301. 1851 yilda qaysi olim tomonidan benzol topilgan?
Javob: Bertlo.
302. Qadimiy turkiy manbalarda “Xonbaliq” nomini olgan shahar qaysi?
Javob: Pekin.
303. 3 ijrochi - trio; 4 ijrochi - kvartet; 5 ijrochi - ?
Javob: Kvintet.
304. Rus adabiyotining ilk realistik she’riy romani qaysi va uning muallifi kim?
Javob: Pushkinning "Yevgeniy Onegin" romani.
305. Buyuk adib Usmon Nosir rus adabiyotidagi qaysi poemalarni o‘zbekchaga mohirlik bilan tarjima qilgan? Qaysi poema tarjimasini yo‘qotib qo‘yib, tahririyatda yoddan aytib beradi?
Javob: Lermontovning "Iblis" ("Demon") poemasi. Pushkinning "Boqchasaroy fontani" dostonini tarjima qilib bo‘lib, tahririyatga olib borayotganda uni yo‘qotib qo‘yadi. Tahririyatga kelib esa dostonni boshdan oyoq yoddan aytib beradi.
306. Buyuk hind eposi "Ramayana"ni o‘zbek tiliga o‘girgan adib kim? Bu adib 2004-yilda "Abadiy sog‘inchlar" nomli roman-xronikani ham yaratdi.
Javob: Muhammad Ali.
307. 1966-67 yillarda ToshDUning filologiya fakultetiga ketma-ket ikki yil hujjat topshirib o‘tolmagan, keyinchalik Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov asosida qabul qilingan o‘zbekning buyuk shoiri kim edi?
Javob: Shavkat Rahmon.
308. Shukur Xolmirzayevning "Qora kamar" dramasi qaysi mavzuga bag‘ishlangan va uning bosh qahramoni kim?
Javob: Milliy ozodlik harakati. Bosh qahramon - Xurrambek.
309. Ma'lumki Rauf Parfi 1965 yili ToshDUni bitiradi, lekin diplom ololmaydi. Diplom ololmasligiga sabab nima edi?
Javob: "Markscha-lenincha falsafa" fanidan qayta imtihonni topshirishdan bosh tortadi.
310. Qondagi zararli moddalarni zararsizlantiradigan inson a'zosi qaysi?
Javob: Jigar.
311. Qaysi o‘simlik "oltin olma' deyiladi va vatani qayer?
Javob: Pomidor. Vatani - Braziliya.
312. Qaysi o‘simlik hayoti davomida bir marta gullaydi?
Javob: Bambuk.
313. Eng katta vulqon krateri qaysi va qayerda joylashgan?
Javob: Dunyodagi eng katta vulqon krateri - Toba bo‘lib, Sumatra oroli markazida joylashgan (Indoneziya). Uning maydoni 1775 km2dir. Bu so‘ngan vulqon bo‘lib, oxirgi marta bundan 75000 yil avval otilgan.
314. Dunyodagi eng katta harakatdagi vulqon qaysi?
Javob: Gavayi orollaridagi (AQSh) Mauna-Loa vulqoni uzunasiga 120 km, eniga 50 km ni tashkil etadi. Lava irmoqlari esa 5125 km2dir. Vulqonning umumiy hajmi 42500 km bo‘lib, uning 84,2%i dengiz ostida joylashgan. Mauna-Loa vulqoni 1843 yildan boshlab, o‘rtacha 3,6 yilda harakatlandi, lekin 1984 yildan beri hali harakatlanmadi.
315. Suvda va quruqlikda joylashgan dunyodagi eng baland tog‘ qaysi?
Javob: Gavayi orollaridagi (AQSh) Mauna-Kea ("Oq tog‘") - Yer yuzidagi eng baland tog‘ hisoblanadi. Tinch okeanidan boshlanadigan ushbu tog‘ning cho‘qqigacha bo‘lgan masofa - 10250 metrni tashkil etadi. Gap shundaki, tog‘ning 6000 metrdan ko‘prog‘i suv ostida, faqatgina 4205 metrlik qismi esa dengiz sathidan balandda joylashgan. Hammasi bo‘lib bu tog‘ Everest cho‘qqisidan 1347 metr balanddir.
316. Dunyodagi eng katta toshuvchi (suv toshqini) daryo qaysi?
Javob: Xitoydagi Xuanxe daryosi har yili 130-140 kunlab o‘zaniga sig‘mas ekan. Natijada har yili qishloq ho‘jaligiga katta zarar yetadi.
