OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Xurshid Davron. Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston

Hamma yuksak cho' qqiga
Chiqmoqni istar,
Lekin hech kim vodiyga tushib
Boqqisi kelmaydi
0' z yuragiga. 
Dzyun TAKAMI

Men yonib turgan chiroqqa qo'limni tutib:
"Qo'limni qancha tutib tursam, shu vaqt ichida llni ko'rishga
imkon bering", - deb 0' tindim.
Ammo ular chiroqni 0' chirib: "Sen llni ko' rmaysan", dedilar
Vinsent VAN GOG


1

Bog'da bahor hukmron edi...
Siz, umringizda biron marta bog'da yashab, bahor kirib kelishini kuzatganmisiz?
Boshda tuni bilan tomda eriyotgan qor tomchilarining dilga xush yoqadigan tovushi taraladi.
Hali bahor uzoq - Anhorning suvi kam, yer - sovuq, maysalar - yer ostida, o't-o'lanlar o'smaydi, gullar ochilmaydi.
So'ngra yer bug'lanib, bog'da qushlar paydo bo'ladi, anhor suvi loyqalanib, ko'paya boshlaydi-yu, dastlab daraxtlar soyasi tushmagan yalangliklarda maysalar uchi yer teshib, yashillanadi. Teraklar barg chiqarib, mayin shabada esganda qush tilidek barglar shodasi shitirlay boshlaganini eshitasan-u: "Mana, bahor ham kelibdi", deb o'ylaysan. Tevarakka sinchiklab qaray boshlaysan: momoqaymoqlar sap-sariq gul ochibdi, olchalar gullabdi. Anhor bo'yida yalpizlar unibdi. "Evoh, - deysan shunda, - umr o'tayapti, umr!"
Hademay butun bog' - dov-daraxtlar tevaragi, bog' etagidagi jarning kungay beti, g'arib kulbalar tomi barra o'tlar bilan qoplanadi. Barra o'tlar ustiga ko'rpacha tash lab kitob o'qiganingda tovoningda o'rmalab yurgan chumolini, yonginangda ochilib turgan momoqaymoqqa qo'nib bol shimirayotgan asalarini, qayoqdandir uchib kelib kaftingga qo'ngan tillaqo'ng'izni ko'rasanu boshingni ko'tarib, atrofga suqlanib tikila boshlaysan.

Oradan oy o'tmay yaproqlar kattalashib, dag'allashib, daraxt novdalariga qizil rang yugurib, oltin tusga kira boshlaydi. Seni kimdir bog' ichiga tinimsiz chorlayveradi, aylanib ko'ngling yoziladi. Jar tubida jildiray boshlagan ariqchaga boqib o'ylar surasan. Bo'g'otda in qo'ygan musicha polaponlariga non ushoqlarini sochging keladi. Tabiat siri oldida ojizligingni sezib, bu ishni qilishdan qo'rqasan.
Daraxtlarni qalin yaproqlar qurshab, bog' ichi qorong'ulasha boshlaydi. Kechalari yomg'ir yog'adi. Kunduzi quyosh charaqlaydi. Bog'ning anvoyi isiga o'rganib qolasan. Ko'cha tomondan uchib kelgan begona va g'uborli hidni sezib g'ashing keladi. Shunda qurbaqalar qurillashi ko'nglingdagi g'ashlikni tarqatib yuboradi. Tonggi g'ira-shiralikda quyosh nuri eng yuksak daraxt uchini tovlantira boshlagan paytda bulbul sayraydi. Bulbul kelishi bilan bog'da orom va farog'at ayyomi boshlanadi. Bahorning shiddatli, senga bo'ysunmas bo'lib tuyulgan tug'yonlari sirli bir tartib-intizomga ko'nika boshlaydi. Olcha, gilos, olma va o'rik g'o'ralari kunda toblanadi, tez orada ular tomirlarida yugurib qolgan sharbatlarga to'yinib, quyoshning otashli taftini shimirib yetila boshlaydi. Juda tez orad a bahor iforini yo'qotgan bog'ni yozning qaynoq nafasi va totli isi bosadi. Bog'da pishgan o'riklar hidi anqiy boshlaydi.
Ammo hozir bog'da bahor hukmron edi. O'rik pishishiga hali ancha bor. Hali teraklar mayin shovillaydi, momoqaymoqlar, chuchmomalar ochilgan, kechalari sovuq ko'rpa yopinib uxlaysan.
Bundan o'n ikki yil avval, mana shunday bahor kunlarida Chilonzor Oqtepasiga yaqin, Anhor 'yoqasida joylashgan yovvoyi bog'dagi xaroba kulbalarning birida ijarada turardim. Yoshligimning eng baxtiyor va go'zal kunlari shu bog'da o'tgani sababli, hali-hanuz - yoz kelganda yerga to'kilib anqigan o'riklar hidi tutadigan, kuzda ta'riflab bo'lmas rangnlarga bo'yaladigan, qishda butun atrofni sukunat quchadigan o'sha olis kunlarni orziqib eslayman.
Odamlar unutgan tashlandiq bog'da hukm surgan yolg'izlik adashgall ruhimga yo'l topib berdi, dardsiz ko'l1g1imga dard ato qildi.
TUllgi daraxtlar bilan kechgan suhbatlar, jar tubida jildiragall ariqchalling Silliq qo'shiqlari, keksa anhor rivoyatlari, kuzak yomg'irlarining tomdan sizib o'tib, kulba devorlarida qoldirgall izlaridagi iztirob, qish qorlaridagi ruhlli sokinlikka chulg'aguvchi abadiyat kayfiyati bularnillg barchasi uchun "bog'" degan juda qisqa so'z bilall atalgan mo'jiza qoshida boshimni egib, undan bir umr qarzdorligimlli tan olaman.

2

Bahorning o'rtasi edi. Bir kuni tong quvib ketayotgan zulmat qo'ynidan boqqa bir qush uchib keldi. U yam-yashil daraxtlar ustida, shoxlar uehiga tegay-tegay deb uzoq aylandi. 1len bunday qushni umrimda birinchi ko'rishim edi. Uning qanotlari hayit kuni qizaloq kiygan ko'ylakning yengidek harir, ko'zlari Afrosiyob devorlariga chizilgan pari-paykarlar ko'zlariga o'xshardi. Bog' ustida charx aylanaverib toliqqan qush, uni ko'rishi bilan bejo tepa boshlagan yuragimni ma'yus hislarga to'ldirib, nolakor qichqirdi-yu, qanotlarini shiddat bilan silkitib, zarracha dog' bo'lmagan, tip-tiniq osmon qo'yniga singib ko'zdan yo'qoldi.
Men bugun nimadir bo'lishini sezdim ...
O'sha kuni peshindan keyin kulbamga ikki do'stim kirib keldi. Choy-non ustida suhbatlashib o'tirib, ularning biri rus adibi Viktor Vitkovichning o'zbck tilida nashr qilingan "Davomli maktublar" kitobi haqida so'z ochdi. U kitobda O'zbekiston o'tmishiga oid juda qiziq hikoyalar, ayniqsa, Bibixonim bilan bog'liq g'aroyib voqea borligini ay tar ekan, to'satdan:
- O'sha voqea dostonbop ekan, yozmaysizmi? ~- deb qoldi.
Shu gap sabab bo'ldi-yu, ikki-uch kundall keyin "Davomli maktublar"ni topib o'qib ehiqdim.
Xuddi o'sha yilning kuzida biz bir guruh yosh ijodkorlar: Usmon Azim, Muhammad Rahmon, Shavkat Rahmon, Shukur Qurbon, Farog'at Kamol, Muhtarama Ulug', Azim Suyun, Ahmad A'zam va yana bir necha kishini Maskovga jo'natishdi. Safardan maqsad - Maskovda yosh o'zbek shoirlari ijodiyotining muhokamasi tashkil qilingan edi.
Buni qarangki, o'sha muhokamada ko'pchilik maskovlik ijodkorlar qatorida qarib-qartaygalliga qaramay, hali fikri tetik Viktor Vitkovich ham qatnashdi. Uning juda qizg'in o'tgan muhokamada Shukur Qurbon haqida, ayniqsa, do'stimning Mashrabga bag'ishlangan she'ri xususida hayajoll1anib gapirgani hozir ham ko'z o'ngimda. Muhokamadan so'ng, o'sha davr an'analariga rioya qilgan tarzda, Markaziy Adabiyotchilar Uyining shinam qahvaxonasida "bazmi jamshid" uyushtirildi. Hozir sog'inch bilan eslashga arzigulik to'kin-sochin dasturxon ustida Vitkovich bilan o'tgan-ketgan voqealardan gaplashib o'tirdik. Uzoq ayriliqdan so'ng otasini topib olgan boladek Shukur Qurbon keksa rus yozuvchisidan uzoqqa ketmas, yonida mixlangandek o'tirardi. Davradagilar boshqa gap bilan chalg'itganda men Vitkovichga: "Siz bilan Bibixonim haqida gaplashmoqchiman", - dedim.
"Eh, kitobimni o'qigan ekansan-da?!" -dedi Vitkovich.
Men nafaqat o'qiganimni, hatto Bibixonim haqida doston yoza boshlaganimni gapirib berdim.
- Yaxshi ishni boshlabsan. Qaehongacha oldilaringdagi nonni bizdaqalarga berib o'tirasanlar. Bizlar yozgan bilan ish bitmaydi. Baribir, Levitan aytganidek, "nimadir" yetishmasligi bilinib qolaveradi. Bilasanmi, nima uchun?
Men "yo'q" degandek bosh chayqadim. Qarib, yuzidagi qon tomirlari qovun to'ridek bo'rtib qolgan chol oldidagi bulg'or sharobini bir ho'pladi-da, davom etdi:
- Bilmaysanmi? Mana shu bilmaganlaring pand beradi-da!.. Javoharla'l Neruning "Hindistonning kashf etiIishi" asarilli o'qiganmisan? O'qimagan bo'lsang, topib o'qi. Ana shunda sen masalan, Sergey Borodinning "Samarqand osmonidagi yulduzlar" romani nima sababdan sizlarga yoqmasligini bilib olasan ...
Xo'sh, bo'lmasa gap bunday, erta-indin keehki payt uyimga qo'ng'iroq qil. Bir vaqtni kelishsak, uyimga o'tasan, ehoy ustida gaplashib olamiz. Mana, Shukur bilan Muhammad ham o'tamiz deb va'da berishdi. Men sizlarga bir choy damlab beray! Bu yerning choyini ko'ryapsanku ... Men senga "o'zbekcha" qilib damlayman, bir ko'r. Shohimardondagi choyxonachidan o'rganib olganman.
Ikki-uch kundan so'ng Maskovdagi Yozuvchilar uyushmasidagi adabiy elchimiz Sobit Madaliyevning: "Bu biletni olish uchun bir oy yugurganman, tushunsalaringchi, bir oy!" deb hoy-hoylashiga qaramay, Bolshoy teatrdagi tomoshadan voz kechib, Viktor Vitkovich bilan kelishgan paytda uning uyi eshigini taqillatdim. Eshikni yoshgina ayol ochdi. "Qizi bo'lsa kerak", deb o'yladim. Keyin bilsam cholning rafiqasi ekan. Vitkovichning o'zi "o'zbekcha" qilib choy damladi. Mana shu "o'zbekcha" bo'lsayam, Adabiyotchilar Uyidagi qahvaxonada ichganimdan sira farq qilmaydigan choy ustida Bibixonim haqida suhbat qurdik.

3

Javoharla'l Neru. "Hindistonning hashf etilishi". "/mperiya mafkurasi" maqolasidan: "Menimcha, bugun Hindiston tarixini bayon qilishga qaratilgan har bir urinishimiz, shu paytgaeha qilgan ishlarimizning barchasidan ko'ra ko'proq norozilik uyg'otmoqda". Ushbu so'zlar Hindiston va uning tarixidan yaxshi xabardor ingliz olimiga taalluqli.
Hindistonda ingliz hukmronligi davridagi qaysi bir xatti-harakat hindlarni ko'proq g'azabiga sabab bo'lishi haqida so'z yuritish qiyin. Zero, bunday xaUi-harakatlar ro'yxati bag'oyat uzun va turliehadir. Biroq shu narsa aniqki, inglizlarning Hindiston tarixiga, ayniqsa, o'lkaning ingliz asorati davriga oid yozug'lari hindlarning juda qattiq nafratiga sabab bo'lmoqda.
Tarix deyarli har doim g'oliblar va bosqinchilar tomonidan yozilgan, bunday tarixda ularning nuqtayi nazari aks etgan yoki hech bo'lmaganda ularning nuqtayi nazari ko'proq e'tiborga olingan .... Biron bir shaxs yo'qki, u o'zi mansub bo'lgan xalq ko'z qarashidan but un lay uzoqlashgan va bu xalq madaniyatining mahdud doirasidan chiqib keta olgan bo'lsin. Shu sababdan, xalqlar va mamlakatlar o'rtasidagi nizolarni yoritishda ular xolis bo'lolmaydilar, bunga urinishni esa mansub xalq manfaatiga xiyonat qilish deb tushunadilar. Ular uchun muhimi - o'z xatti-harakatlarini oqlab, mazlum tarafni qoralashdan iborat. Haqiqat quduqning chuqur tubida qolib ketib, yer yuzida uyatsiz va beshafqat yolg'on hukmronlik qilgan ...
Al batta , inglizlar ham, hindlar ham xato qilishlari tabiiy ho!. Ammo bu xatolar o'rtasida yer bilan osmon oralig'icha farq bor. Shu paytgaeha yozilgan Hindiston tarixi ingliz manbalarida saqlanayotgan hujjatlar asosida yoritilgani sababidan u faqat inglizlar munosabatini aks ettiradi.
Mag'lubiyatlarimiz va tanazzullarimizning o'zi bu fojialarning asl sabablarini to'la bayon etishga imkon bermagan. Shunga qaramay, yozilgan juda ko'p hujjatlar 1857yilgi buyuk qo'zg'olon paytida no bud bo'ldi. Omon qolgan hujjatlar yashirilgan va ularni nashr etish og'ir oqibatlarga duchor qilishi mumkinligidan amalga oshirilmagan. Bu hujjatlar butun mamlakat bo'ylab soehilib ketgan, juda ko'pi abadiyan yo'qolgan ...
Keyinchalik ularning ayrimlari topilgaeh, ular bizni tarixiy voqealarga butunlay boshqaeha ko'z bilan qarashga, haUo inglizlar tomonidan yozilgan Hindiston tarixini o'zgartirishga majbur qildi. Oqibatda hind-tarixiy nuqtayi nazari shakllandi va u inglizlarnikidan keskin farq qilardi. Hind tarixiy nuqtayi nazari juda ko'p an'analar, olis moziy va guvohlari tirik yaqin o'tmish voqealari aks etgan rivoyatlar zamirida dunyoga keldi. Bu an'analar va rivoyatlarning tarixiy qimmati katta bo'lmasayam, ular, eng avva10, hindlar mushohadasigata'sir qilishi mumkin bo'lgan shart-sharoitlarni anglab olmog'imizga imkon yaratadi. Shu imkon tufayli Hindistondagi inglizlarga qonxo'r bo'lib ko'ringan kishi hindlar uchun milliy qahramon, inglizlar hurmati va marhamatiga sazovor kimsa esa hindlar uehun sotqin va xiyonatkor bo'lib ko'rinishi .mumkinligini bilib olishimiz mumkin".
Buyuk hind farzandining bu so'zlarini o'qib, o'zim anglab yetgan haqiqatlarning to'g'riligiga yana bir bar ishondim. Shu so'zlarni o'qidimu Viktor Vitkovichning so'zlarini esladim.
Buning bosh sababi Markaziy Osiyo tarixida muhim o'rin tutgan shaxs faoliyatini yoritishga, u yashagan murakkab davrning keng ko'lamli suratini chizishga uringan rus adibi bu voqealarni yoritishda asosan rus tarixiy nuqtayi nazari asosida ish ko'rgani, tarixiy faktlarni shu nuqtayi nazar"manfaatlaridan kelib ehiqib talqin qilishi bilan bog'liq.
Mana shu anglash tufayli "O'zbek tarixiy nuqtayi nazari bormi?" degan savolga javob izladim, oqibatda bu so'roqqa "Yo'q!" degan javob topdim. Chunki butun mamlakat iqtisodi va siyosati markazlashgan tarzda yuritilganidek, tarix ilmidayam markazlashgan siyosat hukmron ekanligini, mamlakatdagi yuzlab xalqlar va elatlar tarixini yoritish faqat rus tarixehilari ishlab ehiqqan tarixiy nuqtayi nazarga asoslanganiga guvoh bo'ldim. Aynan mana shu kaltabin siyosat tufayli hanuzgaeha o'zbek tarixehilari Turkiston tarixida muhim o'rin tutgan voqealarni, tarixiy shaxslar, eng avvalo, Amir Temur faoliyatini yorita olmayotganlari sababini, Markaziy Osiyo Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingani oehiq-oydin haqiqat ekanligini bila turib, bu bosqinni o'n yillar davomida "qo'shib olish" tarzida ko' rsatayotgan, haUo, 0' lkaning Rossiyaga ixtiyoriy qo'shilishining yuz yilligini nishonlash taraddudini ko'rgan, bu "shonli sana"ga bag'ishlab juda ko'p "ilmiy asarlar" yozgan tarixehilarimiz nohalolligi ildizlari qayerdan unib ehiqqanini angIadim.
Bugun mamlakatda xalqlar tarixidagi g'ayriilmiy qarashIarning poydevori buzilib, soxta va yoIg'on g'oyaIar tiklagan karaxtlik qasri qulayotgan bir davrda hanuz tariximizdagi qora dog'larni ko'paytirishga urinishlar davom etayotgani aehinarli holdir. Bunga barham berish uehun har bir inson yuragi haqiqatga sadoqat tuyg'usi bilan to'lishi zaruratini anglaylik.

4

Boya aytganimdek, kelishgan muddatda Vitkovichning uyiga kirib bordim. ChoIning o'zi maqtana-maqtana "o'zbekeha" ehoy damladi. "O'zbekcha" bo'lsayam, Adabiyotehilar uyidagi qahvaxonadagi choydan sira farq qilmaydigan ehoy ustida Bibixonim haqida suhbatlashdik. Uning hikoyasi "Davomli maktubIar"dagi voqeaga birontayam qo'shimeha kiritmagan bo'lsa-da, juda qiziqib tingladim.
- Men Toshkentni juda sevaman. Urushdan oldin ham,
keyin ham ko'p martaba Sharq Iatofatini sog'inishim bilan o'sha yoqqa qarab jo'nardim. Mana shunday safarlarimning birida, aniqrog'i 1946-yili Toshkent bo'ylab sayr qilib yurib amaliy san'at muzeyi binosi oldidan ehiqib qoldim. Bu muzeyning mavjudligi haqida oldin eshitmagan ekanman. Eshik peshtoqidagi lavhani ko'rib hayron bo'lib qoIdim. Bu atrofda oldin ham sayr qilganimni eslab:
"E'tibor bermay o'tgan bo'lsam kerak", - deya o'yladim. "O'zi men sayr qilishni juda yaxshi ko'raman", - shu so'zlarni aytib Viktor Stanislavovich biroz sukutga eho'mdi. U xayolan o'sha olis kunlarda - urushdan keyingi o'zbek poytaxti ko'ehalarida sayr qilib yurganini sezib, uning bu sayohatini buzmay deb, indamay o'tiraverdim. '
- Muzey juda ajoyib edi, - deb hikoyasini davom etdi
- Uning binosini, buni men keyin surishtirib bildim, Polovsev degan bir rus diplomati sharqona usulda tiklab, xonalarni mahalliy ustalar san'ati bilan bezatgan ekan. Uning pardozlanishiga Polovsevning shaxsiy kotibi, keyinehalik Turkiston xalqlari etnografiyasi bo'yicha bilimdon mutaxassis bo'lib yetishgan professor M. S. Andreyev rahbarlik qilgan. Bu go'zal naqshlarni, tokchalarda terib qo'yilgan do'ppilarni, turli viloyatlarga xos milliy liboslarni, ko'klamgi Samarqand dashtlarini eslatadigan kashtalar-u gilamIarni, so'zanalar-u zarbof ehoponIarni, kuIolchilik namunalarini qiziqish bilan tomosha qilib chiqdim.
Meni ko'rgazma xonalari bo'ylab olib yurgan muzey direktori tomoshamiz oxirlab qolganda:
- Xohlasangiz, Bibixonimni ko'rsataman?. - dedi.
- Nima? - degancha unga tikilib qoldim. Bu ahvo-
limni ko'rib, yo'ldoshimning yuziga tabassum yoyildi:
- Bibixonimni-da... Saroymulkxonim nomi bilan mashhur, Temurning katta xotinini ko'rishni istaysizmi?
- Iloji bo'lsa tezroq ... - dedim sabrim ehidamay . Muzey direktori meni xonaIarning biriga olib kirdi va burehakda turgan, ustida mato tashlab qo'yilgan to'rtburehak quti oldiga boshIab bordi. So'ng bir siltash bilan matoni quti ustidan sidirib oldi. O'sha zahoti oynavand quti ichida yog'oeh tobut turganini ko'rdim. Tobutda esa juda yaxshi saqlangan kiehkina bir ayolning qurishgan jasadi yotardi. Ayolning asosan suyaklari qolgan bo'lsa-da, egnidagi libosning ayrim qismlari, baxmal qabosining parchalari, hatto, yuzining ayrim joylarida teri ham saqlanib qolgan edi. Oppoq soehi bir hovueh bo'lib turardi. Meni ayniqsa, uning o'sib ketgan tirnoqlari hayratga soldi. Xullas, mo'jiza oldida uzoq vaqt tilim aylanmay gangirab turib qoldim. Birozdan so'ng o'zimga kelib:
- Qayerdan topdingiz? - deb so'radim. Hamrohimning hikoya qilishicha, bir ming to'qqiz yuz qirq birinehi yili Amir Temur, uning yonida yotgan o'g'illari va jahongirning buyuk nevarasi - Mirzo Ulug'bek qabrlarini oehishganda, malika yotgan maqbarayam oehilgan ekan. Keyinehalik Amir Temurni, unga qo'shib o'g'illari va nevarasini qayta joyiga qo'yishgan. Bibixonim bo'lsa vaqtinehalik deb man a shu muzeyga keltirilgan-u vaqt o'tib butunlay unutilgan.
- O'zingiz-ehi? O'zingiz ularga eslatmadingizmi? deb so'radim men.
- Eh, nee ha marta eslatganman! Heeh kimning shug'ullangisi kelmaydi. Ishingni qil, deyishdi.
Bir neeha kundan so'ng Maskovga qaytdim. Biroq qaytgandan keyin ham bu ko'rganimni g'aroyib tush kabi eslab yurdim. Bir-ikki kishiga so'zlab bergan edim, "Ertak to'qishga ustasan-da", - deb kulishdi. Oxiri o'zim ham "ko'rganlarim tush emasmidi?" - deb o'ylanib qoldim ...

5

Men Samarqand yaqinidagi qishloqlarning biri Chordarada tug'ilganman .. Mana shu qishloqda ona tarafdan bo'lgan bobomning dala hovlisi bo'lgan. Bobomning shahardagi asosiy hovlisi zamonning to's-to'polonlari sabab bobom vafotidan so'ng, 30-yillarda nohaq qamalib, qamoqxonada dunyodan ko'z yumganidan boshqalar qo'liga o'tib ketgan.
Samarqand tarixi nafaqat tuproq ostida qolib ketgan Afrosiyob - bu jahonga mashhur obidalardan, shu bilan birga asrlar davomida o'zgarmay kelgan shahar mahallalaridan, uni qurshab turgan qishloqlardan ham iboratdir. Bu qadim mahallalar va qishloqlarning nomini tilga olsangiz, tarix kitobini varaqlayotganday bo'lasiz. Mana, masalan, o'zim tug'ilgan joy tevaragidagi qishloqlarning nomini birma-bir aytay: Buxoroqishloq, Urganchqishloq, Turkmanqishloq, Arabxona, Hazora, Nayman ... Har gal bu
nomlarni tilga olsam ko'z o'ngimdan Samarqand ustiga qilingan bosqinlar o'ta boshlaydi.
Bir paytlari qishlog'imiz mozori yonidagi ariqdan hatlab o 'tsangiz , ulkan tepalikka dueh kelardingiz. Bolalikda hamma narsa katta tuyularkan. Men hozir hatlab o'tsangiz dedimu aslida bu ariq bolalik paytimda juda katta soyday, tepalik esa tog'day bo'lib tuyulgani hamon yodimda. Mana shu tog'day tepalikka ehiqib varrak uehirardik. Har safar bu tepalik ustiga chiqqanimda olisdagi tog'larga tikilib xayol surgim kelar, xayol surganim sayin yiroqdagi tog'lar butun haybati va zalvori bilan yaqinlashar, oxiri ularning moviy quchog'iga singib ketganimni bilmay qolardim.
Mana shu tepadan turib Samarqandni - Registon minoralarini, Go'ri Mir gumbazini ko'rish mumkin edi. U paytlar Samarqanddagi eng baland bino to'rt qavatli bo'lardi. Shuning uehun ham bolalik tog'ining cho'qqisiga chiqib tikilgan bolakayning nigohini to'sadigan to'siq yo'q edi.
Samarqand tomonga tikilar ekanman, onamning: "Biz oldin shaharda yashaganmiz, bu yerda esa bobongning dala hov lisi bo' 19an", degan so' zlari yodimga tushardi.
- Bobongning hovlisi haliyam bor, - deb hikoya qilardi onam. - Shundoq Registon maydoni qarshisidagi kinoxonaning orqasiga o'tib, to'g'ri yuraversang, ikki qavatli g'ishtli binoga ko'zing tushadi. O'sha bobongning hovlisi bo'ladi...
Men bobomning ikki qavatlik uyini ko'raman, deb tikilardim-u dam o'tmay bu o'y unutilib, butun xayolimni olislarda yuksalib turgan minoralar, gumbazlar maftun qilib olardi. Tepalik ustida Q'tirib olganeha, onam so'zlab bergan afsonalarni o'ylardim. Ularni o'ylab, yiroqdagi sehrli shahar ko'chalari-yu maydonlariga borib qolganimni sezmay qolardim. Atrofimdan avtolar emas, sovut ko'targan, egnidagi javshanlari yaltirab turgan alpkelbatli suvoriylar, madrasadan saboq olib qaytayotgan, boshlariga oppoq salla o'ragan, oppoq chakmonlar kiygan talabalar o'tar, bozordan qaytayotgan qariyalarning yuki yengillashgan eshaklari horg'in yo'rtardi...

