OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Foyda va zarar haqida maqollar

Araq ichgan, 
O'ziga kafan bichgan.

Aroqxo'r, 
O'ziga qonxo'r.

Achchiq — dushman, aql — do'st. 

Baliq chuqur soyni, 
Odam yaxshi joyni istar.

Barimtadan qo'rqqan mol yig'mas, 
Chigirtkadan qo'rqqan ekin ekmas.

Bekorga mushuk oftobga chiqmas.

Befoyda so'zni aytma, 
Foydali so'zdan qaytma.

Befoyda o'g'irdan bo'sh kunda yaxshi.

Bir anor ming bemorga davo.

Bir balosi bo'lmasa, 
Shudgorda quyruq na qilur.

Bir miri — hayon, 
Uch miri — ziyon.

Bir qo'yning boshi ketguncha, 
Necha qo'chqorning boshi ketar.

Biya o'lsa, qulun — bosh, 
Qulun o'lsa, ko'zing — yosh.

Bozorga kech bor, erta qayt.

Boylik o'zingga dushman.

Bordan yuqar, boldan tomar.

Borib olsang — foyda, 
Keltirib berish qayda.

Buromad bo'lmasa, daromad bo'lmas.

Bo'yoqning yaxshisi — bo'zchining boyligi.

Gapirib pushaymon yegandan, 
Gapirmay dog'da qol.

Giyranda kulib yig'lar, 
Toy bersang, erib yig'lar.

Go'sht shirinligini tashlasa, 
O'g'ri o'g'riligini tashlar.

Daryo toshsa, quduqqa zarar.

Daryodan — bir tomchi, 
To'ng'izdan — bir tuk.

Daromadga qarab buromad. 
Dorining achchig'i yaxshi.

Yegan bilmas, yedirgan bilar.

Yeganning yarasi tez bitar.

Yedirganga yem berar, 
Yedirmaganga ne berar.

Yedirsang, yeyarsan,
Kiydirsang, kiyarsan.

Yomonga el bo'lguncha, 
Yaxshiga bel bo'l.

Yomonga el bo'lguncha, 
Yag'ir otga bel bo'l.

Yomondan naf kelsa, 
Keyinidan zarb kelar.

Yomonning oshiga borguncha, 
Yaxshining ishiga bor.

Yomonning oshnasi ko'p, 
Joniga foydasi yo'q.

Yomonning to'rida bo'lguncha, 
Yaxshining go'rida bo'l.

Yomonning to'rida yotguncha, 
Yaxshining bo'sag'asida yot.

Yomonning o'yini yomon, 
Buqaning — bo'yni.

Yomonning o'g'li bo'lguncha, 
Yaxshining quli bo'l.

Yomonning xizmatini qilguncha, 
Yaxshining qurboni bo'l.

Yomonning qo'liga berguncha, 
Yaxshining yo'liga ber.

Yoshligingda eksang terak, 
Ulg'ayganda o'zingga kerak.

Jag'likka jag' bo'lguncha, 
Aqllikka qui bo'l.

Jinchiroq ostiga yog'du bermas.

Irimchi irim etar, 
Irimi qirin ketar.

Itni o'ldirganning o'zi ko'mar.

Ishlaganing — menga, 
O'rganganing — o'zingga.

Yo'qolib topilgan mol — o'lja, 
Og'rib sog'aygan jon — o'lja.

Kabob seli bilan.

Karvon o'tar, izi qolar.

Kasalni mayiz emas, 
Achchiq dori tuzatar.

Katta-katta gapiiguncha, 
Katta burda non tishla.

Keksa qassob tushiga 
Tunda mingta qo'y kirar.

Kengashda kenglik ko'p.

Kengashli el kamimas.

Ketar kishiga yo'l yaxshi.

Kirimiga qarab chiqimi.

Kishini ish ovutar, 
Kasalni — dori.

Kulchali bola suyumh kelar. 

Ko'z ko'radi-yu, qosh sezmas. 

Ko'lning otini balig'i chiqarar.

Ko'ngil uchun ko'z ber, 
Yaxshilarga so'z ber.

Ko'p gap eshakka yuk.

Ko'p gapirgan bozor, 
Ko'p yugurgan ozar.

Ko'p ko'rganning kuni ortiq. 

Ko'p so'zlagan oz o'rganar. 

Ko'rga kecha-kunduz barobar. 

Ko'rganning ko'zidan ketmas.

Ko'rpa to'n bo'lmas, 
O'ynash er bo'lmas.

Ko'chada ko'p kishi, 
Kim bilan kimning ishi.

Lo'lining eshagini sug'or, puhni ol.

Maraz bo'lsang yong'oq ye, 
Qusung'a bo'lsang — qalampir.

Ma'arakada teng bo'lmasa, tarakada teng bo'lar.

Mol achchig'i — jon achchig'i.

