin bu muqaddas yurtda xa-tardasan. Zudlik bilan himoya qilish zarurati bor. Shu mas’uliyat sabab sani Boltaboyga-yu, uni Xudoga omonat qilib, uzoq pana joylarga jo‘natish kerak. Chunki bu kishining o‘zi ham otalaring kabi xavf ostidadir. Sababini senga uqtirish qiyin. Bu kishiga amaki sifatida hurmat ko‘rsatib, mute bo‘lsang, Xudo xohlasa, anjoming baxayr bo‘ladi deya atrofga ko‘z yugurtirdi. 
O’tirganlarning ko‘zlari yoshga to‘lib, piqillab yig‘lashardi. Qo‘limdan ushlab Boltaboyga topshirgach, Xudo yoring bo‘lsin deya yig‘lamsirab, yuzini yashirgan edi. Boltaboy mahkam quchib, o‘g‘lim-dan ziyod ko‘rib asragayman, Xudo xohlasa, deb o‘tirganlarga mardlarcha so‘z berib qo‘l qovushtirgan va  duoga qo‘l tortgan edi. O’tirganlar oq yo‘l tilab, duo va omindan so‘ng siljishgandi. 


II bob


Bo‘lib o‘tgan suhbatlarga qaraganda o‘tgan asrning 30-yillari bo‘lsa kerak Boltaboyning qon-qarindoshi xavf ostida afg‘onga ko‘chmoqchi bo‘lishib yo‘lga tushganda qo‘lga tushib, barchasi halok bo‘lishgan. Boltaboy dushmanlardan o‘ch olish uchun ko‘ngilliklar safiga qo‘shilib sezilarli xizmatlar bajargan bo‘lsa-da, keyincha-lik sir fosh bo‘lib, xatar ostida qolgan. Ko‘z ostidan uzoqroq joy-ga ko‘chish kerak bo‘lgan. Yo‘lga chiqish uchun safarga duotalab bo‘l-ganmiz. O’sha paytlar oq yo‘llar tilashib, duoga qo‘l ko‘targanlar-ning yuzidagi sarosima, hadik hamon ko‘z o‘ngimda. O’sha ahvol bola-ligimda ham umr egovi bo‘lib titratgandi. Ertasiga yo‘lga tushgan-dik. Hovlimizni yana bir bor ko‘rish orzusida yana bir bor talpin-gandim, ammo ayg‘oqchi agentlar sezishsa, niyatimga yo‘l bermay ko‘z yoshim daryo bo‘lib, anchagacha ketga qarab, yo‘l yo‘lakay yig‘laganman. U vaqtlar kindik qonim to‘kilgan makon muqaddas vatan ma’no-sini jovdirab, taxmin qilolmasam-da bolalik chog‘idagi yalangoyoq tuproq taftini his qilgandek, hamon entikish bilan eslayman. O’sha damlarni qo‘msab afsuslanish, umr bo‘yi miyamni qotirdi. Taqdir taqozosimi yoki xalqimizning soddaligidanmi, jannat yur-timiz bosqinchilar, kelgindilar oyog‘i ostida uvol bo‘lganligini endi-endi bilib, jigarim eziladi. Ota-onadan ajrab, vatandan judo bo‘lishlik qanchalik og‘ir kulfat desangiz, vatan hasratiga javob berishim mumkin. Hijrat ma’nosini yetarli darajada hazm qilolmay ko‘chganlarning umr bo‘yi azob-uqubatda yurgan ekanlik-larini vatandan ayri yurganlar biladi xolos. 
Ota-ona o‘limi albatta og‘ir… Lekin u azaliy meros. Ota-ona-siz yashamoq mumkin, ammo vatansiz, aslo. Ota-onasi o‘lmagan kim bor? Sarson tog‘a shu jumlalarni aytar ekan, holsizlanib yuragi ming bo‘lakka parchalangandek oh tortib, uzoqlarga tikilib, bola-lik chog‘i-yu zilol suvlarni eslardi deya o‘ylayman. Barmoqlari bilan o‘tirgan joyini silab, go‘yoki vatan tuprog‘ini eslagandek be-hud edi. Yana bir zumdayoq o‘ziga kelib muloyim ovozda peshonaga yozilganidan qochib, qutulish ojiz bandasining ishi emas ekan derdi Sarson tog‘a. Vatan chegarasi haybatli keng daryoga yetib bor-guncha, boshga tushgan aziyat toshlaridan holi emasligini ishora qi-lardi. Chunki vatanning eng uzoq hududlarida ham barchamiz uchun ona tuproq, ona vatan ekan bilsam dedi ko‘zlari porlab Sarson tog‘a. Daryodan o‘tarkanmiz, “boshlandi vatansizlik dardi, Xudodan boshqa dodimizni eshitadigan madadkorimiz yo‘q”, degan fig‘onni ko‘zidan anglamaslik mumkin emasdi. Ichi havo bilan shishirilgan qo‘y, ho‘kiz terisidan iborat mesh qayiq tezoqar daryo g‘azabini o‘zi qanday azob ekanini boshiga tushmaganlarga uqtirish juda ham qiyin, chunki tomdan tushgan dardini tomdan yiqilgan biladi degan maqol bor. Katta boylik evaziga chegaradan o‘tkazib qo‘ygan birodar turkmanlarning o‘ta haqoratomuz harakatlari vijdonan qiynaydi. Ana shunda ham vatansizlik, musofirlik ma’nosini miyyamda chaqib ko‘rganman. Bechora sarson xalq ahvolini ko‘rib, hanuz seskanib ketaman. Hamyonimizdagi oxirgi chaqani olish uchun ko‘rsatilgan nayrang, hunar va xiylalar qochoqlar ma’nosidagi imolari vatandan majbur ketayotganlar uchun qiyomat kuni edi. Xususan, qochoq, qo‘rqoq kabi so‘zlarni tinglashdan boshqa chora ham yo‘q edi, chunki og‘ir so‘zlarga qarshilik qilib, qayiq harakatiga halaqit berish, daryoning qoq o‘rtasidan lapanglab qalqib turgan kezda, qazo ehtimoli aniq ko‘ringan haqiqat... 
Bu achinarli sahnani qayta yashayotgandek, hayajonlanib uqti-rardi Sarson tog‘a. 9-10 yoshlarda bo‘lsam kerak, bir inson itning bolasini asraganini ko‘rib, dodlab yig‘lab yuborganman. Bir hay-vonning shafqati oldida qayiqchilarning rahmsizligini ko‘rib, insonligimdan juda cho‘chib, it bolasiday qadrlanmay xo‘rlangan-dan ko‘ra dushman bilan yoqalashib, o‘lmak afzalroq emasmi deya afsuslanaman. Kelajak nasllarga bunday savdoni Xudo nasib et-masin deya, xo‘ngrab yig‘lardi Sarson tog‘a.
Chegaradagi dushman askarlariga xabar berib, daryonnig eng chu-qur joyida muxojirlarni qip-yalang‘och qilib, olingan daromadni dushmanlar bilan bo‘lishganlar o‘z birodarlarimiz edi-ku bu noba-korlar?! Bu birodarlarimiz dushmanlar qatoriga nega o‘tishgandi? Bu badbaxtlar. Kulma qo‘shningga, kelar boshingga, degan so‘z ma’-nosini boshlariga shunga o‘xshagan savdo tushganda payqashadi, le-kin hayit o‘tgandan xino kerak bo‘lmay qolganda, afsuslanishning foydasizligidan bexabar edilar. Xudoning mehribonligiyu, yaxshi hamrohlarim yordamida Afg‘onistonning Xonobod shahriga yetib borgandik, lekin xanuz balolarga yo‘liqib, baribir yo‘l olish ke-rak edi. Himoyasizligi sababli hamrohlarim tum-taraqay har biri bir panaga kirib, jon saqlash majburiyatida qolishgan. Boltaboy qandaydir tuhmat bilan ushlanib, bola-chaqasi kishanlanib, qaer-gadir jo‘natilarkan bolasi xayol qilishib, ushlashmoqchi edi, lekin guvohlar ko‘rsatib, ahdga vafo vazifasini ado qilib, o‘zi taqdirga tan berib, mendan rozilik tilab ketgandi. Muxojirlarning ko‘pchiligi cholu kampir, sodda musulmon kishilar, men kabi uch bola bor, xolos. Xonobod shahrida dovdirab qolgandim. Asr va shom orasi, havo iliq. Ust-boshimdan teri va kir hidi ufurardi. Yurtimda pokizagina kiyinib yurganim, onajonimning ter hidi-dan hazar qilishini eslardim. O’ksib ichimga tuz sepgandek bo‘lar-di. Hamrohlarimning boshiga nimalar keldi, qanday bir-birimiz-dan ayrildik - bu muammoni hozirgacha yecholganim yo‘q. Iflos ko‘chalarda itlar qatori daydib, ne qilarimni bilolmay yursam, «O’g‘lim, yo‘lingni yo‘qotdingmi?» degan o‘zbekchaga yaqin ovoz uyg‘ot-ganda cho‘chib ketgandim. Yelkamga zilday og‘ir  bir qo‘l yopishgandi. Negadir ichimda bir yengillik his etib, entikib yig‘lab yuborgan-dim. Qarasam, oq kiyimli, boshida do‘ppi bir kishi ko‘zimga ilash-di. Onam Xizr, farishta so‘zlarini ko‘proq ishlatardilar. Miyamga singdirish uchun to‘g‘ri, qalbi poklarni qo‘riqlagan sifatni ta’-riflab, tushuntirardilar. O’sha so‘zlar miyamni yoritgandek, Xizrga uchradim shekilli deya o‘ylab ichimdan quvongandim. Lekin ular ust-boshi kirlarga uchramaydi deb ikkilandim. Endi bilsam har ma’noda, xususan, ma’naviy ma’noda ekan. So‘zini qaytarib, yonimga kelib, bor bo‘yimga osmonga qaraganday «Ha, amakijon o‘zimni yo‘qotdim» deganimni bilaman yig‘lamsirab. Undan keyin nima bo‘ldi bilolmayman.  
Ko‘z ochganimda kir ko‘rpacha ustida yotganimni payqadim. Bo-shimda muzday narsani peshonamga bosgan haligi farishtanamo odamni ko‘rib esladim. Begona odam yupatdi: qo‘rqma, o‘g‘lim, nomim Abdurazzoq Oxund. Uch kun oldin ko‘chada majolsiz, bexush Yurga-ningni ko‘rib, olib kelgandim. Xudoga shukr, yaxshisan, deganda du-doqlarim bir-biriga qovushmay duduqlandim. Xayolim alg‘ov-dol-g‘ov, boshim oshqovoqday, bazo‘r-bazo‘r ko‘z ochganligimni eslayman. Keyin nimalardir aljiraganimni his etgandek bo‘ldim. Qancha vaqt o‘tdi, Xudo biladi. O’zimga kelganimda ichimni it tirnagan-dek ochligimni his qildim, ishtaha karnay bo‘lgandi. Ichimda chaq-moq chaqib, o‘qchib yuborgandim. Burchakda Oxund amaki eski-tuski kovushlarning u yoq bu yog‘ini tekshirar, poygakdagi  sermo‘ylov kishi bilan g‘ujullashgani qulog‘imga chalinardi. Keyin ko‘z uchi bilan nazar tashlab, sekin o‘rnidan turib yonimga kelib, pesho-namni silab, o‘zicha «xayriyat» ma’nosida dudog‘ini o‘ynatib, tish oqini ko‘rsatdi va bir kosa suv bilan bir burda non olib kelib, ko‘z ishorasida «marhamat» ko‘rsatdi. Lapanglabroq, o‘rmalab egi-lib o‘tirdim. Keyin labim qora sopol kosadagi suvga tegdi va qot-gan nonni suvga botirib, suyak yalagan itday kovshagani boshlagandim. 
Oxund xursand, kulimsirab, iljayardi. Chunki bir burda non uvog‘i o‘rtada qolmagandi. Ikki kun deganda o‘zimga kelib, tetapoya qilib, Oxundning kelishini kutmay, u o‘ylamagan chaqqonlikda do‘-kon muyulishida torgina yo‘lakni suvlab, pok-pokizalab qo‘ygan-dim. Oxund  bir tomoni ochiq do‘konning taxta-paxtasini ko‘tarib, uzoqdan salomlashib, loyqa suv oqayotgan hazon to‘la ariqcha suvi bilan yo‘l changini tinchitgan bo‘ldi. Yo‘lning narigi qirg‘og‘idagi somsapaz pishirgan yemaklarning hidi dimog‘imga gupullab, ochlik tuyg‘usini oshirib, qamchilar, ichimdagi ajoyib, kuchli ishtaha be-zovta qilardi. Ishning qizig‘i ko‘cha tozalaganimizdan xursand so-tuvchi xo‘jayin «rahmat» degandek keng sallali  kallasini ot mi-soli o‘ynatib qo‘yaqolgan. Yolg‘ondan bo‘lsa-da, kuygan–puygan yoki qozon qirmochlaridan ham sovg‘a qilish niyatida emas edi. Xayolan tandirdan non uzayotgan onamni ko‘rayotgandek bo‘lgandim. Pish-guncha sabr qilolmay  erkalanganimni, ba’zan pishgan nonni kosa-dagi suvga tashlab yegan nonning mazasini tatigandek bo‘lgandim. Yurtida odam bolasiday qornim to‘yib, hatto qiltomoqlik qilib onajonimni qiynaganlarim esimga tushib, ko‘z yoshimni tiya olmas-dim. Bu falokat xo‘jayin «ko‘z haqqi» degan odatlardan xabari yo‘qqa o‘xshaydi. Dashnom berdim o‘z-o‘zimga: xonadonim ko‘zi to‘q, dasturxonim ochiq, mo‘l-ko‘l yashar, mehmon, xususan, gado kelib qol-gudek bo‘lsa, o‘zi yeb turgan yegulikni zudlik bilan baham ko‘rishar-di-ku, deb ajablanardim. Shu-shu yerlarga kelib, tomog‘i xirillab, xo‘rligi kelib, nafasini ichiga qamardi Sarson tog‘a. Oz kunda, qisqa zamonda ko‘z qarashim o‘zgarib, aqlli yigitlarday boshimga tushgan savdoni sabr bilan muhokama qiladigan bo‘lib qolgandim. Kelajak uchun o‘ylanar, lekin o‘tgan kunlar ko‘z o‘ngimdan xohlasam ham ketmas, bir qadam ham tashlay olmay sarsonu hayron edim. Oxund har kun bir kosa suv bilan qotib qolgan nonni ravo ko‘rib, o‘zi ichib, somsa yeb ko‘zim oldida baland ovozda Xudoga shukur qi-lib, siyrak soqoli-yu mo‘ylovini silab o‘ltirardi. Jahldan emas, odamiylik tuyg‘usi qayonlarga olib ketsa-da, aslida xursand edim. Chunki och qolsam ham supur-sidir qilib, yotar joy bergani uchun xushnud bo‘lishim kerak. Har tomonidan g‘irillab yel kirib chiqqan vayrona do‘konchadagi kir ko‘rpacha ustida yotib turishimning o‘zi Xudo bergan ne’mat edi, aslida. 
Kechalari nola zori bilan yaratganga sig‘inar, sabr qilishni o‘r-ganib, ko‘nikib qolgandim. Chunki Xudodan boshqa bir panohim yo‘q. Ko‘chalarda sarson qolsaydim ko‘cha daydisi, ba’zan  axloqsiz-lar qo‘lida holim nechuk kechardi. Rasvo bo‘lishim hech gap emas edi-ku. Akaxon Sarson tog‘a labini tishlab: «voy-vuy, Xudoyim» deb charchagan ko‘zlarini  bir nuqtaga tikib, hikoyasida davom etardi. 
Katta bir aziyatdan qutulib qolgandek, osmonga qarab ko‘z yoshi bilan Xudoga shukr qilardi. Kir bo‘lib qolgan ust-boshimni, as-lida bir fanor bonkasida qayta qaynatib-qaynatib yuvsam-da, badandagi qo‘lansa hidning zarrasini yo‘qotolmay boshim qot-gandi. Mavsum yoz, ariqchalarda cho‘milib kun kechirgan bolachalarni ko‘rib, men ham  kattaroq bir ariqchada cho‘milish orzusida bir par-cha qora sovun Oxunddan tilanib, mahalla tomon yalangoyoq yurgan-dim. Chunki munji ajdaho og‘zi misoli ochilib ketgan kovushimni Oxund amaki mixlab bergan bo‘lsa-da, mixlar qayta tiklanib, ko-vush yorilgani boshlagandi. Yalangoyoq yurish afzalroq aslida. Tuproqqa botishni yaxshi ko‘rardik. Chunki bolalik Vatanni esla-tardi. Tinchoqar ariq ikki quloch chuqur bo‘lsa kerak degan tax-minda ariqning andak-mundek yerlarida do‘ppaygan harsang tosh irg‘ab chiqqandi. Bolalar shu qoyalarga chiqishib, suvga otishardi, o‘yin qilishardi. Negadir har tomon chivin, pashsha  qoni, ko‘zni bezovta qilar, bolalarning a’zoyi badani yara-chaqa, ko‘zlari shil-piq, ko‘plari bezgak baloyi azimga duchor. Mish-mishga qaraganda, Xonobod isitma kasali bilan shuhrat qozongan. Bu yerda tandir yerga o‘rnatiladi. Nonlar orasidan, albatta, bir-ikki pashsha  chiqa-di. Lekin muxojir va yerlik xalqning tandirlari devorda, ozoda-roq. Qovuni mashhur, chunki urug‘i Farg‘ona tomondan kelgan. Ammo hali pichoq tegmay kishini isitma tutib, qaltiroq tutardi. Yeb qo‘ysangiz-ku baloga qolardingiz. Xalqda mikrobga chidamli, bego-naning o‘limi ko‘proq bezgakdan deguvchilar bor. Xalqning rangi za’faron. Xullas, Vatandagi zilol suvlar bilan sug‘orilgan g‘u-borsiz qovunlarni-yu, qizarib pishgan singak nonlarni eslab, har qanday odam chiday olmay, “... yeb keldimmi” deya ichim o‘rtanardi. 
Sarson tog‘aning ko‘zlaridan afsuslanish va nadomat hissi yaqqol ko‘rinar, oz nafas olib, xirillab qolgan ovozini rostlab: «ilvirab qolgan ko‘ylagimni endi chiqarib turgan edimki, bir to‘da bolalar dodlashib orqasidan bodom gulli, qizil ro‘molga o‘ralgan bir ayolning «bolajonim» deya ariq tomon yugurganini ko‘-rib qoldim. Ellik qadamcha narida to‘plangan bolalar g‘ovur-shovur, shovqin bilan ariq bo‘yini qiyomatga aylantirishgan edi. Hayron bo‘lib men ham yugurdim, 5 yoshlardagi bolani suvga botib chiqqanini ko‘rib, hanuz voqeaga voqif bo‘lmay, suvga tashlanib, yarimjon bolani odam bo‘yi chuqurlikdagi suvdan qirg‘oqqa olib chiqqandim. Shu asnoda to‘palon orasidan 45 yoshlarda qoraqosh bir kishi bolaning oyog‘idan ko‘tarib og‘zini pastga qaratgach, og‘zidan sharaqlab suv oqib,  bolani quchoqlab olib ketgandi. Yana har kuni qotib qolgan non yeb, xizmat qilib, shu majburiyat peshonamga ot qashqasiday yozilmagan bo‘lsa kerak deb o‘ylardim, ammo hamyonda xemiri yo‘q, bor-yo‘g‘imni yo‘lda talatib, ikki barmog‘im burunda qolgandi. O’shanda yotar joyim yumshoq bo‘lmasa-da, aniq-ku deb Xudog‘a shukr qilardim va O’ziga sig‘inardim. 
Asli Oxund amakining og‘zi chatoqroq. Xonadonimizdagilar hech bunaqa nomaqbul so‘zlarni ishlatishmasdi. Odamzodning asli Hazrati Odamga borib taqalardi-ku. Holbuki Turkiston zamini-dagilar bir qo‘lning 5 barmog‘i birodar-ku. Aslida o‘zi ham tojik emas, uyida o‘zbekcha so‘zlashardi. Mabodo, bir uyg‘ur hamjinsim-ning haqiga tajovuz qilsam, holim nima kechardi. Men haqorat qilgan kungacha nimaligini bilmasdim. Chunki biz yashagan atrofda har narsa va sheva rivojda edi. Bir-birovimizga yov qaramay hur-mat qilib faxrlanardik. Vatandaligimizda ba’zan arslonsifat begona it ko‘chadan o‘tsa, dumi qisiq bo‘lardi. Itbachchalar o‘z kuchiga qaramay yot itni g‘ajimoqchi bo‘lib narigi chegaralargacha quvib qay-tishardi. Buni ko‘rib hayron bo‘lardim. Unday desam Oxundning o‘zi kelgindi, begona edi-ku. O’shanda o‘zini xo‘rlanganligini ko‘rib o‘ksirdi. “Kim biladi shu niyat bilan qaergacha borarkanmiz” degan xayol cho‘chitardi. Shu nomaqbul odatdan afsuslanadi, odam. Bizlarga to‘g‘ri yo‘lni topish nasib bo‘larmikan deya xunob bo‘lardi Sarson tog‘a. Bo‘lmasa-ku, birodarlarimizning bizlarga qilgan zulmi, och qolishdan ham og‘ir kelardi. 
Ko‘z ochib ko‘rgan tug‘ilgan qishlog‘imniyu daraxt novdalaridagi g‘azalxon qushlarni ko‘raman. Nimaga shikoyat qilasan, jannatmak-qon Vatanni tashlab qanday darbadarlikni qabul qilding, degan g‘oyibdan eshitilgan ovoz uyg‘otgandek bo‘lardi. O’sha yoshda o‘zimni 30 yoshlarda his etardim. Peshonamdagi ajinlar g‘amdan qavatma-qavat ortib borardi. Ba’zi jonu jigarlarning diydiyolariga mu-ruvvat-hurmat va iltifotga bo‘lgan tubanliklarni ko‘rib yana zid axloqiy harakatlarga hayron bo‘lardim. Bu muxojirlarda ham ularda ham ko‘rinish boshqa-yu, amal boshqacha edi. Munofiqat, g‘am, shafqat ma’nolarini payqaganday bo‘lar, kamchiligimday bo‘lsa-da bu tuyg‘ularimga ega va hurmat qilgani boshlagandim. 
Movoraunnahrdan ko‘chganlarning eng berahimi ham ba’zi pash-tunlardan vijdonliroq deya o‘zimni yupatardim. Chunki ularning kirdikori-yu ba’zi adabsizliklari men uchun ibrat oynasi bo‘lib qolgandi. Agar Vatan bo‘lsa, har qanday yaxshi-yomon qilmishlar xalq orasida hazm bo‘lib, bosti-bosti bo‘larkan. Nomiga bo‘lsa-da afg‘on odob-axloq, urflari bor. Qancha g‘ururlanib bizlarga ta’na qilsa arzib, yarashardi. Sochim o‘sib ketgan, orasidagi bit, sirka-lanib ko‘paygan. Qanday qilib yo‘qotishni bilolmay, o‘sgan tirnoq-larim bilan doim «g‘art-g‘urtlatib» qashimoqdan boshqa choram yo‘q. Oxund amaki hazar ham qilmay, so‘ramaydiyam. Bir kun munkillab qolgan afg‘on otaning rahmi keldi, shekilli, bir kiron  pulni  us-taga ko‘rsatmay berdi. «Gadoy emasman» demoqchi bo‘ldim va chaqa pulni qaytardim. Lekin Oxund amaki ko‘rib qolib: sadaqa emas, sovg‘a-baxshish, ol deya qovoq soldi. Majburan tashakkur ma’nosida bosh irg‘ab, qabul qilgandim. Keyinroq Oxund bu odam Farg‘ona xalqining mardligini ko‘zi bilan ko‘rgan bir afg‘on degandi-da chiqib ketgandi. Nomiga yashar joyimizning zang bosgan qulfini ildimu sartaroshga yugurdim. Hali do‘konga oyoq bosmasdan muxo-jir ekanligimni payqab, barmog‘ini bigiz qilib: qaerdan, nimaga kelding demoqchi bo‘lib kalla likillatgandi. Shoshib, qo‘limdagi chaqa pulni-yu sochimni ko‘rsatdim. Sartarosh usta iljaygancha: o‘l-tir deya qo‘lidagi qaychi bilan yerni ko‘rsatdi. Yerga cho‘kib: qal-tirab, ey Xudo, qachon qutilarkanman degan xayol bilan mizg‘ib qo-libman. Tushimda hovlimizni ko‘rib endi tandir yoniga borga-nimda, yelkamga gursillab og‘ir bir musht tushgandi. Seskanib, ko‘-zimni ochsam, sartarosh usta do‘q qilib, yerga cho‘kishimni buyurdi. Yo‘qolib qoldi degan qo‘rquv bilan o‘shandayoq chaqa pulni ustaga bergandim. Hanuz o‘tirganimcha yo‘q, boshimga tushgan gurziday musht ko‘zimda chaqmoq chaqnatib gangiratib yuborgandi. Qornim hushtak chalib yuborgandi. «Yo‘qol, tojik bachcha, biting bilan do‘konimni rasvo qilasan» deya pisanda qildi. «Pul berdim-ku, amakijon», dedim duduqlanib, yig‘lamsirab. O’tirganlarning ham-masida bit bor-ku dedim. Boshimga urib qolmasin deya, ikki qo‘lim bilan boshimni qo‘riqladim. «Rahm qiling», dedim jonim xalqu-mimga kelib.  Bular vatan egasi, biti ham o‘zi bilan. Aslida o‘zi ham alamdan kinoya qilmoqchi. Ammo oramizdagi farqning, bitga nima aloqasi bor, haligacha yecholganimiz yo‘q. Keyin yumshoqroq qi-lib dedi: «bor, yuvinib-puvinib kel». O’shanda ruhan tubanlashib, bit azobini unutgandim. Ular Vatan egasi ekan. Bu so‘z jigarimni laxtalab, parchalab, ustiga qalampir sepgandek yoqardi. Boshim lo‘-qillab, shu so‘z ta’sirida goh keksa chollardek jonim xalqumimga kelgandek tuyulardi. Bu qanday bedodlik. Pulimni olib, ravo ko‘-rilgan muomalaning egasi farg‘onalik bo‘lsa-yu, yarashmagan gapni o‘ylamay xafa qilsa kishini. Mening bitim bilan bir afg‘on biti orasida nima farq bor edi, dedim tajanglashib o‘z-o‘zimga. Bir pasda do‘konni o‘ntagina bitim rasvo qilarkan-a, dedim. Eh, bular-ni qara-ya, derkan bir otaxonning so‘zini eslagandim. «Baliq SA-sisa tuz, ammo tuz sasigan bo‘lsa-chi?» degandi. Ammo boshimga tushgan bu savdo o‘sha tuzning tarjimasimikan, deya istehzo bilan ko‘zini qisgandi Sarson tog‘a. Bu savdoyu ado go‘yo o‘sha kunlarni qayta yashayotgandek jonsiz sariq sochlarim bitlanib, terlagandi. Soddagina so‘zlar bilan u kishini yupatmoqchi bo‘lardim. Lekin bu zotning tomog‘ida nimadir tiqilib, yutingandi qiynalib. O’shanda andishasi bor yoshgina ayol shafqat va rahmat, hurmat bilan birgina sovuq choy ichirdi va nafas rostlab, qayta so‘zlay boshladi. Sar-taroshning kayfiyati chatoqroq. Qilib qo‘ygan harakatidan pushay-monga o‘xshab, miyasi aynigandek, ko‘ziga yosh olgandi. Men ko‘z yoshimni artib, kuchli jahl bilan itqarash qilib, tish g‘ijirlatib, ko‘cha tomon talpingandim. 
Yurtim, tug‘ilgan joyimdan ajraganimdan beri minglab Dash-nomga dosh bergandim. Insonlar nega bunchalar zolim? Yosh bo‘lsam-da axir men ham inson edim-ku. Qozoq kimu qirg‘iz kim, tojik kim, o‘zbeku turkman kim o‘zi… Tarixan chatishib, payg‘ambari, Ki-tobu urf-odati, an’anasi bir-ku. Qo‘shig‘i-yu allasi bir bo‘lgan odamning bolasi emasmi? Bungacha davom etib kelgan bu noma’-qulchilik bir kasallik emasmi? Vatan jamoasidagi bu xalq bir tanu bir jon bo‘lishgan-ku axir. Endi biz ham aqllarni charxlab ko‘rsak, bu balolarning hammasi tariximizni bilmasligimiz edi. Vatansizlik telbalikka yo‘l topar, telbalik esa ahmoqlikni topar ekan. To‘g‘risi, taqdirdan kaltak yegan Sarson tog‘aning haqqoniy so‘zlariga yig‘lashni ham, kulishni ham bilolmay qolardim. Savod-siz bir turkistonlikning aqli raso, huquq o‘qigan bir qoziga teng dunyo ko‘rishiga hayratlanardim. Nima uchun Vatanimiz xalqi pandavaqi dushmanlarga rom bo‘lgan ekan, deb miyam g‘ovlangandi. Dushmanlar birlik va butunlikka ahamiyat berar ekan. Biz besh birodarlarning mojarolashib, bir-birovimizga balchiq otishimiz ajdodlar ruhini bezovta qilmasmikan deya achinardim. 
Sarson tog‘a yana bulbulday sayrab, so‘zni boshladilar: “Qaytga-nimda negadir Oxund do‘kon pinjida kutib turgan ekan. «Ochmi-san, to‘qmisan», - deb so‘rab, ko‘z yoshimni artish o‘rniga, bir tarsaki tushirib: «Qaerda yuribsan, tojikbachcha», deya baqirgancha qiyshiq darparchani ochib ketarkan, unutgan bir xaltachani olib uzoqlash-gandi. Endi o‘ylayman: «XIX asrda axloq tubanlashgani uchun shaf-qatu odamiylikdan uzoqlashgan ekanmiz. Qur’oni karimga amal qilyapmiz degan bizlar, amaldan uzoq, Vatan va hurlik ma’nosini butunlay yo‘qotib, tariximizdan voz kechgan ekanmiz. Shu jaholat oramizda nifoq urug‘ini undirib, shu ahvollarga tushib qolgan ekanmiz», deya  jon kuydirardi Sarson tog‘a yoqamga yopishmoqchi bo‘lgandek. Bir qashqarlik bilan oramizda nima farq bor. Nechun qalblarimizda shayton hunari cho‘lg‘ab olgan, axir? Iymonimizni manqurtlashtirib, bir-birovimizga qayrab, yov qilib qo‘ygan ekan dushmanlar. Hayotda xo‘rlangandan keyin payqab qoldik bu savdo-larni. Lekin afsuslanishning foydasi yo‘q edi. Shu ahmoqona haqoratlar, ozor berishlar meni ham «tojikroq» qilib qo‘ygandi, desam xafa bo‘lmang, adashganligimga hukm berib, qo‘ya qolmang. Xiyonatkor bo‘lib qolish oson emas edi. So‘z egalarining foydasiz qilmishlarini qiliqlarini fosh qilmoqchiman. Unutmang, lekin lainlarning qilmishlarini kelajak naslga uqtirib qo‘yish sizu bizlarga insoniy, milliy vazifa. Sadoqatingizga ishonganim uchun bu dardu alam, jumboqni yelkangizga yuklab o‘zimdan soqit qilib yengillamoqchiman, dedi yig‘lamsirab Sarson tog‘a. Hikoya qiziqarli tomon ko‘chmoqchi degan yengillik bilan ertangi kunga so‘z berib ko‘nglini olib ayrilgandi.


