OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Safar Barnoyev (1938-2001)

http://ziyouz.com/rasmlar/poets/Safar-Barnoyev.jpgBolalarning sevimii shoiri va yozuvchisi Safar Bamoyev 1938-yil 6-mayda Buxoro shahrida Dilkusho mahallasida tug‘ilgan.
1949-59-yillarda o‘rta maktabni tugatgach, harbiy xizmatga ketadi. Harbiy xizmatni o‘tab, 1960-61-yillarda Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi sho‘ro xo‘jaligida hisobchi vazifasida ishlaydi. 1961-66-yillarda ToshDUning (hozirgi 0“zbekiston Milliy universiteti) jumalistika bo‘limida tahsil oladi.
1959-yili uning birinchi she’ri hozirgi „Tong yulduzi“ gazetasida eion qilingan. Safar Bamoyev o‘qishni tugatmasidanoq, 1966-yilning mart oyida „Tong yulduzi“ gazetasi tahririyatiga ishga taklif qilingan. Shu yillardan boshlab uning she’r, hikoya, qissalari respublika gazeta va jumallarida muntazam ravishda chop etila boshlaydi.
Safar Barnoyevning birinchi she’rlar to‘plami 1970-yilda „Tog‘lardaman“ nomi bilan chop etildi. Shundan keyin „Birinchi tabassum“, „Nur yogilgan kun“ qissalari bosildi. Adibning „Birinchi tabassum“ (qissalar, 1972), „Dadamning qoilari“ (she’rlar va dostonlar, 1972), „Sog‘inch“ (she’rlar, balladalar, 1975), „Yulduzxon va Bahoijon“ (she’rlar va ertaklar, 1977), „Askar qaytgan kun“ (hikoyalar, qissalar, 1980), „Oq laylaklar“ (hikoya, qissalar, 1982), „Chehralar“ (balladalar, 1984), „Egizaklar“ (hikoyalar, qissalar, 1985), „Mukofot“ (hikoyalar, 1985), „Tinchlikni ulug‘laymiz“ (she’rlar, dostonlar, 1986), „Karimjon-karlson“ (hikoyalar, qissalar, 1988), „Dadam haqida qo‘shiq“ (she’rlar, ertaklar, 1989), „Yangi kunlar“ (qissa, 1990), „Nilufarning olmalari“ (hikoyalar, 1996), „Kichkina Xo‘ja Nasriddin“ (qissa, 1998) singari kitoblari nashr qilingan. Adibning ko‘pgina asarlari rus, tojik, qirg‘iz, ukrain, belorus, polyak, ingliz tillariga tarjima qilingan. Uning „47-yil hikoyaIari“, „Afg‘on bolalari“ hikoyalar turkumi adabiyjamoatchilik tomonidan yuqori baholangan. 


OSTONAMIZ – UYIMIZ

Dunyo kezib yursa ham
Bizning orzu-o‘yimiz —
Olam ichra bir olam
Ostonamiz — uyimiz.
Doim aziz tutganlar
Unda har bir g‘ishtimiz.
Oilam deb o‘tganlar
Bizning yetti pushtimiz.
Har eshigi, romiga
Quyosh nuri boylangan,
Uyimizning tomiga
Tariximiz joylangan.
Eng muqaddas joyimiz —
Ostonamiz — uyimiz.
Uyimizdan ko‘rinar
Bizning qaddi-bo‘yimiz!


DADAMNING QO‘LLARI

Dadamning qo‘llari miltiq ham ushlagan,
Gulni ham ekkandir dadamning qo‘llari.
Men dadam haqida hikoya boshlasam:
Ajoyib, rang-barang dadamning yo‘llari.
Dadamning qo‘llari boshimni silaydi,
Dadamning qo‘llari tinchlikning timsoli.
Dadamning qo‘llari yaxshilik tilaydi,
Ularga boqaman gohida jim qolib.
Qabargan barmoqlar urug‘-u aymoqdir,
Lashkarday saf tortib turadi har ishga.
Dadamning topgani shakar-u qaymoqdir,
Bizlarni qoldirmas hech qachon tashvishda.
Dadamning qo‘llari har doim balanddir,
Quyosh ham cho‘zadi qo‘llarin ularga.
Dadamning qo‘llari bizlarga payvanddir,
Bizlarga bahomi keltirgan shular-da.
Dadamning qo‘llarin siypalab, o‘paman,
Dadamning qo‘llari uyimiz ko‘rkidir.
Dadam bor, hamisha gullaydi bu Vatan,
Dadamning qo‘lidan yovuzlar qo‘rqadir.