6

Bibixonim haqida afsona: Kunlardan bir kun Amir Temur Hindistonga harbiy safar boshlab Samarqanddan chiqib ketibdi. Yuz minglik qo'shinning ehang-u to'zoni hali yerga qo'nmay turib, Bibixonim suyukli eridan pinhon tuzib yurgan rejasini amalga oshirishga kirishibdi. U Samarqanddagi eng mashhur me'mor-u muhandislarni o'z majlisiga ehorlab, ularga Temurning jahonga mashhur, turli elatlarda "yer yuzining sayqali" sifatida ta'rifi ketgan poytaxtidagi imoratlarning hammasidan ham mahobatliroq bir madrasa tiklashni buyuribdi. Buning uehun u qirq yil davomida to'plagan boyligini - shavkatli eri zabt etilgan olis va yovuq o'lkalardan olib kelib unga taqdim qilgan qimmatbaho buyumlarning hammasini sarflashga rozi ekanligini aytganda, majlisga tashrif buyurgan ustalar qurilajak bino naqadar ulug'vor bo'lishini o'ylab, tillarini tishlab qoldilar.
Shu keeha ularning tushiga gumbazi osmon bilan talashgan, jahonda tengi yo'q bir yuksak imorat kiribdi va ularning har biri mana shu binoni tiklash orzusiga quI bo'lib qolibdi.
Ustalar tiklanajak madrasa loyihasini obdon pishitgaeh, Bibixonim huzuriga kelib, undan qurilishni boshlashga ijozat berishini so'rabdilar. O'ylagan rejasiga loyiq bino bo'lishiga ishongaeh, Bibixonim rozilik beribdi. To'rt yuz buqa so'yilib qurbonlik berilgaeh, yetti iqlimda tengi yo'q madrasa qurila boshlanibdi. Ustalar keehani keeha, kunduzni kunduz demay ishlasharkan - qorong'i eho'kkanda har qadamda mash'ala-yu gulxanlar yoqib qo'yilarkan. Madrasa binosi Amir Temurning qaytishiga qadar bitishi haqidagi Bibixonimning talabi ustalarning q ulog' iga qo'rg'oshindek quyilgan edi.
Bibixonim har kuni quruvchilar huzuriga kelib, ishning borishini nalOrat qilar, ustalarni yanada jadal ishlashga undar edi. Ustalarning boshlig'i ayni qirehillama yoshga yetgan, me'morlik san'ati Qustantiyadan Chin-u Moehingaeha mashhur yigit ekan. U malika tashrif buyurishi bilan soatma-soat ko'kka o'rlab borayotgan bino tepasidan epehillik bilan tushib kelib, Bibixonimga ta'zim qilganeha uning amrini kutardi. Mana neeha kundan beri ustaning yuragi malika hali qurilish maydonida paydo bo'lmasdan turib, Bibixonim o'z qasridan ehiqishini anglab bo'lmas bir tarzda payqar, payqab belOvta bo'la boshlardi.
Olam husnini ko'rishga lOr malika kelishi bilan but un atrofni usta yigitning es-u hushini ayirgulik qalampirmunchoq hidi tutardi. "Qalampirmunchoq emish?! Qizmunchoq, deb atalishi kerak, ey nodon odamlar!" -- deb o'ylardi usta yigit har gal bu sehrli isdan mast bo'lib. Malika ketishi bilan usta yana o'z ishiga kirishib ketar, shogirdlari ustaning kecha-kunduz tinmay bir ohangda qandaydir bir qo'shiqni kuylashidan hayron bo'lishar, biroq qo'shiqning so'zlarini qaneha urinmasinlar anglab ololmasdilar. Holbuki, usta kecha-kunduz faqat bir so'zni takrorlardi. Bu "Qizmunchoq" so'zi edi. "Qizmunchoq, qizmunehoq, qizmunchoq ... " -- deb kuylardi usta yigit.
Kunlarning birida nogahon esgan shabada usta yigit bilan suhbatlashib turgan Bibixonim yuzidagi harir ro'molni ochib tashlab, Malikaning turkona husnini me'mor yigit ko'z o'ngida namoyon etibdi. Yigit hayratdan qotib qolibdi, Malika esa uyatdan lov-Iov yongancha Bo'stonsaroyga qarab shoshig' ich yuri bdi.
Malikani bir ko'rishdayoq oshiqlik dardida duehor bo'lgan me'mor yigitning isitmasi ko'tarilib, qo'li ishga bormay qolibdi. Qo'lidagi gazeho'pni ushlagancha xayol surib o'tiraverar ekan. Kecha-kunduz og'zidan tushmaydigan qo'shig'iniyam aytmay qo'yibdi. Uning bu ahvolini ko'rib boshqalarning ham ishi sustlashibdi.
Bundan xabar topgan Bibixonim tashvishga tushibdi. U o'sha yuzi oehilib "sharmanda" bo'lgandan beri qurilish maydoniga borishdan uyalar ekan. Shuning uchun ham Malika o'zining eng ishonchli kanizagini oldiga chaqirib buyuribdi:
- Borib ustalar boshlig'iga ayt, bunaqada madrasa ulug' amir qaytadigan kungachayam bitishi dargumon. Ishni tezlashtirsin. Qaneha odam kerak bo'lsa aytsin, topib beraman.
Me'mor yigit Bibixonim kanizagining so'zini eshitib shunday debdi:
- Agar malika madrasaning tezroq bitishini istasa, bir shartim bor. .. Shuni bajarsa, madrasa o'z muddatida tiklanadi, bo'lmasa, yo'q ...
Kanizak "Shartingizni ayting", degandek usta yigitga tikilgan ekan, u:
- Shartim shu: Bibixonim menga bir o'pich bersin, debdi.
Me'mor yigit shartini eshitgan Bibixonimning jahli chiqibdi. Oqilaligi bilan mashhur emasmi, keyin jahlidan
tushib, o'ylanib qolibdi. Ertasi kuni u qirqta tuxumni pishirib, qirq xii bo'yoq bilan bo'yabdi-da, kanizagi orqali usta yigitga yuboribdi. Kanizagiga esa:
- Ustaboshiga har bir tuxumning mazasini ay tar ekan-
siz, deb tayinla, - deb aytibdi.
Me'mor yigit qirqta tuxumni bir o'tirishda yeb:
- Bibixonimga ayt: hammasining mazasi bir xii
ekan, - dedi.
Kanizak yigitning so'zini kelib Malikaga aytgan ekan, uning yuziga tabassum yoyilib yana kanizagiga ish buyurib-di:
- Endi. ustaboshiga borib, hamma tuxumning mazasi bir bo'lganidek, hamma xotinlarning ham mazasi birligini anglamadingizmi, anglagan bo'lsangiz Malikadan o'pich so'raganingizdan pushaymon emasmisiz? - deb ayt.
Me'mor yigit Malikaning bu so'zini eshitib, "Sohibqiron qaytib kelsa, bo'lgan voqeani eshitib, meni sog' qoldirmasa kerak", - deb o'ylab qo'rqib ketibdi. Shu kundan boshlab, yana kechani kecha, kunduzni kunduz demay ter to'kibdi. Madrasa binosi bitadigan kechasi esa tong otgunga qadar qamishlarni bir-biriga yelim bilan ulab qanot yasabdi. Tong otib, quyosh nuri ulug'vor madrasaning gumbaziga tushib, niliy rang osmonga singib ketadigandek tovlana boshlabdi. Xuddi ana shu mahal olis Cho'ponota tomonda harbiy safardan qaytib kelayotgan qo'shin harakatidan chang-u to'zon ko'tarilganini ko'rgan me'mor yigit hayallamay madrasa peshtoqidan sakrab, qanot qoqib uchib ketibdi.
Shu uchishda Mashhadga borib qo'nibdi, deyishadi. ..
Yana shuni hikoya qiladilarkim, Samarqandga yaqinlashgan Amir Temur Ohanin darvozasi yaqinida yuksalib turgan ulkan moviy gumbazli bahaybat imoratni ko'rib, hushi boshidan uchibdi. "Yopiray, men yo'qligimda biror bir yog'iy kelib Samarqandni bosib oldimikan?" - deb o'ylabdi u. Agar shunday bo'lganda unga, albatta, xabar yetishi tayin ekanini anglagach ko'ngli joyiga tushibdi. Biroq dam o'tmay, jahli chiqib: "Bu ulug'vor binoni mening ruxsatimsiz tiklagan kim ekan? Uni yer bilan tekislab o'rnida qovun-tarvuz ektirmasam, Temur degan nomimni boshqa qo'yganim bo'lsin", - deb ont ichibdi.
Amir Temur o'zini qarshilashga chiqqan xaloyiq shovqin-suroni, karnay-surnay jarangosi ostida Hindiston xazinasi ortilgan fillar karvonini boshlab shaharga kirib kelgach, haybatli bino madrasa ekanini va uni suyukli xotini Bibixonim tiklatganini eshitibdi. So'ng ichgan qasamidan pushaymon bo'lib, nima qilishni bilmay qolibdi. Vayron qilib tashlay desa, Bibixonim ranjiydi, buzmasa, qasam urishidan qo'rqadi.
Amir Temurning bu holatini bir vaziri bilib turgan ekan. Bu vazir aslida vazir emas ekan, Sohibqiron janglarini kitob qilib yozib yurgan muarrix ekan. Birga yuraverib, Amir Temur ko'nglidagi gaplarni bilib turarkan. Bilib oqil maslahatlar berar ekan, shuning uchun ham vazir bo'lmasada, hukmdor uni vaziridan a'lo ko'rar ekan. Mana shu dono chol o'z hukmdoriga ta'zim bajo qilib shunday debdi:
.- Ey, mamlakat ustuni, ontingizni bajarishning chorasi bor!
Amir Temur "xo'sh" degandek unga tikilibdi.
- Buning uchun madrasa tomiga tuproq chiqarib qovun-tarvuz ekasiz. Pishgach, malikamiz bilan maza qilib yeysiz - mana shu ichgan qasamingizning bajosi bo'ladi.
Amir dono cholning gapini qilib, madrasa tomiga tuproq chiqarib, qovun-tarvuz ekibdi, pishgandan keyin esa Bibixonim bilan baham ko'ribdi.
Hatto, Amir Temur muarrix cholgayam tom ustidagi polizdan sovg'a qilib qovun-tarvuz jo'natgan, deyishadi bu afsonani tugatayotib samarqandlik chollar.
Boshqa bir afsonada hikoya qilinishicha, oshig'u shaydo bo'lib qolgan me'mor yigitning qo'li ishga bormay qolganidan xabar topgan Bibixonim Amir Temurning Samarqandga qaytib kelayotganini eshitib, madrasani tezroq bitkazish niyatida m.e'mor yigit qo'ygan shartga o'pich berishga rozi bo'lgan ekan. "Faqat parda ustidan o'pasiz", - degan ekan uyatdan bo'zarib, nima qilishini bilmay qolgan Malika. Me'mor yigit parda ustidan o'pgan ho'lsayam, oshiq dilning olovi labga o'tib, Malika yuzini kuydiribdi. O'pich o'rni dog' bo'lib qolibdi. Buni ko'rib me'mor yigitning esi chiqib ketibdi ~ charchadim demay ishlab, madrasani Amir Temur Samarqandga kirib keladigan kuni tugatibdi. lahongirning qahridan omon qolmasligini anglab oldindan qamishdan qanot yasab qo'ygan yigit gumbaz ustidan "hayu-hayt" degancha uchib ketgan ekan ...
Bibixonim esa Chin mamlakatidan olib kelingan ipakdek oppoq upani yuziga surtib suyukli eriga peshvoz chiqibdi. Jang-u jadallarda qo'llanadigan sonsiz harbiy hiylalar ustasi Amir Temur xotinining hiylasini sezmabdi.
Bir xotinning hiylasi qirq eshakka yuk degan gapga shundan keyin ishonmay bo'ladimi, deyishadi o'z hikoyalarini yakunlayotib samarqandlik quv chollar ...

7

Bundan o'n ikki yil muqaddam Bibixonim haqida doston yoza boshlaganimda, qog'ozga tushirgan birinchi yozug'im ushbu bo'lgan edi: Du doston Dibixonim haqida emas, balki bizning tarixga bo'lgan munosabatimizni belgilash haqidadir.
Doston ustidagi ish afsuski nihoya topmadi. Tajriba kamlik qildimi, boshqa narsa sabab bo' ldimi... harholda doston chala qoldi. Lekin umidsiz bo'lmadim. Ko'p mart alab dostonga qaytishga urindim. Biroq uddasidan chiqolmadim. Kim bilsin, avvaldan yurishmagan ishning yurishmog'i, bitmog'i qiyin bo'larkanmi?. Lekin kunlarning birida: "Nasrda yozsamchi?" - degan o'y miyamda chaqmoqday yarq etdi-yu, negadir ko'nglim yorishib, o'zimda yo'q quvonib ketdim. Chunki shu o'y xayolimga kelganning o'zidayoq, endi ishim yurishishini, necha yilki fikr-u zikrimni band etib, tinchlik bermay kelayotgan armonli niyatim yukidan qutilajagimni ichki bir sezgi-Ia his etib ulgurgandim.
Ushbuni yozayotib, kechmish voqealarning ayrim o'rinlarini xayolan to'ldirdim. Shunday ekan, bu yozug'im faqat Bibixonim haqida emas, balki o'n ikki yil avval o'tgan yoshligim, Anhor yoqasidagi bog', Mamat Yusupov haqida so'ylangan afsona hamdir. Afsona esa, bir shoir aytganidek, haqiqat siniqlari; bir yozuvchi aytganidek, izohlab bo'lmas narsalarni izohlashga bo'lgan uril1ishdir.

8

Viktor Vitkovich hikoyasining davomi:
Toshkentdagi amaliy san'at muzeyida saqlanayotgan Bibixonim jasadi bilan bog'liq voqealar xotimasini menga O'zbekiston tarixi va qadimiy me'morchilik san'atining katta bilimdoni Lazar Izrailevich Rempel hikoya qilib •berdi.
Mamat Solihovich Yusupov degan Samarqand tarix muzeyining direktori bar edi... Tanirmidingiz? - dedi u o'z hikoyasini savol bilan boshlab.
Shu zahoti ko'z o'ngimga qotmadan kelgan kishi surati keldi.
- Albatta, uni yaxshi eslayman. Tarixchi olim edi. O'z
ishini juda obdan bilardi. Lekin o'ta kamsuqum edi. O'tmish daholari haqida, ayniqsa, Samarqand tarixi haqida hayajon bilan hikoya qilishni suygan kishi bo'lsayam, o'zi asosan manbashunoslik bilan shug'ullanardi. "Buxoro amirligida ish yuritish va sud qog'ozlari" mavzusida ilmiy ish yozgani ham yodimda ...
- Ha, ha, xuddi o'sha odam, - dedi tasdiqlab Rempel. - Men u bilan Buxoro amirligi arxivlarida ishlaganman. Bosh ko'tarmay ishlardi. Dunyoda borligini sezdirmay, birovning ko'nglini og'ritmay yashaydigan odamlar toifasidan edi... Aynan man a shunday xoksor kishilar ba'zan aqlga sig'mas g'aroyib ishlar qiladilarki, eshitib hayratdan yoqa ushlaysan. Bibixonim jasadini Samarqandga - o'z joyiga qaytargan odam ana shu Yusupov bo'ladi, bilsangiz.
Rempelning hikoya qilishicha, Yusupov Samarqand muzeyi direktorligiga tayinlanishi bilan oldindan rejalab yurgan niyati - Bibixonimni o'z maqbarasiga qaytarish harakatiga tushadi. Bu ishni amalga oshirmaguncha ko'ngli o'rniga tushmasligini, tinch yashay olmasligini o'zi sezardi.
Shu sababdan olim vaqtni cho'zmay Toshkentga otlandi. Tegishli yuqori tashkilotlarga muzey muhri bosilgan iltimosnomani ko'tarib kirdi. Unda Samarqand tarix muzeyi direktori Mamat Solihovich Yusupovga Bibixonimning mo'miyolangan jasadini Samarqandga olib kelishga ijozat berishlari so'ralgan edi.
Bu voqea mening Bibixonim bilan uchrashuvimdan so'ng roppa-rosa ikki yildan so'ng - ming to'qqiz yuz qirq sakkizinchi yili bo'layotgan edi. Buni qarangki, Yusupov oxiri niyatiga yetadi - ruxsatnoma olib amaliy san'at muzeyiga Samarqand Malikasini so'rab boradi.

9

"Davomli maktublar" kitobi bilan tanishib bo'lgach, qo'shimcha ma'lumotlar topish maqsadida Samarqandga otlandim. O'sha kunlar shahar muzeyi direktorsiz qolgan ekan. Muzey direktori o'rinbosari bo'lgan ayol: "Ukajon, men bu yerda yaqindan beri ishlayapman. Sizni qiziqtirgan savollarga javob berolmasam kerak, deb qo'rqaman. Yaxshisi, siz Gennadiy Vasilyevichni toping, u kishi muzeyimizning eng keksa xodimi bo' ladilar", dedi.
O'sha kuniyoq Gennadiy Vasilyevich Popovni qidirib topdim. Bibixonim bilan Yusupov haqida gap boshlashim bilan qariyaning ko'zlari duvva yoshga to'ldi. Keyin hirqiroq ovoz bilan pichirladi:
- Eh, men Bibixonimni ko'rganman ... Vujudimni hayajon chulg'adi.
- Bu voqea, - deya so'z boshladi chol, - Mamat Solihovich Yusupov Bibixonimning mumiyolangan murdasini Samarqandga olib kelgan kunlarning birida ro'y bergan edi... eh, Yusupov ja g'ayratli kishi edi-da. Kam gapirib, ko'p ishlashni yoqtirardi. Dastlab rus-tuzem maktabida savodini chiqargan edi.
Popovni qattiq yo'tal tutdi. Cholning oriq barmoqlari orasida cho'g'lanib turgan, papiros kuli yerga to'kilib, sochilib ketdi. Yo'tali tingach, negadir gapni butunlay
boshqa yoqdan boshladi: .
- Sen, bola, ko'p gapni bilmaysan. Samarqand muzeyiga kelganimda yoshgina yigitcha edim. Eh, qancha vaqt o'tib ketdi, - keksayib diydasi yumshab qolgan cholning ko'zlari yana yoshlandi. - Samarqand muzeyidek boy muzey kamdan kam topilardi. AmiI' Temurning, temuriy shahzodalarning shaxsiy buyumlari, liboslari, qurol-yarog'lari bor edi. Shunday qadimiy kitoblar bor ediki, bezaklarini ko'rsang, hayratdan og'iz ochib qolarding. Juda ko'pchiligi tilla quticha - maxsus g'iloflarda saqlanardi. Bunaqa nodiI' va qimmatbaho buyumlarni umrim bino bo'lib, boshqa hech qaysi muzeyda ko'rmaganman.
Chol jim qoldi. Cho'ntagidan yana papiros olib tutatdi. - Eh, bolam, hozir u narsalar muzeyda yo'q.
Hammasini, ha, ha, hammasini olib ketishdi. "Yaxshi qo'riqlanmaydi", "Ta'mir qilamiz", "Ko'rgazmaga kerak" , degan ming xil bahona ro'kach qilib markaziy muzeylarga, - asosan, Ermitajga, Maskovdagi qurol-aslaha palatasiga tashib ketishdi barini.
Popov endi baralla yig'lab yubordi. Umrim bino bo'lib keksa odamning yig'lashini ko'rmagan edim - nima qilishni, qanday ovutishni bilmay dovdirab qoldim. Chol xiyol tinchlandi-da, chuqur xo'rsinish aralash davom etdi.
- Bibixonimning mumiyolangan jasadi Toshkentda edi. Yusupov uni Samarqandga qaytarib keltirishga qattiq kirishdi. Rosa bir oy Samarqandda, bir haftadan oshiq Toshkentda idorama-idora yugurdi, bechora. Oxiri ruxsat oldi... Zo'r odam edi. Nihoyat, tashib ketilgan muzey buyumlariyam qaytadigan bo'ldi, deb juda quvongan edim. Biroq ming afsuskim, bu narsa hanuzgacha orzuligicha qolib ketdi ...

10

Viktor Vitkovich hikoyasining davomi: Yusupov oxiri niyatiga yetdi - ruxsatnoma olib amaliy san'at muzeyiga Turon Malikasini so'rab bordi.
Mumiyolangan Malika murdasini aerodromga olib borish kerak edi. Yuk mashinasiga ortay desa, yo'llar o'nqircho'nqir, qattiqroq silkinib ketsa, jasad sochilib ketishi tayin edi. Aravaga ortish ham yaramaydi. ..
Oxiri Mamat Solihovich mardikor bozoriga tushib, hammol yollashga qaror qildi. "Bibixonimni taxti ravonda olib boraman", deb o'zicha o'ylardi Yusupov Eski shahar bozoridagi ustalarga tobutga moslab zambil yasatar ekan.
Yelib-yugurib to'rt hammol topdi-da, ularni Shelkovichnaya ko'chasiga - amaliy san'at muzeyiga boshlab keldi. Mumiyolangan murda turgan qutini, "taxtiravon"ga joylashdi-da, ko'tarib yo'lga tushishdi. Yusupov:
"Hoy-hoy, astaroq, qattiq silkitmanglar", degancha javranib, dunyoning yarmini tebratgan jahongirning jufti haloli jasadini yelkalab borishayotgan azamat hammollar yonida pildirab borar, har daqiqada go'zal Malika sochilib ketishi mumkinligini ko'z oldiga keltirib yuragi qinidan chiqib ketguday betoqat bo'lardi. Yo'lda uchragan odamlar yuzlariga fotiha tortishar, ba'zilari yugurib kelib "tobut" dastasini yelkasiga olmoqchi ~o'lar, Yusupov esa bunga yo'l qo'ymagandan keyin unga hayron-hayron qarab uzoqlashardilar. Ammo ko'pchilik beshovlonga, ular ko'targan taxtiravonga befarq ko'z tashlah o'tishardi. Buni ko'rib Yusupovning ichi qizir, tobutda kim yotganini jar solih aytishdan o'zini arang tiyib qolardi.
Hammollar Beshyog'ochga yetib nafas rostlash uchun zambilni yerga qo'yishganida Yusupovning sabri tugadi, sirni ochdi. U bu yangilik bilan yigitlarni hayratga solishga, ular qanday ulug' sharafga muyassar bo'lih kelishayotganidan xabardor qilib qo'yishga shoshilgan edi. Lekin u bu safar ham ilmga mukkasidan ketgan olimlarga xos soddaligiga borgan va qattiq yanglishgan edi. Yo'l bo'yi hammol sheriklariga buyrug'-u tanbeh herib kelayotgan, o'zo'zidan ularga boshliq bo'lib olgan xo'ppa semiz kishi sheriklariga sirli bir qarash qildi-da, o'rnidan turib so'z boshladi. Uning ovozi juda xunuk edi. Yo'l davomida qisqa-qisqa buyruq berishdan nariga o'tmagani uchun oldin bilinmagan ekan.
- Endi, aka, bizga yo javob herasiz, yo haqimizni ozroq oshirasiz, .- u Yusupovning hayratda dong qotganini ko'rib davom etdi. - Ko'nmasangiz, o'zingiz ko'tarib ketaverasiz.
Hammollarga Amir Temur bilan Bibixonim haqidagi g'aroyib voqealarni so'zlab berishga chog'langan Yusupovning dami ichiga tushib ketdi.

11

Tugamagan dostondan: "Tantana va to'rtinchi hammol haqida hikoya" .
To'rt hammol ko'tarib borar tobutni,
Y usupov xotini tuqqandek xursand.
Cho'ntak bo'shligini tamom unutib,
Yuragi ilohiy xayollarga band.
Ko' p kuygan ko' ksida kezinar titroq,
Unutdir tashvishlar, unutdir alam.
Xuddi shoirlardek biroz maqtanchoq,
Boladek oq ko'ngil edi bu odam.
U chiday olmadi,
T antana bilan
Hammollarga dedi dilini xushlab:
- Ey, nodon 'gumrohlar, bilmaysiz bu dam
K imning tobutini turarsiz ushlab?
Bu Temur xotini Bibixonimdir,
Sevimli, oqi/a, go' zal xotini.
Temur harbga ketib, o'nta xat bitsa:
Shu xotinga bitgan o'nta xatini.
Tobutni zaminga qo'yar to'rt "gumroh",
Alanglab olishar: "Bu tush emasmi?"
Bu odam yo jinni va yoki ahmoq,
Biri yaqinlashar: "Hushyormi, mastmi?!"
Semiz hammol ay tar: "Temur xotinin
Ko'tarib yurishga rozi emasmiz!
Agar haqimizga ozroq qo'shmasang
Sening bu ishingni ado etmasmiz!
Men gapni cho'zmayman, novvoyemasman,
Puldan qo'sh, shu zahot yo'lga tushgaymiz.
Sen aytgan manzi/ga dam ham olmasdan
Yelgaymiz, bamisli qushday uchgaymiz!
To'rtinchi hammol - yosh, oriq bir yigit.
Ularga qo'shilmay qarab turardi.
Boshqa hammollarning so' zin eshitmay
Olislarda edi - xayol surardi.
Musavvir bo'laman deb qi/gandi ahd,
Bag'riga olgandi uni yot shahar.
Xayolchan ko' zida balqirdi hayrat,
Bu hayrat eng toza dillarda yashar.
Yolg'iz yetim edi, qon-qardoshi yo'q,
Mardikor bozori uni fo'ydirar.
U bilar,' shoir va musavvirni
Ochlik erkalaydi, to' qlik 0' ldirar.
Maktabda bo'yoqlar berishar - toshdan
Yasalgllll haykalni tasvirla, deya.
U bo'lsa, ertaklar tinglab quyoshdan,
Kallaklangan tutga chizdi madhiya.
Ustozi suratni ko'rgach baqirdi,
So'ng'qo'ydi,
"Chiz!" deya qog'oz gullarni.
0' shandan buyon u hammollik qilib,
Topardi bo' yoqqa kerak pullarni.
... Boshqa hammollarga qarab turdi-da,
- Qanday soz! - dedi so'ng yoshlanib ko'zi.
- Akalar, bu ishga pul olsak - kulgu!
H aqimni olinglar ... Roziman, rozi!
Semiz hammol kular: - Ahmoqsan, ahmoq!
Oila boqqanda yaxshi bilarding.
Balki bizlardan ham chiqib o'tkirroq,
Mana shu akangni rosa shilarding!
Musavvir ko'zida porlagan hayrat
Zulmatga cho' karu aylanar dardga.
Semiz hammol ay tar: - 0' tayotir vaqt,
Ayting, rozimisiz biz qo'ygan shartga?!
Yusupov oyog'i kuygan tovuqdek,
Aylandi uch ham mol girdidan uch bor.
Yalindi, tinmadi u chug' urchuqdek,
Baribir barchasi tugadi bekor.
Yusupov soatni bahridan kechdi,
Uzatdi, uch hammol bosh chayqadi: -
Kam! So' ng yerga 0' tirib tuflisin yechdi,
Keyin yechib berdi Rostumini ham.
"Shimimni yechaymi?" - dedi u kulib,
"Ha, bo'pti", - deyishdi, biz tushunamiz.
Keyinroq ... manzilga yetsak, yecharsiz.
Ana, endi, aka, yo'lga tushamiz!"
Har qanday xalqdayam shunday zotlar bor,
Pul bilan 0' lchaydi hayotni ular.
Ularning oyog'i ostida xor-zor
Bo'lar ona tuproq, dalalar, gullar.
Otasi: - Suv! - deya qo'lin uzatsa,
- Haqini bering! - deb shoshirgan shular.
Onasin bonni berib kuzatsa,
Eng so' nggi nonini yashirgan shular.
Sevgi - pul, Vatan - pul, Qani, keb qoling/
Sotilar vijdon-u, sotilar imon!
Ular xiyonatning. makrning quli,
Ularning ko' ksida yashamas armon.
Oh, ular juda ko'p, Vatanin sotgan
Amir Muzaffarlar - mitti xotiblar. 0' zini asray deb
Bolasin otgan,
Otasin 0' ldirgan Abdullatiflar.
Taxt uchun, fahsh uchun Va mansab uchun
Elini, dilini xo'rlagan shular -
Dinidan voz kechar zarra 0' kinmay,
0' zona tilini zo'rlagan shular!
... To' rt hammol ko'tarib borar tobutni.
Yusupov xotini tuqqandek xursand.
Oyoq yalangligin tamom unutib,
Shirin orzularga u bo'ladi band.
Yaxshiyam dunyoda Yusupovlar bor,
Dunyo ham ularning hovuchidadir.
Vatanning azobi,
Vatanning dardi
Ularga merosdir - dil ichidadir.
Ha, ular juda ko'p Yurtin saqlagan.
Dushmanga yuzma-yuz turgan shiroqlar.
Ularning hayoti - zulmat qo' ynida
Abadiyat uchun yongan chiroqlar.
...Manzilga yetganda to'rtinchi hammol
Mung'aygan ko'zlarin tikib zaminga
Shivirlar: - Onamni topdim ... onam - shu ayol...
Rahmat, ko'p narsani angladim, aka!
U ketar - ko' zida bedor uqubat,
Ko' zin nuri moziy zulmatin teshar.
Jaynoqi olmadek bo'lib sukunat
Shu yigit ohidan uzilib tushar.
Keyin birdan to'xtar ... Yomg'irdan keyin
Nam tortgan tuproqqa pichoq botadi.
U rasm chizarkan yonib, entikib,
Vatan uzra yangi, shan tong otadi.
U rasm chizadi - uning xayoli
Olis-olislarga uchib yetadi,
Hech qachon ko'rmaymiz biz bu rasmni
Uni ko'r yomg'irlar yuvib ketadi ...
Bundan ikki yil avval yozila boshlagan dostonning shu parchasini bitayotganimda nima uchundir to'rt hammolning ichida hech bo'lmaganda biri Yusupovni tushunishi kerak-ku, deb o'ylaganman. Shu sababdan ham bo'lgan voqeaga zid ravishda to'rtinchi ham mol - bo'lajak musavvir yigit qiyofasini chizishga urindim. Bu mening shunday odamlar hamisha bo'lganiga, bor ekaniga bo'lgan ishonchimdan tug'ilganini tushungandirsiz endi, degan umiddaman ...