III bob

Shukr qilib, nafas rostlab, taranglashgan vujudini rohat-latib, jirkanch bir voqeani eslab, hazar qilgandek ko‘rinardi. Aslida emin-erkinroq so‘z boshlagandi Sarson tog‘a. Hanuz raso-lashmagan aqlim bilan o‘ylardim: “Ko‘chadan xilma-xil kiyimda yuzlarcha xotin, katta-kichik insonlar, hatto juldurvoqi tilamchi-lar ham pulga somsa sotib olib tamaddi qilishga qodir. Bu holat-larni ko‘rib havaslanardim. Miyamdagi asorat ma’nosi tarqarmi-kan. Tug‘ilgan yurtimda boyvachchalardek yashagan damlarni eslab, qup-quruq dudog‘imni yalab, och yurgandan ko‘ra tilanchilikka borgim kelardi. Lekin boshqasiga yuk bo‘lmaslik shiori va mehnat bilan halol topib qorin to‘yg‘azishning fazilatiga nima yetsin degan aqidaga ega edim. An’anamga bog‘liqligim og‘ir botar, or tomirim mungsiz ingrardi. Muxojir biror birodar ko‘rib qolsa, oriyat ma’nosida millat tanini bo‘lgan bo‘laman degan andisha ichimni kemirib, xunob qilardi. Bugundan boshlab afg‘on xalqining kasbi kafangadolik ekan, degan axloqiy haqiqatlar miyamni qamrab olgandi. Tavakkal qilib, bir burda qotgan nonu bir piyola suvga qachongacha sabr qilib yashash mumkin. Vahimasi cho‘chitib yuborardi. O’shanda xayol yana Vatanga ko‘chib, bo‘ynida qora kachkul, qo‘lida aso hech ikkilanmay xalqqa nasihat bergan, chidamli darvesh–qalandar-larni eslab, taskin topardim. Sakkiz yoshlarimda ushbu so‘zlarni ertangi umid bilan rozima-rozi eshitganmiz. Zora, bir kunmas bir kun omad yurishib, yopiq darvozalar ochilib qolar degan umidu ishonch kuch berib, tirik tutardi. Maktab ko‘rmagan bo‘lsam-da, bu-tun borlig‘im bilan Xudoga ishonar, oilaviy tarbiyam doimo xudo-jo‘ylik va yaxshilikka yetaklardi. Ana shu niyat va orzularim bir kun ro‘yobga chiqadi degan bir tuyg‘u ichimni yoritardi. Umidsiz shayton derdim. Xudo mehribon, sabrning so‘ngi salomat degan so‘z bejiz aytilmagan ekan. Ma’lum makonda ertani kutarkan, shunday ham bo‘ldi. 
Negadir butun vujudimda boshqacha rohatni sezgandim. Hatto, boshim va vujudimda og‘riq, charchoqni faxmlamay uxlab qolibman. Tushimda tug‘ilib o‘sgan hovlimiz va bog‘imiz chegarasidagi ariqda zilol suvni ko‘rgandim. Ariq labidagi yovvoyi jambil, rayhon va yalpiz hidi, go‘yo yotgan joyimni mushki anbar bilan qoplagandi. Qo‘shaloq qushlar sayrashi, uzoqlardan qo‘zichoqlarning ma’rashi eshitilardi. Shu payt bostirib oqib kelayotgan qizilga bo‘yalgan suvni ko‘rib, qirg‘oqqa chetlanmoqchi bo‘ldim. Lekin kuchim yetmadi. Boshimni bir to‘nkaga urib, dovdirab qolganimda, oppoq soqolli nuroniy kishi dast ko‘tarib, qirg‘oqqa chiqarib, bir daraxt nov-dasiga o‘tqazib qo‘ygandi. Jon holatda o‘z ovozimdan uyg‘onib ket-gandim. Kir bo‘lgan ko‘ylagimning yengi boshqaroq tuyulardi go‘yo. Xudoga shukur, jiyan, axir xayolim o‘zimdamas. Yuragim gupullardi. Uzoqdagi masjiddan bomdod azoni eshitilar, xo‘rozlar qichqirar-di. Sinchiklab quloq solsam, ohang har galgidan boshqacharoq. Yoqimli ohang vujudimni eritgandek ta’sirli. Rostini aytsam, shu bugungacha biror kishini ranjitmay, otam-onam kichikligim-dayoq majbur bo‘lib, uzoqlarga ketib qolishgandi. Oxund moddiy jihatdan yordam qilmagan bo‘lsa-da, diniy vazifamga xalaqit qil-may kelardi. Og‘zidan sarimsoq hidi kelib turardi, aqli sustroq edi. Obdasta olganini hecham ko‘rmagandim. O’rnimdan sapchib tur-gandimu bilganimcha niyat qilib bet-qo‘limni yuvib, poklanib, ichimdan «Xudo» deya oddiy so‘zlar bilan Yaratganga sig‘inib, «bismilloh» deb masjidga qarab qadam tashlagandim. Yetib borganimda muazzin endi qomat uchun o‘rnidan turib farzni adosi niyatida imomni kutmoqda edi. Kichikligimda bomdod namozi sunnatini farzdan oldin o‘qib bo‘lmaslik kerak degan so‘zni mehmonxonadagilardan eshitgandim.     
Birov bilan sunnatni ado qilib, farz o‘qimoqlik nasib bo‘l-gandi. Sajdaga borganda ko‘zimdan duvillab yosh oqa boshladi. Salomdan so‘ng imom duolariga chin ko‘ngildan o‘z tilagimni ham ona tilida qo‘shimcha qilib, yig‘lab olishga qo‘l ko‘targandim. Vazi-fani ado qilgach, masjiddan tarqalmoqchi bo‘lganlar atrofimni o‘rab olishganda qo‘rqqandim. Aftidan, jamoa uncha gavjum emas edi. Biroz Badaxshon ahli, muxojirlar va to‘rt gaz surpdan ishton tiktirib kiydirib olganlar soni juda oz. Ust- boshga ahamiyat bergan ba’zilari qo‘lansa hidimdan, sochimdan hazar qilishar, jirkanishar, ba’zilari afsuslanib rahmi kelganlar ham bor. Buni boqishlaridan sezgandim. Ichlaridan pahlavon bir kishi qaradi. U kishi oppoq sallasini tuzatib, biz tomon yurdi. O’zaro imo va ishorasi bilan so‘zlashib, yaqinimga kelishdiyu pokizagina kiyingan kishi: “yo Rabbim, bu o‘sha bola” deya menga qaraganda, ichim bo‘g‘zimga kelib, qo‘rquvdan mixlanib qolgandim. Chunki o‘sha kunlarda muxojirlarning juda ko‘pchiligi qo‘lga tushishi va uzoq-larga yuborilishi haqidagi mish-mishlar oqar edi. U kishi yonimga kelib, boshimni silab: “san kecha ariq bo‘yiga borganmiding?” deya so‘rab, o‘tkir ko‘zini nigohimga qadagandi. Qilgan ishim ma’lum bo‘lsa-da, ikkilanibroq g‘amimni ichimga yutgandim. Hayrat meni qamrab olgandi. Ammo u qo‘rqma, o‘g‘lim, men suvda cho‘kkan bolaning otasi bo‘laman, dedi. Ko‘zim yalt ochilib, “ha” ma’nosida bosh ir-g‘adim. Qo‘limdan mahkam ushlab, mahalla tomon qadam tashlarkan, “uyda tushuntiraman”, – dedi. Men shoshib: yotar joyim menga omonat, borishim kerak, deya talpinib duduqlandim. Orqaroqdan turgan do‘konga imo qildim. Chunki Oxundning qanaqa odamligi emas, ko‘chada sarson yurganga ishonib boshpana berishi uningoda-miyligining isboti edi. Bolaligingda omonatga xiyonatchilarning oxiratda ahvoli chatoq bo‘ladi, degan nasihatomuz so‘zlari qulo-g‘imga qo‘rg‘oshinday o‘rnashib qolgandi. Haligi odam do‘konga yetak-lagandi. Nima bo‘larkin deya, ham xavotirlanar, hardam xayol edim. Tasodifni qarangki, Oxund aka bizga qarab: Nima bo‘ldiykin, deb biram andisha bilan rangi za’faron, dovdirabroq: bola o‘g‘irlik qildi-yu uni ushlab olishdi, ushlanib qolguday bo‘lsam, meni ham uzoqlarga surgun qilishadi, – deya xavotirlanganday ko‘ringandi. Qo‘limdan mahkam ushlab, Umarali bir menga, bir unga nazar tashlab qo‘li ko‘ksida “Assalomu alaykum, usta” – deya ta’zim bajo qildi. Oxund amaki, Xudoga shukr qiling, degandek yuzi yorishib: “Vaalaykum assalom. Tinchlikmi, nima gap?” deya boshini tebratdi. Umarali bor gapni bir zumdayoq uqtirib qo‘yaqolgandi. Qarangki, Oxund o‘zi ham qachon ketarkan deb o‘ylanib turgan ekan shekilli, voqeadan xabardor bo‘lgach, sevinch izhor qilib, bu bolaga yaxshilik qilolmay hayron edim, rahmat sizga, dedi Umaralini quchoqlab. So‘ng menga ro‘yxush ko‘rsatib “Rozi bo‘l, bolam”, – dedi qandaydir bir ahvolda. “Siz rozi bo‘ling, amakijon, otalik qildingiz, turli balolardan qutulib qolishimga sabab bo‘ldingiz. Tuzingizni yala-dim, – deya qo‘lini o‘pib, - xato o‘tgan bo‘lsa uzr”, deya rozilik tilab, ajrashgan bo‘lganmiz. Hozirgi aql bilan o‘ylasam, Oxund amaki qo‘lidan kelmagan yaxshilikni Umaralidan kutganday edi. U bundan rozi bo‘ldi. Kishi peshonasiga yozilganidan boshqasini ko‘rmaydi. Chunki koinotni Yaratganning quli zolim emasligini, farosatim bilan payqab qolgandim. Haqiqat yo‘lini sabr bilan kutish bandasining qo‘lida ekan. Kishi boshiga tushgan yaxshi-yomon savdo o‘z qo‘lida. Ya’ni irodang juz’iyga bog‘liq bo‘lsa, bo‘larkan. 
Sinovlarni tushunmaslik nodonlikning o‘zginasi. Yaxshi niyat bilan oqko‘ngillilar boshiga ham og‘ir kulfatlar tushishi mumkin-ku. Masalan, agar otam Marg‘ilon tomondan kelgan vatanparvar mujohidlarga homiylik qilib, ularga boshpana bermaganida, balki bugun dushman qo‘lida nom-nishonsiz yo‘qolmagan bo‘li-shardi. Hali noraso bo‘lsam-da, Oxund amakiga hurmat ko‘rsatib, sabrli bo‘lishim, meni tanimaganlarga shu or va qarashlarim haqida ma’lumot bergan bo‘lardi, degan ishonchdaman.
Umarali xursand. Xullas, uning uyiga borganimdayoq mehri-bonligini sezdirib, Oxundga ko‘rsatgan oliy harakatimdan, “Seni tabriklayman” degandek so‘zlar bayon qilgandi. Hovliga qadam qo‘yishim bilan qo‘l yuvdirib, taom berishdi. Keyin ust- bosh qilib, ozoda tutib, o‘z bolalaridek bag‘riga bosishgandi. Yoshli-gimda onamizdek doim kitob o‘qib berib, odob haqida gapirib, o‘ziga hammani qaratgan bir nuroniy kishi bo‘lardi. Meni ikka-lasi mo‘‘jiza degan so‘zlar bilan ko‘p maqtab shafqat ko‘rsatardi. Mo‘‘jiza desa jizza esimga kelardi. So‘z ma’nosini to‘liq tushu-nolmasdim. Vaqt o‘tgan sayin bu hikmatli so‘zga aqlim yetib, o‘sha oqsoqol ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘lardi. Chunki otam qoraqosh, onam-ning sifati ham o‘shanga yaqin qora ko‘z, Xudo bergan yuzga ega edi. Sariq soch va ko‘zimga qarab mo‘‘jiza, mo‘‘jiza derdi. Mana, mo‘‘-jiza degan so‘zga mahliyo bo‘lib yoqa ushlab Xudoga shukr qilardim va mo‘‘jizaviy bir ahvolda oradan oz fursat o‘tdi, o‘tmadi, qornim to‘yib, betim qizarib, g‘am-anduhdan qutuilib, badanim rohatlanib qolgandi. Go‘yo, Umarali otayu rafiqasi ona o‘rnida miyamga singib, xonadan bir nimalik bo‘lgandek edim. Hatto ular o‘z bolasidek erkalatardilar, desam yolg‘on bo‘lmaydi. Anchagina  zamon shunday oqib, shamolday o‘tib, bir kun Umarali amaki chaqirib, niyatim haqida so‘rab qolgandi. Ulug‘ kishi yonida javob berishga ojiz bo‘l-ganim uchun javob topolmay, bo‘yin yutgandim. Harchand qistovga olib, e’tibor berib, javob kutsa-da, ich-ichimdan xursand, shafqat va mehribonligiga rahmat demoqchi bo‘lardim. Lekin g‘ururim yo‘l bermasdi. Oxund amakining o‘zi: “voy-voyov” dedi. Bu shaharda biz shaksiz musofirmiz, nasib bo‘lsa, yaqinda butun jahonga chiqmoq-chimiz. O’ylanib: qanday so‘ylasam, deya sukut saqladim. Xohlasan-giz, xudojo‘y bir do‘stim bor. Sizni omonat topshiramiz, lekin rozi bo‘lmasangiz, o‘zim bilan birga olib ketay. Ammo uzun yo‘l-larda boshingizga nimalar keladi, taxmin qilish qiyin, qiynalib qolguday bo‘lsangiz, uvol bo‘lmasmikan, deb qo‘rqaman, deya chuqur nafas olib qaradi. To‘satdan ichim shuvullab vasvasaga tushgandim. O’z-o‘zimga: ey Xudoyim, endi o‘zimga kelaman deganda, chiday olmay duvillab, ko‘z yoshim sel bo‘lib o‘ksib, yig‘lab yuborganimni hanuz-gacha unutolmayman. Menga qo‘shilib, amakimning ko‘zi jiqqa yoshga to‘lgandi. Boshimni bag‘riga bosib, tobora ortgan mehri bilan g‘amxo‘rlik ko‘rsatgandi. Yig‘lab, yuragimni qon qilmang, aslida men sizni o‘g‘lim o‘rnida ko‘raman, lekin o‘zingizni yot tutmang degandi. Hanuz uning so‘zi tugamasdanoq: men ham sizni amaki o‘r-nida hurmat qilaman, himoyangizga muhtojman, xizmatingizda bo‘-lay, jon amakijon, deya yolvordim. Iltimosim inobatga olindi shekilli, peshonamdan o‘pib: “Xudo nasib qilganini baham ko‘ra-miz, xotirjam bo‘ling”, deya bag‘riga ota muhabbati bilan bosgandi.
Bilolmayman, negadir Umarali amaki peshonasini chimirib, ayoliga taraddudlarni tezlashtirish uchun tinmay buyruq berar, im-koni boricha birovlarni xafa qilib qo‘ymaslik uchun g‘amginsaro, unsiz ko‘rinardi. Yoshingga qaramay vatandan chiqishgacha hamrohla-rimning qo‘rquv to‘la dovdirashlari meni unchalik cho‘chitmagani qoyil qoldirgan edi,  – dedi Sarson tog‘a. Va oh uka, oh derdi, ichi-dagi vatan sog‘inchini yashirolmay, go‘yo muxojir yurtdoshlarning jabru jafosini ifoda qilib, tarjimon bo‘lganday... Firoqu fi-g‘on ma’nosini faryod tariqasida hayqirib, ado qilmoqchi bo‘lardi. Keyin mayda-chuydalarni yig‘ishtirib, bomdod namozidan oldin huvillab qolgan hovli bilan vidolashib, jadallab, yo‘lga talpin-gandik. Uning qo‘lida choynak-piyola, yana bolasi yelkasida. Ayoli bir tugunchayu, menga oq bo‘z xaltada yegulik, nonu quruq meva-cheva topshirgandi. Qancha yurdik bilolmayman, charchagandim, ko‘prikka borganda bir ot va aravasi bilan bir kishi kutmoqda edi. Ama-kining bergan ma’lumotiga qaraganda, ko‘prikning nomi “Muxibo‘lloxon ko‘prigi” ekan. Ikki ot qo‘shilgan faytun ara-vasiga joylashgandik. Muxoliflar bilib qolmasin deya ish tut-gandi, deya o‘ylayman. Umarali amakining kelib chiqishi laqay qabilasiga borib taqalarkan. Ibrohim laqayning faoliyatlari sababli qora daftarga yozilib qolganligini o‘zi hikoya qilib bergandi. Asosiy sabablariga aqlim yetmasdi. Ammo xalq orasida e’tiborga tushib, adolatparvar bo‘lganlar. U  doim kuzatuv ostida turar, xavf ostida ekan. U tez orada ko‘chib,  jon  saqlash  niyatida ekan. Afg‘on xalqidan bo‘lib, eski pashtu balosiga duchor bo‘lgan ul zot meni hayratlantirardi. Biz-ku Vatanimizni dushman bosib olgandan so‘ng ko‘chgandik. Alifdan xabarim yo‘q, ammo ko‘p o‘tmay, fahmlay boshladim. Musofirlik, vatansizlik alami yuragimda chigil tugun bilan o‘ralashib qolgani uchun hamdard ekanmiz deb o‘ylab, Umarali amakiga achingan edim. Hamdard, sirdosh topish qancha qiyinligini keyinroq tushundim, xolos. Musofir, muxo-jirlarning, faqiru aftodahollarning fe’lu atvori ma’lum. Hatto bu qonu jondan bo‘lib turib, bir-birovini kamsitganlarni ko‘rganim uchun bu badbaxt bechoralar oracida ham bor ekan bu kasallik deya kulgandim. O’tirishda qornim to‘q, tetapoya qilib yurganlarim ko‘z o‘ngimdan ketmasdi. Shunday bo‘lsa-da, shu yoshda o‘zim kabilarning g‘amiga g‘amdosh bo‘lib tasalli berishga urinar-dim. Shu bois Umarali amakining dardi ham aziyat berardi. Shun-day xoru zorlik ichida tang ko‘nglim homiy topganiga shukur qi-lardim. Qo‘llarda tugun, qishloqma-qishloq, shaharma-shahar yo‘l olar ekanmiz, jonimiz xalqumimizga kelgandi. Arava to‘xtamay jadallab borarkan, tog‘lar orasida nega dam olishmaydi deb o‘ylar-dim. Ammo amakiga sezdirishga tortinar, ancha-muncha arava g‘ildi-ragi shikast yeganda bir amallab birgalashib ta’mirlab yo‘l olar, otlar ham shunda yemlanib, hordiq chiqarishardi. Horigan otlar-ning qora ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lganday, mo‘ltillab qarashardi. Rahmim kelib pishqirib turgan otlarning ahvolini ko‘rib jigar bag‘rimga o‘q sanchilganday bo‘lardi. Qancha vaqt o‘tdi o‘ylashga qur-bim ham yetmay, hayron bo‘lib yo‘l olar, baloqor shaharlardan o‘tib, Polixumri nomli qishloqning vayrona musofirxonasi hamda ayqonasiga kelib qo‘ndik. Aslida hayvonlar uchun bino qurilgan yalanglik, bir tomonda pastak loy uychalar bor edi. Daraxt zotidan asar yo‘q. Sasib ketgan uyda chang shamoldan kishi dimog‘ini qo‘lan-sa hid bezovta qilardi. Bilasizmi, bolalik chog‘im o‘tib, belda qon qaynay boshlagan paytga yaqin, xom sut emgan inson qorni to‘ygach, nimalar orzu qilmas ekan. Qani endi, serdaraxt bog‘imizdan o‘tgan soy suvida cho‘milib, hordiq chiqarsam degan xayolning o‘zi ham kuch berardi, menga. Ikki kun, uch kechadan so‘ng arava joy haqi to‘lab safarga chiqarkan, aravakash bilan xayrlashgandik. 
Men hozir ko‘rib turgan joylarda Afg‘onistonning suvi jannatiy desa bo‘lardi. Lekin daraxt zoti anqoning urug‘iday noyob. Pushtu xalqi ko‘pchiligi umrbod darbadarlik bilan umri o‘tarkan. Tog‘dan so‘nggi tuproqlar pashtunlarga makon. Shimoliy Pomirlar, o‘zim tomonlar turkiyzabon, ya’ni Umaralilarning o‘z vatani. Pashtun xalqi tut daraxtiga o‘chroq, qishloqlarning aksa-risi shu ne’mat daraxti bilan obod. Chunki tut xalqona yegulik-larning eng sarasi hisoblanarkan. Lekin ipakchilikdan xabarlari yo‘q. Bularning ibtidoiyliklarini payqaganday bo‘lardim. Yana bir qiziqarli haqiqati shuki, tog‘lar cho‘qqisida oppok qor ko‘ri-nib tursa-da, boshini toshdan toshga urib yoqimli ovozda qo‘shiq aytib oqqan soy suvlari iliq. Nega bizdagi soy suvlariday muz-day emas, deya vatanni eslardim. Soy bo‘yidagi ko‘kalamzorlar men tanigan o‘simliklarga o‘xshamasdi. Bu so‘zlarim boshqalar uchun bach-kana tuyular, shu o‘lkaning hozirchalik bir parchasi bo‘lgan. Xonobod dovonlarining qa’ridagi boyliklari Vatanimizning boyliklariga o‘xshab yuragimdagi dardga davo bo‘lganday edi. Endi o‘sha ozgina rohat qaymog‘i, ma’naviy huzurdan ham quruq qolish qo‘rquvi vujudimni qamrab olgandi. Yo‘lda ko‘ringan qishloqlar aholisining ahvoliga qushlar yig‘lardi. Xonobodda bo‘lgan payt-larda mendan qashshoqroq kiyinganlarni ko‘rib yuragim orziqardi. Endi ko‘rganlarimni o‘ylasam, o‘zim ham ko‘zimga ishonmasdim. Mustaqil bir o‘lkaning turmushi shu bo‘lsa, deya aqlim yetmay hayron qoldim. Lekin xandon bo‘lgan bu xalq baxtli bo‘lganligini endi payqagandim. Chunki ular hur va mustaqillik ne’matlaridan faxrlanishardi. O’n kun deganda Chorikor degan bir oz odam-shavandaroq joyga, so‘ngra Saroyxo‘jaga yetib keldik. Bu yerdagi xalqning ko‘pchiligi duragay - panjiri hazora makoni. Rivoyat-larga qaraganda Panjir vodiysi aholisining kelib chiqishi Samarqanddan ekan. Ham pokizaroq. Dehqonchiliklari biz tomon-dagilarga o‘xshash. Xalq odobliroq ekanliklari suhbatlardan sezi-lardi. Albatta, savodsiz, kichik bo‘lganim uchun tajribali keksa-lar so‘zlariga aqlim yetmasdi. Lekin bo‘lib o‘tgan, eshitgan so‘zlar-dan xulosa chiqarishga urinardim. Darhaqiqat, Panjirlar orasida o‘zimni qarindoshlar orasida yurganday his qilar edim. Endi o‘ylasam, hayotlari, qiliqlari, tillari, hatto suratu siyratlari bizga o‘xshardi. Ammo pashtunlar ta’sirida bizga haqorat ma’-nosida o‘zbek, vatanfurush, kallaxom, kafangado, qochqoq deya ozor berishlari afg‘onlar tushunchalariga yaqin edi. Ikki oygacha zamo-naviy yuk mashinasida yurib, kun yarmida poytaxt Qobulga qadam bosgandik. Ilk bor har tomoni rang-barang bezangan va u yerda yurgan har bir latta osilgan va gurillab yurgan mashinalarni ko‘rib, Vatanimdagi qabristonlarda latta osilgan daraxtlar yodimga tushib o‘tganlar haqqiga o‘zimcha duo qilgandim. Umarali amakining qayfiyati joyida, xursand. Haq yo‘liga yaqinlashganini o‘ylab, Xudoga ming bor shukur ado qilganday ko‘rinardi. Hatto vatan ishqi uni majnunsifatroq qilib qo‘ygandi, desam yolg‘on bo‘lmasdi. Aslida bu g‘am emasdi. Chunki uning ko‘ngli to‘qligi menga ma’lum. Lekin tug‘ilgan joyidan uzoqlashib qolishni o‘ylab hamdard bo‘lish yo‘lini topolmagandim. 8 oycha vaqt o‘tdi. Xaroba bir karvonsaroy xonachalarida yashardik. Ish yo‘q. Oshqozon o‘lgur ovqat so‘raydi, ishtaha karnay. Umarali amaki negadir ikki-lanibroq nima qilishini bilolmay yurardi. Bir kuni hovliga chaqirib: “O’g‘lim, - dedi yig‘lamsirab, sahrosifat og‘ir qo‘lini yel-kamga qo‘yib, sen yigit bo‘lib voyaga yetding, amaki sifatida senga foydali bo‘lgan bo‘lsam, baxtliman, ammo, - deya to‘xtabroq keyin davom etdi. -Hammamiz uchun hujjat kerak. Hozirgacha baxtimizga yo‘llarda balo-qazosiz, tinch keldik. Bundan so‘ngrasi qiyin. Chunki chegaralardan o‘tamiz. Menda uch kishilik afg‘on yo‘l izi bor” deya so‘zini yakunladi. Eng muhimi, aqcha, pul deya so‘zini sochib, yuzini achinarli burishtiribroq: yoshim bir joyga borib qoldi, ayangni onang o‘rnida ko‘rsang-da, nomahram hisoblanarkan, deya nochorligini sezdirmoqchi bo‘lgandi. Keyin agar malol kelmasa, shu shaharda ko‘pni ko‘rgan, asl-nasabi ma’lum, vijdonli bir tanishim bor. Falak gardishi bilan Farg‘ona tomonlardan kelib qolgan. Xohlasang, seni ul zotga, u kishini Xudoga topshiray, shoyad inda-masang yana o‘ylab ko‘ramiz, – deya yerga qarab jim qolgandi, dov-dirab. Chunki bunday halol, mard, ko‘zi to‘q, tadbirkor kishi o‘z amakimdan asrab, yaxshiliklarini olmagandi. Odamiyliklari kuchli. Jim bo‘lib yerga qaragandim. Umarali amaki yana so‘z bosh-lab: so‘z beraman, Xudo nasib qilib hajga yetib olguday bo‘lsam, bir yo‘lini topib, albatta, chaqiraman. Hayron bo‘lib o‘ylardim: rozi bo‘lishdan boshqa chora yo‘q. Chunki so‘zlari haq. Bundan boshqa ko‘nglida kir bo‘lmasa-da, meni omonat qilmoqchi bir kishidan so‘z ochar ekan, unda sizdan deya men hazar qilgan Sizdan, bizdan kabi so‘z  og‘zidan chiqib, menga og‘irroq tushgandi. Yana so‘zga boshlab: ul yurtdoshing bo‘lgan zotga ham uqtirib qo‘yganman, kelgusi reja-larim sening rizongga bog‘liq, deya ko‘nglimda qolgandi. Shuni bil-ki, ul zot vatanida o‘ziga e’tiborli kishi. Farg‘onalik vatanpar-varlardan. Seni o‘z vatandoshi, o‘z bolasiday asrashini yaxshi bila-man. Ajab emas, vatanlaringiz ozod bo‘lib seni vatanga yetkazsa, degan umidim ham bor. Ishonchim shul, ham bir hunarli bo‘lib qolsang ajabmas. Umarali amakimni bolalik muhabbati bilan quchib, ho‘ngrab yig‘lab yuborgandim. Buning ikki sababi bor edi. Birinchisi, shunday halol odamdan ajrab qolish, ikkinchisi, vatan ozodligi-yu, ota-onamni eslatishi ta’siri ostida o‘tmishim, baxtli paytlarim ko‘zim o‘ngida namoyon bo‘lgandi. Yosh emasdim. Endi o‘ylasam, o‘zimga ham qiziqarli, ma’qul ahvol ekan. O’shanda u kishi qo‘lini duoga ochib: “Ey Xudo, sen qudratlisan, muxo-jirlarga yo‘l ko‘rsat” deya iltijo qildik. Havolar anchagacha iliq, ayvonga yoyilgan bir palos ustida qo‘limga bosh qo‘yib, vatanga chaqirgandek charaqlab yotgan yulduzlarga qarab o‘y surib uxlab qolibman.


