1201. Mo’minlar onalarining eng yoshi ulug’i kim edi?
Javob: Savda onamiz.
1202. Shunday amal borki insonlar uchun juda qiyin ko’rinadi lekin Ibn Sirriyn uni juda oson deb tariflagan osonligi shundaki shubhani tark etish bilan u amalga erishish mumkin u qanday amal?
Javob: Taqvo.
1203. "Harsanglarni toshlarni ko’tardim lekin.....ko’ra og’irroq narsani ko’rmadim" Ali ibn abu Tolib. Ali raziyallohuga ogirlik qilgan narsa nima?
Javob: Qarz.
1204. Bir g’azotdan qaytishayotganida Mo’minlar onasi Oyisha r.a.ni badnom qilish va Rasululloh s.a.v.ga g’amginlik yetkazish uchun munofiqlar Oyisha r.a.ga tuhmat qiladilar. Allohning sinovi tugagach, Oyisha r.a. Qur’oni Karim, Allohning ulug’ kalomlarining guvohligida oqlanadilar. Bu oyatlar qaysi suraning nechanchi oyatlari?
Javob: Nur surasining 11-21-oyatlari.
1205. Rasululloh S.A.V vafot etganlariga Oysha r.a necha yoshda bo’lganlar?
Javob: Hijratning ikkinchi yili Hz. Oyisha 9 yoshlarida Rasulullohga nikohlangan bo’lsalar, demak, Rasululloh SAV vafotlarida 17-18 yosh bo’ladilar.
1206. Rasululloh s.a.v.ning eng sevikli farzandlari, Ali r.a. zavjalari, Imom Hasan va Shahidlar Sultoni deb ta’riflangan Imom Husaynning onasi bo’lgan Forima r.a. necha yoshlarida vafot etganlar?
Javob: 29 yosh.
1207. Bizga ma’lumki Qiyomatda barcha bandalardan birinchi so’raladigan narsa bu amallarning eng buyugi NAMOZ dir. Savol shunday:Qiyomatda insonlarning (birinchi inson bilan ikkinchi inson) o’rtasidagi birinchi bo’lib ajrim qilinadigan narsa nima?
Javob: Qiyomat kunida bir inson bilan ikkinchi inson o’rtasidagi birinchi ajrim qilinadigan narsa, bu - QONdir,ya’ni nohaq to’kilgan qonlardir.
1208. Payg’ambarimiz Muhammad SAV hadislarida ta’kidlangan "Ozi halol-u, lekin Allohga eng yomon korilgan narsa" nima?
Javob: Taloq.
1209. Rasululloh davrlarida yashab u zotni umuman ko’rmagan inson kim deb ataladi?
Javob: Tobein.
1210. Nuh payg’ambar kemasi to’xtagan tog’ nomi nima?
Javob: Ju’di.
1211. Payg’ambarimiz Muhammad SAVning o’gillari Abdullohning yana qanday ismlari bo’lgan?
Javob: Tohir, Toyyib.
1212. Islom olamida Andalusiya deb qayerni aytishadi?
Javob: Portugaliya va Ispaniya.
1213. Islomiy ramz sifatida hiloldan foydalanish kimdan va qachondan boshlangan?
Javob: Usmoniy imperiyasidan boshlangan.
1214. Abdulloh ismi bilan ataluvchi mashhur 5 ta sahobani sanang.
Javob: 1. Abdulloh ibn Umar.r.a. 2. Abdulloh ibn Abu Bakr. r.a. 3. Abdulloh ibn Mas’ud r.a. 4. Abdulloh ibn Abbos.r.a. 5. Abdulloh ibn Amr ibn Os r.a.
1215. Masjidul haromni ilk bor kengaytirib ta’mirlagan shaxs kim?
Javob: Masjid ul-Haromni ilk bor ikkinchi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Ka’batulloh atrofidagi uylarni sotib olib, buzdirib kengaytirganlar. Ka’baga sahn qoldirib, atrofidan devor oldirganlar. Shundan keyin ham u bir necha marta ta’mirlanib, kengaytirildi. Hozirgi kunda masjidning toqqizta mezonasi (minorasi), tortta bosh darvozasi, qirq bitta eshigi bor.