YOMG‘IR YOG‘DI

Yomg‘ir yog‘di duv-duv,
Tekin bo‘ldi suv-suv.
Irkit yurgan Noijon,
Qoi-betingni yuv-yuv!
Yomgir yog‘di duv-duv,
Norjon bo‘ldi toza.
O‘rtoqlari xursand—
Qarang, qanday soz-a.
Tarnovchadan suvlar
Oqib tushdi shuv-shuv.
O‘ynab qoldi jilg‘a,
Orqasidan quv-quv.
Yomgir yog‘gach duv-duv,
Yer-ko‘k ketdi yayrab.
Shamol esgach g‘uv-g‘uv,
Qushlar chiqdi sayrab.


AYIQPOLYON


Ayiqpolvon o‘yin tushar,
Avjda chapak, qiyqiriq.
Olqishlardan qalbi jo‘shar,
Qilar yana ming qiliq.
Nag‘ma qilib egasiga —
Qarab qo‘yar qayrilib.
Bir juftgina oppoq qanddan
Qolmayin deb ayrilib.


SHO‘RDANAK

Sho‘rdanagim, sho‘rdanak,
Qanday eding zo‘r danak.
Zo‘rman deding chaqdilar,
Sen o‘zingdan ko‘r, danak.


TINCHLIK QO‘SHIG‘I

Men tinchiik qo‘shig‘in kuylayman,
Kuylayman,
Men tinchlik haqida o‘ylayman,
O‘ylayman.
Dadamlar urushda bo‘lganlar,
Boiganlar.
Ko‘p og‘ir turmushni ko‘rganlar,
Ko‘rganlar.
Urushqoq odamlar bor ekan,
Bor ekan.
Hali ko‘p odamlar xor ekan,
Xor ekan.
Men deyman yomonlar yo‘q boisin,
Yo‘q boisin.
Qomi och odamlar to‘q boisin,
To‘q boisin.
Jang nima? Dadamlar aytganlar,
Aytganlar.
Urushdan oyoqsiz qaytganlar,
Qaytganlar.
Amaki, tog‘alar, o‘ylangiz,
O‘ylangiz.
Urushga sira yo‘l qo‘ymangiz,
Qo‘ymangiz.
Yovuzlar sira o‘q uzmasin,
Uzmasin.
Bizlaming o‘yinni buzmasin,
Buzmasin.


MINORA

Buxoroda bo‘lganingda
Ko‘rganmisan, Gulnora?
Shaharning qoq o‘rtasida
Turar ulkan minora.
Bulutlaming unga, hatto
Tegib o‘tar ko‘ylagi.
Qancha yurtdan havas bilan
Kelishadi ko‘rgani.
Qay tomondan boqma unga,
Darrov ko‘zga tashlanar.
Qancha ertak, fojialar...
Minoradan boshlanar.
Qariyb ming yil yashamoqda,
Gard qo‘nmagan toshiga.
Qaramoqchi bo‘lsang unga —
Do‘pping tushar boshingdan.
O‘ymakorlik naqshlari —
Diqqatingni tortadi.
O‘tib qolsam yonidan-chi,
Mehrim tag‘in ortadi.
Axir ulkan minorani
Katta bobomlar qurgan.
U kishining hunarlarin
E1 maqtagan, el ko‘rgan.
Yo‘lim tushsa, unga doim —
Ta’zim qilaman har gal.
U — bobomga mangulikka —
Toshdan qo‘yilgan haykal.


BOLALARNING OVOZI

Bolalarning ovozi —
Mening ovozim, sozim.
Bolalaming ovozi —
Mening bahorim, yozim.
Bolalaming ovozi —
Ostonam butunligi.
Devorlaming pardozi,
Borlig‘im, butunligim.
Bolalarning ovozi
Chalinmasa quloqqa,
Onam ham boimas rozi,
Qurib qolgum buloqday.
Shovullamas bog‘, dalam,
Ko‘kda chaqilmas chaqin.
Kundan yorishmas olam,
Qancha boimasin yaqin.
Bolalaming ovozi —
Tomirlarimga tutash.
Shovqini, erka, nozi
Bag‘rimni qilgan otash.
Bolalarning ovozi
Soyabon barglarimdir.
Borman deb quloch yozib,
Qurdirgan arklarimdir.
Shundanmi, mening naslim
Tez ko‘zga tashlanadi.
Vatanni suyish asli
Boladan boshlanadi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.