background
logotype

O‘zbek nasri onlayn antologiyasi

Подкатегории

  • Abduqodir Hayitmetov (1926-2005)

    Abduqodir Hayitmetov 1926 yilning 27 mayida Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidagi Qiyoliqum qishlog‘ida tug‘ildi. 1949 yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning Sharq fakultetini bitirgach, 1949-1952 yillarda Sharq qo‘lyozmalari instituti aspiranturasida tahsil oldi. U akademik Oybek tavsiyasi asosida «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari» mavzuida nomzodlik va «Navoiyning ijodiy metodi» mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
    Atoqli olim 1953 yilning martidan umrining oxirigacha Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, mumtoz o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘limi mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida samarali mehnat qildi.
    Abduqodir Hayitmetov mamlakatimizdagi yirik adabiyotshunos olim sifatida xalqimizning ulug‘ shoiri Alisher Navoiy ijodiy faoliyatini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shdi. Uning «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari», «Navoiy lirikasi», «Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan», «Navoiyxonlik suhbatlari» kabi kitoblari Navoiy ijodining serqirra jihatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan.
    U 500ga yaqin ilmiy maqolalar, monografiya va risolalar e’lon qildi, «O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi»ning akademik nashrini tayyorlashda rahbar va hammuallif sifatida jonbozlik ko‘rsatdi, ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi «Alisher Navoiy», «Abu Rayhon Beruniy» kabi hujjatli filmlarni yaratishda faol ishtirok etdi. 
    Abduqodir Hayitmetovning rahbarligida 30ga yaqin doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
    Abduqodir Hayitmetov «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni, Davlat mukofoti va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. U 2005 yili vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Odil Yoqubov (1926-2009)

    Odil Yoqubov 1926 yil 20 oktyabrda hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatining Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1985). ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1956). Dastlabki asari — «Tengdoshlar» qissasi 1951 yilda e’lon qilingan. Shundan so‘ng yozuvchining «Dastlabki qadam» (1953), «Ikki muhabbat» (1955), «Muqaddas (1960), «Tilla uzuk», «Bir feleton qissasi» (1961), «Qanot juft bo‘ladi», «Matluba» (1970) qissa va hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan. «Er boshiga ish tushsa...» (1966), «Ulug‘bek xazinasi» (1973), «Ko‘hna dunyo» (1982), «Diyonat» (1977), «Oqqushlar, oppoq qushlar» (1988), «Adolat manzili» (1998) kabi romanlar muallifi. «Chin muhabbat» (1955), «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi», «Yurak yonmog‘i kerak» (1958), «Olma gullaganda» (1961), «Muzaffar Temur» (1996), «Bir koshona sirlari» (2000) kabi pesalar, «Dilbarim», «Bahor yomg‘irlari» kinostsenariylari ham bor (1971).
    Odil Yoqubov 2009 yil 21 dekabr kuni Tshkent shahrida vafot etdi.
    Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), «Do‘stlik» (1994), «El-yurt hurmati» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.

    (Кол-во материалов: 21)
  • Turg‘un Po‘lat (1928-1974)