1216. Hazrati Umar ibn Hattob r.a. bir kishi haqida so’z ketganda doimo shunday deganlar:"Bizning sayyidimiz va sayyidimizni ozod qilgan inson". Savol: Bu so’zlarda kelgan ikki sayyid - sahobiyni toping?
Javob: Bilol Habashiy.
1217. "Mukotaba" so’zining ma’nosi nima?
Javob: Fiqhda ozini ozi sotib olishi haqida yozma bitim tuzgan qul (chori).
1218. Islomda birinchi kamon otgan sahobiy kim?
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos ra.
1219. Usmon ibn Affon r.a. shahid ketganlaridan keyin, musulmonlar halifa bo’lishni taklif qilishgan, u rad qilgandan keyin:"Agar sen halifa bo’lishga rozi bo’lmasang, seni qatl qilamiz",deyishganida ham halifalikka rozi bo’lmagan sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Umar.
1220. Sahobalar bir sahobiyga:"Changalida arslonni tutgan inson", deya ta’rif berishgan. Bu ta’rif sohibi bo’lgan sahobiy kim?
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
1221. Salaflarning eng so’nggi vakili kim?
Javob: Ahmad ibn Hanbal
1222. Turkiya hukumati muslima qizlarga hijob bilan darslarga kirishlik huquqini nechanchi yil qaysi kundan boshlab qonuniy tarzda tasdiqlagan?
Javob: 1990 yil 25 oktabr.
1223. Hozirgi paytda Masjidul haramda bir vaqtning o’zida qancha musulmon namoz o’qiy oladi?
Javob: Hozirgi paytda Masjidul haramda bir vaqtning o’zida 1 milyon 120 mingga yaqin namozxon ibodat qila oladi.
1224. Islom olamining mashhur dorilfununi Al-azhar qachon va kim tomonidan tashkil etilgan?
Javob: Islom olamining mashhur dorilfununi Al-azhar fotimiylar sarkardasi Javhar Saqaliy tomonidan hijriy 358 (milodiy 969) yili Qohira bilan baravar qurila boshlangan.
1225. Islom konferensiyasi tashkiloti qachon va qayerda tuzilgan?
Javob: Islom Konferensasi tashkiloti (IKT) - hukumatlararo xalqaro Islom tashkiloti hisoblanadi. Unga 1969 yili Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining Rabot (Marokash) shahrida bolgan birinchi uchrashuvida asos solingan.
1226. Amir Temur Misrga yurish qilgan paytda uning eng yaqin insonlaridan biri xiyonat qilib, dushman tomonga o’tib ketadi. U kim edi?
Javob: Sarkardaning nevarasi Amir Husayn.
1227. Islom olamida ushbu insonning janozasiga eng ko’p odam yig’ilgan(1.000.000 dan ziyod).Ushbu buyuk inson kim?
Javob: Ahmad ibn Hanbal.
1228. Bir g’azotda bu sahobiy 7 ta qilichni sindirgan. U kim?
Javob: Abu Dujona.
1229. Braziliya terma jamoasi va "Barselona" yarimhimoyachisi Ronaldinoning asl ismi nima?
Javob: Ronaldinoning asl ismi Ronaldo de Assis Moreira dir va u vatanida Ronaldinho Gaucho ismi bilan mashxurdir.
1230. Duo qilganda Omiyn qaysi payg’ambardan qolgan?
Javob: Muso a.s. duo qilganlarida Horun a.s. Amiyyn deb turganlar.
1231. Tohir Malik o’ziga ustoz deb bilgan buyuk o’zbek yozuvchisi u kishining yaqin qarindoshlari bo’lgan. Bu ustoz adib kim?
Javob: Mirzakalon Ismoiliy.
