OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Bog‘

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podsho bor ekan. Bir kuni podsho vazirini chaqirib:
— Men senga qirq kun muhlat beraman. Shu vaqt ichida katta bir bog‘ paydo qilgin. Men shu bog‘ga sayrga chiqaman, — debdi.
Vazir uyga kelib qayg‘uribdi, buni ko‘rgan qizi otasidan sababini so‘rabdi.
— Ey, qizim, podsho qirq kun muhlat berdi. Shu vaqt ichida bog‘ barpo qilishni buyurdi, — debdi vazir.
— Ey, ota, shunga ham shuncha qayg‘umi?! O‘ttiz to‘qqiz kun uyda yotavering, bir kun qolganda ko‘chaga chiqing, — debdi dono qizi.
Vazir muhlat tugashiga bir kun qolganida ko‘chaga chiqibdi. Ko‘chaga chiqsa, hammaning og‘zida "Podsho Eram bog‘iga sayrga chiqar ekan", — degan mish-mish yurgan ekan.
— Ota, el ichida qanday gap yuribdi? — deb so‘rabdi qizi.
— Podsho Eram bog‘iga borarmish, — debdi vazir. Vazir bu mish-mishlarni podshoga borib aytibdi.
Shunda podsho Eram bog‘iga otlanibdi. Ha, el og‘ziga tushgandan keyin albatta, boriladi-da.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.