background
logotype

Xursandbek To'liboyev

Men Xursandbek To'liboev Bozorboy o'gli.  Ming to'qqiz yuz sakson bechinchi yilning 30 martida Qoraqalpoq diyorining Amudaryo tumani (shu daryo)yaqinidagi Seytovul qishlog'ida tavallud topganman. Bolalikning beg'ubor onlarini o'sha qishloqda o'tkazdim. O'rta maktabni tugatib 

Qoraqalpoq davlat universitetiga filologiya fakulteti O'zbek filologiyasi bo'limiga (2003 yil)o'qishga kirganman. Hozirgi vaqtda shu oliygohning 4 kursida tahsil olayapman. Adabiyotga qiziqqanim tufayli she'riy mashqlarim bir qator tuman xaftalik gazetalarida cho'p qilindi. Ijodning mashaqqatli onlarini boshdan o'tkazdim. O'zimga Ustoz deb bilgan yozgan she'rlarimning barchasini ko'zdan kechirib yo'l yo'riqlar berayotgan berayotgan f.f.n.dots., Ilhombek Qurbonboyevga katta minnatdorchilik bildiraman.

Orzularim: o'zimning ovozim bilan she'riyatatalmish ko'ngil bo'stonida o'z o'rnimga ega bo'lishdir... 

Sho'irlardan Rauf Parfi , Muhammad Yusyf , Abdulla Oripov, Shavkat Rahmon kabi buyuk ijodkorlarning she'rlarini sevib mutoala bag'ishlayman. Ayniqsa Rauf Parfi she'rlari menga ilhom bag'ishlaydi.

 

YIGIRMA YOSHIMNING BAHORLARIDA

Yigirma yoshimning bahorlarida
Ko'nglimni tark etdi quvonch va shodlik.
Yigirma yoshimning bahorlarida
Ko'nglimga mehmondir azob shunchalik.

Ikki yil o'tibdi oradan faqat
Ikki qalb sevgisi tugadi birdan
Endi muhabbat yo`q dilimda nafrat
Dardlar qiynab o'tar yuragim kundan.

Ko'zimnig oqiday yuragim tubin
Zulmatlar egallab oldi bir pasda.
Balki unutarman bu dardlar bir kun,
Lekin tuzalmaydi dildagi xasta.

Ikki yil biz uchun xuddi bir dunyo
Kezgandik falakni xayollar bilan
Endi-chi azobda qolib bu dunyo
Kim ham istar dardni shirin hayotdan?

Yo'q endi undayin sevgi kelmaydi,
Qiynalib o'tarman sevolmay chindan
Buni hech kim aslo aslo bilmaydi
Qog'ozga to'kaman dardimni dildan.

Kiprigim yumilmas uyqular qochdi
Ketdi quvonchlar ham mendan yiroqlab
Qalbim eshigini azobga ochdi
Yuragim turadir uni so'roqlab.

Yigirma yoshimning bahorlarida
Ko'zimni ko'r qildi ayri muhabbat
Yigirma yoshimning so'qmoqlarida
Hazonlar yotardi yanchilib qat-qat.

QIZLAR GAP OTADI...

Qizlar gap otadi,
soching nega oq?
Men esa jilmayib tashvishdan deyman.
Dardimni tushunar birgina yapiroq,
Ko'nglim qolgan sizdek suluvdan deyman...
Go'hida alamlar o'rtab ketadi 
bilmam shundan bo'lsa kerak oqligi,
Meni erta kelib ajal kutadi,
tushunmas do'stlarim borim yo'qligi...
Qizlar gap otadi soching nega oq?
Men esa xo'rsinib tashvishdan deyman.
Dardimni tushunmas ular xech biroq,
Ba'zida o'ylanib o'zi men kimman...
Qizlarga yoqmasman sochim oq bo'lib,
Tashvishli yigitni nima xam qilar
Yonimda yurmasa ular xam kulib
Meningdek oq sochni nima xam qilar...
Qizlar so'rashadi soching nega oq?
Yosh boshima dunyo dardin yukladim.
Dardimni tushunar birgina yapiroq,
Meni sevolmaydi meni sevganim...

