OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Mavlono Is'hoq (XIV asr)

* * *

Nazar qil bizga bir soat, ayo mahbubi ruhoniy,
Aningtek bizni xush ko‘rkim, bekansun ahli rux oni.

Ko‘zumning bobaki ichra xayoling naqsh erur mutlaq,
Yana aqlim sening husnung tangirg‘ab fikri hayroni.

Zanaxdoning qudug‘inda ko‘ngul Iskandari tolib,
Ajabtur anda bo‘lmasa Xizrning obi hayvoni.

Boshimni ovchima oldim, firoqing mavjina tushtum,
Yetur vasling kemisinkim, erishti Nuh to‘foni.

Ko‘rarman har kecha tushta qaro zulfingni zanjirtek,
Ne kelturgay bu boshimg‘a ajab ul tush parishoni.

Manimtek necha oshiqlar sening husning xayolinda,
Boshi yostuqqa tegmagay, to‘shak ham ko‘rmagay yoni.

Zamona xo‘blari da’vo qilurlar husn mulkinda,
Kel, ey Is'hoq miskinning ulusta inja sultoni.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.