1901. Andalusiyani fath qilgan buyuk fotih, musulmon sarkarda kim?
Javob: Jabal ibn Toriq.
1902. Quddusni fath qilgfan Salohiddin Ayyubiyning millati nima edi?
Javob: Kurd.
1903. Dunyodagi eng keng tarqalgan yuqmaydigan kasallik qaysi?
Javob: Karies.
1904. Dunyodagi eng keng tarqalgan yuqadigan kasallik qaysi?
Javob: Gripp.
1905. Ma'lumki Abu Bakr Siddiq r.a.ning laqablaridan biri - Atiqdir. Abu Bakr Siddiq nima uchun bu laqabni olganlar?
Javob: Abu Bakr (roziyallohu anhu) yuzlarining go'zalligi va avvaldan yaxshi ishlarni yaxshi ko'rganlari uchun "atiq" deb nomlanganlar.
1906. Hazrati Umarning "Foruq" laqabini olishlariga sabab bo'lgan voqea qaysi edi?
Javob: Umar (roziyallohu anhu)ni birinchi islomga kirgan kunlarida Payg'ambarimiz (sollalohu alayhi va sallam) "al-Foruq" deb nomladilar. Chunki Alloh taolo Umar (roziyyallohu anhu) bilan kufr va iymon orasini ajratdi.
1907. Qaysi shahar haqida quyidagicha gap aytiladi?
Agar sen ....ga kelmagan bo'lsang, to'nkasan. Agar kelgan bo'lsangu, zavqlanmagan bo'lsang, eshaksan. Agar u yerdan o'z ixtiyoring bilan ketgan bo'lsang, tuyasan.
Javob: Afina.
1908. Uning balandligi 34sm, vazni 3,85kg. U qora marmarga o'rnatilgan bo'lib, tilla suvi bilan qoplangan. Uning eskizini Sedrik Gibbons bir yig'ilish paytida yon daftarchasiga zerikkanidan chizib o'tirgan. U nima?
Javob:Oskar mukofoti
1909. "... qorachadan kelgan, o'rta bo'yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini yaxshi bilar edi. Sulton arslonlar orasida eng kuchli sher edi. Bir so'zli, kek saqlamaydigan, ochiqko'ngil, to'g'ri odam bo'lgan. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi" deb yozib qoldiradi, shu savolda berkingan buyuk shaxsning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy. U kim?
Javob: Jaloliddin Manguberdi.
1910. Tumanning tutun bilan aralashmasi nima deb ataladi?
Javob: Smog.
1911. Dunyoda ikkita davlat bor. Bu davlatlarning xususiyati shuki, ular dengiz yo'liga chiqish uchun har tarafdan ikkita davlatni kesib o'tishi kerak. Shubhasiz bu davlatlarning biri O'zbekiston. Sizlarga savol, shu ikkinchi davlatni toping.
Javob: Lixtenshteyn.
1912. Qachon biz 2 sonini ko`rib 10 deb aytamiz?
Javob: Soatda.
1913. Kimda-kim yomon ko'rsa uni "taqadi", agar yaxshi ko'rsa, "taqmaydi". U nima?
Javob: Ko'zoynak.
1914. Yevropada shunday mubolag'a ishlatiladi. Ahillesning ...dek ojiz bu gap ojiz zaif narsaga nisbat berib aytiladi. Qadimgi rim antik shoiri Gomerning Iliada asari qahramoni Axillesning qaysi a'zosi ojiz va bunga sabab nima?
Javob: Afsonalarga ko'ra onasi Axillesni tanasiga jarohat yetkazmaydigan o'q o'tmas muqaddas suvda cho'miltiradi lekin uni tovonidan ushlab turgani uchun suv tovoniga tegmay qoladi. Shu sababli ham Axilles tovonidan jarohat olib halok bo'ladi.
