G‘urbat (taxallusi; asl nomi Abdulla Maxdum Karimberdi o‘g‘li) (1850/53 — Farg‘ona viloyati Beshariq tumani — 1918) — shoir. Qo‘qonda Muhammad Alixon madrasasida o‘qigan. O‘zbek va tojik tillarida diniy-tasavvufiy va dunyoviy mavzularda ijod qilgan. Asarlarining katta qismini lirik g‘azallar tashkil etadi. Ularda dunyo norasoligidan nola-faryod qilgan, ilohiy va insoniy muhabbatni, yaxshi xulqlarni, ilm-ma’rifatni ulug‘lagan, yaramas fe’l-atvorli kishilarni hajv qilgan («Ohkim shod aylamas...», «Qo‘limda pora yo‘q...», «Gulo, ovorai har du jahon qilding...» va b.).
Uning Qo‘qon-Namangan-Andijon sayohatlari haqidagi xotiralari mashhur. G‘urbat she’rlaridan devon (10 ming misraga yaqin) tuzgan. Unga 442 g‘azal, 25 muxammas, 12 ruboiy, 7 murabba’, 3 marsiya, 1 ta’rix va 2 chorbayt kirgan. «Devoni G‘urbat» qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi (inv. ?10067).
G‘AZALLAR
* * *
Yusuf Zulayxo ayladi, man mubtalo qayda boray,
Qomatlarim yo ayladi, man mubtalo qayda boray.
Majnun kabi sarson bo‘lib, sargashtai hijron bo‘lib,
G‘uncha sifat g‘amda so‘lib, man mubtalo qayda boray.
Noz ilkida afgor etib, jabru jafo bisyor etib,
Ahdu vafo bekor etib man mubtalo qayda boray.
Bu maskani vayronada hushim, dilim jononada,
Yo‘qtur sanam butaonada, man mubtalo qayda boray.
Hajr o‘tig‘a hamdam bo‘lib, mahzun ko‘ngil purg‘am bo‘lib
Hasratlarim dilg‘a to‘lib, man mubtalo qayda boray.
Ruxsori gul, sarvu suman, kokillari mushki Xo‘tan,
Jo‘yandai nozik badan, man mubtalo qayda boray.
G‘urbatga ko‘p va’da qilar, begonaga parvo qilar,
Ahdin buzib ifsho qilar, man mubtalo qayda beray.
* * *
Kelib sen sho‘xi jallodim meni sardaftarimni ko‘r,
Sirishkimdin qizil qong‘a bo‘yalgan bistarimni ko‘r.
Qaro ohu ko‘zing mujgonidin oxir shahid qilding,
Nechuk kifrik edi qotilki dog‘i xanjarimni ko‘r.
Tepib o‘tgil boshimga, iztiroblikdin dilim purxun,
Bu axborimga bovar qilmasang, xokistarimni ko‘r.
Yuzim hijronlaring dashtida bo‘ldikim xazon yanglig‘,
Boqib may aksidin jom ichra shakli mazharimni ko‘r.
Xijolatmand bo‘lib hayratda qolsam ushbu vodida,
Hidoyat aylamas bir yo‘lg‘a ojiz rahbarimni ko‘r.
Til ochmamdurki ishrat ravnaqidin hamnishinlarga,
Qanoat berdi izzatlarni toju afsarimni ko‘r.
Mukaddar xotirim doim falakdin bo‘ldi domangir,
Adovat pesha qildi deb qadrdon dodgarimni ko‘r.
Menga mayxonada navbatki kelgan erdi bir oqshom,
Sulaymon devlari jumbishga soldi sog‘arimni ko‘r.
Junun aqsomidin G‘urbatda hayronlik fuzun bo‘ldi,
Tabibo, bir iloj aylab bu kun farqi sarimni ko‘r.
* * *
Ko‘zumni qonga to‘ldirgan guli bog‘i Eram sensei,
Itobu g‘amza qilma, sohibi lutfu karam sensen.
Rivoji ikki olamni ko‘zing mujgoniga sotsam,
Meni ranjur etarga boisi dardu alam sensen.
Kuyarmen on qadar hijron bilan xokistarim qolmay,
Na deb solding boshimg‘a^dambadam anduhu g‘am sensen?