XONAMDA YOLG'IZMAN

Xonamda yolg'izman xayollar kabi,
Qalbi pok lek dardli bir yulduzdayin.
Shunda xam tinch qo'ymas tepadi bari,
Men dardimni kimga aytayin...
Xayollar pinjida kezib samoni
Xavotir yashayman g'amni quchoqlab.
Do'st bo'lib kulishar ustimdan bari,
Ajal turar tishlarini g'ichirlab..
Xonamda yolg'izman yozolmasman she'r,
baytlarni boshimga surtib yotaman.
Shunda xam tark etmas manglayimni ter,
Dardimni aytolmay faryod chekaman...
Yolg'izlik qiynarkan, yomoni shudir,
Tushunmas bir inson ko'nglim dardini.
Ey tangrim o'zing barini kechir,
Xonamni yig'latib yozgan she'rimni...

DUNYO AYLANASAN

Dunyo aylanasan topmaysan bir yor,
Topganing nodonning qo'shnisi, qizi,
endi eshigingda kim aytar alyor,
Seni quvg'inchilar quvar bir kuni...

Osayish xayotning xar dami go'zal,
Bag'rimga sanchsa xam nokas naysasin.
yonimda jafokash ko'zlari yal-yal,
Unutib yubordim kecha qanchasin...

Dunyo aylanasan topmaysan bir yor,
topganing nokasning eng erka qizi.
Endi eshigingda aytilmas yor-yor,
Sening shamimg xam o'char bir kuni...

Dunyo aylanasan topmaysan bir yor,
Topganing ta'magirning yaqin jiyani.
Endi eshigingda aytilmas yor-yor,
Endi ne qilman yolg'on kuylarni...

QISHLOG'IMGA

Qishlog'imning uzun-uzun ko'chalari,
Erta pishar o'rik olma olchalari.
Non yopadi,qizlar turib ertalari,
Qishlog'imning uzun uzun ko'chalari...

Soylarining soyasida Majnun egik,
Ta'rifim ko'p aytolmasman ko'nglim kentik,
Tunlar bedor uxlamasdan tebratar beshik,
Qishlog'imning mehnatkash zo'r ayollari...

Kunduzi er chopar,paxta o'tar,
Kechalari tinim bilmas uy tozalar.
Sevishganlar soy bo'yida shivirlashar,
Qishlog'imning uzun-uzun ko'chalari...

Saxiylarga soya solar shoh-shobbalr,
Bahillarga yuz buradi bedpoyalar...
Qizlar suluv soy bo'yida ovvoralar,
Qishlog'imning uzun -uzun ko'chalari...

Tarifimga sig'mas dardim va shodligim,
Qishlog'imda qolib ketdi beboshligim.
Endi esa kutib turar yolg'iz onam,
Keldimi der olloh bergan Omon bolam...

GULIM

Gulim,
Sening darding shunchalar og'ir,
Yusing to'la g'am, ko'ngling to'la g'am.
Bu dunyo shundayin anglab bo'lmas sir,
Yaxshilar xar doim chekadi alam...
Gulim ,
Gul yuzingga sepilgan chiroy,
Shunchalar alamni unutolmassan.
Yoningda yastanib yotar to'lin oy,
Sen aslo qayg'urma sen yolg'izmassan...
Gulim 
Xayolingda nelar nomayon,
Xavotir bo'lmagin kelar o'sha yor.
Dilingni mudomi ezmasin armon
Dunyo anglab bo'lmas shundayin bir sir...
Gulim
Shundayin bir kunlar keladi,
Qalbingda unadi alvon lolalar,
Seni unutmaydi hali keladi,
Shunda tasannolar aytar alyorlar...

ONAJONIM

Mening sizfdan qarzim ko'pdir,
Uzolmasman.
Men shundayin dardli inson,
Tuzalmasman.
Bir kun kelib sizdan oldin ketsam kerak,
Sizda halak, menda halak, dunyo halak...
Xayot sirli sirligicha qolar ekan,
Do'stlarim xam zor-zor yig'lab qolarmikan,
Dunyo dardin ko'tarish xam o'ir ekan,
Onajonim yig'lamangiz mening uchun,
Shunda ruhim yotar tinch bo'lib qaro erda...

Ne qilarman boshga yozgan qismatimga,
Yaqinlarim gul qo'ymaslar hurmatimga.
Quvonmangiz mening topgan shuhratimga, 
Onajonim ko'z yosh to'kmang mening uchun...

Mening sizdan qarsim ko'pdir ,
Uzolmasman.
Men shundayin dardli inson,
Tuzalmasman.
Bir kun kelib sizdan oldin ketgan chog'im,
Mening uchun qiynalmangiz yig'lamangiz...

KETDIM...