    Turg‘un Po‘lat 1928 yilning 20 noyabr kuni Namangan viloyati Uychi tumani Mashad qishlog‘ida xizmatchi oilasida tavallud topdi. Biroq bolaligi urush davriga tutash bo‘lganligidan bor-yo‘g‘i 9-sinfgacha o‘qiy oldi. Hayotning o‘zi ham muallim, ham dorilfunun vazifasini bajardi. Otasi kabi u ham ona qishlog‘i Mashadda hisobchilikdan mehnat faoliyatini boshladi.
    Keyinchalik viloyat qishloq xo‘jaligi bankida ishni davom ettirdi. Ayni chog‘da «Namangan haqiqati» viloyat gazetasi bilan hamkorlik qilib, ilk she’rlari, publitsistik maqola va fel’etonlarini chop ettirdi. Pirovardida hisobchi, bank xodimidan mohir jurnalist va adib sifatida elga tanila bordi. Ayniqsa, 50-yillarning o‘rtalarida Toshkentga ko‘chib kelishi uning orzu va istaklari ro‘yobga chiqishida muhim o‘rin tutdi.
    Turg‘un Po‘lat avji ijodi ravnaq topayotgan bir davrda, aniqrog‘i, 1974 yilning 27 aprelida to‘satdan vafot etgan.
    V.Ovechkinning «Rayonning ish kunlari» ocherkini, P.Brovkaning «Daryolar tutashganda» romanini, A.P.Pokrishkinning «Urush osmoni», partizanlar komandiri A.P.Saburovning «Zafarli bahor» esdaliklarini o‘zbekchaga ag‘darganman. 1971 yilda o‘zimning «Vodiylarni kezganda» ocherklar kitobim bosilib chiqdi».
    Garchi Turg‘un Po‘lat adabiyotning qutlug‘ dargohiga she’riyat bilan kirib kelgan bo‘lsa-da, asosan, nasr borasida jiddiy mashg‘ul bo‘lib, «Ayollar isyoni» (1967), «Jig‘ildon qori» (1970), «To‘raxo‘ja» (1970) kabi hajviy hikoyalarini yaratdi. Adib «Hoji hisobchining hikoyalari» turkumi va shu zaminda tug‘ilgan «Mirrixdan kelgan mehmon» (1973) kitobi bilan adabiy-ilmiy jamoatchilikning e’tiborini qozondi.
    Shuningdek, u «Tabarruk zaminda» (1970), «Xotinboz» (1972) hamda vafotidan keyin nashr etilgan «Yalovbardor» (1986) kabi kitoblari bilan ham adabiy jarayonga o‘z ulushini qo‘shdi. Biroq u qancha she’r yozmasin, fel’eton yoki hikoya yaratmasin, hatto tarjimonlik bilan mashg‘ul bo‘lmasin, u o‘sha «Ichkuyov» (1975) qissasi bilan 70-yillar o‘zbek nasri tarixida qoladi.
    Zero, «Ichkuyov» 70-yillar o‘zbek nasrida yangi fikr, yangi qarash, hayot haqiqatini ro‘y-rost ko‘rsatish nuqtai nazaridan muhim edi. Shu tufayli ham u tez orada ko‘p qismli telefilm lentasiga ko‘chdi.
    1979 yilda ana shu film ijodkorlari qatorida adibga ham Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. So‘nggi yillarda uning «Ichkuyov» nomli saylanmasi (2000) yangidan nashr bo‘lib, unga adibning tugallanmay qolgan «Odamiy ersang...» nomli romani ham kiritildi. U O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi (1958) hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1971) a’zosi bo‘lgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Sa’dulla Karomatov (1928-1986)

    Mohir jurnalist, adib va tarjimon Sa’dulla Karomatov 1928 yili Buxoroda tug‘ilgan. O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.
    1963 yilda esa uning birinchi yirik nasriy asari—«Tog‘lar tabassumi» hujjatli qissasi maydonga keldi. So‘ng «Amuning zar kokillari», «Go‘zallik ramzi», «Kumush kamar» singari ocherklar to‘plamlari bosmadan chikdi. Shundan so‘ng u mohir hikoyanavis va qissanavis sifatida qalam tebratdi. «Bir tomchi qon», «E’tiqod» (1970) kabi qissalarini yaratdi. U so‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan «Oltin qum» va cho‘llarni o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan «So‘nggi barxan» romanlarini yaratdi.
    Sa’dulla Karomatov mohir tarjimon sifatida ham barakali qalam tebratib keldi. U Jyul Vernning «Suv ostida 8000 mill», turkman yozuvchisi Qilich Qulievning «Qora karvon» romanlarini, Eron yozuvchilarining hikoyalar to‘plamini, tojik yozuvchisi Yusuf Akobirovning «Tegirmon to‘xtagach» qissasini, Vadim Kojevnikovning «Peshin chogi kungay tomonda» romanini o‘zbek tiliga o‘girgan. 
    Sa’dulla Karomatovga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan.

    (Кол-во материалов: 5)
  • Aziz Abdurazzoq (1928-2007)