1232. Jamoat namozi kishilar uchun yolg’iz o’qilgan namozdan necha barobar darajada ustun?
Javob: 27 baravar.
1233. Qaysi daryo qadimgi mashhur ayollar qabilasi nomi bilan ataladi?
Javob: Amazonka.
1234. Alloh taolo Lutning (alayhis salom) qavmini azoblash uchun ikki farishtani yosh yigitlar shaklida tushirdi ular qavmning hamma erkaklari bilan qo’shib Lut alayhis salomning ayolini ham jazolashdi. Bunga sabab nima edi?
Javob: Lut paygambarlik darajasiga erishgach, o’z aholisini turli yollar bilan, pand-nasihat qilib, Allohning birligiga iymon keltirishga chaqirdi. Ular mubtalo bolgan yaramas odatlarini tark etishga buyurdi. Lekin qavm Lutning nasihatlarini qabul qilismadi. Bu qavmning hidoyat yoliga yurmasligi aniq bolgach, Alloh taolo oz farishtalari orqali munosib jazo yubordi. Farishtalar Allohning amri bilan, Lut xonadoniga mehmon bolib kelishdi, shahar aholisi Lutning xotinidan uylariga chiroyli yigitlar kelishganini eshitib, unikiga bostirib boradilar. Chunki, ular bachchabozlik kasaliga mubtalo bolganlar, oz maqsadlarini amalgam oshirmoq uchun xonadonga bostirib kiradilar. Lut uyida otirgan farishtalar Allohning amri bilan ularning badniyatlarini ozlariga daf etdi. Kuchli shamol turib, ularni tashqariga uloqtirdi. Lut darhol oz oilasi va oziga iymon keltirgan kishilar bilan (xotinidan tashqari, chunki xotini farishtalar habarini dinsiz qavmga yetkazganligi uchun Allohning azobiga uchradi) shahardan chiqib ketdi. Lut malum masofaga yetgach, shahar aholisiga Allohning muqarrar azobi keldi. Hijr surasidagi 74-oyatda bu haqida habar berilib: Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubodik va ularning ustiga sopoldan bolgan tosh yogdirdik, deyiladi.
1235. Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga ota-onam senga fido bo’lsin, deganlar. Bu sahobiy kim va Rasululloh s.a.v. unga buni qaysi g’azotda aytganlar?
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos, Uhud g’azotida.
1236. Islomning eng birinchi elchisi kim? Va bu sahobiy qaysi shaharga elchi bo’lib borgan?
Javob: Mus’ab ibn Umayr. Bu zot birinchi elchi bo’lib, dastlab, Madinaga va madinaliklarga Islomni yoyish va yetkazish uchun madinaga elchi bo’lib borganlar.
1237. "Agar qodir bo’lsang, tuproqni yeyishga majbur bo’lsang ham ikki kishiga amir bo’lma". Bu so’zlarni aytgan sahobiy kim?
Javob: Salmon Forsiy.
1238. Salmon Forsiy r.a. qaysi halifa davrida vafot etganlar?
Javob: Usmon (r.a) davrida.
1239. Rasululloh s.a.v.ning duolari sabab o’qi hech qahcon hato ketmagan va duosi doimo ijobat bo’lgan sahobiy kim?
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
1240. Islomning birinchi chavandozi, Alloh yo’lida ot choptirgan sahobiylarning birinchisi kim?
Javob: Miqdod ibn Amr.
1241. Usmon r.a. halifalik davrida bir sahobiyga qozi bo’lishni taklif qilganlar, lekin u sahobiy o’zining kuchli taqvosi tufayli bu amaldan voz kechgan. Bu sahobiy kim?
Javob: Abdulloh inb Umar.
1242. Har qanday insonni rozi qilishga qurbim yetadi, biroq ...ni rozi qila olmayman. Chunki , uni ne’matning zavoligina rozi qiladi. Muoviya qanday insonni rozi qila olmaydi?
Javob: Hasadchi.
