OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Husan Ravshan (1987)

1987 yilda tug‘ilgan. “Kelajak ovozi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan. She’rlari va hikoyalari davriy matbuotda muntazam chop etilmoqda.
 
 * * *
 
Mening ko‘zlarimda jo‘sh urar sevinch,
Boshimga baxt qushi qo‘ndi, birodar.
Yashamoq, gullamoq keldi imkoni,
Bizning davronimiz osmonga qadar.

Shu ulug‘ zaminda eng buyuk ne’mat,
Erkinlik demakdir, osuda yashash.
Orom topar bunda bobolar ruhi,
Vatan mehring xuddi quyoshga o‘xshash.


 * * *
 
Kim bo‘libman, sizni sevishga,
Sizni sevsin: Farhod, Majnunlar.
Haqqim yo‘qdir, yorim deyishga,
Sochingizni erkalar tunlar.

Men – bir oddiy, sodda bolaman,
Siz – samoda porlagan yulduz.
Siz – butun borliqning malikasisiz,
Men esa yashadim, tunlarda yolg‘iz.

Oxiri yo‘q sog‘inchman balki,
To‘fondayin uchadi dardlar.
Sizga borib – yetmay, qaytadi,
Oy nuridan bitilgan xatlar...

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.