19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida ko‘chirilgan ko‘plab qo‘lyozma bayozlar va majmualardan Haziniy she’rlari o‘rin olgan. 1910—15 yillarda Toshkentning Orifjonov, Portsev va Laxtin matbaalarida «Bayozi Haziniy» to‘plamlari bir necha bor nashr etilgan.
Haziniy mumtoz she’riyat janrlaridan g‘azal, murabba’, muxammas va musaddaslar yozgan. Adabiy merosi 4000 misra atrofida. Shoir asarlarini g‘oyaviy mavzui boy. Uning tasavvuf ruhidagi asarlarida sof so‘fiyona ma’no va mazmun tarannum etilsa, axloqiy mavzudagi bitiklarida poklik, odamiylik, sahovatpeshalik kabi yuksak insoniy fazilatlar ulug‘langan.
Haziniyning o‘ndan ortiq g‘azallariga muxammas bog‘langan va naziralar qilingan.
«Bayozi Haziniy»ning toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. ? 12665, 14850, 15197). Farg‘ona shahrida uy-muzeyi tashkil qilingan, Haziniy nomida jamoa xo‘jaligi, bog‘, maktab, kutubxonalar bor.
* * *
Qo‘qon yaqinidagi Katta Kenagas qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Kattaxo‘ja eshon orif, she’rga havasmand ziyolilardan edi. Ziyovuddin ilk ta’limni otasidan oladi. So‘ng Qo‘qondagi Jome’ madrasasida o‘qiydi. 1897 yil o‘tgiz yoshlarida zamonasining mashhur mutasavviflaridan, qodiriya suluki namoyandasi Muhammad Hakimxon xalifaga murid tushadi va ilmi tariqatni egallab, el orasida katta e’tibor topadi.
Ayni paytda ustoz so‘fiylar an’anasiga sodiq qolib, qo‘l kuchi bilan mutlaqo mehnati evaziga kun kechirish qoidasini mahkam tutadi. Uning muttasil dehqonchilik bilan shug‘ullangani, hatto hozirgi Bag‘dod tumani Chopdor qishlog‘idagi qumloq cho‘ldan 40 tanobcha yerni o‘zlashtirib, bog‘ barpo etgani va unga «Registon» deb nom qo‘ygani ma’lum. Shuningdek, bu yerda hovuz kavlatib, atrofiga bir necha bino va tegirmon qurdirgan. Bu joy qumga tushib davolanuvchilar uchun orombaxsh maskanga aylantirilgan ekan.
56 yoshda vafot etgan. Qabri qishlog‘ida.
Haziniy o‘z davrida juda katta shuhrat qozongan shoir. Mutaxassislarning aniqlashlaricha, XX asr boshlaridagi 19 toshbosma asarda uning she’rlaridan namunalar uchraydi. «Bayozi Haziniy» to‘plami 1910—1913 yillarda 7 marotaba chop etilgan. She’rlari mashhur xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib kuylangan. Biroq sho‘ro davrida uning asarlariga yo‘l berilmadi. O’g‘li Amakixon qo‘lida saqlangan devoni 1939 yili NKVD xodimlari tomonidan olib ketilgan. Hozirgacha topilgani yo‘q.
Shoir ijodini o‘rganish mustaqillikdan so‘ng mumkin bo‘ldi. 1992 yili Qo‘qon muzeyi xodimi, filologiya fanlari nomzodi Ahmadjon Madaminovning g‘ayrat va tashabbusi bilan «Tasadduq, yo rasululloh» degan ixcham to‘plami nashr etildi. Nihoyat, 1999 yili u to‘ldirilib, A.Madaminov, O.Jo‘raboevlarning so‘zboshi maqolasi va professor Sharif Yusupov so‘ngso‘zi bilan «Devon» nomida chop qilindi.
Shoir she’rlarida, darhaqiqat, diniy mavzu yetakchi. Lekin bu shunchaki din targ‘ibi emas. Yuksak islomiy g‘oyalar, birinchi navbatda, islomiy e’tiqod va axloq bilan yashash targ‘ibidir. Komil inson targ‘ibidir. Shu jihatdan, undagi g‘oyalar bir qadar tasavvufiy mazmun kasb etadi. Muallif buni yashirmaydi. U «ishqi majoziy» va «ishqi ilohiy» nisbatini yaxshi his qiladi. Bularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaydi. Birini ikkinchisining davomi sifatida tushunadi.