1915. 18-asr oxirlarida Vengriya imperatori bo'lgan Leopoldning o'gli valiahd shahzoda didiga munosib ot xarid qilish uchun otasidan pul so'rabdi. So'ngra to'rt ot xarid qilibdi: bittasi juda semiz bo'lib, zo'rg'a yurarkan; ikkinchisi asov baytal; uchinchisi ozib to'zib ketgan qari ot, oyog'ini zo'rg'a sudrab bosadigan holdan toygan qirchang'i; to'rtinchisi bir ko'zi ko'r harbiy ot ekan.
Bu otlarni ko'rib imperator o'g'lidan: "Esingni yedingmi, nega bunaqa otlar xarid qilding" - debdi.
Shunda o'g'li: "Aziz otajonim, sizga shu otlar orqali bo'layotgan ishlarni anglatmoqchi edim. Birinchisi semiz, og'ir ot - venger ruhoniylari, ikkinchi asov, jilovlab qo'yish lozim bo'lgan ot - venger dvoryanlari..."
Shahzoda uchinchi va to'rtinchi otni kimga qiyoslaganini bir o'ylab ko'ring-chi?
Javob: Uchinchi ot - oddiy xalq; to'rtinchi ot - imperator.
1916. U bundan bir necha yillar oldin dunyoga keldi. Uch yildan keyin uning ukasi tug'ildi lekin undan ikki baravar katta. Ikki yil o'tib yana yangisi tug'ildi. Yangisi ham oldingilaridan kattaroq. Yana ikki yil o'tgach eng kenjasi amalda esa hammasidan kattasi tug'ildi. Ulardan oldin dunyoga kelganlari esa kichkinaliklari bois ko'rinmay qo'yishgan.
Bularni bizning milliy tayanchimiz deyishimiz mumkin. Bu g'alati "chaqaloqlar" kimlar?
Javob: Bu O'zbekiston so'mi
1917. Inson tanasidagi qaysi a'zo mustahkamligiga ko'ra misdan keyinda, temirdan oldinda turadi?
Javob: Soch
1918. Qaysi hasharotning eshitish a'zosi - "qulog'i" oldingi oyoqlarining tizzasida joylashgan?
Javob: Chigirtka
1919. Yunon tilidan ekologiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
Javob: Ekologiya (yunoncha oikos «uy» + logos «fan»).
1920. 1917 yilgacha Hindistonning poytaxti qayer bo‘lgan?
Javob: Kalkutta.
1921. Samuraylarning axloq kodeksi nima deb ataladi?
Javob: Busido.
1922. Qadimgi dunyoda Tavriya deb qaerni aytishgan?
Javob: Qrim yarim oroli
1923. Qadigi rimliklar qaysi tilda gaplashganlar?
Javob: Qadimgi yunon tilida.
1924. Amasofobiya nima?
Javob: Avtomobildan qo‘rqish.
1925. Qaysi jonzot yeolalarini eng uzoq muddat ko‘tarib katta qiladi?
Javob: Qora buqalamun.
1926. Rus aviatsiyatsining otasi Jukovskiy injener diplomini necha yilda qo‘lga kiritgan?
Javob: 40 yilda
1927. Monako qiroli Albert asos solgan mashhur xalqaro tashkilot?
Javob: Interpolga asos solgan.
1928. "Bir marta g‘alaba qozonish uchun 100 marta mag‘lub bo‘lish kerak". Bu so‘zlar kimga tegishli?
Javob: Mao Sze-dun
1929. Ma’lumki, pochta markalarini yig‘ish - filoteliya deyiladi. Temiryo‘l chiptalarini yig‘ish nima deb ataladi?
Javob: Peridromofiliya
1930. Burkina-Faso degan davlat mavjud. Uning lug‘aviy ma’nosini bilasizmi?
Javob: "Burkina Faso" - to'g'ri, haqiqatguy odamlar yurti.