IV bob

Miyadagi qon yurishib, bir kechada 5-6 yosh o‘sganday o‘z-o‘zimcha kelajakka umid qilib, tavakkal ko‘chaga kirganday, ichim yorishib ertalab bomdod namozini birga ado qildik, – deb eslaydi Sarson tog‘a.
Nonushta payti amaki javob kutganday ikkilanibroq qarardi. Choy ichsam-da qonmay, og‘zim qurib bo‘g‘zimga tiqilardi. Yuti-nolmay yerga qarab o‘tirardim. Onam o‘rnidagi go‘zal aya chuqur en-tikib, jayronday entikib, nima qilishini bilolmay hijolat-namo ko‘z yoshini ichiga to‘kardi. Ukam o‘rnidagi ziyrak Botirjon vaziyatni sezar, yeguliklarga qo‘l uzatmay otasining boshlab beri-shini kutar va ko‘z ostida menga nazar tashlardi. Shu payt notanish kishi ayvondan chaqirib qoldi. Amaki zudlik bilan chiqdi-yu, “Salom, ey Po‘latjon, xush kelding, kutib turuvdim, qani-qani, marhamat choyga”, – deya taklif qildi. Lekin mehmon rahmat degach, hovliga chiqishib g‘oyat sekin ovozda suhbatlashgan bo‘lishdi. Mavzuga tushunmasam-da, Hindiston tomonga yo‘l olish masalasi ekanligini taxmin qildim. Chunki eshik orasidan ko‘ringan qo‘l harakatlari va Peshovar, Karachi, Mumbay degan so‘zlar eshiti-lardi. Bu shaharlar hind tomonda ekanligini Umarali amaki bir aytganday bo‘lgandilar. Qo‘llarida bir qog‘oz bor, bir narsalar yozishardi: harajat haqida bo‘lsa kerak. Umarali amaki peshona chi-mirib, qo‘lini peshonasiga qo‘yib, ajablanib, ikkilanibroq to‘x-tab qoldi. Keyin baland ovozda: “Xudo poshsho, qo‘limda hunarim bor-ku. Shu kasb orqali...” deya so‘zni qisqa qilgandilar. Och qolsak ham mayli Baytullohga yetib olsak bo‘ldi-da, ertalab yo‘lga solib qo‘yarsan, deya so‘zda davom etdilar. A’zoi badanim titrab, go‘yo jon-sizday ichim shuvillab yuragim oqqandi. “Qolarkanman-da” ajo-yib, qo‘rquv aralash bir tuyg‘u miyani chulg‘ab olgandi. Na qila-rimni bilolmay garang bo‘lib qolgandim. Po‘latjon bizga uchra-masdanoq xayrlashib jo‘nagach, amaki bitta-bitta qadam tashlab, xonaga kirib quchib, peshonamdan o‘pib: omad niyatida majolsiz ko‘ziga yosh olib tikilib qoldi. Amakijon, deya bo‘yniga osildim, siz nimani ravo ko‘rsangiz – o‘sha, – deya o‘pkam to‘lib qaradim. Amaki javobni tezlashtirishimni kutganday xursand. Unday bo‘lsa deya yelkamga qoqib: yugur, ayang bilan xayrlashib, ukang bilan ko‘rishib chiq, ungacha men bet-qo‘l yuvib, kutaman, – deya buyruq berdilar. Xonaga kirsam, aya shoshib ko‘z yoshini arta boshladi. Demak, butun bo‘lib o‘tgan voqeani kuzatib turgan ekan. Zaifa opaga onamday ko‘nikib qolgan ekanman. “Rozi bo‘ling, deganimda, ukajonimni yuzidan o‘pganimda, Botirjon mahkam quchib: “Hovliga chiqib o‘ynaylik” deya gapni cho‘zib, erkalagandi. Jigarim ezilib ketgudek qonga aylandi. Xo‘p bo‘ladi, ukajon, bir joyga borib kelaylik, dadangiz kutadilar degan yolg‘onni ishlatib, ketsa qaytmas hikoya so‘zini tugatolmay ko‘z yoshimni ichimga yutdim. Ey Xudo, derdim, ikkimiz ham o‘z Vatanimizda bo‘lsaydigu, musofir-chilik, judolik dardini chekmasaydik, deya yaratganga orzuimni arz qilib sig‘ingandim. Ungacha aya tugunchada mayda-chuyda, kiyim-kechak o‘rab topshirarkan, mahkam quchib, Xudo xohlasa, diydor nasib bo‘lar, hajga yetib borgach, albatta, seni oldiramiz, xotir-jam bo‘l bolam, og‘rinma deya mehribonlik ko‘rsatib yig‘lamsira-gandi. Dodu fig‘on yuzida aks qilgan bolaga ikki qo‘li bilan yuzini to‘sib, qarashga botinolmasdi. Bir burchakda hang-mang bo‘lib jimib qolgandi.
Hanuzgacha ko‘zim o‘ngida, – deya birovning bolasini qayta tomo-sha qilayotganday hansirardi Sarson janoblari. Hikoyani tinglar-kan, boshimdan o‘tgan ayrim  voqealar vatansizlik sababli g‘urbat-da xo‘rlanib, ozor chekishlari yodimga tushib ko‘z yoshi qilardim. Judolik dardiga cho‘mgan Sarson tog‘a ko‘z yoshimni farq qilish u yoqda tursin o‘zi bu yerdayu aqli fikri Vatanda ekanligi aniq va yaqqol bilinardi. Yo‘llarda chekkan azob-uqubat bilan ovora. Ancha tin olib turib, u ulug‘ xonadon bilan vidolashgach, deya so‘z bosh-ladi. Chetga boqishga botinolmay, hovliga chiqdim. Amaki qaysi xayollarga toliqdi, bilmadim, ammo sabrsizlik bilan kutardi. Qo‘limdan ushlab yetaklarkan: “Onasi, kechroq qolsam xavotir olma, degan so‘z bo‘g‘zidan zo‘rg‘a chiqqandi. Karvonsaroydan chiqarkan, otlarning kishnashiyu, eshaklarning hangrashi, qo‘y, echkilarning o‘ziga xos ovozi bir-biroviga qarshi go‘yo tarona bo‘lib qulog‘imga yoqib ma’yuslashgandi. Vaqt-zamon ma’nosi to‘xtab, kallam vang. 2000 qadamcha yurdik shekilli, shovur orasidan ortilgan go‘ng hi-diga chidab bo‘lmas “Beadhulud” nomi bilan mashhur bir  yaqindagi novdasi qurib qolgan tut daraxti ostida dam olgandik. Yo‘l-yo‘lakay  ko‘rganlarim hayratga tushirgandi. Bu yerning markazi va ko‘chalarning ikki tomonidagi ifloslik, kishini dimog‘ini jiyib ketgan havo, chang-tuproq tug‘ilgan qishlog‘imning pokizaligini eslatardi.  Go‘ng o‘rtasidan o‘tgan 70 qadamlar kenglikdagi Kobul daryosi go‘yo axlatxona. Jildirab oqqan shaltoq o‘rtasida choponini boshiga yopib olgan, lozimini oxiriga tushirib, odob yeri ochiq holda hojat chiqarayotgan hayvonsifat odamlarni qilmishlariga achinmay o‘tish mumkinmas edi. Men tug‘ilgan yurt ko‘chalarining po-kizaligiyu axlat to‘kilmay asrangan ariqchalarini eslardim. Yo‘l bo‘yidagi daraxt shoxchalarida g‘azalxonlik qilib sayragan xilma-xil qushlarning taronasi qulog‘imni jaranglatgandek bo‘lardi. 75 qadamcha narida hovuz misoli suv o‘rtasida 15-20 o‘rdak g‘ag‘illa-ganda oqar suv borligi bilinardi. Sohilida bir qator mevasiz daraxtlar va atrofida bir qavatli loy do‘konlar va ko‘kat yuvib yotgan baqiroq sotuvchilar o‘ngida to‘xtagandik. Yana 30 qadamcha nariga borganimizda nisbatan pokizaroq do‘kon ichida marg‘ilon do‘ppisi kiygan, bilagida nimcha, tandirdan non uzib turgan 35 yoshlardagi kishini ko‘rib, dunyoga sig‘may sevinib ketgandim.
Umarali amakim ovoziga, ichkarida qorachadan kelgan, novcha bir yigit “vaalaykum” deya qo‘lida hamir zuvalasi bilan qarab: xizmat, degandek ko‘zlari porlagandi. Amaki ikkilanib barmog‘i bilan tandir bilan ovora kishini ishora qilganda yigit jiddiy ahvolda o‘z qo‘lini ko‘rsatib “qulog‘im og‘irroq” deya qisqa tushuntirgan bo‘ldi. Va 3-4 qadam tashlab novvoyni ko‘rsatdi. O’shanda e’tibor bergan zot bizni ko‘rib qolib: “Xush keldingiz” deya burro ona tilida bir qo‘li ko‘ksida qarshi olgandi. Ichkariga da’vat qilib, “Ozgina sabr qilinglar, hozir bo‘shayman” degan ma’noda bosh tebratdi. Darhaqiqat, 5-10 non uzgandan so‘ng bafurja qo‘l berib xonasiga yetaklagandi. Umarali amaki muloyim muomala bilan qo‘lidagi qog‘ozni ko‘rsatgandi. Novvoy amaki “Balli, man u kishining kuyovi Umarxo‘ja bo‘laman, deya hurmat bilan o‘rnidan qo‘zg‘alib, bemalol harakatlariga qaraganda bugungi vazifasi oxiriga borganga o‘xshardi. Chunki bizni xonaga taklif qilib qo‘yib orqadagi bo‘limga kirib, pokizagina bashang kiyinib chiqqandi. Umarali amakining ishorasiga binoan men hamirgir yigit yoniga chiqqandim. Lekin yoshidan ko‘ringaniga amaki qo‘lu qosh-ko‘z imolari bilan ko‘ngildan bir narsalarni uqtirayotganiga shohid bo‘ldim. Hamirgir yigit kulimsirab, meni kutib yaqinlik izhor qilgandi. Ichkarida amakilar orasida yana qandoq mavzular borasida suhbat bo‘layotgani menga noma’lum. Ammo men haqimda so‘z borayotgani aniq. 
Ichki dunyomni kuchli bir andisha qamrab olgan. Qishlog‘imdan chiqishdan oldin ham shunday dardu alam tuyg‘usi hokim bo‘lgandi. U zamonlar yoshligim sababli bunaqa o‘rtanganim yo‘q. Endi-chi, o‘z ota-onamdan ajrab qolayotganday, ma’yuslanib, g‘am balchig‘iga botgandim. Ko‘nglim shogird hamirgir akada. Hatto labxandon bilan kulimsirab qo‘ydimu ichimda olov alangali tandir misoli yonmoqda. Duvullab oqqan yosh ko‘zimni xiralashtirgandi. Narigi tomondan men ham novvoy bo‘lsammikan, qornim to‘yib non yeb, o‘zimga o‘xshashlarni to‘ydirib yursam, degan havas butun vuju-dimga singganday xayolga tolgandim. 
Bir zumdayoq bugungacha boshimdan o‘tgan uqubat hayotimdan yuvilganday, ichimda bir sevinch havosi va umid uyg‘onganday bo‘ldi. Shu payt chamasi 45 yoshlardagi ixcham soqolli o‘rta bo‘yli, yumaloq qorniga shoyidan belbog‘ taqib olgan nuroniy bir zot salom berib keldiyu, amakilar gurung qilib turgan xonaga o‘tar ekan: “Xush keldingiz, yigitcha”, – deb mehribonlik qilib, o‘tkir nigohini qadagan edi. Ungacha hamirgir bo‘lib o‘tganlarni zudlik bilan bayon qilib, xonada mehmon borligini imo bilan hurmat ko‘rsatdi. Ul zot kelib ketgach, hamirgir yigit meni ogohlantirib qo‘yish uchun Asomiddin xo‘ja eshon mingboshi Rustamning qaynotalari, hatto menga ham ma’naviy ota desa bo‘ladi, – deya uqtirgandi. Duvuzlashib qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib tashakkur ma’-nosida hurmat ko‘rsatdim. Shu payt ko‘zim orqa tomondan pastlik-da oqayotgan suvga tushib, qo‘l-bet yuvib bir o‘zimga kelay niyati bilan o‘tmoqchi bo‘luvdim, shunda shogird bola; “Ukajon, mabodo u suvdan ichib yurmang, xohlasangiz hamirga ishlatiladigan halol suv bor, oqqan suv 3 yumalasa halol, ammo bu suv 3 ming bor yuma-lasa ham foydasi yo‘q, ehtiyot bo‘ling”, degandek jonkuyarlik qildi. Kulib: “Rahmat, shunchaki qiziqib ko‘rmoqchi bo‘ldim” dedim. Ke-yin qo‘lida choynak-piyola bilan mehmonxonaga choy berib qaytdi. Ichkaridan ovoz chiqmas, sabr bilan natijani kutishdan boshqa choram yo‘q. Bir soatcha o‘tdi. Ungacha shogird hamir taxtasini pok-pokiza qilib ustiga mayda-chuyda qandu meva tuzab, meni chaqirib choy uzatdi. O’sha onda 2-3 bora amakilar bor xonaga ham kirib chiq-di. Lekin oramizda aniq bir gap o‘tmadi. Bir payt ikkalalari ko‘z-lari yoshli bo‘lib, yonimizga kelishib, Umarali amaki boshimni si-lab hijron tuyg‘usi bilan: “O’g‘lim, – deya quchoqlab, seni Eshon ama-kiga topshirib, ularni Xudoga topshirsam”, – deya xayrlashib ketdi. 
Kelganimga bir necha oy bo‘ldi.  Ish joyimiz bir qavatli imorat, har tomoni bo‘r bilan oqlangan oppoq. Hamirgir Hamid bilan tog‘orasini kunda bir bor boshdan oyoq poklab ozoda tutishni odat qilganmiz. Bu ishni boshdayoq ta’kidlab tayinlashgan. Kir-chirini Umarxo‘ja ustam har hafta uyda yuvdirib kelardilar. Kun-da kamida bir bor yuvinib yurishimni ko‘z ostida tutishardi. Us-tamning uyi bir soatchalik yo‘l, piyoda borib kelardilar. Murda-shusi mahallasiga yaqin. Har kuni erinmay borib-kelgan Umarxo‘ja amaki ish vaqtidan keyinga qolmasdan yetib kelardi. To‘g‘ri, meh-natkash. Qaynotalari Asomiddinxo‘ja eshon mingboshi ota haftada bir kelib, qizini, poshsho va nabirasi Mohtobxonni ko‘rib kechardilar. Yegulik mo‘l-ko‘l. Xususan, shogird bola eshon otadan o‘rgangan tunuka samovarda qiymali go‘shtli sho‘rva qaynatishiga qiziqib, lazzatiga o‘rganib qolgandim. Mingboshi ota har gal kamchiligimni o‘rgatib, hisoblashardilar. Shu asnoda taomlar lazzatliroq bo‘lib tatirdi. Har payshanba milliy taom, sergo‘sht palovxonto‘rani ota o‘z qo‘li bilan pishirib, qo‘ni-qo‘shniga, hatto yon tomondagi masjidda muazzimlik ado qilgan pakana, qop-qora domlani ziyorat qilardi. Bu odamni kafti sap-sariq somonday, badani arabnamo. Hayron bo‘lardim. Chunki biz tomonlarda bu da-rajadagi qora rangda odam bo‘lmagandi. Qadimgi arablardan qol-gan lo‘lilardanmikan, deya hanuzgacha o‘ylayman. Katta, rishtonso-pol laganga suzilgan palovni qoshiqlamay, qo‘l bilan oshardik. Qora odamning osh yeyishi boshqacharoq: qoringa yostiq tirab, mar-jonnamo oq tishlari bilan rosa chaynab, go‘yo «cho‘lpillatardi». Ba’zan laganni yeb yuborgudek tozalab, so‘fiyligini isbotlamoqchi bo‘lardi.
Ariq bo‘yidagi daraxtlar novdasiga 10 ta bedana osilgan. Biri sayrab, narigisiga navbat berardi. Vatandagi bog‘imizni, beda-zorni eslatardi. Ezilgan yuragim shuvillab, orziqib ketardi. Unda-bunda Eshon otaning yig‘isiga sabab bo‘lardi. O’shanda xonaga kirib, shogird bilan gurunglashar, dardlashar, jannatmakon kin-dik qonim to‘kilgan makon – Vatanni eslardik. Esdalik ba’zida sevintirib, ba’zida g‘am-anduhga g‘arq qilardi. Shogird bola Qodirjon bu yerda yashamoqqa majbur emas. Chunki hozirchalik af-g‘onlar qo‘lida bo‘lgan bu tuproqlar Badaxshon, Imom shoir shahar-chasidan bo‘lib afg‘on fuqarosi edi. Bundaqalar ingliz siyosati, istiqomati va kelishuvi sababli afg‘on o‘lkasi hisoblanardi. Dala-dasht ularga bo‘lib berilgan, mahalliy xalq haqsizlikka uchrab, tumtaraqay yurtsiz bo‘lib qolishgan edi. Ota-onasi ana shu haqsizlikka, zulmga chiday olmay qazo qilishgandi. Bola tasodi-fan Eshon ota Asomiddinxo‘jaga ota deb, himoyasida kun kechirar ekan. Bechora alamzada edi. Bu g‘aribning so‘zlariga qaraganda, Eshon otaning sanoqsiz tanishlari, do‘stlari bor. Barchasi teng-dosh. Har hafta mashhur Shermuhammadbekning Qobul, to‘rtinchi chap mavzesi Rezbon charmfurushon mahallasida katta ko‘chaga yaqin kenggina hovlisida Vatansizlik amalini bedanabozlik bilan unu-tisharkan. Lekin Eshon otaning urushqoq bedanalari bo‘lgani holda yeng ichida olib yurar, aslo urushtirmas, Orifjon nomli qo‘qonlik, jiyan o‘rnidagi bir yigitga omonat qilar ekan. Chunki qushlarga ziyon bo‘ladi, deya asrab urushtirishdan tonar ekan. Qo‘shning ko‘r bo‘lsa, ko‘zingni qis, so‘ziga binoan xo‘ja ko‘rsinga va zavq uchun bedana tarbiyalar ekan. “Rahmdil bu zot agar diqqat qilsangiz, har kuni kamida 20 xonadonga non yuboradi”, deya Eshonota saxiyligidan so‘z ochib, maqtar edi, o‘z otasini yaxshilaganday  shogird bola. Darhaqiqat, kelganimga bir yilcha bo‘lib, hamirkorlik va zuvala ishini qovrib, ko‘rarda malaka hosil qilib, ustalarni so‘ziga amal qilgandim.
“Yaqinda ustalik orzusida yurardim, – dedi Qodirjon. U beva-bechoralarga non berib turinglar”, deya tayinlardi. Kelgan-ketgan mehmonlarga ko‘rsatilgan izzatu muomalani ko‘rib, bu zot novvoy-likdan foydalanish o‘rniga tekinga ishlar ekan, deb ajablanar-dim. Ammo baraka, baxayru hosil, degan so‘z meni ham saxiylikka da’vat qilardi. Atrofimizda afg‘on usulida pishirilgan nonlar sotilmaydi. Egalari ketganda bizda hali tandirdan non uzilmay odamlar navbat turishardi. O’zidagi himmat, bizning do‘konimiz-dagi axloqiy qoidalarga rioya qilish muhim edi. Masalan, suvni ariqdan emas, pulga sotib olib ichardik, dorilangan shaharning rasmiy, davlat suvi edi. Pokizaligi aniq, quvur suvi iste’mol qilardik. Chunki rasmiylar tomonidan tozalanib, tindirilgan suv edi. Bu yoshga kelganda odamiylik harom va halol, yordam berish ma’nosiga tushunib qolgandim. Savodsiz bo‘lsam-da, Umarxo‘ja ustam ishonib nasiyachilar hisobini butunlay menga topshirib qo‘ygan va  silliq daraxt novdasiga nasiyaga sotilgan har 5 dona non cho‘pxatga bir belgi bilan yozilar, shunga qarab har hafta hi-soblanar va pul undirilardi. Hech bir qoldirilmayotgani kabi savob ishlar uchun tandirdan uzilgan non va chaqa pul tayyor turardi. Ariq bo‘yidagi ma’lum joylarga non ushatib, g‘azalxon qushlarni yemlash Eshon otaning ajoyib xislat va odatlaridan. Novvoylar bir qop kuygan nonni hamirga qo‘shib, pul qilishadi, – degan shubha Eshon otani behuzur qilar, asalaridek boshqalarga foydali bo‘lishdan zavq olardi, desam yolg‘on bo‘lmaydi. Lekin haqsizliklarga toqati yo‘q, chiday olmasdi. Shu bois ko‘p o‘ylamay, men ham shu odatlarga bo‘ysunganday odatlangandim. Masalan, ko‘chaning narigi betidagi devor ostida daydi afg‘onlar doim o‘ti-rar, ikki ko‘zi faqat bizlarda. Biror maxfiy voqeaga nazorat qilganday qarashlari g‘ashimga tegardi. O’shanday bo‘lsa ham ovqat-lanish paytlari rahmim kelib, ba’zan issiq nonu ba’zan ovqat-povqat berar, yaqinlik paydo qilishga urinardim. Kelgan-ketgan-lar bilan qilib turgan qiliqlariga aqlim yetmas, ikkilanardim. Chunki savodsiz edim. Savodsizlarning bilgani o‘zidan kattalar-dan olgan pandu nasihat va eshitganlaridan iborat xolos. Shu tajriba tufayli Farg‘ona tarafdan kelganlarning qilmishlari tekshiruv ostida bo‘lsa kerak, deya o‘ylardim. Ertalabdan shomgacha itqarash bilan baqrayib ko‘zi bizlarda, hatto kichik hojatini ham devorga qarab, it misoli bajarardi. Oramizda 30 qadamcha masofa bor xolos. Bir tomondan, orqadan har xil axlatlar to‘planib, oqib badbo‘ylik ulashayotgan ariq, narigi tomonda devordan taralgan qo‘lansa hid, o‘tgan-ketgan, xususan, bizlarni bezovta, hatto garang-latib qo‘yardi. Har kuni yegulik jo‘natib, shu xususda eslatib, shu xususda iltimos qilardim. Juma kuni kosada sho‘rva olib borib, muloyimlik bilan yana bir bor iltimos qildim. Lekin u dariy forsiy tilida “vatansiz it” deya so‘kinib, sho‘rvani ustimga sochib yubordi. Jonim xalqumimga kelib, o‘zimni tutolmay qolgandim. Sariq bo‘lganim uchunmi, burnim shishib yigitlikka qadam qo‘yganim uchunmi, qonim qaynaganidanmi haqoratga chiday olmay, to‘satdan kallasiga bir mushtlasam, bir zumdayoq peshonasi moma-taloq bo‘lib bo‘rtib chiqdi. Dodlagach, odamlar orasidan 2 maxfiy mirshab kelib, “Qani, ko‘tar-ko‘tar”lashib, yaqindagi mirshabxonaga olib borishdi. Meni ko‘rgan boshliq hali gap boshlamasdanoq, “voy, xomkalla o‘zbek, itbachcha, vatanfurush, vataningdan qochib, xalqimizdan yordam olib, qorning to‘yib, quturib, endi bizday rasmiylarning mushkul yo‘lini qiladigan bo‘lib qoldingmi”, – deya qator-qator, turli-tuman dashnom bilan qo‘lidagi tayoq bilan do‘pposlab, savalay ketdi. Kaltakka chidasam ham, bir tomondan, g‘ururim, boshqa tomondan, omonat qilingan do‘kon nima bo‘larkin deb, dodlash alami bilan uqtirgani borib, arz qildim. Lekin bu ohu zorimni Xudodan boshqasi eshitmasdi. So‘kishlarning eng qo‘-poli bo‘lgan og‘ir so‘zlar qulog‘imni qizdirib, dovdirab qolgan-dim. Tasodifni qarangki, o‘sha payt o‘z ishi bilan militsiyaxonaga uchragan tanish muxojir bir yurtdosh ahvolni ko‘rib novvoyxonaga yugurgan. Shogird bola endi kelib havotirlanib o‘tirgan ekan. Hodisadan xabardor bo‘lgach, tengdoshlari bilan gap majlisiga qatnashgan Eshon ota qaerda ekanligini aniqlab, xabar tushirgan. Xuftonga yaqin ul zot yonida bir zobit bilan kelishib, ma’murni ma’lum yo‘lda xursand qilishib, yupatishib meni qutqazishdi. Qi-lib qo‘ygan xatoimdan hijolatligimdan ezilib vaj topolmay, yerga qarab ishga qaytgandim. Lekin ko‘zimdan oqqan yosh go‘yo Sirdaryoning chalasiday telba oqar, meni girdobiga to‘g‘ri sudrab zavq qilib yutmoqchi bo‘lardi. Eshon ota keyin o‘zi bilgan usulda ko‘kargan yaralarimni dorilab, omonatning bag‘ri yumshoq bo‘ladi, deya o‘z-o‘ziga dalda va taskin berardi. Sabriga qoyil qolib, shukr qilmoqqa majolim qolmagandi. Va ancha o‘tgach, Qodir akani chaqi-rib: “Ukangiz shu xonada dam olsin, men yo‘q bo‘laman, ulfatlar xavotirda bo‘lib, kutib qolishmasin. Xudoga omonat bo‘linglar” deya chiqib ketdilar. Qodir “Xo‘p, Eshon ota”, – dedi. Uning itoat-korligi, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yish odobi menga ibrat bo‘lib, oilaviy tarbiyaning nima ekanligini anglaganday bo‘lardim. Otani xafa qildingiz, degandek, mo‘ltillar, ko‘zini mendan uzolmas, lekin indamas edi va yaxshi dam oling deb, xonasiga chiqib ketdi. Har za-mon Qodir aka bilan narigi xonada yotib turar, bomdod namozidan oldinroq uyg‘onib, tahorat va namozdan so‘ng ozgina mizg‘ib olar, so‘ng tandirga o‘t qalab, qizigach, Umarxo‘ja amaki kelib non yopishni boshlardi. Bu kecha men uchun juda uzun kecha bo‘ldi. Cho‘zilib, lat yegan a’zoyi badanim lo‘qillab bezovta qilsa-da, Qodir aka choyxonada sho‘rva pishirib, tongda achchiqqina sho‘rva olib kelib ichirib, ko‘ngil olgandi. Kayfiyat chatoq, tomog‘imning tiqilishiga parvo qilmay sho‘rvani ichib uxlab qolibman.