Avvaldinkim majoziy ishqida umrimni o‘tkardim,
Qayu yerda parivash bo‘lsa, anga oshno bois,—
kabi satrlari yoxud:
Necha donolarni nodon ayladi ishqi majoz,
Yorning ko‘yida sarson ayladi ishqi majoz,-
matlai bilan boshlanadigan «Majoz» radifli g‘azalida buni ko‘rish mumkin.
Ayni paytda, shoir she’rlarida zamon sadolarini ham payqamaslik mumkin emas. U «nasoro bizga podshoh»lik qilib, «xonaqohda zikri haq mone’», «sharorat oshkor» bo‘lganligidan dod soladi. Boshqa bir she’rida esa, quyidagi satrlarni uchratamiz:
Voy, xor o‘ldi shariat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Bu nechuk turfa alomat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Yo yaqindirmu qiyomat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Ko‘p rivoj oldi sharorat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Barchadin ketti adolat, dinimiz bo‘ldi g‘arib.
G’AZALLAR
Jahoni bevafodin oxiri bir kun ketar bordur,
Bu dunyo bir rabot, har kim qo‘nub bir-bir o‘tar bordur.
Ishonma bog‘u rog‘ing, molu mulku taxtu baxtingga,
Quyoshdin ibrat olg‘il, turmayin oxir botar bordur.
Agar ming yil umr ko‘rsang, jahong‘a podsho bo‘lsang,
Bo‘lub xoki mazallat, go‘r arosida yotar bordur.
Ibodat aylag‘il tangrig‘a doim, uxlamay tunlar,
Imoningni salomat eltgali necha xatar bordur.
Yigitlik davrini surgil, qarib toat qilursan deb,
Savobingg‘a xudo muhtoj emas, deb o‘rgatar bordur.
Haziniy, bandalikda, bas yurursan bexabar, g‘ofil,
«Kiroman kotibayn»kim xayru sharringni bitar bordur.
* * *
Gunahga tavba aylab, emdi toat qilmasam bo‘lmas,
Xatoyu ma’siyatlarga nadomat qilmasam bo‘lmas.
Abas o‘tti yigitlik, sad darig‘o, bexabarlikda,
G’animatdur, tiriklikda ibodat qilmasam bo‘lmas.
Na yuz birla borurmiz tuhfasiz haq qoshig‘a fardo,
Hayotim boricha emdi, ibodat qilmasam bo‘lmas.
Sulukim — Qodiriya, rahbarimdur piri pironim,
Saharlar zikri ollohuni odat qilmasam bo‘lmas.
Yurub nafsim uchun shul vaqtqacha, toatni tark ettim,
Qanoat shahrig‘a borib, tijorat dilmasam bo‘lmas.
Fujuru fisqu isyonim xaloyiqlar aro shuhrat,
Madina, Makkatulloni ziyorat qilmasam bo‘lmas.
Egosiz it kabi umrum o‘tubdur darbadarlikda,
Haziniy ixtiyori emdi, hijrat qilmasam bo‘lmas.
* * *
Qayu jonlik jahong‘a kelsa, oxir o‘lmayin qolmas,
Tiriklikda xaloyiq bir-biri qadrini bilmas.
Ajab motamsaro dunyo erur, poyoni yuq, bilsam
Ki, san dunyog‘a mag‘rur o‘lmag‘il, hargiz vafo qilmas.
Ayog‘ing ostig‘a boqg‘il, hamma yer ichra pinhondur,
Manam shundek bo‘lurman, deb sani parvoyinga kelmas.
Lahad ichra yotursan, yozu qish o‘tgonini bilmay,
Ug‘ul-qiz, yoru do‘sting bir kelib sandin xabar olmas.
San o‘lgan so‘ng hama farzandlaring molingni olg‘aylar,
Sani holing nechuk kechgay qaro yerda, bular bilmas.
O’lum yoshu qari, shohu gadolarg‘a barobardur,
Biling, jon olg‘uchi elni nazarga zarracha ilmas.
Bu besh kunlik umrg‘a joyu manzil ham kerakmasdur,
O’lumni o‘ylagan odam bu dunyoga nazar solmas.
Jahannam otashini, go‘r azobin o‘ylagan odam
Sirotul-mustaqimdin o‘tmaguncha yig‘lagay, kulmas.
Haziniy, oxiratga har kishi imon bilan borsa,
O’shal yerda ani san anglagil, o‘lgan bila o‘lmas.
* * *
Bu o‘tar dunyoga, do‘stlar, bog‘u bo‘stoning g‘alat,
Barchani tashlab ketarsan, ko‘shku ayvoning g‘alat.