1934. Qaysi yilgi Olimpiya o‘yinlari oltin medallariga 1 gramm ham oltin qo‘shilmagan?
Javob: 1992 yil Barselona
1935. Birinchi pulemetni kim kashf qilgan?
Javob: Birinchi pulemyot Xiram Maksim tomonidan kashf qilingan.
1936. Qadimgi Rimda "kalendar" so‘zi qanday ma’noni anglatgan?
Javob: Qarz kitobchasi (yoki oyning birinchi kuni). Qadimgi Rimda qarzdorlar oyning 1 kuni qarzlarini to'laganlar va to'laganlari haqidagi ma'lumot shu kitobchaga yozilgan
1937. Janubiy Amerikaning eng baland cho‘qqisi qaysi? Uning balandligi qancha? U qaysi davlatda joylashgan?
Javob: Argentinadagi Akonkagua cho’qqisi (6969 m)
1938. Panama kanali rasmiy ravishda qachon ochilgan?
Javob: 12 iyun 1920 yili
1939. Plakofobiya nima?
Javob: Qabrga qo'yilgan toshdan qo'rqish
1940. Bob-al-mandob qo‘ltig‘i qanday ma’noni anglatadi?
Javob: Arab tilidan "o'lim darvozasi"
1941. Algebra atamasiga kim asos solgan?
Javob: Al-Xorazmiy
1942. Uolt Disney Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabasi sharafiga SSSRga qaysi multfilmni sovg‘a qilgan?
Javob: Bembi
1943. Viktor va Nikita ismlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi ma’no nima?
Javob: Ikkalasining ham ma'nosi qadimgi grekchadan "g‘olib" degani.
1944. Birinchi termometrni kim kashf qilgan?
Javob: Galileo Galiley (1564-1642)
1945. Istanbuldagi Moviy masjidning minoralari nechta?
Javob: Istambuldagi Sulton Ahmad Masjidi asosan Yevropaliklar tarafidan "Moviy masjid" deb ataladi. Sababi quyosh botgandan keyin Masjidning oq rangli marmarlari moviy rang olishi ekan. Jome-Masjid 1606-1616 yillarda Usmonli Podshohi Sulton 1 chi Ahmad tarafidan qurdirilgan. Masjidning 6 minorasi bor. Minoralar shunday qurilganki, hamma tarafdan qarasangiz minoralar bir-birini to'smaydi, yani hamma tarafdan 6 minorani ko'rishingiz mumkin.
1946. Napoleon qasi orolda tug‘ilgan?
Javob: Korsika orolida
1947. Asli Sayyid bo'lib, Buxorodan Bursaga (Turkiyaning viloyati) kelib bu yerga dafn etilgan Amir kim?
Javob: Amir Sulton
1948. Bursadan Ulug'bekning madrasasiga borgan va bizning tuproqlarda vafot etgan olim kim?
Javob: Qozizoda Rumiy
1949. Amerikadagi Atlantik Recordsning sohibi kim edi?
Javob: Ahmet Ertegun
1950. Hayotimizning "voz kechib bo'lmasi" internetni kim kashf etdi?
Javob: Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee), Larri Roberts (Larry Roberts), Vinton Serf (Vinton Cerf) va Robert Kan (Robert Kahn)
1951. "Damskie palchiki" uzum navini ko‘pchilik yaxshi biladi. Uning asl nomi nima?
Javob: Husayni.
1952. Inson asab tolalarining umumiy uzunligi qancha?
Javob: 70 km.
1953. "Rus shaharlarining onasi" nomiga sazovor bo‘lgan shahar qaysi?
Javob: Kiyev
1954. Ucha oladigan eng og'ir qushning maskani va massasi?
Javob: Ucha oladigan eng og‘ir qush Otis tarda bo‘lib, og‘irligi 21 kg dir.
1955. Yuragimiz hayotimiz davomida qancha litr qon haydaydi?
Javob: 227 million litr qon haydaydi.