V bob

Ertalabgacha ishlar bajarilib, usta Umarxo‘ja va Qodir aka nonushtaga boshlashdi. Men hijolatnamo orqa tomonga o‘tib, bet-qo‘l yuvib, qazo namozini ado qilgach, bosh egib salom berdim va dasturxon chetiga cho‘kdim. Shu payt Eshon ota yoqimli ishtaha va yutuqli kunlar tilab, ikkalamizga iltifot ko‘rsatib ketgandilar. Lekin peshonasidagi ajinlar g‘ijimsimon, o‘zi bilan o‘zi gaplash-ganday nimanidir o‘ylardi. Ichkariga choy olib kirganimda qo‘li-dagi ko‘k varaqli qog‘ozga boqish bilan ovora bo‘lib, salomlashganda ham bosh bilan javoblab, ko‘z ostidan kulib, “rahmat”, “chiqing” ma’nosida imlagandilar. Boshim egik holda hijolat bilan tisa-rilib chiqib ketdim. Bu holat og‘ir kelgach, tahorat uchun obdasta olib, Umarxo‘jani tashqariga imlagandi. Ko‘chaning narigi tomo-nida anchagacha gurunglashishgandi. Oralarida qanday suhbat o‘tgan-ligi menga noayon. Ammo ustaning yuzidan tashvish alomati sezi-lar, chunki garangnamo harakatlari boshqacharoq. Usta bajonidil ishda davom etar, xohlagandan ham intizomli edi. Eshon ota haf-tacha ko‘rinmadilar. Payshanba kuni asr payti qo‘lida tuguncha bilan salom berib kirib keldilar. Barchamiz bilan judayam sog‘inch va mehribonlik bilan so‘rashib, to‘g‘ri xonalariga kirdilar. Yo‘q-liklarida devorlarni oqlab, anjomlarni jobajo tartiblab qo‘y-gandim. Oqshom o‘sha kuni Qodir aka ichak shovla pishirgandi. To‘rttalamiz ish joyi, burchakdagi hamirtaxta ustida ovqatlandik. Eshon ota huftonga yaqin dasturxonga uzundan uzun duo fotiha tortdi. U zotning piqillab yig‘lab duo qilishlarini ilk bor ko‘r-gandim. Yuzidan bolalarday nur yog‘ilar, ixcham soqol tolalari ora-sidan marjon donalariday yosh oqishini va titrashini hanuzgacha unutolganim yo‘q. Dasturxonni to‘pladik. Qozonchada ortgan shov-lani kosaga solib, har oqshom salom berib, musht yegan darvesh bobo haqi deb tayyorlab qo‘ygach, Eshon ota uchalamizni xonaga chaqirdi-lar. Qaynoq choyni to‘rtta piyola, novvot va quruq meva-cheva bilan olib kirgandim. O’shanda Qodir akaga bir buxcha sarpo topshirib turganliklarini ko‘rgandim. Men kirgach, ustam qo‘zg‘olib tancha-dagi buxchani “Bu sizga, otadan sovg‘a”, deya uzatgandi. Hushimdan ketgudek dovdirab qolgandim. Chunki aziz yurtdan ajraganimdan beri Umarali amakidan keyin ilk bor otaxon  meni sovg‘aga loyiq ko‘rgandi. Choyxo‘rlik paytida mingboshi otaning nasihatomuz so‘zlaridan so‘ng nafas olib: “Xudo xohlasa, juma kuni ertalab hammomga borib, kiyinib turinglar, nasib bo‘lsa birgalashib mehmonga boramiz, ishni amakingiz o‘zlari eplab turadilar”, – deya buyruq berib, Xudoga omonat bo‘linglar, deb chiqib ketdilar.
Juma kuni ertalab, tor ko‘chalardan o‘tib, haroba bir hammomga borgandim. Qobuldagi hammomlarning suvi quduqlardan olinar-di. Va ko‘chalardan to‘plangan axlatlar hammom gulxanida yoqilib, suv isitilardi. Boshdan oyoq qop-qora gulaxi bir kishi o‘t yoqib, kuya ustiga tinmay axlat solib, shu xona uchun issiq suv tayyorlardi. Doshqozonda suv to‘planib, hammom ichidagi  hovuzchalarga to‘ldiri-lardi. Odamlar o‘sha suv bilan yuvinib, kir chiqarishardi. Hammom juda tor, qora chiroq bilan yoritilgani uchun lipillagan piltasi sababli ko‘lankalar jin va shayton misoli o‘ynoqi bo‘lib aks etar-di. G’o‘la olgan kishi chiqaman deganida yangi kelgan ko‘lankalar yorishardi, shuning uchun ma’nan haromlashgani uchun bizga yana bir bor pokiza suv bilan poklanish kerak bo‘lardi. Ammo bu ish har kishining o‘z e’tiqodiga bog‘liq ikkinchi bor tozalanish shakli hi-soblanardi. Odam ozligidan mo‘ylovi yangi terlagan yigitchalar-ning yolg‘iz borishlari xavfliroq. Chunki “jinlar to‘y qilishardi” degan vahima va mish-mish bor. Mobodo bir jinni bosib olgudek bo‘lsa, baloga qoladi, degan gap-so‘z yuradi. Aslida jinlar emas, ikki oyoqli shaytonlar bilan har turli axloqsizlik sodir bo‘lishi mumkin va nomiga bid’atchi musulmonlar orasida amalda har turli munosabat namoyishi desa bo‘lardi. Kir chiqadiyu haqiqiy ma’naviy pokizalik haqida Xudoni o‘zi biladi, xolos. Endi toza-lanib chiqaman deganda boshqa bir kishiga harom suv sachrab qoli-shini aqldan uzoq tutmaslik kerak.
Yuvinib joyimizga qaytgach, hammom suvi bilan yana bir bor g‘usl qilib, sovg‘a matolarni kiyib masjidga jo‘nadik. Aytganday, Umarxo‘ja amaki ozgina hamirni nomiga ko‘pchitib qo‘ygandilar. Zudlik bilan tandirni qizdirib, endi nonushta qila boshlagani-mizda Eshon ota salom berib, agar yog‘li patir pishib, sizlar tayyor bo‘lsangizlar, ketdik dedilar. Ammo patir hanuz tayyor emasdi. Shu bois xonaga kirib, choy ichib qo‘ya qoldilar. Batamom hozirlaga-nimizda, uchalamiz ustani Xudoga omonat qilib, yo‘lga tushdik.
To‘g‘risi, sevinch a’zoyi badanimga singib, saylgohga ketayotgan bolalarday hayajonda edim. Usta bilan xayrlashib, yo‘lga tushganda Eshon otadan ozgina orqada qolib, Qodir akaga “qaerga borarkan-miz” deya so‘ramoqchi bo‘lardim. Payqab qolgan otaxon bir zum to‘xtab, o‘ng qo‘li bilan meni-yu chap qo‘li bilan Qodir akani mah-kam ushlab, o‘z qatorlariga tortgandilar. Qodirjonni bilmaymanu o‘z otam yetaklaganday, xayolim Kosonsoy guzaridagi shod damla-rimga ko‘chib, yuragim hapqirib, ota-onamni eslagandim. Ko‘zimdan yosh marjon donalari kabi oqa boshlagach, bo‘kirib yig‘lab yubor-gandim. Eshon ota ma’noli boqib, tabassum qilib qo‘ydi va yo‘lida davom etdi. Sezgirligi, ichidagi dardu alam peshona jimiridan aniq bilinardi. “Diatyulon” nomi bilan shuhrat qozongan, ya’ni Afg‘on qishlog‘i ma’nosida, go‘yo Kobul eng obod va xalq uchun saylgoh joyi edi. Ammo bu suhbatni tasdiqlash uchun ming guvoh kerak. Tor ko‘chaning boshida yarim qurigan daraxt ostida loy tup-roqdan qilingan supachaga borib o‘tirgandik. O’shanda ota belbo-g‘ini chiqarib, ostimizga yoyib, ro‘molchasini menga berib, “O’zin-gizni tutib, ko‘z yoshingizni arting, o‘g‘lim” degandilar. Qodirjon-ni yonimga o‘tkazib, o‘zi boshini ikki qo‘li orasiga olib, anchagacha jim bo‘lib qolgandilar. Yigitlik chog‘i ta’sirimi yo uyalibmi, o‘zimni tetik ko‘rsatish uchun ko‘zimga chang tushdi, deya Qodir akaga qaragandim. U tabassum bilan yelkamga qoqqandi. Tomdan tushgan ahvolini yana tomdan tushgan biladi, degan afandining gapi aq-limga kelib yana tabassum ma’nosiga yetib borgandi. Ikkalamiz dardlashib Eshon otani unutgan ekanmiz. Ana shunda mehribon tovushda “endi bas”, deya xayol olamidan qutqazgandilar. Yana ikka-lamiz ikki qadam ortda yurardik ergashib. Eshon ota negadir yuzini ko‘rsatmay qadam tashlar, ovozlari chiqmasdi. Endi bilsam, ahvolimizni sezib, soqolu sumbatli otaxon ham yig‘lagan ekanlar. Chunki uchalamiz ham vatanidan judo, uzoqlardan kelgan g‘ariblar edik. Qodir aka o‘z vatanida turib, zulm sababli g‘urbatda g‘arib, jabrdiyda. Bizlar esa vatandan butunlay ajrab qolgan muxo-jirlar edik. 
Besh-olti yuz qadam yurib, yana Kobul daryosining qirg‘og‘idagi qo‘pol qoya toshlar ustiga qo‘ndik. Vaqtli bo‘lgani uchun hanuz xalq batamom bozorlaganmas. U zamonda Kobulda ishlab chiquvchi kattaroq ishxona yo‘q. Xalq mayda-chuyda hunarlar va qo‘l ishi – kosibchilik bilan ovora. Dangasalikda vaqtu zamonning ahamiyati yo‘q. Uyqusirab, bang bilan shug‘ullanishardi ko‘pchiliklari. Daryo, desangiz ma’lum ahvolda. Yozda qurg‘oqchilik, suv go‘yo, shaharda anqoning urug‘i. Dam olishga majburmiz. 
O’shanda otaxon tebranibroq so‘z boshlab, tajribalarini ongi-mizga singdirmoqchi bo‘lganday, quloq bering, degan qarash bilan nafas rostlagandilar. Ikki-uch bor yo‘talib ham qo‘ydilar. Lekin biz hali ham shirin va zid xayollar ketidan tushganimizni payqadi shekilli, silliqqina qilib: “Jon o‘g‘illarim, sizlarni o‘z o‘g‘illa-rimdan, hatto ziyodroq ko‘raman. Shuning uchun hijolat qilib qo‘y-may deb, ba’zi xatolaringizni ham ko‘rmaslikka olib, ko‘z yumaman. Lekin ba’zi haqiqatlarni bayon qilish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Kobulning quruq tog‘lariga, shoxlardagi manzaraga nazar tashlab turib, afg‘on xalqi judayam qashshoq, sizlar yosh bo‘lganingiz uchun vatanimiz bilan bu o‘lkani taroziga solib, taqqoslashishingiz mumkin emas. Lekin shuni bilib qo‘yinglarki, bu xalq baxtli, masrur, baxtiyor. Chunki hur, ozod, bayrami bor. O’ziga xon, o‘ziga bek. Qancha maqtashib bizlarga yov qarashga haqli. Chunki vatan bu-larniki. Biz esa muxojir vatangadomiz, ko‘zga ilashib, to‘rroqqa o‘rnashganlardan ibrat olib, kelajak uchun soya ketidan yurishimiz kerak. To‘g‘ri, bularning ta’na-tuhmatlariga duch kelib, dumimiz qisiq. Ammo har kechaning bir belgisi bor. Ajabmas, bir kun biz ham kulib qolsagu bular ham bizga ko‘rsatgan haqsizliklaridan uyalib qolishsa, Xudo mehribon. Shuning uchun bu xalqqa har tomonlama insonligimizni isbotlashimiz kerak. Shoshilib quruq tog‘laru atrofga ko‘z tashlab dedi: ikki o‘g‘lim bor edi: biri Xolmuhammadxo‘ja. Hozir bola-chaqasi bilan Mozori Sharif shahrida. Xudo xohlasa sog‘-salomatdir. Yana biri Yusufxo‘ja. Ho-zir o‘z vatanim – Marg‘ilonning Varzak qishlog‘ida onasi bilan. Xudo o‘z panohida saqlasin. Dushmanlar surgun qilgan bo‘lishlari mumkin. Bilolmay, boshim qotgan. Vatanimiz Turkistonni asrdan beri dushmanlar bosib olishgan. Muqaddas tuproqlar ajdod yodgo-ri, meros. Lekin aksari xalqimiz ozodlikning asl ma’nosini jaholatimiz sababli butunlay unutishgan. Parokandalashib, bego-nalashib, asorat panjasida ezilib bormoqdamiz. Ko‘pchilik jaho-lat davridagi qabilachilik, bid’at, ayirmachilik bilan ovora. Ozchilik majburan chet ellarga ko‘charkan, Amu daryosiga ko‘mdik. Ba’zilarimizni Xudo asrab muxojir bo‘ldik. Lekin ozod odamlar orasida sarsonu sargardon, dumimizni qisib yurishga majbur bo‘l-dik. Insonning boshi Xudoning toshi ekan, agar sabr ma’nosiga rioya qilib, chidab, vazmin harakat qilmas ekanmiz, yana ham battar-roq ahvollarga tushib qolishni aqldan uzoq tutishlik katta nodonlik bo‘ladi. Sizlar hali yosh, o‘spirin, yo‘lning boshidasiz-lar. Odamzod kindik qoni to‘kilgan muqaddas makonni qo‘msab, ma’naviy tomondan charchab, cho‘kishi aniq. Lekin musulmon taq-dirga tan berishi kerak. Yaratgan bizlarga oz bo‘lsa-da bir iroda kuch ato qilgan. Har qanday qiyin ahvolga giriftor bo‘lsak-da, vatanga qaytish rejasini miyamizda doim tirik tutmaslik katta xiyonat. Ajdod merosi aziz tuproqlardan dushmanlarni quvmas ekanmiz, Tangri taolo rozi bo‘lmaydi. Hijrat vatandan qochish emas, qaytish uchun himmat va aql yo‘li bilan payt poylab harakat qilish, qabih yo‘llarni jasorat bilan yo‘q qilish uchun yo‘l qidirish. Buni esa moddiy-ma’naviy fidokorlik bilan amalga oshirish mumkin. 
Hozir milodiy 1940 yil. Bu asorat yana qachongacha davom etadi, Xudo biladi. Lekin dunyo alg‘ov-dalg‘ov, dushmanlarimiz boshqa o‘lkalar bilan o‘zaro ittalosh bilan ovora. Shu fursatdan foyda-lanib qolish umidi paydo bo‘ldi, degan ishonch bizlarni qamchila-shi kerak. Yosh bo‘lganliklaringiz uchun so‘zlarimdan qanchalik bah-ramandlanasizlar, bilolmayman. Chunki maktab ko‘rmay, savodsiz qolganlar so‘z poyoniga yetib borishi qiyinroq. Ammo qalbu mehringizdagi vatan hasrati-yu g‘urbat sizlarni qiynayotganini sezmoq qiyin emas. Iymonim komilki, vaqti, zamoni kelganda vatan yo‘lida jonlaringizni ham ayamaysizlar. Kelajakni tayin-lab yo‘l topishga moddiyan va ma’nan qudrati yetmagan millatlar umrbod boshqalarga qul bo‘lishga mahkum. O’zim ham bu haqiqat ma’nosiga g‘urbatda yetib borgandayman. Millat yo‘lida bosh qo‘ygan kishi doim metin irodali bo‘lib, o‘zini anglab yurishi kerak. Jahl asaldan ham totli, ammo uni totgan kishi o‘z qo‘li bilan bilagini kishanlab balolarga yo‘liqadi. Xato yo‘lga kirib qolishi aniq. Oxiri berk joydan qutilishi oson bo‘lmaydi. Bu sizlarni ado qilar ekan”.  
Eshon ota menga ko‘proq nazar tashlab, nasihatimning ko‘plari senga tegishli, deganday qilgan xatoimga imo qilardilar. Sarson tog‘a Eshon ota so‘ziga so‘z ulab, hech bir zamon bandaning kuchiga ishonib bo‘lmaydi. Aqlning yo‘li bir: o‘zingni er bilsang, bosh-qani sher bil, degan, dedi. 
Boshidan o‘tgan yana bir hodisani tabassum bilan hikoya qilgan-dilar. Bir muddat yerga qarab o‘tirishdan boshqa ilojim qolmagan-di, hijolatnamo xatoimni anglagandek bo‘lgandim. Men ham Eshon otaning u zamonlar qilgan nasihatlariga askiyanamo so‘zlar bilan hazillashgan bo‘ldim. Oradan bir soatcha o‘tdi. Sarson tog‘a so‘z boshlab: “Ruhi shod bo‘lsin Asomiddinxo‘ja mingboshining”, deya xayr bilan yod qilgandi. Keyin ota so‘ziga so‘z ulab tabiiy bo‘lgan vatanparvarlik shioru tuyg‘usini tarbiyalash uchun tajribali kishilar suhbatidan bahramand bo‘lishingiz kerak, deya dam oldi.
Eshon ota hikoya qilishda davom etib, “Sizlarni bugun do‘stlar davrasidagi yaqinlarimga tanishtirib qo‘ymoqchiman, o‘z idrokla-ringizga qarab, qissadan hissa chiqarishga urinib, kelajakda bizlarni duo qilsangiz, bas”, deya o‘rinlaridan siljib, katta bir saylgohga olib borayotgandek yetakladilar. 
Jamoatga yetib olish uchun yo‘l yaqinidagi masjidga yetib kel-dik. Hali azonga ancha vaqt bor. Obdasta bor, lekin qaytadan taho-ratni yangilab, bemalol harakat qilardik. Suhbat ancha vaqtimizni olmagan bo‘lsa-da, soatlar suvday oqib ketgandi. To‘g‘rirog‘i, vaqt rejalagandi desam ham bo‘ladi. Kir salla o‘rab, qirq gaz oq bo‘zdan ishton tiktirib, qora ko‘ylak kiygan, pahmoq soqollilar masjid-dagi quduq suvidan foylalanishar, ibodat uchun tayyorgarchilik bilan ovora. 
Kobulning mashhur masjidlaridan hisoblangan bu ibodatxona g‘isht ko‘prikning qarshisida Xo‘ja Safo tog‘i tomonda joylashgan. Jamoat doim gavjum. Masjid xonasiga kirganimizda takbir ovozi yangradi. Soqoli xina bilan bo‘yalgan keksaroq domla dariy-forsiycha tilda va’z aytib, halolu harom ustida so‘z olib borardi. Jamoat orasidagi ba’zilarning kir kiyim va badanlaridan ke-layotgan qo‘lansa hid oldingi ahvolimni eslatar, va’z ma’nosiga mos tushmasdi. Jamoatdagilar orasida saf tortgan muxojirlar-ning nazofati tozaligi baqadri hol, domlaning so‘zlariga muvo-fiq ko‘rinardi. Va’z oxirida vatan ozodligi, hurriyat, bayram ma’nosini izohlab, bu Xudoning ulug‘ ne’matlariga shukr qilish kerak, deya so‘zni johil millatlar va parokanda xalqlar orasida biz muxojirlarni ibrat qilib ko‘rsatgan edi. O’shanda Eshon ota piqillab yig‘lab yubordilar. U kishiga qo‘shilib biz va bizga qo‘-shilib yonma-yon safdosh muxojirlar ham yig‘larkan, vatan egalari haqli suratda xursand, bizga boshqacharoq qarashardi. Juma namozi qoidalariga muvofiq ado qilinib, masjiddan chiqdik. Umumiy duoga qolmadik. Yo‘lda bir dag‘achalik bo‘lolmadik, deya o‘z-o‘zicha ming‘illadi Eshon ota. Afg‘onlarga ofarin deb, bizlarga imo fikrida borgandi, dedi Sarson tog‘a qissadan hissa chiqarganday. 
Sarichoq nomli usti yopiq rasta bozordan o‘tib, to‘rtinchi qatordan chap qo‘ldagi maydonga Go‘riyon va Resfonfurushon, ya’ni bayroq, arqon bozori tomon burilgandik. Qadimiy bozor bo‘lgan rastadagi sotuvchilarning ko‘pi hindu, juhud, o‘zlariga ishongan puldor, kuchli kishilar. Ba’zilari, xususan, Samarqandning ju-hudlari Eshon otani tanib qolishib, juda samimiy, o‘zbekchalab hol-ahvol so‘rashganidan sevinib ketdim. Qo‘polroq muomalali afg‘onu hazoralar bizlarni qishloqi, sodda xaridor hisoblab, aldamoqchi bo‘lishar, ammo biz beparvo, qarab ham qo‘ymay o‘tardik. Unda-munda farg‘onalik muxojir yurtdosh yerga do‘ppi, mayda-chuyda yoyib o‘tirishar, kim bo‘lishidan qat’i nazar hurmat bilan kutib olib, qo‘l qovushtirishar edi.  
Bizlarni ko‘rmay qolishi tabiiy, chunki bozor tiqilinch. Rivoyatlarga qaraganda, bozor rastalarining rejasini Bobur ustalari yaratgan. Biroq chala tashlab Hindistonga ketgach, Buxoroyi sharifdan usta olib kelinib, bunyod qilishgan ekan. Rastadan chiqishda bir muxojir qovun, meva sotib o‘tirgan edi. Eshon otani ko‘rgach salomlashib, ikki dona qovun tanlab, uzatdi. Hayron bo‘ldim. Chunki Eshon ota uzatgan pulni olmaslikka tirishardi. Ammo Eshon ota pulni cho‘ntagiga tashlab, hurmat va rahmat bilan xayrlashgandi. Qodir akaning so‘ziga qaraganda Asomiddin xo‘ja Eshon qovun turganda boshqa noz-ne’matlarga qo‘l uzatmas ekan. Tavba, derdim o‘z-o‘zimcha otamni eslab.
Yetti yuz qadamcha yurib taxta darvoza oldida to‘xtadik. Eshon ota uch marotaba “taq, taq, taq” deb darvoza to‘qmoqchasini qoqqanda, zum o‘tmay: “Hozir, Eshon ota” degan tovush kelib, qoraqosh, oq tanli bashanggina yigit bizlarni odob bilan kutib oldi. Hayron bo‘ldim: hozirgi aqlim bilan o‘ylab ko‘rsam, har ehtimolga qarshi o‘zaro “parol” ishlatisharkan. Chunki barchalari ham vatanda dush-manlarga qarshi ozodlik yo‘lida jon olib, jon berishar, ayovsiz kurashgan muxojirlardan edilar. Ancha yo‘l yurdik. Charchamadim desam yolg‘on. Ammo Eshon otaning bardam qadam tashlashiga ajablangandim, yigitlar misoli peshqadam, ixcham edilar, bada-niy kuchdan ko‘ra ma’naviy kuchga ega ekanligiga ishongandim. U zamonlar mashina yo‘q, ot arava gohi yo‘l chatoqligi sababli har doim qatnamasdi. Yo‘llarga yangi-yangi qum, tosh to‘kilib, obod bo‘lmoqda. Turmadagi tutqunlar tekinga qo‘llarida bolg‘a, kurak, tosh ishlarida mehnat qilishardi. Aslida afg‘on xalqi mehnatkash, chidamli. Lekin kerakli yo‘l tuzatish texnikasi, imkoniyatlari yo‘q. U zamondagi o‘lkaga hokim, podshoh, siyosiy to‘da manfaatidan boshqani o‘ylamas edilar. Haqiqatni so‘zlab, mahmadonalik qilib, bosh ko‘targanlarning boshi so‘roqsiz yanchilardi.
Hovliga qadam tashlaganda supurilib, tozalangan, pokizalik-ni ko‘rib yayraganday bo‘ldim. Uzunligi yuz-ellik qadamcha keng hov-lining ikki tomoni qatorasiga bir qavatli loy uylardan iborat. Ayvon ham qurilishga mos. Devorlar oqlangan. O’ng qo‘ldagi xonaga kirdik. Dahlizga oyoq yechib, Eshon ota ketidan qo‘l qovushtirgan edik. Chunki o‘tirganlar Eshon otani ko‘riboq qo‘zg‘alishib, bizni uy to‘riga da’vat qilishgandi. “Shukur-e, sizni ham ko‘rarkanmiz”, deya bir og‘izdan iltifot ko‘rsatishardi. Cho‘g‘dek qip-qizil eroni gilam yoyilgan. Farg‘onacha atlas ko‘rpachalar to‘shalgan, baxmal yostiqlar boshqacha havo berib, vatan manzarasini eslatdi. Bir-bir qo‘l berib, ayrimlari bilan quchoqlashib ko‘rishib, o‘tirilgach, sog‘lik, xotirjamlik va vatanda ko‘rishaylik, deya tamshanib, duoga qo‘l ko‘tarilgandi. Hurmat bajo keltirib, poygakda kutayotgandik, Eshon otaning o‘ng tomonida joylashgan muloyimgina kishi: “Xush kelibsizlar, yigitchalar”, deya o‘tirishimiz uchun ruxsat berib, qo‘l olishdi. Bizni darvozada kutib olgan yigit “o‘tiringlar” ma’no-sida imo qilgandi, bemalol o‘tirib oldik. Har tomondan ko‘z yugur-tirib, lafz tashlarkan, Eshon otaning jaranglagan ovozi tomon o‘tirganlar quloqlarini ding qilishdi.
Avval Qodir akani ko‘rsatib, “aslida vatanimizning bir par-chasi bo‘lgan Imom Sohib shahridan Qodirjon. Falakning gar-dishi bilan tuhmatga uchrab, tug‘ilgan makonidan judo, musofir. Bu kishi ko‘pdan buyon yonimdalar. To‘g‘ri, halol, chaqqon, dastyor, mehnatkash, qadrshunos, xizmatkor, ishonarli bir yigit” dedi. Keyin men tomon barmog‘i-la ko‘rsatib, “Bu ikkinchi o‘g‘lim. Zukko, usta novvoy. Ota-onasi qatag‘on qilinib, surgunga uchragan. Qarin-doshlari g‘amxo‘rligi bilan omon qolsin deya bu tomonlarga jo‘-natilgan. Musofirlik dardini chaqaloqligidayoq tortgan. Ko‘p jabru jafo chekkan, haqsizliklarga chidamsizroq. Bir oz asori-mijoz, kuch-quvvati joyida. Har xususda ishonarli. Ismi Sharif-lari Sarsontoy. Sadoqatiga imonim komil, kafolat beraman. Maktab ko‘rmagan. Himoyangizda tarbiyalanib, yo‘l ko‘rsatilsa, Xudo xohlasa, oz kunda yo‘lini topib olar, degan ishonchdaman. Umid qilamanki, mushtumzur bo‘lmay, Xudo lutf qilgan aql kuchini yaxshi yo‘lda ishlatar. Chunki niyati pok, yuragi beg‘ubor, deya so‘zini tamomladilar. O’tirganlar chapak chalishib, xursandchilik izhor qilishdi. Eshon ota yana so‘z boshlab, o‘ng qo‘lda o‘tirgan zotni bizga ko‘rsatib: “Bilingiz, mujohidlar rahbari, hurmatli Shermuham-madbek bo‘ladilar”, deya hurmat bilan qo‘zg‘alib bekka qaradilar.
Bu zot uzun bo‘yli, muloyimgina, boshidagi do‘ppi ustiga oq ro‘molini salla misoli o‘rab olgan «rahmat» deya bosh irg‘agandi. U kishining yonida o‘tirgan sermo‘ylov rasmiy askarning ikki ko‘zi bizda, odamni ko‘rsatib: do‘stimiz, davradoshimiz, afg‘on generali Zulmayxon, uning yonida o‘tirganga ishorat qilib, janoblari Zumarayxon  afg‘onli do‘stlarimiz. Xalqimiz da’vo va dardlaridan xabardir. Haqiqiy suhbatdoshlarimiz.
Keyin so‘zga so‘z ulanib, 15 ga yaqin muxojir suhbatdoshlarni tanishtirib, poygakroqda o‘tirgan bug‘doyrang tanli, o‘rta bo‘yli kishini ko‘rsatib: «ukam o‘rnida, Nurmuhammadbek bizni darvozada kutib olgan xushbichim yigitni ko‘rsatib: bek janoblarining akalari Toshmuhammadbekning o‘g‘illari Xolmuhammadbek, o‘g‘lim Xolmuham-madxo‘jaga kuyov» deya so‘zlarini yakunlagandilar. Shu payt qo‘lida oftoba, chilobchin va oq dasturxon olib kirishib, xizmatga shay-lanishgan edi. Yoyilgan dasturxon nonu turp va sabzavot bilan be-zalgan edi, xolos. Yana to‘rt yigit katta Rishton sopol laganlarida sargo‘sht palovni, yana bir necha qoshiq olib, tanlangan nuqtalarga nazokat bilan qo‘yishib, chiqib ketishgandi.