12

Bugun Bibixonim deganda ko'pchiligimizning ko'z oldimizda Siyob bozori yonidagi ana shu masjid xarobasi keladi. Bibixonim deganda bir jahongir Temur bobomiz bilan uzoq harbiy safarlar mashaqqatini teng tortgan, deyarli barcha temuriyzodalar tarbiyasi bilan shug'ullangan go'zal va oqila ayolni emas, mana shu haybatli obidani eslaymiz. Aslida esa masjid olis moziyda Amir Temur Ko'ragon jome masjidi nomi bilan atalgan. Chunki uni buyuk hukmdorning o'zi bosh bo'lib tiklatgan edi.
G'iyosiddin Ali guvohlik beradi: "Sakkiz yuz birinchi yil Ramazoni sharif oyining to'rtinchi kunida (1399-yilning 10 mayida) jome masj idi uchun poytaxtning eng yaxshi joyini (Amir Temur) tanladi. Mashhur ustalar va binokorme'morlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar, so'nggi daqiqada uning poydevorini qura boshladilar".
Fasih Xavofiy "Mujmali Fasihiy"ning sakkiz yuz birinchi yil voqealari bayonida yozadi: "Amir Sohibqiron Hindistondan olib kelgan boylik evaziga Samarqand jome masjidi qurilishini boshladi. (Qurilish) muqaddas Ramazon oyining to'rtinchi yakshanbasi (1399-yilning 10-mayi)da boshlandi" .
Abu Tohirxo'ja Samarqandiy o'zining "Samariya" kitobida, Samarqandning masjidlari va madrasalari xosiyat va sifatlariga bag'ishlangan bobida quyidagilarni yozadi:
"Amir Temur Ko'ragon jome masjidi... shahar ichida, uning shimol tomonida, Hazrati Shoh (Dari Ohanin) darvozasining yaqinidadir.
Amir Temur Ko'ragon Hindistonni olgandan keyin, u yerdan o'lja qilingan oltin, inju va qimmatli toshlarni bir yuz to'qson bir filga yuklab keltirdi va istadikim, poytaxti bo'lgan firdavsmonand Samarqandda bir jome bino qilgay. Sakkiz yuz birinchi hijriy (milodiy 1399) yilida kuchli va tezishlik ustalarni dunyo tevaragidan yig'ib ish boshladi. Va shunday bir masjidi jome bino qildiki, sahnining sof ishlanishi hushyor dillardan ham mushavvarroq va baland kungiralari oy muqarnasidan bezakli, feruzasimon koshinlari lojuvard, osmonrang, oftobga jiloli zarnigor naqshlari bila go'zal charx gumbazlariga barobar, baland ovozalik darvozasi "Kimki bu xonayi ka'baga kirdi, omonlik topdi" (Qur'on. Oli-Imron surasi, 97-oyat) oyatining kaliti bilan ochildi. Har bir yuksak toqlari falak peshotoqida qad ko'tardi. Jomening ravoqi ustida yozilgandurkim: "Amir Taragay o'g'li buyuk xoqon Amir Temur Ko'ragon sakkiz yuz birinchi yilda ushbu jomening solinishiga amr qildi". Jome darvozasining uzorida yozilgandirkim: "Ushbu jomeni bitkazishiga sakkiz yuz oltinchi (milodiy 1404) yilda muvaffaq bo'lindi". Ushbu tengsiz bino besh yil orasida ulug' xoqon buyrug'i bilan solinib bitkazildi.
Ushbu jomening eshigi ikki tabaqali bo'lib, xulo (birinj, mis va rux birga qo'shilib eritilsa xulo bo'lur) quyulgan va fusunkor ustalar jomening kirar yeriga po'lod qalam uchi bilan juda ham go'zal tabiatlik naqshlar qilganlar
ekankim Samarqandning buzuqchilik chog'ida yo'qolgandir. (v. L. Vyatkin taxminicha, bu masjidning darvozalari Ashtarxoniylar hukmronligining so'nggi yillarida, taxminan XVIII asrning qirqinchi-elliginchi yillarida yo'qolgan.
]ome eshigi ustida ushbu bayt yozilgan:
Dar kafi xalq hama makru astu havas,
Kor dargohi Xudovandi jahon doradu bas.
Ya'ni:
Xalq kaftida bari ish aldovu havasdir,
Ish yolg'iz dunyo egasi Tangrining eshigidadir'.
Zahiriddin Muhammad Bobur ham "Boburnoma"da ushbu jome masjidi haqida quyidagicha ma'lumotlarni yozib qoldirgan: "Temurbek ... yana Ohanin darvozasiga yovuq, qal'aning ichida bir masjidi jome solibtur, sangin, aksar Hindistondan eltgan sangtaroshlar and a ish qilibturlar, Masjidning peshtoqi kitobasida bu oyatni "Va iz yarfau ibrohimal-qavoida ilo oxirihi" andoq ulug' xat bila bitibturlarkim, bir quruh yovuq yerdin o'qusa bo'lur. Bu ham bisyor oliy imorattur".
Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"da ma'lumot berishicha, jome masjidi qurilishida mahalliy ustalaru muhandislardan tashqari Ozarbayjon, Fors, Hindistondan keltirilgan besh yuz sangtarosh ham ishlagan. Ali Yazdiy yozadi: "Agar osmon gumbazi uning takrori bo'lmaganda, bu gumbaz dunyoda yagona bo'lardi, agar somon yo'li peshtoqining takrori bo'lmaganda, bu peshtoq dunyoda yagona bo'lardi". Mazkur atoqli muarrix yana quyidagilarni xabar qiladi: "Onhazrat (Sohibqiron) bu diniy ishni oxiriga yetkazishga ishtiyoq va g'ayratining zo'rligi tufayli shaxsan o'zi tez-tez imorat qurilishida hozir bo'lardi. Hatto, o'sha muddat davomida aksar vaqtini qurilayotgan masjid yaqinidagi Xonim (Bibixonim) madrasasida va Tumon og'o honaqosida o'tkazardi. Xalqning dodiga yetish va rioyatparvarlikka taalluqli ishlarni ham u ko'pincha shu yerda amalga oshirardi. Shu tarzda shohona iltifot sharofati bilan masjidning oliy kungiralari quruvchisining qadr-u qiymati yanglig' Kayvon ayvonining to'sinlariga yetishdi. .. Toshlardan to'rt yuz sakson ustun taroshlandi. Ularning har birining uzunligi yetti gazga teng kelardi. Baland shifti va ajoyib forshining hammasi taroshlangan tosh taxtachalar bilan bezatilgan. Shu tariqa, (masjidning) farshidan tepasigacha bo'lgan balandligi o'n gaz edi...
Uning to'rt ruknining har birida bittadan minora qad ko'tardi. Bayt: Ular osmonning har tarafiga ovoza taratib: "Obidalarimiz (avlodlarga) bizning kimligimizdan dalolat beradilar" nidosini olamning to'rt rukniga yangratdilar.
Yetti ma'dan qotishmasidan ishlangan ulkan darvozasining sadosi yetti iqlim obidalari (duosini) Dotussalom (Bag'dod)ga yetkazib turadi, aylana devorining ichki va sirtqi tomonlari hamda toqlarining yuzasi toshga o'yilgan kitoba (yozuv)lardan ziynat topgan, "al-Qahf" surasi va boshqa Qur'on oyatlari harflari ham kalimalarining nurli aksi ularda jilolangan ... "
Abdurazzoq Samarqandiy "Matlayi saydayn va majmayi bahrayn" asarida yozadi: "Basra va Bag'dod ustalari masjidning darvoza va eshiklarini, o'rindiqlarini tayanch va shon-shavkat maskani qildilar, har joyning o'lchamiga qarab shoyi va gilamlar tortdilar. Xalaf ustalari gumbaz ichkarisida. to'nkarilgan osmondagi yulduzlarga monand tillarang qandillarni yozdilar".
lome masjidi to'rt ulug'vor imoratdan: katta masjid, ikki kichik masjid va haybatli peshtoqdan iborat bo'lib, ular to'rtburchakli hovlida joylashgan va hovlining to'rt burchida to'rtta minora qad ko'targan. Besh ming kvadrat metr sahnli hovli 470 ustunga o'rnatilgan gumbaz bilan yopilgan. Yodgorlik joylashgan maydonning umumiy sahni 167x 1 09 metrni tashkil qilgan. Masjid burchaklaridagi minoralarning balandligi 31 metrni tashkil qilgan. Bugungi kunda yolg'iz shimoli-g'arbiy burchakdagi minoraning yarmicha qismi saqlanib qolgan. lome ravoqining ikki ehetidagi minoralar balandligi 51 metrni tashkil qilib, bugungi kunda faqat janubiy tarafdagisining ma'lum qismi saqlangan. Katta masjid minoralarining balandligi 43 metr bo'lgan. Bizgacha ularning xarobasi yetib kelgan. Masjid devorlarining qalinligi 4-4,5 metr bo'lib, pishiq g'ishtdan ishlangan.
Endi jome masjidi peshtoqi haqida ma'lumot beraylik.
Peshtoqning eni va bo'yi 45 metrga yaqin bo'lgan, bugungi kunda saqlanib qolgan qismining balandligi 33 metr, kengligi 46 metro Haybatli peshtoq o'rtasida kengligi 18,8
metrli ravoq bor, ichki tomondayam kichikroq ikkinchi ravoq o'rnashgan. Unda marmar hoshiyali darvoza bo'lgan. Bu darvoza bitiklari xususida oldinda aytib o'tgan edik.
Peshtoqning yon qatorlarida ikkita aylanma zina bo'lgan. Zinadan yuqoriga - kungura ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga o'tilgan.
To'rt ulug'vor bino, burchaklarida to'rt minora yuksalib turgan bu Turkiston me'morchiligining oliy namunasi bo'lmish obidadan bugunga kelib bir-biri bilan bog'lanmagan oltita bo'lak saqlanib qolgan. To'rt yuz sakson ustunli ayvon, binolar va minoralarning bir qismi o'tgan asr oxirida ro'y bergan zilziladan zarar ko'rgan. Xalqimizning buyuk tafakkuri namunasi bo'lmish bu obidaga asosiy zarar bosqinchi rus qo'shinlarining 1868-yilning savr oyi boshida Cho'ponota tepaligiga o'rnatilgan sanoqsiz to'plari o'qlaridan yetgan.

13

"Shavkatli" rus qo'shinining Samarqandni to'pga tutishi bu "madaniyatli" istilochilarning. insoniyat taraqqiyoti beshiklaridan biri bo'lmish ona yurtimiz madaniy merosiga nisbatan qilingan zug'umlarining boshlanishi yoki xotimasi emas edi. Zero, ular bu qonli bosqin davomida faqat Samarqandni emas, shu bilan birga Avliyoota, Toshkent, Xiva, Andijonniyam juda qattiq to'pbo'ron qilganlari bir qator tarixiy hujjatlarda qayd etilgan. Shaharlarni zabt etish davomida, ya'ni harbiy harakatlar paytida urushning vahshiy qonunlarini nazarda tutib haligidaqa to'pbo'ronliklar, vayronaliklarni "oqlash" mumkindir. Biroq o'lka zabt etilgandan so'ng ham davom etgan g'oratkor jinoyatlarni qanday baholash mumkin? O'sha davr tarixiy bitiklaridan, shu jumladan, mutaraqqiy rus ziyolilari maqolalari chop etilgan demokratik matbuot guvohliklaridan shu narsa ma'lumkin, Samarqand Chor Rossiyasi imperiyasi tasarrufiga kirgach, shaharda xo'jayinlik qilgan rus harbiylari qadimiy maqbaralarni talaganlar, ko'hna mozorlarda, xususan, Afrosiyob mavzesida noqonuniy, aniqrog'i o'g'rincha qazishma ishlari olib borib, qabrlarni talash, talon-taroj qilish bilan shug'ullanganlar.
Shu o'rinda xuddi mana shu yillari vayron qilingan yodgorliklar haqidagi hikoyamni bir yodgorlik - tarixda "Qutbi chahordaho'm" nomi bilan mashhur bo'lgan maqbara qismati bilan to'ldirmoqchiman. Bu maqbara haqida Abu Tohirxo'ja Samarqandiy quyidagilarni yozib qoldirgan: "Bu kishining (ya'ni maqbarada yotgan kishining) oti Shayx Nuriddin Basirdir. Undan "Sizning zamoningizda qutb kimdir?" deb so'raganda, u: "Birodarim Abdullo o'n uchinchi qutbdir, biz o'n to'rtinehimiz", -deb javob beribdilar. Shuning uchun "Qutbi ehahordaho'm" deb dong ehiqargan. Shuning uchun "Basir" deganlarkim, u kishi onadan so'qir tug'ilgan bo'lsa ham valiylik nuri bilan barcha ko'rgiliklarni ko'rar edi. U qutblar orasida o'n to'rt kechalik to'lgan oydek edi. Shunga ko'ra o'zini o'n to'rtinehi qutb ataydi. U Shayx Zayniddin Kuyi Orifoniyning xalifasi bo'lib, undan tarbiya topib qabul darajasiga yetgan. Shayxlikda tugallanib, eng so'nggi bosqichga yetgaeh (Avliyolikning yettita darajasi bo'lgan - X.DJ, yo'lboshehisining g'aybiy ishorati yuzasidan, onasi bilan birga No'shkentdan Samarqandga ko'chib kelibdi. .. Samarqandga kelgach, Novadon bulog'ining yoqasida Ko'yi Cho'pononda (Cho'ponotada - X.DJ sabzarang yoki "Masjidi kabud" va turklar "Ko'k machit" deb ataladigan masjidda qo'nib, shunda o'rnashibdir. Zikrni jahriya yo'li bilan ay tar ekan ... U olti yuz qirqinchi (1242) yilda o'ldi. Boshqa manbada 646 (1248-yilda - X.DJ. Gavdasini Novadon bulog'ining yoqasiga ko'mdilar. Aytadirlarkim, Qutbi chahordaho'mning qutlug' mozori Novadon bo'yida, ark tashqarisida ekan. Amir Temur Ko'ragon Abu Sa'id bin Burhoniddin Sog'arjiydan (Ruhobod maqbarasi Burhoniddin Sog'ariynikidir -- X.DJ o'z ishlarining oldinga borishi uehun ruhoniy yordam so'raganda, Shayx Nuriddin (Qutbi ehahordaxo'm) qabrini ziyorat etishga buyuribdi. Shu shayxning buyrug'i bo'yicha Amir Temur Qutbi chahordaxo'm mozorini Samarqand arkiga kirgizib, qabri ustida go'zal va yuksak bir bino soldirgan va gumbazining ustiga oltindan bir qubba yasatib o'rnatgan ekan ... Amir Temur kechalari shul mozorning tevaragida aylanib yurar ekan".
N. I. Veselovskiy tomonidan 1904-yili Peterburgda chop etilgan "Samariya"ning boshidagi so'zda keltirilgan samarqandlik mullo Mir Nizomiddin hikoyasi mana shu go'zal obida qanday vayron etilgani haqidadir: "Eski tarix kitoblaridan ma'lumki, Qutbi chahordaho'm nomi bilan mash-
hur Shayx Nuriddin Basir. .. o'z vasiyati bo'yicha Novadon arig'i yaqinida, Samarqand iehida, kunehiqar tomonida ko'milgan. Ming ikki yuz sakson to'rtinehi (1868) yilda Buxoro amiri va rus qo'shini orasida bo'lgan urush natijasida amir qo'shini qoehib, Samarqand rus qo'shini qo'liga kirdi. Hijriy ming ikki yuz to'qson yettida (1881) ruslar Amir Temur tomonidan Qutbi ehahordaho'm mozori ustida solingan koshinlik go'zal va yuksak binoni miltiq dorisi (dinamit) bilan tubidan uehirtirib buzdilar va qabr yerini Tuproqqo'rg'on atalgan qo'rg'on (krepost)ga kirgizdilar. Shuning uehun yuqorida yozilgan yilda bu satrlarni yozuvehi men -- Samarqand qozisi mullo Mir Nizomiddin Qutbi ehahordaxo'm suyaklarini viloyat hokimiga iltimos va iltijo qilib, Abbos o'g'li Qusam mozorining g'arbiy-shimolida, Doniyol mozoriga boriladigan katta yo'l yoqasida, mozorning xizmatehilari va shipirguvehilari yordami bilan ko'ehirib ko'mdik".
Bu hikoyaga izoh ortiqeha. Faqat "iltimos va iltijo qilib" degan so'zlarda qanehalik mung va noehorlik borligi, bu mung bizga meros bo'lib qolganini aytib o'tishdan o'zimni tiyolmayman ...

14

Bir paytlari to'rt yuz sakson ustunli yopiq ayvondan iborat, bugun esa qurilish maydoniga aylanib qolgan Amir Temur ]ome masjidi hovlisining o'rtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh (Qur'on qo'yiladigan maxsus kursi) bor. Lavh dastlab katta masjid binosi ichida bo'lgan, taxminan 1875-yilda bu bino gumbazining qulashidan xavflanib, tashqariga - hovli o'rtasiga ehiqarib qo'yilgan. U nafis hoshiyalar, muqarnaslar, islimi naqshlar va yozuvlar bilan bezalgan. Lavh jahongirning nevarasi, buyuk mutafakkir va olim Mirzo Ulug'bek farmoniga binoan yasalgan. Toshkursi ehetiga "Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, din-diyonat homiysi, Hanafiya mazhabining posboni, aslzoda sulton, ibn sulton, amiri mo'min Ulug'bek Ko'ragon" degan yozuv bitilgan.
Bu lavh tosh Ulug'bek mirzo 1425-yili Mo'g'uliston ustiga qilingan harbiy yurishdan olib qaytgan ueh toshning biridan, Amir Temur Shorn bosqinidan olib qaytgan xalifa hazrati Usmon Qur'oni uehun maxsus yasalgan. Bu haqda "Samariya" shunday guvohlik bo'ldi: "Samarqandda xalifa hazrati Usmon "Qur'on"i bor va xalifa shu Qur:onni o'qib turgan ehog'ida shahid qilingandir. Xalifaning to'kilgan muborak qon izi ham shu Qur'onning betida bor. Ushbu Qur'onni Amir Temur Ko'ragon keltirib o'z dahmasiga qo'ygandir. Viloyatning buzuqehilik ehog'ida u yerdan olinib, Xo'ja Nosiriddin Ubaydulla Ahror madrasasi Madrasayi Safed ("Oq madrasa")ga qo'yildi. Qur'on kiyik terisiga kufiy xat bilan yozilgan. Xalifa Usmonning qutlug' qoni qora-qizil tusda ko'rinib turibdir".
Usmon ibn al-Affon (644-656-yy.) uehinehi xalifa bo'lgan. Mashoyixlar Payg'ambarimizning ikki qiziga dastlab Ruqiyaga, uning vafotidan so'ng esa Ummu Qulsumga uylangani uehun hazrati Usmonni "Ikki shams egasi" deb atalgan. Xalifa Usmon Payg'ambarimiz o'limidan keyin og'izma-og'iz ko'ehib yurgan Qur'on matnlarini bir joyga to'plab, yagona mukammal matnni yaratgani bilan islom tarixida nom qoldirgan. U kotib Muhammad Zayd ibn Sobit ko'magida va Payg'ambarning tirik safdoshlari guvohligida Qur'onning yagona nusxasini tuzib ehiqdi. So'ng yagona nusxadan bosh nusxa ko'ehirib Makka, Madina, Damashq, Kufa va Basra shaharlarida saqlashni buyurgan. AsI nusxa xalifa ixtiyorida qolgan. Xalifa Usmon o'ldirilgandan so'ng ko'p o'tmay, mana shu asl nusxa yo'qolgani ma'lum. Ko'hna bitiklar yillar o'tib uning goh u, goh bu shaharda paydo bo'lgani haqida hikoya qiladilar.
Abu Tohirxo'ja Samarqandiy hikoyasidagi Xalifa Usmon Qur'oni Samarqandga qanday kelib qolgan. Bu haqda ueh xil taxmin bor. Birinehi taxminga qaraganda uni X asrda yashagan, o'sha davrning nufuzli diniy arbobi Abu Bakir Kaffol ash-Shoshiy Bag'doddan Movarounnahr tuprog'iga olib kelgan. Ikkinehi taxmini Xo'ja Ahror madrasasida saqlanganidan bo'lsa kerak, ushbu Qur'onni Xo'ja Ahror shogirdlaridan biri (Hatto, ba'zilar Xo'ja Ahrorning o'zi deyishadi) Makkaga hajga borib, qaytayotganda Kustantiyada turk sultonini (boshqa ma'lumotlarga qaraganda xalifani) davolab, evaziga shu muqaddas kitobni so'rab olgan, deyishadi. Uehinehi taxmin tarafdorlarining fikricha, "Xalifa Usmon Qur'onini, yuqorida Abu Tohirxo'ja Samarqandiy yozganidek, Amir Temur Shorn yoki Iroq yurishidan o'z poytaxtiga olib kelgan.
Xalifa hazrati Usmon Qur'onning asl egalari-- musulmonlarga qaytarib berilishi bilan bog'liq ko'p xabarlarda bu uch taxmin ko'p takrorlandi. Xo'sh, bu taxminlarning qay biri haqiqatga yaqinroq. Kamina uchinchi taxmin tarafdori. Men uchun bu taxmin emas, balki ayni haqiqatdir. Mening bu fikrimni tasdiqlaydigan asosiy dalil Amir Temur ]ome masjidi may don id a saqlangan lavh toshdir. Birinchidan, xalifa Usmon Qur'onining Mirzo Ulug'bek yasatgan lavh toshga o'z haybati bilan mos kelishi, uning Amir Temur zamonida Samarqandga olib kelinganini tasdiqlaydi. Bu eng avvalo Xo'ja Ahror yoki uning shogirdi haqidagi taxminni yo'qqa chiqaradi. Chunki Xo'ja Ahror Mirzo Ulug'bek o'limidan keyin, Abusaid mirzo taxtda o'tirgan yillarda Samarqandga kelib, qo'nim topgan edi.
Ikkinchidan, xalifa Usmon qoni sachragan muqaddas kitobning taqdiri, garchi yirik diniy arbob bo'lganiga qaramay, Abu Bakir KaHol ash-Shoshiy qo'lida emas, balki o'sha davr hukmdorlari ixtiyorida bo'lgani shak-shubhasiz. Xuddi shu sababdan ham ishonch bilan aytish mumkinki, o'zini xastalikdan xalos etgani uchun in'om etish, haUo turk sultonining diliga ham sig'masa kerak. Qolaversa, ikkinchi taxminni tasdiqlaydigan voqea Xo'ja Ahror tarjimayi holi mufassal yozilgan "Rashahot" kitobida uchtamaydi. Shu sababdan ham "Samariya"da keltirilgan rivoyat to'g'ri bo'lib, Amir Temur uni Shomdan qilich zo'ri bilan keltirgani haqiqatga yaqinroq.
1868-yilning bahorida Samarqand bosqinchi rus qo'shinlari tomonidan zabt etilgach, hayal o'tmay viloyat hududida tuzilgan Zarafshon okrugining boshlig'i generalmayor Abramov bu noyob va bebaho boylikni qo'lga kiritishga jiddiy kirishadi. Ochig'ini aytish kerak, Samarqand ulamolari bunday talonchilikdan norozi bo'lib, qattiq qarshilik ko'rsatadilar. Qur'onni yashirishga urinadilar. Biroq bosqinchi general uni zo'ravonlik bilan besh yuz qo'qoniy (taxminan 100 so'm. Efron-Brokgauz qomusida 150 so'm deb yozilgan) evaziga "sotib" olib, Toshkentga - Turkiston general - gubernatori fon Kaufmanga jo'natadi.
Fon Kaufman bo'lsa o'z navbatida 1869-yilning 24oktabrida Xalifa Usmon Qur'onini Peterburgdagi imperator kutubxonasiga tortiq qiladi va buning evaziga imperatorlik kutubxonasining faxriy a'zoligiga saylanadi.
Peterburgga keltirilgan Qur'on o'sha davrning yirik rus
olimlari diqqatini tortdi. Uning dastlabki peleografik tahlili rus arabshunosi A.F. Shebunin tomonidan amalga oshirildi va bu o'rganish natijasida Qur'onning haqiqatan ham VII asrda ko'chirilgani ma'lum bo'ldi. 1905-yilda ellik nusxada Xalifa Usmon Qur'onining faksimile nashri bosilib chiqdi.
1917-yilning so'nggi oyida Peterburgda o'tkazilgan mahalliy musulmonlar syezdi Milliy masalalar Xalq nozirligiga murojaat qilib, tabarruk yodgorlik bo'lmish Xalifa Usmon Qur'oni musulmonlarga qaytarilishini so'radi. Oradan ko'p o'tmay, Qur'on Ufa shahriga - Butunrossiya musulmonlar kengashi ixtiyoriga jo'natildi. 1924-yilda Qur'on dastlab Toshkentga, keyin esa o'zining eski o'rni Samarqanddagi Xo'ja Ahror masjidiga qaytarildi. Oradan 17 yil o'tgach Qur'on yana Toshkentga olib kelindi va qariyb yarim asr davomida O'zbekiston Xalqlari tarixi muzeyi yerto'lasida saqlandi.

15

Viktor Vitkovich hikoyasining davomi: Yusupov hammollarga bor-yo'q pulini, kamiga soat-u kostumini ham berib, muUahamlarni arang ko'ndirdi va ming bir g'avg'o bilan qo'nalg'aga yetib keldi. Endi samolyotga chi pta olishi zarur edi. Bir haftalik yugur-yugurda sillasi qurigan Yusupovning birinchi marta omadi yurishdi. Qo'nalg'a boshlig'i tarixdan uncha-muncha xabardor kishi ekan:
Yusupovning iltimosini eshitishi bilan: "Bu yog'ini bizga qo'yib bering, boplaymiz", - dedi-yu, "boplash"dan old in Bibixonimni ko'rsatasiz, deb turib oldi. "Yo'q!" - deyishning iloji yo'q edi, Yusupov noiloj ko'ndi. Qosh qoraymoqda edi. Qorong'i tusha boshlaganini ko'rib, Yusupovning dili baUar xufton bo'ldi. Odamlar tiqilib ketgan qo'nalg'a binosining ichi g'ira-shira yoritilgan, havosi dim, tamaki tutuniga to'lgan - bunday do'zaxda tunni o'tkazish u yoqda tursin, bir lahza turishning o'zi azob ekanligini bilib, Yusupov aeroport boshlig'ini Bibixonim jasadi yotgan ombor tomonga boshlab ketdi.
Temurning suyukli xotini jasadini ko'rish baxtiga muyassar bo'lganidan mamnun boshliq va'dasining ustidan chiqdi: baqirib-chaqirishlarga qaramay, turli vaj-korson topib, bir necha yo'lovchini reysdan qoldirdi, Yusupov Bibixonimni samolyotga joyladi. O'sha yillarning eng mashhur samolyoti LI-2 samarqandlik tarix jinnisini yetti kun yugurtirgan poytaxtni pastda qoldirib, yarim dunyoni zir titratgan jahongirning mashhuri olam poytaxti, sayqali zamin atalmish Samarqandga qarab uehdi.
Yusupov baxtiyor edi, ammo hali oldinda uni qanehalar tashvish-u g'alvalar kutayotganidan bexabar edi.

16

Bibixonim haqida ikkinchi afsona: Jang-u jadal bilan olingan mamlakatlardan birining aholisini itoat qildirolmagan Temur tashvishga tushib qoldi. U ehora topolmay vazirlarga maslahat soldi. Ular ham yetti kechakunduz o'ylab iloj topolmadilar.
Amir Temur jang-u jadallar bilan yana bir yangi mamlakatni zabt etdi va davlatni boshqargan eski amaldorlarni o'rnida qoldirib boshqa yurt ustiga yurish boshladi. Ammo zabt etilgan mamlakat xalqi jahongir qo'shinlari ketishi bilan g'avg'o boshladi. Ular o'zlarining amaldorlariga bo'ysunishdan bosh tortib, isyon qilishar, qilichlar jarangi to'xtamas edi.
Amir Temur o'ylanib qoldi. Yetti kecha-kunduz o'yladi, oxiri Samarqandda qolgan oqila xotini nomiga maktub bitib, chopari bilan Movarounnahr sari yo'lladi.
Chopar ham qishlog'-u kasabada ot almashtirib, uyqu-yu oromni unutib tun-u kun yo'l bosdi. Samarqandga yetay deganda, nafas rostlash uchun bir manzilga qo'ndi. Choy ichib turib birdan o'yga toldi. "Amir Temur Bibixonimni anchad-an buyon ko'rmagani rost. Bu xatda Sohibqiron xotiniga bag'ishlab g'azal bitgan bo'lsa, ajabmas. O'qib ko'rsam bilib o'tirishibdimi?" - debdi-da, xatni ochib ko'ribdi. O'qisa, g'azal emas, bor-yo'g'i ikki jumla: "Olgan mamlakatimning xalqini itoatda tutmoqqa kuchim yetmayapti. Qanday maslahat berasan?" - degan yoziq bor ekan.
Chopar Samarqandga yetib kelib, Ko'ksaroyga kirib maktubni Bibixonimga topshiribdi. Oqila ayol emasmi, malika xatning ochilganini darhol sezibdi. "Agar javob yozsam bu jonidan to'ygan yana oehib o'qishi turgan gap. Shunday qilishim kerakki, aytadigan gapimni Sohibqironga bu o'z og'zi bilan yetkazsin. Lekin nima deganini o'zi anglamasin", - deb o'ylabdi malika.
Shundan keyin Bibixonim xizmatehilarni ehaqirib, borib falon yerdagi ehakalakzorning bitta daraxtini qoldirmay qirqib tashlanglar, deb buyuribdi. Choparniyam ularga qo'shib jo'natibdi. Xizmatehilar borasolib ehakalakdagi daraxtlarni bitta qoldirmay qirqib tashlashibdi. Shundan so'ng Malikadan: "Endi yerni tekislanglar", degan buyruq kelibdi. Xizmatehilar to'nkalarni qo'porib, ehakalak o'rnini tep-tekis shudgorga aylantirib qo'yibdilar. Uehinehi kuni Bibixonimdan tekislangan yerga yosh nihollar ekish haqida farmoyish kelibdi. Nihollar o'tqazilayotganda Bibixonimning o'ziyam kanizaklarini boshlab yetib kelibdi va boshqalarga qo'shilib nihol ekibdi. Bu ishlar tugagaeh, Bibixonim ehoparni ehaqirib:
- Yo'lga ehiqadigan vaqting bo'ldi, otlan, -debdi.
Chopar hayron bo'libdi:
- Sohibqironga javob yozmaysizmi? - debdi. Bibixonim:
- Yo'q, yozmayman. Sen sohibqironga bu yerda ko'rganlaringni bir boshdan hikoya qilib bersang, kifoya.
Chopar yana har qishlog'-u kasabada ot almashtirib, bir oy deganda manzilga yetibdi. Otidan sakrab tushib, uni ko'zi to'rt bo'lib kutayotgan Amir Temur oldida bosh egibdi.
- Xo'sh, xat keltirdingmi? - debdi Amir Temur.
- Yo'q, malikam javob yozmadilar, faqat bu yerda
ko'rganlaringni bir boshdan gapirib bersang kifoya, deb aytdilar, - debdi ehopar hukmdorning ko'ziga tik qarolmasdan. .
Amir Temur shu zahoti ehoparning qilmishini anglabdi.
Biroq o'zini sezmaganga olib, buyuribdi: - Xo'sh, nimalarni ko'rding, ayt!
Chopar Samarqandda ko'rganlarini bir boshdan: to'qaydagi daraxtlarni qirqib, to'nkalarini qo'porib, yerni tekislab yosh nihollar o'tqazganlarini gapirib beribdi. Amir Temur Bibixonimning unga nimalarni yetkazmoqehi bo'lganini anglabdi. Anglabdi-yu quvonib ketganidan, ehoparni jazolash lozimligini ham unutib yuboribdi.
Bibixonim jahongir eriga u bosib olgan mamlakat aholisini itoatda saqlash uehun o'sha yurtning mansabdor oqsoqollarini xizmatdan butunlay ehetlatib, ularning o'rniga yoshlarni tayinlash haqidagi maslahatini mana shu tarzda yetkazgan ekan.
Amir Temur Bibixonim aytganidek ish tutibdi. Tobe qilingan mamlakatning oliy mansablarida o'tirgan hamma oqsoqollarni - birini quvib, birini o'ldirib, birini zindonga solibdida, ularning o'rniga yoshlardan qo'yib ehiqibdi. Tez orada mamlakat aholisini boshini itoatda tutadigan bo'lib qolibdi.