1956. Ilk sharikli ruchka qachon, kim tomondan ishlab chiqarilgan?
Javob: Sharikli ruchkaning ishlash printsipi 1888 yil AQShda Jon Laud tomonidan ishlab chiqilgan. Ilk sharikli ruchka Laslo Biro tomonidan 1943 yili ishlab chiqarilgan.
1957. Plevra - nima degani?
Javob: Bu so'z nunonchadan kus tiliga o'tgan bo'lib, o‘'pkani va ko'krak qafasining ichki tomonini o'rab turuvchi yupqa pardaga aytiladi.
1958. Amir Temur bilan Yildirim Boyazid o'rtasida bo'lgan muhoraba qancha davom etgan?
Javob: Bu muhoraba 28 iyul, 1402 sanasida Ankara yaqinlaridagi Chubuk vohasida bo'lgan. Muhorabaning 14 soatga yaqin davom etganligi haqida xotiranomalarda yozilgan.
1959. 10 yil ichida 35 marotaba vunyo chemioni bo'lgan sportsmen kim?
Javob: SSSRning (asli ukrainalik) eng mashhur sportsmeni Sergey Nazarovich Bubka 10 yil ichida ham ochiq, ham yopiq makonlarda 35 marotaba Yengil Atletika (tayoq bilan yuksaklikdan sakrash) bo'yicha dunyo chempioni bo'lgan. Ginnes Rekordlar kitobiga ham kirgan.
1960. Qonun musiqa asbobini kim ijod etgan?
Javob: Qonun musiqa asbobini Abu Nasr Farobiy ijod etgan.
1961. Yangi Zelandiyaning ramzi bo‘lgan qush qaysi?
Javob: Kivi.
1962. Lotin Amerikasining qaysi davlati prezidenti yapon bo‘lgan?
Javob: Alberto Fuximori
1963. Rasululloh sav: "... - jannat yigitlarining sayyididir", deb ta'rif bergan, Ul zot bilan bir paytda, bir oilada tug'ilgan sahoba?
Javob: Abu Sufyon ibn Horis r.a
1964. "Payg‘ambar sirining sohibi" deya ta'riflangan sahoba?
Javob: Huzayfa ibn Yaman roziyallohu 'anhu.
1965. Isfahonning Jabbon deb ataladigan qishlog‘ida tug'ilgan sahoba?
Javob: Salmon Forsiy roziyallohu 'anhu.
1966. Rasululloh "Senda Alloh va Rasulu yoqtiradigan ikki xislat bor: vazminlik va halimlik" deb kimga qarata aytganlar.
Javob: Zaydul xoyr.
1967. Rasululloh "... o‘lganida (uni ruh’i kelayotganini farishtalarga ma’lum qilish uchun) Arsh (shodiyona) bir tebranib qo‘ydi" deb qaysi sahoba haqida aytganlar?
Javob: Sa'd ibn Muoz.
1968. Rasululloh qaysi ummul mo‘minin haqida: "... ning bo‘lak ayollardan afzalligi sariydning (boshqa) taom(lar)dan afzalligi kabidur" "‘њ deb aytganlar?
Javob: Bu ta'rifni Rasululloh Oysha r.a. haqlarida aytganlar
1969. Uhud tuprog’idagi ilk shahid bo'lgan sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Amr (Jobir r.a.ning otalari)
1970. Uhud g'azotida Rasululloh "Ollohim, ularni jannatda menga hamrox qil!" deb kimni duo qilganlar?
Javob: Hazrati Nasiba raziyallohu anho.
1980. Rasululloh u sahobiyni juda yaxshi ko‘rganlaridan, u sahobiy "Rasulullohning mahbubi" laqabini olgan edi. U kim?
Javob: Zayd ibn Horisa
1981. E’tikof o‘tirishda Rasululloh ga birinchi ergashgan inson kim?
Javob: Zaynab binti Jahsh roziyallohu anhu.