317. Dunyodagi eng katta muzosti ko‘li qaysi?
Javob: Antarktidadagi 1994 yilda ochilgan Vostok ko‘li dunyodagi eng keksa va eng toza ko‘l hisoblanadi. Uning maydoni qariyb 14 ming km2dir.
318. Dunyoda birinchi marta odam qonini odamga quyish qachon va qayerda amalga oshirilgan?
Javob: 1818-yil 1-sentyabrda London shahridagi St. Guy kasalxonasida Dr. Blundell tomonidan o‘tkazilgan. Har xil odamlardan olingan yarim liter qon bemorga quyilgan, ammo bemor operaciyadan tirik chiqmagan.
319. Odam tanasi hujayralarining yadrosida nechta xromosoma bor?
Javob: 46 ta.
320. Hujayrada qanday modda eng ko‘p bo‘ladi?
Javob: Oqsil.
321. Umar Xayyom ruboiylarini birinchi bo‘lib aruz vaznida tarjima qilgan adib kim? Tarjimon ruboiylarni aruzning qaysi tarmog‘ida bo‘yicha tarjima qilgan?
Javob: Jamol Kamol. Aruz vaznining "ahram" va "ahrab" tarmog‘ida tarjima qilingan.
322. Go‘ro‘g‘lining o‘g‘illari Hasanxon va Avazxonlarning turmush o‘rtog‘i kim edi?
Javob: Hasanxonning xotini - xon Dalli, Avazxonning xotini - Gulqiz.
323. Go‘ro‘g‘libek Ravshanbekka kim qalliq qilib olib bermoqchi bo‘ladi? U kimning qizi edi?
Javob: Avazxonning qizi - Gulanorni.
324. Ravshanbekning tulpori ismi nima edi?
Javob: Jiyronqush.
325. Ravshanbek Zulxumorning xabarini qayerdan topadi?
Javob: Yunus parining uzugida Qoraxon podshoning qizi - Zulxumorning ismi, ham surati bor edi. Shuni ko‘rib oshiq bo‘lib qoladi.
326. Musulmon Sharqida "devon" tuzish an'analariga ko‘ra:
a) g‘azallar qaysi tartibga ko‘ra joylanadi?
b) devondagi g‘azallar uchun qaysi shart bo‘lmasa devon hisoblanmaydi.
Javob: a) g‘azallar alifbo tartibida joylashtiriladi. Alifboni belgilashda misraning boshidagi emas, balki oxiridagi harf hisobga olinadi.
b) devonda arab alifbosi tartibi bo‘yicha barcha harflarga tugaydigan g‘azallar bo‘lishi shart. Yo‘qsa, u dev hisoblanmaydi.
327. G‘azalning birinchi va oxirgi baytlari nima deb ataladi?
Javob: G‘azalning birinchi bayti - matlaa (arabcha "boshlanma"), oxirgi bayti - maqta' (arabcha "tugallanma") deb ataladi.
328. Ikki mahbubni ko‘rdim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida,
Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
Barcha qushlarning so‘ngoki ichida,
Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida.
Uvaysiyning ushbu chistoni javobini toping.
Javob: Yong‘oq.
329. Chiston janri yana qanday ataladi?
Javob: Lug‘z.
330. Har kishikim birovga qozg‘oy choh,
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh.
Alisher Navoiyning ushbu baytida qanday badiiy san'at qo‘llanilgan?
Javob: Irsoli masal ("maqol kiritish" ma'nosini bildirib, badiiy adabiyotda fikr isboti uchun xalq maqollaridan foydalanish san'ati).
331. Ravshanning Qoraxon tomonidan qamoqqa olinishiga sabab nima edi? Bu fitnani amalga oshirgan shaxs kim edi?
Javob: Zulxumor Ravshanbekni o‘z bog‘ida rosa mehmon qiladi. Zulxumorning kanizlaridan Oyqiz ravshanga ko‘p iltifot qilsa-da, uning iltifotini qozona olmagach, bu sirdan xonni ogoh etadi. Qoraxonning mirshablari Ravshanni Zulxumor bilan uxlab yotishgan joyidan bandi qiladilar.
332. Ravshanbekni Shirvon elida asrab olgan kampirning katta o‘g‘lining kal shogirdlari kimlar edi va ular qaysi sohalarda mohir edilar?
Javob: Aynoq kal - nonxo‘r, polvon;
Jaynoq kal - masxaraboz;
Ersak kal - mergan;
Tersak kal – sinchi.
333. Ravshanbekning qamoqdan yozgan maktubini Chambil eliga qaysi qush eltib beradi?
Javob: Mayna.
334. "Ravshan" dostoni qachon, kim tomonidan, qaysi baxshi tilidan yozib olingan?