1243. ... sherdir. Sher o’limtik yemaydi. U tojdir, tojni ishchi kiymaydi. U qilichdirki uni qo’rqoq ko’tarmaydi. U minbardir, unga tili ojizlar chiqmaydi. Gap nima haqida ketayapti?
Javob: Kulfat.
1244. Ikki qulog’ing va og’zingga bo’lgan munosabatda ehtiyot insof qil. Gapirmog’ingdan k’ra tinglamog’ing ko’p bo’lishi lozimligi uchun ham senga quloqni ikkita , og’izni esa bitta qilib berildi. Bu so’zlar qaysi sahobaga tegishli?
Javob: Abu Dardo.
1245. Rasululloh s.a.v.dedilar: "Bu yigit menga tog’a bo’ladi, yana kim menga o’z tog’asini ko’rsatadi?" Rasululloh s.a.v.ga "tog’a" bo’lgan sahobiy kim?
Javob: Sa’d Ibn Abu Vaqqos.
1246. Umar r.a.ga suyiqasd qilishgandan keyin, halifa to o’zlarini o’rnilariga yangi halifa tayin qilingunicha musulmonlarga namozda imomlik qilishni qaysi sahobiyga topshirganlar?
Javob: Suhayb ibn Sinon r.a.ga.
1247. Umar r.a. halifalik davrilarida bir sahobiyning rayi va fiqh ilmidan juda ko’p foydalanganlar. Hatto Umar r.a. bu sahobiy haqida:"Agar .... bo’lmganida men shubhasiz halok bo’lgan bo’lardim", deganlar. Umar r.a. nazarda tutgan sahobiy kim?
Javob: Umar r.a. bu gapni Muoz ibn Jabal r.a. haqlarida aytganlar.
1248. Abu Bakr siddiqning birinchi zavjalari kim? Undan qaysi farzandlari tug’ilgan?
Javob: Abu Bakr Siddiqning birinchi ayollari Qutayla bo’lib, ul zotdan Abdulloh va Asmolar tug’ilishgan.
1249. Abu Bakr siddiq hayotlari davomida nechta zavjalari bo’lgan. Nechta farzandlari bo’lgan? Nechtasi o’g’il, nechtasi qiz farzand bo’lgan?
Javob: To’rtta zavjalari (Qutayla, Ummu Rumon, Habiba, Asmo); 6 farzandlari: 3 o’g’il (Abdurrahmon, Abdulloh, Muhammad) va 3 qizlari (Asmo, Oyisha, Ummu Kulsum) bo’lgan.
1250. Abu Bakr siddiqning otalari laqabi Abu Quhofa bo’lgan, haqiqiy ismlari nima edi?
Javob: Usmon.
1251. Abu Bakr Siddiqning onalari ismi nima edi?
Javob: Ummul Xayr Salmo binti Saxr ibn Omir.
1252. Abu Bakr r.a. tomonidan da’vat qilinib, islomga kirgan 10 ta buyuk sahobiyni sanang.
Javob: Usmon ibn Affon, Talha ibn Ubaydulloh, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Abu Ubayda, Abdulloh ibn Abdul Asad, Abu Salama, Xolid ibn Said, Abu Huzayfa.
1253. Abu Bakr r.a. ozod qilgan qilgan musulmon qul va asiralarni sanang.
Javob: Bilol ibn Raboh, Ammor ibn Yosir, Abu Faqih, Abu Fuhayra, Lubayya, Nabdiya (Hazrati Umar r.a. asiralari bo’lishgan), Ummu Ubays, Zinnura.
1254. Abu Bakr siddiq Rumning g’alabasi haqida kim bilan garov boylashganlar?
Javob: Ubay ibn Xalaf.
1255. Bu ayol avval Allohning buyrug’i bilan Zayd ibn Horisa r.a.ga nikohlangan. Keyin qaysidir hikmatlar yuzasidan Zayd r.a. uni taloq qiladilar. Alloh taoloni amri bilan Rasululloh s.a.v. uni o’z nikohlariga oladilar. Bu ayol qaysi mo’minlar onasi?