Har kishi dunyog‘a keldi, oxiri bir kun ketar,
Toat etmay doimo behuda yurgoning g‘alat.
O’ylagilkim, kettilar deb jumlai xeshu tabor,
Bir kuni san ham ketarsan, munda turgoning g‘alat.
Anglagil, shohu gadolarga barobardur o‘lum,
Qil safar asbobini, behuda yurgoning‘ g‘alat.
To‘sha olmasdin borur bo‘lsang xudoni oldig‘a,
Tuhfa kelturdingmu, deb so‘rgonda armoning g‘alat.
Ey Haziniy, bu nasihatga kishi solsa quloq,
Muddaiylar sanga aytur, harna ayg‘oning g‘alat.
* * *
Qo‘ydi ham ko‘ksum aro yuz ming jafolarni firoq,
Ajratib bizdin yana ko‘p oshnolarni firoq.
Vodarig‘o, hasrato, ketti hama ahboblar,
Ham judo etti yana xesh-aqrabolarni firoq.
Lof urub, olam — mani mulkum, degan shahlar qani?
Qo‘ymagay oxir, biling, shohu gadolarni firoq.
Dardig‘a topmay davo, ketti Falotundek hakim,
Oldi yer qo‘ynng‘a ko‘p aqli rasolarni firoq.
Ahmadi Muxtor kettilar jahondin, do‘stlar,
Yuz yigirma to‘rt ming ham avliyolarni firoq.
Shoh bo‘l, xohi gado, dunyo vafo qilmas sango,
Barchamizni qo‘ymag‘ay ham rahnamolarni firoq.
Ey yoronlar, bilsangiz, dunyo erur qo‘hna rabot,
Xotun, erkak qo‘ymagay ham yosh balolarni firoq.
Xonaqoda o‘lturub zikr aylagan shayxlar qani?
Jonini oldi, biling, ko‘p avliyolarni firoq.
Naqdi umringni dilingga olgucha toatda bo‘l,
Ey Haziniy, aytasan zikru sanolarnn firoq.
* * *
Xalildek otashi Namrudga kirsam, o‘lsa gulzorim,
Himoyat aylagay xoliq, o‘zi bo‘lsa xaridorim.
Chiqibon ko‘hi Turga, «rabbano» deb man sado qilsam,
Nidoyi «lantaro»nikim mango yetkur Sattorim.
Boshimg‘a arra qo‘ysa, Zikriyoni zikrini aytsam,
Xudog‘a ma’qul o‘lg‘aymu mani bu fe’lu atvorim.
O’shal Yahyo kabi cho‘llar aro ohu navo qilsam,
Egamni dargahiga manzur o‘lg‘aymu mani zorim?
Vujudimg‘a tushub qurtlar o‘shal Ayyubi sobirdek,
Qazosig‘a rizo bo‘lsam, mango rahm etsa G’afforim.
Kechibon taxtu baxtimdin o‘shal Ibrohim Adhamdek,
Chaqirgaymu gadolikka qiyomat kun talabgorim?
Firoqi Layli birlan yig‘lasam monandi Majnundek,
Kelib holimni so‘rganmu o‘shal kun joduvash yorim?
Iloho, Mustafoni hurmatidin kech gunohimni,
Haziniy osiyman, avf et, xatoga ketsa guftorim.
* * *
Siz ani odam demang, ko‘nglida himmat bo‘lmasa,
Balki imoni xatarlik, anda g‘ayrat bo‘lmasa.
Kimki johildur, biling, hamdu sanoda xordur,
Mo‘‘mini sodiq emas ul, tanda jur’at bo‘lmasa.
Qoni bo‘lsa qatra nayson gar, sadaf durr bo‘lg‘usi,
Badnihode qolgusi, anda qanoat bo‘lmasa.
Hotami Toy kofir erdi, kuymadi do‘zaxda, bil,
Kuydurur erdi egam, anda saxovat bo‘lmasa?
Foniy dunyodin lahadga dastxoli bormagil,
Na qilur xoliq sani, tuhfang ibodat bo‘lmasa?
Jon berar vaqtida shaytondin o‘zing qil ehtiyot,
Bandalik noming g‘alat, imon salomat bo‘lmasa?
Xalq aro rasvo bo‘lubman deb, Haziniy, g‘am yema,
Yetmagay hech kim salomatga, malomat bo‘lmasa?
* * *
Ey banda, xudo yo‘lida toatni unutma,
Ro‘zu shabu har lahza, ibodatni unutma.