Ketdim baytlarimni yolg'iz qoldirib,
kuzatib yubordi bedor g'amxonam.
Ko'limga suyanchiq shamni yondirib,
ynimda girdipalak parvonam...
Ketdim sho'xliklarga yo'yib dardimni,
Qalbimdan kechmoqda g'arib haqiqat.
Haqiqatga erisholmay qolgandim,
Bunga yo'l qo'ymadi nokaskasday xislat...
Ketdim yulduzlarning bag'riga bu tun,
kuzatib qolguvchi bitta inson yo'q.
G'amlargay egilib qolgandi ko'nglim,
Jannatga etaklar xonamdagi cho'g'...
Shamimga sig'indim sh'erlarim ila,
yirtdim yoqmaganin yoqdim bir boshdan.
Munosib bo'lolmas topgan baxtimga,
To'ydim charchadim yolg'on, xayotdan...
Ketsam baytlarimni yolg'iz qoldirib,
Kuzatib qolarlar bir kun g'amxonam.
Ko'limga suyanchiq shamni yondirib,
Yolg'izlik qarida yotar parvonam...

Ketdim ...Tobutimni o'zim orqalab,
Ruhim ko'klargacha ko'tarar qodir.
Ko'limni yupatgan shamni quchoqlab -
lekin ko'tarolmam bunisi og'ir...

OLISHUV

Qorong'u kechada kuzatdim yolg'iz,
Xayotga yaqinlik bilan boqqanni.
Ko'zlarim ilg'amas bo'ldimmi ojiz.
Taniy olmadimmi tuqqan onamni?

Eshik ochiladi so'ng nari chiqdim,
Zulmat yorug' kunga aylanar sekin.
Muyilishda kimnidir kutdim,
Kutganlarim kelmadi lekin...

Hayot bilan olishuv ekan,
Tupiroq bilan olishuv ekan.
Yo'q bir chora undan ketishdan ,
Umrim bilan olisholmadim...

Qorong'u kechada kuzatdim yolg'iz,
Yulduzlarning sekin shivirlarini.
Ko'zlarim ilg'amas nahot men ojiz ,
taniy olmadimmi vafodorimni...

Bu so'nggi kurashish, so'nggi olishuv,
Bidoga yalingan shaytonning ishi.
Bu shunday unutib bo'lmas kecha ,
Battar qiyinlashar hayot tashvishi...

Bugun borsan ertaga yo'qsan,
Kimgadir ko'nglingda so'ggi so'zlaring.
Axir men odammman g'arib bir odam,
Dardini har kimga to'kib yurguvchi,

Shunday olishuvga nuqta qo'yolmay,
Jabrdan ko'ksimdan tomchilar qonlar,
Yo bu yolg'nchidan kechib ketolmay,
Kechib ketay desam mehr uyg'onar...

BULBULLAR

Bulbullar bog'imni tark etmoqdadir,
Ko'nglim to'kkanlarim menga yovuzday.
Bog'imning borlig'in qarg'alar oldi,
Sekin-sekin kuzatdim ojizday...

Ketsa ketaversin qayga xam borar,
Kelar ketgan bilan ertami kechmi?
Ularni o'zga joyda kim qarshi olar,
Yo bu ham dardimday bir qisamtmi...

KJelar ertaga balki so'ggi kun,
Lekin avvalgiday yashayolmaydi.
Savol tug'iladi shu asno nechun?
Qarg'a-zog' bag'rida qishlay olmaydi...

Bulbullar tark etmoqda mening bo'gimni,
Xazonbarglar to'kilayotgan bir kezda.
Olib ketayotir mening ilhomim,
Qayta tug'ilmagan tuyg'ularmini ...

KUZAK O'LANI...

O'lan aytib tuproqqa bugun,
Yonboshlagan yaproqman bilsang.
O'sdim ylg'aydim sarg'aydim nechun?
Yana ,yana qayta tug'ilsang...

O'tar samolarga sig'may turnalar,
Qanotlarin kerib,sadafdek tizgin.
Ko'raman to'yolmay hayratga tushib,
Bir lahza tinchimni buzishar ular...

Daraxtlar silkinar bezib yaproqdan,
Bechora shamolga qo'shilib yig'lar.
To'yganday bu yolg'an hayotdan,
Xazonga aylanib -bemador tushar...

Men ham shu voqea guvohi bo'ldim,
Benajot yaproqlarga aylandim shu on.
Kuzakka ko'shilib men xam o'kindim
Yaproqlar to'kilib bo'lganda hayron...