1982. Qur’ondagi eng uzun oyat qaysi surada va nechinchi oyatida kelgan? Bu oyatda qaysi masala hususida so‘z boradi?
Javob: Baqara surasi 282-oyat. Qarz, oldi-berdi, guvohlik haqida.
1983. Qur’oni karimda qaysi payg‘ambar haqidagi qissa faqat bitta surada hikoya qilinadi va boshqa suralarda uchramaydi?
Javob: Yusuf alayhissalom
1984. «Napoleon» torti tarixini bilasizmi?
Javob: 1912 yili Moskvada Napoleon Bonapartning Rossiyadan quvilishi katta tantana bilan nishonlandi. Bu yubiley munosabati bilan turli pishiriqlar dasturxonga taqdim etildi. Bu yerda yangi pishiriq ham paydo bo‘lgandi. Krem bilan bezatilgan, Napoleonning mashhur shlyapasini eslatuvchi, uchburchak ko‘rinishli tort ko‘pchilikning e’tiborini tortgandi. o‘shanda hamma bu tortni Napoleon nomi bilan atagandi. Garchi hozirda bu pishiriq to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishiga ega bo‘lsa-da, hamon «Napoleon» nomi bilan ataladi.
1985. «Olive» salati qaerdan kelib chiqqan?
Javob: «Olive» salatini XIX asrning 60-yillarida frantsuz oshpazi Lyusen Olive kashf qilgan. Lyusen Parijdagi eng obro‘li restoranlardan birining xo‘jayini edi. Restoranning eng mashhur taomi ham aynan «Olive» salati edi. Salat retseptini Lyusen Olive to o‘limiga qadar sir saqladi. Shunga qaramasdan, 1904 yili salatning retsepti qayta kashf etildi. Salatning tarkibi quyidagicha edi: 2 ta bulduruq qushi, buzoq tili, tuzlangan qora ikra, salat bargi, 25 ta qaynatilgan qisqichbaqa, yarim banka pikuli sabzavoti, yarim banka soya, 2 ta bodring, kavar, 5 ta tuxum.
1986. Birinchi marta kofedan qachon foydalana boshlashgan?
Javob: 7 asrning ikkinchi yarmida Arabistonda birinchi marta kofedan foydalana boshlashgan. Yevropaga esa kofe 13-14 asrlarda yetib kelgan. 17 asrda esa kofe yevropaliklarning sevimli ichimligiga aylangan. Dunyoda kofening arabika va robusta navlari keng tarqalgan.
1987. Kimning mo‘ylovi eng uzun?
Javob: Dunyodagi eng uzun mo‘ylov egasi Hindistonning Suandarearx shahrilik Kalyan Saindir. 1993 yil iyulida uning mo‘ylovi umumiy uzunligi 3 metru 39 santimetrni tashkil etgan edi. Kalyan sohib 1976 yildan beri mo‘yloviga tig‘ tegizmagan ekan.
1988. Birinchi marta Umid burnini kim aylanib o‘tgan?
Javob: Bartolomeo Dias.
1989. Nima uchun AQSh prezidenti Vilyam Taftni «Katta Bill» deb atashgan?
Javob: AQSh prezidentlari ichida eng og‘ir vaznlisi Shtatlarning 27-prezidenti V.Taft edi. Uning og‘irligi 352 funt bo‘lganligi bois uni «Katta Bill» deb atashardi. Shuning uchun ham prezident uchun Oq Uyga katta narsalar buyurtma qilingandi: katta vanna, katta kreslo, avtomobil uchun maxsus eshik, og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan ot va h. Shunga qaramasdan Taft yaxshigina tennis o‘ynardi va qoyilmaqom tarzda raqsga tushardi. Va yana: V. Taft so‘nggi prezident sigirining va birinchi prezident avtomobilining egasi sifatida tarixga kirgan.
1990. AQSh tarixidagi yagona xorijlik birinchi xonim kim?
Javob: AQSh prezidentligi tarixida muxojirlardan ilk marta prezident Jon Adamsning xotini, asli angliyalik Luiza Jonson AQShning birinchi xonimi unvoniga sazovor bo‘lgan.