Jon boricha izlab, tunu kun haqni rizosin,
Albatta, birodar, bu nasihatni unutma.
Bu foniy jahon ayshig‘a mag‘rur bo‘lubsan,
Diydori xudo birla u jannatni unutma.
Ming yil yashasang, oxiri bir kun o‘ladursan,
Oxir bo‘lasan, xoki mazallatdga unutma.
Hech kimg‘a vafo qilmadi, dunyoni bilursan,
Sango keladurgon u kun, navbatni unutma.
Ey odamiyzod, aslingu nasling sani tufroq,
Yalg‘uz yotar birla qiyomatni unutma.
Shukr ayla, Haziniy, sani olamg‘a kelturdi,
In’omi xudo, rizq ila ne’matni unutma.
* * *
Xudoni yodi birla yig‘lagil shomu saharlarda,
Yaqongni chok etib, san yig‘lagil shomu saharlarda.
Fig‘on aylab, gunohing vahmidin qo‘rqub, nadomat qil,
Alam o‘tig‘a bag‘ring dog‘lagil shomu saharlarda.
Ayo tolib, o‘zingni tashlagil haqni rizosig‘a,
Riyozat po‘tasini bog‘lagil shomu saharlarda.
Ayo, ey bexabar odam, o‘lumni yod qilmassan,
Ketib xeshu taboring, o‘ylagil shomu saharlarda.
Sirot ul-mustaqim otlig‘ yo‘lungda bir xatar bordur,
O’tarni, ey birodar, ko‘zlagil shomu saharlarda.
Jahannamni azobidin o‘zingni qutqaray desang,
Tilingni ma’siyatdin saqlagil shomu saharlarda.
Iki olam murodig‘a yetay deb orzu qilsang,
Haziniy, rohi Bag‘dod ko‘zlagil shomu saharlarda.
* * *
Vafo qilmas jahon bizgaki, ul odam ato o‘tti,
Ko‘ring, ikki jahonni sarvari ul Mustafo o‘tti.
Kecha-kunduz Rasulullohni oldidin judo bo‘lmas
Abu Bakru Umar, Usmon, Aliyi Murtazo o‘tti.
O’lum changolidin oxir qutulmas jonu jonvarlar,
Nechukkim, ul Hasan birlan Husayni Karbalo o‘tti.
Jahondin anbiyoyu avliyo yig‘lab kecha-kunduz,
O’turmiz, deb o‘lumni vahmi birlan mubtalo o‘tti,
O’lumni dastidin, do‘stlar, yurak-bag‘rim kabob o‘ldi,
Nechukkim, keldi navbat bizga, ul ota-ano o‘tti.
Ko‘ring, bu intizoru xastadil aylab Haziniyni,
Yurub der darbadar doimki, umri bebaho o‘tti.
* * *
Siza jon fido, yo hayot an-nabiy,
Qilay man gado, yo hayot an-nabiy.
Otingiz — Muhammad, rasuli xudo
Ki, siz Mustafo, yo hayot an-nabiy.
Ki, xayrul-bashar, sayyid al-mursalin,
Risolatpano, yo hayot an-nabiy.
Mani osiyni yetkurur ravzaga
Qachon ul xudo, yo hayot an-nabiy?
Tavof aylasam xonayi Ka’bani,
Budur muddao, yo hayot an-nabiy.
Qolay «Jannatul-Baqya» xokida man
Ki, yetsa qazo, yo hayot an-nabiy.
Hama ummatingiz umid aylashur
Ki, ro‘zi jazo, yo hayot an-nabiy.
Haziniy duosi bo‘lurmu qabul,
Bu g‘arqi guno, yo hayot an-nabiy?!
MURABBA’LAR
Mustafoga dunyo vafo qilmadi,
Zikriyoga dunyo vafo qilmadi,
Anbiyoga dunyo vafo qilmadi,
Avliyoga dunyo vafo qilmadi.
Abu Bakru Umar, Usmon, Alini,
Zuhra birlan Hasan, Husayn al valini,
Oldi ajal barcha mursal-nabini,
Murtazoga dunyo vafo qilmadi.
Qayon ketti o‘ttuz uch ming sahoba
Kim, yuttilar hasrat birla xunoba,
Dunyo erur bir raboti xaroba,
Rahnomaga dunyo vafo qilmadi.
G’avsul A’zam avliyolar rahbari,
Ul Muhammad ummatini g‘amxori,-
Masihoga jon bag‘ishlar guftori,
Muttaqoga dunyo vafo qilmadi.
