QORLI TONG XAYOLI
Mo‘‘jiza yuz bergan:
Kechagina boshqa edi hammasi:
ayozdan qorayib yotardi yo‘llar;
Shamol teraklarning boshiga minib,
yupqa yaproqlarin yulardi.
Anorlar ko‘milgan sokin sayhonlik
tortmasdi hech kimning e’tiborini.
Mu’jiza yuz bergan;
Teraklar - alpqomat yigitlar:
egnida oq po‘stin, boshida oq bo‘rk.
Hatto qamchisining dastasi kumush.
Sayxonlik bag‘rida haybatli otlar
kunchiqish tarafga qarab oromda:
olmos egarlari qamashtirar ko‘z.
Mo‘‘jiza yuz bergan:
Mening nazarimda, hozir yigitlar
mudroq tulporlarin uyg‘otib shoshqin,
Dunyoning qaysidir parchalarida
parchinlangan Erkni qutqarmoq uchun
buyuk kurashlarga kirib ketadir.
Ular jim... men ham jim.
Nimadan cho‘chiysiz, og‘alar.
Axir to‘rt tomonning yo‘llari yorug‘.
Butun ishonch bilan turibman hamon,
Mo‘‘jiza yuz bersin!
QISH YAXSHI
Teraklar o‘xshamas ozgin o‘smirga,
Bukchaygan tollarga o‘xshamas tollar.
Qish kiyim tiqdirdi bariga birday,
Oqshomda qo‘li gul chevarlar yollab.
Ko‘proq ko‘rganiga ishonar ko‘zing,
Tegrangda podsholik qilar oq ranglar.
Shu xayol hovurin isitib ko‘ksing,
Labingda chiroyli ovoz jaranglar.
Quyosh qizdirmaydi, lekin yarqirab
Yorug‘lik sochadi. Yorug‘lik aziz.
Boshingni devorga turmaysan tirab,
Topasan oyog‘ing sigadigan iz.
Kuychisiz saltanat g‘arib sanapar,
G’ariblar safiga qo‘shilmaydi qish.
Munojot aytmasa hamki qarg‘alar,
Har qalay ho‘kizmas, sayraydigan qush.
Daryoni sog‘insang, yotmaysan bo‘zlab,
Qirgoqqa chiqasan. Qaraysan pastga.
O’zini ko‘rsatmay hikmatlar so‘zlab,
Tip-tiniq daryolar oqadi asta.
Qish yaxshi. Faqat bir kichik nuqsi bor:
Yo‘llar muz. Muz amri bilan yurasan
Erkingda yurmakni etsang ixtiyor,
Qulaysan. Manglaying yomon yorasan.
HAQBOY BUVANING SODDA FALSAFASI
(1973-83 yillar)
Rahmdil bo‘lsa bor davlatboshilar:
avval o‘z elini etsa osoyish,
buyursa kuchiga yarashug‘lik ish,
qondirsa chanqoqning tashnaligini,
tindirsa ochlarning nolalarini.
Yana odil bo‘lsa davlatboshilar:
bitirsa kishining baxnaligini,
ayniqsa, ezmasa bolalarini.
Yana botir bo‘lsa davlatboshilar:
o‘ldirsa zaharli yolg‘onni,
do‘stiga xiyonat qilg‘onni.
So‘ngra o‘sha ulug‘ davlatboshilar
bir-birini ortidan aytmasa g‘iybat,
tinch qo‘ysa bobosi - otalarini.
Dasturxon boshida so‘ylashsa baland
yuzma-yuz o‘tirib xatolarini.
Qisqa kunda qirq bor buzmasa sarhad,
Azasiga borsa, borsa to‘yiga.
Huda-behudaga sochmasa tanga,
Ko‘mak so‘raganda bo‘lsa tanti, mard.
Shunda osongina tinchir-ku olam,
Gapim nodurustmi yo shoir bolam?.
NAFRAT
Bolalari qirib tashlangan ona –
Gullari yulingan daraxt sen emas,
Baxtning nasibasi - bebaxt sen emas,
U o‘zga turkiydir - dali-devona,
Bekajon, jon shirin, ko‘zlaringni yum!