Javob: Zaynab binti Jahsh.
1256. Bir ayol g’azotda asir tushdi. Rasululloh s.a.v. uni ozod qilib o’z nikohlariga oldilar. Buni ko’rgan ayolning qavmining hammasi Islomni qabul qilishdi. Bu ayol qaysi mo’minlar onasi? Va shu sabab bo’lib Islomni qabul qilgan qavm qaysi qavm???
Javob: Juvayriya binti-al Horis. Otalari Bani Mustaliq qabilasini raisi bo’lganlar va bu onamiz hazrati payg’ambarimiz S.A.V.ga nikohlanganlaridan keyin qabilalari islomni qabul qilgan ekanligi haqida hadis rivoyat qilingan.
1257. Qaysi sahobiyni "Tasavvuf otasi" deb atashadi?
Javob: Abu Bakr Siddiq.
1258. Rasululloh s.a.v. sahobiylariga bir so’zni aytishni ma’n qilganlar. Va bu so’zga ojizlik belgisi deya ta’rif berganlar. Bu so’z qaysi?
Javob: Agar.
1259. Hazrat Umarning shajaralari qaysi bobolariga kelganda Payg’ambar SAV shajaralari bilan bog’lanadi?
Javob: Adiy ibn Ka’b.
1260. Islom tarixida birinchi Armiyani tuzgan va harbiy xizmatdagilarga maosh belgilagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1261. Islom tarixida aholini birinchi marta ro’yxatga olgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1262. Islom tarixida birinchi pul zarb qilgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1263. Islom tarixida birinchi kanal qurgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1264. Islom tarixida birinchi shahar qurgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1265. Islom tarixida birinchi marta mamlakatni uluslarga, viloyatlarga bo’lgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1266. Islom tarixida birinchi bojxonani tashkil etgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1267. Islom tarixida birinchi mirshablik bo’limini tashkil qilgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1268. Islom tarixida birinchi tarovih namozini boshlab bergan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1269. Islom tarixida birinchi marta Qiyos ilmini boshlab bergan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1270. Islom tarixida birinchi marta masjidlarda tunlari chiroq yoqishni joriy qilgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1271. Islom tarixida birinchi marta imom va muazzinlarga maosh belgilagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1272. Islom tarixida birinchi marta qattiq hajviya yozganlarni jazolagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1273. Islom tarixida birinchi marta ayollar ismini she’rlarda madh etishni ta’qiqlagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1274. Islom tarixida birinchi marta "Nikohi mu’ta"ni ta’qiqlagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1275. Islom tarixida birinchi ayol qullarni sotishni ta’qiqlagan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1276. Islom tarixida birinchi marta Madinadagi Rasululloh masjidlarini kengaytirgan shaxs kim?
Javob: Umar ibn Hattob.
1277. Halifalar ichida eng ko’p halifalik qilgani kim?
Javob: Hazrati Usmon ra.
1278. Halifalar ichida eng boyi kim edi?
Javob: Hazrati Usmon r.a.
1279. Islom tarixida birinchi marta Alloh yo’lida hijrat qilgan sahoba kim?
Javob: Hazrati Usmon r.a.
1280. Islom tarixida birinchi bo’lib "Amiral-muslimiyn" nomiga sazovor bo’lgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Jahsh r.a.
1281. Yaqinda sport statistikasi bilan shugullanuvchi mutaxassislar antiqa malumotlarga kora, shu bugunga qadar otkazilgan barcha qishki Olimpiada oyinlarida qaysi qita davlatlaridan hech bir sportchi golib bolmagan?
Javob: Afrika.
1282. Ushbu mamlakatda 706 million ishchi kuchi mavjud. Bu esa butun Yevropa ahlidan uch, Shimoliy va Janubiy Amerika qitalari aholisidan ikki barobar kop demakdir. Gap qaysi mamlakat haqida ketyapti?
