OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Yoshlik va qarilik haqida maqollar

Avval — bahor, oxir — xazon.

Ayolning o'ttizga kirgani — 
O'tin bo'lgani.

Aldashga bola yaxshi, 
Xudo ursin momoni. 

Arslon qarisa, quyrug'ini o'ynar. 

Beshik bolasi — bek bolasi.

Beshikdagi besh turlanar, 
Qayoqqa bursang, shunga o'rganar.

Bir bolani katta qilguncha, 
Bir shahar paydo bo'lar.

Bir shaharni bir bola buzar.

Bola — shirinlikning adoyi, 
Qariya — shirin so'zning gadoyi.

Burgut qarisa, yapaloqqush bo'lar. 

Bo'ri qarisa, itga kulgu bo'lar.

Dard yomon, 
Darddan qarilik yomon.

Yetmish, yetmishdan keyin ketmish.

Yosh bilmaydi, 
Katta qiymaydi.

Yosh kelsa — ishga, 
Qari kelsa — oshga.

Yosh ketaman deb qo'rqitar, 
Qari — o'laman deb.

Yosh chog'im — oltin chog'im. 
Yoshi yetmay, ishi yetmas. 

Yoshing oshgach, yodgorlik qo'y.

Yoshni xudo saqlar, 
Qarini — ovqat.

Yoshlik — beboshlik.

Yoshlik yoshga qaramas, 
Qarilik — sochga.

Yoshlikda bilgani — toshga yozgani, 
Qarilikda bilgani — muzga yozgani.

Yoshlikda eksang, qarilikda o'rasan.

Yoshlikda o'rgangan hunar, 
O'zingga o'ljaga qolar.

Yoshlikdagi g'ayrat — keksalikdagi rohat.

Yoshlikning yeli kuchli, 
Keksalikning — aqli.

Yoshning hurmati — qarz, 
Qarining hurmati — farz.

Yosh-u qarining joni bir,
Oriq-semizning imoni bir.

It qarisa, tozi bo'lar, 
Qiz qarisa, qozi bo'lar.

It qarisa, qopolmas, 
Ot qarisa, chopolmas.

Yigit ketardan,
Qari o'lardan qo'rqitar.

Yigitga og'ir narsa ham yengil tuyular, 
Keksaga yengil narsa ham og'ir tuyular.

Yigitlik — bir guliston, 
Qarilik — bir zimiston.

Yigitlik yelib o'tar, 
Qarilik — chopib.

Yigitlik — mastlik, 
Qarilik — sustlik.

Yigitlik — umr gulshani.

Yo'tal — keksaning hamrohi.

Kampir o'laman deb qo'rqitar, 
Kelin — ketaman deb.

Keksalik — ko'prik.

Keksaning yoshini  so'rama, ishini so'ra.

Kichikdan — xato, 
Kattadan — ato.

Kichikdan — qusur, 
Kattadan — uzr.

Kichiklarning kattasi bo'lguncha, 
Kattalarning kichigi bo'l.

Kichikni maqta, kattani saqla.

Kosib qarisa, yamoqchi bo'lar, 
Otin qarisa, yuvuqchi bo'lar.

Nodon bosh bo'lmas, ko'pik osh bo'lmas, 
Qarilik qaytib, qayta yosh bo'lmas.

Noz qizga yarashar, 
Kampirga balo bormi.

Odam qarib, yo'ldosh bo'lar, 
Daraxt qarib, qush qo'nar.

Olti yashar yo'lda bo'lsa, 
Oltmish yashar yo'ldan chiqsin.

Olti yashar yo'ldan kelsa, 
Oltmish yashar ko'rgani kelar.

Olti yashardan so'rama, 
Oltmish yashardan so'ra.

Oltmishga kirgan otadan osh so'rama.

Ot qarisa — oxurda, 
It qarisa — chuqurda.

Suvsiz yerda tol bo'lmas, 
Qarimagan chol bo'lmas.

Tuya qarisa, bo'tasiga ergashar.

Uzoq bo'lsa ham, yo'l yaxshi, 
Qari bo'lsa ham, qiz yaxshi.

Choi suhbati — chol bilan.

Er qarisa — el ichida, 
Sher qarisa — g'or ichida.

Er qarisa, erki ketar, 
Xotin qarisa, ko'rki ketar.

Yuk yig'ilib, toyloqqa qolar.

O'zbekning kichigi bo'lguncha, 
Kuchugi bo'l.

O't tutunsiz bo'lmas, 
Yigit — yoziqsiz.

Qari bor uyning zari bor.

Qarisi bor uyning parisi bor, 
Parisi bor uyning barisi bor.

Qari uyning farishtasi, 
Saranjomi, sarishtasi.

Qarida xislat ko'p.

Qarilarni qarg'atma, 
Yosh joningni og'ritma.

Qarilik — bolalik.

Qarilik — davosiz dard.

Qarilik davri — qishday, 
Yoshlik davri — yozday.

Qarilik uy — qayg'uli uy.

Qarilikni donolik bezar, 
Yoshlikni — kamtarlik.

Qarini kaftda saqla, 
O'ligini hafta saqla.

Qarining ko'zi — qozonda.

Qarining qarg'ishi — qattiq.

Qarchig'ay qarisa, chumchuqqa mayna bo'lar.

Qarg'a qag'illab g'oz bo'lmas, 
Kampir shingqillab qiz bo'lmas.

Qirqida sumaychi bo'lgan, o'lganda chalar.

Qirqida qo'liga soz olgan, 
Qiyomatda qulog'ini burar.

Har keksadan bir naql.

Har kimning joni o'ziga shirin.

Ho'kizga tuqqan kun, 
Buzoqqa ham tug'adi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.