17

Xalq o'rtasida Bibixonim nomi bilan mashhur bo'lgan malikaning asli ismi Saroymulkxonim edi. Uning hayot yo'li haqida tarixiy manbalardan biri bo'lmish Abdurazzoq Samarqandiyning "Matlayi sa'dayn va majmayi bahrayn" asarida yozilishieha, Saroymulkxonim ehingiziylardan bo'lmish Chig'atoy avlodiga mansub Qozonxonning qizi bo'lib, besh yoshida otasidan yetim qolgan. Mashhur rus olimi V. Bartold ham Qozon ismli xon qizi haqida ma'lumot beradi. Shu sababdan ham, ya'ni Chingizxon avlodidan bo'lgani uehun ham Saroymulkxonim Amir Temur saroyida kaUa izzat-ikromda bo'lgani shak-shubhasiz. Shu yerda ta'kidlab o'tish kerakki, bu davrga kelib Movarounnahrda o'rnashib qolgan mo'g'ullar bilan Mo'g'ulistondagi mo'g'ullar orasidagi tafovut ko'payib, mahalliy xalq - turkiylar tarkibiga singib keta boshlagan edilar. Shu sababdan ham mo'g'ul aslzodalari o'z shajaralarini muqaddas tutib, saqlab yurishlariga qaramay ular turkiy hukmdorlarga qaram bo'la boshlagan edilar. Turkiy hukmdorlar esa Chingizxon avlodlari bilan quda tutinib, o'zlarining taxtga bo'lgan da'volarini o'sha davr qonunlaridan kelib ehiqib mustahkamlaganlar. Amir Temur ham Bibixonimga uylangani tufayli "Ko'ragon", ya'ni "xonning kuyovi" unvonini olgan. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, Saroymulkxonim amir Husayn ibn amir Musallab ibn amir Qozog'onning xotini bo'lib, yetti yuz yetmish birinehi (1369) yilda Amir Temur Movarounnahr taxtini egallash yo'lida raqibi bo'lmish amir Husaynni o'ldirgandan keyin uning zavjasiga uylangan.
Agar tarixiy ma'lumotlarga asoslanib, Qozonxonning 1347-yilda vafot etgandan kelib ehiqib, yuqorida keltirilgan Abdurazzoq Samarqandiying Bibixonim besh yoshida otasidan yetim qolgani haqidagi ma'lumotni inobatga olsak, Saroymulkxonim 1342-yilda. ya'ni hijriy 742 -743yillarda tug'ilgan deb qarash mumkin.
Tarixiy manbalarda Amir Temurning Iroq va Ozarbayjonga qilgan harbiy yurishida Bibixonimning u bilan birga bo'lgani haqida ma'lumot beriladi. Hamda o'sha safar davomida Sultoniyada Temurning o'g'li Shohruh ikki farzand ko'rgani - xotini Gavharshodbegimdan Ulug'bek mirzo (Muhammad Tarag'ay), ismi bizga noma'lum bo'lgan xotinidan esa Ibrohim Sulton tug'ilgani ma'lum qilinib, jahongir saroyida o'rnatilgan an'anaga muvofiq bu shahzodalar Saroymulkxonim tarbiyasiga topshirilgani aytiladi. Malika Amir Tcmurning Hindiston, .turk sultoni Yildirim Boyazid va Misr sultoni Nosidddin Faroj ustiga qilgan yurishlaridayam birga bo'lgan.
Fasih Havofiy "Mujmali Fosihiy"da yetti yuz sakson to'qqizinehi (1387) yil voqealari bayonida Amir Temurning Ko'keha Tengizda turganida uning oldiga Shohruh sulton bilan Xalil Sultonni olib Saroymulkxonim kelgani haqida ma'lumot beradi. Bu esa o'z-o'zidan Temurning bareha farzandlari va nabiralari murg'akligidayoq Saroymulkxonim ixtiyoriga - oqila malika tarbiyasiga berilgani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqlaydi. Uning tarbiyasini olgan Shohruh Sulton, Xalil Sultonning san'at va adabiyotga, Mirzo Ulug'bekning ilm-u fan va adabiyot-u musiqaga mchr qo'yishidan yana shunday xulosaga kelish mumkinki, Saroymulkxonimning o'zi ham ma'rifatli va fozila ayol bo'lgan.
Saroymulkxonim faqat ehingiziy xonlar avlodi bo'lgani uehungina emas, ayni paytda aynan fozila va oqila ayol bo'lganidan ham Turon hukmdorining mehr-u muhabbatini, hurmat-u e'tiborini qozongani. shubhasizdir. Jahongir boshqa xotinlaridan ko'ra ko'proq aynan shu kaUa xotinini o'z harbiy yurishlarida hamroh qilishi sababini ham Saroymulkxonimning mana shu fazilatlaridan izlash lozim.
Oqila malikaning saltanatni boshqaruv ishlarida, qurultoylar-u oliy majlislarda davlat ustunlari bo'lmish amirlar bilan teng qatnashish huquqiga ega bo'lganini Amir Temur saroyiga tashrif buyurgan Kastiliya elchisi Ryui Gonzales de Klavixo ham tasdiqlaydi. Klavixo o'zining "Samarqanddagi Ami,r Temur saroyiga sayohat kundaligi"da shunday yozadi: "Temurbek Samarqandga yurish qilib, uni zabt etadi, hokimiyatni qo'lga olib, shohning xotiniga uylanadi. Endilikda bu ayol Temurbekning bosh xotini hisoblanadi. Uni Kan'o, ya'ni ulug' malika deb ataydilar. Kan'o yoki Kan'on - Temurbekning katta xotini, xonim, ya'ni Malika Qozonxonning qizi, amir Musoning singlisi edi. Temurbek uni Husayn haramxonasida qo'lga oldi. Uning haqiqiy ismi Saroymulkxonim bo'lib, uni Mehribona deb ham ataydilar. Uning o'g'li Shohruh pirovardida Temurbek saltanatining vorisi bo'ldi".
Boshqa bir lavhada ispan elchisi bu fikrni yana qayta uqtiradi: "Shohning katta xotini Saroymulkxonim deb ataladi. Saroymulkxonimning saroyidagi nomi Bibixonimdir. U Suriya, Eron podshohi Axinxon (Sulton Qozonxon)ning qizi edi".
Kastiliyalik mehmon o'z hikoyasi davomida Bibixonimni goh Turon hukmdori Ovrupo davlatlarining elchilarini qabul qilgan marosimda, goh Amir Temur uyushtirgan to'y-tomoshada qatnashganligi haqida yozadi. Bu g'aroyib sayohatnoma Bibixonimning yagona tasviri keltirib o'tilgani bilan g'oyat qimmatlidir. Ryui Gonzales de Klavixoning go'zal malika haqidagi ajoyib hikoyasini o'qiylik:
" ... Shohning katta xotini Kan' o chodirlar yonidagi saropardalarning biridan chiqib keldi. Saroymulkxonim quyidagicha kiyingan edi: ustida zarhal bilan tikilgan, uchlari yerga sudralib turgan uzun va keng, yengsiz va yoqasiz qizil shohi ko'ylak. Ko'ylak belidan kesib toraytirilmagan holda etagigacha juda kengayib borgan. Malika oson yurishi uchun ko'ylagi etagini o'n besh nafar ayol ko'tarib borardi. Malikaning yuziga oftobdan saqlanish uchun oq upa shu qadar ko'p surtilgan ediki, chehrasi bamisoli oq qog'ozga o'xshardi. Qishda yoki yozda safarga chiqqan barcha aslzoda ayollar yuzlariga shun day upa surtadilar. Malikaning yuziga harir oq mato tutilgan, xuddi jangda kiyiladigan dubulg'aga o'xshash juda baland qizil bosh kiyim. Uning uchlari xonimning yelkasiga tushib turibdi, quyi qismiga matoh tikilgan. Ularga ko'plab durri noyoblar, yoqut, feruza va boshqa xilma-xil toshlar juda chiroyli qadalgan. Bosh kiyimning zarhal bilan tikilgan va xonim yelkasiga tushib turgan qismiga ham qimmatbaho toshlar durri nob bilan bezatilgan chiroyli tilla bargak qadalgan. Qalpoq uchi bamisoli jajji ayvonga o'xshaydi, unga favqulodda har biri ikki barmoq yo'g'onligida yal-yal yonib turgan chiroyli, tiniq uch dona yoqut o'rnatilgan.
Shuningdek, unga qadalgan, uzunligi ikki qarich oq jig'aning ayrim parlari pastga egilgan, ba'zilari yuz-u ko'zga qadar tushib turardi. Zar iplar bilan bog'langan par-
lar o'rami oxiridagi jig'aga qimmatbaho toshlar, marvaridlar qadalgan bo'lib, yurganda pirpiraydi. Malikaning timqora sochlari yelkasiga tushib turardi. Ular qora sochni yuksak qadrlaydilar,• hatto, sochni yanada qoraytirish uchun bo'yaydilar. Xonim boshidagi qizil qalpoq tushib ketmasligi uchun bir necha ayol qo'llari bilan tutib turardilar. Malika bilan uch yuzga yaqin ayol birga keldi.
Malikaning yuziga oftob tushirmaslik uchun bir kishi nayzasimon tayoqqa o'rnatilgan soyabon tutib kelardi. Xuddi chodirning tepa qismiday dum-dumaloq qilib oq shohidan yasalgan soyabon halqasimon yog'och chiziqqa tortilgan edi. Haram og'alari ayollardan oldinda borar edilar. Shunday qilib, xonim shoh o'tirgan ko'shkka kelib, Temurbekdan biroz orqaroqqa joylashdi. Xonim oldida ko'rpachalar taxlami turardi. Xonimni kuzatib kelgan ayollarning hammasi ko'shkdan tashqariga joylashdilar. Xonimning yonida uch ayol uning boshidagi qizil qalpoqni tushib ketmasligi uchun tutib turardi".
Qadimiy bitiklarda keltirilgan hikoyalarning barchasi Saroymulkxonim Amir Temurning muhtarama va nufuzli xotini bo'lganiga dalolatdir.

18

Amir Temur qurdirgan jome masjidining Bibixonim nomi bilan atalishi sababiga kelsak, buni quyidagicha izohlash mumkin.
Amir Temur jome masjidi qurilishi boshlangan yili sakkiz yuz birinchi (1399) yili Saroymulkxonim masjidga qarama-qarshi tarafda onasi va o'ziga atab maqbara va madrasa qurishga Sohibqiron eridan ruxsat oldi. Har ikkala imorat qurilishi Amir Temur tomonidan qattiq nazorat qilib borildi.
Fasih Xavofiy "Mujmali Fasihiy"da quyidagilarni ma'lum qiladi: "Hijriy sakkiz yuz yettinchi muharram oyining o'ninchisida (1404-yilning 19-iyuli) amir Sohibqiron Rum va Shorn yurishidan Samarqandga qaytdi... Amir Sohibqiron jome masjidi qurilishini ko'zdan kechirdi va qurilishga ajratilgan jamg'armani sovurgani va kayf-u safo bilan mashg'ul bo'lgani uchun Xo'ja Mahmud Dovud bilan Muhammad Jaldga qahr qildi. Bularning aybi bilan qurilayotgan Saroymulkxonim madrasasining ayvoni amir Sohibqiron jome masjidining ayvonidan biroz balandroq
bo'lib qolgandi. Amir Sohibqiron ularni Konigilda qatl etdi".
Xavofiyning bu axborotini 11 Ajoyib al-makdur finavoib Taymur" ("Temur keltirgan musibatlarda taqdir ajoyibotlari") nomli asar muallifi, XV asrda yashagan arab muarrixi, qolaversa, Amir Temur yurishlari guvohi Ibn Arabshoh ham tasdiqlaydi. Uning qayd etishicha, masjidi jome qurilishiga boshchilik qilish Muhammad Jald degan a'yon zimmasiga yuklatilgan. Biroq jome masjidi imoratidan ko'ngli to'lmagan Sohibqiron bu a'yonni qatl etib, uning mol-mulkini musodara qilgan. "Bunday qattiq jazoga sabab, Muhammad Jald boshchiligida qurilayotgan jomening Katta malika (Bibixonim) qurdirgan madrasaga nisbatan pastroq va omonat bo'lganida edi", - deb yozadi Ibn Arabshoh. Ibn Arabshohning bu qaydini Sharafuddin Ali Yazdiy ham tasdiqlab yozadi: "Sohibqiron o'zining ko'rsatmasi bilan qurilgan binolardan biri, ammo u safarda ekanligida ko'tarilgan jome masjidini borib ko'rganida, uning baland himmati nazarida kichik va past ko'rindi. Shuning uchun amri oliy sodir bo'ldikim, masjidni buzsinlar va qaytadan balandroq va kengroq qilib qursinlar. Shu dargohni kengaytirib va baland ko'tarib qurish ishida qusurga yo'l qo'yganligi uchun Xo'ja Mahmud Dovud so'roqqa tutilib jazolandi".
Mana shu voqeadan ma'lumki: Bibixonim qurdirgan madrasa ham o'zining ulug'vorligi bilan Amir Temur jome masjidi bilan teng bo'lgan. Afsuski, bu madrasa binosi bizgacha yetib kelmagan. Bu hashamatli binolar silsilasidan hozir yolg'iz Saroymulkxonim maqbarasigina saqlanib qolgan.
Bibixonim madrasasi tarixini muxtasar tadqiq etgan samarqandlik alloma, ustoz Botir Valixo'jayev hikoya qiladi:
"Ma'lum bo'lishicha, bu madras a Amir Temur safardaligi vaqtida tezkorlik bilan qurilganga o'xshaydi. Uning hashamati va salobati Amir Temur diqqatini ham o'ziga tortgan. Shu tufayli, tarixiy manbalarda uqtirilishicha, Amir Temur 1404-yili safardan qaytgach, Samarqandga kelib, Saroymulkxonim madrasasiga qo'ngan. Masalan, Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sida bu haqda shunday yozilgan: 11 Amir Temur jome (masjidi) qarama-qarshisidagi Saroymulkxonim madrasasiga kelib tushdi". Bu fikr Mirxondning 11 Ravzat us-safo"sida ham keltirilgan. Klavixo esa bu voqeaning kuni, oyi va yilini aniq ko'rsatgan - 1404-yil, 29-sentabr, dushanba kuni. Yazdiy va Mirxondning yozishlaricha, Amir Temur ana shu madrasada turib, turli davlat ishlarini bajargan, chet ellik elchilarni qabul qilgan. Bu masalada xususan "Ravzat ussafo"da quyidagi mazmunda bayon etilgan ma'lumot qiziqarlidir:
Amir Temur Samarqand shahriga qaytgach, Saroymulkxonim madrasasida qo'ndi, Amirzoda Pirmuhammadni tilab, Zobulistonga jo'natdi... Misr elchisiga to'n, kamar tuhfa qilib, o'z mamlakatiga qaytishga ruxsat berdi. Mavlono Abdulloh Keshiy va bir necha boshqa kishilarni Misr elchisiga qo'shib, ulardan MIsr hokimi malik Farrux (aslida Faraj. - X.DJ nomiga zarhal bilan bitilgan maktubni ham (maktub mavlono Shayx Muhammad ibn Xoja Bandkor Tirmiziy kotib qo'li bilan eni uch gaz, uzunligi yetmish gaz qilib yozilgan edi) jo'natdi. Boshqa elchilarni, jumladan, Farang, Dashti Qipchoq, Hindiston elchilarini qabul qilib, yurtlariga qaytishlariga ruxsat berdi. Shu vaqtda Toshkent, Yangi va Xitoy chegarasigacha bo'lgan shaharlar hokimligini Mirzo Ulug'bekka, Andijon, Tiroz, Qashqarni esa amir amirzoda Ibrohim Sultonga topshirdi. So'ng Saroymulkxonim madrasasida otga minib, o'zi qurdirgan Ko'ksaroyga bordi. Qizig'i shundaki, bu ma'lumot tarixiy manbalarda aynan takrorlanmaydi. Jumladan, Yazdiy o'zining asarida Saroymulkxonim madrasasidagi qabul marosimlarini batafsil yoritmaydi, balki unda jome qurilishi sarkorlari Mahmud Dovud va Muhammad Jaldning gunohi tekshirilgani va jazoga hukm etilgani aytiladi-yu, shundan so'ng Amir Temurning Saroymulkxonim madrasasidan Bog'i Chinor tomon yo'l olgani yoziladi. Klavixoning kundaligida Ohanln darvozasi yaqinida joylashgan hashamatli binoga kelib qo'ngani va uning nihoyatda go'zalligi, salobatliligi boshqa binolardan farqlanishi haqidagi fikrlaridan shunday xulosaga kelish mumkin, Amir Temur ispan elchisi Klavixoni ham shu madrasada qabul qilgan (aslida yuqorida qayd etilgan Farang elchisi deganda Klavixo tushunilishi lozim. -- X.DJ va shu qabul vaqtida ispan elchisi bu binoning go'zalligidan, hashamati- . dan hayratda qolgan ko'rinadi. Agar shunday bo'lsa, unda Mirxondning yozganlarida haqiqat bordek tuyuladi.
Yazdiyning ma'lumotiga ko'ra, Amir Temur Xitoyga yurish qilish oldidan ham Saroymulkxonim madrasasiga qo'ngan. Bu dalillarning hammasi Saroymulkxonim
madrasasi barpo etilishi bilan hammaning diqqat-e'tiborini tortgani, u muhim ishlarni amalga oshirish markazlaridan biriga aylanib qolganidan guvohlik beradi.
Ammo XV asr manbalarida bu imoratning bevosita vazifasiga kiradigan faoliyati haqida, ya'ni madrasa sifatida uning tolibi ilmlari dars o'tgan mudarrislari, ular soni va shunga o'xshagan masalalar haqida hech qanday ma'lumot uchramadi. Vaholanki, keyingi davrlarda, jumladan Ulug'bek davridagi madrasalarning faoliyati haqida qiziqarli ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan.
Endi Saroymulkxonim madrasasining keyingi davrlardagi taqdiri haqida ayrim ma'lumotlarni ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Amir Temurning jome masjididan ham hashamatli, me'morlik va san'atkorlik nuqtayi nazaridan undan ustunlik qiluvchi Madrasayi Xonimning o'z vaqtida tezkorlik bilan, shoshilinch tarzda bino etilishi uning ko'p o'tmay xarobaga aylanishiga olib kelmadimikan? "Bibixonim va me'mor" afsonasi ham ana shu madrasaning qurilishi bilan aloqador tarzda yaratilmadimikan? Bizningcha, bog'liq va aloqador bo'lsa kerak. Negaki, Amir Temurning o'zi qurdirayotgan va sarkorlari belgilangan jome masjidining qurilishiga Saroymulkxonim aralasha olmasdi. Q'zining tashabbusi bilan bino qilinayotgan madrasa qurilishi esa boshqa gap.*
Saroymulkxonim madrasasining keyingi davrdagi taqdiri haqida ko'pchilik olimlar, jumladan L. Y. Mankovskaya ham "Bibixonim madrasasi XVI asr oxirlarida Buxoro amiri Abdulloxon II ning buyrug'iga binoan tagtugi bilan buzib tashlandi", degan fikrni bildiradilar. Ammo mashhur olim M. Y. Masson bu masalada XVI asr tarixchisi Hofiz Tanishning "Abdullanoma" asarida keltirilgan fikrini ma'qullashga moyillik ko'rsatadi. Hofiz Tanish shunday yozgan edi: "Hozir ... hijriy to'qqiz yuz to'qson beshinchi (milodiy 1587) yilda uning (Samarqandning) ma'murligi nihoyatda ortdi. U viloyatda buyuk amir (Temur) va uning avlodlaridan qolgan hamda buzilish va vayronlikka yuz qo'ygan imoratlarni (Abdulloxon II) tuzatishga buyruq berdi. Janob Qulbobo Ko'kaldosh uni tuzatish va qurishda tirishqoqlik ko'rsatmoqdalar". Hofiz Tanish qaysi imoratlarning buzilish va vayronlikka yuz qo'yganini nom-banom aniq yozmagan.
* Men ham ushbu qissaning birinchi nashrida bu asossiz fikrni qayd etib, xatoga yo' qo'yganman (X. D)
Shuning bilan birga ularning qaysilari tuzatilgani haqida ham ma'lumotga ega emasmiz.
Ammo o'sha davrda xarobalikka uchragan imoratlar qatorida Saroymulkxonim madrasasi ham borligini ayrim manbalar tasdiqlaydi. Bu madrasani Qulbobo Ko'kaldosh ta'mirlashga ulgurmagan ko'rinadi. Chunki 1605-yili yozilgan "Tazkirat ush-shuaro"ning muallifi Mutribiy Samarqandiy (u Samarqandda tug'ilib, voyaga yetib va shu yerda olamdan ko'z yumgan) ko'pgina shoirlar, jumladan, Figoriy Samarqandiy haqida so'z ochib, uning turar joyi to'g'risida shunday yozadi: "Figoriy Saroymulkxonimning oliya madrasasidagi (hozirda madrasaning oliylik sifatlariga futurlar yetgan) hujrada yashar edi".
Shuni uqtirish lozimki, Mutribiy Saroymulkxonim madrasasini ayrim kishilarga o'xshab Amir Temur qm:dirgan jome masjidi bilan aralashtirmaydi. Chunki boshqa bir munosabat bilan bu masjid nomini "Masjidi jomei buzurg" - ulug' jome masjidi sifatida tilga oladi.
Demak, 1605-yili Saroymulkxonim madrasasi o'zining oldingi hashamatini muayyan darajada yo'qotgan bo'lsa-da, ammo mavjud hujralarida odamlar yashagan. Mutribiy o'z asarida faqat o'sha zamonning ancha mashhur bo'lgan shoiri Figoriy nomini tilga oladi, ehtimolki, boshqalar ham - mudarrislar, tolibi ilmlar ham bo'lgandir.
Shundan kelib chiqqan holda, yuqoridagi fikrga, ya'ni Saroymulkxonim madrasasi XVI asr oxirida Abdulloxon II ning buyrug'iga binoan tag-tugi bilan buzib tashlandi, degan asossiz fikrga tahrir kiritish ma' quI. Shundan so'nggi davrda Saroymulkxonim madrasasi taqdirida fojia yuz beradi. XVIII asr va undan keyingi davrlarda yozilgan kitoblarda bu madrasa tilga olinmaydi... Demak, bu vaqtda madrasa tag-tugi bilan buzilgan ko'rinadi. XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida yozilgan "Tarixi kasira"da shunday bir e'tirof uchraydi: XVII asrning o'rtalari va ikkinchi yarmida M.ovarounnahr, jumladan, Samarqandda katta fatarot (xaroblik) yuz bergan ekan. Shu jihatdan qaraganda XVII asrning boshlarida ancha xarob bo'lgan Saroymulkxonim madrasasi ana shu fatarot vaqtida qulagan bo'lishi mumkin. Shundan so'ng uning tosh va g'ishtlari boshqa maqsadlarda ishlatilgan ko'rinadi ...
Bu madrasa va uning qandayligi haqida yangi so'z arxeolog olimlarimizning g'ayrati bilan maydonga kelar va fanimizni, tushullchalarimizni yangi xulosalar, ashyoviy dalillar bilan boyitar, tarixchi va filolog olimlarimizning ishtirokida yangi-yangi manbalarning kashf etilishi bilan bu madrasaning ilmiy-madaniy hayotdagi mavqeyi belgilanar, degall umiddamiz. Arab maqolida aytilgallidek:
"Alvaqtu sayf ulqote'" - Vaqt o'tkir qilichdir.
Bu masalaga alohida e'tibor qilinishining boisi shundaki, o'sha vaqtlarda bino etilgan imoratlar kimning nomi bilall atalishidan qat'i nazar, ular ijodkor me'mor, donishmand, muhandis, mohir naqqosh, haUot, toshyo'narlarning ajoyib mehnati tufayli maydonga kelgan. Ana shu ijodkorlar uyg'unlik va mutanosiblik, go'zallik va mo'jazlik qonuniyatlari asosida halo I mehnat qilib, o'sha imoratlar vositasida o'zlariga - yaratuvchi fikr va hunar ahliga, mehnat ahliga haykallar yasab qoldirganlari jihatidan ularnillg qadr-qimmati benihoya baland va ulug'dir".
Amir Temur jome masjidi va Saroymulkxonim Bibixonim madrasasini tiklagan ustalar kimlar edilar? Bu haqda Mirzo Bobur esdaliklarida va boshqa tarixiy manbalarda tilga olingan hindistonlik sangtarosh - toshyo'nar ustalar haqidagi qisqa qayddan boshqa aniq ma'lumot uchratmadim. Biroq Ibn Arabshoh xuddi ana shu imoratlar tiklangan davrda Samarqandda yashagan mashhur ustalar nomini tilga oladi. ]umladan, u sangtaroshlarning eng mohiri Oltun ismli usta bo'lganini Osmidan turkiy qavmga mansubligi bilinib turibdi) va u o'z hunarida tengi yo'q mo'jizalar ustasi bo'lganini aytadi. Naqqoshlar orasida esa Abdulhay al-Bag'dodiy bilan bahslashadigani bo'lmagan.
Abdulhay al-Bag'dodiy o'sha davrning mashhur musavviri Sulton Uvaysiy ]aloiriy - usta Shamsuddinning tarbiyasini olgan. Amir Temur 1393-yilda Iroqni zabt etgach, uni Samarqandga olib kelib, saroyidagi naqqosh va musavvirlarning rahbari qilib tayinlaydi. Abdulhay qo'l ostida ishlagan musavvirlardan ayrimlarining, jumladan, usta Abdulla va Zahiriddin Azhor kabilarning nomlari ham ma'lum. Bizning Amir Temurning Bog'i dilkushodagi saroyi devorlarida Hindiston urushi manzaralari tasvirlanganidan xabarimiz bor. Agar Abdulhay al-Bag'dodiy Samarqandga 1393-yilda keltirilgani, Hindiston yurishi esa 1398~ 1399-yillarda bo'lganini inobatga olsak, o'sha manzaralarni Abdulhay rahbarligida ishlagan ustalar yaratgani haqida taxmin qilishimiz mumkin. Musavvir umrining oxirida (u 1420-yilda Samarqandda vafot etgan) diniy aqidalardan kelib chiqib, ko'p asarlarini kuydirib tashlaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, bizgacha musavvir qalamiga mansub va ulug' Sa'diyning "Guliston" asari bayonida chizilgan "O'rdak", "]ang manzarasi" deb nom olgan ikki miniatyuragina yetib kelgan.

Men sakkiz yilcha burun Abdulhay Bag'dodiyga bag'ishlab bir she'r bitgan edim:

ABDULHAY SO'ZI
Yo'q, yo'q, bo'yoqmas bu, yo'q, yo'q bo'yoqmas,
Bu qondir - yaramdan bo'zga tomgan qon.
Bu sorig' - zardobdir, aylaydi lohas,
Bu yashi/ - bo'g'zimda bo'g'riqqan qush - Jon.
Falak, nima qi/dim, niyating nedir,
Nega yuragimga solding vahima?
Qayda qoldi shara/? Sharaf, ko'mak ber!
Umr - tinch ummonda adashgan kema.
Mana bu tasvirda: Saroyda bazm.
Maishat ko'zlarda qahqaha urar.
Ammo unda yo'qdir, qancha solma razm,
Bag'doddan men bi/an yo'l bosgan qullar.
Mana bu tasvirda: Arslon ovi,
Qo'rquvdan dam-badam kishnaydi otlar.
Ana, qullar haydab kelgan arslonga
Shahzoda zarb bi/an nayzasin otar.
Nega tasvirda yo'q arslon g'ajigan
QuI bola tasviri - yerga tomgan qon?!
Nega tasvirda yo'q g'amdan ichikkan
Onaning ko' ksida to'lg'angan giryon.
Nahot, men yolg'onga berdim qalbimni
Va bular barchasi yolg'ondir, yolg'on.
Bu sorig' - zardobdir, qiynaydi meni.
Bu qizil - gul emas, oqayotgan qon!
.,Tag'in sen keldingmi?!
Tag'in keldingmi.
Arslon g'ajigan bolakay?! .. .,Hayhot!
Sening ta'qibingdan qutuLamanmi
Ko' zLarim ortida qoLganda hayot.
Tag'in sen keLdingmi? Mana, qilich, sanch/
Sanchgin yuragimga - sening haqqing bor.
Bu qo'rqoq vujudni asrLonday yanch,
Bu qo'rqoq qaLamni yondirib yubor/
J asorat, J asorat, Kirib keL, qonim
Yugursin yurakka, to'Lib nafratga.
PokLansin sen yoqqan 0' tda imonim,
Ko' zim giryon bo'Lsin xaLq chekkan dardga.
0, faLak, quvvat ber, Yuragim qonsin -
K uL bo' Lsin hayotning yoLg' on surati.
VLami yondiray - shu guLxan bo'Lsin
Bir umr izLagan dil jasorati.
Ibn Arabshoh o'zi tilga olgan ustalarning har biri o'z davrining buyuk san'atkorlari, har biri mo'jizakor, deb hikoyasini: "Bu kishilar men bilib, zikri-yu ismi xotiramda qolganlar, ammo men bilmaganlar-u yoinki bilsam ham zikri esimga kelmaganlar esa behad darajada ko'p bo'lib hisob-kitobdan xorijdir", degan so'zlar bilan yakunlaydi.
Maqbaqming peshtoqi rang-barang koshinlar bilan bezatilgan. Sakkiz burehak shaklida qurilgan maqbara iehki devorlarida yashil, qizil, qora bo'yoqlar bilan bezaklar ishlangan. Izoralarga yulduz nusxa ko'k naqshlar solinib, ular koshinli hoshiyalar iehiga olingan. Devorning ba'zi yerlariga keng yaproqli qizil meva daraxtlari rasmi ishlangan. Maqbara dahmasiga maxsus eshikdan kirilgan. Dahma devorlari ham koshinli bo'lib, unda toshtobut saqlangan. Tobut ichida antropologlar fikricha, oltmish-yetmish yoshdagi ayolning mumiyolangan jasadi bo'lgan (bo'lgan deyishimizg~ sabab, quyida bu jasadning keyingi qismatidan hikoya qilsak, anglab olarsiz), bu esa dahmada Bibixonim - Saroymulkxonim dafn qilinganini tasdiqlaydi. Jasadni mumiyolash, uni toshtobutga solib qo'yish Movarounnahrdagi dafn rasm-rusumiga zid bo'lib, bu tariximizdagi yagona hodisadir.
Dahmada Saroymulkxonimdan bo'lak yana ikki ayol qabri bor. Yaqinda Samarqandda bo'lganimda yillar davomida nochor ahvolda turgan maqbara atrofi tozalanib, keng maydon qilinayotganini ko'rib quvondim.