Javob: Xitoy.
1283. Aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar qaysi davlatda yashaydilar?
Javob: Olimlar lyuksemburgliklarni, aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng boy odamlar deb topishdi. Qiziqarlisi, sayyoramizdagi eng saxiy kishilar ham mazkur davlat fuqarolari sanalarkan.
1284. Dunyodagi eng istedodli kishilar qaysi yurt fuqarolari? Bu yurtning har million fuqarosiga uch nafar Nobel mukofoti sovrindori togri kelishi bunga yaqqol misol bola olar ekan.
Javob: Irlandiya.
1285. Tili eng uzun hayvon qaysi?
Javob: Jirafa nafaqat boyi, balki tili ham eng uzun hayvonlardan biri bolib, tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u oz quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - kopchilikning nazdida tuya suvsiz eng kop vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar jirafaning tuyaga nisbatan koproq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi.
1286. Qish va yoz chillalari qaysi oydan boshlanadi va qancha davom etadi?
Javob: Qish chillasi 25 dekabrdan 6 fevralgacha. Yoz chillasi 25 iyundan 6 avgustgacha.
1287. Abu Nasr Forobiy Arastuning qaysi mashhur asariga sharh yozgan?
Javob: Metafizika. Ma’lumotlarga ko’ra, Ibn Sino bu asarni 11 marta o’qib tushunmagan, keyinchalik esa Forobiyning sharhidan so’ng hammasiga tushungan.
1288. Dunyo tarixida birinchi bosh vazir ayol kim?
Javob: Sirimavo Bandrananke 1960 yilda Shri Lankada bosh vazir bo’lgan.
1289. Yilning eng uzun va qisqa kunlari qaysi kunga to’g’ri keladi?
Javob: Eng uzun kun 21-22 mart. Eng qisqa kun 22 dekabr.
1290. Ularning har ikkisi ham hokimiyat tepasiga 44 yoshda kelgan. 52 yoshida Rossiyaga hujum qilgan. Ularning tug’ilishi va hokimiyat tepasiga kelishida 129 yil farq bor. Har ikkalasi ham Rossiyadan mag’lub bo’lgan. Gap kimlar haqida ketyapti?
Javob: Napoleon va Gitler.
1291. Hijriy-qamariy yil hisobining birinchi oyi qaysi?
Javob: Muharram.
1292. Islom konferensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari qo’mitasi (ISESCO) tomonidan 2007 yilda jahonning 4 ta shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi. Bular orasida Toshkent ham bor. Qolgan 3 ta shahar qaysi?
Javob: Liviya poytahti Tripoli shahri, Senegal poytahti Dakar va Marokashning uchunchi yirik shahri bo’lgan Fez shaharlari bu nomga sazovor bo’lishdi.
1293. Yurtimizning 3 ta shahrida Ulug’bek madrasasi mavjud. Ular qaysilar?
Javob: Samarqand, G’ijduvon, Buxoro.
1294. Yurtimizning 2 ta shahrida Ko’kaldosh madrasasi mavjud. Ular qaysilar?
Javob: Toshkent va Buxoroda.
1295. Samarqanddagi Registon maydoniga kim asos solgan?
Javob: Mirzo Ulug’bek.
1296. Alisher Navoiy qaysi shaharda dunyoga kelgan?
Javob: Hirotda.
1297. Toshkent metrosining nechta stansiyasi mavjud va qaysilar?
Javob: Hozirda 3 liniyada 29 ta stansiya ishlayapti.
1298. Dunyodagi eng baland teleminora qaysi?
Javob: Kanadadagi CN Tower teleminorasi. Balandligi 553 metr.
1299. Angliyada kutubxonalardan eng ko’p o’g’irlanadigan kitob qaysi?
Javob: Ginnessning rekordlar kitobi.
1300. BMT tomonidan yashash uchun eng qulay mamlakat deya tan olingan davlat qaysi?
Javob: Kanada