VI bob 

“Bismilloh, yoqimli ishtaha” deya boshlab bergan Eshondan keyin ovqatlanishga boshladik. Barchalari qoshiqqa e’tibor ber-may, qo‘llari bilan oshab, tanovul qilishdi. Shu choq Xolmuham-madbek bizlarga homiylik qilib, jasorat berib, hatto uzoqroq-dagi turpni yaqinimizga qo‘yib, “olinglar, yigitlar”, dedi. Qodir qulog‘imga  shivirlab, “bog‘bon beshak mehmon shavi, bog‘dod kishi sayyoh shavi”, ya’ni “oy bilan o‘tirsang oy, qozon bilan o‘tirsang, qora bo‘lasan” ma’nosida tojikchalab, go‘yo meni xursand qilmoqchi bo‘lardi. 
Qodir akaning so‘ziga qaraganda, oldin ham mehmonxona ko‘r-gan. Chunki mehmon uzatish odobidan ancha boxabar, tajribali ko‘rinardi. Men ham bir zumdayoq taxminan xizmat bajo qilishga urinib ko‘rgandim. Ovqatlanish payti dasturxon odobiga mos pa-zanda va uy egasi haqida “rahmatu maqtovlar”dan iborat so‘zlar bo‘ldi. So‘ngra dasturxon duosiga navbat kelganda vazifa Eshon otaga havola qilindi. Eshon ota duoga qo‘l ko‘tarib, “alham-dulilloh”dan boshlab, arabcha shukur adosigacha Xudoga iltijodan so‘ng ona Vatan ozodligi, xalqimizning rizqi, baxtli bo‘lishi, milliy hamkorlik, ittifoq va Vatandagi vatanparvarlarga bardam bo‘lishlari uchun yig‘lab turib, Yaratgandan rizo tilab, yana duoga qo‘l ochib, “Yo Parvardigor, olam va koinotni bor qilgan qudrat egasi Xudoyim, dunyodagi butun islom olamiga, musulmonlarga, vatanidan ajrab qolganlarga, vasiylik hurmati yordam ber, biz-larni dunyoda vatansiz, oxiratda iymonsiz qo‘yma, dinu iymonimiz yonida, ruhiy iymonimiz bo‘lgan Vatanga, el-ulusparvarlik, shioru e’tiqodimizga kuch bag‘ishla, dunyo bor bo‘lgandan beri ajdodimiz doim vaqtda va birga ekanimizga ishonib, ibodat va qulluq qilib, bizlarga Xudo bir, payg‘ambar barhaq, degan aqidaga amal qilish fursatidek, milliy iymon shiorimizning isboti va ajdodlar ru-hini shod qilish va shunday majlislarni vatanda ham, yaqin kun-larda nasib qil, dushman niyatlarini o‘zlariga qaytar, yo rabbil-olamin! Bilib-bilmay dushmanlar qatoriga qo‘shilib, xalqimizga zulmni ravo ko‘rganlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat, biz muxojirlarga qo‘lidan kelgancha homiylik qilgan pok niyatlilarni o‘z panohingda saqla. Vatanni bizlarga omonat qilganlarning qabrlarini nurli, ruhlarini shod, makonlarini jannat qil. Ularning yonida yuzi-mizni qaro qilma, bizlarni kechir, xatolarimizni avf et, yurt dushmani kabi ta’nalardan biz vatangadolarni qutqaz”, deya qish-loqcha, oddiyona duo qilib, oxirini arabcha duo bilan tugatgandi-lar. O’tirganlarning ko‘zi to‘la yosh. “Omin” deb fotiha tortish-gandi. Hatto vijdonli afg‘on, pashtun va narigi mehmon ham dod-lashib, g‘amxo‘rlik bildirishib, Eshon otani quchib, rahmat bil-dirishgandi. Dasturxon yig‘ishtirilgach, dunyo masalalari ustida suhbat boshlagach, ikkimiz xizmat ado qilganlarga yordam berish niyatida choy-poy tashish uchun qo‘zg‘oldik. Lekin Shermuhammad ja-noblari suhbatga qatnashishimiz uchun bizni o‘tirishga undashardi. Suhbatdagi so‘zlarning ma’nosiga uncha tushunmasdim. Vatanu g‘urbatdan boshqa milliy ruh, milliy birlik, milliy iymon kabi so‘zlarni ilk bor eshitgandim. Tarixdan xabarim yo‘q. Tajribali kishilarning siyosiy va jo‘g‘rofiy so‘zlari men uchun Qof tog‘idan balandparvoz. Ongim kuchsizlik qilardi. Qodir aka engashib, qosh-ko‘z harakatlari bilan, ba’zan bosh liqillatib, so‘z ma’nosini si-mirib-simirib, zavq olgandek ko‘rinardi. O’z kamchiligiga afsus-lanib, ufqlarga tikilib o‘qiyolmaganimga sabab Vatansizlik ekan-ligini endigina payqadim, deya boshini siqib yig‘lardi, shekilli, bir piyola sovuq choy xo‘plab, ikki qo‘li bilan boshini qisib churq etmay ancha tin olgandi Sarson tog‘a. Keyin bugungi muxojir-larning dardini his etdim. Ammo na foyda, derdi yuzimga boqib Sarson tog‘a. 
Armon to‘la alamlarni yuraklarga sig‘dirolmay o‘lib ketganlar dardini oldinroq tushunsaydim, koshki, ichlarida qaynar buloq bo‘lib, toshgan dardu alamlarni o‘z yaqinlariga uqtirolmay dunyoni tark qilganlar ruhiga duo qilishdan boshqa choram yo‘q, endi.   
Yana ikki so‘zni sizga hikoya sifatida ado qilayotgan bo‘lsam, o‘shalarga o‘xshash anjuman va mehmonxonalardagi gapu gashtaklar-dan olingan meva va hosilot. Qani endi, o‘sha marhumlar sog‘ bo‘l-sayu u kishilarning oyoqlarini o‘pib, xizmat qilsam, deya kuyunib yig‘lardi Sarson tog‘a. Shomga yaqin xayrlashib, kelasi suhbatlar kuni aniqlanib, mehmonlar tarqashgandi. Ba’zilari ketarkan, ik-kalamizga alohida nazokatu shafqat bilan mehmonga taklif qilib, erkalatishgandi. Xolmuhammadbek bularni kuzatib, pazanda va xizmatdagilarni qo‘liga sovg‘a va haqlarini berib jo‘natdi. Eshik tagida xizmat bajo qilib, ko‘plarning diqqatiga sazovor bo‘lgan-dik, desam xudbinlik va yolg‘on bo‘lmasa kerak. Shu payt Eshon ota ikkalamizni ichkari chorlab Shermuhammadbek amakiga tanishtir-gan bo‘ldilar. U kishining qulog‘iga bir narsalar shivirlagandi-lar. Shunda bek yaqinlashib, peshonamdan silab, umr, baxt tilagan-dilar. Qo‘lini o‘pmoqchi bo‘ldim. Lekin u zot, bolajonlarim, tik yurishni odat qilib, birovlarga aslo bo‘yin egmanglar, bizlarning ahvolga tushib qolish sizlarga yarashmaydi, deya nasihat qilgan bo‘ldilar. O’sha-o‘sha bugungacha birovning qo‘lini o‘pmay, hurmat bajo qilaman, dedi Sarson tog‘a. Ularga “rahmat” aytib, bir-bir quchoqlashgan kuyi Eshon ota xayrlashib, “Xudoyimga topshirdim” deya bizni yetakladilar.


VII bob 

Bu gal kelgan yo‘limimizdan emas, mahalla oralab, iflos, tor ko‘chalardan o‘tib, yotar joyimga yo‘l olgandim. Chunki rasta bozor-larda kechalar yurish to‘g‘ri emasligini Eshon ota tayinlagandilar. Ba’zi zolim qorovullardan uzoq turish tadbir hisoblanarkan. Bu qisqa ma’lumot qulog‘imga qo‘rg‘oshinday o‘rnashib, hozirgacha amal qilaman, dedi so‘z orasida Sarson tog‘a. G’ira-shira, hali qorong‘u-lik tushmagan. Yo‘lda ozgina dam olgandek bo‘ldim. Ammo Eshon otaning nasihatomuz so‘zlariga qiziqib, yo‘l qisqargandi. Bir zum-dayoq yetib kelgandik. Eshon ota odobu  muboshirat, tajribali ki-shilar majlislariga qatnashmoqning foydalaridan so‘z ochib, yax-shi-yomon, to‘g‘ri-yu egri, va’daga vafolik, sirdosh kishilarni o‘sha-naqa ma’rakalardan topadi, kishi, deya aqlim yetgan so‘zlarni so‘z-lab, shivirlagandilar. Charchoq sababli ortiqcha gap o‘tmay o‘sha kecha Eshon ota o‘z joyida-yu biz ikkimiz Qodir aka xonasida kechalagan-dik. Hayotimizda bunday tinch, rohat uyqu uxlaganimni eslay ol-mayman. Tushimda butun dunyo go‘yo jannat misoli ko‘m-ko‘k. Hayot-baxsh nag‘malar quloqqa chalingan, hovlimizdan zilol suv oqar, ota-onam osmondan uchib kelgandi. Peshonamni silab, to‘g‘rilik, azob, ahdga vafo to‘g‘risida pandu nasihat o‘qib, so‘z oxirida, albatta, hovliga borishimni aytib buyruq berishardi. Otam qo‘yib, onam so‘zga boshlashib, yana navbat otamga kelib dunyo jannat, Vatanga borganda, albatta, tilovat qilib, duoga qo‘l ochgin derdilar. Va bir zumdayoq ko‘zdan uzoqlashishgandi. “Onaxon, otajon” deya baqi-rib, Qodir akani uyg‘otib yuboribman. Ko‘zimni ochsam, Eshon ota peshonamga kaftini qo‘yib, “Nima bo‘ldi, o‘g‘lim, bosinqiradin-gizmi?” dedilar. “Yo‘q, otaxon, ota-onam kelib, to‘satdan ketib qolishdi”, – dedim yig‘lamsirab, tushimni bayon qilib. Eshon ota zamzama bilan duo o‘qib “chu” degandan keyin, “Xudo xohlasa, va-tanni qayta ko‘rasiz, lekin men...” deya ko‘zlariga yosh olib chiqib ketgandilar.  Bomdod yaqin, uyqu qochgan. Poklanib, tilagimni niyat qilib, ikki rakaat namoz o‘qib, savobini o‘tganlar ruhiga ba-g‘ishlab, Xudoga iltijo bilan fotiha qilgandim. 
Qish keldi. Borgan sayin Vatan, ozodlik haqidagi umidlar chil-parchin bo‘lgandi. Eshon ota unda-bunda keladigan bo‘lib qol-gandi. Bir kuni dasturxon ustida so‘z yana ma’lum dardga taqaldi. Shahar hayotidan ko‘ngil uzib, Vatandagi dehqonchilikni qo‘msab Shermuhammadbeklar bilan tog‘ orasidagi “Bomazang” nomli joy-dan dala olib, paxta, qovun, sabzavot ekishmoqchi bo‘lishgandi. Hali so‘z tugamay, koshki men ham o‘shanday yerda ishlasam deya havas bilan so‘z yuritgandim ko‘zlarim chaqnab, o‘ynab. Umarxo‘ja amaki: “Rostdan yaxshi bo‘lardi”, deya ko‘z-qosh o‘ynatgandilar. Dunyolarga sig‘may sevingandim. Polizlar orasida yugurib, paxta orasidagi ba’zi jo‘yaklarga ekilgan jo‘xori poyasini sindirib, shimiyman,  degan xayolga cho‘mgandim. Tarvuzi qanday maza, derdim. Bahor ke-lib, ekin-tekin boshlanganda, afsuski, borolmagandim. Chunki da-la ancha uzoq, dorilomon yo‘lida, Boburshoh bog‘iga yaqin daryo bo‘yi tog‘ ortida. Bir bor juma kuni Eshon ota Bobur bog‘iga olib bor-gandilar xolos. Yana bir juma ishini to‘xtatib, qovun sayliga, Umarxo‘ja xonadoni bilan borib, aylanib kelgandik. Darhaqiqat, paxta, bir chekkasiga bodring, qovun, to‘rt atrofiga makkayu oq jo‘xori ekilgan edi. Paxta jo‘yaklari orasida onda-sonda yumalab yotgan tarvuz ko‘z-ko‘z qilib chaqirardi kishini. Manzara go‘yo jan-nat. Lekin Eshon ota va Bek janoblari uncha xursand emas. Qulo-g‘imga chalinganiga qaraganda ekin ozuqasiz suv masalasi qiyinroq ekan. Chegaradosh afg‘onlar rashk qilishib, suvni tanqis ahvolga so-lib qo‘yishgan. Ular halolu harom va nopoklikdan hazar qilmas, tabiiy xayrihohlik  anqoning urug‘iday noyob. Va yana ko‘p sabablar bor ekan. Otalar orzu qilgan hosil ko‘p bo‘lmaganda mayli-yu, le-kin o‘z xarajatini ham qoplamas, to‘qimi eshagidan qimmatliroq ekan. Biznikilar zararga ham rozi. Yerning kuchsizligi mayli-yu, suv muammosi ularni charchatdi. Ya’ni muxojir ishi emas, deya uq-tirgandi xazora bola. Keyinchalik Kobul yaqinidan yer olib, Saroyxo‘ja ham havaslanib, silab, qo‘lidan bor-budini boy beri-shib qaytishgan ekan. Nima bo‘lsa ham borini olib, bola-chaqa bi-lan qovun sayli qilib, qolgan-qutganini xazora bolaga tekin ulashibdi, bu tabarruk ishdan voz kechishgan ekan. Bir necha kecha o‘tdi. Bir kuni Eshon ota bizlar bilan xayrlashib, bor-yo‘g‘ini bir tugunchaga tugib, Bag‘lon shaharchasiga tomon jo‘nagandilar. Bu yangi shaharchada partav yerlarni o‘zlashtirib, xususan, farg‘onalik muxo-jirlar dehqonchiligidan foydalanish uchun hukumat reja tuzib, qarzga yer berib, go‘yo xushnud qilmoqchi bo‘lgan. 1941-45 yillari bo‘lsa kerak, olmonlar qizilcha lavlagidan shakar ishlab chiqarish fabrikasi qurmoqchi bo‘lib, ish boshlagan kezlar edi. Xom ashyo yetkazib berishga mo‘ljallab, hukumat go‘yo muxojirlarga lutf ko‘rsatmoqchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Eshon ota ketganlaridan keyin yetimcha misoli haqiqiy jonkuyarni yo‘qotganday dovdirabroq qol-gandim. Lekin hovlicha o‘zimga qolib, nisbatan uzun va uzoq tush ko‘rish niyatida bo‘lib, Qodir akani har kecha bezovta qilishdan tiyilgandim. Bir muddat o‘tdi, qanday bo‘ldi bilolmayman. Mozori Sharif tomondan bir o‘zbek yigit askar bo‘lib kelgandi. Xurjun, mayda-chuyda va ortiqcha pulni omonat topshirgandi. Askar yigit har hafta jumadan chiqib yotib qolardi. Birga ovqatlanar edik, odobli, bosiq, qabla yigit edi. Lekin bir aybi bor: nosvoyga mubtalo va kechalari mendan ko‘ra ko‘proq tush ko‘rib, uyg‘otib yuborardi. Taxminan biror qizga oshiq bo‘lgan. Chunki tu-shida Guljon ismini tilga olib bosinqirardi. Hatto yig‘lab uy-g‘onib ketardi. U nosvoy chekishidan ta’sirlanib, lekin daryo sohi-lini yodlab, oh urardi. Ustam muloyim, vazmin, aqli raso kishi. Bir-ikki bor iymon va nasihatomuz so‘zlar bilan dunyoda nos-voyday rasvo bir ayb yo‘q. Qaerdan ham mubtalo bo‘lganman, deya chekishdan shikoyatnamo so‘z qo‘shib bergandi. Aslida chekishni tashlay olmasdi. Lekin ko‘ngliga qarab “o‘lib ket ahmoq” degandek insofni  o‘ziga qo‘yib bergandim. Aslida chekishimning sababi ham yo‘q emas. Bir kun farg‘onalik bir amaki 12 dona yog‘li qatiq uchun pul berib, Xudo xayr bersin, mana bu yigit uyga olib borsin, deya bir qiron-chaqa pul mana bu senga, deya meni kamsitgandi. Javob berishga hayron bo‘lib yerga qaragandim. Ustiga-ustak tomdan ta-rasha tushgandek, o‘g‘lim, sen tojikmisan, degandi. Asabim qo‘zib, jonim xalqumimga kelgandi. Shunda “Yo, sabr”, degandim. Ustam, bu kishi jiyanim bo‘ladi, deya qovoq osib, bahslashishning keragi yo‘q, deya tarsaki urganday, adabini bergandilar. Bu so‘zdan jasorat olib, “amaki, men sadaqaxo‘r emas, mehnatkashman, rizqimni shu yo‘lda berayapti, gadolarga berarsiz”, deya pulini qo‘l teskarisi bilan rad qilgandi. Ketgandan keyin ustam: “Attang, patir yo‘q ekan, desak bo‘larkanu, ammo nonko‘rlik bo‘lmasin, mayli endi”, degandilar. Ikki-uch bor qo‘pol harakatlariga guvoh bo‘luvdim. Nachora u ham yurtdosh, xafa bo‘lmang, o‘g‘lim, deya meni yupatgan-dilar. Negadir har ko‘rganda “tojik” deb kamsitardi. G’o‘ng‘illab, seni qarab tur, yana kelarsan, deya Xudoga havola qilib, patirlarni hovlisiga olib borgandim. Darvoza lang ochiq, keng hovli. Vodiy uylari kabi imorat solingan. Meva daraxtlari qator-qator, obod. Yo‘laklar pok-pokiza. Xususan, shahar suvi jo‘mrakdan sharillab oqardi. O’z-o‘zimga: hamma suv topolmay ovora, bachchag‘arni qara, bekorga oqizib isrof qilayapti, deya hayratlangandim. Yana, balki ekin sug‘orayotgandir, deya o‘yladim. Ellik qadamcha ilgarida shaftoli rang ipak ko‘ylakli, sochini ikkita qilib o‘rib olgan, oq lozimli bir jonon yugurib: “Ey, patirni olib keldingmi, kutib turuvdim, deya ko‘z qiri bilan qiya qaradi. Ayollar bog‘da dam olyapti, dugonalar bilan”, – deya so‘zini yarimta qilgandi. Hang-mang bo‘lib, kar bo‘lib eshitmay qolgandim. Yana u: “Ey, senga aytayapman, o‘zbekcha bilasanmi, yo beza-bonmisan”, – dedi baland ovozda do‘q urib, Nonni olarkan: “Voy qa-naqa odamsan”, deya ro‘molini tortib olgandi. Qora shahlo ko‘zi bilan o‘g‘rincha masharaomuz qaradi. O’zimda emasdim. Bu yerga kelib qish-log‘imdan chiqqanimdan beri ipak ko‘ylak ichida har nafas olishda bo‘r-tib borib-kelgan ko‘krakli, olmasifat yuzli qizga duch kelmagandim. Nonni berdimu gap topolmay, “Patirni kimga topshiray” deyman du-duqlanib. “E, tiling bor ekan-ku, Zayniddin boyning qizi, Jongir de”, deya qayrildi. “Hoy, qizim, nima qilib yuribsan hovlida, ko‘cha darvozani tambalab qo‘y”, degan qichqiriq keldi ichkaridan. “Onajon, men hozir, bir anqov patirni olib keldi”, dediyu meni haydagandek “kish-kish”lab darvoza zanjirini tambalab qo‘ygandi. Vujudim tit-rab, qaltiroq bosib, ikki-uch bor nosqovoqdan og‘zimni to‘ldirib, yutib yuborganimni payqamay qolgan ekanman. Gangirabroq darvoza yonidagi loy bilan suvalgan supachaga o‘tirib qoldim. Hovli yaqin, juda bo‘lsa, bordi-keldi yarim soatlik yo‘l, tezda qaytishim ke-rak. Ammo nima qi-larimni bilmay ovoraman. Ustam havotirlab Qodir akani qidirgani jo‘natgan. Na ish, na Vatan, na qaerga borayotganim-u musofirligim esimga kelmay, xayol olamida mast odamlarday tebranib borarkanman, Qodir aka: “Nima bo‘ldi, ukajon”, dedi. Ichog‘riq bo‘ldimi yo urishib qoldingizmi, degan so‘zidan o‘zimga keldim. Negadir tanish ovoz qal-tirog‘imni bostirganday dam oldim. “Charchadim”, deya duduqlanib, uni chalg‘itmoqchi bo‘ldim. Qodir aka masjidda «bo‘pti, yuring, ovora bo‘l-mang, bilaman» deganday, payshanbaning kelishini chorshanbadan bil-ganini imo qilardim. Rashk tuyg‘usi bilan ko‘zim bulog‘idan bo‘rtib, qulog‘im qizib, g‘ilay qarardi. U yana kuldi: “Ukajon, tezroq boraylik, usta havotirlanadi.” “Ha”, desam, “ishi bor ekan, ketmoqchidir” deya so‘zlardi. Do‘konga borganimizda usta o‘t bo‘lib yongandek qo‘lida kosov, jahl bilan tandir kovlar, qovog‘i soliq. “Tinchlikmi” deganday so‘z qotdi: “Darvozani kech ochishdi, uxlab qolishgan ekan” deb yolg‘onni ham boshlagandim, ammo usta bosh irg‘ab kulib qo‘ya qolgandilar.