Takallum qilmading, o‘ldum desam, tovusi xush raftor,
Tag‘ofil birla aylab jabri bvpoyon, sitam sensen. .
Qaro ikki ko‘zingdin begumon hech kim qutulmaydur,
Jahon ahlig‘a qotil, mehri yo‘q zolim sanam sensen.
Muhabbat ofatidin saqla G‘urbatni panohingda,
Misoling yo‘q muqarrar hofizi layqi qalam sensen.
* * *
Dilbaro, boshingdagi sunbulmu rayhon kokiling,
Soldi ko‘ngulga farog‘at rohati jon kokiling.
Ul kuni mahfil aro mahzun dilimga o‘t yoqib,
Loladek bag‘rimga pinhon bog‘ladi qon kokiling.
Kufr elin ko‘nglig‘a tavfiqu diyonatlar solib.
Qilmadimu fazli ishqingdin musulmon kokiling.
Bu dili sho‘ridani majnuni sargardon qilib,
Ayladi zulfing misolidek parishon kokiling.
Nofai mushki Xo‘tan sharmanda xatting*bo‘yidin,
Jumla sunbullarni aylab xonavayron kokiling.
Garchikim hajrida toqat qolmadi motam tutib,
Bir kelib qilmas makonimni guliston kokiling.
Mahvasho, noz ilgida G‘urbatni dil afgor etib,
Ayladi anduhu g‘amdin chashm giryon kokiling.
* * *
Ohkim, shod aylamas kulbamga jononim kelib,
Jon berurman so‘rsa bir yo‘l mohi tobonim kelib.
Hasratidin o‘rtanib kuymay netarmen, do‘stlarim,
So‘rmasa holimni ul sarvi gulistonim kelib.
Solmadi zulfini bo‘ynumg‘a parivash sarvari,
Bir o‘zi hijron tuni kokilparishonim kelib.
Onchunon xummor edim, vahdat sharobidin meni
Naylayin shod etmasa soqiyi davronim kelib.
Nolai zorim Surayyoga nechuk yetmas sahar,
Yoqmasa bag‘rimga o‘t ul ofati jonim kelib.
Mubtalo men dardu g‘amga dahr aro har mohu yeol
Dardga darmon aylamas ul mushkulosonim kelib.
Shod bo‘lmas xotirim G‘urbat sabo axboridin,
Pursishi hol etmasa to la’li xandonim kelib.
* * *
Kulub bir g‘amza qilg‘in la’li xandoning gulob o‘lsun,
G‘amingda ishq eli kulfat chekib holi xarob o‘lsun.
Ruxing vasfi qamardur, oy jamoling nuri «Vashshamsi»,
Ki bul husnu malohat to qiyomat oftob o‘lsun.
Qadam bosh ustiga qo‘yg‘il kulub kelganda kulbamga,
Munojotim bila qilgan duo mendin ijob o‘lsun.
Habibo, ishq birla so‘zishi dil benihoyatdur,
Bo‘lub oludai kulfat ko‘yungda iztirob o‘lsun.
Meni majnunsifat qildi, nigorim, g‘amzai nozing,
Ko‘zum toki g‘amingda qon to‘kar, ashki xunob o‘lsun.
Tabassumlar qilib ishq ahlini bexonumon etting,
Jamol ummidida oshiqlaring bag‘ri kabob o‘lsun.
Boshim qo‘ysam parivash ostonangga visoling-chun,
G‘ubor oludalik birla tanim xoki turob o‘lsun.
Ko‘zum ashki bila, kotib, kitobat qil firoqidin,
Jarohatlik ko‘ngul dardi xaloyiqqa kitob o‘lsun.
Jafokora yetar, G‘urbat, dil uzma ul nigoringdin,
Bu dunyoda sitam cheksang na deb anda azob o‘lsun.
* * *
Gulo, ovorai har du jahon qilding, o‘zing qilding,
Niholi qomatimni notavon qilding, o‘zing qilding.
Ko‘ngul mulkin sitam birla ziroatgohi g‘am aylab,
Yuzimni xalq ichinda za’faron qilding, o‘zing qilding.
Tag‘ofil domanin mahkam tutib ahvolima boqmay,
Ko‘zim ashkini payvasta ravon qilding, o‘zing qilding.