Tohirni ko‘r, Zuhroga dil bog‘ladi,
Ishq o‘tig‘a yurak-bag‘rin dog‘ladi,
Tig‘ ustida o‘lmoqlig‘in chog‘ladi,
Ul shahloga dunyo vafo qilmadi.
Ul Mavlaviy Jomiy bilan Hamdamim,
Mirzo Husayn der erdilar mahramim,
Bahrom aytur, dilu jon-Gulandomim,
Haziniyga dunyo vafo qilmadi.
* * *
Olam aro yozding ani shuhratin
Sanga yaqin kimki tutsa millatin
San suyarsan beshak ani ummatin,
Rahmatingdin bizni raho qilmag‘il.
Abu Bakru Umar, Usmon, Alini,
Soqiy etting kavsaringga Alini,
Bizga rahbar qilding shundog‘ nabini,
Hurmatidin bizga jazo qilmag‘il.
Hasan-Husayn, Xayrunniso hurmati,
Bandam degil, kull anbiyo hurmati,
Avliyoyi ahli rizo hurmati,
Haziniyg‘a fardo jazo qilmag‘il.
Bir yor uchun tongla rasvo qilmag‘il,
Sharmandayi ro‘zi jazo qilmag‘il,
Nomasiyah, vohasrato qilmag‘il,
Tongla safi qavmi tarso qilmag‘il.
Mustafoni bizg‘a qilding payambar,
Shafqatlari biz osiyg‘a barobar,
Ummatlarg‘a pushtu panohi mahshar,
Rasulingni bizdin judo qilmag‘il.
MUXAMMASLAR
Ikki olamda erursiz osiylarga rahnamo,
Rahmatan-lil-olamin, deb ko‘z tutar ro‘zi jazo,
Qabringizda mavj urodur, rahmati nuri xudo,
Har kishi qilsa ziyorat, dardiga topgay davo,
Ravzayi pokingga keldim, yo rasuli Mustafo.
Bir nazar qilgil mango.Odam safiyni hurmati,
Ham Halili bosafo, Nuhi nabini hurmati,
Ham Abu Bakru Umar, Usmon, Alini hurmati,
Yuz yigirma to‘rt ming o‘tgan nabini hurmati,
Ravzayi pokingga keldim, yo rasuli Mustafo.
Tanda-jismimda imon, shoista qilgil tavbaga,
Ul umid birlan borib boshimni ursam ravzaga,
Hazrati Odam duosi bo‘ldi maqbul Ka’baga,
O’lmasidin bul Haziniykim, boribdur Baqyaga,
Ravzayi pokingga keldim, yo rasuli Mustafo.
* * *
Voy, xor o‘ldi shariat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Bu nechuk turfa alomat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Ye yaqindurmu qiyomat? Dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Ko‘p rivoj oldi sharorat, dinimnz bo‘ldi g‘arib,
Barchadin ketti adolat, dinimiz bo‘ldi g‘arib.
Tavba denglar, ey birodarlar, turub shomu sabo,
Aylashib zoru tazarru’lar, tilang haqdin pano,
Doimo toat-ibodatda bo‘lub, aylang duo,
Shoyad etsa rahm rabbim podshoh, bizlar gado,
Jurm etib, qilmay nadomat, dinimiz bo‘ldi g‘arib.
Xonaqoda zikri haq mone’, sharorat oshkor,
Barcha nokaslar hukumatda sayiddur, xoja xor,
Kimda dunyo bo‘lsa, holo xalq ichra e’tibor,
Olimu shayxi zamon xilvatda yig‘lar zor-zor,
Jorii bo‘lmasdin shariat, dinimiz bo‘ldi g‘arib.
Yaxshilarga sabr qilmakdin bo‘lak yo‘qtur iloj,
Bu na mushkuldur, musulmonlar berur mushrikka boj,
Turmayin Farg‘ona ichra emdi, Baytulloga qoch,
Jurm etib, qilmay nadomat, dinimiz bo‘ldi g‘arib,
Har qayonda bo‘lsa, donolarni holo bag‘ri qon,
Bu falak raftori kaj dastidin aylarlar fig‘on,
Qo‘l yaqoda, tavba deb aylang .yana piru javon,
Bexabar turma, Haziniy, anqarib oxir zamon,
Vodarig‘o, bu na hikmat, dinimiz bo‘ldi g‘arib.
* * *
Ul shariat mazhari ro‘yi g‘ubor o‘ldi, darig‘,
Ketti holo ravnaqi islom, xor o‘ldi, darig‘,
Qozilar hukmi, ajab, bee’tibor o‘ldi, darig‘,
Zikri haq mone’, sharorat oshkor, o‘ldi, darig‘,
Yaxshilarga turgali Farg‘ona tor o‘ldi, darig‘.