Javob: "Ravshan" dostoni birinchi marta folklorshunos olim Hodi Zarif tomonidan, 1928-yili Ergash Jumanbulbul baxshi og‘zidan yozib olingan va 1941-yilda nashr etilgan.
335. Ravshanbek Zulxumorni izlab chiqqanda necha yoshda bo‘ladi?
Javob: 15-16 yoshda.
336. 1848-1849 yillar Yevropadagi qo‘zg‘olonlar natijasida iste'foga chiqarilgan va o‘z jonini saqlab qolish maqsadida ayollar kiyimida qochib ketgan hukumat boshlig‘i kim?
Javob: Avstriya kanzleri Klemens Wenzel Lothar von Metternich.
337. XIX asrda "Yevropa jandarmi" deb atalgan davlat va nima uchun?
Javob: Rossiya.
338. 1870-yilda Italiyaning milliy davlar bo‘lib birlashishida xizmatlari katta bo‘lgan 3 shaxs.
Javob: Giuseppe Garibaldi, Giuseppe Mazzini, Graf Camillo Benso di Cavour.
339. Kim 5 soat ichida konstitutsiya ishlab chiqqan?
Javob: Otto fon Bismark.
340. Birinchi rus bosma gazetasining nomi nima va qachondan boshlab chiqarila boshlangan?
Javob: Vedomosti, 1703 yildan chiqa boshlagan.
341. Neva daryosining quyilish yerida bir shahar bor. Bu shahar qaysi va kim tomonidan qurdirilgan?
Javob: Sankt Petersburg shahri, Buyuk Pyotr tomonidan qurdirilgan.
342. "Oskar"ni yutgan birinchi film qaysi?
Javob: 1927-1828 yillarda birinchi "Oskar" mukofoti g‘oliblari e'lon qilingan. Unga ko‘ra:
Eng yaxshi film - "Wings" ("Shamollar").
343. O‘g‘lining prezidentlik inaguratsiyasida qatnashgan birinchi amerikalik ona kim?
Javob: Garfildning onasi Eliza Ballou Garfild.
344. Maktabga umuman bormagan, lekin bo‘lajak rafiqasi tomonidan 17 yoshida yozish va o‘qishni o‘rgangan Amerika Prezidenti kim?
Javob: Andryu Jonson.
345. O‘zbekistondagi eng uzun kanal qaysi?
Javob: Eski Angor kanali 1955 yili foydalanishga topshirilgan bo‘lib, uzunligi 300 km.ni tashkil etadi. Kanal suvni Zarafshon daryosidan oladi.
346. O‘zbekistondagi eng katta qo‘riqxona qaysi?
Javob: Hisor tog‘larining g‘arbiy yonbag‘irlarida, 1750-4350 metr balandliklarda joylashgan Hisor tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi O‘zbekistondagi eng katta qo‘riqxona bo‘lib, uning maydoni 873995 gektarni tashkil etadi.
347. O‘zbekistondagi eng yirik suv ombori qaysi?
Javob: Chordara suv omborining maydoni - 900,0 kv.km bo‘lib, suv hajmi 5700,0 mln. kub metrni tashkil etadi.
348. O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqi qaysi va uning balandligi qancha?
Javob: Hisor tog‘laridagi Hazrati Sulton cho‘qqisining balandligi 4643 metrni tashkil etadi.
349. O‘zbekistondagi eng chuqur botiq qaysi?
Javob: Qizilqum cho‘lidagi Mingbuloq botig‘i dengiz sathidan -12 metr pastda joylashgan.
350. Birinchi globusni kim yasagan?
Javob: Abu Rayhon Beruniy XI asr boshida birinchi globusni yasagan. XV asrda nemis olimi Bexaym tomonidan Yevropada ham globus yaratilgan.
351. Kofe va kakaoning vatani qayer?
Javob: Kofening vatani - Efiopiya, kakaoning vatani - Markaziy Amerika.
352. Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasidagi dodhohning ismi nima edi?
Javob: Olimbek dodhoh.
353. Yerga eng yaqin tumanlik qaysi?
Javob: Andromeda tumanligi Yerga eng yaqin bo‘lib, u Quyoshga nisbatan 1 500 000 000 marta ko‘p yorug‘lik ajratib chiqaradi.
354. O‘zbekistonda 1994-yil qanday atalgan?
Javob: Mirzo Ulug‘bek yili.
355. Ayni paytda O‘zbekistondagi eng kam ish haqi (minimal oklad) qancha?
Javob: 9400 so‘m.
356. "Mehrobdan chayon" romanida Anvar kim sababli saroyga ishga kiradi?