Zamirim arziga har kun sochib javru jafo tuxmin,
Xaloyiq oldida sho‘ri zamon qilding, o‘zing qilding.
Shahid etmoq uchun dilbar boqib vahshat bilan doi^m,
Ko‘zing bedodidin bexonumon qilding, o‘zing qilding.
Guli maqsad misoli g‘unchadek hargiz ochilmaydur,
Itob aylab ki sen ko‘ksumni qon qilding, o‘zing qilding.
Fano aylab nigor umrim bahorini nafas o‘tmay,
Gulistoni maoshimni xazon qilding, o‘zing qilding,
Jahon mulkig‘a G‘urbatni adamdin kelturub mundog‘,
Yana xoki mazallatga nihon qilding, o‘zing qilding.
* * *
Qo‘limda pora yo‘q ekmak, yemakka zor miskinman,
Aqiqdin ham qizilroq bebizoat xor miskinman...
Deyolmay hasratimni notavon ko‘nglum bo‘lib g‘amgin,
Qaram aylang menga bir marhabo nochor miskinman.
Agar o‘ldim desam och, kimsa shafqat xubzini vermas,
Bu pinhon nuktadin quvvat ketib afgor miskinman.
O‘qib ilmi qanoat darsini, qilmay tama’ eldin,
Izojo alqazomen shiddatil jo‘yor miskinman.
Jujuqlar xotirimda har nafasda yuz murur aylar,
Parishonlikda ahvolim kechib bezor miskinman.
Ubaydullo otim bor arsada, ammo laqab G‘urbat,
Buxoroda musofir sohibi ash’or miskinman.
* * *
Suvga tanqis ba’zi daryoga yaqin qishloqlar,
Chiqmagay bezgak kasallardin alar o‘rtoqlar,
Rustamu Boyman semiz ittek talashda yer uchun,
Sarf etib dunyolarini ori yo‘q ahmoqlar.
Jum’aboy shayton deganlar ozg‘urub vasvos bilan,
Ul daraxti tubidin la’nat aytar yaproqlar.
Erka qing‘ir kaj sirisht fosiq kishidur benomoz,
Ma’siyatlardin osur a’noqig‘a buqoqlar.
Pirmuhammad bul suxan xitlik qilib pul berdi ko‘p,
O‘lmadi xo‘ja Murod jinjir degan daqqoqlar.
So‘rma Hamroqul-yag‘irdin dinu oin rasmini,
Dodari pesu moxov rahmat sarig‘ yarqoqlar.
Ermuhammad surni o‘g‘liga naqqorlikdur ko‘ngul,
Ahli donish bul ramuzimdin qilur itloqlar.
Bir namanganlik imomni hazraty Idris bilib,
Debdi Go‘ro‘g‘li kitobdin kotibi mushtoqlar.
Xutbaxonlik vaqtida Lut qavmini tavsif etar,
San’ati dajjol sifat nochor o‘qib ashroqlar.
Ochma til, G‘urbat, Sulaymonqul amindin shikvaga,
Ehtimolki ursa xanjar xo‘jai ofoqlar.
* * *
Kirib sayr etmagan ko‘nglida ko‘p armen ekan, gimnav»
Marizi bedavoni dardiga darmon ekan, gimnaz.
Birinchidin qarab boqsang hama ta’dil arkonlig‘,
Biron-bir mamlakatda misli yo‘q ayvon ekan, gimnaz.
Ki ba’zi bachchalar sakkiz yoshidin o‘n birgacha bir xayl^
Adablik bachchalar to‘ti kabi xushxon ekan, gimnaz.
Biri shnon tilinda, o‘zgasi har koriga mashg‘ul,
Musulmon aqli qosirdur, hama arkon ekan, gimnaz.
Zaboni rusiyani ba’zisi tahsil etar anda,
Magarkim islondin avval ilson ekan, gimnaz.
Lotin ham tahsil o‘lmishkim mudarris zeri hukminda,
Fransuz lafzini kasb etgani farmon ekan, gimnaz.
O‘turgan joylaridin tursa bo‘lmas ko‘rmayin ustoz,
Alarg‘a lutfi haq odobidin bergon ekan, gimnaz.
