OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Andisha va andishasizlik haqida maqollar

Andishaning oti — qo'rqoq.

Andishaning otini qo'rqoq qo'yma.

Beobro' bilan bel bog'lama, 
Bekorga qadring ketar. 

Bir pul berib yig'latdim, 
Ming pul berib yupatdim.

Birov burab gapirar, 
Birov qarab gapirar.

Borar yeringga tosh otma.

Bo'rini ayasang, seni talar.

Gado arazlasa, to'rvasiga ziyon.

Yetimni siylasang, chorig'i bilan to'rga chiqar.

Jag'ingga yem berma.

Jinni jinnihgin bilmas.

Yiqilgan kurashga to'ymas.

Ko'ngil tortmas yerga oyoq tortmas.

Lo'lidan bek chiqsa, chodiriga o't qo'yar.

Lo'lidan botir chiqsa, avval o'z chodirini chopar.

Lo'lidan savdo qildim, 
Boshimga g'avg'o qildim.

Martaba tegdi hundiga, 
Betini yuvdi yundiga.

Mevani po'sti saqlar.

Oldin pichoqni o'zingga ur, 
Og'rimasa, birovga ur.

Oldingga osh tortsa, otasining xunidan kech.

Otang to'ng'iz bo'lsa, boylab boq.

Oshgan bo'lsang, osarlar, 
Yuvvosh bo'lsang, bosarlar.

Oshnangdan tuya so'ra, 
Uyalsa, biya berar.

Pashshaning mahmadanasi axlatga qo'nar.

Puli ko'pning ko'zi ko'r.

Rajab tulki qorovul bo'ldi, 
Xotini erovul bo'ldi.

Rajab tulki tegirmonchi bo'ldi, 
Xotini o'maronchi bo'ldi.

Sen birovdan kulma, 
Senga ham kulguvchilar bor.

Surlik xo'rlik keltirar.

Sutsiz sigir suzag'on kelar.

So'zlasam, shaq-shaq deydi, 
So'zlamasam, ahmoq deydi.

So'zli shallaqidan so'zsiz pismiq yomon. 

Tavakkal andisha bilmas. 

Tavakkal — nor, andisha — xor. 

Tanbalga kunda to'y. 

Tepsa — tebranmas bo'lma.

Tuzini yeb, tuzlig'iga tupurma.

Turkman to'rini bermas.

Tuyaning dumi kalta bo'lsa ham, tulkidan dum so'ramas.

To'yda to'ningni qistama.

Urishqoq xotin bor qishloqqa qo'riqchining hojati yo'q.

Uyalmagan baxshi bo'lar, 
Erinmagan — eshikchi.

Uyalmagan buyurmagan oshni yer.

Uyalmagandan uyal.

Uyalmasning hazi ko'p.

Uyati yo'q o'g'il yomon, 
Qilig'i buzuq qiz yomon.

UyatUga — uch kun hayit, 
Uyatsizga — har kun hayit.

Xotin erka bo'lsa, 
Eriga serka bo'lar.

Xotin g'ayratli bo'lib, qozon qaynatmas, 
Qozon qaynatsa ham, cho'mich o'ynatmas.

Xotining oltinga o'ch bo'lsa, 
Zargarga o'ynash bo'lar.

Shaltoq bo'lsang ham, shilqim bo'lma.

Shaltoqdan shilqim yomon.

Er yursa, yo'li ochilar, 
Xotin yursa, yuzi ochilar.

Eri eshikdan chiqsa, xotin teshikdan chiqar.

Etak ko'tarib, el oldiga chiqar bo’lma.

Echkini yo'qlasang, qulog'i ko'rinar.

Eshak semirsa, egasini tepar, 
It semirsa, egasini qopar.

Yuz qizili ketar, 
Yuz xijili ketmas.

Yuzi qattiq nasib etmaganni yer.

Yuzi qizilni uyaltirib bo'lmas.

Yuzsiz xotin — tuzsiz xotin.

Yuzsiz, yuzsizning so'zi — tuzsiz.

Yalangoyoqqa daryoning ikki tomoni ham bir.

Yalang'och suvdan toymas.

O'rdak o'zini g'oz sanar, 
Chumchuq o'zini boz sanar.

O'rik o'rikni ko'rib ola bo'ladi, 
Odam odamni ko'rib balo bo'ladi.

Qamish suvdan to'ymas, 
Yomon xotin — to'ydan.

Qiliqsiz bilan ishtonsiz — ikkisi bab-baravar. 

Husn — so'zda, uyat — ko'zda.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.