1991. Birinchi marta «Qahramon ona» ordenini kimga berishgan?
Javob: «Qahramon ona» fahriy unvoni SSSR Oliy Sovetining prezidiumi tomonidan 1944 yilning 27 oktyabrida tasdiqlangan. 14 nafar «Qahramon ona»lar ichida 1-raqamli orden Moskva viloyatining Mamontoka qishlog‘ida yashovchi, 12 farzandni tarbiyalagan Anna Aleksaxinaga topshirilgan. Urush paytida uning 8 farzandi fronga ketib, 4 nafari halok bo‘lishgan. 1-raqamli orden 1944 yil 1 noyabr kuni Kremlda topshirilgan. Aslida 1-raqamli orden kommunist ayolga topshirilishi kerak bo‘lgan. Ammo nomzodlar ichida kommunistik partiya a’zolari topilmagan. Shundan keyingina ordenni partiyasiz Anna Aleksaxinaga topshirishga majbur bo‘lishgan. Anna ona qishloqdagi xarob kulba (barak)lardan birida yashagan. Ko‘pfarzandli onani Moskvadan qutlash uchun hukumat vakillari kelishi munosabati bilan kulbaga raykomdan mebel keltirilgan. Yuqoridan kelgan mehmonlar ketishi bilan esa mebel yana raykomga olib ketilgan.
1992. Prezidentligi vaqtida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti kim?
Javob: Prezidendlik muddati paytida jinoiy jazoga tortilgan yagona AQSh prezidenti Uliss Grantdir. AQShning 17-prezidenti o‘z otida tezlikni oshirgani uchun 20 dollar miqdorida jarimaga tortilgan.
1993. Qaysi golland dengizchisi Avstraliya va Okeaniyani, Tasmaniyaning janubiy va sharqiy qirg‘oqlarini kashf qilgan va Yangi Zelandiyaga yetib borgan?
Javob: Abel Tasman.
1994. 1913 yili avtomobilsozlikda konveyerlar paydo bo‘ldi. Uning kashfiyotchisi kim?
Javob: Genri Ford.
1995. Asl ismi Lesli Lanch King bo‘lgan AQSh prezidenti kim?
Javob: AQShning 38-prezidenti Jerald Fordning asl ismi Lesli Lanch King bo‘lgan.
1996. AQSh prezidentlari qanday hayvonlarni boqishgan?
Javob: AQShning ko‘p prezidentlari hayvonlarni boqishgan. Jorj Vashington - to‘tiqush, Jon Adams - alligator, Abraxam Linkoln - kurka, V.Garrison - echki, Teodor Ruzvelt - suvilon, Franklin Ruzveltdan keyingi prezidentlar esa - zotdor itlar boqishgan.
1997. Dunyoda birinchi terish mashinkasini kim yasagan?
Javob: Peter Mitterxofer.
1998. Elektr batareyasini kim kashf qilgan?
Javob: Alessandro Volta.
1999. AQSh milliy bayramlaridan qaysi biri mamlakat tarixida «qora kun» bo‘lib saqlanib qolgan va nima uchun?
Javob: Amerikadagi eng katta milliy bayram - 4 iyul - Mustaqillik kunida mamlakatning ikkinchi, uchinchi va beshinchi prezidentlari (J.Adams, T.Jefferson, J.Monro) vafot etgan.
2000. «Liliput» so‘zi qaerdan paydo bo‘lgan?
Javob: Jonatan Sviftning «Gulliverning sayohatlari» romanida bosh qahramon mitti odamlar yurti - Liliputiyaga tashrif buyuradi. U yerdagi odamlar «liliputlar» deb atalardi. o‘z davrida judayam mashhur bo‘lgan bu asar tufayli «liliput» so‘zi jahon xalqlari tiliga singib ketgan.