VIII bob

Eshon ota ketganlariga bir-bir yarim yilcha bo‘lgandi. Uning yaxshi so‘zi, pandu nasihatlari qulog‘imni jaranglatar, hatto tush-larimda odamlar qatori suhbatida bo‘lardim. Bir kuni qaerdandir sevintiradigan voqea uyushtirib, Mozori sharif shahrida yashovchi otaning o‘g‘li – Xolmuhammadxo‘ja yonida qora otli, ko‘zlari chaqmoq chaqib turgan bir yigitni yetaklab kelib qolishdi. Ismi sharifi Mamatjon ekan. Otasining ismini usta esdan qochirgan edi. Usta qaynog‘asi Xolmuhammadxo‘ja kelishidan xabardormas ekan. Hol-ahvol so‘rashib, xonaga olib kirgan Umarxo‘ja  amaki edi. Choy olib kirib qaytdim. Hali tandir me’yoriga yetib borgani yo‘q, sovuqroq. Usta ust kiyimlarini o‘zgartirib, ishlarni ikkimizga omonat qilib, mehmonlar bilan ertasiga ko‘rishmoq umidida xayrlashib ketishgandi. Oxirgi kunlarda hunarimni batamom o‘rganib olgandim. Shunchaki ozroq non yopardim. Ishlarni ertaroq tugatib, mehmonlar uchun otaning xonasini tartiblab, Qodir aka bilan yana hamxona bo‘lgan edim. Mamatxonni birinchi ko‘rishdayoq “do‘st topdim” degan fikrga borgandim. “Qancha vaqt qolisharkan” degan andisha hozirdan boshlab miyamni qotirgandi. “Mamatxon-ning ammasi bo‘lgan Umar ustaning rafiqasi G’amzaposhsha va qizi Mahtam opa necha yillardan beri ko‘rmagan qarindoshlarini tezdagina qo‘yib yuborishi aqldan uzoq ehtimol”, deb o‘yladim. Ishiga sodiq usta ertasi namozdan keyinoq yetib kelib, Qodirjon bilan ozroq hamir chamalab g‘ayrat qilganimizni ko‘rib, xursand bo‘lgandilar. Chunki ertaroq uyga qaytib, mehmonlar bilan  birga hasratlashib, xizmat qilmoqchi edilar. Peshindan so‘ng ishni to‘xtatdik. O’shanda mehmonlar haqida oz ma’lumot bergandilar. 
Mamatxon o‘rta maktabni Mozori Sharifda a’lo darajada poyo-niga yetkazib zukko bo‘lishi tufayli rasmiylar yoqtirib, Kobuldagi metrologiya tashkilotiga yuborishgan ekan. Ota uni maktabga top-shirib, tezroq qaytish niyatida ekan. Chunki shu kunlarda Ikkinchi jahon urushi boshlanib, yurishlarning Mozori Sharifga kirib qolishi ehtimoli bor ekan. Bola-chaqasining boshida bo‘lishi ota-lik vazifasi deb, singil va yaqinlariga to‘ymasdan qaytishni reja qilgandi. Qolaversa, Qobul va Mozori Sharif orasi 400 chaqirim-dan ziyodroq yo‘l. U zamonning qiyinchiligini o‘ylaganda, yo‘l azo-bi, go‘r azobi ko‘rinardi. Bu so‘zlarni tinglagach, Kobulda qolish majburiyati paydo bo‘lganini his qilgandim. Ustaning so‘ziga qaraganda jumadan keyin Xolmuhammadxo‘ja va Muhammadxon Shermuhammadbek ziyoratiga borishmoqchi bizni olib kelishni Umarxo‘jaga tayinlashgan. Usta uchun bizni olib borish mas’u-liyatli vazifa edi. Chunki Eshon ota yigitlarni onda-sonda maj-lis-ma’rakalarga olib boring, deya buyruq bergan ekanlar. Bu so‘z o‘z ziyosi bilan mamnun aytgan edi, meni sabab shu johilligim bilan dunyodan o‘tayotgan voqealardan xabardor bo‘lib turish orzu-sida edim. Qolib ketganlarning tilida doim mish-mish va qo‘rquv bor. O’sha yili g‘alla mahsulotining ozligi xalq orasida g‘ulg‘u-lani tobora orttirib, xususan, afg‘onlar turkistonlik muxojir-larni yurtlariga ushlab topshirmoqchi, – degan asli astari yo‘q gap-so‘z tarqagandi. Bir kun muxojir yurtdoshlar har shaharda mahal-laning panaroq joyiga ko‘chishib, go‘yo mahalla darvozasidan dush-manlar kirolmaydi degandek axmoqona tadbirlar bilan ovora edi. Chunki Umarxo‘ja ustaning uzoqlarda meningchun va Qodir aka uchun ovora bo‘lishi ortiqcha mashaqqat bo‘lardi. 5-6 marotaba borib-kel-ganim uchun mahalladagi uyni yodlab, ko‘z yumib borib kelishimni yaxshi bilardim. Juma kelguncha uyqu kelmay betoqat edim. Sababi birinchidan, Muhammadxonni tezroq topish, ikkinchidan, u o‘ti-rishlarda men sevgan mavzularda gap borishi. Balki Vatandan ham biror xabar chiqib qolar, degan umidda yurardim. Jumadan so‘ng yetib borganimizda mehmonlar hanuz kelishmagan. Lekin yugurdak qozon osib, tayyorgarchilik bilan ovora. Meni tanishtirdi. Bori-boq xizmatga shaylangandim, ular ham xursand: hol-ahvol so‘rashib, ko‘ngil olishardi. Ba’zan ... so‘zlar bilan Vatandagi tulkilarni eslar, xushyorlikka chaqirishardi. Kichik bo‘lsam-da amakilar suhba-tiga ham qo‘shilib yo‘qotganlarimni topganday ichim yorishib, ba’-zan yig‘lardim. Yarim soatcha o‘tgach, Bek janoblari ham jumadan qaytib, meni ko‘rib alohida e’tibor bilan so‘rashgandilar. Ul zot endi ichkariga kirayotgan edilar usta Umar mehmonlar bilan kirib kelishdi. Hol-ahvol so‘rashdik. Keyin birovlarni kutmasdanoq alohida xonaga kirib ketishgandi. Men ham eshik poygagida xiz-mat kutgandim. Bek Xolmuhammadxo‘ja bilan juda ham quyuq so‘ra-shib, Muhammadxonning peshonasidan o‘pib, minnatdorchilik izhor qilgandilar. Xolmuhammadxo‘jani Vatandagi dardnok ko‘rgandan buyon endi birinchi bor ko‘rishi ekan. Usta bilan gaplashib, Eshon ota haqida ma’lumot olgandilar. Patnisda tayyor mayda-chuyda, qora va ko‘k choy olib kirib ustamga topshirdim. Ular o‘zaro bir soatcha suhbatlashdilar. Ungacha narigi mehmonlar ham birin-ketin kela boshlashdi. Xonaga kirishgach, Xolmuhammadxo‘ja bilan bafurja so‘rashib, har kim o‘zi bilib o‘rinlarga o‘tirishgandi. Bir mehmondorchilikka nima kerak bo‘lsa, hammasi muhayyo edi. Ovqat, choy, meva-chevalar bilan dasturxon bezalib, suhbat Xolmuhammad-bek imosiga binoan men va Mamatxon tashqariga chiqqach, suhbat boshlanganicha asr qazo bo‘lmay shomgacha cho‘zilgandi. Nima gap bo‘lib o‘tganidan xabarimiz bo‘lmadi. Biz o‘zaro hovlining burcha-gida aqlimiz yetgancha Vatanimiz Turkiston haqida gurunglashib, ozgina g‘amu kulfatdan uzoqlashib taskin topgandik. Yigitchilik chog‘iga qadam tashlaganimdan beri ilk bor yayragandim. Muhammad-xon sipo, vazmin tabiati bilan to‘ralar xonadoniga mansubligiga ishora qilgandek tuyulardi. Narigi jo‘ralar bizlardan kattaroq. Har ma’raka va majlislarda yoshi ulug‘larga xizmat qilishib, joy-joyida so‘z ochib, hurmat qilish odobiga ancha malakali ko‘rini-shardi. Mamatxonga mehr qo‘yib, do‘stligiga ishondim. Tojikcha, dariy, forsiy pashtunchadan batamom voqif. Ona tilini vodiy she-vasida gapirar, men  haqqimda ma’lumot olmoqchi bo‘lardi. Bugun-gacha boshimdan o‘tgan achinarli voqea va hodisalarni qisqacha uq-tirib, yengillashdim. Eshon otadan: egri daraxtdan to‘g‘ri soya bo‘l-maydi, degan so‘zlari-yu bergan tarbiyasidan va savodsizligimdan so‘z ochib, gapni cho‘zmoqchi edim. Lekin so‘z ko‘p, fursat oz. Muhammadxon bo‘lsa, suhbat oxirida besavod ekanligimga afsusla-nib, xonadonning barchasi kechayu-kunduz Vatan ishqida o‘ylashga-nini aytib, tazyiq ostida qolganligini, hatto Shokir nomli uka-sining Vatan desa oshu non, nozu ne’mat xayoliga borib qolgan-ligini so‘zlab, agar Vatanda bo‘lsangiz, albatta, o‘qib, savodli bo‘-lardingiz deya afsuslanardingiz. Shu kichik ishda dardimga davo bo‘lmoqchi bo‘lib talpinardi. O’zi Mozori Sharifda ko‘p mashaqqat-lar bilan o‘qib, o‘z kuchi bilan sinovlardan o‘tib, natijada yuqoriroq maktabga kirish haqida ma’lum qilib, qabulga rasman jo‘natilgandi va bu bilan faxrlanardi. Shokir ukasining 9 yil o‘qiganini, zehni o‘tkir, hatto har doim bir bo‘lib, har payshanba kunlari sinfdoshlari orasidagi bellashuvlarda minbarga chiqib, maqola o‘qib, o‘sha sabab qalam-daftar mukofot egasi bo‘lganligini so‘zlardi. Lekin, afsuski, qashshoqlik sababli oliy maktablarga yetib borish juda qiyin ekanligini bayon qilib xo‘rsinardi. O’sha kuni oqshom dadasi Xolmuhammadxo‘jadan ruxsat olib, bitta novvoyxonaga borishni kelishib qo‘ygandik. Men va Mamatxonni xuzuriga chaqirgan bek janoblari peshonamizdan o‘pib, xizmat-laringiz uchun rahmat, deb baxtu saodatimiz uchun duo qilishgandi. Umarxo‘ja ikki o‘gay o‘g‘li, o‘zining Davron degan o‘g‘li va Saodat ismli qizi bor. Lekin men har gal kelganimda duch kelmaganman. Chunki tasodif har borganimda Amir Olimxonning Qal’ai fatvo degan bog‘iga ketishgan bo‘lishardi. Xursand bo‘ldim, chunki kelgusida ko‘rishib turamiz degan umid bor edi.
Turar joyimizga kelib yo‘l changining zararlaridan poklanish uchun bet-qo‘l yuvib, xonamga kirgandim. U zamonlarda kechayu kun-duz kiyimlarimiz bir, ko‘ylak ustini chiqariboq yotib turardik. Ammo boylar kechasi alohida kiyim kiyishardi. Charchaganimiz uchun namozni tunda qilarmiz degan niyatda suhbatni boshlagandik. Qodir aka ham zerikmay, yarim kechagacha chidab, keyin qanday bo‘lsa ikki soat uylarida qayta ish boshlashni rejalab, sizni uyg‘otaman, deya xayrli tun tilab o‘z xonasiga jo‘nagandi. Sevinchdanmi yoki tinmay nosvoy kaplab, tomoq qirib, tuflab, bezovta qilganim-danmi Muhammadxonning peshonasi tirishib, yuz burishtirib, tashvishlanardi. Lekin biror yosh kichik bo‘lgani uchun betgachopar-lik qilmas, odobga rioya qilardi. Payqab, oxiri uzr so‘rab, tish-larni rasvo qilgan bu balodan qutulishni o‘ylab yuribman, degan-dim. Muhammadjonga tili burro bir adres yozdirgandim. Marjon-day batartib yozuvini ko‘rib, savodsizligimga la’nat yog‘dirdim. Ertalabgacha suhbatlashish orzusi bor, ammo Muhammadxon ancha charchagan, ko‘zlari yumilib ketayotganday. Hurmatan qilgan duola-rimizni o‘qib, kechaning tinch dunyosiga sho‘ng‘idim.