Javob: Sinfdoshi Nasim va uning dadasi tufayli.
357. "Mehrobdan chayon" romanining so‘nggida "Barimta" degan qism mavjud. Bu so‘zning ma'nosi nima?
Javob: Garovga, kafilga olish. Anvar mirzo saroydan ketgani uchun Sultonali Mirzoni garovga olishadi. Shu saabli bu qism "Barimta" deb ataladi.
358. Jahonotin Uvaysiy taxallusining ma'nosi nima va qayerdan kelib chiqqan.
Javob: O‘tmishda Uvays al-Qaroniy nomli valiy zot o‘tgan. Bu zot payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.dan ancha oldin yashagan bo‘lib, u zotning kelishlarini kitoblardan o‘qib, muhabbat bog‘laydi. Payg‘ambarimiz ham uning cheksiz mehri haqida sahobalarga aytib beradilar. Uvaysiy ham shundan kelib chiqqan.
359. Odamiy, ersang, demagil odami
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
Ushbu misralar Alisher Navoiyning qaysi asaridan olingan?
Javob: "Hayratul abror" dostonidan.
360. "Xamsa"dagi "Shoh G‘oziy" hikoyati kimga bag‘ishlanadi?
Javob: Husayn Boyqaroga.
361. "O‘tkan kunlar" filmining yangi versiyasi qachon ishlangan va rejissori kim?
Javob: 1998-yili ishlangan, rejissori Melis Abzalov.
362. "O‘tkan kunlar" filmining yangi versiyasida Otabek va Kumush rollarini kimlar talqin etgan?
Javob: Otabek - Behzod Muhammadkarimov, Kumushbibi - Shahrizoda Dilmurod qizi.
363. Qaysi yil genetikaga asos solingan yil deya ta'rif etiladi va nima uchun?
Javob: Genetikaning asosiy qonuniyatlari dastlab, chex olimi Gregor Mendel tomonidan 1895 yilda e'lon qilingan edi. Uning tadqiqotlari uzoq vaqtgacha to‘g‘ri baholanmay keldi. 1900 yilda Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G.De Friz, E.Chermak va K.Jorrenslar tomonidan qayta kashf etildi va tasdiqlandi. Shuning uchun 1900 yil genetikaga asos solingan yil hisoblanadi.
364. Amudaryoni qadimda arablar Sayhun, yunonlar Oks deb ataganlar. mahalliy xalqlar qanday ataganlar?
Javob: Omul.
365. Abdulla Qahhorning "O‘g‘ri" hikoyasidagi sigirini yo‘qotgan cholning ismi nima edi?
Javob: Qobil bobo.
366. Makkajo‘xorining asl vatani?
Javob: Markaziy Amerika, Meksika.
367. L. Kerollaning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” kitobi kimga bag‘ishlab yozilgan?
Javob: Henry George Liddellning qizi Alisa Liddelga bag‘ishlangan.
368. Mars sayyorasini qadimda Arabistonda nima deb atashgan?
Javob: Mirrix.
369. 1868 yilda Yaponiya poytaxti deb e’lon qilingan shahar?
Javob: 1868 yildan beri Yaponiya poytaxti - Tokio. Undan oldin Kioto poytaxt bo‘lgan.
370. Shved erkaklar yubkasi nima deb ataladi?
Javob: Kvilt.
371. “Turon” teatr-truppasini kim tashkil etgan?
Javob: Abdulla Avloniy.
372. Viruslar kim tomonidan, qachon kashf etilgan?
Javob: 1892 yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki o‘simligida uchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo‘zg‘atuvchi virusni kashf etdi.
373. Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft koni qachon ochilgan?
Javob: 1992 yili.
374. Mashhur avar shoiri Rasul Hamzatning qanday she'riy kitoblarini bilasiz? (3 tasini sanang)
Javob: "Tog‘ qo‘shig‘i", "Mening qalbim tog‘larda", "Tog‘ qizi", "Dog‘istonim", "Yuksak yulduzlar", "Tug‘ilgan kunim", "Tog‘likning vatani", "Ovuldan xat".
375. Teleskopsiz nechta yulduzni ko‘rish mumkin?
Javob: Teleskopsiz 6000 yulduzni ko‘rish mumkin. Ulardan 1500 tasi Janubiy yarimshar ustidadir.
376. Ko‘pchilik mamlakatlarda “ikkinchi non” deb ataladigan o‘simlik?
Javob: Kartoshka.
377. 1953 yillarda “Saodat” jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishlagan shoira?
Javob: Zulfiya.