Xonlar qopchig‘ini to‘ldirgan ayol –
Panjalari bo‘m-bo‘sh Sabr sen emas,
Bo‘shlig‘i joniga jabr sen emas,
U o‘zga turkiydir - siqilgan anor,
Bikajon, jon shirin, ko‘zlaringni yum!
Erlar egik kun ham tik qolgan ayol,
Yovga tiz cho‘kmagan beklik sen emas,
Izg‘iringa qarshi ko‘klik sen emas,
U o‘zga turkiydir - olis bir xayol,
Bikajon, jon shirin, ko‘zlaringni yum!
Ha, zarba emassan, emassan turtki,
Mudroqlik sen emas, g‘aflat sen emas,
Yo isyon sen emas, nafrat sen emas,
U o‘zga bir turkiy, sen qanday turkiy?
Bikajon, jon shirin, ko‘zlaringni yum!
GINA
Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?
"Taxtlimiz" desam-da,
"Baxtlimiz" desam-da,
"Jasorat" desam-da,
"Matonat" desam-da
"Xiyonat" desam-da
Boshing silkiysan.
Ba'zida boshingni ushlagim kelar,
Bo'yningdan bo'g'izlab tashlagim kelar,
Qora ko'zlaringga termilsam lekin,
Qadoq qo' llaringga termilsam lekin
O'zimning boshimga mushtlagim kelar.
Men sendan nima deb gina qilayin?
MENDAN NE ISTAYSAN?
Mendan ne istaysan - igna tilimda,
Mendan ne istaysan - lablarimda ip.
Ko'ksimda juftlangan - ikki qo'lim ham,
Boshim bitta deya turibman egib.
Mendan ne istaysan - quyida ko'zim,
Kiprik ushlamasa, ketar to'kilib.
Cho'kkalab vashashga ko'nikkan tizim -
Tiklashga urinsam, titrar bukilib.
Mendan ne istaysan, o'g'lim - hali yosh,
Hali guldurolmas, hali chuldirar.
Bola nafrat bilan bexos otsa tosh,
Qari qumursqaga tegib o'ldirar.
Yana ne istaysan: yaragimmi bir,
Haqsizliging solgan alam-titrog'i,
Sen undan qo'rqmaysan - bilasan, axir,
Yurak xudo emas, yo'qdir tayog'i!
SO'ZIM
So'zim yetti o'lchab bir qiydim,
Qo'llarimga guldasta tutib,
Egnimga ham gullibos kiydim.
Gulga o'xshab ko'rindim endi,
Atrofimda "shit-shit"lab yurgan
Gumonlarning sharpasi sindi.
Bizlar ko'pmiz. Oy - kumush huqqa.
Shivirlaymiz unga va yana
Shivirlaymiiz yurak - quduqqa.
Bari yaxshi. Hammasi go'zal.
Faqat yurak quduq tubida
Iskandarning shoxiga mengzab
Tarvaqaylab o'smoqda so'zlar.
KIMNI SUYIBMAN
Men suyib, men suyib-
kimni suyibman?
Cho' lpon
Sevgimni daryoga tashlasam agar
suvlarga qo'shilsa, ichsa baliqlar
sayragan bo'lardi bulbullar kabi.
Sahroga tashlasam, yesa ilonlar
bari parilarga aylanib qachon
malika bo'lardi shahzodalarga.
Toshbaqa totinsa, qo'shqanot bog'lab,
Ko'tarib kelardi Bog'i Eramni.
Sevgimni kechaga sochsaydim agar
oy quyosh bo'lardi,yulduz ham quyosh.
Men buyuk sevgimni senga heribman.
Baliqlaring baliq,
Iloning - ilon.
Toshbaqang - toshbaqa.
Kechaning kunduzga qadamlari sust.
Sevgim kuchsizmikin,
yo sevgim essiz?