IX bob 

Otasi Mamatxonni maktabga yozdirib, zudlik bilan Mozori Sharifga jo‘nagandi. Chunki yaqinda muxojirlarni Qobul shahri-dan chiqarmaslik haqida hukumat qarori amalga oshishi mumkin degan vahima tarqagandi. Bu gaplar tezda haqiqatga aylanib, muxo-jirlar Kobulda qamal bo‘lib, ishlar har tomonlama taqa-taqa to‘x-tab, yo‘llar bekildi. Mayda-chuyda ba’zi oldi-berdi, sartaroshlik, kovushdo‘zlik, oziq-ovqat kabi ishlar bilan ovora bo‘lib qolish-gandi, xolos. Biror ishga yo‘l berilmaydi. Hatto, ba’zi muxojir-larning bolalari maktablarda qisuvga olingan. Chunonchi, 6 oy o‘t-masdan Muhammadxon o‘qiyotgan maktabdan haqsiz bo‘lib haydal-gandi. Asli bu xonadon, ya’ni Eshon ota to‘pi afg‘on fuqarosi bo‘l-may, o‘z holicha vatansiz yashardi. Oxirgi siyosiy notinchlik bahona bo‘lib, bir kun bu do‘stim ham ruhiy tushkunlikka uchrab, hardam-xayol bo‘lib qolganga o‘xshardi. Ish yo‘q, opasi Kimyoxonning xo‘ja-yini, pochchasi Xolmuhammadbek moddiy yordam berar, kovushdo‘zlik do‘koniga borib, hunar o‘rgansin desa, Muhammadxon ko‘nmay sar-son-sargardon. Ba’zan onasi, ba’zan biz bilan Xudo bergan rizqni baham ko‘rardi. Bir kun qarasam, qo‘lida papirus, zo‘r berib che-kayotibdi ustma-ust. Hayron bo‘ldim. O’zim nosvoyga mubtaloman desam, bechora do‘stim undan ham battarrog‘iga uchragandi. Bir-ikki bor xafa bo‘lsa ham zararlaridan so‘z ochmoqchi bo‘lgandim, ammo ol-din oynaga qara deb qolgudek bo‘lsa, nima javob beraman, deya tor-tindim. Lekin o‘zim ham nosvoyni tashlab, oliftaroq, zamonaviy chekishni boshlasammikan deya o‘ylab ham ko‘rdim. Faqat nosvoy o‘l-gur milliyroq va merosga o‘xshab ko‘ringandi ko‘zimga. Bu gaplar hammasi ham hazil. Bilib turib mubataloi azimdan qutulishni o‘ylamay qo‘ygandim. Har kuni ko‘zim nigoron. Yangi boy yana yog‘li patir buyurtma qilarmikan deya. Lekin uzoq muddat biz tomonga qa-dam ranjida qilmaydi. Tobora noumid bo‘lardim. Bir kun ertalab do‘kon ochib tursam, hanuz usta kelgani yo‘q. G’o‘ddaygan boy 20 dona patir buyurtma berdi. Kech qolmay olib borishimni tayinlab, bir hamyonchada qanchaligi ma’lum emas, chaqa pulni ustangga topshir, deya jadallab jo‘nadi. Hamir tayyor, patir non yopishni o‘rganib ol-gandim. Tandir qizarishi bilan ustam kelib, ishni boshladilar, pulni topshirib, omonat salomimni ham arz qildim. Bo‘pti degan-dek tezdagina o‘zib, tashlab ketgan oq dasturxoniga patirni o‘rab olib boring, kun bo‘yi daydib yurmay, tez qayting, ma’nosida imlagandilar. Dunyo go‘yo meniki. Nosvoyni tilning ostiga kapalab yugurdim. To‘g‘rirog‘i o‘qday vizillab uchgandim, desam kulmang. Darvozani qoqsam, tezdagina ochildi. Yana o‘sha jonon. Shoshib turgan ekan, shekilli, nonni olayotganda karashma bilan yaqin-lashdi. Ajoyib, yoqimli bir hid gupullab burnim ichiga, gul-boq-chasiday bo‘stonga aylantirgandi. Nosvoyning o‘ziga xos, bemaza, badbo‘yligini bilmasa kerakki, jonon hali salom bermay “puf” bu nimaning hidi, deya dasturxonni hidlab, burnini jiyirib, jirkanch bilan xiyol qarab, “Nima balo yegansan?” deya nafrat bilan yuz o‘girgandi. Onasi “qizim, kim ekan” deganda, “He anavi anqov bola, sasimay o‘lgur” deya dodlab, orqasiga qaramay qochgandi. Os-mon emas, butun dunyo-koinot boshimga yiqilganday, gangirab, xo‘r-ligim kelib, yig‘lab yuborganligim hali ham esimdan chiqmaydi, deya majolsiz, peshonasi terlab “uf”lab ko‘z paxtasi irg‘ib, ko‘zyoshi qilardi Sarson tog‘a. Hayron bo‘lgandim: bu sevgi yig‘isimi yo xo‘r-lanish yig‘isimi, deya o‘ylandim. Kuygan yuragini yaxlatish uchun 2-3 piyola sovuq choy simirib, yongan bag‘rini sovutganday bo‘lardi Sar-son tog‘a uzoqlarga tiqilib. Keyin yana so‘zga boshlab: ha, mayli sassig‘u jirkanch, derdi so‘z orasida. O’zbek, qirg‘iz, turkman, qozoq o‘z birodarim bo‘lgan holda nega doim o‘z qardoshlarim xo‘rlashadi, degan alam bilan beixtiyor nosqovoqni otib yuborgandi. O’z-o‘zimga: “Balo bormidi, nosvoyga ahmoq”. Endi mo‘ylov terlab, sev-gi degan tuyg‘uni nosvoydan qidirasanmi, ahmoq bo‘lmasam” derdim g‘ayriixtiyoriy kallamni ushlab, jinniga o‘xshab qolgandim. Ko‘zim o‘ngida qizning “puf” degan burun jiyirib ketgani namoyon bo‘lar, haqoratomuz kamsitishi qulog‘imni kar qilardi. Qaerga ketayotga-nimni bilolmay dovdirab, bir baqqol do‘koniga borib qolibman. Nosqovoqni tashlab qutilganim esimga tushar, xumori bosar, shay-ton “ha” deb ahmoq, endi nima qilasan? Nima qilib qo‘yding de-ganday turtib aqlimni chalardi. Mobodo tashlamagandurman deb butun cho‘ntaklarimni kovlab chiqqandim. Ammo, yo‘q, yo‘q, yo‘q. Baq-qol oldida garangsirab qolganman. Qarg‘a go‘ng yemay, bu nima qilib yuribdi, deganday. Baqqol hayron: qanaqasidan deb so‘rab qoldi. Qanaqasidan bo‘lsa ham hammasi bir balo-ku... O’shanda ustida qaychi surati bor chiroyli alangirli bir pochka topshirib, pulim-ning qaytimini to‘larkan, yana gapirmoqchi edi. Lekin nasihat olishdan qo‘rqib, tezdagina qochib qoldim. Yo‘lda pochkani ochib, bir donasini yoqib atrofimga kibrlanibroq ko‘z-ko‘z qilganday bo‘ldim. “Puf” bu nosvoydan ham rasvo, achchiq-ku... Hay endi bo‘lar ish bo‘ldi-ku, razolatning zamonaviyrog‘i, madaniyatning ajdahosi-ku, zehnimda go‘yo qozilik qilmoqchi bo‘lar, telbanamo do‘konga yetib borsam, ustam: “Nima bo‘ldi, turqingiz ala-buji, boshqacharoq?” deya oxirat savolini so‘rab qoldilar. “Kelayotsam, bir sariq daydi it, tish ko‘rsatib qo‘rqitdi desam ham, yana o‘sha jonon xayolimni band qilgandi. Nosvoy orqali yolg‘onchilar piriga aylangandim, chora topolmay. Ammo ustam karroq bo‘lgani uchun juda xushyor, har galgidek miyig‘ida kulib qo‘ya qolgandi. Qodir aka bo‘lsa, qah-qah bilan kulmaslik uchun og‘zini qo‘li bilan to‘sgandi. Oftob 5-6 nayza ko‘tarilganda Mamatxon og‘zida sigareta shimib - “puf”lab kelib qoldi. Ertalabki non tugagan, Muhammadni chetdagi ariq bo‘yiga yetaklagandim. Qamish bo‘yrada o‘tirib, suhbat qurarkan, Mamatxon ketma-ket chekar, birini qo‘yib, narigisini ustma-ust ulab, tutun yutardi. O’zicha emas, bir dardi borligi aniq. Oldingi Mamatxon emas. Alamzada, ahvolini ko‘rib, rahmim kelib, ichim g‘amga to‘lib, haligi alangirli papiros qutisini chiqarib, bir dona yoqdim. Mamatxon farqiga bormagandi. Qodir aka hayratla-nib, afsuslanganday qo‘li bilan o‘tni yelpib, “chakki” qilibsan deganday xo‘mrayardi. O’shanda Mamatxon ko‘rib qolib: “E, ha” taraqqiy borakanu degandek masharaomuz kular, endi Xudo uribdi ma’nosida bosh liqillatardi. Choy damlab, yarim soatda, go‘yo gu-runglashgandik. Zararkunanda odatlardan hech gap o‘tmadi. Mamat-xonni boshqa bir muammo g‘amu anduh girdobiga g‘arq qilmoqchi. Ko‘z yosh qilardi. Hayron bo‘ldim. Vaziyat bir mushkulning xabar-chisi. Yuragim ezilib, andisha ichida yerga qarardim. Muhammadxon-ning so‘ziga qaraganda turkistonliklar orasida Vatan ozodligi uchun olmonlar yordamida bir tashkilot qurilgan. Ammo bularning boshiga afg‘on rasmiy idorasidan muhim o‘ringa va hukumat hi-sobiga ajrimlik olim Mahshar Roziviy nomli kishi haqiqiy, fidokor vatanparvarlar orasiga singib, bo‘layotgan butun maxfiy harakatlarni tekshirib turishi uchun ataylab tayinlangan. Olmonlar Ovro‘pada asir olgan turkistonliklarni parashyut or-qali Mozori Sharif shimolidagi Amudaryo qirg‘og‘iga olib kelib tashlamoqchi bo‘lishgan. Lekin olmonlar Rusiyada mag‘lubiyatga uchrab, yengilgach, afg‘on hukumati ruslarga laganbardorlik qilish maqsadida tashkilotchilarni ushlab qamagan. Lekin qizig‘i olmon-lardan kelgan boylik Olim Mahsharga qarashli 10 ga yaqin kishi va afg‘on rasmiylari orasida xazm bo‘lib, yo‘qolib, chippakka chiqqan. Shular orasida mingboshi Xo‘ja eshon Marg‘ilondan, Xolmuham-madxo‘ja Mozori Sharifdan ushlanib, qaergadir olib ketilgan. Oxiri majhul, gumdon. Xonadon nima qilarini bilolmay, bor-ganda ham nima qilarini rejalay olmay boshi qotgan. Chunki Shermuhammad va Nurmuhammadbeklar ham shahar mahkamalarida ko‘z ostida ekanlar. Xolmuhammadbek moddiyan kuchsiz, zo‘rg‘a kun kechirgani uchun yordam berishdan ojiz. Opa Kimyoxon tikkan do‘p-pilarni bozorga olib borib sotishdan boshqa chora qolmagan. Ko‘chama-ko‘cha changitib yurish og‘ir kelardi. Yana narigi tomondan otaning do‘stlaridan bir sartarosh “agar ma’qul ko‘rilsa, shogird sifatida ko‘zim ostida himoya qilishim mumkin”, degan ekan... Shov-shuv dunyoni qoplab, vahimasi osmonga ko‘tarilgandi. Anchaga borib qolgan umrim ba’zi mayda-chuyda tajribalarga ega qilib qo‘ygandi. Birniki mingga, mingniki tumanga degan maqol savod-sizlarning boshini ham gangiratib qo‘ygandi. Shu kunlarda Mo-zori Sharifdan 40 kishi tutilib, bir-birovlariga motamlanib, yuk mashinasida Kobulga olib kelinib, qamoqxonaga solishib, mah-kumlarning oyoq-qo‘liga 12 kilolik temir kishan bilan zanjirband qilingan ekan. Birinchi daraja yaqinlaridan boshqa birovlarning ziyorati ma’n qilingan. Bordi-yu unday bo‘lmaganida ham chetdagi-larning jasoratsizliklari sababli ulardan xabar olishlari mum-kin ko‘rinmasdi. Vatan uchun harakat qilishgan bo‘lishsa-da, xiyo-natchi hisoblanar, hukmsiz oldindan qoralanib bo‘lishgandi. Bu-lar ichida Eshon otaning o‘g‘li Xolmuhammadxo‘ja ham bor edi. Taxmin qilasizmi, usti ochiq yuk mashinasi ustida och, suvsiz, buzuq tog‘ yo‘llarida 400 chaqirim yo‘lda jon-omon o‘tish sirot ko‘prigidan o‘tishdan qiyin bo‘lgan. Vatan uchun jonfido qilmoqchi bo‘lganlar xo‘rlanilar ekan, o‘lgan ustiga tepgan degandek, becho-ralarga balchiq otib, qora kuya surishganlarning qilmishlari tala-bsiz bag‘riyoniqlarni anduhga g‘arq qilardi. Xususan, menga o‘xshash o‘ylaganlar vijdonan juda qiynalgandi. Tashkilot qurilganda ziyodasi bilan sevingandim. To‘g‘ri yo noto‘g‘ri, suvga tushgan g‘arq bo‘larkan, ilonga yopishadi degan so‘z bor. Ular tavakkal qilish-gandi. U zamonning sharoiti shu edi... Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Muhammadxonning hayoti xavf ostida, zudlik bilan Hindiston va yo boshqa muqaddas tuproqlarga jo‘nashi uchun otasi Xolmuhammad-xo‘ja buyruq berib, o‘z hayoti ham xatar ostida ekanligini bayon qilgandi... Moddiy tomon pochchasi Xolmuhammad tomonidan ta’-minlangandi. Bekning yaqin do‘sti, bedanaboz Zulmayxon orqali amalga oshgan bu yaxshilikning oxiri kelib, Xolmuhammadxo‘ja Bemazang turmasidan shahardagi tavbaxonaga siljitilib, mo‘‘ji-zaviy suratda ota-bola o‘limdan qutulishib, afg‘on xalqiga yaxshi-lik qilishgandi. Ammo, afsuski, 6 oy o‘tmay, Marg‘ilon turma-sidan Bemazang turmasiga ko‘chirilgan Asomiddinxo‘ja mingboshi Eshon ota ahvoldan xabarsiz bo‘lgani uchun bir haftada ma’lum tashkilotchilar intiqomiga duch kelib, zaharlanib, ko‘zi ochiq dunyoni tark qilgan. Makoni jannat bo‘lsin. Marhumning qabri Kobulning Oshiqonu orifon tog‘ida oyoqosti bo‘lib yo‘qolib ketgan. Afg‘on idorachilari qamoqxonadagi Xolmuhammadxo‘jaga xususiy ruxsat berib, janozaga olib kelishib, bu marhum xoin emas, bir vatanparvar musulmon bo‘lganini tasdiqlagani uchun o‘shanda qora loy chaplab yurganlar ham haqiqatni payqashib, janozaga qatnashib yig‘lashgandi, dedi Sarson tog‘a yig‘lab turib.
Suhbatimiz kunlarcha davom etgandi. “Bir kuni, – dedi so‘z boshlab yana Sarson tog‘a, – novvoyxonaga bir Qavoyili pashtun af-g‘on kelib, negadir bo‘sh paytida suhbatlashib, choyxo‘rlik qilgan-di. Aslida 2-3 kunda bir kelib, yog‘li non buyurtma qilar, o‘ziga tinch, to‘q odam edi. Hindu afg‘onning janub sharqi tomonidagi chegarada yashovchi bu qabila xalqi juda g‘alati, hatto taqlidiy diniga bog‘liq, sonlari 2 mln.ga yaqin bir qavmdan iborat. Hunar-lari qo‘lbola qurollar yasab, qochoq yo‘llarda narkotika, chars, bang, qoradori sotib, odam qochirish bilan kun kechirishadi. G’ayri-qonuniy ishlarga mohir, arbob odamlar. Nomi bobla, ya’ni qoplon. Sermo‘ylov, bahaybat, gapdon bir kishi voqealardan batamom xa-bardor. Chunki bular pul tikib, har ishni muboh-tijorat deb o‘yla-shardi. Afg‘onlarda bir odat bor: kimning qo‘li baland kelsa, o‘sha tomonga salom beradi. Masalan, olmonlarning qo‘li baland kel-ganda, biz ozorlandik deya g‘ururlanib, da’vo qilishib, foydala-nishmoqchi bo‘lishardi. Hatto ba’zan olahudlik iddaosida ham bo‘lishgan. Bir yurtdosh rivoyatiga qaraganda juda odobli shoira qizini nikohlab qo‘ymoqchi bo‘ldi. O’zi boygina. Ammo maktab ko‘r-magan men “adiba” bir qizchaga uvol bo‘lmasin degan fikrga shov-shuv bo‘lgandayoq, vijdonni yo‘q qilib qo‘ya qolgandim. To‘y, majlis-ma’rakalarga baqadrihol qatnashar, anchagina so‘zga do‘st topgan-dim. Lekin Mamatxon kabi tengsiz do‘stim yo‘qligi men uchun g‘am-larning eng kattasi edi. Uning uchun Hindistonga safar qilish qiziqtirar edi. Shunday ham bo‘ldi. Babrak arzimas pulga Pesho-var yo‘li bilan oldin o‘z qishlog‘iga olib borib mehmon qilib, Turxon – Haybardan chegaradan o‘tkazib Peshovarda o‘z tanishlariga tayinlab, omonat qilib, vidolashdi. Kichikligimda Peshovar desa, har zamon, har mavsum mevalar pishaverarkan deya o‘ylardim. Darhaqiqat, mavsumlar issiq va iliq. Lekin izg‘irinlari ham chakana emas edi. 
Ko‘p qavatli uylar. Xalq zich. Ammo iflosligi yonida Kobul shahrini maqtasa bo‘lardi kishi. Xususan, hojilarning turar joyi keng, hovlining ahvoli va tom orqasidagi tor axlatxona ko‘chasidagi har biri mushukday kalamush, odamni dunyoga pushaymon qilib qo‘rqitardi. Bir novvoyxonada ishlab bir yilgacha ovundim. Kuch-quvvat va chapdastligim meni oz kunda shuhrat pog‘onasiga ko‘targandi. Chunki haqorat qilgan 5-6 dashnomchini ezib tashla-ganimda hamisha kaltak yeb yurgan yarim yalang‘och jonsiz hindular meni Rustami dostonga o‘xshatishib, murid misoli ergashgandi. Ammo tish g‘ijirlatib yurgan afg‘onlar ham yo‘q emasdi. Bu tomon-larga kelishib, duragaylashib kelganlar. Bu Boburning avlod-laridan deya hindular qatori qiyshiq qarashmas, qaraganda ham ahvollari voy va chatoq bo‘lardi. 
To‘satdan qaror berib, poezd orqali film va ortishlar makoni Mumbay diyori tomonga jo‘nadim. Poezdda ketarkanman, ko‘ringan manzaralari-yu, chala-chala xilma-xil hayvonotlarni ko‘-rib og‘zim ochilib, “yo, tavba” derdim. Bo‘mbayga borganda yana boshqa dunyoga kelganday bo‘lgandim. Imoratlarning har tusda bino qi-linganligi-yu, sho‘r daryoning azamati meni Xudo qudratiga yana ham ishontiribroq qo‘ygandi. Bunda hayot Peshovarga qaraganda tinch-roq. Musulmon va hindular o‘zaro raqobat qilishib, siyosiy avzo chatoqroq. Ammo ish joyi serob. Hamyurtlar bor joyda novvoylik ishidan yaxshigina daromad qilib, ustam Umarxo‘jani duo qilar-dim. Oz o‘tmay, Donbey va Narhu rahbarligida Hindiston va Dinor bilan Neopali boshchiligida Pokiston nomli mamlakat qu-rildi. Har ikki xalq orasida dushmanligu kin unib-o‘sib, avjiga chiqib, musulmonlar g‘arbiy tomon ko‘chgani boshlagan edi. Bizlarga o‘xshab muxojirlar bo‘lib qolishgandi. Bo‘mbayga yaqin shahar-lardagilar ham xavf ostida. Hatto 1-2 yil zoe bo‘lgandi. Men siyo-siy kishi emas. Ammo haqsizlik va mushtumzo‘rliklarga chiday olmay, yana o‘sha odat, badjahl, tengsizlik adosida bir nechalarni qo‘rqitib qo‘ygandim. Qing‘ir qaraganlar ko‘payib qolgach, Eshon otaning nasihatlarini eslab, jon shirinlik qilib, Karachi musul-monobod shahri tomon jo‘nashga qaror bergandim. Ungacha Maham-madxon Hind, Mo‘lton tomonga ko‘chdi deb xabar keldi. Afsus-lanardim, do‘st yo‘qligi sabab dunyo go‘yo zindon. Vatan yo‘q, ota-ona yo‘q. Bir yurtdosh yo‘q. Til desangiz borgan sari boshqachalashib borardi. Lekin bir xusus meni qiziqtirardi. Bo‘mbay fabrika-larida ishlab chiqarilgan matolar Karachida yaxshi pul bo‘ladi degan xabar tarqagandi. Ozgina narsa olib borilsa, yo‘l puli-yu xarajatini qoplab, ustiga yana foyda qoladi deganlarga ergashib, arzon joylarni bilib qo‘limdagi mablag‘ga mayda-chuyda oldimu jo‘nadim. Ammo bir mushkulot bor, u ham bo‘lsa, bojxona rasmiy-lari kirib-chiqishlarda oyoq osti pul to‘lamaganlar matolarini musodara qilarkan. Qarshi kelganlarni kaltaklasharkan. 2-3 bor bir yo‘lini topib kelib, to‘g‘rirog‘i, bu ishni o‘zimga kasb va hunar qilib olgandim. Bir galida ko‘proq pul talab qilishdi. Ma’lum jahlim avjiga chiqib, eski odatim qo‘zg‘alib, oriq, ozib ketgan qora qo‘llarida bolta-tayoq bilan kaltaklagan 3-4 tasini do‘p-poslab, dunyoga kelganiga pushaymon qildirib, ag‘dar-to‘ntar qilib turuvdimki, boshliqlari kelib “nima gap” deya do‘q qilib qol-gandi. Urdu va hind tilini o‘zlaridan ham yaxshiroq o‘rgangandim, deya dam olib turib askiya qilganday. Boshliq masxaraomuz qah-qah urib, “shu odam to‘rttalangizni urdimi?” deya hayratlandi. Ham-masi bir ovozdan “Tavorix o‘qiganday: “Ey, sohib, ya’ni “bale janoblari” deya kalla liqillatishdi. Boshliq battarroq kulib yuborgandi-yu, menga qarab “Sen bizdan emassan, qaerliksan, pash-tunmisan” deya qistovga oldi. “Xudo saqlasin, pashtun emasman. Boburshoh nevaralaridanman, o‘lkangizda mehmonman” dedim. Va yonimdagi matolarni ko‘rsatiib, “shugina narsa uchun falon pul talab qilishib, berolmasam, bambuk tayog‘i bilan kaltaklashdi” deya bo‘lib o‘tganlarni arz qilib, mamataloq badanimni ko‘rsatgandim. Hindu boshliq “Shu bizlarga adolatni o‘rgatgan Boburshohning avlodlaridanmisan?” deya qiziqdi.
“Ha-da, dedim”, kekkayibroq g‘urur bilan. Falak gardishi bois, ya’ni qardoshim deya o‘ksiganday, o‘shanday xoqonga xiyonat qil-ganimiz uchun bizlar ham shu kunlarga qoldik. Bir-birovimizni bo‘g‘izlab, “san-man”dan boshqa hunarimiz yo‘q. Urdu bilan musul-mon orasida ozgina aqida farqi bor, xolos, deya afsuslanganday ko‘z yosh qilgandi ta’sirlanib. O’shanda “ha, bularda ham bizlardagi kasallik bor ekan” deya boshimdan o‘tganlarni eslagandim. Keyin “Sen qaerda yashaysan o‘zi” muloyimlik bilan so‘radi. Bir zumdayoq butun voqealarni qator-qator qilib qo‘yaqolgandim, sayrab turib. Yelkamga qo‘lini qo‘yib, to‘rttalasiga ma’noli qarab: “Bu odam qachon kelsa, tintuvsiz o‘tkazasanlar, bo‘lmasam...” deya so‘zini cho‘zgandi. O’z qo‘li bilan paraxodchiga topshirib tayinladi! Jaho-lat va asabiylik ilk bor ishga yarab, umrimda bir bor e’tibor qilib, Boburshohning ruhiga duo qilib, telbalarcha kuldim. Bir vatan egasi-yu bir muxojirat hayotini toptasa, xo‘rligim kelib, yana ko‘z yosh qilgandim. Baralla ovoza bo‘ldi, shekilli, atrofim-dagilar kelishib, hol-ahvol so‘rashib “Nima bo‘ldi, tilingni yi-tirdingmi? desa, yana biri “Bolangni yo‘qotdingmi?” der, yana biri kelib “Tugunchangni yo‘qotdingmi?” derdi. Hindistonlik, xusu-san, musulmonlar juda rahmdil va jonkuyar bo‘lishadi, hatto gadolar ham haftada bir tilanchilarga oziq-ovqat sadaqa qili-shadi. Ko‘zimni ishqalab, bor-yo‘g‘imni, o‘zligimni yo‘qotdim, desam, hayron bo‘lishgandi. Nima degani ekan deb bir-birovlariga qarashar, oxiri bittasi: “Nima deganing” dedi. “Ha, Vatanimni yo‘qotdim” deganim bilan atrofimni o‘rab olganlarning barchasi birdaniga: “Voy, dod” deb  yig‘lab yuborishdi.
Hayron bo‘lib tevaragimga qaragandim. Biror kinofilm Oli-nayapti shekilli deb o‘yladim, irodasizcha kulgim kelib. To‘satdan: “Sizlar nega yig‘layapsizlar” desam, 80 yoshlardagi ko‘sa bir chol: “Bizlar ham Vatandan judo bo‘ldik” dedi jar solib yig‘lab. Biz-larni ham hindular quvib, tug‘ilgan ota makonimizni egallashgach, yot yerlarga ko‘chayapmiz. Keyin: “Sen andijonlikmisan” deya so‘radi jonkuyarlik qilib. “Yo‘q, Buxoro, Farg‘ona, Movarounnahrlikman” deya tushuntirdim. Chunki ular biz tomonlarni Samarqandu Buxo-rodan tanishadi. U yana dodlagancha “Voy voyo, nima qilib yuribsan, dunyoning bir burchagidan kelib, yot ellarda”, dedi. Keyin “Xo‘p sizlar nima qilib yuribsizlar, bu keng tuproqlarning hammasi ham qaerga borsangiz Hindiston-ku. “Yo‘q, - dedi chol so‘zlab, - tug‘ilgan joyimda 80 yil yashab, o‘lay deganda ajrab qolish qanday bir og‘ir mashaqqat ekanligini bilasanmi, u yerda ikki tup daraxt bor, ikkisini ham otam meni deb parvarish qilgan. Agar bu gapning ma’nosini bilmasang, nima deb yig‘lab o‘tiribsan” demasinmi? To‘g‘ri so‘zga sadaqa bo‘lgisi keladi, kishining! 
Alqissa, shunday voqealarda keyin yana ko‘p marta qatnash-gandim. Lekin oxirgi paytlar chegaralar rasmiylashib, ishlar jahlu asabiylikka yo‘l bermay Karachi shahrida qolib ketgandim.


X bob

Karachida hindular ham o‘z dindoshlari tomon qochishardi. Bu yerda musulmonlar ko‘pchilik va kuchli. O’sha uchun aslida Bobur-shohning merosi ustiga o‘tirib olgan musulmonlar bu shaharni markaz qilib qabul qilishgandi. Shahar juda ham keng. Ammo Bo‘mbaychalik obod emasdi. Biz uchun yaxshi tomoni hajga yaqinroq bo‘lishi, niyat qilganlar uchun yo‘l puli arzonroq. Ammo men 1-2 bor takror Ladah tomonlarga ham sayohat qilib yurdim. Va har yerda haqsizlik borligini ko‘rdim. Xususan, Qashqar yo‘lidagi tog‘lik-lar orasida Sharqiy Turkistonlik qondoshlarning o‘zbeklarga bo‘lgan har xil qarashlariga chiday olmay ba’zi qo‘li uzun, yangi boy, o‘zini yo‘qotmagan qudratli kimsalari ham qo‘limdan qutil-madi. Oz qoldi shu johilligim sababli qamoqxonalarda chirib ketardimu, Xudo yana yordamini ayamay, yana bir vodiylik yetib kelgandi. Nomi Rahimjon bu qondoshim edi (o‘lgan bo‘lsa Xudo rahmat qilsin). Lahor va Buluj degan shaharlarda kun kechirdim. Lekin baribir Mamatjon kabi do‘st topolmadim... Ana o‘shanda Karachiga yaqinda ko‘chib kelgan Muhammadxon qatori men va Ahmad qora kabi tengdoshlar yangi vatan Turkiyaga ketishga qaror Ber-gandik. Aslida moddiy daromadlarimiz yomon emas. Oldi-sotdi, tijorat qatori oziq-ovqat va novvoylik biz uchun qulay hunarlar. Pokiston xalqi bizlarga hurmat ko‘rsatar edilar, biz uchun rasm-rusumi, urf-odati, o‘tirib, turishlari, xususan, tili butunlay boshqacha. Mavsumlarning telbaligi, iqlimi biz uchun osmonu yer-dan farqli. Ikki kunlik dunyo uchun boshqacha ma’naviy baxt eshigi ochilgandi. Muhammadxonga yaqinlardan uzoqda qolish og‘ir kelar, undan tashqari uning taklifnomasi, viza va hujjatlari tayyor. Ketish ishqi uni qamchilardi. Shu hujjatlar tufayli Muhammad-xon himmaticha elchixonaning qulaylik ko‘rsatishi bizga yo‘l ochilib, do‘stligimiz uzilmay yo‘lga chiqqandik. Mashhad, Bahrayn, Basra, Suriya deganday bir qator shahar va o‘lkalarni bosib o‘tib, Islohiya nomli uzun, bog‘larga boy paxta koni, Chuqurog‘aga yetib kelgandik. 1953 yil birinchi oyning 4-kuni tasodifan qarangki, ertasi kuni bu shahar, ya’ni Odananing dushmandan ozod bo‘lgan kuni ekan. Ya’ni milliy bayram. Bizdan 2 oy oldin kelgan Muham-madxonning ukasi yoshini 5 yosh kichik yozdirib, maktab uchun tayyor-garchilik rejalagan bo‘lsa-da, moddiy kamchiliklar sababli o‘qish-ga fursat topolmay, mayda-chuyda, oldi-sotdi va uyda onasi tikkan namozlik do‘ppilarni sotib, xonadonga moddiy yordamchi bo‘larkan. Men va Mamatxon bor-yo‘g‘imizni yo‘llarda tugatib, barmog‘imizni burunga tiqib kelgandik. Turk xalqi rasmiylaridan ko‘p mehri-bonchilik ko‘rsak-da, bu yerdagilarning o‘zlari ham moddiy kamchi-liklari sababli ortiqcha yuk bo‘lishni g‘ururimizga yedirolmay, hijolat bo‘lardik. Xudo mehribon. Va sabr bilan sabr qilib, Yaratgandan yordam so‘rab, sir boy bermasdik. Xalqning tili ona tilimizga yaqin. Bir Xudoning bandasi chiqib, qaerdan kelding, kimsan deya so‘ramas, yotsimas, o‘z birodarlariday yaxshi ko‘rib, ota merosi asl ildizimiz deya e’tibor berishar edi. 
Yurtdosh bo‘lmagan joyda suvdan chiqqan baliq misoli bir-birovimizdan ayrilsak, o‘ladigandek. Ergashmoqdan kuch olmoqni odatlangandik. Muxojirlarning ko‘pchiligi va Farg‘onaga o‘xshashi sababli rizqni shu shaharda kutib yashashni a’lo ko‘rgandik. Chunki to‘y, aza kabi yaxshi-yomon kunda bandasi uchun bir haqiqat, judo-likka toqatimiz qolmay, tobora jips bo‘lib, bir tanu bir jon bo‘lib yashamoq bizlar uchun go‘yo alohida baxt bo‘lib ko‘rinardi. Xudo mehribonchiligini qarangki, Sayhun daryosining ukasi bo‘l-gan Sayhon daryosini buzib, suv ombori bino qilish harakatini boshlab, ishga boshlashgandi. Ishga olayotganda hammadan oldin biz turkistonliklarga ishonib, orqa chiqib, ishga qabul qilindik. Ko‘pchilik shahardan uy olishgandi. Ayrimlar shahardan 10-15 chaqirim uzoqlikda havodor, keng dala joylaridan yer olib, baqad-rihol 4 devor orasiga kirib olgandi. Ko‘p o‘tmay o‘ziga tinchlar ham gavjum shaharda yurtdosh bo‘lmagani uchun turolmay yana odatimizga binoan mahallaga ko‘chib, obod qilishgandi. 
Shu yerga kelganda Sarson tog‘a kulib yubordi. Hayron bo‘ldim. U yana so‘zga boshlab, bilasizmi, biz olgan yerlar 40 yilda biri ikki bo‘lmadi. Ammo shahardan olingan joylarning puli 100 chan-don oshib ketgan bo‘lsa-da, bir Xudoning quli afsuslanmay, o‘zaro taralla-bedod jon g‘animat qilishib, puliga ahamiyat berish-magandi. O’zaro urush janjal qilib bo‘lsa ham, go‘yo tor uydan bah-ralanganday baxtli ko‘rinishardi. Hech bir begona oramizga kirol-masa ham yana “g‘ij-g‘ij”lik bor. “G’ij” deb nifoq chiqarolmay, milliy tuyg‘umizga putur yetkazolmay, kamsitolmay qolishgandi. Chunki hur, ozod yashamoq lazzatini simirib yurishning qanday baxt ekanligini tatib payqagandik. Har kim o‘z fikrini ozod tilga keltirib, apoq-chapoq bo‘lib, zidlikka emas, turkistonlikka aha-miyat berib, aziz yurtga fuqaro bo‘lganimiz bilan faxrlanardik. Moddiy daromadimiz yetarli, serhosil bo‘lgani sababli har kim o‘zi tengdoshiga qarab haftada bir bor gapu gashtak, unda-bunda to‘ylar qilib, marakalarda birdamlikni shior qilib, mahkamlash-tirib, hatto yerlik xalq orasida sadoqatli kishilar bo‘lib nom ko‘tardik. Darhaqiqat, rasmu ravot, urfu an’ana to‘g‘risida biz toifa hanuz ham sadoqatga sodiq qolib, yarim nonni bir-birimiz-dan ayamasdik. Ammo Saudiya Arabistonida yashovchilarga qaraganda moddiyan ancha kuchsiz. Shunday bo‘lsa-da, shikoyatchi emas, shukr qilar, ularning davlat va boyligi to‘g‘risida hech qanday yomon fikrga bormasdik. Toki, u tomonlardan kelgan ba’zi yangi ko‘rin-gan boyvachchalarning noto‘g‘ri harakatlarini ko‘rgandik. Vatandagi ahvollari ma’lum. Uy-joy, mol-mulk tufayli tabaqaga aylanib qolgan ba’zilari bizlarni xor qilishsa-da, xabarlari yo‘qki, Arabistonda ming niyatda oq ko‘ylak kiyib boshlariga chambarak taqsalar-da, arab fuqaroligiga ega bo‘lmasligi aniq edi. Shu haqi-qatlarni payqab qalbida Vatan muhabbati bo‘lganlar ko‘chish orzu-sida maqsadlariga yetib bo‘lishgandi. Ana shular orasida ham xalq-ni parchalashga orzumand bechoralar bilib-bilmay nifoq yo‘lini tanlashgandi. Men kabilar sabr qilar, Mamatxon va ukasi do‘st-lardan torinishgan bu bechoralar adashganligidan ham xabardor emas edi. Oldinlari hazillashsak-da, endi noto‘g‘ri bir his miyam-ni chulg‘ab olgandi. Lekin “yomonlik har kishining ishi, yaxshilik er kishining ishi” degan eshon otaning so‘zlarini eslab yupansam-da, miyamda o‘z kuchim, fikrim hayot yo‘limni tanlayman degan niyat-ni shior qilgan edim. Daromad borgan sari ortgach, chekish orzusi-ni, bo‘ydoqlik sabab choyxonalarga borib-yurib, arzimas pulga kar-ta o‘ynab, ismim Sariq qimorbozga chiqqandi. Shunga qaramay, bir ko‘ngildoshim qizini bermoqchi bo‘lardi. Chunki ko‘pchilik do‘stla-rim haqimda to‘g‘ri so‘zlashar, haqiqatga ega chiqishib, askiya bo‘lsin deya “sariq” laqabini qo‘shib qo‘yishardi. Toki Fozil ota degan aq-li raso bo‘lgan kishining qizi Gulbadanni ko‘rgunimcha. Bu zot Ashtarxon qishlog‘idan. Shuning qizi Varzakli Asomiddinxo‘ja mingboshi eshon otaning yaqin do‘sti, hatto muridlaridan biri. Suhbatlarda eshon otadan bahs borganda, “E, o‘g‘lim eshon otaning o‘zi kabi bo‘lib qolgan ekansan, men u kishining yetti pushtini bilaman. Endi menga o‘g‘il bo‘lasan”, – deya tasalli berardi. Har ehtimolni ko‘zga olib, qo‘rqmay sovchi yuborish orzusi paydo bo‘lib, niyat qilgandim. Rafiqalari otincha, pokiza ayol. Yana bir qizi va Kibriyo o‘g‘li “tojikchi” yurtdoshlar orasida nom chiqargan. O’g‘li Afg‘onda bir oz o‘qib, o‘rta darajada ingliz tilini o‘rganib, suv omboridagi amerikaliklar oldida yaxshigina ishga ega. Meni hurmat qilardi. Haqiqatni dangal so‘zlab qo‘ya qolgandi. Bir kecha uyiga borib, mehmon bo‘lib, onasi Ulug‘poshshoni onam o‘rnida ziyo-rat qilib mavzuga kirib, qalbimdagini ochgandim. Shu munosat-dagi maqsad hali natijasiga bog‘lanmay, mujmalroq boshqa suhbatga qolib, o‘sha kecha Muhammadxonlarda tunab qolgandim. 