19

Samolyot Samarqand qo'nalg'asiga yarim tunda qo'ndi.
Yusupov muzeyga qo'ng'iroq qilishni o'yladi-yu, biroq muzey ixtiyoridagi yolg'iz mashina - yuk avtomobili haydovchisi shu paytda uyida - semiz xotini qo'ynida mushukdekkina bo'lib, pishillab uxlab yotganini tasavvur qilib, fikridan qaytdi. Va qo'nalg'a binosi oldidagi maydonchada yirik-yirik yulduzlarga tikilgan ko'yi Samarqand Malikasi tobutini quehoqlab tong ottirdi. Hali atrof yorishmay turib, xira pashsha g'ing'illashidek bir tovush eshitildi. Ko'p o'tmay shalag'i ehiqqan yuk mashinasi ko'rindi. Bu tonggi reysda poytaxtga uehadigan rais boboni kuzatib chiqqan xo'jalik mashinasi edi. Rais bobosining yukini qo'naIg'a binosi ichkarisiga kiritib, xayr-xo'shlashib qaytib chiqqan yoshgina haydovehi yigit mashinasi oldida bir chimdim nos otib olish uehun to'xtadi-yu o'zi tomonga yugurib kelayotgan sochlari to'zg'oq, ko'zIari qontalash kishini ko'rib qo'rqib ketdi. "Devona" kabina eshigiga yopishdi. Ammo eshikni ochishga uIgurmadi, "devona" uning qo'lidan shappa tutdi. Keyin qandaydir Bibixonim, qandaydir mumiyolangan jasad yotgan quti, shu qutini qayoqqadir olib borish zarurligi haqida hovliqib, poyintarsoyintar gapira ketdi. Avvaliga qattiq eho'ehiganidan heeh balo tushunmagan yigit jon holatda uning qo'llaridan qutulishga urindi. Biroq harakatlari zoye ketdi, changakday barmoqlar uni qo'yib yubormadi. Oxiri gap nimadaligini oz-moz anglagan yigit bu odamdan faqat u aytgan manziliga olib borsagina qutulishi mumkinligini tushundi. Ikkovlashib inqillab-sinqillab tobutni mashinaga ortishdi. Mashina g'ing'illab, yo'talib, temir suyaklari qisirlab yo'Iga tushdi.
O'sha keeha oy to'Ig'in edi. To'lin oyning tillarang shu'Ialari mashina kesib o'tayotgan kimsasiz Afrosiyob butazorlarini, do'ng-tepalari-yu, o'r-jarlarini sutdek yoritib turardi. Bu huvillagan kimsasiz maskanda tanho yuk mashinasining Iapanglagan qora sharpasi va zo'riqib, g'ing'illashigina tiriklikdan dalolat berardi. Kuzovda Bibixonim jasadi yotgan qutini silkinib ketishidan cho'chib quchoqlab o'tirgan Yusupov bahor kechasining naqadar sovuq bo'lishini tuyqusdan sezdi.
Qadim Afrosiyob garchi kimsasiz va huvillagandek ko'rinsa-da, uyg'oq edi. Bahor nafasi allaqachonlar uni uyg'otib, bag'ridan unib chiqqan maysalar tomirlarida iliq sharbat yugurtira boshlagandi. Shu uyg'onish tufayli havoni ming turli o't-o'lanlarning qurama isi tutib ketgan, dara-yu o'ngirlarda, arxeologlar qazib, tashlab ketgan chuqurlarda boychechag-u chuchmomalar unib ehiqqan, baland-past tepaliklarda, chimzorlarda moychechaklar, lolaq izg' aldoqlar, jag'jag'lar, binafshalar gul oeha boshlagan, etakdagi Obi Rahmat sohilini yalpizlar, samarqandeha kalom bilan aytganda, pidinalar bosgan edi. Bu o't-o'lan-u gul-ehechaklarning biri yunon nayzasidan yiqilgan alp yigit, biri arab qilichidan yer tishlagan oqsoqol qariya, biri mo'g'ul kamonidan uzilgan o'q yuragiga qadalgan murg'ak bola, biri chor askari miltig'ining o'qiga uchgan mushtipar kampir ekanini Afrosiyobdan boshqa heeh kim bilmasdi. Bu qadimiy tuproq vujudida talonchilar-u arxeologlar qazib tashlagan maydonlarda sochilib yotgan rango-rang sopol siniqlaridek mangu bitmas armon yashirin edi. Shu bois ham u anovi shalog'i chiqqan yuk mashinasi shovqinini emas, bir paytlar shu adirlarda ot choptirib, chechaklar tergan malikaning tobutini quchoqlab o'tirgan inson yuragining betoqat tepinishlarini eshitar va bu tepinishlarda o'z armonlariga egiz hislar barligini sezib, nafasini ichiga yutgan edi.
Afrosiyob osmonida yulduzlar g'ujg'on o'ynardi.
Yaqinlashib kelayotgan tong nafasi urilib, qora osmon bilan qora zamin ulangan sarhadlar bo'zarib, ajralayotgan joylarda bo'zimtir shu'la pay do bo'la boshlagandi. Bu shu'la tepaliklar ortiga o'tib so'nib qolgandek bo'lar, mashina amallab tepaga chiqqanda yana pirillab tovlana boshlardi. Yusupovning ko'ksiga salqin shabada urilardi.
Agar Yusupov shu tobutli mashinani to'xtatib, quLoq solgani-da, Afrosiyob qa'ridan ehiqib kelayotgandek tuyulgan og'ir sukunat "sas"ini eshitgan bo'lardi. Bu og'ir sas har qanday odamni tahlikaga solardi. Kimda-kim, bu sasni bir bar eshitsa, juda yiroqlarga, dunyoning narigi boshiga ketsayam, baribir uning dahshatidan qutulolmasdi. Bu sas zamin qa'ridan buloq suvidek sitilib chiqib, Ko'hi Qof g'orlarini qo'riqlab yotgan devlardek og'ir-og'ir, surinasurina qadam tashlar, Samarqand sarhadigacha yoyilib borar va qo'rg'on tomonidan kimlarnidir tinmay o'z huzuriga chorlardi.
Agar Yusupov mashinani to'xtatib bir zum atrofga quloq solganida ko'hna zamin qa'ridan kelayotgan juda behisob odamlarning tovushlarini eshitgan bo'lardi. Ammo tong sukunatini buzib borayotgan mashinaning beshafqat yoqimsiz shovqini bu ovozlarni bosib borardi. Afrosiyob qa'ridagi odamlar tiriklarni chaqirardilar, tiriklar esa ularning borligini bilmay, sezmay xotirjam o'tib-qaytaverar, bemalol yashayverar edilar.
Mashina pastga sho'ng'ib, navbatdagi baland adirga ko'tarildi. Xuddi shu yerda yo'lning chap qirg'og'idagi adir tepasida yam-yashil giyohlar orasida qip-qizil lolaqizg'aldoq shamolda tebranib turar, shahar tomon ketib borayotgan yuk mashinasiga hayratlanib boqardi. Bu Chingizxonning pakana askarlari shahar kutubxonasiga o't qo'yganda, olov ichidan bir kitobni yulqib olib, ko'ksiga bosib qochishga tushganda, otliq mo'g'ul askari kamonidan uchgan o'qdan halok bo'lgan bola edi. Shuning uchun kimda-kim shu lahzada - u piyoladek bo'lib ochilib turgan mahalida kelib hidlaganda edi, undan temir va qon hidi kelayotganini sezardi. Lolaqizg'aldoq hayrat ichida tikilardi. U bugun ochilganda - dunyoni ilk bar ko'rib turardi. U har bahorda qayta unib chiqsayam, o'tgan ko'klamlarni unutar va bu yorug' dunyoni ilk marta ko'rib turgandek hayratga tushardi. ,
Tepaga zo'riqib ko'tarilayotgan mashina motori bo'g'iq g'uvillar, bu g'uvillash barobarida qilich-u qalqonlarning jarangi-yu kamonlardan uchgan o'qlarning vizillashi eshitilib ketganday bo'lar, shu boisdanmi, haligi lolaqizg'aldoq titrab-qaqshab, maysalar orasiga o'zini urayotganga o'xshardi. Uning vujudida abadul-abad o'lmaydigan bola qo'rquvi uyg'ongan edi. Motor ichidan chiqqan sas, lolaqizg'aldoq nazarida butun olamga, yer-u osmonga, tog'-u toshga, gul-u chechakka, oy-u yulduzga, uning o'ziga "Seni o'ldirishga boryapman!" deya tahdid qilardi.
Lolaqizg'aldoq - bola jome masjidi bilan kutubxonaning lovillab yonayotganiga maroqlanib tikilib o'tirgan, suv ko'rmaganidan betlarini qasmoq bosgan, badjahl odamlarni esladi. Ularning pishirilmagan go'sht qoni qotib llolgan lablari orasidan chiqayotgan tupukli, bo'g'iq qichqiriqlarini baralla eshitganday bo'ldi.
Masjid bilan kutubxona atrofida ustma-ust qalashib yotgan murdalar- aniqrog'i onasi va ukalari jasadlari ostida tirik qolgan bola emaklab chiqib, bahor shamolidan battar avjlanib yonayotgan kitoblarning birini qo'yniga yashirdi. So'ng irg'ib turib, qocha boshladi. Shu zahoti maydon o'rtasida ot minib turgan ukki ko'zli askar uni ko'rib qolib, qilichini yalang'ochladi. Keyin bolani quvishni o'ziga ep ko'rmay, yelkasidan kamonini olib, mo'ljallab o'q uzdi. Qochib borayotib yelkasi osha orqaga qaragan bola vizillab uchib kelayotgan o'qni ko'rib, undan qochib qutulolmasligini bilib, bor ovozi bilan "Onajon!" - deb qichqirdi. Afrosiyob tomondan esib turgan shamol uning bu
qichqirig'ini olib osmonga uchdi.
Lolaqizg'aldoq har ko'klamda unib chiqar, har ko'klam o'rtasida olis tog'lar tomondan guvillab esgan shamol olib kelgan "Onajonl.." qichiqirig'ini eshitib yerga egilib olar, nimjon vujudini titroq chulg'ardi. O'sha shamol keladigan fursat yaqin edi. Ammo chechak bundan bexabar edi - u bu lahzada tepaga zo'riqib chiqayotgan mashina motorining bo'g'iq g'uvillashi aralash eshitilayotgan sovuq sadolar tahdididan qo'rqqan, yerga qapishib olgan edi. U bu sovuq sadolarni tinglar ekan, qo'rquvdan boshi aylanib, bir narsani zo'r berib eslashga urinardi: bu beshafqat ovozlarni qayerda va qachon eshitgan edi? Qo'rquv uning xotirasini ayamay qiyma-qiyma qilib tashlagandi, uning vujudidagi bola bilan ko'zlarida qahr va sovuq o't yongan, tezak hidi anqib turgan badjahl to'da o'rtasida qo'rquv turardi. Shu qo'rquv tufayli uning xotirasi xiralashib bir narsani zo'r berib eslashga urinardi: bu qo'rqinchli va beshafqat ovozlarni qayerda va qachon eshitgan edi…
Yusupov tepaga ko'tarilgan mashina ustida turib, mudroq ko'zlarini lO'rg'a ochib, osmonga boqdi: qop-qora samoda yulduzlar g'ujg'on edi. Olis tog'lar tomonidan guvillab uchib kelib, uning ko'ksiga urilayotgan shamolning shiddati kuchaygandek bo'ldi. Shu payt qandaydir bir mahzun narsa yodiga tushgandek yuragi qisildi, chuqur oh tortdi. Bu mahzun narsa nima ekanligini anglay olmadi, chunki charchoq ta'sirida uning miyasida quyuq zulmat paydo bo'lgan, u yalt etgan fikrni chulg'ab o'chirar edi. Yusupov lO'r berib qanchalik urinmasin, harakati lOye ketdi. U ko'nglini belOvta qilgan mahzun narsani unutish uchun yo'l chetiga ko'z tashladi: bo'zarib borayotgan tong yorug'ida yo'l pichoq kabi kesib o'tgan adir teparog'ida
yam-yashil maysalar ichida piyoladek keladigan 10laqizg'aldoq tovlanib turganini ko'rdi. "Kimning qismati bu7" - deb o'yladi u. Ushbu savol qaydan xayoliga kelganini hali anglamay, guvillab esgan shamol ko'ksiga shiddat bilan urildi-yu, qulog'i ostida "Onajon!" - degan da'hshatli bir faryod yangrab ketdi. Ha, ha, aniq yangrab ketdi. Qo'rqqanidan Bibixonim jasadi yotgan qutiga qattiqroq yopishdi. .
Samo battarroq bo'zardi. Sharq tomondagi tog'lar tepasida uyulib yotgan bulutlar nimqizil rang bilan chulg'ana boshladi. Karvon-karvon bulutlar tuni bilan tiniq tortib yotgan samoni asta-sekin bosib kelayotgani ko'rindi. Qushlar uyg'onadigan payt edi. Yorug' ortgani sayin tolg'in Yusupovning ko'ksi bahor tantanasiga esh bo'la boshladi.
Faqat Afrosiyob emas, butun tevarakda: kunchiqardan kunbotar sari oqib borayotgan Zarafshon mavjlarida, Temurning omon qolgan bog'-rog'larida, janub tomondagi cho'qqilarini oppoq qor bosib yotgan tog'larda, Konigil atrofidagi qishloq hovlilarida, Siyob, Darg'am sohillarida, Cho'ponota etaklarida ko'pchigan dalalarni qoplab ulgurgan sabza maysalarda, g'unchalari yozila boshlagan atirgullarda, suvlari yo'llarga toshib chiqayotgan ariqlarda, molOrlardagi yangi qabrlar ustiga egilib shovillagan chilonjiydalarda, Ulug'bek rasadxonasi joylashgan tepalik ustida birin-ketin so'nayotgan dunyodagi eng yorug' yulduzlarda, sharq tarafdan siljib kelayotgan qop-qora bulutlarda va yuk mashinasi ustida o'z makoniga qaytib kelayotgan Bibixonim jasadi yotgan qutini ushlab olgan Yusupov ko'ksidagi hasratda ham ko'klam tantana qilardi.
Yuk mashinasi qo'nalg'adan yo'lga chiqqach, bir soat deganda muzeyga yetib keldi. Yusupov tong salqinida miriqib uxlab yotgan muzey qorovulini balO'r uyg'otib, uchovlashib qutini ichkariga olib kirishdi. Haydovchi yigitga quruq rahmat aytayotganidan uyalib ketgan Yusupov churq etmay uni mashinasigacha kuzatib qo'ydi. Qaytib qorovulxonaga kirgach, qorovul chol uzatgan iliq choyni ichar-ichmas uxlab qoldi.
U qancha uxlaganini bilmadi. Ammo g'o'ng'ir-g'o'ng'ir tovushlardan uyg'onib ketganida kun yorishib qolgandi. Nima bo'layotganini anglashga urindi, qulog'ini qancha ding qilmasin, hech nimani tushunmadi. G'o'ng'ir-g'o'ng'ir tovushlarni eshitdi, xolos. Qotib qolgan tolg'in gavdasini yozish uchun kerisha-kerisha tashqariga chiqdi-yu, og'zi
ochilib qoldi. Muzey darvozasi oldini odam bosib ketgan edi.
U ni ko'rib olomon ichidan nimalarnidir aytib baqira
boshladilar. U bu baqirgan odamlarni tanigandek bo'lar, ammo ularning kimligini eslay olmasdi. Miyasini chulg'agan quyuq zulmat hali tarqamagan edi.
Shu payt muzeyning kichik eshigidan besh-olti militsioner kirib kelganini, ularning orasida shahar militsiyasi boshlig'i ham borligini ko'rib, Yusupovni vahima bosdi. "Nahotki, muzeyga o'g'ri tushgan bo'lsa? Axil', o'g'irlanadigan narsalarni allaqachon o'g'irlab kctishganku!" - deya ingradi u ichida alam bilan.
- Bibixonim qayerda?! - deb so'radi shahar mili-tsiyasining boshlig'i. ..

20

Bibixonim haqida to'qilgan afsonalarning biri Ishratxona maqbarasi bilan bog'liq. Aslida esa bu yodgorlikning Bibixonim bilan sira bog'liqlik joyi bo'lmay, u malika vafotidan deyarli yarim asr keyin - Temurning nabirasi Abusaid mirzo davrida - mirzoning xotini Habiba Sultonbeka tomonidan uning dunyodan bevaqt ko'z yumgan farzandi Sohib Davlatbeka sharafiga qurdirilgan.
"Samariya"dan: "Xoja Abdidarun mozorining shimolida bo'lib, xalq tomonidan "ishratxona" deb ataladigan yuksak dahma ulug' haram masturasi Davlatbeka dahmasidir. Uning onasi Amir Jaloliddin qizi Habiba Sultonbegim ushbu gumbazni bino qildirib, turmoq uchun bir necha hujra soldirgandir".
So'nggi yillarda bosilgan ayrim maqolalarda Ishratxona haqida ayrim xato mulohazalar aytilganiga diqqatni tortmoqchiman. Bobur Mirzoning "Boburnoma"da: "(Temurbek) Samarqandning sharqida ikki bog' solibtur, birikim yiroqroqtur, Bog'i Bo'ldurur, yovuqrog'i Bog'i DilkushoduI'. Andin Feruza darvozasig'acha xiyobon qilib, ikki tarafida terak yig'ochlari ektiribtur. Dilkushoda ham ulug' ko'shk soldiribtur", - deb yozganiga asoslanib ba'zilar Bobur tilga olgan Bog'i Dilkushoda solingan ko'shk bugun Ishratxona nomi bilan mashhur yodgorlikdir, deb ko'rsatmoqdalar. Shu jumladan, men ham bu noto'g'ri fikrni bir maqolamda ishlatganimni tan olaman. Holbuki, Bog'i Dilkusho Bobur Mirzo yozganidek, shaharning sharqida bo'lsa, Ishratxona shaharning janubi-sharqida, Fcruzbog' yaqinida bo'lgan. "Samariya"da AmiI' Temur soldirgan bog'lar haqida hikoya qilinib shunday guvohlik beriladi:
"AmiI' Temur Ko'ragon soldirgan bog'larkim, Eram gulistoni rashk qilar darajada, yettita ekan: Birinchisi Bog'i Shamol, Samarqandning shimolida, Devori qiyomat ichida, ikkinchisi Bog'i Baland. Bu ham shimol tomonda. Uchinchisi Bog'i Bihisht, to'rtinchisi Bog'i Chinor. Bu ikki bog' shaharning kunchiqar tomonida. Beshinchisi Bog'i Dilkusho bo'lib, Konigilning janub tomonida, Konigil Ko'hak daryosining yoqasida, Samarqandning eng go'zal va chiroyli yeridir. Oltinchisi Bog'i Zog'on, Shovdor tumanining shimol tarafida voqc'dir. Yettinchi: Bog'i Jahonnumo, Anhor tumanida bo'lib, tog' etagiga yaqin yerda, Samarqandning janubida bino qilingandir".
Har bir voqeani sirli va havasli bo'lishini istovchi oddiy xalq zamonlar o'tishi bilan Ishratxona yodgorliginiyam buyuk jahongir va oqila malika nomi bilan bog'lab, rivoyatlar to'qib o'z xotirasida avaylab saqlab kelgan.
Emishkim, Bibixonim AmiI' Temurdan ruxsat olib, Bog'i Feruza tomonda o'ziga maqbara tiklabdi. Muddat yetib, bino qad tiklab ko'zlarni yashnatib Samarqandning eng go'zal imoratlari bilan husn talasha boshlagan kunlarning birida, uni tomosha qilish uchun Ami'r Temur kelibdi. Binoning go'zalligi va muhtashamligini ko'rib hayratlangan jahongir suyukli mahbubasiga: "Bu maqbara emas, balki shodlik va xurramlik uyi - Ishratxona bo'lmog'i lozim", - degan ekan.
Bunday rivoyatlarning paydo bo'lishiga yodgorlikning Ashratxona, ya'ni arab tilida "o'nta xona" mazmunini bildiruvchi nomi bilan atalgani sababchidir. Yillaro'tib oddiy xalq ma'nosi noma'lum "Ashratxona"ni izohlash juda oson "Ishratxona" degan so'zga aylantirib yuborgan. Inqilobdan keyin esa ba'zi o'ta "bilimdon" va "chaqqon" charm kamzulli olimlar tarixiy hujjatlarni o'rganish o'rniga o'tmishni qoralashni doimiy mashg'ulotga aylantirganlarida, ularga Ishratxona nomi juda qo'l kelgan. Ular "Bu bino ishrat bilan shug'ullanish uchun qurilgan", degan yolg'onni o'zlariga qurol qilib olganlar. Oqibatda, bunday kO'r-ko'rona qarash yodgorlik taqdiriga juda ayanchli ta'sir ko'rsatdi va hanuz ko'rsatmoqda.

21

- Bibixonim qayerda? - deb so'radi, shahar militsiyasi boshlig'i.
Haligacha gap nimadaligini tushunmay garangsirab turgan Yusupov militsionerlarni ichkariga boshlab kirib, tobut joylashtirilgan qutini ko'rsatdi.
- Oching! - dedi shahar militsiyasining boshlig'i.
Yusupov quti ustiga tashlab qo'yilgan matoni sekin-asta yig'ishtirib oldi. Shahar militsiyasining boshlig'i beshafqat vaqt o'z ta'sirini ko'rsatgan ayol murdasiga ko'zi tushishi bilan burnini jiyirib, "Yoping, yoping!" - degandek ishora qildi. U bilan kelgan oddiy militsionerlar bo'lsa, o'z hukmdorlari tufayli butun shaharning tinchini o'g'irlagan mo'jizani ko'rish baxtiga muyassar bo'lganlarini sezmaganday toshhaykallar kabi qotib turardilar. "Mana, sen ham qamoqqa olinding, Bibixonim!" - deb o'yladi Yusupov ichida. Militsiya boshlig'ining gap-so'zidan keyin hamma narsa ayonlashdi: muzey darvozasi oldida to'plangan olomon Bibixonimni ko'rishga to'plangan ekan. Butun ko'cha odam bilan to'lib ketgan emish. "Bu odamlar qachon va kimdan Bibixonim olib kelinganini eshitibdi ekan?" - deya Yusupovning boshi qota boshladi. Halitdan shuncha odam eshitgan bo'lsa, bu yog'i nima bo'ladi?
Yusupovni telefonga chaqirishayotganini aytishdi.
Obkomdan ekan. "Tezda yetib keling!" - deb buyurishdi. Yusupov yo'lga otlandi-yu, soqoli olinmaganini obkom kotibi eshigiga yetgandagina sezib to'xtab qoldi. Ammo
nachora? Kirdi.
"Boshimizni qanday tashvishlarga qo'ydingiz, o'rtoq
Yusupov? - dedi obkom kotibi ro'para bo'lishi bilan. Kimdan ruxsat olib bu ishni qildingiz?"
"Sizlardan ... " - dedi Yusupov hayron qolib.
"Nima qilib qo'yganingizni bilasizmi, o'rtoq Yusupov?" - dedi kotib, uning so'zlariga butunlay e'tibor bermay, qo'lidagi papirosni kuldonga jahl bilan ezg'ilar ekan.
Yusupov nima deyishni bilmay, miq etmay turaverdi.
Har zamon yosh boladek yelka qisib qo'yardi.
"Endi o'zingiz pishirgan oshni o'zingiz iching, o'rtoq Yusupov! - dedi obkom kotibi. - Hozir borasiz-da, odamlarga hech qanaqa Bibixonim olib kelinmaganini ay ta-
siz!"
Yusupov indamay chiqib keta boshladi.
"Seni o'zim topib olaman!" - dedi u miyig'ida kulib. Yusupov yana muzeyda tunadi. Kuni bilan yog'amanyog'aman, deb turgan qora bulutlar tun yarimdan o'tganda to'lishib, bag'rida yalt-yalt chaqinlar chaqnab, birdan shiddat-Ia quyib yubordi. Yirik marvarid tomchilar qaqragan yerga tasirlab urilib ariqchalardan lim-lim to'lg'azib oqa boshladi, ko'p o'tmay sekinlashdi, ammo tinmadi. Tongga qadar mayingina bo'lib shivalab yog'di. To tongga qadar qotib uxlagan Yusupovni allalab chiqdi. Biroq tong azonda u yana besaranjom g'ala-g'ovurdan uyg'onib ketdi. hovliga yugurib chiqdi-yu, aynan kechagiday manzaraga ko'zi tushib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Go'yo tush ko'rayotgandek, go'yo kechagi kunda turgandek - kechagi kun abadiy qoti~ qolgandek edi.
Yana shahar militsiyasi boshlig'i. Yana obkom kotibi. "Odamlar bir joyda to'planmasligi haqida buyruq borligini bilasizmi?" - dedi shahar militsiyasi boshlig'i.
"Bunday siyosiy ko'rlik uchun javob berasiz!" - dedi obkom kotibi.
Uchinchi kuniyam bu holat takrorlangach obkom maxsus komissiya tuzdi. Va bu maxsus komissiya nazorati ostida o'sha kuni kechasiyoq imi-jimida Samarqand Malikasining mumiyolangan tanasi toshtobut bilan birga bundan olti yilcha buron ochilgan maqbarasiga qaytadan joy lashtirildi.
Bundan bexabar qolgan samarqandliklar esa Bibixonimni ko'rish istagida har tongda muzey eshigi oldida to'planaverishardi. Amma vaqt o'tishi bilan odamlar tobora kamayib bordi, oxiri hech kim kelmay qo'ydi. Hozir bu voqealarni eslaydigan odamlar bormi-yo"qmi, bilmayman.

22

Bibixonim haqida uchinchi afsona: Amir Temur dovul singari o'zga mamlakatlar tuprog'iga kirib borib, jang-u jadal bilan band bo'lgan chog'larida Bibixonim Samarqand saltanatini boshqarar ekan. Mana shunday paytlarda Temur poytaxtida osoyishtalik, adolat-u haqparvarlik barqaror bo' lar, malika yangi qurilishlar boshlab, shahar husn-jamolini yana go'zal etuvchi hashamatli binolar, ilm-u fan ahliga homiylik qilib madrasalar, din ravnaqi uchun masjidlar tiklar ekan.
Oqila Malika o'z panohidagi fuqarolarning dilida yashirin yotgan sir-u asrorni bilmoq, odamlarning quvonch-u alamidan voqif bo'lmoq maqsadida kechalari erkakcha libos kiyib shahar aylanar ekan. U avval bozor maydoniga borib uyiga shoshilayotgan bozorchilar gap-so'zini, keyin mozor-ga borib, o'sha kun kimlar yerga topshirilganini bilib olar ekan, azador oilalarga saroy xazinasidan ul-bul narsa berdirib yuborar ekan.
Har biri olmadek keladigan yulduzlar falak sahnini yoritgan savr tunlarining birida Bibixonim o'zi qurdirgan madrasa talabalari yurish-turishidan, ahvolidan xabar olish uchun g'arq pishgan marvartak tutining hidi anqib turgan madrasa hovlisiga kiribdi.
Hovlini aylanib yurib, hujralarning biridan suhbatlashib o'tirgan uch mullavachcha suhbatini eshitib qolibdi. Mullavachchalar kitob-u qalamlarini bir chetga qo'yib, birbirlariga eng yashirin sirlarini ochayotgan ekan. Suhbat Bibixonim diqqatini tortibdi.
Talabalarning biri - uzoq tog' qishloqlaridan kelib o'qiyotgani va faqir oila farzandi ekanligi bilinib turgan, husni qizlarning tushiga kiradigan darajada ko'rkam mullavachcha yigit ichki bir armon va havas bilan:
- Eh, qaniydi bir marta bo'lsayam Bo'stonsaroy dasturxonida qo'yiladigan noz-u ne'matlardan totib ko'rsaydim, o'lsam armonim qolmasdi, - debdi.
Ikkinchi talaba - kelishgan qomatli, o'qishdan ko'ra ko'proq o'ziga e'tibor berishga moyilligi ko'rinib turgan, xushsurat mullavachcha esa zavqi kelganidan ko'zlarini yumib aytibdi:
- Eh, qaniydi, Bibixonimdek sohibjamol malika mening ma'shuqam bo'lib qolsaydi, dunyodan bearmon o'tardim!
U shu so'zni aytib, ko'zlarini ochibdi-da, birinchi sherigi bilan uning sir-u asrorini indamay eshitib o'tirgan uchinchi mullavaehchaga tikilib qolibdi. Uehinehi talabasaboq olishdan ko'ra qilieh chopishga havasdorligi ko'zlarid a ehaqnayotgan o'tdan sezilib turgan yigit esa do'stlariga: "Eh, senlarni qara-ya!" degandek biroz tikilib turibdi-da:
- Shuyam orzu bo'ptimi? Men AmiI' Temurdek buyuk Sohibqiron bo'lishni orzu qilaman! - debdi. So'ngra do'stlari og'iz oehib qolishganini ko'rib, miyig'ida kulibdida:
- Ana shunda, - debdi birinehi do'stiga qarab, - sen orzu qilgan noz-u ne'matlar ham va sen ... - u ikkinehi do'stiga qarabdi, - ha, sen orzu qilgan Bibixonim ham ll1eniki ba' lardi.
U shunday debdi-yu, do'stlarini qoyil qoldirganini ko'rib, zavq ila kulib yuboribdi.
Talabalar so'zini eshitgan Bibixonim bir dam o'ylanib qolibdi-da, indamay madrasadan chiqib ketibdi.
Tong otib, Samarqand minoralarining zarhal naqshlarida quyosh nurlari jilolanib turgan bir paytda qovoqlaridan qor yog'ilib turgan uch navkar madrasaga kirib kelib, kechasi bir-biri bilan sirlashgan uch mullavachchani Bo'stonsaroyga olib ketibdi. Gap nimadaligidan bexabar uch yigit yuraklari taka-puka, bir-biriga "Nima gap?" degandek tashvishla qarab turganlarida, ularni Bibixonim huzuriga olib kirishibdi.
Saltanat taxtida o'tirgan Bibixonimni ko'rgan talabalar ta'zim bajo qilishibdi. So'ng "buyog'i nima bo'larkin?" degan savol ichlarini kemirib, qo'llarini qovushtirib turishaveribdi.
Bibixonim taxtda o'tirgancha:
- Orzularing bo'lsa, menga so'ylanglar, qo'limdan kelsa, bajo aylayman, -debdi.
To'satdan berilgan bu savoldan biroz talmovsirab qolgan talabalar xayoliga barobar bir o'y kelibdi: tungi suhbatimizni saroy xufiyalari eshitib, Malikaga yetkazibdi-da! Mullavachchalar endi tamom bo'ldik, deb dag'-dag' titrashga tushishibdi.
Ular jonlaridan umidlarini uzib turganlarida, malika taxtdan tushib kelibdi. Bo'stonsaroy dasturxoni noz-u ne'matlarini orzu qilgan birinchi talabaga qarab:
- Sening orzungga yetmog'ing mushkul emas, buning uchun seni saroy oshpazining qiziga uylantirib qo'yaman. Umring oxirigacha saroy taomlaridan bahramand bo'lish huquqini ham beraman, - debdi.
Malika ohista qarsak ehalgan ekan, oldindan tayyorlab, rozi-rizoligi olingan saroy oshpazi va uning qizini hamda mullani boshlab kirishibdi. O'sha zahoti nikoh o'qitilibdi.
So'ng malika: "Bibixonimday sohibjamol xotinim bo'lsaydi", - deb orzu qilgan yigitga qarab bunday debdi:
- Men buyuk Sohibqiron Amir Temurning jufti haloliman. Biroq go'zal bir kanizagim bor, husnda Movarounnahr-u Xurosondagina emas, Shom-u Iroqdayam tengi yo'q. O'sha sohibjamol sening haloling bo'lsin.
Bibixonim ohista qarsak chalgan ekan, husni ko'r ko'zni ochishga, ochiq ko'zni ko'r qilishga qodir bir go'zal qiz kirib kelibdi. Uni ko'rgan yigitning esi og'ib qolishiga oz qolibdi. Mulla kanizakni talaba yigitga nikohlab qo'yibdi.
- Sizlarga Konigildagi bog'imni in'om qilaman, debdi malika kelin bilan kuyovga. - Bugun oqshom o'sha bog'da to'y bazmini qilg'aymiz.
Shundan keyin baxtdan mast bo'lib turgan do'stlariga takabburona qarab turgan, Temurdek buyuk Sohibqiron bo'lishni orzu qilgan uchinchi yigitg~ qarab, Bibixonim shunday debdi:
- Sening ishing bularnikidan osonroq... - Malika bu so'zni aytib biroz sukut qilibdi-da, yana so'zIabdi. - BaIki og'irroqdir.
Bibixonim uchinchi bor qarsak urgan ekan, xos navkarlarning biri qilich bilan sovut olib kiribdi. Malika yigitga qarab:
- Amir Temurni sohibi saItanat qilgan mana shu qilich bilan sovuti hamda yuragidagi olov. Men senga qilich bilan sovutni in'om qilurman, yuragingda o't bo'lsa, u yog'i o'zingga bog'liq, - debdi.
Tez orada saroyda bo'lib o'tgan bu g'aIati voqea butun saltanatga yoyilibdi. Yetti kun deganda qirq kunlik masofada turgan Amir Temur quIog'iga ham yetib boribdi. Malika va uch mullavachcha haqidagi gapIarni eshitgan jahongir xotinining oqilaligiga yana bir bor tahsin o'qibdi. Quvonchini yashiroImay tab ass urn qilibdi - Samarqanddan chiqqandan beri Amir Temur tishining oqini ko'rmagan boyonlar bu sirning sababini bilmay boshIari qotibdi.