Tillanmog'ing uchun,
uchmog'ing uchun,
kechadan batamom
kechmog'ing uchun,
Ayt, qancha xohlasang, shuncha suyarman,
Ayt, qandoq xohlasang, shundoq suyarman!
* * *
Tong, osmonga so'ylading ne so'z -
Rangiga qon yugurdi birdan.
Yomg'ir, nima deding giyohga -
Egik boshin tlkladi yerdan.
Shamol, bog'da so'ylading ne so'z -
Lol barglarning tili ochildl.
Qaldiroq,ne deding kechaga -
Ko'r ko'zidan uchqun sochlldi.
O'zgartishga qodir bu so'zni
Ayt, tablat - eshittir haqni:
Turg'iz, yirtiq sabr ko'ylagin
Yana yamab o'tirgan xalqni!
* * *
Senga ishonmayman bu Erkrni, ey tan,
Qo' rqmayman,qo'rqinch, bir qafas deb seni.
Qora kishanlarni kiyganda Vatan
O'trang liboslarda yurding yasanib.
Hamon oromingning suvrati - yoyiq,
Tonggi tushlaringdan anqir yog' isi.
Boshing xitob emas, nuqtadir - tasdiq,
So'qmog'ing so'qmoqmas, chiziqning izi.
Senga ishonmayman bu Erkni, jism,
Ruhimga va'dalar etma - salmoqdor.
Tiriklik qo'lida xizmatkorsan - jim
Sen qattiq qo'rqasan o'lib qolmoqdan.
KINOYA
Ah-ha, aytganlarday aytingiz, Bikam,
Ah-ha, qaytganlarday qaytdingiz, Bikam.
Tuzuklar - yasangan fohisha,
Kuchanik nutqlar - bo'sh shisha.
Quvonchlar, ilinjlar - muzqaymoq,
Va'dalar - sim qarmoq, cho'p qarmoq.
So'zingizga gullar qadaysiz, Bikam,
O'lgingiz kelmasa chidaysiz, Bikam.
Sadoqat - bo'ysungich - cho'ri, qul,
G'ururlar - sovuq kul - o'chgan kul.
Sobitlik - yolg'izdir - oroldir,
Ozodlik - yarimjon hayoldir.
So'zingizga gullar qadaysiz, Bikam,
O' lgingiz kelmasa chidaysiz, Bikam.
Jasorat - o'raga ko'mik mix,
Adolat - maysaga qo'ngan chig',
Talangan xonlikdir - iqtisod,
Mafsdir bizdagi bor bisot.
So'zingizga gullar- qadaysiz, Bikam,
O'lgingiz kelmasa chidaysiz,Bikam.
KUZ
'Tuz,oh, Zahiriddin Muhammad Bobur...'
Kuz oh...Bikajon...
Quyosh mag'lub lashkarboshidir,
Yig'ar jonsizlangan nurlarin,
Xazon bog'ining so'zon yoshidir,
So'zon etgan biri-birlarin.
Atirgul - bahorning sag'iri -
Qalbidan yozlarni kechirgan.
Sariq suvlar umid chog'iri -
Quyqasiga qadar ichilgan.
Qumrining qushligi susaygan,
Pastga rozi, yerlarda rozi.
Qarg'a - tillari uzaygan,
Ochilib boradi ovozi.
Bulut qayta butlangan qalqon
Shamol - qilich, daraxtlar zirlar ...
Ajab:faqat korinmaydi qon,
Shitob yuvar g'assol yomg'irlar.
Tuz oh...Bikajon...
* * *
Qalblar - o'sha, qiyofa yangi,
Ovoz - yangi, o'shadir mazmun.
Har kech yolg'on, rost aro gangib
Yuragimda yiqiladi kun.
Qattiq bosar yurakniing yuki,
Cho'kayapman - ko'rinmas qirg'oq.
Suvilonlar yalar qon yuqin,
Mayda, tilsiz baliqlar - tarqoq.
Ruhim, bunday ketmaklik og'ir,
Meni yechib tashia, shoshil, bo'l.
Cho'ksang baland ko'kka cho'k, axir,
O'lsang yulduz bo'g'izida o'l!