XI bob 

Sayhun va Jayhun daryolarining ukalari shu jo‘g‘rofiyada Sayhon va Jayhon bo‘lib tug‘ilgan. Balki 10 joyda Toshkent, Qora-suv, Oqsuv kabi Turkistonda mavjud shahar va suv ismi. Aholisi zich. Chuqursoy, Balandtepa katta-kichik qishloqlar bor. Chuqurova, ya’ni vodiy paxta koni, xullas, achchiq-chuchukka o‘ch, xususan, bordi-keldi odatlarimizga juda yaqin. Mavludxonlik va bibiseshanba kabi ayollar orasida surpa ochishlar xuddi bizdagidek. Navro‘zda sumalak o‘rniga o‘zlariga xos yeguliklari bor. Duo, marosimlarda xuddi biz. Ustiga bizlar ham qo‘ldan kelguncha odatlarimiz haqida qo‘shnilararo yaqinlik ko‘rsatardik. Ana shunday tadbir kunlar-ning birida Muhammadxonning onalari, dalolatlari bilan qiz onasi bir oqshom uylariga da’vat qilishdi. O’z ona tilimda otasi bilan yayrab, gurunglashib, ko‘proq Vatanni eslab, dardimni to‘kib, yengillaganday, g‘urbat g‘amlardan uzoqlashdim. Favqulodda dono, muloyim, diniga sodiq, g‘aribparvar, kichikligida zaxmat yo‘li bilan - piyoda bir bor Hajga borib kelgan. Cho‘qqisoqol, ochiq so‘zli odam edilar. Men sovchi bo‘lmoqchi to‘ng‘ich qizi mayda-chuyda, choy-poy olib kirgandi. Uzun ko‘ylakli, boshida shapaloq gulli, qizil ro‘molga o‘ralgandi. Onalarini ko‘rolmadim. Chunki haddan ziyod paranjiga o‘ralib yurarkanlar. Xudo nasib qilgan ekan, 1-2 bor bordi-keldi maslahatdan so‘ng soddagina marosim bilan nikoh-lanib ko‘ngildagi ota-ona, singil, diniy va dilimdagi rafiqaga ega bo‘lib, Muhammadxon do‘stim tufayli baxtli bo‘lgandim. Ish-larim yomon emas, oldinlari temir-tersak orasida shogird bo‘lib qisqagina zamon ichida qurilishlarga kerakli ekskavator mashina-siga haydovchi usta bo‘lib e’tibor ko‘rgandim.
Mahallamizning atrofi bug‘doyzor. 40-50 xonadonga makon. Hovli rayhon, gultojixo‘roz, namozshomgul, o‘sma bilan hushbo‘y, obod. Bir qavatli uylarda yashaymiz. To‘y-ma’raka va gap-gashtak-larda milliy yo‘lda xarajat uchun yordam puli to‘plaganda boylar qatori mablag‘ bilan qatnashar, vatan ozodligi uchun qo‘ldan kel-ganini ayamasdim. Vaqti kelib Xudoyim bir qiz ato qilib, 4-5-6 yil ichida yana 2 qizu bir o‘g‘ilga ega bo‘lgandim. Gavjum xonadon gulday, Xudo rizqimizni bergandi. Biz muxojirlar qaysi daraxt novdasiga qo‘nsak, qush misoli uchib, yoqtirmay vatandagi daraxt novdasini topolmay darbadarlikka moyilroq bo‘lib qolgan ekan-miz. Oradan o‘n yilcha o‘tdi-o‘tmadi. Bu gal jannatmakon ona Vatan-ni tashlab, Amerika kovboylar o‘lkasiga ko‘chgandim. Har xonadon-ning o‘ziga xos bahonalari bor. Ammo meniki moddiy, bola-chaqa ko‘payib, uyda g‘idi-g‘idi boshlab, yuragim qonga aylangandi. Ota-onam doim har ishda xayr tilab, oxiri baxayr bo‘lsin, deb duo qilishardi. Men shu hikmat so‘zni butunlay esdan chiqargan ekan-man shekilli, butun topgan-tutgan daromadning ko‘pini rafiqam qo‘liga topshirsam ham ismim qimorbozga chiqib, qo‘ni-qo‘shniga sir fosh qilgani boshlagandim. Hatto 1-2 bor o‘z hamjinsim bo‘lgan rafiqamga iltimoslar qilgan bo‘lsam-da, negadir u to‘nini teskari kiyib olgandi. O’z hamjinsimning qilmishlariga chiday olmay aj-rab ketmoqchi ham bo‘lgandim, lekin do‘stlar va qaynotamning nasi-hatlari tufayli rafiqamni tinchitib qo‘yishgan. Gapu gashtaklarga borolmay, kunida kamida 14 soat ishlab, qora ko‘z bolalarimning rizqini ta’minlashga urinar, yanada xotin tarafidan kamsitilib, qimorboz nomim tobora avj olardi. Rafiqam gashtakdagilarga murojaat qilib, oralaringizga olib, isloh qilinglar deya g‘urur va nafsiyatimga putur yetkazardi. Oshnalar bu so‘zni inobatga oli-shib, o‘ynamagan qimorbozligimdan qutqazmoqchi bo‘lishganday ra-fiqamni go‘yo to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilishmoqchi bo‘lishardi. O’sha majlislarda ba’zan eski odatlarni eslab, karta-parta o‘ynaganda, arzimas pul to‘plab, oramizdagi notavonlarga ko‘maklashib yosh o‘spirinlarga o‘rnak bo‘lmoqchi bo‘lardik. “Noming chiqquncha jo-ning chiqsin” degan so‘z. O’shani ham qimor deb o‘ylab, rafiqam bo‘l-gan hamjinsim tuhmatda davom etar, qora chaplashni hunar qilib olgandi. Gapu gashtaklar harchand to‘g‘riligim haqida guvoh bo‘-lishsa-da, rafiqamning lo‘liligi yog‘dek suvning ustiga chiqardi. Ba’zan koshki uylanmay, odamlarning noto‘g‘ri ta’nalariga chidab yuraversam bo‘lmasmidi degan noto‘g‘ri fikrlarga ham borardim. Chunki o‘z hamjinsimdan ko‘rgan zulm haddidan oshgandi. 
Buning sababini yaxshi bilardim. Atrofimdagilar, ba’zilar-ning to‘satdan charaqlab, uy-joy egasi puldor bo‘lib qolishi-yu, ra-fiqamning menga bo‘lgan ishonchi qolmaganligi va qizg‘anchiqlik tuy-g‘usining kuchayib, irodasizcha xit qilishdan iborat edi, xolos...
Ikki ishda ishlar, xizmatchilikning har turlisini bajarib, harakat qilsamda qimorboz degan tamg‘a bilan la’natlangandim. Ko‘zidan yosh duvillab oqib gapirolmay qolgandi Sarson tog‘a. Bu shaxsiy hikoyalardan maqsadim va murodim hech bir zamon taxmin qilingan qimorni o‘ynamagandim, lekin Xudo bergan qismatda yozilgandan boshqa boylik nasib bo‘lmagandi. O’zingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga degan so‘zni aytib, inson bo‘lishni es-latib qo‘yish vazifam. Oldin inson, keyin yaqin jins qidirish ke-rak ekan. O’zinikidan ko‘rilgan jafo begona zulmidan ko‘proq azob berarkan, kishiga... Ko‘ringan azobu jafoning barchasi vatansiz-ligu g‘urbat natijasi degan ishonch miyamga o‘rnashib qolgandi. Ota merosi ba’zan harom pullarni ko‘z-ko‘z qilib, yashab, musulmonlik qoidasidan uzoq yashaganlar zamonamizning so‘zida “modachilik” virusiga giriftor. Bu giriftorlarning kasalmand ekanligini bi-lolmagan, qizg‘anchiq, o‘g‘ri, kazzob har turli notinchlikka sabab bo‘-larkan. Alqissa, xotin borgan sari “qimor o‘ynab, bizlarni tush-kun yashashga majbur va mahkum qilding”, deya jahlimni qamchilar edi. “Ol sanga, o‘z zaifangdan kelgan oqibat” derdim. Begonalar-ning xilma-xil ta’na va kamsitishlari holva ekan, kech payqagandim. 
Xullas, Amerikada yillar bo‘yi hojatxona va axlat tozalab, kun kechirib, shukr qilib, bor-yo‘g‘imni ikki qo‘llab rafiqamga topshirib hayot kechirardim. Bolalarni o‘qitdim, xotin savodxon. Inglizcha til o‘rganib, go‘yo qonunshunos bo‘lib, meni hech nazarga ilmay, kamsitar, yumurtqalagan tovuqday tasavvur qilardi. Jah-limni sabr bilan yengib, eshon ota haqiga duo qilardim. Chunki “bola-chaqa etakdagi Xudoning omonati” degandilar. Ichim qon yig‘lasa-da, kindik qonim to‘kilgan aziz va muqaddas makon har ahvolda ham esimdan chiqmasdi. O’zim har joyda, ko‘nglim sandadir degan xayol uzoqlarga olib ketib telbanamo kulardim. Umrim chal-g‘iganmidi yoki charchaganmidi, albatta, charchagandi. Qizlarimning kirdikori-yu, xotinimning chakagi jonimga tekkandi. Nasib bo‘lib 3 kuyov ko‘rgandim. Ikkisi o‘z jigarim edi, yana biri qardosh boy-lardan bo‘lgani uchun negadir xonadonimda boyvachchalik hissi pay-do bo‘lib, hammasi ham meni mensimayroq qolishgandi. Irodasiz-roq xotin bolalarimga rais ekanligimni bildirib, “haddingni bil” ma’nosida qo‘polroq harakat qilgandim. Chunki erkakligimni isbotlab qo‘yish tuyg‘usi qo‘zg‘alibroq, adashibman shekilli, uyda-gilarning har biri asrimizning bosh balosi telefonga yopishib, lang ochib qo‘yilgan eshikdan kirib, meni mirshablar kishanlashib olib ketishdi. Uydagilar yig‘lashib, dod-voy qilish o‘rniga “qi-qirlab” kulishib, o‘zlari bilan ovora. Go‘yo kibr ne’matidan bah-ramand bo‘lishgan. So‘rab-surishtirmay qilingan muomala va ano-yilikka xavfsizlik idoralari adolatda shoshgandi. Yerlik qizi erlarining urug‘-aymog‘ini quritib yuborgan Amerika askariy kuch-larining qilmishlariga uncha parvo qilmagandi. Chunki inson haq-lari qonuni shunday ekan. Ammo uydagi o‘zaro hamjinsimning ra-vo ko‘rgan hurmatsizliklariga afsuslanib, qilib qo‘ygan xatola-rimga la’natlar yog‘dirardim. Ichim qon yig‘lar, insonlikdan xa-barsiz qolgan ekanmiz, ahvolni izohlashdan ojiz edim. Olgan mu-kofotim meni hushga keltirib, uyg‘onib, nadomat hissi qiynardi. Begonalar qilmishi oilamning zulmi oldida holva bo‘lib qolgandi. 
Sarson tog‘a bu so‘zlarni ado qilarkan, dudoqlari pirpirab, bezgak tutgandek, qaltirab ko‘z yosh qilardi. Yupatmoqchi bo‘lib men ham ko‘z yosh qilgandim ta’sirlanib. Sarson tog‘a yana so‘z boshladi.
“O’g‘lim o‘qib, ma’lum bir joyga borib qolgandi. Farishtami-joz qaynotam qazo qilgandilar. Nevaralari unga o‘xshamas, rafi-qam ma’naviy zulmda davom etar, dindor qaynonam halol bir ayol. Lekin ichidan pishgan. Molu mulkka o‘chroq. Nevaralarining, xusu-san, o‘g‘limning kelajagi unga muhimroq ko‘rinardi. Yot ellarda qolmasin degan niyatda nasib bo‘lsa, jinsimizdan qayliq olib ber-moq orzusida Xudoga iltijo qilardi. Hatto ko‘z ostiga qizni e’tiqodi istiqomatida duo yo‘li bilan ko‘ndirishga undab, qim-matbaho sovg‘alar yuborardi. Qiz o‘ziga tinch, boyligi sababli ob-ro‘si baland oiladan. Ammo qaynonamga o‘xshab puldor xonadon-ning odobli, o‘qigan qizi edi. Hanuz yosh. O’shanday bo‘lsa-da, bir bora sovchi yuborsa ham qismat bo‘lmaydi. Hatto eng qadimiy oila do‘stining o‘g‘liga ham qashshoq deya vaj uydirib, o‘g‘liga loyiq ko‘rmagandi. Fabrika egasi kuyovimning boyligi o‘g‘limga mador bo‘lib, qizga undab qo‘ygandik. Men ham xursand edim. Chunki yurtdosh bo‘lsa bo‘ldi degan fikrga borib qolgandim. 
G’urbatda bola orzu-havasini ko‘rish nasib bo‘larkan deya se-vingandim. Zamon o‘zgargan, bir qator musulmonlar boshqa dindagi yosh qizlar bilan va qizlarimiz hatto juhudlar bilan birga yashab, kelasi yili ajrashganlar bor edi. Asli nasabimiz davom etarkan deya Xudoga shukur qilib qolgandim. Vodiylik moddiy kuchi bar-dam musulmon biri bilan quda bo‘lish har kimga nasib bo‘lmaydi derdim. Do‘stu dushman oldida bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin e’tiborim tushibroq qolgandi. Zora, shu safar, shu sababli xalqim orasida apoq-chapoq bo‘lib qolarman derdim. G’urbatda yillarcha chekkan azobu uqubatlarim holva bo‘lib qolgan edi. Mashrab kuy-lagan g‘azaldagi azob alangasi vujudimni qamrab o‘rtanardim. O’shanda bir zamonlar Bangladesh qamoqxonasida guruch yeb jon saq-lab qolgan kunlarim va Chatrol Gil-Gitdagi o‘z yurtdoshim tuh-mati bilan turmaga tushib kunda bir gramm yog‘u bir paund un yeb tirik qolganligim ko‘zim o‘ngidan qonli surat bo‘lib o‘tardi. Yol-g‘izlik va noilojlik go‘yo jaxannam azobi edi, yaqin o‘tgan kunlarda bir xitoy kishining so‘zlari qulog‘imni jaranglatib, telbanamo o‘z-o‘zim bilan gaplashardim.
Amerikaga yangi kelgan paytlarim edi, til bilmas, lekin so‘z-larni payqab uqardim, bir amallab bir ishga o‘rnashib olgandim, vazifam chetdan kelganlarni havo maydonidan olib shahardagi mehmonxonalarga joylashtirmoq edi. Kunda sakkiz soat ishlar, xitoy xo‘jayinning ko‘ziga tushgan edim. Bir oqshom kechki payt chaqirib qoldi: ijirg‘anibroq, hatto xo‘mrayib yoniga bordim, yig‘-lamsirab, ikki bukilib, iltimos bilan havo maydonida bir xitoy mehmonni kutib olishimni va xizmat haqqim evaziga ikki kunlik haq to‘lashini so‘zlab, mo‘ltilladi hayron bo‘lib, “qarindoshin-gizmi” deya imo bilan uqtirdim jahli chiqib qo‘l siltab “Nima demoqchisan?” degan edi g‘azab bilan, uyalib duduqlandim. Xo‘ja-yin: “U bir xitoy, himoya qilish har xitoy vatandoshining vazi-fasi, qarindosh bo‘lmog‘i shartmi?” - dedi asabiylashib, titrab xo‘mrayib turib. Chumoliday ko‘paygan millatning biri bo‘lgan bu kishining ulug‘ ma’noli so‘zi, qulog‘imni jaranglatib, eslagach, af-suslanib, ko‘z yoshi qilib xo‘rsindim. O’qimagandim, lekin odamiy-lik onamdan meros edi.
Bugungacha yuzlarcha ish bilmaganlarga ustozlik qilib, bu mod-diy va ma’naviy yaxshiliklarni eslashga ham arzimaydi deb yurar-dim, ishning qizig‘i bu qilmishlarimga guvoh edi. Shu shaharda, hatto men yashagan binoda muqim yashovchi, yaxshi, o‘ziga tinch yurt-doshlar bor edi. Birortasidan dom-darak yo‘q. Har ko‘rganda ir-jaygan bu vafosiz do‘stlar qisqa zamondayoq an’anaviy sifat-larini yo‘qotib, shu o‘lkaning g‘ayriinsoniy o‘lchov balchig‘iga bo-tib “buqalamun” bo‘lgan edi. Ba’zi chala mulla do‘stlardan umid uzish va Xudoga iltijo qilish zamoni kelib o‘tayotgandek, o‘ngimmi tushimmi ma’lum emas edi.
Temir eshik chertilgach, cho‘chib titradim, tasodifni qarangki, qorovul qoracha-qotma kishi. Ko‘p yillar oldin Hindistondan ko‘chgan bir hindining o‘g‘liga o‘xshardi. Baxt kulgandek bo‘ldi she-killi deya o‘yladim, chunki men hind tilining bir ko‘p lahjasidan xabardor edim. U yigit xushtabiat so‘zlaridan sharq axloqi usu-lida tarbiyalangandek ko‘rinardi. Oyoq yozib, havo olish uchun hov-liga chiqib kuzatuvda tutgan bu odam imo va ishorat bilan gap so‘-rab qolgan edi. Hech qiynalmay hindicha o‘z tiling bilan suhbat qilib qo‘yaqol, deganimda, ko‘zlari qinidan chiqib, hayratomuz du-duqlanib: “Hindchani qaerdan bilasan”, – deya ming‘illadi mehri-bon adoda suyunibroq. Taxminim to‘g‘ri chiqib, tilu jag‘im ochilib umrbod boshimdan o‘tgan savdoni bir zumdayoq uqtirib qo‘ya qol-gandim. U churq demay tinglar, ta’sirlanib yig‘laganday uzoqlarga tikilardi. Nazarimda, o‘zi ham hanuzgacha bu diyorning qoidalariga ko‘nikolmaganini ko‘zi bilan uqtirmoqchi bo‘lar edi. To‘satdan: “Shoshma, – dedi, qo‘limni mahkam ushlab, qora qo‘llari bilan uqa-lab turib, – Rusiyadan ko‘chgan qonunshunos bir juhud tanishim bor, uch kun so‘ngra keladi, senga yordam berish uchun unga yalinaman, chunki sen yaxshi, bechora odamga o‘xshaysan”, dedi akasini topib ol-ganday. Yana ota-onam yurtini ko‘rib, tilimizga e’tibor bergan zot ekansan dedi. Qo‘shimcha ko‘ngil olganday, o‘n kuncha o‘tdi-o‘tmadi, meni chaqirtirgan juhud hindi tilmoch vositasi bilan turkis-tonlik ekanligimni bilib, bir qog‘ozga qo‘l qo‘ydirib odamiylik qilmoq uchun yeng shimardi, oz fursatdayoq zudlik bilan sudda ado-lat o‘ngida oqlanib, ozod, hur odamlar qatoriga qo‘shildim. Dash-nom eshitib, kaltaklansam ham, o‘z qondosh yurtdoshimga xiyonat qilmasligim ajdodimga hurmat edi. Bolaligimdan beri Vatanim, xalqim, qondoshim deya, fikran kurashib keldim. Bu  o‘z Vatanimga sadoqat degan so‘zning ifodasi emasmi? Ana shu oliy tuyg‘u ichim-ni yoritib, gina, kek va shikoyatlar ketidan yurmaslikka ahd qil-dim, shuning uchun turkistonlik bo‘lishim bilan g‘ururlanar edim. Balki o‘z vatanimda yashab, g‘urbatga qadam tashlamagan bo‘lsam, dar-du alamimni totmagan bo‘lardim. Vatansiz kishi boshiga kelgan-larni qismat deya taqdirga tan berib, sabr qilishi va Xudoga ishonishi insonga kuch beradi. 
Peshonaga yozilgan qismatni yangi naslga uqtirish bechora zamo-naviylar uchun qiyin. Oxirida ma’naviy tayoq ostida qolishimni qaerdan bilardim? Bu tayoq boshimga tushganda uyg‘ongandim. Chunki o‘sha hamjinsim bo‘lgan o‘g‘lim to‘yga taklif qilishdan or qilgandi. Qiz tomon bu fikrga qarshi chiqqan, lekin so‘zlari havoda qolib urushishgandi. Shunday sevinchli kun tajribasiz o‘g‘limning ja-sorati yuragimga yomon botgandi. Bu ahvoldan juda oz kishining xabari bor edi, xolos.
Aksi bo‘lsa edi, ismimga yana bir isnod qo‘shilib qolishi mum-kin edi. Bo‘lib o‘tgan otalik tuyg‘umni zarracha o‘zgartirmagan, xafa bo‘lmay, tog‘ajonlarimni doim duo qilar, yana ko‘ngil olmoqchi bo‘-lardim. O’g‘lim vijdoni yonida pushaymonlik izhor qilolmay yursa-da, men baxtu umr tilab, kelinimni tabriklab, nevaralarim-ni bag‘rimga bosgandim. Oxirida uning onasidan ajragandim. U esa yoshi mendan kattaroq qo‘qonlik puldor bir odamga turmushga chiqqandi. Baxt tilagandim. Chunki qanday bo‘lsa ham bolalarim-ning onasi edi. Baxtli bo‘ldi ham, eri qazo qilgach, kattagina mol-mulkka ega bo‘lgandi. Men ham Vatanga borib, zidlikdan cheklanib, yetim va yoshroq tatar bir ayolga uylanib, bolasini o‘z bolamday bag‘-rimga bosdim. G’urbatdagi yurtdoshlarning ko‘pchiligi savodsiz ayollar bilan hayot kechirishardi. Hatto o‘zlari ham savodsiz. Lekin puldor. Og‘zi qiyshiq bo‘lsa-da, qoralashga usta, gapdon. Men uy-langan ayol oliy ma’lumotli mutavoze’ inson edi. Dunyoning pastu balandini bilgan insof egasi. Ma’naviyatga qiymat berib, dunyo yolg‘iz oshqozon emas ekanligini bilgan, munis ayol. Ushbu kun ham nevaralarimga muhabbat bilan yopishib, meni xursand qilish uchun g‘ayrat ko‘rsatdi. Minnatdorman, Tangri taolo rozi, bizga, bolala-rimizga umr va baxt bersin. Ayolimga e’tibor berganligim uchun uzoqroq joyga ko‘chgan bo‘lsam-da, o‘g‘limni xijolatdan qutqazmoq niyatida uning mulki bo‘lgan uyda istiqomat qilib, o‘z uyimni ki-raga berib, moddiyan huzur qilib yashamoqdaman, xolos. Hanuz yosh bo‘lgan hozirgi rafiqamning shafqatga muhtoj o‘g‘liga homiylik qilish vijdoniy burchim. Daromadim o‘zimga yetib ortadi. Ma’-naviy tomondan nevaralarimni ko‘rib, Xudoyimga shukur qilaman. Uzoq umr kishiga tajriba bo‘lib, yo‘l ko‘rsatar ekan. Ammo xom sut emgan odamzod ba’zan adasharkan, deya voqea-hodisalardan ibrat olib, qilgan xatolaridan uyalganday, nadomat his etib, Xudoga iltijo qilardi Sarson tog‘a. 
Dam olib, yana so‘zladi: “To‘qson yillik umrimdan  birgina esdalik vatansizlik sababli ko‘z yoshlarim, xolos. Ko‘ngil og‘ritgan xatolarimdan so‘z ochib, ko‘ngil egalaridan uzr tilash zamoni keldi. Shoyad shu esdaliklar bir kun nashr bo‘lsa, ba’zi do‘st-larimning dilini og‘ritgan bo‘lsam, kechirishsin” deya xo‘rsinib so‘zlarini ulab ketdi Sarson tog‘a: Bir yili hayitga qudamning uyiga borgandik. Shunda omon yerda qazo qilib singlisi Sohiba tomonidan olib kelinib, tuproqqa omonat qilingan do‘stim Muhammadxonning ukasi ham qadrshunosligi tufayli kelib qol-gandi. Qaerdandur eslab, “O’g‘ling hayitda keldimi?” deya so‘ragan-dim. Chunki o‘g‘li chet bir o‘lkada yashar, mehnatkash, o‘z qobiliyati bilan yaxshi ishga kirib olgandi. U ma’yuslashibroq: “Yo‘q, ishi boshidan oshgan, sog‘u baxtli bo‘lsa bas” deya boshqaroq qarab qo‘y-gandi. Men yana betamizlik qilib, nevaram otasini ko‘rmoq uchun keldi deb maqtanib, ikkinchi bor xato qilib qo‘ygan ekanman. U bechora o‘zi yillarcha kasal bo‘lgan bolasi bilan g‘am ichida qov-rilib, o‘g‘li hasratida turganda, so‘zlarim ahmoqona ekanligini yillardan keyin payqagan edim. Yillardan so‘ng bu ukaxon do‘stim bu so‘zlarni eslatganda, yer yorilmadiyu yutmadi. O’shanda “nevarang kelibdi-yu sening o‘g‘ling to‘yga nega chaqirmadi”, desa ahvolim nechuk bo‘lardi. Shu xayol bilan ming bor uzr so‘radim. Ammo u, “Ukaxon, men sizni o‘sha paytdayoq kechirganman. Chunki hayotimizdan batamom xabardorman degandi. Birdaniga yaxshi kunlar nasib bo‘lib, arzimas xatolarga sabab bo‘lgansiz, deya do‘stligini yana bir bor isbotladi. O’shandan buyon ehtiyotkor bo‘lib qolganman. Chunki xatoga xato qo‘shgan odam g‘orday kovak turadi, dedi uyalganday Sarson tog‘a. Yana bir bor: agar Vatanimda o‘sib voyaga yetganimda shu xatolarni qilmas edim. Butun haqiqatlarni samimiyat bilan hikoya qilib, to‘g‘riligini isbotlagan bu hurmatli yurtdoshimni qutlash kamina uchun vijdoniy burch edi. 

*  *  *

Hurmatli o‘quvchilar! Umr bo‘yi o‘z fikrimni boshqalarga izoh qilib, ochiq aytish uchun ko‘p urindim. Lekin qalamkashligimning jonsiz, zaif bo‘lishi tufayli hozirgacha o‘z yurtdoshlarimga nima qilmoqchi bo‘lganligimni uqtirolganim yo‘q. Ammo shoyad, agar qilgan ishlarimdan tariqchalik bahramand bo‘lgan bo‘lsangiz, o‘tib ketganlar ruhiga duo qilinglar. Men hozir 80 yoshimda bir inson sifatida har tomonlama Xudoga shukr qilaman. Lekin hayotda yasha-madim desam, ishoning. Chunki yashamoq dunyoda yolg‘izgina oshqozon emas ekan, mashina, davlat, pul emas ekan. Agar o‘z dardingizni boshqasiga uqtirolmas ekansiz, bu hayot hayot emas. Hamdard topish ko‘p qiyin ekan. 
Qabrimda ham Vatanimning tinchligi, xalqimning saodatini tilayman. Yangi naslga baxt tilayman. Sog‘lik, uzoq umr tilayman! Bayrog‘imni o‘pib qiyomatgacha hilpirashini istayman. Buni tugal gapirishning iloji yo‘q. Yana aytsam, bachkanalik bo‘lib qoladi. Faqat qalbimdagi Vatan, Mustaqillik, Hurriyat, elu ulusparvar-likning qanchalik katta davlat bo‘lganligini payqaganim uchun shularni aytib qo‘ymoqchiman, albatta. Shu yo‘lda o‘lib ketgan-larning ruhi shod, qabri obod bo‘lsin! Menga shu ikki kalimani o‘rgatib ketganlardan Alloh rozi bo‘lsin. Men o‘qiy olmadim. Hayot bo‘yi bu nadomat mening ichimni kemirdi. Ammo agar zarracha, tariqchalik dardimni uqtira olgan bo‘lsam, men shodman. Xudoga omonat bo‘linglar, aziz millatdoshlarim! Vatanimizda yashab, unib-o‘sib, kelajak naslga yaxshi meroslar tashlab ketishingizni orzu va umid qilaman.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.