23

Kuzning oxiri edi. Havodan yomg'ir hidi keIardi.
Osmonda qora buIutIar qirq qavat bo'Iib ketgandek ...
Gennadiy Valentinovich Popov bilan muzey hovlisidagi yog'och o'rindiqda suhbatlashib o'tiribmiz. Bibixonim haqida gap boshIashim bilan choIning ko'zidan yosh mildirab chiqdi.
- Eh, men uni ko'rganman!.. -dedi u. - Bu voqea Mamat Solihovich Bibixonimning mumiyoIangan murdasini Samarqandga olib keIgan kunIarning birida ro'y berdi.
Bir kuni ishga kelsam, muzey oldi odamlarga to'lib ketibdi. Hammaning og'zida bitta so'z: "Bibixonim". "Xuddi tirikdek emish!" degan shivir-shivir.
Bir amallab ichkariga kirdim. Keyin bilsam, o'sha kuni kechasi Yusupov Toshkentdan Bibixonimning mumiyolangan murdasini olib kelgan ekan. Bu xabar qandaydir anglab bo'lmas tarzda nur tezligida shaharga tarq algan edi. M uzey oldidagi odamlar soni kun sayin ko'payib boraverdi.
Q'sha paytlarda muzey xodimlari tungi navbatehilikda turishardi. Tungi navbatehi - bu, keeha davomida muzeyning to'la xo'jayini demak. Bibixonim Toshkentdan keltirilgan kunning ertasi mening navbatehiligimga to'g'ri keldi. Muzey oldidagi odamlar birin-ketin tarqalib, g'alog'ovur ko'eha sukunatga eho'mganda, Toshkentdan qaytgandan buyon muzeyda yotib yurgan Yusupov uxlab qolganiga amin bo'lgaeh, men kalitlar shodasini qo'limga oldim-da, Bibixonim tobuti turgan xona eshigini qo'rqapisa oehdim. Iehkari kirib biroz turdim, so'ngra qo'lim bilan devorni paypaslab ehiroqni yoqdim. Chiroq yarq etib yondi-yu, shu zahoti negadir "lip" o'chdi. Har bir xonada maxsus joyda sham turishini bilganim uehun, gugurt ehaqib shamni izlab topdim, so'ng uni yondirib qo'limga oldim. G'ira-shira yorishgan xona burchagidagi Bibixonim yotgan tobut-qutiga qo'rqa-pisa yaqinlashdim. Shamni ko'rgazma taxtalaridan birining ustiga o'rnatib, tobut ustidagi matoni sekin ko' tardim. Qo'llarim titrardi.
Tobut ichida kichkinagina ayol jasadi yotardi. Ayniqsa, oyoqlari juda kiehik edi. "Ha, o'sha paytlardayam oyoqqa yog'och kovush kiydirib o'stirmay qo'yish xonlar orasida rasm ekan-da", - deb o'yladim iehimda. Tarixdan kichkina oyoq ayol go'zalligi belgilaridan biri bo'lganini eshitgandim.
Men Bibixonim xitoylik, deb eshitgandim, Ammo tobutdagi ayol xitoylikka o'xshamasdi. U mo'g'ul yoki turk ayoli ekanligi aniq edi.
Murda boshidagi oppoq soch bir hovuch bo'lib turardi.
Qo'l va oyoq barmoqlaridagi tirnoqlar biroz o'sib qolgan edi. Ayol bosh suyagining ayrim joylarida saqlanib qolgan teri hali o'z rangini yo'qotmagan edi. Malikaning egnidagi kiyimlar juda ehiroyli edi. Ko'zimni yumsam bu kiyimlami aniq ko'raman-u til bilan ta'riflab berolmayman.
Popov jim qoldi. Papirosini tutatib, chuqur-chuqur ichiga tortdi.
- Ha, aytgandek, -uning bir jimjilog'i yo'q edi.
Q'nginingmi, ehapiningmi, hozir esimda yo'q. Keyinchalik surishtirib ko'rsam, bundan yuz yileha burun Bibixonim maqbarasiga o'g'ri tushgan ekan. Menimcha, o'g'rini biror nima eho'chitib yuborgan bo'lsa kerak, u malikaning beba
ho uzugini jimjilog'i bilan yulib qochgan. Qolgan taqinchoqlarini esa bugungi talonehilar o'g'irlagan bo'lishsa kerak.
Taniqli olim M. Y. Massonning "Samarqanddagi Ishratxona nomi bilan mashhur maqbara" maqolasida quyidagi ma'lumotni o'qidim: "Islom an'analariga ko'ra rnarhum murdasi yoniga buyumlar qo'yib dafn etilmaydi. Biroq mo'g'ul an'analari saqlanib qolgan XV asrda temuriylarga tegishli qabrlarda islom aqidalaridan chetga chiqish hollari uehraydi. Jumladan, Samarqanddagi Bibixonim maqbarasida ko'milgan toshtobutdagi ayolning bir barmog'i bo'lmagani ma'lum. Bu hol ayolning qo'lida qimmatbaho uzuk bo'lgani va qabrni ochgan talonchi uni barmoq bilan uzib olgan bo'lsa kerak".
Bu maqoladan yana shu narsa ma'lumki, Bibixonim qabri noma'lum talonehi tomonidan, keyinchalik yuqorida aytib o'tilgan 1941-yil ochilganidan tashqari, 1927-yildayam rus olimlari tomonidan oehilgan ekan. Bu ochish natijalari bayon qilingan hujjatlar hozir qayerda ehang bosib yotgan ekan? Malikaning qolgan taqinchoqlari "Bu qolganiyam o'g'irlanmasin", degan maqsadda o'sha paytda olinmaganmikan? Agar olingan bo'lsa, ular qayerda saqlanmoqda? Milliy boyliklarimiz bo'lmish bu noyob san'at namunalarini ko'rish bizga nasib qilarmikan? Yoki ular ham, hozir oshkor bo'lganidek, oehlik yillarida chet ellardan sotib olingan don-u dun evaziga to'langan bir qator qimmatbaho asarlar va buyumlar qatorida berib yuborilganmi? Qachon va kim bu sirlarni bizga ochib berar ekan?
Popov bilan xayrlashib ko'chaga chiqdim. Ko'ksimni nimadir ayamay g'ijimlar, faqat dala bepoyonligi meni bu azobdan xalos etadigandek tuyuldi - shahar chekkasigacha avtobusda yetib oldim-u dala kesib qishloqqa piyoda ketdim.
Tegrarnda keeh kuz pallasi, uzum va anjir g'arq shiraga to'lgan. Zamindan to falakka qadar havo kuz rnevalarining xush islariga to'yingan. Hosili yig'ishtirilgan dalalar haydalib shudgor qilingan, dalaga chiqarilgan go"ng va deyarli har kuni falakdan anqib turgan yorng'irning ajabtovur hidi taraladi. Havo salqin. Ammo chinakam sovuq hali yiroqlarda: qishloq chorbog'larida binafshalar, savsargullar ochilib yotibdi, olaehalpoq na'matak butalarida qip-qizil mevalari tovlanadi, ehinnigullar, hademay qor ostida qolib qaddi bukilishini sezganday alamli titraydi.
Kuzda qosh erta qorayadi, g'ira-shira parda juda tez quyuqlashib, chor atrof bir zumda zulmat qo'ynida qoladi. Shorn paytlari yomg'ir tok barglarini shitirlatib yog'a boshlaydi. Yaproqlarini to'kkan daraxtlar tanasi yomg'irda cho'milaverganidan top-toza. Kuz yomg'iri kechasi bilan yog'ib chiqdL Bunday paytlarda uyda, deraza yonida o'tirib tashqariga tikilishning gashti bo'lakcha. Deraza oynalari yuzida sizilib oqayotgan yomg'irga tikilarkanman, olis o'tmish hasrati yuragimda g'imirlayotganini tuyaman. Tuyaman-u yomg'ir shiviriga quloq tutib o'ylayman:
"Ho'v, shaharda, qadimiy bozar yaqinidagi maqbarada go'zal ayol qabri bor. Uning dunyodan ko'z yumganiga olti asrdan ko'proq vaqt o'tdL Ammo o'sha paytdayam xuddi shun day yomg'ir yoqqan, odamlar deraza oynalarida sizilib oqayotgan yomg'irga maroqlanib boqishgan. Bu yomg'ir abadiy, biz esa ... Ammo shu yomg'ir sabab, necha ming yillardan so'ng ham kimdir bizni eslashi mumkin ... "

24

O'sha kecha Bibixonim tushimga kirdi. Men sham tutib, qop-qorong'i xonaga kirib kelganmishman. Birdan sham shu'lasida g'ira-shira yorishgan zulmat ichidan bir sharpa chiqib kela boshlabdL U juda go'zal, qordek oppoq sochlari o'ziga yarashgan, egniga zarbof qabo kiygan ayol edL U to'xtab menga tikilib qoldL
Birdan zulmat qochib, hammayoq yorishib ketdL Olisda moviy gumbazli shahar ko'rinib turgan emish. Men bo'lsam qor bosgan keng bir dalada o'sha go'zal ayol bilan yuzma-yuz turarmishman. Uning chap qo'lidagi jimjiloq o'rnidan oppoq qorga qip-qizil qon tomchilayotganmish. Qon bug'lanib qorni o'yib borayotganmish.
"Sen kimsan?" - dedi oppoq sochli ayol. "Nevarangman, ena!" - dedim.
"Sovuqqotyapman, bolam, - dedi oppoq sochli ayol.Men juda sovuq qotyapman ... Sovuq qotyapman, bolam".
Yana birdan zulmat cho'kib, ko'z o'ngimda tobut va unda yotgan oppoq sochli go'zal Malika paydo bo'ldi. "Sovuq qotyapman, bolam", - deb shivirlardi u tinmay. Tishi-tishiga tegmay takillar, dir-dir qaltiray boshlagandi Samarqand Malikasi. Tikilib qarab, uni toshtobutda emas, ulkan muz bo'lagi ichida yotganini ko'rdim.
Uyg'onib ketganimda ko'ksim zirqirab qaqshardL
muz tobutda yotgan sochi oppoq Malikaning ta'nali l1igohi kelib ko'ksimga sanchilgan va jarohatlagandek edL
Tush kun bo'yi qilgan mulohazalarimning aksi edi.
Aslida Bibixonim emas, men sovuqqotgan edim bu dunyoda. Bibixonim emas, men o'zim muz bo'lagi ichida yotardim,

25

CHALA QOLGAN DOSTONDAN:
Men shovqinga to'la bozordan
Hayrat to'lib tanu jonimga,
Termilaman ko' kka intilgan
Ulug' xayol - Bibixonimga.
Termilaman, topaman izlab
Huv, xaroba ko' k gumbaz uzra.
Ertak qaddin tiklamoq istab
O'y suradi munkaygan usta.
U qovjiroq, titroq qo'llarin
Bo'ysundirib irodasiga,
Quloq solar naqshlar kuylagan
M uhabbatning hikoyasiga.
Olislarda guvillar bog'lar
U chib ketmoq bo'lgandek yerdan,
U sta tubsiz samoga boqar
Va ko'zlari qamashar nurdan.
Unga ko'kdan tangri so'z qotar –
Sukut sinar naq shishasimon,
Xira ko'zlar qa'riga botar
Gumbaznamo shaklda osmon.
Shunda yonib shiddatdan qalbi
Pastga - yerga tashlaydi nazar,
Unda oniy daqiqa kabi
Uchib 0' tar bahorlar, kuzlar.
Bilar: pastda sharaf-u olqish,
Bilar: pastda qarilik - xasta.
Fisqu fasod, g'iybatu tashvish
Bari pastda, barehasi pastda.
Pastda bo'g'iq suronga to'lib
Oqib yotar qadim ko'ehalar,
Pastda malla soehin silkitib
So' kinadi mast yordamehilar.
Pastda to'plar ko' kdan qulatgan
Yaralangan g'ishtlar, naqshlar,
Pastda Haqning so'zidan qaytib,
Yolg' on aytish, yolg' on to' qishlar ...
Bunda esa gumbaz va osmon
Bir-biriga qorishib yotar,
Botayotgan quyosh osmonning
Va gumbazning bag'riga botar.
Bunda dilda parvozning hissi
Mudom uyg'oq ...
Y 0 Rabbim, nahot?!
Ko' kni qo'msar zanjirlar qisib,
Oddiy qo'lga aylangan qanot ...

26

Hijriy sakkiz yuz yettinchi yili jumadil-avval oyining yigirma to'rtinchi kuni, (milodiy t404-yilning yigirma sakkizinchi noyabrida) Amir Temur bir umrlik orzusi Xitoy mulkini zabt etish niyatida Samarqanddan chiqdi.
Dastlab Oqsulotga kelib, bir oycha manzil qurdi. ]umadil-oxirning poyonida jahongir qo'shini yana yo'lga otlandi. Ueh hafta davomida uzoq yo'l bosib O'trorga yetdilar. Amir Temur shahar kutvoli Berdibek qo'rg'oniga borib qo'ndi. Saroymulkxonim har galgidek eri bilan birga edi.
Amir Temur O'trorda bir oydan ko'proq turdi.
Sohibqiron qayerda bo'lsa, saltanat taxti o'sha yerga norasmiy ko'ehardi. Ulkan saltanatning har bir burchagida bo'lib turgan voqealar-u "Hech kim eshitmaydi", deb o'ylab pichirlab aytilgan gaplargacha tez orada bir quloqqa -- Amir Temur qulog'iga kelib yetardi. HirotdanShohruh mirzo, G'aznadan -- Pirmuhammad jahongir
mirzo, Toshkentdan - Xalil Sulton mirzo, Ozarbayjondan - Mironshoh mirzo, Yassidan - Sulton Husayn, saltanat markazi - jannatmonand Samarqanddan shahar kutvoli Arg'unshoh yuborgan choparlar va xufiyalar har kuni kelib, davlatning yaxshi-yomon gaplaridan uni ogoh qilishar, har bir tadbir uchun maslahatlar so'rardilar.
Berdibek qasrida har oqshom kengash bo'lar, unda saltanat ahvoli, bo'lajak yurishga tayyorgarlik masalalari qayta-qayta ko'rilardi. Biroq reja amalga oshmadi. Hijriy sakkiz yuz yettinehi yil sha'bon oyining boshida navkarlariga yaqinroq bo'lib, tayyorgarlikni nazorat qilish maqsadida Amir Temur shahardan ehiqib qarorgohda o'tov tikdi. Garchi qish avjida bo'lsa ham u bahor kelishini intizorlik bilan kutayotgan navkarlariga "Bahor yaqin, tezda qo'zg'alamiz!" degan tuyg'uni mustahkamlamoqchi bo'ldi. Ammo u o'tov tikib chiqqan kundan hafta o'tmay yana qor yog'di. Bir kun oldin shamol bilan uchib kelgan aehqimtil islardan ko'pni ko'rgan keksa navkarlar sergak tortdilar: bu qordan darak edi. Bir kun oldin keksa Sohibqironning butun vujudi, ayniqsa, olovli yigitligida kechgan janglarning birida shikastlangan oyog'i zirqirab og'riy boshladi: bu ham qordan darak edi.
Bu safar qor uch kun tin may yog'di. Olaquroq bo'lib qolgan dasht yana qalin qorga ko'mildi. Qor tingan kundan bosh lab esa sovuq kuehaydi, qarg'alar gala-gala bo'lib shahar tomonga ko'ehdi. Lashkar turgan yalanglik atrofidagi tepaliklar ustida bo'rilar galasi izg'iy boshladi. Ularning ko'zlariga qon to'lgan, ozg'in etlaridagi junlar sovuqning zo'ridan tikkayib turardi. Bo'rilar odamlar, otlar va tuyalar atrofida aylanib, o'lja poylab pisib yurardilar. Navkarlar endi o'tinga ham, daryodan suv olib kelish uehun ham yakka-yolg'iz emas, ko'plashib boradigan bo'ldilar.
Sirdaryo yuzini muz qopladi, uning o'rkaeh-o'rkaeh bo'lib yugurgan to'lqinlari tizginlandi. Ammo diqqat qilgan kishiga muz ostidan beorom suvning osuda shildirshildiri eshitilardi. Sovuq kuehaygandan kuehayib, tez orada muzlagan daryo otliqni bemalol ko'taradigan bo'ldi. "Bunaqada erta-indin muz teshib, suv olishimiz ham Il1ushkul bo'lib qoladi-ku!" - deb ming'irlashardi suv tashishga buyurilgan navkarlar.
Qor tindi-yu, osmon tiniq tortdi. Quyosh qor bosgan tepaliklar uzra jahongir ixlos qo'yib Xo'ja Ahmad Yassaviy mozori ustiga tiklatayotgan maqbara gumbazi monand niliy falakda xuddi sarg'imtir dog' kabi ufqdan ufqqa qarab siljib borardi. Bu limudayin sarg'imtir dog' yerga taft emas, sovuq purkardi. Cheki-chegarasi ko'rinmagan Dashti Qipchoq kengliklarining har bir qarichi mana shu sovuqdan qotib qolgandi.
Xira sariq dog' bo'zarib turgan osmonda och burgutlar charx urib aylanardi. Ular goh to'satdan o'qday bo'lib pastga sho'ng'ir va panjalarida tipirchilagan tovushqon yoki ochlikdan sulayib qolgan tulkini ehangallab yana shiddat bilan yuksakka ko'tarilardilar. Xuddi mana shunday to'satdan chang solgan xastalik Amir Temurni to'shakka yotqizdi.
Voqea bunday bo'ldi. Qor tingan kundan ko'p vaqt o'tmay, Amir Temurga qalmoqlar bosh ko'tardilar, degan xabarni yetkazdilar. Sohibqiron bu gapni eshitgach, "Safarga chiqilsinl" deb farmon berdi. Ammo huzuridagi jangdan ko'ra, farog'atini o'ylagan ayrim amirlar qalin qor va qattiq sovuqda yo'l bosish mushkul, safarni kechiktirish ma'qul, degan maslahatni o'rtaga soldilar. Bu gaplar Sohibqironga yoqmadi.
Shuning uchun ham maslahatgo'y amirlarga qasdmaqasd, qolaversa, qor va sovuqni pisand qilmasligini ko'rsatish va lashkar ruhini ko'tarish maqsadida qarorgoh o'rtasida kursi qo'yib, sartaroshga sochini oldirdi. Mana shu o'ylanmay, qasdma-qasd qilingan ish sabab bo'ldi-yu, kechga borib Sohibqironning ko'zlari yoshlanib, ovozi bo'g'ilib qoldi.
Isitmasi ko'tarilib, bir necha kun davomida uning tomog'idan bir tishlam non, bir ho'plam suv ham o'tmay qoldi. Bu dard qayerdan ilashdi, nahotki Chin-u Mochinni ololmay, ona yurtdan olisda, cho'l-u biyobonda yo'l yo'qotib, sovuqda qotgan gadodek o'lib ketsa? Nahotki? Ikki-uch kun ichida jussasi kichrayib qolgan xasta chol zaiflik va alam og'ushida og'ir-og'ir, qisqa-qisqa nafas olarkan, ko'zlarini zo'rg'a ochib, kirib kelgan har odamdan madad kutgandek boqardi. Dard uni hamma bilan tenglashtirib qo'yganini o'ziyam sezardi.
Hukmdorning qattiq betoblanib qolgani haqidagi sovuq xabar hammadan ko'ra nevaralari bilan O'trorda Berdibek qasrida qolgan Saroymulkxonimni gangitib qo'ygan edi. Axir, uning bu dunyoda suyanadigan kishisi bo'lsa, yolg'iz shu eri edi. Na ota-onasi, na og'a-inisi, na
qavm-qarindoshi bor - shu eridan boshqa dardini eshitadigan hamdardi yo'q.
U shoshilinch shahardan chiqib jahongir qo'nalgohiga otlandi. Xasta sohibi davlat yotgan o'tovga otilib kirib, hukmdorning bir guruh beklar-u bir necha xos tabib qurshovida ko'rpa-yostiq qilib cho'zilib yotganini ko'rganda yuragi qinidan otilib chiqib ketayozdi, ko'zlaridan tirqirab yosh oqdi. Ichida xudoga yolbordi: "Yo Rabbim, inoyatingni ayama, meni yolg'iz qoldirma, uning jonini olar bo'lsang, avval menikini oIl" Hukmdor yoniga kelib cho'kkaladi-yu, uning rangi qochgan yuziga tikildi. Tikilarkan, erining ko'zlari shukuhsiz va shuursiz ekanini ko'rib qayg'urdi. Qayg'urayotgan malika Sohibqiron yuzida sovuq ajal alomatlarini ochiq-oshkor his qilgan edi.
"lchimda olov yoqib qo'yishgandek ... - dedi bemor Saroymulkxonim bilan yakka-yolg'iz qolganda. - A'zoyi badanimni yondirayapti bu olov!" Saroymulkxonim uning peshanasiga kaftini bosarkan, manglayi muzday ekanligini sezib erining so'zidan ajablanardi.
To'rt-besh kun o'tgach, Amir Temur: "Xomsho'rva qaynatib beringlar", - deb buyurdi. Sohibqiron bolaligida onasi pishirib beradigan eng sevgan taomini eslagandi. Qachon shamollasa xomsho'rva qaynatardi. Otasi - Amir Tarag'ay bilan to'yib-to'yib ichishardi. Otasining peshanasini ter bosar, uning yalt-yult tovlanganini ko'rib, bola vujudida mehr jo'shib ketardi. Biroq otasiga bilintirmasdi - otasi bunaqa narsalarni yoqtirmasdi. U otasini juda qattiq yaxshi ko'rardi, besh-olti yasharligida otasi to uyga qaytmaguncha ko'zini yummasdi. Otasining uyga kirganini ko'rardi-yu, o'sha zahoti uxlardi-qolardi. Otasi uni biror marta chertmagan bo'lsa-da, qanchalik yaxshi ko'rmasin, baribir otasidan nima uchundir hayiqib turardi. Ammo uning bu hayiqishidayam bolalik mehri jo bo'lganini mana endi shu yoshga yetib, buyam xastalik sabab, angladi.
Xomsho'rvani qaynoq ichishni yoqtirgan hukmdor xo'rillatib ho'plar ekan, qornida yig'ilayotgan issiqlik astasekin oyoqlariga, kiftiga, sovuqqotgan oyoq barmoqlariga tarqar va tomirlaridagi iligan qon ham biroz sokinlashgandek bo'lardi. Samarqand noni burdalanib solingan sho'rvani har ho'plaganda, u botiniy rohat bilan "O'ho'h", deb qo'yardi. U sho'rvadan keyin erta turib ketsam ajabmas, degan o'yda mahkam o'ranib yotdi. Ammo yarim tunga borib, yana isitmasi ko'tarilib, a'zoyi hadani qiziy boshladi. O'n kunlareha vaqt o'tib hukmdorni yoqibyondirgan, azob bergan dardga yana bir boshqa dard qo'shildi. Biroq hukmdor uning nima ekanligini avvaliga anglay olmadi. Anglagaeh esa kun davomida heeh kiHl bilan gaplashmay o'yga botdi. Bu qo'shilgan dard:
"Mabodo Tangrining irodasi amalga oshsa, mendan keyin saltanat taxtini kim egallashi mumkin?" -- degan so'roq og'rig'i edi. U bu so'roqqa javobni faqat hozir emas, balki bundan oldin ham o'ylagandi. Ammo avval o'ylagani reja bo'lsa, bu gal u qaror qabul qilishi shart edi. U o'zieha bir qarorga kelib, ko'ngliga tugib qo'ydi.
Amir Temur qat'iy qarorga kelgan kundan hayal o'tmay, bir kccha g'alati voqea sodir bo'ldL Sohibqiron to'shagi yonida ko'rpaeha tashlab yonboshlab yotgan va bir necha kunlik uyqusizlikdan toliqqan SaroynlUlkxonirn ko'zi yumilganini sezmay qoldi. Allamahal bir nimani sezgandek seskanib uyg'onib ketgan Malika Sohibqiron to'shagiga ko'z tashladi-yu, qo'rqib ketdi. To'shak bo'm-bo'sh edi. U shoshilib tashqariga otildi. Eshik oldida turgan posbon malika vajohatini ko'rib, angrayib qoldi.
- Sohibqiron qani? - dedi malika qalt-qalt titrab. Posbon nayzasi uehi bilan qarorgohni o'rab turgan tepalar tomonni ko'rsatgaeh, Saroymulkxonim hapqirib o'sha yoqqa qarab ketdi. V qarorgoh ehetiga yetgaeh, olisda boshqalariga qaraganda biroz yuksak tepa ustida turgan odam sharpasiga ko'zi tushdi. Malikaning o'rgangan ko'zi sharpa Sohibqiron ekanini osongina ilg'adi. Saroymulkxonim tepaga harsillab o'rlab borarkan, bu voqeani qanday izohlashni bilniay garang edi. .
Amir Temur tepa ustida turgancha mag'rib yoqqa tikilardi. Zu}mat quehgan falakda yulduzlar eharaqlab turar, oy esa Sohibqiron tikilgan taraf ufqiga og'ib qolgan edi.
- Hazratim, neehuk bundoq qildingiz? Shundoq sust ahvolda sovuqqa ehiqishingiz boisi ne? - dedi Malika hayajonini yashirolmay.
- Qo'rqib ketdingizmi, Bibi? - deb so'roqqa so'roq bilan javob qaytardi Amir Temur.
- Qo'rqmay bo'larmi, hazratim?
- Mani bir lahzaga yo'qotib qo'rqsangiz, bu yog'i ne bo'lur?
- Bu yog'i deganingiz ne, hazratim. Mani buneha qo'rqitmang ...
- Qo'rqmang, Bibi, qo'rqmang... - Turon sultoni shunday deb jim qoldi. So'ng g'alati ovozda shivirladi: _ Men tug'ilgan, sizni topgan yerim o'sha tomonlarda ... - u mag'rib tomonni ko'rsatdi.
- Hazratim, nechun bundoq qildingiz? Bo'ldi, bo'ldi, ketdik... - dedi Malika eriga talab ohangida gapirayotganidan o'zini g'alati sezib.
Amir Temur indamadi. So'ng "ma'qul" degandek, bosh irg'adi-da, madorsiz holda bazo'r bdim tashlab tepadan tusha boshladi.
Vlar o'tovga qaytib kirganlarida, yorug' tushib, Malika erining ahvolini ko'rdi-yu, yig'lab yubordi. Sovuqdan qaytib kirgan Sohibqiron yuzida dona-dona ter tomehilari yaltirab turardi.
- Neehun ... neehun bu ahvolda sovuqqa chiqdingiz, hazratim?
- Tush ko'rdim, Bibi, g'alati tush.
- Sizni to'shakdan turg'izgan ne tush ekan?
-- Ikki ehetini qamish bosgan bir yo'ldan ot ehoptirib
borarmishman... - Amir Temur shu so'zni aytdi-yu, ko'zini yumdi. So'ng shu alfozda, go'yo gapirib berayotganlarini ko'rib turgandek, so'zida davom etdi: - Nogoh otim yo'l ehetidagi qamishlar shitirlab ketganidan qo'rqib, orqaga tislanib ketdi-da, kishnab yubordi. Shoshib o'sha shitirlagan qamish tomonga qarasam, qamishzor ichidan rahmatli otam otda ehiqib kelayotgan emishlar ... Angladingizmi, Bibim, rahmatli padari buzrukvorim. Hayratga tushganimdan otimning jilovini o'zimga mahkam tortdimda, irg'ib otdan tushdim. So'ng otam istiqboliga qarab yugurdim. Endi yetay degandim, otam xuddi meni ko'rmagandek, yonimdan ot surib o'tdilar-da, egardan tushmay, otimning egar-jabdug'ini bo'shatib, yeehib oldilar. So'ng ... so'ng tag'in oldimdan ot ehoptirib o'tib, qamishzorga kirib ko'zdan g'oyib bo'ldilar ... Men ortlaridan rosa ehopdim. Yuguraverib a'zoyi badanim qizib ketdi, terga g'arq bo'ldi, yuz-u qo'limni qamish tilib, aehisha boshladi. .. Mundoq uyg'onsam, badanim o't bo'lib, terdan ho'l bo'lgan to'shakda yotibman. Qandoq o'rnimdan turdim, qandoq tashqariga ehiqdim - bilmayman ...
- Padari buzrukvoringizni tush ko'rgan bo'lsangiz ne bo'libdi? - dedi erini hikoyasini eshitib, ko'ngli alag'da bo'lgan Saroymulkxonim gapni ehalg'itib.
- Bu bexosiyat tush, Bibi, padari buzrukvorim otim
ning egar-jabdug'ini olib ketdilar. Angladingizmi, ne ishora bu?
Saroymulkxonim indamadi.
- Paymonam to'lganiga ishora bu, - deb o'z so'rog'iga o'zi javob berdi Amir Temur.
Jahonning yarmini zabt etib, yarmini qo'rquvga solgan jahongir qaytib o'rnidan turolmasligini payqagach, taqdirga tan berib, eng sodiq amirlarni huzuriga chorladi va gapni cho'zib o'tirmy, o'zidan keyin Pirmuhammad Jahongir saltanat egasi bo'lishi haqidagi so'nggi amrini e'lon qildi. Amirlariga qanchalik ishonmasin, bu so'nggi hukmini bajarishlarini talab qilib ularni ont ichirdi. Amir Temur Ko'ragon sakkiz yuz yettinchi yil sha'bon oyining o'n yettinchisida - 140S-yilning 18-fevralida yetmish yoshida olamdan o'tdi. O'limi oldidan o'zini bilmay yotgan Sohibqiron bir dam ko'zini ochdi-yu, o'tov tepasidagi tuynukdan qop-qorayib yotgan falakka tikilar ekan:
- Bu ne .sinoatdur? - deb pichirladi-da, joni uzildi.
Jahongirning ko'zlari ochiq qolganini ko'rib, uning qabog'ini ohista bosgan xos tabib mavlono Fazlulloh Tabriziy qo'rqib ketdi - Sohibqiron ko'zlaridan sizib chiqqan yosh barmoq kuydurgudek issiq edi. Erining sovib borayotgan tovonini ushlab olgan Saroymulkxonim siqtabsiqtab bo'zlar ekan, etagini tutib, momosini qanday ovutishni bilmay gangib qolgan suyukli nabirasi Muhammad Tarag'ayni - Ulug'bek mirzoni payqamasdi.
Saroymulkxonim va amirlar fojiani qanchalik yashirmasinlar, Amir Temur o'limi haqidagi shumxabar tez orada oshkor bo'ldi. Zero, ota va bobolari udumini qattiq tutgan o'g'il-u nevaralarning ham ko'chma saroyda o'z xufiyalari bor edi. Qolaversa, ayrim amirlar dunyodan ko'z yumishi bilan qo'rqinchli bo'lmay qolgan Sohibqironning vasiyatiga xilof ravishda saltanat taxtida o'zlariga moyil shahzodani ko'rmoqni istardilar.
Birinchi bo'lib Hirotda Shohruh mirzo o'z nomini xutbaga qo'shdirdi va o'z nomidan pul zarb qildira boshladi. Yassidan Husayn mirzo, Toshkentdan Xalil Sulton mirzo o'zlariga sodiq navkarlar bilan dorussaltanatga qarab ot qo'ydilar.
Amir Xo'ja Yusuf boshchiligida Amir Temur jasadini olib yo'lga chiqqan maxfiy karvon O'trorni tark etib, ming tahlika-yu g'avg'o bilan Samarqand ostonasiga yetdi. Yetishga yetdi-yu, poytaxtning Chorraha darvozasi oldida turib qoldi. Samarqand qal'asi kutvoli Amir Arg'unshoh "Shaharga faqat Sohibqiron tobutini kiritaman", - deb qat'iy turib oldi. Tashqarida turganlar u allaqachon Mironshoh o'g'li Xalil Sulton mirzo bilan til biriktirib, dorussaltanatni yolg'iz unga topshiradigan bo'lganidan bexabar edilar. Oxiri Amir Xo'ja Yusuf kutvolning talabiga ko'ndi va Amir Temurning jasadi sha'bon oyining yigirma ikkisida - 23-fevral kuni marhum shahzoda Muhammad Sulton dahmasiga dafn etildi.
Oradan bir necha kun o'tgach, katta ko'ch - malikalar va shahzodalar karvoni ham Samarqandga yetdi. Arg'unshoh bu gal ham qo'shinni kiritmasligini va yolg'iz malikalar va norasida shahzodalar: Muhammad Sulton mirzo o'g'li bo'lmish Said Vaqqosni, Umarshayx mirzoning farzandi Boyqaroni, Xalil Sultonning inilari - Ijil bilan Suyurgatmishni shaharga kiritishga rozi ekanligini aytdi.
Shohruh mirzo farzandlari bo'lmish Ibrohim Sulton mirzo bilan Ulug'bek mirzoni kiritishga esa ko'nmadi. Bu ikki amirzoda suyukli momolari va murabbiyalari Saroymulkxonim bilan yig'lab xayrlashdilar va Buxoro tomonga ketishga majbur bo'ldilar.
Shaharga kirgan malikalar va shahzodalar to'g'ri sohibqiron jasadi qo'yilgan dahma ustiga borib uvvos soldilar. Keksa Saroymulkxonim boshqalar qatori oqarib ketgan sochlarini yoyib, yuzlarini tilib yig'lar, tuproq olib boshidan sochardi. Yig'ichilar uvvosi olamni tutgandek edi...
Bu achchiq ayriliqdan roppa-rosa o'n uch kun o'tgach, hijriy sakkiz yuz yettinchi yil Ramazon oyining o'n oltinchisida, milodiy 140S-yilning 18-martida Samarqand taxtiga Mironshohning o'g'li - Xalil Sulton o'tirdi. Xalil Sulton ham ko'pchilik amirzodalar qatori Saroymulkxonim tarbiyasini olgan edi. Hatto, bir marta nojo'ya qilmishi uchun bobosi g'azabiga uchraganida mana shu momosi uning joniga oro kirgan edi. O'rni kelgani sabab bu g'aroyib voqeani so'ylab berishdan o'zimni tiyib turolmayman.
Amir Temurning nevarasi Xalil Sultonga mehrl qattiq edi. Hindiston yurishi davridagi janglarning birida ro'y bergan voqea yuz birinchi yil rabiussoniy oyining yettinchi kuni - hijriy 1398-yilning 18-noyabrida Dehli hukmdori Sulton Mahmudxon bilan bo'lgan edi. Jang boshlanishi bilan Samarqand qo'shini orasida tahlika boshlandi. Chunki ular umrlarida birinchi marta ko'rib turgan jangchi
fillar galasi ustlariga bostirib kelayotganini ko'rib qo'rqib ketgan edilar. Fillar oyoqlari ostida qolgan barong'or jangehilari ko'targan faryodni eshitgan orqadagilar qoehishga tushdilar. Hatto, ko'pni ko'rgan sarkardalar nima qilishni bilmay qolganlarini ko'rgan Amir Temurniyam vahima bosdi. Ammo birdan u jangehi hind fillarning orqaga qoehayotganini, qoehgandayam Sulton Mahmudxon askarlarini toptab qoehayotganini ko'rib quvonganidan irg'ib otiga mindi. Dushman mahv etilib, jang to'xtagaeh ma'lum bo'ldiki, ayanehli mag'lubiyatdan ularni Xalil Sulton qutqarib qolgan ekan. Tadbirkor nevara qo'shin lash-Iushi, zaxirasi ortilgan tuya-yu xaehirlarni bir joyga to'plab, har birining ustiga xas-xashakni bog'latib, ularga o't qo'yib oldinga haydatdi. Olov ehangalida qolgan jonivorlar jon vahmida jangehi fillar qarshisiga yugurdilar. Jonli olovni ko'rib dahshatga tushgan fillar orqalariga qoehadilar. Shu voqea sabab jahongirning Xalil Sultonga bo'lgan mehr-muhabbati oshib, uni taxti vorisi qilishniyam o'ylaydi. Biroq keyinroq yana bir g'aroyib voqea yuz beradi-yu, Jahongirning mehri qahrga aylanadi. Xalil Sulton bobosining jiyani amirzoda Alining qiziga uylantirilgan edi. Shunga qaramay yosh shahzoda Sohibqiron amirlaridan bo'lmish Hoji Sayfuddinning eho'risi Shodimulkni sevib qolgan va uni xojasidan tortib olib, bobosidan pinhon nikoh o'qitgandi. Xalil Sultondek amirzodaning eho'ri qizga uylanishi Amir Temurning qahrini keltiradi. U shahzodani tutib, qamab qo'yishlarini buyuradi. Ammo bobosi amridan voqif bo'lgan Xalil Sulton Saroymulkxonimga odam yuboradi va o'zini bobosi qahridan qutqarib qolishni o'tinadi. Saroymulkxonim qulay payt topib, erining ko'ngliga qo'l soladi hamda amir Shohmalik va Shayx Nuriddin yordamida erka shahzodani jazodan qutqarib qoladi. Biroq Amir Temur Xalil Sultonni taxt vorisi qilish rejasidan voz keehadi.
Davlatshoh Samarqandiy "Tazkirat ush-shuaro" asarida "xushsurat, yaxshi xulqli, karamli, xushta'b edi", - deb ta'riflagan Xalil Sulton Samarqand taxtiga o'tirgaeh, saltanatning boshqaruv ishlarini qo'lida mahkam tutolmadi, ketma-ket xatoliklarga yo'l qo'ydi. HaUo, o'ylamaynetmay ma'shuqasi Shodimulkning so'ziga kirib, bobosining kaUa xotinlari - murabbiyasi bo'lmish Saroymulkxonim bilan Tuman og'ani majburan erga berib yubordi.
Agar biz yuqorida Saroymulkxonim hijriy 742 - 743-yil- larda, milodiy 1342-yilda tug'ilgan deb taxmin qilgan bo'lsak, betayin va shoirtabiat nevara tomonidan erga uzatilgan yili Malika oltmish besh yoshlar atrofida bo'lgan. Fasih Ahmad Xavofiy malika Tuman og'a Xalil Sulton buyrug'i bilan Shayx Nuriddinga erga berilganini ma'lum qiladi. Biroq Saroymulkxonim kimga uzatilgani va uning keyingi taqdiri biz uehun qorong'i bo'lib qolmoqda ...
Ammo Baxmal qishloqlarida Bibixonimning so'nggi kunlari haqida hikoya qiluvehi g'alati afsona mavjud.
Emishkim, Bibixonim yoshlik ehog'larida o'z taqdirini bilish maqsadida fol oehiribdi. Folchi Qozonxonning erka va sohibjamol qizining kaftiga uzoq tikilibdi-yu, g'amgin shivirlabdi:
~ Sen kelajakda Turon malikasi bo'lasan, ammo ... ammo farzandsiz o'tasan. O'liming qoraqurt ehaqishi tufayli yuz beradi. Qoraqurtdan ehtiyot bo'l!
Bibixonim bu bashoratni eshitib qayg'uribdi. Ammo yosh emasmi, tezda unutibdi. Yillar o'tib, folchi aytganidek, u Turon malikasi - Amir Temurning sadoqatli yori bo'libdi. U Amir Temur bilan qariyb qirq yil birga umr keehiribdi, ammo farzand ko'rmabdi. Farzandlari bo'lmasa-da, Amir Temur o'z rafiqasini joni dilidan suyar, boshqa xotinlaridan tug'ilgan farzandlarini, keyinehalik nabiralarini tarbiyalashni yolg'iz unga ishonar ekan.
Amir Temur vafot etgaeh, Bibixonim ham o'limi yaqinligi haqida o'ylabdi va yoshligida eshitgan bashorati o'limi qoraqurt ehaqishi tufayli yuz berishi esiga tushibdi. So'ng, tog'larda qoraqurt bo'lmaydi degan aqidaga amal qilib, kanizaklarini olib Baxmal tog'lari tomon jo'nabdi. Yetib kelgaeh, yam-yashil arehazorlar qurshagan bir yalanglikda ehodir tikib yashay boshlabdi. So'ng ajib bir ko'shk tiklatibdi. Bu ko'shkning qoldiqlarining o'rni haliyam bor, deyishadi.
Garehi qoraqurtdan qoehib kelgan bo'lsa-da, Bibixonim taqdiridan qoehib qutulolmabdi. Kunlardan bir kun pastdan - vodiydan olib kelingan uzumni tanovvul qilib turganida, uzumning g'uj donalari orasida berkinib olgan qoraqurt Malikaning burniga kirib ehaqibdi. Nevaralari kelib, uning jasadini Samarqandga olib ketishibdi...
Bu bir afsona, ammo yuqorida bitganimizdek, afsona haqiqat siniqlari ekanini unutmaylik ...
Harholda Bibixonimning hashamatli maqbarada dafn qilinishi, haUo, jasadi mumiyolanishi Malikaning qolgan umriyam saodatli o'tganidan dalolat beradi. Yillar o'tib, o'qilmasdan yotgan, sarg'aygan qo'lyozmalarning birida uning biz uchun pinhon so'nggi kunlari haqida batafsil ma'lumotlar chiqib qolar va biz eshitmagan g'aroyib hikoyalarni bolalarimiz eshitar, eshitib bizning chala ishlarimizni poyoniga yetkazar