O'lan aytib tuproqqa bugun ,
yonboshlagan yaproqman bilsang.
O'sdim ,ul'gayib sarg'aydim nechun,
Yana, Yana,Qayta tug'ilsang...

QALBINGIZ POKLIGIGA SHUBHAM YO'Q

Qalbingiz pokligin bugun angladim,
Kechagi xatingiz bunga bir isbot.
Sizga bir dunyo baxt tilab yog'ladim,
Sizga baxt bergay deb bu hayot...

Sira shubham yo'dir bunday tushunmang,
Sirli boqishingiz yoqadi menga,
Meningdek do'stingiz aslo unutmang ,
Aylanib qolasiz bir kun sevgimga...

Ha sizni sevishim tabiiy bir holdir,
Ollohim qalbimga soldi bu hisni,
Muhabbat har nega ,har nega qodir,
Unutolmayman bilsangiz men sizni...

Aylanib qolasiz bir kun sevgimga,
Shunda bu nazmda gullaymiz mangu.
Men to'ymayman sizni ko'rishdan,
Meni mashhurlikka etaklaysiz siz...

Aylanib qolasiz bir kun sevgimga...
Ko'nglimga iliqliq baxsh etgay siz,
Aylanmangiz faqat dardimga...

ONAJON!!!

Onajon termulmang ko'zlarimga jim,
Dardimni aytmayman endi hech kimga .
Dardlarga ko'milib qolsa vujudim,
Ko'nglim sezar etolmayman bahtimga...

Onajon termulmang ko'zalrimga jim,
Butun borlig'imni qilganman vayrob.
Iziga tushmasa butun hayotim,
O'g'lingiz emasman ,yolg'on...

Onajon termulmang ko'zlarimga jim,
Hlimga kulishar esi bor kimsa.
Dardning quchog'iga sig'masa ko'nglim,
Urinmayman endi yashaga...
Onajon termulmang ko'zlarimga jim,
To tirik ekanman sh'erning quliman.
Ilhomga mushtoqdir butun vujudim,
Goho bir savol o'rtar -
o'zi men kimman?
Onajon tushuning bunday o'ylamang,
Sh'er yozmay o'tmaydi biron bir kunim.
Endi ne qilay!...

BAG‘ISHLOV

Besh asr naridan boqib turibdi,
Tarix daftarida buyuk bir daho.
Yulduzi ko‘ksida yonib turibdi,
Ma’shum sado berib izlaydir samo…

Har tun o‘ylarida, yulduzlar hamroh,
Anjon tuprog‘i –yu , Shahri Qo‘rg‘oni.
Sinov maydoniga jo‘natdi olloh,
Boburdan o‘rganing bardosh iymonni…

Ko‘ksi oftoblarda chayildi ming bor,
El – yurt sog‘inchining azoblariga.
Shu VATAN tuprog‘i undan  umidvor,
Kelsa bosar edim suyib bag‘rimga…

Yurtdan kechmoq emas uning istagi,
Mudom haqiqatni aytmoq darkordir.
G’urur daryosidan yaralgan qalbi,
Uning sodiq do‘sti nomus –u, ordir…

Kuyla , sabri ulug‘ ul buyuk zotning, 
Shunday qudratli yurt farzandi uchun.
Shu kamtar so‘zimni aytaman men ham.
Ezgulik abadiy bo‘lgani uchun…

Ming bor xayollarga tolasan odam,
Tunda milt –milt yongan yulduzga qarab,
Shahri Qo‘rg‘onida, Anjonida ham,
Buyuk Bobur ruhi yuribdi yayrab…
    
Tarix ham suylaydir ajib rivoyat,
Kim uchun afsona, kimga hikoyat.
Yodingdan o‘chmaydir ibratli xikmat.
Yulduzli tunlari yiglagan samo…

Kim azob chekmaydir kim nola qilmas,
Mening kemtik dilim quvonchga to‘lmas.
Xijron kunlarimda hech parvo kilmas,
Yulduzi osmonga sig‘magan Dune… 

KECHIKKAN KO‘NGIL….

Kechikkan  ey ko‘ngil yig‘lama endi, 
Bexuda to‘kmagin achchiq yoshingni
Bunchalar qiynalib bosasan qadam,
Yo sendan zerikib qoldimi olam…

Fursati keladir yig‘lamoqning ham,
Quvonchli kunlarni  ko‘rarsan hali.
Zarin nurlarini sochadir olam,
Tukilar yurakning ogir dardlari…

Sen faqat umidsiz yashamasang bas,
Ollox rahim aylar o‘z bandasiga,
Yo‘lingni poylabon tuzoq tutan kas,
Jazosin oladir yerning qarida…

Afsus –u nadomatlar chekkaning bilan,
Endi o‘zgarmaydir, Xayot degan –bu .
Yaqin sirdoshingni izla ko‘nglingdan,
Yo shafkat qilmagan rangsiz tuyg‘imu??!!...