Kimni imoni qaviy bo‘lsa, o‘shal hijrat qilur,
Ul Madina shahriga borsam, debon niyat qilur,
Ravzayi payg‘ambarimni oldida xizmat qilur,
Zindalikda o‘lmayin ul joyini jannat qilur,
Ba’ziga bormas bahona ravzaga o‘ldi, darig‘.
Mardu zan, yoshu qarida qolmadi sharmu hayo,
Bu sababdin boshimizga yog‘ilur turluk balo,
Kim erur sohibhukumat, shevadur ango g‘izo,
Bebizoat xordur, izzatda holo ag‘niyo,
Ba’zilar dunyo uchun dindin guzor o‘ldi, darig‘.
Dinimiz bo‘ldi g‘arib, bu xalq holo bexabar,
«Ko‘p alomatlar bo‘lub o‘tgay»,— dedi,— xayrul-bashar
Kim, hadisi Mustafo chun «Qulli yavmindur batar»,
Deb edi, «Ummatlarim dunyo uchun dinin sotar»,
Pul uchun mushriklara mo‘‘min qaror o‘ldi, darig‘.
Tavba denglar, ey birodarlar, turub shomu sahar,
Qo‘l ochib qilsang duo, bergay xudo dinga zafar,
Na alomat, na qiyomat, necha yo‘l kuydi qamar,
Turma bu yerda, Haziniy, ravzaga qilg‘il safar,
Anqarib Dajjol xar uzra suvor o‘ldi, darig‘.
* * *
Kimki haqqa bandadur, farmonidin ayrilmasun,
Kecha-kunduz toati subhonidin ayrilmasun,
Barcha mo‘‘min rahmati rahmonidin ayrilmasun,
Payravi Ahdam — shafoat konidin ayrilmasun,
Jon berarda gavhari imonidin ayrilmasun.
Haq taolo dedi do‘stim tun-sahar bedorni,
Va’da qildi onlara jannat ila diydorni,
Haq suyar, qilsa saxovat banda harna borin,
Rahmatidin benasib etgay chu dilozorii,
Tongla rohat istagan ehsonidin ayrilmasun.
Bu jahong‘a kim kelibdur, bo‘lmasun baxti qaro,
Ushbu illatga kishini qilmasun haq mubtalo,
Bu kasal hargiz tuzolmas, dorusi yo‘q, bedavo,
Sud yo‘q, ko‘kdin tushib Iso ango qilsa duo,
Rahmati haq doimo insonidin ayrilmasun.
Odam o‘g‘lig‘a ajal kelguncha yurgay bexabar,
Oxiratni o‘ylamas, ko‘nglida yo‘q havfu xatar,
Moli dunyoni yng‘ushturgan bilan tashlab ketar,
To qiyomat tongi otquncha hamon go‘rda yotar,
Hasrato birla o‘tub, xandonidin ayrilmasun.
Yoru do‘stu aqrabolardin judo qilgan firoq,
Hasratu anduh ilan qaddim duto qilgan firoq,
Barchani xoki mazallat ichra jo qilgan firoq,
Bir-biridin ajratib sohibazo qilgan firoq,
Bu Haziniy, doimo suygonidin ayrilmasun.
* * *
Nazar sol osiy ummatga, tasadduq, yo Rasululloh,
Hamisha kori g‘aflatga, tasadduq, yo Rasululloh,
Mani boshlang hidoyatga, tasadduq, yo Rasululloh,
O’shal mahsharda jannatga, tasadduq, yo Rasululloh,
Soling daryoyi rahmatga, tasadduq, yo Rasululloh.
Yig‘ilsa avvalu oxir o‘shal sahroyi mahsharga,
Xaloyiq ergashurlar barchasi hodiyu rahbarga,
Tarahhum qil o‘shal soat bizningdek osiy, muztarga,
Borurmiz barcha tashna suv tilab soqiyi kavsarga,
Berar ahli saodatga, tasadduq, yo Rasululloh.
Xudo qozi bo‘lub, tongla gunohimni hisob etgay,
«Hama bandam mani qoshimg‘a kelsun!» deb xitob etgay,
Muhammadga kimikim ummat ermastur, azob etgay,
O’shal kunni kishikim, o‘ylasa doim, savob etgay,
Yetar ummat sharofatga, tasadduq, yo rasuluiloh.