27

Bibixonim haqida to'rtinchi afsona. Qozonxon bobosi Chingizxon kabi shohona qasrda o'tirib, bazmi jamshid qilishdan ot minib ovga yoki dushman ustiga bostirib borib, qilich chopishni ma'qul ko'rarkan. Ammo suyukli xotini unga qiz tug'ib bergan kundan boshlab, u bu odatlarini tashlab, kecha-kunduz qizalog'i bilan ovunishni, u bilan mashg'ul bo'lishni hamma narsadan ustun qo'yadigan bo'libdi. U kelajakda qizim bir saroy mulki bo'lsin, deb farzandiga Saroymulkxonim deb ism qo'yibdi.
Vaqt Qozonxon navqiron chog'ida yo'lbarsga qarata uzgan kamon o'qidek tez uchib, Saroymulkxonim o'n oltiga to'libdi. Yosh xonchaning husni-jamolini ko'rganning hushi boshidan uchib, tili kalimaga kelmay qolarkan. O'sha davr shoirlaridan biri: Agar uning husn-jamolini so'z ila tasvirlamoqchi bo'lsak, ojizlik qilib, gunohga botish mumkin, zero qizning latofatini ta'riflashga qodir so'zlar dunyoda yo'qdir", - deb aytgan ekan. O'n olti yashar sohibjamol mag'rur edi, o'ziga o'zi maftun ~di. Oyoqlaridagi kumush halqalarni jaranglatib saroy bog'ida o'ynab yurar, ne-ne yuraklar bu kumush halqachalar tovushini eshitib hushidan ayrilarkan. Qozonxon suyukli qizining bo'y yetganini ko'rib, Shom-u Iroq, Chin-u Mochin, Dashti Qipchog'u Saqlab, Xuroson-u Hindiston tomonlarga karvonlar yo'llab, eng noyob dur-u gavharlar, qimmatbaho taqinchoqlar, xos liboslar keltirishga amr etibdi.
Karvonlar aytilgan buyumlarni olib kelishi bilan, u yana Misr va Fors, Rum va Yunon tomonlarga karvonlar jo'natib, yana yangi taqinchoqlar va liboslar olib kelishga buyurar ekan. Zarbof qabolar, zarrin peshanabog'lar, ipak kamzuIlar, dur qadalgan kamarbandlar, sadaf bilan bezatilgan tiIla kovushchalar, baxmal, belburma ko'ylaklar bilan kelgan karvonlar to'ppa-to'g'ri Qozonxon qasri darvozasi oldiga kelib to'xtar ekan.
Dunyoning to'rt tomonidan chiqqan savdo karvonlari
-toshiqib Qozonxon manziliga kelishardi. Genuyaliklar va o'rislar, qora belbog' bog'lagan armanilar, peshanalariga xol qo'ndirgan hindlar, bellariga chilvir bog'lagan juhudlar Qozonxon qasriga birinchi bo'lib kirish uchun yelib-yugurishar, o'zaro yoqa bo'g'ib janjallashishar, ammo Qozonxon deyarli hamma mollarni sotib olayotganini ko'rib yana hamdard va hamjihat bo'lishardi.
Saroymulkxonim o'n olti yoshga to'lgan kuni xon qiziga munosib kuyov izlay boshlabdi. Shu maqsadda qirq bir mamlakatga chopar yuborib, shahzodalarni huzuriga chorlabdi. Ammo kelgan shahzodalarning birini qizi yoqtirmas, boshqasini o'zi yoqtirmay, hammasini rad javob bilan, noumid qaytaribdi.
Kunlarning birida, jasurligi va donoligi bilan mashhur Amir Temur uning saroyiga kirib kelibdi. Bu tashrifdan xon behad quvonib ketibdi. U qiziga bahosi bir shahar xirojiga teng shohona liboslar kiydirib, bir viloyat xirojiga teng taqinchoqlarni taqtirib Amir Temur oldiga olib chiqibdi. Amir Temur qizga qarab "yo'q" degandek bosh chayqabdi. Qozonxon: "Amirga qizim yoqmadi", - deb o'ylab, xafa bo'libdi. Lekin umid uzmabdi. Qizini mamlakatning bir yillik xirojiga teng keladigan, hali ko'z ko'rmagan libos-u zar-zevarga o'rab, yana navqiron amirga ro'para qilibdi. Amir Temur yana "yo'q" degandek bosh chayqabdi.
Tamom esankirab qolgan Qozonxon xizmatkorlariga bor taqinchoqlarni shu yerning o'ziga olib kelishni buyuribdi, o'zi bo'lsa qizi taqqan taqinchoqlarni yulib ola boshlabdi. Saroymulkxonim birpasda oddiy oq ko'ylagi bilangina qolibdi. Shunda Amir Temur "ma'qul!" degandek mamnun bosh irg'abdi. Qozonxon esa hayron emish. Shunda Samarqandning navqiron amiri yengil bir ta'zim qilibdi-da.
- Xon, go'zallikka taqinchoqlar yarashmaydi! - debdi. Bu so'zlar ma'nosini anglagan oqila qiz boshini ko'tarib birinchi bor Amir Temurga qarabdi. Ikki ko'z suhbati boshlanibdi.
Qizning ko'zi debdi: "Men shu erkakni bir ko'rishda sevib qoldim. U qayerga borsa, men ham birga ketaman. U kimni suysa, uni suyaman, kimni yomon ko'rsa, shuni yomon ko'raman. U qayg'ursa, qayg'urib, kulsa, kulaman. U meni qilichi bilan himoya etsa, men uni muhabbatim bilan asrayman".
Yigitning ko'zi debdi: "Sen sahro gulidek dilrabosan,
oyjamol. Bahor yomg'irlari yuvgan gul yaprog'idek yuzlaringda zarra dog' yo'q, oyoqlaringdagi kumush halqaehalar tovushini yuragim qo'shig'iga jo'rovoz qilay, oyjamol. Ko'zlaring tubida jimirlab turgan eho'g'ni olovga aylantiray, oyjamol. Seni tulporimga mindirib olib ketay, oyjamol".
Qizning ko'zi debdi: "Sening tulporing - uehqur,
qiliehing - keskir, qalqoning - o'q o'tmas, yuraging oehiq, ammo otingni muhabbatim quvib yetgay, qiliehing senga bog'langan ko'nglim iplarini qirqolmas, ishqim o'qi sovutingni teshib o'tgay, yuragingga kiray begim. Unda neeha bahorlar sadosi bo'lsa, meniki bo'lsin, neeha qishlarning sovug'i bo'lsa, ularni isitay, neeha kuzlarning hasrati bo'lsa, ko'nglimga olay, neeha yozlarning tashnaligi bo'lsa, ko'zyoshlarimni iehiray ... Meni bu yerdan olib ket, begim. Men uehun kaloming bolday shirin bo'lsin, qo'lingdagi taft ko'ksimdagi qo'rquvni eritsin, hadikni quvsin" .
Yigitning ko'zi debdi: "Sen sahro o'rtasidagi gulzorsan, oyjamol. Shu gulzor tikanlari meniki. Ko'zlaring bir juft eharosdek, lablaring gul bargidek, qomating shamshoddek ... Kaloming - totli, raftoring - latofatli. Olovlar iehida yashagan bir yigitman, bo'ronlar qo'ynida adashgan yo'lchiman, dunyolar iehida yashagan mitti zarraman. Endi sen olov bo'l, bo'ron bo'I, dunyo bo'l, oyjamol".
Qizning ko'zi debdi: "Sening tovushingni eshitib dunyoga kelgandayman. Sen yoqib qo'ygan ehiroqni ko'rib yo'l topgandayman. Sen aytgan so'zni izlab yurgandayman ... Tovushingni eshitib keldim, endi qanday ketay. Sen yoqqan ehiroqni topdim, endi qayga ketay. Sen aytgan so'zni eshitdim, seni qandoq unutay, begim?"
Amir Temur ovoz ehiqarib:
- Xon, go'zallikka taqinehoqlar yarashmaydi! - debdi. ..
Ko'zlar gaplashganda so'zlar ojiz qoladilar.
Ko'zlar gaplashganda muhabbat tilmoehlik qiladi. Ko'zlar gaplashganda dunyoni sukunat bosadi.
Dil dengiz bo'lsa, ko'z shu dengiz suvini yorug' dunyoga in'om etayotgan chashmadir.
Ko'zlar so'zlashganda, ular dillarni ham osmonga ko'tarib uehadilar: yerdagi dasht yovshanlari islari ham, qasrga kirish uchun navbat talashayotgan savdogarlarning janjal-suroni ham, qasr ortidagi yaylovda bir-biri bilan o'ynashayotgan arg'umoqlarning sarmast kishnashlari ham, Qozonxonning hayron nazari ham ularga begona edi.
Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil. ..

28

Bibixonim voqeasidan keyin Mamat Solihovich Yusupov Samarqand muzeyida uzoq ishlamadi. Oz vaqt o'tmay uni boshqa shahardagi muzeylarning biriga jo'natishdi. U o'sha yerda muzey direktori bo'lib kelgani sharafiga xizmatdoshlari uyushtirgan oshdan keyin uyga qaytib kelib, yarim keehada hushini yo'qotdi va tongga yaqin jon berdi. Jon berishdan oldin o'ziga kelib: 11 Meni olib ketish ochun Bibixonimning o'zi keldi. U: "Qo'rqrna, hammasi yaxshi bo'ladi", del> aytdi, men unga ishonaman. Xotirjam bo'linglar, hammasi yaxshi l>o'ladi. Bibixonim aldamaydi. U meni Samarqandga olib ketadi. Samarqandga qaytaman ... Hozir esa meni yolg'iz qoldiringlar, uyqum kelyapti", - deb piehirlabdi...
U qancha yotganini bilmadi. Kimdir otini atab ehaqirgani uehun uyg'onib ketdi. Ko'zlarini oehganda derazalardan yorqin oy shulalari lovullab oqib kirayotgan keng xonada yotganini ko'rdi. Kimdir betinim ehaqirardi. Egnida oppoq ust-bosh, eshikni oehib, tashqariga ehiqdi. Hovli sahnidagi yuksak daraxtlarning qalin yaproq lari oralab yerga to'kilayotgan oy tangalariga boqar ekan, kimdir yana uni ohista ehaqirdi. U daraxtlar ostidagi quyuq zulmatga tikilib, qorong'ilikda qo'llariga nayza ushlab olgan ikki qora sharpani ko'rdi. Hayron qolib so'radi:
- Kimsanlar?
- Biz seni olib ketishga keldik.
U bugun uni oshga taklif qilib kelgan ikki muzey xodimi ovozini tanidi.
-- Nima deysanlar?
- Biz seni qatl maydoniga olib borishimiz kerak.
Tepadan shunday buyruq tushgan. Oldimizga tush.
U hovli sahniga tushdi. Boshini ko'tarib, kimdandir ko'mak tilagandek, ko'kka boqdi. Falak qop-qora edi, yulduzlar yo'q edi. Faqat juda katta oy eharaqlab turardi.
Ikki sharpani zulmatga chulg'ab turgan hovli sahnidagi daraxtlar horg'in edi. Shuning uehun o'zini qatl maydoniga alib borish uehun kelgan ikki sharpaga erinib tikildi. Zulmatdan uchib kelayotgan ko'rshapalak uning qulog'i ostidan qanot qoqib o'tdi. U ijirg'anib, qo'llari bilan yuzini to'sdi.
- Kechikyapmiz, tezroq oldimizga tush.
- Ketdikmi?
- Ketdik!
U oldinda, nayza ko'tarib olgan ikki sharpa - muzey xodimlari orqada - yo'lga tushdilar. Ulardan oldinda oppoq sochlari yelkasiga yoyilgan, ko'zyoshlari olovli uchqun kabi cho'g'lanib oqib tushayotgan bir ayol borardi. Yo'l ustiga to'kilayotgan ko'zyosh tomchilari charaqlab, uning yo'lini yoritib turar, u o'tishi bilan o'chib qolardi.
- Bu ayol kim? - deb so'radi u.
- Kimni aytyapsan? Hech qanaqa ayol yo'q-ku! - deb ming'irladi ikki sharpa.
- Anavi ayolni aytyapman.
- Hech qanaqa ayolni ko'rmayapmiz. Bizni chalg'itib qochmoqchi bo'layotgan bo'lsang, xato qilasan. Qochib qutulolmaysan bizdan.
- Men qochmoqchi emasman. Faqat ana u ayol kimligini bilmoqchiman, xolos.
- Hech qanaqa ayol yo'q bu yerda. Tezroq yur, seni tong otmay qatl etib ulgurishimiz kerak.
Ular begona shahardan chiqdilar-da, Afrosiyob oralab keta boshladilar. "Bu yerga qanday kelib qoldik? -deya o'yladi u. - Axir, biz boshqa shaharda edik-ku?!"
- Qanday qilib Afrosiyobga kelib qoldik?
- Yana qanaqa Afrosiyob? - hayron qolishdi nayza ko'targan sharpalar.
Afrosiyobning qadimiy yo'lini changitib, ular horg'in qadam tashlab borardilar. Yusupov birdan adir tepasida o'ziga tikilib turgan bolakayni ko'rdi.
- Og'a, sizni qayoqqa olib ketishyapti? - deb so'radi bola.
- Qatl maydoniga. Meni o'ldirmoqchilar. ..
- O'lim yo'q-ku, axir?!
- O'lim yo'q, o'ldirish bor, - dedi u.
- Kim bilan gaplashyapsan, hech kim yo'q-ku?! - deb
shovqin ko'tarishdi ikki sharpa bezovtalanib.
U indamadi. Orqaga o'girilib, bolaga "xayr" degandek qo'l siltadi. Bola esa oppoq ko'ylak kiyib olgan odamni qatl maydoniga olib borayotgan ikki sharpani tanib qo'rqib ketdi. Ular o'sha jome masjidi va kutubxonani yondirib maroqlanib tomosha qilayotgan, ko'zlarida qahr va sovuq bo'shliq hukmron, yondirilgan kitoblar va shaharlar kuli tirnoqlari ostini qoraytirgan, pishirmay yegan go'sht qoni qotib, qasmoq bog'lagan lablari mahkam qisilgan to'dadan edilar.
Tog'lar usti qizara boshlaganini ko'rib, ikki sharpa uni nayzalari bilan turtib, tezroq yurishga unday boshladilar. U yana osmonga boqdi - oyning shuuri uning charchoq yuzini yoritdi - bu yuzda xotirjamlik hukmron edi.
Uzoqdan gulxan yonib turgan maydon ko'zga tashlandi.
"Qatl maydoni", deb o'yladi u. Maydonga yetganda ko'zlaridan qahr va sovuq sachrab turgan, qasmoq bog'lagan lablarida istehzo qotib qolgan, butun vujudidan yondirilgan kitoblar va shaharlar tutuni hidi anqib turgan badjahl odamlar to'dasi uni bir zumda o'rab oldi. U gulxan shu'lasi yoritib turgan qatl maydoni to'rida - yuksak shohsupadagi taxtda o'tirgan odamni tanidi. Taxt tepasida "xalqlar otasi" surati osig'lig' edi. U: "Seni o'zim topib olaman deb aytuvdim-ku!" - degandek miyig'ida kulib turardi.
"Mana, siyosiy ko'rlik uchun javob beradigan payting keldil" - dedi taxtda o'tirgan odam.
Taxtda o'tirgan odam ham, suratdagi "dohiy" ham qopqora libos kiygan jallodni ko'rishi bilan o'limga mahkum etilganlarning barchasi ularning poyiga tiz cho'kib shafqat tilaganlariga ko'p marta guvoh bo'lgan edilar. Toki dunyoda qo'rquv bor ekan, toki dillarda tahlika hukmron ekan, ular hech kim taxtda o'tirish va suratlari har bir uy to'rida osilib turishi sharafidan mahrum qilolmasligini yaxshi bilardilar.
Yusupov esa qora. kiyingan jallodni emas, oppoq sochlari yelkasiga to'kilib yotgan, hali husni so'nmagan keksa ayolni ko'rib qotib qolgandi. Ayolning o'ziga qarab ma'yus jilmayganini ko'rib, onasini esladi va yuragi orziqib ketdi. U ning yuzida ham sezilar-sezilmas tabassum paydo bo'ldi. .
Shu payt orqada turgan ikki sharpa nayzalari bilan uni oldinga - jallod qoshiga itarib yubordilar. U jallod tomon horg'in qadam tashlab borar ekan, o'zini qurshagan olomondan dimog'iga urilayotgan tezak, qon va ter hidlaridan qutulish uchun yana osmonga ko'z tikdi. Yuksakdagi tilIarang hiloldan, boya ko'rinmagan, endi esa olmadekolmadek bo'lib charaqlab turgan yulduzlardan ko'zlarini uZmadi. U kundaga urilib ketdi-yu, ko'zini ko'kdan uzib yerga tikdi - o'sha zahoti ko'zlarini to'ldirib turgan yosh-
lar shamol uchirgan gulxan cho'g'laridek yerga, tuz sepib qo'yilgan kundaga to'kilib tushdi. Kunda alanga olib, yona boshladi. Buni ko'rib, qasmoq bog'lagan lablardan tupuk sachradi. Birpasda kundani tupuk bosib, olov o'chdi. Ammo yerga to'kilgan ko'zyosh tomchilaridan atrof yorishganday bo'ldi. U atrofiga alanglab qaradi. Birdan qatl maydoni muzey hovlisida ekanini payqab qoldi. Muzey eshigi oldida olomon g'ujg'on turardi.
Olomon nimalardir deb baqira boshladi. U bu baqirgan odamlarni tanigandek bo'lar, ammo ular kimligini eslay 01masdi. Shu payt o'ziga yaqinlashib kelayotgan besh-olti militsionerni ko'rdi. Militsionerlar boshlariga qora dubulg'alar kiyib olishgan edi. Ularning biri - shahar militsiyasi boshlig'i ekanini ko'rib, uni vahima bosdi. Nahotki, uni qatl etmay olib ketishsa? Nahotki, o'limdan dahshatliroq qiynoqni o'ylab topishgan bo'lsa?! Nahotki, o'limdan ham og'irrog'i tiriklikdagi bechoralik ekanligini
ular anglagan bo'lsa?!
"Bibixonim qayerda?" - deb so'radi shahar militsiyasi
boshlig'i. Ammo o'zi oybolta ko'tarib kelayotgan jallodni ko'rib, savoliga javob kutmay juftagini rostladi. U bilan kelgan boshqa militsionerlar ham qochib qolishdi.
Yusupov kutilmaganda qizchasini ko'rdi. Qizaloq muzey darvozasi oldidagi olomon ichidan unga mahzunmahzun tikilib, ko'zlari javdirab turardi. Yusupovning yuragi orziqib ketdi. Qizchasining javdiragan ko'zlari unga yaqinlashib kelardi. Bu ko'zlarda qalqib turganqaynoq ko'zyosh tomchilari uning ko'ksiga sachrab to'kilgandek bo'ldi. Ko'ksi jizillab kuydi, bo'g'ziga tosh tiqildi. Alamdan ko'zini yumdi. Yumdi-yu, ochdi. Javdiragan yoshIi ko'zlar yo'q edi. U qomatini tikladi - ko'ksi Afrosiyob dalalarining sarrin havolari bilan to'lgandek bo'ldi. U tezak va ter hidi anqib turgan to'da orqasida yonib turgan kutubxona tomonda bir bola gulxan ichidan yarmi kuygan kitobni yulqib olib, qo'yniga yashirganini ko'rdi. Bolani sezmasliklari uchun tomoshatalab to'daning diqqatini tortish maqsadida boshini jallod kundasiga qo'ydi. Dam o'tmay oyboltaning havoni shuvillab kesib tushayotganini sezib ko'zini yumdi. Ammo boshi kesilganini his qilmadi. Yuragidagi og'riqni yengadigan qiynoq bu dunyoda yo'q edi.
Tanasidan ayrilgan bilan uning ko'zlari ochiq qolgan, bu ochiq ko'zlar charog'on osmonni tomosha qilardi. ..
Tip-tiniq osmon uni allalay boshlaganini sezmay qoldi.
Ancha vaqtdan keyin kimdir unga tikilib turganini sezib ko'zini ochdi. U Afrosiyobdagi yam-yashil dalada yotardi, yonida esa o'sha oppoq sochlari yelkalariga to'kilib tushgan, husni hali o'chmagan keksa ayolni ko'rdi. Ko'zini osmonda par-par yonayotgan quyosh nuri qamashtirgani uchun kaftlari bilan quyoshni to'sib so'radi:
- Kimsiz, ena?
- Bibixonimman. Sen meni Samarqandga olib kelgan
eding. Endi esa men seni olib ketishga keldim. Nihoyat, bu baUol dunyodan qutulding.
Qayerga ketamiz, ena? Samarqandga, inim, Samarqandga! ..
- Samarqand siz aytgan qattol dunyoda emasmi, axir?
Yo'q, qattol dunyodagi Samarqandda bizlarni unutgan odamlar yashaydi. Bugundan boshlab seniyam unutishadi. Biz esa hamma narsani yodida saqlagan odamlar yashaydigan Samarqandga ketamiz.
Ular yo'lga tushdilar. Bir miqdor vaqtdan keyin, qadimiy yo'l pichoqdek kesibo'tgan adirga yaqinlashganlarida qo'ltig'iga kitob bekitgan bolakay adir tepasidan yugurib tushib ularga qo'shildi. Ayol bolani ko'rib quvonib ketdi. Bolani ko'rib uning ham ko'ngli ravshanlashdi.
Ular olisda moviy gumbazlari yuksalib turgan shahar tomonga qarab ketdilar. Saodatmand shahar ustidagi osmonda zarracha dog' yo'q edi. Samarqand sari odimlayotgan uch yo'lchining yo'liga bir tomondan oyning kumush shu'lalari, bir tomondan quyoshning tillarang yog'dulari to'shalib yotardi. Yuksak devorlar o'rab turgan shahar tomondan otlarning kishnashi, bolalarning shodmon qiyqirig'i, ko'ngillarni sarmast etadigan qadimiy kuy sadolari yetib kelardi. U ko'kka yuksalib turgan navqiron Bibixonim madrasasini, Qutbi chahordaho'm maqbarasini ko'rib, hayratdan qotib qoldi. Nogoh qarshisiga yugurib kelayotgan onasiga ko'zi tushdi. Hayajondan nafasi qisildi. Nimadir deb pichirlamoqchi bo'ldi, ammo tili aylanmadi. Bibixonim tashvishlanib o'ziga qaraganini payqab, tinchlantirish uchun jilmaydi. Jilmayishga urindi ...
Yusupovning xotini chaqirtirgan doktor yetib kelganida bemorning o'lim tamg'asi bosilgan yuzida zahar bilan olishgan tabassum hali sovib ulgurmagan, umr bo'yi orziqib kutgan narsasini ko'rganidan baxt aks etib turgan ko'zlari ochiq qolgan edi. Doktor" qo'lini ohista eho'zib Yusupovning ko'zlarini bekitdi. Hozirgina dunyoni tark etgan inson ko'zlarida qalqib turgan qaynoq yosh tomehisi uning barmoqlarini kuydirib yuborgudek bo'ldi.
"Uni zaharlab o'ldirishgan!" - dedi rad qilib bo'lmaydigan qat'iy ohangda Yusupov haqidagi suhbatimiz yakunida Popov. Uning aytishieha, Mamat Solihovich Yusupov rahbar bo'lib borgan shahar muzeyida juda ko'p qimmatbaho buyumlar o'g'irlab ketilgan. O'g'irlik bir neeha yillar davom etgan. Yusupovning sinehkovligidan yaxshi xabardor bo'lgan, u albatta muzeydagi har bir qog'ozni ko'zdan o'tkazishini bilgan muzeyning ayrim xizmatehilari qilmishlari fosh bo'lishidan qo'rqib, uni zaharlab o'ldirishgan.
"O'sha shaharda Yusupovning qizi yashaydi", - dedi Popov men bilan xayrlashayotganda. Men iehimda, albatta, Yusupovning qizi bilan uehrashaman, deb qo'ydim. Mana o'n ikki yilki, o'sha niyatim amalga oshsa ...
Neeha marta o'sha shaharga bordim. Ammo har gal biror bahona bilan bu uehrashuv orqaga surilar, ba'zan esa esimgayam tushmasdi. "Sokinaxonim tirikmikan?" - deyman ba'zan Yusupov yodimga tushsa. "Uning qizi omonmikan?" - deyman u yashagan shahar nomi tilga olinsa ...