378. “Kitob ul-musiqa al-kabir” (“Musiqa haqida katta kitob”) asari muallifi?
Javob: Abu Nasr Farobiy.
379. Azotni birinchi bo‘lib kashf etgan olim ?
Javob: 1772 yilda ingliz olimi D.Rezerford tomonidan kashf qilingan.
380. Botanika faninig suvo‘tlarni o‘rganuvchi bo‘limi nima deb ataladi?
Javob: Algologiya.
381. Qaysi daryo Oqshiyroq va Terskay Olatovi tizmalaridan boshlanadi?
Javob: Sirdaryo.
382. Orol dengizining eng chuqur joyi necha metr?
Javob: 50 metr.
383. Yevrosiyoning tabiiy-geografik o‘rniga ko‘ra Markaziy Osiyo mintaqasiga qayerlar kiradi?
Javob: Sharqiy Qozog‘iston, Shimoliy Hindiston, G‘arbiy Xitoy, Mo‘g‘uliston, Shimoliy Xitoy.
384. O‘rta Osiyo geografiyasiga kim asos solgan?
Javob: Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (IX asr) "Yer tasviri" asari bilan O‘rta Osiyo geografiyasini tadqiq etgan.
385. "Atlas" atamasini fanga kim kiritgan?
Javob: Flamand xaritashunosi Merkator o‘zi tuzgan xaritalar to‘plamini (1595-yili) Lviyaning afsonaviy qiroli Atlas nomi bilan ataydi.
386. Mashhur seleksioner olim Vavilov madaniy o‘simliklarning kelib chiqishini qanday 7 markazga bo‘ladi?
Javob: 1. Janubiy Osiyo. 2. Sharqiy Osiyo. 3. Janubi-G‘arbiy Osiyo. 4. O‘rta Yer dengizi. 5. Abissiya (Efiopiya). 6. Markaziy Amerika. 7. Janubiy Amerika.
387. Qaysi madaniy o‘simliklar Markaziy Amerikadan tarqagan? (5 tasini sanang).
Javob: Oshqovoq, makkajo‘xori, qalampir, loviya, kakao.
388. O‘zbekistondagi eng katta toshko‘mir koni qaysi?
Javob: Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un koni.
389. O‘zbekistonning janubida yoz necha kungacha davom etadi?
Javob: 160 kungacha.
390. Koinotda nechta burj bor? Yunon olimi Ptolomey qancha burjni qayd etgan?
Javob: Yunon olimi Ptolomey 48 ta burjning ro‘yxatini tuzgan. Hozirgi kunda esa 88 ta burj ma'lum.
391. Artezan atamasi qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Artezan Fransiyaning Artua degan joyi bilan bog‘liq. U yerda bundan 800 yil burun qazilgan.
392. 1933-34 yillarda “O‘tkan kunlar”ni kino qilisharkan degan gaplar chiqadi. Abdulla Qodiriy bosh qahramon - Otabek rolini kim talqin etishini xohlagan edilar?
Javob: - Artist bo‘lganimda edi, Otabek rolini o‘zim o‘ynardim. Negaki Otabek xarakterini mendan ortiq biluvchi yo‘q, - degandilar Abdulla Qodiriy. (Habibulla Qodiriy “Otam haqida”).
393. “Otkan kunlar”ning dastlabki variantida Abdulla Qodiriy Kumush qabriga qaysi baytni tanlagan edilar?
Javob: Hamrohim eding bu yo‘lda ey, moh,
Hamrohini tashlab ketarmi hamroh. (Fuzuliy).
394. 20-yillarda “Sharq haqiqati” gazetasida “O‘tkan kunlar” ham “o‘tgan kunlar” nomli turkum tanqidiy maqolalar e’lon qilgan tanqidchi kim edi?
Javob: Sotti Husayn.
395. "O‘tkan kunlar" romani nemis tiliga qanday nom bilan tarjima qilingan? (Original nom qolib boshqa nom tanlashgan).
Javob: "Toshkentlik oshiq-ma'shuqlar".
396. "O‘tkan kunlar"ni rus tiliga kimlar tarjima qilgan?
Javob: “O‘tkan kunlar” yozuvchi L.Bat va V.Smirnovalar tarafidan tarjima qilinib, 1958-yilda rus tilida chop etilgan.
397. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzahda tug‘ilgan adib?
Javob: Hamid Olimjon.
398. “Muqaddas” qissasi muallifi kim?
Javob: Odil Yoqubov.
399. Grekchada “hayotga yaroqsiz” deb nom olgan modda?
Javob: Azot.
400. Greklar o‘z mamlakatlarini nima deb atashadi?
Javob: Ellada.