Kechidim demagil, senga dildoshman, 
Og‘ir kunlaringda suyab yurguvchi.
Bag‘ringda muzlagan so‘nmas bardoshman,
G’animlar gardini so‘zsiz yutguvchi…

 KECHIKISH...

 Endi men kechikdim senga etolmam,
 Orzularim so'nmoqda sekin.
 Sochlaringan bir bor silolmam,
 Xayolimda yshaysan, lekin.
 Hijron fasli boshlandi qara,
 Zar tuproqqa to'kildi yaproq.
 Tiniqlashar oy ham tobora,
 Vujudimda qadrdon titroq.
 Men kechikdim taqdir ekan shul,
 Ismingni xam chizdim ko'nglimdan.
 Unutolmam shunda ham butkul,
 Qutulolmam so'ngsiz azobdan.
 Men kechikdim,
 Sen esa ketding.
 O'zga dilga darding aytgali,
 Abad sevsang arzigay sevging,
 Faqat sensan bu jangda g'olib.
 Baxtli bo'lgin omadli bo'lgin,
 Husningga ham termulmoq azob.
 Umring doim shodlikka to'lsin,
 Hech totmagin meningdek azob...
 
 RANGSIZ TUYG'LAR...
 
 Olis osmon, yulduzlar sonsiz.
 Xayolimda sening ruxsoring.
 yashaypman sensiz, makonsiz,
 Buncha tiniq sening ozoring.
 Bunda qayg'u va shirin shirin shodlik,
 Suhbatlashar uzoq tikilib.
 Yuzlarida sevinchi yoshlik,
 Biri yig'lar birisi kulib.
 Sen emasmi o'sha kulgani,
 Yig;lagani mendirman balki,
 Oramizda rangsiz tuyg'ular 
 Uchmaydiku axir shunchaki.
 Olis osmon qorong'u zulmat,
 sinib borar ko'nglim darchasi.
 Tiniqlashar tuyg'ular ranggin.
 So'na boshlar sekin qanchasi.
 Kelgin bir bor so'rab holimni,
 Yaproq bo'lib to'kilmoqdaman.
 Rangsiz tuyg'u olar jonimni,
 Sen ko'rolmas yiroqlardaman...

 MEN VA YOLG'IZLIK...
 
 Tun... Jimjitlik yolg'izman hamon,
 Qiynaladi vujudim yonib.
 Ma'shum sado beradir osmon,
 Hura boshlar itlar uyg'onib.
 
 Shitirlaydi pastki qavatda,
 Beton shiftga osilgan chiroq.
 O'xshab ketar u bir yaproqqa,
 Sado berar u yolg'iz uzoq.

 Tun... Sokinlik... Har xil ovozlar,
 Turfa ranglar shaklsiz ranglar.
 Xayolimda kimdir yig'laydi.
 Buni aslo xech kim bilmaydi.
 
 Faqat sensiz yashamoqdaman,
 Mening kunim senga tushmasin.
 mana yana yig'lamoqdaman,
 Yolg'izligim qiynaydir balkim.
 
  SEN...   
 
 Sen aytasan yaxshi qolgin deb,
 Kaftimni bir qismaysan hatto.
 Oy chiqqanda yolg'iz kelgin deb,
 Aytishingni kutaman tanho.
 
 Balki sevgi shunday tushuncham,
 Bir -biriga uzoq tikilmoq.
 Vujudimda nozik bir g'uncham,
 Va labimda qolgan bir titroq.
 
 Sen aytasan ko'nglimda orzu,
 Sizga etmoq erur tilagim.
 Sog'inch bo'lib to'kildi tuyg'u,
 Visolingga bu kech etganim.
 
 Sen bilmaysan men ko'p sevurman,
 Ko'nglimdagi poklik olamim.
 Sen sezmaysan seni bilurman.
 Bardosh so'rar bu sovuq tanim.

 Sen tanhosan go'yo olamda,
 Qayga borsang shaydoing bisyor.
 Yig'lab sevgim aytman mana,
 Sevaman deb yozaman takror...

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.