OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (101-200)

101. “Alvido qurol” asari muallifi kim?
Javob: Ernest Xeminguey.

102. Torli kvartet musiqa asbobining otasi hisoblanadigan kompozitor kim?
Javob: Frans Yozef Gaydn

103. Lyudvig Van Betxovenning “Qahramonlik simfoniyasi” asari kimga bag‘ishlangan?
Javob: Napoleon Banopartga bag‘ishlangan.

104. Fransiyaning eng qari futbol klubi qaysi?
Javob: Gavr shahrining "Gavr" futbol klubi. Hozirda ikkinchi divizionda o‘ynaydi. 1872 yilda tashkil etilgan.

105. "Kattanachio" deb nima ataladi? (futbolda)
Javob: Bu umumlashgan himoya bilan, gol urish bilan kontaratakaga o‘tishdir. Buni Italiyaliklar ishlab chiqqan.

106. "Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi" asari muallifi kim?
Javob: Herman Vamberi.

107. "...1970-yili kosmosda qora yulduz paydo bo‘ldi..." Gap nima haqida bormoqda? (Ba’zi tinish belgilarini ishlatmadim, yo‘qsa javobi oson bilinib qoladi)
Javob: Gap futbol qiroli Pelening AQShning "Kosmos" jamoasiga o‘tishi haqida bormoqda.

108. Dunyoda birinchi imperiyaga asos solgan podsho kim?
Javob: Doro II.

109. "Moskva - Osiyoning go‘zal poytaxti" deb ta’kidlagan mashhur shaxs kim?
Javob: Fransiya imperatori Napaleon Banopart.

110. O‘zining so‘nggi kunlarini Muqaddas Yelena orolida o‘tkazgan buyuk imperator kim?
Javob: Napoleon Bonapart.

111. Zamonaviy matematika asoschilari kimlar?
Javob: Ingliz olimi Isaak Nyuton va nemis olimi Leybnits.

112. O‘zbekiston Oliy Ligasidagi "To‘palang" jamoasi qaysi viloyat sharafini himoya qiladi?
Javob: Sariosiyo, Surxondaryo viloyati.

113. "Kal'cho"... Ushbu so‘z qaysi davlat chempionatiga nisbatan ishlatiladi?
Javob: Italiya.

114. Karlos Valderrama o‘z vaqtida qaysi terma jamoada to‘p surgan?
Javob: Kolumbiya.

115. Chekuvchilar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadigan davlat qaysi?
Javob: Nauru davlati bo‘lib, aholisning 54 %i kashandadir (61 % erkaklar, 47 % ayollar). Manba: Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti (World Health Organization).

116. Dendrologiya fani nimani o‘rganadi?
Javob: Qadimiy o‘simliklarni.

117. Choose the appropriate name for animal young. For ex. cat-kitten; dog-pup, puppy, whelp; sheep lamb;bear-...; camel-...; goat-...; kangaroo-...; rabbit-...?
Javob: bear-cub; camel-calf, colt; goat-kid; kangaroo-joey; rabbit-bunny.

118. 1995-2003-yillarda eng yaxshi film nominatsiyasi bo‘yicha Oskar mukofotini qo‘lgan kiritgan filmlar qaysi?
Javob: 1995 - "Sheryurak" ("Braveheart"). 1996 - "Inglizcha qanoat" ("The English Patient"). 1997- "Titanik" ("Titanic"). 1998 - "Shekspir sevgisi" ("Shakespeare in Love"). 1999 - "Amerikacha go‘zallik" ("American Beauty"). 2000 - "Gladiator" ("Gladiator"). 2001 - "Tafakkur o‘yinlari" ("A Beautiful Mind"). 2002 - "Chikago" ("Chicago"). 2003 - "Uzuklar qiroli: Qirolning qaytishi" ("The Lord of the Rings: The Return of the King").