Urulsa qo‘ng‘iroq sabsim chiqarlar qut uchun darhol,
Kirur vaqtida ham qo‘ng‘iroq bila turgon ekan, gimnaz.
Ki shogirdlar chiqib ketgan so‘g‘in jumla mudarrislar
Ajab suhbat qurub majlis ila maydon ekan, gimnaz.
Hama darsxonada har xil zabonin tahsil etmishkim,
Marotiblik muallimlar bo‘lur davron ekan, gimnaz,
Muqorindur falakka, ya’ni ko‘p a’lo imoratlik
Javohirlar asr bermish nechuk bitkon ekan, gimnaz.
Agarda maktabiga kelmasa bayshidin taftish,
Sabab kelmasligi bu deb javob aytkon ekan, gimnaz.
Kezib man necha iqlim ko‘rmadim G‘urbat bayon etsam
Magar ko‘rdim kelib Toshkentda bir dur kon ekan, gimnaz,
MUXAMMASLAR
* * *
Pardadin rux ochma gul, toki tikon o‘rtanmasun,
Nola aylab bulbuli bog‘i jahbn o‘rtanmasun,
Huru g‘ilmonu behishti jovidon o‘rtanmasun,
Tanda jon majruh bo‘lub ruhi ravon o‘rtanmasun,
Mahrami rozim yuzingdin xonumon o‘rtanmasun.
Maskanimni oldidin, ey nozanin, qilg‘il guzar,
Onchunon rasvoi davron men musofir darbadar,
Hamnishinlar jumlasi pinhon g‘amimdin bexabar,
Oshiqi zoringga toat nolai ohi sahar,
Kahrabo yanglig‘ yuzumdin za’faron o‘rtanmasun.
Qosido, keltur bu kun ma’shuqi gulruxdin payom,
Shod bo‘lmay xotirim hayratda ranjurmen mudom,
Oshyonim zulfi mahbubdin qarong‘u subhu shom,
Gar niqob ochsa gulistonda pariro‘ xushxirom,
Jabrail bismil bo‘lub gabriyon o‘rtanmasun.
Topmadim dardimga chora, ey tabibi ahli din,
yo‘q ekan oshiqlara osoyishi ro‘yi zamin,
Kimga faryodimni aytay, hasrato, deb, mahjabin,
G‘ussadin tortib uqubat g‘unchadek ko‘nglum hazin,
Sen kelib holimni so‘rsang oshyon o‘rtanmasun.
Ey nigorim, loladek ko‘ksumni asvad dog‘i bor,
Yetti iqlimni kezibmen topmadim bir g‘amgusor,
Jumla maxfi sirlarim xurshid yanglig‘ oshkor,
Aylasang toki makonim kunjidin bir yo‘l guzor,
Lab ochib to so‘z bayon qilsam lison o‘rtanmasun.
Gardanim bori garonlardin bu kun zanjirdadur,
Ko‘z yumub o‘ttum yo‘luqsa doimo g‘ilmonu hur,
Topmadi yo‘l talx komimg‘a darig‘ ayshu huzur,
Shom ekan ahli muhabbatlarga ayyomi duxur,
Men kuyay tanho ko‘yungda qutsiyon o‘rtanmasun.
Muxtasar qil g‘ussadin, G‘urbat, meni bag‘rim kabob,
Ul quyosh doim yuzig‘a tortadur gulgun hijob,
Oshnq ahlig‘a.qilib ohu ko‘zi nozu itob,
Ittihodlig‘ rishtasin tutgan kishiga ko‘p azob,
Qilsa, gul ifsho o‘zin dorilamon o‘rtanmasun.
* * *
Seni xoki qudumingga fido jonlar nigor emdi,
Qarong‘u maskanimni oldidin qilg‘il guzor emdi,
Ko‘rib nargis ruxingni telba bo‘ldi guluzor emdi,
Jununlig‘ shiddatida qolmadi sabru qaror emdi,
Ko‘zing mujgonidin o‘ldir meni bir shahsuvor emdi.
Savod o‘lmay netar zulfingni aksidin hama maskan,
Jamoling partavida e’tizolim bo‘lmasa ravshan,
Xaroboti xaloyiqqa yuzing monandi bir gulshan,
Qilib Namrudi hijroning vujudim jumlasin gulxan,
Kuyib xokistarimdin qolmadi so‘rsang g‘ubor emdi.