Mol semirsa — foyda, 
Odam semirsa — ziyon.

Moli yo'q deb erdan kechma, 
Cho'pi yo'q deb — yerdan.

Molni cho'pon tashlasa ham, egasi tashlamas.

Nari borsam, ho'kiz o'lar, 
Beri kelsam, arava sinar.

Nortuya — tuyalarning nori, 
Vaqti kelsa, garmdori ham dori.

Obro'ni izlashdan ish ko'rsatgan afzal. 

Oz bo'lsin, soz bo'lsin, 
Bedana bo'lsin, yog' bo'lsin.

Oz yeganga bor davo, 
Ko'p yeganga ne davo.

Oz-oz yegan mazadur, 
Ko'p-ko'p yegan ozadur.

Oy yorug'i o'g'riga yoqmas. 

Olam olma, odam ol. 

Olag'on qo'lim — berag'on.

Olgan bir yozug'lik, 

Oldirgan ming yozug'lik.

Ortiqcha davlat bosh yormas.

Ortiqcha maqtov — ishlashga g'ov.

Ota moli — bolaga uyutqi.

Ota-ona duosi, 
O'tga, suvga botirmas.

Ota rozi — xudo rozi.

Otadan oltov bo'lguncha, 
Onadan ikkov bo'l.

Otang qarisa, qui olma, 
Onang qarisa — cho'ri.

Otaning duosidan ustozning faxri yaxshi.

Otaning ochgan yo'li bor, 
Onaning bichgan to'ni bor.

Otasini og'ritgan 
El ichida xor bo'lar,
Onasini og'ritgan 
Parcha nonga zor bo'lar.

Oti chiqmagan yigitdan teva yaxshi. 

Oxirini otangga berma.

Och tovuq omborga yugurar.

Oqsoqdan — hazar, ko'rdan — ofat.

Og'iz og'izdan yel olar.

Og'iz qo'lni tanir.

Pul pulni topar, 
Yo'l yo'lni topar.

Pul — qo'lning kiri.

Puling bo'lsa, yer ol.

Pulni bersang pulliga ber, puling kuymas.

Savdo ko'p yerda g'avg'o ko'p.

Savdo — soqol siypaguncha.

Savdo g'avg'osiz bo'lmas.

Salomda bo'shlik yo'q,
Savdoda — do'stlik.

Sovrilgan sayohatdan 
Tuhmatli jarohat yaxshi.

Suyuq osh ichdim, qornim to'q, 
O'rnimdan tursam, hech narsa yo'q.

So'z bergan bilan bo'lma, 
Bo'z bergan bilan bo'l.

Taka bo'lsin, suti bo'lsin, 
Quyon bo'lsin, eti bo'lsin.

Tiyin,
Tiyinning ishi qiyin.

Tozining oshnasi ko'p, 
Boshiga foydasi yo'q.

Tuya ham sovg'a, 
Tugma ham sovg'a.

Tuyada yukim yo'q, 
Yiqilsa, g'amim yo'q.

To'ng'izdan bir tuk uzgan naf.

Uyquning ozi ham chaksa, 
Ko'pi ham chaksa.

Foyda bilan zarar bir xurjinning ko'zida.

Foydadan foyda chiqmasa, 
Qora sigir qayda.

Foydang qursin zarariga yetmagan, 
Tuyang qursin piyodadan o'tmagan.

Foydasi yo'q boydan qoch, 
Panasi yo'q soydan qoch.

Foydasi yo'q farishtadan 
Oshno dev yaxshi.

Foydasiz odamdan 
Xizmatkor eshak afzal.

Foydasiz tulpordan toy yaxshi, 
Foydasiz shunqordan — turumtoy.

Xo'roz hamma yerda bir xil qichqirar. 

Chamanda — gul, otasi — pul.

Chiqadigan chiqmasdan, 
Kiradigan kirmaydi.

O'lik arslondan tirik sichqon afzal.

O'rik yeb og'rigandan, olma yeb o'lgan yaxshi.

O'tniki — o'tga, suvniki — suvga, 
Qoldi qatiqning puli.

O'g'riga otashkurak ham mol.

Qamishdan cho'g' tushmas.

Qarz ol-da, xotin ol,
Qarzdor qarzin olar, 
Xotin yoningga qolar.

Qassobga oq qo'y ham bir, 
Qora qo'y ham bir.

Qiz boqquncha, qisir sigir boq.

Qiz ortib ketar, 
O'g'il — tortib.

Qimordan kelgan qimorga ketar.

Qo'y egasi bilan cho'ponning sanog'i to'g'ri kelmas.

Qo'lga olganning og'iri yo'q.

Qo'ling bilan berasan, 

Oyog'ing bilan yurasan.

Har ziyon — bir pand. 

Har kallada ming xayol. 

Har kim o'z uyiga qarab tortar. 

Har chinordan bir yaproq.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.