Lahaddin bosh ko‘targanda hama vohasrato derlar,
Qiyomat shiddatidinkim hama vovaylato, derlar,
Hama ummatlaring yig‘lab yana yo Mustafo, derlar,
Muhammad sajdaga boshin qo‘yib, voummato, derlar,
Qolur ummat xijolatga, tasadduq, yo Rasululloh.
Tarozug‘a solur a’mol elini ul qiyomatda,
Gunohidin savobi ko‘p esa, albatta rohatda,
Bihisht ichra kirar, huru qusur birlan farog‘atda,
Haziniy osiy ummat, saqlagil hifzu himoyatda,
Qilay jonimni hazratga tasadduq, yo Rasululloh.
* * *
Fikr birla aylagil shafqat o‘lumdin ilgari,
Dargohiga aylagil xizmat o‘lumdin ilgari,
Jurm etgonnngga qil hasrat o‘lumdin ilgari,
Ro‘zu shab tangriga qil toat o‘lumdnn ilgari,
Manzilingni aylagpl jannat o‘lumdin ilgari.
Jon amonatdur jasad ichra, g‘animat — zindalik,
Tangriga purgirya bo‘lgil, bo‘lmagil ko‘p xandalik,
Ro‘zi mahsharda shaqovat xalq aro sharmandalik,
Haq taologa qilinglar zindalikda bandalik,
Yelga dining bermagil — g‘aflat, o‘lumdin ilgari.
Ey birodar, har kishi vaqti sahar bedordur,
Haq taolo, bil, o‘shandog‘ bandasiga yordur,
Toatimiz dilga jannat bilan diydordur,
Haq taoloni rizosi sanga ko‘p darkordur,
Haq sani bandam desa, davlat, o‘lumdin ilgari.
Bu o‘lum haq barchamizga, o‘ylagil, ey oshno,
Bil, nazar qilg‘il, qayon keti! tamomi anbiyo,
Bir nafas qo‘ymas jahon ichra, agar yetsa qazo.
Hasrato birla ketarsan, mulku ashyo bevafo,
Ol go‘ristonga borib ibrat o‘lumdin ilgari.
Pirga qo‘l ber boriyozat, ketmaynn ostonadin,
Pir misoli sham’i ravshan, ibrat ol parvonadin,
Yodi haq birla bo‘lub, saqla tiling afsonadin,
Ket, Haziniy, ravzayi Ahmadga san Farg‘onadin,
Dam g‘animat, aylagil hijrat o‘lumdin ilgari.
* * *
Kulli ashyoni egam qudrat bilan bor ayladi,
Bandalarga bir necha sun’ini izhor ayladi,
Ba’zini gumroh etib, ba’zini hushyor ayladi,
Necha mursallar etib, mushrikni inkor ayladi,
Kimki kim imoni yo‘qtur, doxili nor ayladi.
Odam o‘g‘lin yer yuziga nechasin sulton etib,
Davru davron surdirib, ko‘ngullarin xandon etib,
Bu o‘lumdin bexabar yurdi alar, javlon etib,
Taxtu baxtini ajal bir kun ani vayron etib,
Barchasin xoki mazallatga giriftor ayladi.
Ba’zisin qildi g‘aniy, bir nechani qildi g‘arib,
Dasti ko‘tohlik bilan doim alar g‘amga qarib,
Bul jahondin o‘ttilar javru jafolarni ko‘rib,
Munda yig‘lab o‘tguchi rohat ko‘rar anda, borib,
Bul jahonda yaxshilarni barisin xor ayladi.
Kim g‘arib bo‘lsa agar, ko‘nglida ko‘p anduhu g‘am,
Doimo eldin yetar onlarg‘a ham javru sitam
Kim, jarohatdur yurogi barisi, ko‘rsa alam,
Bu falakdin boshiga kulfat yetodur dam-badam,
Kotibi qudrat ani g‘urbat bilan yor ayladi.
Aksari odamg‘a farzand bermadi hargiz xudo,
Ba’ziga bergonini qo‘ymay yana oldi qazo,
Ona birla otasin qon yig‘latib, qildi judo,
Ushbu illatg‘a kishini qilmasin hech mubtalo,
Ey Haziniy, ba’zini farzand uchun zor ayladi.
* * *
To yetim bo‘lmay kishi, bilmas atoni qadrini,
Jonu dilda tarbiyat qilg‘on anoni qadrini,
Bilmagay hech kim ako birlan ukoni qadrini,
Bir necha xeshu taboru aqraboni qadrini,
Ajragay-bilgay ako birlan ukoni qadrini.
