OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tug‘lixo‘ja (XIV asr)

* * *

Nigoro, ko‘z uchi birla boqing men qul qaroqing‘a,
Ko‘zum yoshi oqa tutshu tushubman bu qaro qing‘a.

Ko‘zumdin oncha sel oqti, oqindin to‘ldi bu olam,
Uzum girda borur cho‘btek, borur bo‘ldum har oqing‘a.

Ayo, ey ko‘rk eli xoni, olib olmas teyu elga,
Axir solma meni kunda qilich yanglig‘ qaro qing‘a.

Visoling ravzasindin bu zaif ko‘nglum bo‘lub xurram,
Soqinma, menda bor toqat sizingtek shah qaroqing‘a.

Pechalar ko‘nglini olding o‘shul jodu qaroq birla,
Pechalarni asir qilding firoqiigda qaro qing‘a.

Qaroqi uzra qir tomsa masal ayni qaroqing‘a,
Suluktek barmoqing oqi urur ta’na qaro qing‘a.

Tilamas sensizin Tug‘li yoshi yuzga yetar bo‘lsa,
Senung tobg‘ungda faxr etgay umrning qisqaroqing‘a.

 

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.