Qo‘yib bir mehru shafqat birla mahfilda xirom etting,
Itobu g‘amza aylab shahdu shakkardek kalom etting,
Riyozi orazingga murg‘i ko‘ngullarni rom etting,
Na deb qattig‘ tamannoni o‘zingg‘a iltizom etting,
To‘kib qon ashkini aftoda chashmim intizor emdi.
Falak xurshidi mahtobi ruxingdin bo‘ldi sharmanda,
Nujumlar ham senga bir sajda qilmakka sarafkanda,
Sanam, husningni vasfin etgali ojiz hama banda,
Olib kachkul qo‘limga qayda hajringdin kiyib janda,
Bo‘lay derman muhabbat shavqida bee’tibor emdi.
Meni, qotil, kelib qahring bilan butxonada o‘ldur,
Yuzimni qahrabo yanglig‘ qilib labtashnamen ranjur,
Bilol etgan sadodin maskanimni qil ilohi dur,
Meningdek, bo‘lmas un hech kim parivash husnig‘a mag‘rur,
Jabinlarga yozilg‘ay to qiyomat hajri yor emdi.
Biyobonga chunoncha betaqarrur bir safar qildim,
Xaloyiq shikvasidin go‘shi xotirlarni kar qildim,
Munojotimni qil yorab qabul ohi sahar qildim,
Janozamga o‘shal ohui sahroni xabar qildim,
Na hojat e’tiqodlik, mehribon xeshu tabor emdi.
Takallum aylasam afsonadur shavqi jununliqdin,
Boshimni bir ko‘tarmam to tirikmen sarnigunliqdin,
Shikoyotimni aytay kimga ahvoli zabunliqdin,
Qafasga tushti to‘ti xush talaffuz zufununliqdin,
Qilay bir dam sukut ko‘p so‘zladim beixtiyor emdi.
Fig‘onu nola qilsam Jabrail, bolu paring-kuygay,
O‘tib xoqoni Chindin balki shahri Xaybaring kuygay,
Kitobat aylasam insholarimni daftaring kuygay,
Muhabbat otashida hamchu nafsi ajdaring kuygay,
Mukofoti zinubga tavba qilsang sad hazor emdi.
Hayoting ravnaqiga oncha G‘urbat e’timod etma,
Maosh asbobini yak ro‘za rizqingdan ziyod etma,
Falakdin ko‘p uqubat tegsa mardumlarga dod etma,
Lahad hubbul vatandur zangi ko‘ngullarni shod etma,
Xazon bo‘lsa, kelib bodi sabr fasli bahor emdi.
* * *
Ko‘plab aziyat tortib yoronlarim jahonda,
Qoldim chiqib Ho‘qanddin Mazgil de.gan makonda,
Osh o‘rniga najosat har qaysi bir do‘konda,
Dar baldai Namangan sardoba Isfahonda,
Eson-omon yuribman alhol shul zamonda.
Keltursa Jabrailkim minmas edim buroq men,
Gardun jafosi birla ovorai firoqmen,
Ominajon, sog‘indim, qandoq qilay yiroqmen,
Begonadin zaifa zavjamga yaxshiroqmen, *
Qolgan uchun gurusna nochor xonadonda.
Qozii Beshariqqa aydim yozib so‘zimni,
Giryon qilib nadomat abhorida ko‘zimni,
Qildi ooqib tabassum ko‘rgan zamon yuzimni,
Topshurmayin netarmen haq hukmig‘a o‘zimni,
Had bo‘lmasa tariqcha maxluqi notavonda.
Bil sart arobasiga tushgan kishi shaloyim,
Pervoy kalasni so‘rsang ustollari muloyim,
Boshlab meni cho‘liston yo‘lga azal xudoyim,
Qo‘rqib qaroqchilardin maxfi ko‘ngulda.doim,
Chekmas edim bu yanglig‘ kulfatni ko‘p degonda.
Ul dilkash Olloyorbek tilmoch degan salomat,
Bo‘lsin ilohi omin to muddati qiyomat,
Zunnunxoja mirzo xat bobida alomat,
Toshxoja sizga qilsam bir kamtarin nadomat,
Har yerda qadru qimmat kunjorayu somonda.