Tandurustlik lazzatin bemor bo‘lganlar bilur,
Ko‘p yotib, farzandlarig‘a xor bo‘lganlar bilur,
Boshi yostiqda yotib afgor bo‘lganlar bilur,
Parchae non qadrini ko‘p zor bo‘lganlar bilur,
Qimki man-manlikda, bilmaydur g‘izoni qadrini.
Do‘stu dushman, har kishi, begona, xohi oshno,
Qochqusi boshingga mushkil tushsa, sandin bevafo,
San uchun ul bevafo ulfat qilurmu jon fido,
Do‘st qadrii bilmagay, boshig‘a .tushmasdin balo,
Qariyu a’mo bo‘lub, bilgay asoni qadrini.
Qo‘lda moling borida begonalardin yor ko‘p,
Davlating ketsa agar, dildordin ag‘yor ko‘p,
Ham qadimiy hamnishinlardin sango ozor ko‘p,
Suhbatingdin ihtiroz aylab yana bezor ko‘p,
Mardumi Farg‘ona bilgay ag‘niyoni qadrini.
Bul jahonda ba’zilarni ayladi tirnoqqa zor,
Ba’zilarga xoliqim farzand berdi beshumor,
Ba’zini qildi aziz, bir nechalarni qildi xor,
Harna qilsa holiqim, shukr aylagil layli nahor,
Bil, Haziniy, sidq ila shukri xudoni qadrini.
MUSADDASLAR
G’amguzore bul jahon, bir-bir ketarni o‘ylasun,
Yurmasun yalg‘uz, kishi rohi xatarni o‘ylasun,
Vaqti yetganda amonatni tutarni o‘ylasun,
Bul qaro yer barchani bir-bir yutarni o‘ylasun,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.
Moli dunyoni yig‘ushturgan bilan bir kun qolur,
Jon amonatdur kishiga, oxiri bir kun olur,
Ko‘p xaloyiq mol uchun o‘zini kulfatga solur,
Har kishi dunyoga keldi, bilsangiz, oxir o‘lur,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.
Anbiyoyu avliyolar o‘lmayin qolgoni yo‘q,
Qullu nafsin zoiqatul-mavtni bilgoni yo‘q,
Barcha ketganlar bu dunyoga taqi kelgoni yo‘q,
Qaysi soat jon berorini kishi-bilgoni yo‘q,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.
Bandalik qilg‘il tiriklikda, g‘animatdur nafas,
Kecha-kunduz yig‘lamoqni, ey birodar, qilma bas,
Ushbu dunyo ishlari, behudadur hoyu havas,
Jon misoli andalibdur, bu jasad misli qafas,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.
Ushbu dunyodin guzar qildi o‘shal Odam ato,
Shish payg‘ambar ila Nuhi nabi, vohasrato,
Ham yana Ibrohimu Ismoilu ham Zikriyo,
Mustafo ketti, Haziniy yig‘ladi «vo ummato»,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni o‘ylasun,
Har kishi yer ostida yalg‘uz yotarni o‘ylasun.
* * *
Ko‘ngulni, ey birodar, bog‘lama dunyoga, hijrat qil,
Tiriklik, bil g‘animat, turmayin uqboga hijrat qil,
Bino qo‘yma imorat mulk ila ashyoga, hijrat qil,
Kechib, Farg‘ona mulkini berib tarsoga, hijrat qil,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qil,
Madina — ravzayi poki rasululloga hijrat qil,
Tugandi emdi dunyo, ey birodarlar, bo‘ling ogoh,
Dari tavba yopilmay, ketma-sang holingga vovaylo,
Xuruji qoldi emdi Mahdiyu Dajjol ila Iso,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qnl,
Madina — ravzayi poki rasululloga hijrat qil.
Hama shug‘l ayladi holo zino birlan sharoratga,
Xudoga bandaman, derlar bo‘yun sunmay ibodatga,
Kerak hijrat qilish payg‘ambarim yotgan viloyatga,
Yaqin turmoq uchun yetgay qiyomatda shafoatga,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qil,
Madina — ravzayi poki rasululloga hijrat qil.
Saydu xoja, mullo, yaxshilarga zarra hurmat yo‘q,
Faqirlarning dilida zarracha sabru qanoat yo‘q
Ki, ustoz birla shogird ham muriddin pirga xizmat yo‘q,
Nechuk hikmat, Haziniy, xonaqolar ichra suhbat yo‘q,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qil,
Madina—ravzayi poki rasululloga hijrat qil.