29

Men Bibixonim maqbarasida zamonlar ehangi qo'ngan qabrtoshga tikilib o'tiribman. Unga - shu tosh ostida yotgan ayolga yuragimdagi hasratlarimni aytgim kelar, ammo bu befoyda ekanini anglab azob ehekardim. Tosh ostida tuproqqa aylangan vujudga emas, hasratlarimni tirik odamlarga aytishim zarurligini anglaganimdan azob ehekardim.
Mening bu hasratlarimni tushunadigan tirik odam bormikan?
Tosh ostida tuproqqa aylangan vujud esa na muhabbatdan, na nafratdan xabardor. Hasratimni aytganim bilan u na baxtiyor, na baxtsiz bo'lishi mumkin. Uning mumiyolangan murdasini qayta ko'mganlari uehun qayg'urmayman. Hammayam oxir-oqibatda shu tuproqqa topshirilishi kerak. Ammo menga bu qayta ko'mish marosimi yashirin va g'ayriinsoniy tarzda bo'lgani alam qiladi.
Samarqand Malikasi uehun uning qanday ko'milgani baribirdir. U bundan bexabardir, na g'am ehekar va na quvonar... lekin men - tirik odam uehun shahrim malikasining bunday taqdiri tahqirdir.
Ammo men buni anglagan holda, asrlar qaritgan qabrtoshga tikilib shivirlayman:
- Yordamingni ayama, Bibim. Menga dunyoni emas, dilimni va elimni anglashga ko'mak ber. Bir paytlar suyukli nevarang Muhammad Tarag'ayga aytgan so'zlaringni menga ayt, Bibim ...

30

CHALA QOLGAN DOSTONDAN
Bola har kun ezgu makonga,
Bibixonim qoshiga kelar -
Goh sarhadsiz niliy osmonga,
Goh gumbazga uzoq tikilar.
Oftob aksi tushib naqshlarga
Bo' g' iladi baqiroq bozor.
Sukut eho' kar ulkan shaharga.
Borliq tinar misoli mozor.
Bu sukunat bolaga yoqar
Va sukutni tinglagan sari
Sezar: tunga singib boradi
Qora tortgan tutning shoxlari.
Qadim masjid iehiga kirar,
So'ng tepaga boqar baxtiyor.
Tashqarida yangragan saslar
Yangrar bunda jomdek ulug'vor.
Tashqaridan har bir tovushni
Yutar bunda uch eshik - quloq.
Yutadi-yu, daraxtning, qushning
Qo'shig'ini takrorlar uzoq ...
"Men tepaga chiqishim kerak!" 
Degan bir o'y chulg'ab olgan on,
Bejo tepar ko' ksida yurak,
Gupuradi sog'inishdan qon.
Ilk quvonchi, ilk qo'shiqlari
Va ilk g'am-u qayg'usi bilan
Yuksakdagi ko' k gumbaz sari
Ko'tarilar bola xayolan ...
Mana, osmon yelkangga tegar,
Mana, qoldi pastlikda shakar.
Ana, g' arbda quyosh ham cho' kar,
Ana, sharqda ko'rinar sahar.
U umrida hali hech qachon
Chiqqan emas bunday yuksakka,
Shuning uchun olovlanar qon
Va yuragi sig'mas ko' krakka.
Hali uning ko' ksida tirik
Ertaklari olmoqda nafas.
Ko' zlarini asragan kiprik
Yoslmi bilmas, qayg' uni bilmas.
Hali uning qo'shiqlariga
Sitilmagan g' amgin sadolar,
Hali uning qo'shiqlariga
Jo'r bo'lmagan yolg'on navolar.
Biroq soqov, gung bo'lgan bola
To'ldirgandek yerni ovozga,
Ko'zlari ko'r va xasta bola
Chizganidek nurni qog'ozga.
Oyoqlari shol bQ'lgan bola
Uchgan kabi qushday osmonda
Va sanashni bilmagari bola
Sanagandek yulduzni tunda,
Bu bola ham har kuni takror
Orzusini ko'radi ayon.
Ko'tarilib borarmish tongda
Bibixonim gumbazi tomon ...

31

Bugun bu yorug' dunyoda bor-yo'g'i ikki kungina yashagan go'dakni tuproqqa topshirib qaytdik ...
Uning onasi bolasi dunyodan ko'z yumganidan bexabar o'lim bilan olishib yotardi. Go'dakning otasi - hali turmushning aehehiq-ehuehugini totmagan, boshiga ilk marta tushgan bu noayon va notanish, beshafqat va qattol zarbadan garangsirab qolgan yoshgina yigit bolani ko'mishga borgan mendan va sherigimdan bu falokat siri va sababini izohlab berishimizni so'ragandek mo'ltirab boqardi. Sherigim - ko'pni ko'rgan odam: "Heehqisi yo'q, do'stim, hali umr oldingizda, bolalaringiz belingizda. Bir yarim kilolik etni deb o'zingizni qiynayvermang", -- deb tasallitask in berar, ammo bu taskin, bola otasining bilmadim, mening yurak-bag'rimni o'yib borardi.
Foniy dunyo azob-u uqubatini, quvoneh-u shodligini ko'rmay ko'z yumgan go'dak o'limi - arosat davrimizning haybatli va ehigal jumboqlari, dahshatli fojialari oldida hceh nima emasdek tuyulardi. Ammo dunyoda yashash, imon va vijdon oldidagi mas'uliyat hamisha eng oddiy jumboqlar va voqealar oldida ojiz qolmaganmi? Bu ojizlik inson qismatining asosiy mezoni emasmi?
Go'dak o'limining Bibixonim bilan qanday bog'liq yeri bor ekan, deb o'zingizni qiynamang. Baribir o'ylab topolmaysiz. Ammo men Bibixonim haqidagi ushbu tarixiy badiani yozayotgan paytimda yuz bergan har qanday voqea, ongimda g'imirlagan har qanday fikr, yuragimda uyg'ongan har qanday his-tuyg'u Samarqand Malikasiga bog'liq, deb bilaman.
Bobolarimiz: "O'lim haq!" - deganlar. Bunga shak keltirmayman. Biroq har qanday o'lim ham haq bo'lmasligini ham bilaman. Ana shu alg'ov-dalg'ov davrning zanglagan piehoqlari asab qillarini tinmay arralayotganini, zahar bilan to'yingan havoning bizni bo'g'ayotganini, meva-eheva tugul, haUo, ona suti tarkibida paydo bo'lgan zahri qotilning go'daklar umriga zavol bo'layotganini ko'rib-bilib turib "O'lim haq!" - deyishimiz gunoh emasmi?!
Bibixonim haqida yozish shartmi? "Temur bilan bir to'shakda yotgan bo'lsa, yotgandir-da, shuning uehun ham u haqda yozish kerakmi?" - dedi bir do'stim. Bu do'stim cho'rtkesarligi va maqsadi uehun kurashdan qo'rqmasligi, shuning uehun ham biroz xudbinligi bilan ajralib turardi. Men unga heeh nima demadim. Do'stimning qat'iyat va kibr to'la ko'zlariga qarab turib, har qanday da'vom baribir uni ishonehidan qaytarolmasligini anglaganim uchun unga heeh nima demadim.
Bibixonim haqida - Amir Temur bilan bir yostiqqa bosh qo'ygan go'zal ayol haqida, uning mumiyolangan jasadining qismati haqida yozish shartmi? Bu kimga kerak? Bu nimaga xizmat qiladi? .
Xalqimizning o'tmishi, u qanehalar fojiali va dahshatli bo'lmasin, baribir biz uehun muqaddas bo'lib qolaveradi. Qolaversa, bu o'tmish faqat fojialar va qora kunlardan iborat emas. Keehmish, faqat buyuk ixtirolar va olamshumul kashfiyotlar, qonli savashlar va ulug' qo'zg'olonlardangina iborat emas. U shuning bilan birga, heeh nima ro'y bermagandek tuyulgan bo'lsa-da, tarix qatlamlariga singib, sug'urib olinsa butun imorat to'kilib tushadigan oddiy g'ishtlarga o'xshash oddiy kunlardan ham iboratdir. Tarix faqat buyuk shaxslarning donishmandligi va jasorati emas, ojiz kimsalarning qo'rqoqligi, nodonlarning surbetligi, ayyorlarning firibgarligi, soddalarning aldanishlari hamdir.
"Kleopatraning burni biroz bo'lsa-da qiyshiq bo'lganda, insoniyat tarixi butunlay boshqa yo'ldan ketishi mumkin edi", degan edi Paskal. Shunday ekan temuriy podshohzodalar tarbiyasi ishonib topshirilgani Bibixonimning Temur tuzgan buyuk saltanatda tutgan o'rnidan dalolat emasmi? Shu dalolat tufayli biz malikaning saltanat izmiga, demak, tariximiz izmiga ko'rsatgan ta'siri haqida yozmasak adolatdan bo'ladimi?
To'g'ri, Kleopatra burnining tarixga ta'siri haqida Paskal fikriga g'ayrieha mulohaza ham bor. Buyuk yapon adibi Ryuneske Akutagava bu haqda shunday yozadi:
"Kleopatraning burni sal qiyshiq bo'lgan taqdirda ham, Antoniy buni sezmasligi istisno emas. Ko'rgan-bilgan taqdirda ham bu iIlat o'rnini bosa oladigan fazilat topgan bo'lardi. Butun jahonni ostin-ustin qilib ham sevgilimizdan fazilatliroq ayolni topa olmaymiz. Biz o'z sevgilimizni ko'rib, mahliyo bo'lganimizdek, Antoniy ham Kleopatraning ko'zlari yoki dudoqlaridan iIlatni butunlay yopib yubora oladigan fazilat topgan bo'lardi. Buning ustiga "Qalbehi, qalb!" deyishimiz ham mumkin. Aslida mahbubamiz bareha davrlarda eng yuksak qalb egasi bo'lishi tabiiy. Libosi, boyligi va jamiyatda tutgan o'rni ham uning fazilatlari hisobiga o'tadi. Hatto, shunday hodisalar bo'lganki, uni qaehondir, qaysidir mashhur kishi sevgani haqidagi mish-mishlar ham fazilat sanalgan.
Kleopatra dabdaba-yu sir-asrorga o'rangan so'nggi Misr malikasi edi. U boshida qimmatbaho toj, qo'lida nilufar yoxud boshqa biron gul tutib, dunyoni muattar iforlarga to'ldirib, mag'rurona o'tirganda, nahotki biron bir kimsa, ayniqsa, Antoniy uning burnining xiyolgina qiyshiqligini sezsa?
Bunday o'z-o'zini aldash faqat muhabbatgagina xos emas. Biz ayrim hollardagina dunyoni o'zimiz suygan rangin bo'yoqlarga bo'yaymiz. Masalan, tish do'xtirning eshigidagi lavhani olaylik. Tishinliz og'rig'ini bir lahza bo'lsa-da, unutish uehun bu lavhani ko'z oldimizga keltirishga qaneha urinmaylik, qaneha istamaylik, baribir ko'rolmasligimiz tayin. Albatta, tishimiz og'rig'ining dunyo tarixiga heeh qanday aloqasi yo'q. Ammo bunday o'z-o'zini aldashga xalq kayfiyatini bilmoqni istaydigan siyosatdonlar ham, g'animlar vaziyatini bilishni suygan harbiylar ham, moliyaviy ahvolni bilishni xohlagan korehalonlar ham moyil. Aq I va farosat esa bu holga tuzatish kiritib borishini rad etolmayman. Shu bilan birga bareha insoniy ishlarini boshqarib turguvehi "tasodif" borligini ham tan olaman. Balki haqiqatan o'z-o'zini aldash tarixni boshqarib boradigan abadiy kuehdir.
Qisqasi, ikki ming yillik insoniyat tarixi o'z qa'rida "yilt" etib o'tgan Kleopatraning burni qandayligiga bog'liq bo'lmagan. U ko'proq bizning tayyor ahmoqligimizga bog'liq. Kulgili, biroq buyuk ahmoqligimizga bog'liq".
Kleopatra burnining tarixga ta'siri haqidagi g'ayri bu mulohazadan ham "Bibixonim haqida yozish shartmi?" degan savolga javob top ish mumkin deb o'ylayman.
Bir nee ha yillar o'tadi, bugun biz tuproqqa topshirgan go'dak ham o'tmishning bir bo'lagiga aylanadi. Shunday bo'lmaydi, deganlar xato qiladilar. Shunday ekan, eng oddiy narsa, masalan, Kleopatra burni, Bibixonim jasadining bir jimjilog'i yo'qligiyam, tarixga bo'lgan munosabatimizni belgilashi mumkin. O'tmish bilan bugun bir-biriga tugib bog'langan ip emas, ular uzluksizdir. O'tmishda qilingan har qanday gunoh nafaqat o'sha olis gunohkorlarning, shu bilan birga bizning ham bo'ynimizda. O'tmishda qilingan har bir ezgu ish uehun kelajak kishilarning ham yuzi yorug' bo'lajak. O'tmish bilan bugungi bog'lab turgan narsa yolg'iz kelajakdir.
Bu dunyoda eng saodatmand lahzalardan biri nihol o'tqazmoqdir. !chi qora odam daraxt o'tqazmaydi. Daraxt ekkan odam uni faqat o'zi uehun emas, tug'ilgan va tug'ilajak farzandlari, nevaralari uehun o'tqazadi. Tarix esa bobo-
lar bog'idir. Yillar, asrlar o'tib, bu bog'da bir daraxt yetishmasligi bilinib qoladi. Bu bugun biz tuproqqa bergan bola o'tqazolmagan daraxt bo'lishi mumkin ...

32

Samarqand shahri yaqinida Mingtut deb ataladigan yer bor. Bibixonim bilan bog'liq afsonalarning birini shu Mingtut bilan bog'lashadi.
Emishkim, Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birida bir chol bo'lgan. Qarib-qartaygan chol befarzand ekan. Shuning uchun ham u peshonasidan qora yozuqqa chora topolmagandan keyin: "Mendan bir meros qolsin", - deb tut ko'chati ekib, katta bog' bunyod qilibdi.
Ammo cholning bu bog'iga ko'z tikkan qishloq boylaridan birining tuhmatiga ishonib, Amir Temur bog'bon cholni o'limga buyuribdi. Bundan xabar topgan Bibixonim Bog'i Dilkushoda dam olayotgan Sohibqiron huzuriga borib:
- Davlatpanoh, bog'bon cholning qonidan kechishingizni so'rab keldim, - debdi.
- Nechun? - deb so'rabdi Amir Temur. U suyukli xotinining hech bir so'zi bekor aytilmasligiga ko'nikkani uchun Malika iltimosining sababini bilmoqchi bo'libdi.
~ Bog'bon cholning mingta farzandi bor ekan, agar siz uni qatl etsangiz, ul begunohlarning ham nobud bo'lishiga sababchi bo'lasiz, - deb javob beribdi dono Malika.
Amir Temur hayron qolibdi. U hali bu dunyoda ming farzand ko'rgan odam borligini eshitmagan ekan. Shuning uchun ham Bibixonimga: "O'ylab gapiryapsizmi, Malikam?" degandek istehzoli nazar tashlabdi. Buni sezgan Malika Sohibqironga ta'zim qilib, shunday debdi:
- Agar davlatpanoh istasalar, men ul farzandlarni sizning muborak nazaringizga ko'rsatay.
Amir Temur o'zini hayron qoldirgan jumboq sirini tezroq bilish maqsadida taxtiravon kelishini kutib o'tirmay, sevimli chipor otiga minibdi. Oppoq otiga mingan Bibixonim yo'l boshlabdi.
Daraxtlar soyasi oshmay, ular bog'bon chol yashagan qishloqqa yetib kelibdilar. Bibixonim qishloq chekkasida yashnab turgan tutzorni ko'rsatibdi.
- Mana, men aytgan bog'bon cholning farzandlari.
Mingta tutning har biri chol uchun farzandday bo'lib qolgan. Agar uni qatl qilsangiz, bu farzandlar ham nobud bo'ladilar.
Amir Temur yana bir marta suyukli xotinining farosati va oqilaligiga tahsin o'qib, navkarlarning birini Samarqandga jo'natib, bog'bon cholni zindondan ozod qilib, qishlog'iga qaytarishni buyuribdi...
Biz - o'sha bog'bon chol, oqila malika va jangari jahongirning bugungi zurriyodlari ne-ne qadimiy bog'larni, ne-ne ilm-ma'rifat chamanlarini payhon qildik, bobolar ekkan daraxtlar ildiziga bolta urdik. Bu fojialarning barchasi, o'ylashimcha, yuraklarimiz bobolar kechmishi va ulardan meros qolgan muqaddas o'gitlardan uzilgani oqibatida sodir bo'ldi va bo'layotir.
Biz ham daraxtlarmiz, ildizimiz esa o'sha bobolarimiz kechmishida. Ildizlarimiz naqadar chuqur va baquvvat bo'lsa, battol davrning qora bo'ronlari-yu, notanti hukmdorlari zulmi bizni hech qachon yengolmasligini anglagin, do'stim ...

33

Ko'hak, tomondan esayotgan salqin shamol Konigil bog'larining atir isini olib kelib, uyg'oq dillarni bezovta qilar, bu dunyoning oniy ekanini esga solib ojiz kimsalarga azob berardi.
Bo'stonsaroy ayvonida uxlab yotgan nevaralari boshi ustida uxlamay tong ottirishga ko'nikib qolgan Bibixonim alla aytardi.
U, mana, necha yildirkim, Sohibqironning xotinlaridan tug'ilgan o'g'illarni o'zi bosh bo'lib ulg'aytirgach, endi ularning bolalarini - jahongir nevaralarini tarbiyalab kelmoqda.
U Amir Temurga tekkanida yigirma yetti yoshda edi.
Oldingi eri - Amir Husayndan ham, undan so'ng uni nikohiga olgan Sohibqirondan ham farzand ko'rmadi. Farzandsizlikdan ortiq alam bormikan bu jahonda? Ko'p befarzand ayollar o'z qora qismatlari tufayli bolalarni ular boshqalardan tug'ilgani uchun yomon ko'rib qolishadi. Biroq Bibixonim farzandsizlik tufayli bolalarga yanada qattiqroq mehr qo'ydi. Shu mehr tufayli hatto, umrida bola ko'rmagan vujudi uyg'onib, ko'kragidan sut kelgan payt
ham bo'ldi. Shu mehr tufayli uning allalarini eshitib ulg'aygan temuriy amirzodalar uni onalaridek suyub, izzatikrom qilardilar.
Nevaralari iehida eng ziyragi bo'lmish Muhammad Tarag'ay uxlamay osmondagi yulduzlarga tikilib yotganini ko'rgan momo jilmaydi. "Bu bola namuneha yulduzlarga tikilishni yaxshi ko'rmasa!" -deb o'yladi.
- Uxlang, Ulug'bek, - deya shivirladi Bibixonim, boshqa nevaralarini uyg'otib yubormaslik uehun. Ismi Muhammad Tarag'ay bo'lsa ham, bobosi va momosining unga bo'lgan mehri ziyodligini, ayniqsa, zehni juda o'tkirligini ko'rgan saroy ahli murg'ak mirzoga Ulug'bek deb nom qo'ygan. Amir Temur ham, Bibixonim ham uni shu ism bilan ehaqirishga o'rganib qolgandilar.
- Momojon, yulduzlardayam odam yashaydimi? deb so'radi Ulug'bek bibisining so'zini eshitmagandek.
- Bilmayman, bolam, bilmayman. Tangrining o'zi bilmasa bandasi bilmaydi.
Bibixonim nevarasi yonboshida yotgan "Ziji jadidi Elxoniy" kitobini ko'rib, uning shu yoshda bunday murakkab kitobni o'qiyotganidan tashvishlanib so'radi.
Ulug'bekjon, bu kitobni o'qigan bilan uqarmikansiz?-
Yo'q, bibijon, o'qig'on bilan anglamog'im bisyor mushkul bo'lmoqda, - deb oehig'ini aytdi Ulug'bek.
- UIg'aysangiz, albaUa, bundan mushkul kitoblarni uqarsiz, bolam.
- Ulg'aysam, o'zim bir rasad tiklab yulduzlarda odam yashaydimi, yo'qmi, albat bilib olurman. Ularning sirini oehguvehi mana shunday bir kitob tuzurman.
Keksa Malika shu yoshida ulkan maqsadlar bilan yashayotgan nevarasiga mehr bilan boqar ekan; unga uzoq umr tilab, iehida duolar o'qidi. "Ammo bu zamon qilieh ehopqilaganniki", deb o'yladi u alam bilan. Uning butun umri tinmay jang-u jadal qilgan jahongir erining yonida o'tdi. Ko'p marta laxtalab qonlar oqqanini, sonsiz shaharlar vayron qilinganini ko'rdi, neeha marta qilichlar zo'r kelib, kitoblar yonganiga guvoh bo'ldi. Ammo hamma yerda badjahl eri qalam va san'at egalariga mehr-shafqat ko'rsatganini ham ko' rdi.
Bibixonim "Keehmishing og'ir bo'lg'ay!" degan nazarda nevarasiga termildi. Ulug' Sohibqiron qalam va san'at ahliga qanehalik marhamat qilmasin, baribir o'zining o'g'illari va nevaralariga eng avval qilieh va jasorat egalari bo'lmog'ini talab qilardi. Ammo taqdiri azal hamisha o'z yo'rig'ini o'tkazgan, haUo, jahongirlik da'vosida yurgan bandaning talabi ham uni o'zgartirolmasdi. Samarqand yetti iqlimdan yig'ilgan san'at va adabiyot ahli tufayli poytaxt havosida she'r va musiqa nafasi hukmron edi. Shu sababdan ulug' jahongir amirzodalar yuragida qat'iyat va beshafqatlik hukmron bo'lishini qanehalar istamasin, taqdir so'z va soz tuyg'ularini bu yuraklarga joylab, ularning qo'liga ham qilich, ham qalam tutqazardi. Amir Temur o'g'li Shohruh mirzo, keyinchalik nevaralaridan Sulton Iskandar, Xalil Sulton, Abubakr mirzo g'azal bitishini eshitib jahl qilgan, keyin ular nafaqat qalamni, qilichniyam zo'r tutishini ko'rgach, tinchlangan, o'zini bosib, ularni tergashdan o'zini tiygandi. Keksa Malika jahongir o'zi g'azal bitmasa-da, g'azal tinglashni yaxshi ko'rishini bilardi.
Bibixonim xayol dastidan qutulib, yana nevarasiga qaradi. Muhammad Tarag'ay uxlab qolgandi. Biroq uyqudayam uni hali anglanmagan sirlar bezovta qilayotgani yuzidan bilinib turardi. Momoning yuragi "jiz" etib achishdi. Dam o'tmay juda past, deyarli shivirlab aytilgan alla Ko'hak shamollari tungi Konigil bog'laridan olib kelayotgan gul isi bilan qo'shilib oqa boshladi.
Eslasang, eslamasang, alIa,
Yuksalib o's, shodmon, alIa.
Yurt pisand etsa seni, alIa,
Qayg' udan ozodman, alIa.
Q'zing gulzor bog'imsan, alIa,
Suyanganim tog'imsan, alIa.
Qorong'i keehalarda, alIa,
Yondirgan ehirog'imsan, alIa.
Ko' kda yulduzing yonar, alIa,
Tiqilib ko' zing qonar, alIa.
Yulduz sirin bilmoq oson, alia.
Angla, dil ham sirli osmon, alIa.

34

Olis bolalik paytlari tog'dek bo'lib tuyulgan tepa hozir yo'q. Uni tekislab tashlashgan. Bir paytlar kaftida tutib dunyoni tanitgan bolalarning o'zi uning tuprog'ini polizlariga tashib ketishdi. Ammo u hozir bo'lgandayam Samarqand minoralarini, olis tog'larni ko'rishga orzumand bola uning tepasiga ehiqib qaneha boqmasin, u yuksak minoralarni va moviy tog'larni ko'rolmaydi. Bu orada qad tiklagan ko'p qavatli binolar, sonsiz zavod mo'rilari bola nigohini ertakdan to'sib turadi.
Bundan o'n ikki yil avval men yashagan Anhor yoqasidagi yashil bog' ham yo'q. Uni ham tekislab, o'rnida bir-biriga o'xshash temir-beton qutilarni terib ehiqishgan. Bu qutilarda yashaydigan bolalar endi gullarga begona, daraxtlarga yot, yulduzlardan yiroq. Ularning ko'zida na mung, na hayrat bor - bu ko'zlarda befarqlik va muzlab yotgan bo'shliq hukmron. Bu qutilarda alla yangramaydi, ba'zan xasta go'dak ustida aytilgan alla ham faqat keksa odamlarning uyqusini qoehirib, ularni bezovta qiladi.
Xayr, alla ...
Xayr, yashil bog' im ...
Xayr, bolaliktepa .
Xayr, Mamat og'a .
Xayr, Bibi ...
Ushbu yozuqlarimni sizlarning ruhi pokingizga bag'ishlayman ...

1990

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.