119. 1960-yil 4-aprel kuni "Paxtakor" jamoasi SSSR chempionatlari tarixidagi ajoyib rekord sohibi bo‘ldi. Gap nima haqida bormoqda?
Javob: 1960-yil, 4-aprel kuni "Paxtakor" jamoasi SSSR Chempionatlari tarixidagi ajoyib antirekordni qayd etishgan. Ular bir uchrashuvda o‘z darvozalariga uch bor gol urib qoyishgan.

120. “Saksafon” musiqiy asbobini o‘ylab topgan shaxs?
Javob: Belgiyalik Adolf Saks tomonidan 1840-yilda kashf qilingan.

121. Respublikamizda eng birinchi tashkil etilgan xiyobonning nomi va u nechanchi yilda tashkil etilgan?
Javob: O‘zbekiston xalq xiyoboni. 1977 yilda barpo qilingan.

122. Sayyoramizdagi eng keng ko‘cha qayerda joylashgan?
Javob: Monumental Axis ko‘chasi (Brazilia). Bu ko‘chaning eni 250 metr, uzunligi esa 2,4 kilometr, 160 ta automashina yonma-yon yurishi mumkin.

123. “O‘zbek maqomchilar ansambli” ning asoschisi kim?
Javob: Yunus Rajabiy.

124. Vaqtni to‘g‘ri ko‘rsatadigan soat?
Javob: Xronometr.

125. Nurfologiya nima?
Javob: Buyrak xastaligini o‘rganuvchi fan.

126. “Gulliver”dagi uchuvchi orol nomi?
Javob: Laputa.

127. “Sigaretalar poytaxti” nomini olgan shahar?
Javob: Binegen.

128. Ilk plastik operatsiya qachon va qaerda o‘tkazilgan?
Javob: 1814 yilda londonlik xirurg Jozef Karpyu tomonidan birinchi plastik operatsiya o‘tkazilgan.

129. Amur Temurning 4 farzandi?
Javob: Amir Temurning 4 ta o‘g‘li bo‘lgan: 1. Muhammad Jahongir. 2. Umarshayx mirzo. 3. Mironshoh. 4. Shohruh mirzo.

130. 90-yillarning oxirlarida qaysi terma jamoada Oliver ismli uch nafar futbolchi to‘p surgan?
Javob: Germaniya.

131. Inglizchada ayollarga nisbatan qo‘llanadigan Mrs. qaysi so‘zning qisqartma formasi?
Javob: Mistress.

132. Ingliz tilida bitta so‘z bor - barcha harflari alfavit tartibida izma-iz kelib yoziladigan eng uzun inglizcha so‘z. Bu qaysi so‘z?
Javob: Almost so‘zi yozilganida harflari alfavit tartibi bo‘yicha ketma-ket keladigan eng uzun Inglizcha so‘z hisoblanadi.

133. Prezident bo‘lmasidan avval yaxshigina TV va kino aktyori bo‘lga Amerika prezidenti kim?
Javob: Ronald Reygan. 50 dan ortiq filmda rol o‘ynagan.

134. Musulmonlikni qabul qilgan birinchi qul kim edi?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a.

135. Rustamning sevgilisi ismi nima? (“Shohnoma”)
Javob: Taxmina.

136. Neptun sayyorasini kashf etgan olim?
Javob: Neptun sayyorasi 1845 yili fransiyalik olim Jan Jozef Laverye tomonidan kashf qilingan.

137. Zelinskiyning olamshumul ixtirosi.
Javob: Gazniqob.

138. AQSH tarixida eng yosh prezident kim?
Javob: Teodor Ruzvelt. 42 yoshida prezident bo‘lgan.

139. Yulduzlarning halokatli to‘qnashishi nima deb ataladi?
Javob: Kollaps.

140. Eng mustahkam modda?
Javob: Tellur.

151. Galileo Galileyning mashhur ixtirosi.
Javob: Teleskop.

152. Rossiya Romanovlar sulolasining oxirgi vakili kim?
Javob: Nikolay II.

153. Ka'batullohda Qur'oni karimni birinchi marta tilovat qilgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud r.a.

154. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. Abu Bakr va Umarni Qur'oni karimda zikr etilgan payg‘ambarlarga o‘xshatganlar. Savol: Aynan qaysi payg‘ambarga o‘xshatganlar va nima uchun?
Javob: Hazrati Abu Bakrni Ibrohim a.s. ga muloyimliklari uchun, hazrati Umarni Muso a.s.ga cho‘rtkesarligi uchun o‘xshatganlar.

155. “Shum bola” qissasi 1936 yili “Mushtum” jurnalida qanday nom bilan bosilgan edi?
Javob: “Dovdirash”.

156. Hozirgi kunda qochoqlarga eng ko‘p boshpana bergan davlat qaysi?
Javob: Eron. Afg‘oniston va Iroqlik 1 868 000 kishiga boshpana bergan. Manba: BMTning qochoqlar bo‘yicha oliy komissarligi (UN High Commissioner for Refugees (UNHCR).

157. Qadimgi greklarning uyqu xudosi kim? Uni rimliklar qanday atashar edi?
Javob: Gipnoz (rimliklarda Somnus).

158. 22 yoshida "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist", 27 yoshida "Xalq artisti" unvonini olgan buyuk o‘zbek san'atkori kim?
Javob: Botir Zokirov.

159. Butan davlatining pul birligi?
Javob: Ngultrum.

160. Musulmonlar eng ko‘p yashaydigan davlat qaysi?
Javob: Indoneziya. 182,2 million musulmon istiqomat qiladi. Manba: Britannica Encyclopedia.

161. Germaniya, Kanada, Hindistonning eng boy kishilari kim?
Javob: Germaniyaning eng boy kishisi - Karl Albrecht, 18.5 mlrd.$ mablag‘i bor; Kanadaning eng boy kishisi - Kenneth Thomson va oilasi, 17.9 mlrd. $; Hindistonning eng boy kishisi - Lakshmi Mittal, 25 mlrd $. Manba: Forbes jurnali.

162. Jahonning eng yosh milliarderi kim?
Javob: Germaniyalik Albert von Thurn und Taxis 21 yoshda. Uning mablag‘i: 2 mlrd. $. Manba: Forbes jurnali.

163. Birinchi olimpiada o‘yinlari qachon va qayerda o‘tkazilgan?
Javob: Eramizdan avvalgi 776 yilda Gretsiyaning Olimp tog‘ida o‘tkazilgan. 3 ball;

164. Berlin xalqaro film festivalida 2000-2004 yillarda g‘olib bo‘lgan filmlarni toping.
Javob: 2000 - Magnolia (United States); 2001 - Intimite (Intimacy) (France); 2002 - Sen To Chihiro No Kamikakushi (Spirited Away) (Japan) (cowinners) Bloody Sunday (United Kingdom); 2003 - In This World (United Kingdom); 2004 - Gegen Die Wand (Germany).

165. Bill Klintonning ijro etadigan sevimli musiqa asbobi?
Javob: Bill Klinton AQSh prezidentlari ichida yagona - saksafon chala oladigan san'atkordir.

166. Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? Uni Sharqda qanday nomlar bilan atashadi?
Javob: Merkuriy. Uni Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu deb atashgan.

167. Choose the appropriate collective names for animals. For ex. Cats-clowder, clutter; Dogs - litter, kennel.
Foxes-? Horses-? Lions-? Monkeys-? Sheep-?
Javob: Foxes - leash, skulk; Horses - pair, team, herd, stable; Lions - pride; Monkeys - troop; Sheep - drove, flock.

168. Xristianlikka o‘tgan birinchi Rim imperatori?
Javob: Konstantin (274-337).

169. Televideniyeda chiqish qilgan birinchi AQSh prezidenti kim?
Javob: Franklin Delano Ruzvelt 1939 yil aprelda TVda chiqqan.

170. Misrdagi Asvon to‘g‘oni va Nil daryosini bog‘laydigan Nasser ko‘li kimning nomiga qo‘yilgan?
Javob: 1956-1970 yillarda Misr prezidenti bo‘lgan Jamol Abdul Nosir.