Hoji aziz afandim ozoda ishfurushlik,
Beshak erur gumonda qaytib borib ko‘rushlik,
Pul yo‘q uchun qo‘limda ulfatlarim urushlik,
To bo‘lsa Abdurahmon boy birla o‘lturushlik,
Pashmakni xo‘b to‘karsiz gulxona oshyonda.
Hoji afandi Ishoq a’lam mussalami qul
Borsam Azimjon otliq do‘stimga axtarib pul,
Yo bermadi aniq bir ravshan javobini ul,
Ko‘rganda ag‘niyoni arvohidin bo‘lib qul,
Dardu alamlarim bor bemor ustuxonda.
Sirdon birodarimdur mahzumi mirza Mas’ud,
Shogirdlarimni qildim o‘lguncha oh, mardud,
Yetkurmasin tamomi bir zarra manfaat sud,
Ushbu so‘zimga xat ham qog‘oz, siyoh mashhud,
Bir Xolmuhammad otliq mullo Sirak tomonda.
Ko‘p,mehribon volostnoy mingboshimizni bilsam,
To o‘lganimcha doim hurmatlarini qilsam,
Yordam berib ko‘ngulni oldi biletga kelsam,
Kibru havo ketarmu bo‘ynimga xalta ilsam,
Do‘rmoncha, Zodiyonu, Rishtonu, Marg‘inonda.
Rangi cho‘tir, ko‘zi ko‘k, ismi nihon sarig‘ ro‘,
Bepul agar topilsa har yerda choyi xushbo‘,
Bir ko‘rpalik pishiq surp himmat qilib xudojo‘,
Hovliga tez yuborsin gugurt bilan tomoku,
Alhol mustaqimman bormoqligim gumonda.
Menkim Niyoz Muhammad mirzoga yozdim insho,
Tegsa o‘shal yuborgan sirkom qo‘liga ammo,
Qilsun raqam chiston yoki ajib muammo,
Mansur Xoja mufti hozirgi ahli fatvo,
Qamchin bilan urarman har kim yomon degonda.
Umringda ko‘rmagan gul mazkur chamanda bordur,
Tog‘larda bitgan archa albatta beshumordur,
Dunyodagi nimarsa o‘z maskanida xordur,
Har yerda bu kamina mardumga e’tibordur,
Kelgan edim Namangan shahriga yosh ekonda.
Aprelni o‘ttizida yakbora To‘raqo‘rg‘on,
Toqat nechuk qilurman solsa ko‘ngulga tug‘yon,
Hoji to‘ramni ismin aylab dilimda pinhon,
Nonushtaga yer erdim borsam agar patir non,
Rezinkali tilashka kelsa sahar, azonda.
Hosilki hissa ko‘tah istab arobakashni,
Mirzo Nazarga berdim hosilki rishu pashni,
Artib tamomi dildin har qancha g‘ilu g‘ashni,
Tanho na deb yururman topsamki ko‘z talashni,
Azbaski aqlu hushim farzaidi mehribonda.
Hozirda Chustu, Chotg‘al, Kosonga oshgaiim yo‘q,
Fikrimda yodi Mavlo behuda toshg‘anim yo‘q,
Mo‘ylabni garchi olmam yo‘ldin adashganim yo‘q,
Sel keldi deb tomoku tortarga shoshganim yo‘q,
Tark aylamay daloyil dardimni har qayonda.
Hoji to‘ra afandi qozii To‘raqo‘rg‘on,
Shuhratda nomlaridir Iso sifat Ishoqxon,
Go‘yoki bir eshondek aylab faqirni mehmon,
Qoldim ko‘rib taajjub xonalarini hayron,
Hodis demang qadimdin oshno edik nihonda.
G‘urbatni suratidii nafrat qilur ko‘ngullar,
Har bir so‘zida ammo lekin'nasimi gullar,
Yolg‘on suxan demasman bo‘ynimga solsa g‘ullar,
Bir necha shoiringiz ash’orini o‘g‘irlar,
Rost ersa, qo‘l qo‘yinglar, bu safhaga tubonda.