OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Rober Desnos (1900-1945)

EPITAFIYA

Suronli asrda yashadim men. O‘ldim allaqachon.
Nima kelsa – tayyor edim, qilmadim faryod.
Zindonda yotardi vijdon, nomus va iymon.
Qullar orasida edim garchand, men – ozod.
 
Suronli asrda yashadim, lek g‘am qilmadi ko‘zim ko‘r,
Yerning kengligini ko‘rdim, samovotni ko‘rdim – lol.
Almashib turardi kun-tun, zulmat ila nur,
Qush nag‘masin tinglab, yaladim ham bol.
 
Tiriklar! Endi bular bari – sizning nasiba.
Asrayapsizlarmi yerni? Shudgorlandimi shu on?
Hosil oldingizmi? Chiroyga to‘ldimi u kun men
Yashagan va kurashgan jannatiy makon?
 
Tiriklar! Biz endi tuproqmiz alhol,
Yerni haydayvering, bosing bemalol…
 
Karim Bahriyev tarjimasi

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.