OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tolib Yo‘ldosh (1919-2002)

http://ziyouz.com/rasmlar/poets/tolib_yuldosh.jpgTolib Yo’ldosh 1919-yili Toshkentdagi Hovuzbog‘ota mahallasida tugilganman. Toshkent davlat universitetining til va adabiyot fakultetida tahsil olgan. 
Uning „Chol bilan bo‘ri“, „Baxtiyorlar qo‘shig‘i“, „Gul haqi“ (1972), „Ko‘ngil deganlari“ (1976), „Yoz elchisi“ (1986), „Toychog‘ligim“ (1988), „Umid g‘unchasi“, „Do‘mboqchalar“, „Bizning uyda“, „Yasha“, „Quyosh bilan suhbat“, „Sho‘xsiz, shirinsiz“ (1997), „Boboyong‘oq“ singari kitoblari nashr etilgan.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1989), „El-yurt hurmati“ ordeni sohibi (1998).


NON TANLAMA

Nega biz non tanlamaymiz,
Sen tanlaysan?
Non tanlama, — desa yana
Qiltanglaysan.
Dehqon bo‘lib, qo‘riq ochib
Ekkanmiding?
Og‘ir yillar zaxmin mendek
Chekkanmiding...
Chunki o‘zing mehnat qilib
Topmagansan.
Yuz-ko‘zlaring o‘tda kuyib
Yopmagansan.
Oqmi, qora bo‘lsa hamki,
Shu — non boisin.
Non bu hayot, sarg‘aytirgan
Ochlik oisin!
Sag‘al suvi qochgan boisa,
Qattiq deysan.
Tokay endi bugi chiqib—
Tursa yeysan?
Ba’zilar bor nonni xo‘rlab,
Otib o‘ynar.
Bir kun kelib bu qilmishin
O‘zi o‘ylar.
Ushogi ham non-ku uni,
To‘kib, sochma!
Aziz tutgin, uvolga hech
Sen yoi ochma.


GAPNING JONI

Qiziq, gapning joni bormi,
Gap ham tirik jonivormi?
Ko‘rmaganman nega men hech,
So‘zlashsak-da erta-yu kech.
—'To‘g‘ri, uni ko‘rish qiyin,
Ko‘rasan ham bir kun keyin.
Omon uzoq o‘ylab qolar,
Xayol bilan o‘ynab qolar.
Ota o‘g‘lin anglab shunda:
—Hech qanday sir yo‘qdir bunda.
Zar qadrini bil avvalam,
O‘ylab gapir so‘ngra, bolam.
Sayrayverma apil-tapil,
Yon-veringga qarab gapir.
Gapning yaxshi, yomoni bor,
Kamida ming tomoni bor.
Tishi ham bor, ishi ham bor,
Yozi ham bor, qishi ham bor.
Guli ham bor, tikani ham,
Uning jonli ekani ham—
Ana shunda, — der otasi,
To‘g‘ri so‘zning yo‘q xatosi.


UZUMLAR OILASI

Uzumlar ham bir oila—
Siz va bizday yashar ekan.
Urug‘-aymoq degandayin
Turi yuzdan oshar ekan.
Samarqandning „Yakdona“si,
Derlar uzumlar onasi.
Otalari — „Katta qo‘rg‘on“
Bobomizday ko‘pni ko‘rgan.
„Hasayni-yu Husayni“lar
Emish o‘g‘illari bular.
Oq-u qizil „Shivirg‘oni“
Onalarin dil-u joni.
Suyuk qizlar ekan qarang—
Anor dona, yoquti rang.
„Shakar guli“ — kennoyisi
Boshdan oyoq atir isi...
Buvalari — „Biivaki“mish,
Liqqo uzum — „Bibi kumush“.
„Tog‘ uzumi“ — ammalari,
Bir urug‘dan hammalari.
Bari ishkom, so‘ridalar,
Katta bog‘ning to‘ridalar.


YERNING TILI

Bobomlarcha yeming ham
Tili bor — so‘zlar emish.
Yer so‘zlasa el-yurtning
Baxtini ko‘zlar emish.
Men hech ko‘rgan emasman,
Ishonmadim sira ham.
Bobom derlar uqtirib:
— Yer tili bor chinakam.
Hali yer-la so‘zlashish,
Yoshsan, kelmas qoiingdan.
Yer tilini o‘rgansang,
Chechak unar yoiingdan.
Uni ko‘r, derlar bobom!
Havas bilan boqaman.
Poyoni yo‘q bog‘-chaman
Mehrin dilda yoqaman.
Tap-taqir cho‘l boisin, sen
Parvarish et, gullaydi.
„Yemi boqsang, boqadi“,
U kuningga yaraydi.
Yeming gapirgani shu,
Gapirtirgan biz, bolam.
Mehnat qilsa el barcha,
Gapirar butun olam.
—To‘g‘ri, bobojon,—deyman
Bellaridan quchoqlab,
Bobomlardek bo’lishga
Men ham o‘zimni chog’lab.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.