171. Aniq soatlar mamlakati qaysi?
Javob: Shveysariya.

172. 16-asrda mikroskopni yaratgan olim kim?
Javob: Mikroskop 1590 yili daniyalik Zaharias Jannsen tomonidan kashf qilingan.

173. Boburiylar sulolasidan bo‘lgan bu shoh davrida imperiya inqirozga yuz tutgan, bu shaxsning qilgan ishlari oldin yuritilgan siyosatga "bolta urgan". Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Avrangzeb.

174. Dante Aligyerining "Ilohiy komediya" asarining asl nomi nima edi?
Javob: "La commedia" ("Komediya") bo‘lgan. 1555 yili nashr qilinganda unga "ilohiy" so‘zi qo‘shib qo‘yilgan.

175. Dunyodagi eng chuqur botiq - O‘lik dengizligini bilamiz. Bu dengiz dengiz sathidan 408 metr pastda joylashgan. Savol: O‘lik dengizidan keyin qaysi botiq eng chuqur hisoblanadi?
Javob: Turfon botig‘i (Shinjon, Xitoy). Dengiz sathidan 154 metr pastda joylashgan.

176. 1940-yili maktab yoshidagi bola AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga 10 dollar so‘rab xat yo‘llaydi. U keyin mashhur siyosatchi bo‘lib yetishadi. Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Kuba yetakchisi Fidel Kastro (1926 yilda tug‘ilgan).

177. Rim imperatori Gay Yuliy Sezar o‘zining mashhur "Keldim. Ko‘rdim. G‘alaba qozondim!" iqtibosini qachon va nima munosabat bilan aytgan?
Javob: Eramizdan avvalgi 47 yili Kichik Osiyo hukmdori Pontiy ustidan qozongan tezkor g‘alabasi munosabati bilan aytgan.

178. Sharqda Jolinus nomi bilan mashhur bo‘lgan qadimgi yunon fizigi, tabibi kim?
Javob: Galen (129-199).

179. O‘z vaqtida Sevardning "Muz qutisi" deb atalgan joy qayer?
Javob: Alyaska.

180. Rim katolik cherkovi tomonidan o‘ldirilgan mashhur italian fizigi va astronomi? Birinchi termometrni yasagan olim?
Javob: Galileo Galiley (1564-1642).

181. Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. tomonidan jannatiyligi bashorat qilingan 10 sahoba kimlar? ("Ash'arai mubashshara")
Javob: Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zubayr ibn Avvom, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Abrurahmon ibn Avf, Talja ibn Ubaydulloh, Said ibn Zayd, Abu Ubayda ibn al-Jarroh.

182. Dunyodagi eng baland sharshara qaysi davlatda joylashgan. Uning balandligi qancha?
Javob: Ahxel sharsharasi Venesuelada, 979 metr.

183. Sobiq AQSh prezidenting xotini Hillari Klintonning yoshlikdagi orzusi ... bo‘lish edi. U bu haqda yordam so‘rab, shu soha tashkilotiga yozganda, ular "qizlardan ... chiqmaydi" deb javob qilishadi. Gap qaysi soha haqida ketmoqda?
Javob: Hillari Klinton yoshligida NASAga "qanday qilib astronavt bo‘lish mumkin?" deb xat yozadi. Ular esa "qizlardan astronavt chiqmaydi", deb javob berishadi.

184. "Biologiya" so‘zini birinchi bo‘lib qo‘llagan va fanga kiritgan olim kim?
Javob: Fransuz botanigi Jan-Batist Lamark (1744-1829).

185. 20 ta farzandning otasi bo‘lgan (birinchi xotinidan 7 ta, ikkinchisidan 13 ta) mashhur mumtoz bastakor (kompozitor) kim?
Javob: Iogann Sebastyan Bax (1685-1750).

186. Sobiq SSSR yetakchisi Yozef Stalinning yoshlikdagi laqabi nima bo‘lgan?
Javob: Koba. Koba - Gruziya mustaqilligi uchun kurashgan xalq qahramoni bo‘lib, Stalin maktab davrida u haqda qiziqib o‘qiydi. Keyinchalik o‘z tengqurlaridan uni Koba deb atashlarini talab qiladi.

187. Yupiterning eng katta yo‘ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?
Javob: Ganimed. 1610 yilda kashf qilingan, diametri 5262 km ni tashkil etadi.

188. Har bir musulmon bilishi shart bo‘lgan savol: Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning 5 ta ajdodlarini sanang.
Javob: Muhammad ibn Abdulloh - Abdulloh ibn Abdulmutallib - Abdulmutallib ibn Hoshim - Hoshim ibn Abdumannof - Abdumannof ibn Qusay - Qusay ibn Murra - ... - Ismoil ibn Ibrohim alayhissalom.

189. Balandligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan cho‘qqi qaysi?
Javob: K2 (Godvin Osten tog‘i), Xitoy - Jammu va Kashmirda joylashgan, balandligi 8611 metr.

190. Ovqat qilayotganda qozonga birinchi nima tushadi?
Javob: Nazar.

191. Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh u gado bo‘lsin, hoh shoh. Gap qaysi kasb egalari haqida ketyapti?
Javob: Sartarosh.

192. Afrika, Antarktida, Osiyo, Evropa, Shimoliy Amerika, Okeaniya va Janubiy Amerikaning eng baland cho‘qqilarini aniqlang.
Javob: Kilimanjaro, 5895 metr (Afrika); Vinson Massif, 4897 metr (Antarktida); Everest, 8850 metr (Osiyo); Elbrus, 5642 metr (Evropa); Mak Kinli, 6194 metr (Shimoliy Amerika); Jaya, 5030 metr (Okeaniya); Cierro Akonkagua, 6960 metr (Janubiy Amerika).

193. Muz hokkeyi bo‘yicha birinchi jahon chempionati qachon o‘tkazilgan? Unda qaysi davlatlar medallar sovrindori bo‘lishgan?
Javob: 1920 yilda Belgiyaning Antwerpen sharida o‘tkazilgan. Unda Kanada - oltin, AQSh - kumush, Chexoslavakiya - bronza medalini qo‘lga kiritgan.

194. AQShning yollanib o‘ldirilgan ikkinchi prezidenti kim?
Javob: Jeyms Garfild. 1881 yil, 4 mart kuni prezident bo‘ladi. 1881 yil, 19 sentabr kuni o‘ldiriladi.

195. Kanada tarixidagi eng yosh bosh vazir kim?
Javob: Jo Klark, 39 yoshida bosh vazir bo‘lgan.

196. Oq Uyda yashagan birinchi AQSh prezidenti kim?
Javob: Jon Adams (1797-1801 yillarda prezidentlik qilgan).

197. Dunyodagi eng tez yurar poezd qaerda?
Javob: Dunyodagi eng tez yurar poezd Frantsiyada . u TGV deb ataladi, 200 km ni 1 soatda bosib o‘tadi.

198. Sayyoralar orasida bir sayyora bor, uning yo‘ldoshlari shu sayyoraga juda yaqinligi bilan mashhur. U qaysi sayyora?
Javob: Marsning 2 yo‘ldoshi - Fobos va Demos.

199. Quyoshning yerdagi yo‘ldoshi deb nom olgan o‘simlik?
Javob: Kungaboqar.

200. Birinchi tramvay liniyasi nechanchi yili tashkil topgan?
Javob: Dunyoning Elektr tarmog‘iga ulangan eng birinchi tramvay liniyasi 1881 yil 16 mayda Berlin shahridagi Lichterfelde degan rayonda ishga tushiriladi. Unda Werner von Siemens (shu nomli firmaning asoschisi) tomonidan qurilgan, uzunligi 4,3 metr bo‘lgan vagonlar 2,5 kilometr bo‘lgan masofada 20 km/h tezlikda yurishadi. Bu tramvaylar 5 PS - 5 ot kuchiga ega bo‘lishgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.