    http://ziyouz.com/images/stories/aziz_abdurazzoq.jpgTaniqli shoir, tarjimon va muharrir Aziz Abdurazzoq 1928 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. Avval Madaniy-oqartuv texnikumida, keyin Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil ko‘rdi. Ko‘p yillar yoshlar gazetasida (hozirgi “Turkiston”), “Sharq yulduzi” va “Guliston” jurnallarida adabiy xodim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib xizmat qildi. 
    Aziz Abdurazzoqning birinchi she’riy to‘plami “Do‘stlarimga” 1959 yilda nashr etilgan edi. Shundan buyon o‘tgan qariyb yarim asrlik ijodiy faoliyati mobaynida shoirning “Yana bahor”, “Bodom gulladi”, “Lirika”, “Quvnoq yomg‘ir” kabi bir qator she’riy to‘plamlari nashr etildi.  Uning bolalarga atab yozilgan sodda, samimiy va o‘ynoqi she’rlari kichkintoy kitobxonlarimiz mehrini qozongan edi. Shoirning “Rahmat! Rahmat!”, “Oh, qanchalik shirin!”, “Qizcha va lola”, “Az-zamon hikoyalari”, “Mingchinor”, “Kichkina demang bizni” kabi she’rlar, ertaklar va hikoyalar to‘plamlari o‘zbek bolalar adabiyoti tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi. 
    Aziz Abdurazzoq M.Lermontov, T.Shevchenko va boshqa mashhur shoirlar she’rlarini, G.Longfelloning “Gayavata haqida qo‘shiq” dostonini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi. Faol ijodiy faoliyati uchun 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Faxriy Yorlig‘i bilan taqdirlangan edi.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Pirimqul Qodirov (1928-2010)

    Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Tojikiston Respublikasining Shahriston tumanidagi Kengko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). O‘rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951). Dastlabki hikoyasi — «Studentlar» (1951). «Qadrim» (1961), «Erk» (1968), «Meros» (1974), «Akramning sarguzashtlari» (1974), «Yayra institutga kirmoqchi» (1979), shuningdek, ma’naviy-axloqiy masalalarga bag‘ishlangan «Najot» («Baxillar va botirlar», 1980) qissalari nashr etilgan. «Uch ildiz» (1958), «Qora ko‘zlar» (1966), «Olmos kamar» (1976), «Yulduzli tunlar» (1979, ushbu asarning davomi «Avlodlar dovoni», 1989), «Ona lochin nidosi» (2000) kabi romanlar muallifi. O‘zbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalariga oid risolalar («Til va dil», 1972 va boshqa) hamda 2 jildli «Adabiyot nazariyasi» uchun «Adabiy asarning tili» va «Adabiy jarayon» boblarini yozgan. «Qadrim» qissasi asosida «Sening izlaring» badiiy filmi, «Yulduzli tunlar» romani va «Jon shirin» hikoyasi asosida ko‘p seriyali videofilmlar suratga olingan.
    Pirimqul Qodirov 2010 yil 21 dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi.
    Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981), «El-yurt hurmati» (1998), «Buyuk xizmatlari uchun» (2006) ordenlari va «Shuhrat» medali (1994) bilan mukofotlangan.

    (Кол-во материалов: 8)
  • Nosir Fozilov (1929)

    Nosir Fozilov 1929 yil 10 iyunda Qozog‘iston Respublikasining Turkiston tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1990). O‘rta Osiyo Davlat universitetining tugatgan (1954). Birinchi to‘plami — «Irmoq» (1959), «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Qush kanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Ko‘klam qissalari» (1970), «Diydor» (1979), «Tanlangan asarlar», 2 jildli (1983— 84), «Bolaligim — poshsholigim» (1989), «Bir otar to‘pponcha» (1995), «Shum bolaning nabiralari» (1995), «Toshkentning nosi» (1996), «Munavvar lahzalar» (1997), «Eslasang, ko‘ngling yorishur» (2004) va boshqa asarlar muallifi. Qoraqalpoq va qozoq yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
    Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1991). «El-yurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

    (Кол-во материалов: 9)
  • Anvar Muqimov (1929-1993)

    Anvar Muqimov 1929 yil 5 yanvarda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi Olchin qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent shahrida nemis tili o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan. Dastlabki hikoyalari — «Qovun sayli», «Bizning tashabbus». Shundan so‘ng yozuvchining «G‘alati odamlar» (1969), «Pinhona jang qissasi» (1970), «Xotinimdan o‘rgilay» (1972), «Siz bir yondan, biz bir yondan» (1977), «Kichkina bola emasman» (1982), «Qo‘qon shamoli» (1986), «Chuqur tekshirish» (1988), «Erinsangiz, kulmang» (1999) kabi asarlari nashr etilgan.
    Yozuvchi 1993 yil Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Jonrid Abdullaxonov (1929-2015)

    Jonrid Abdullaxonov 1929 yili Namanganda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakulteti, Moskva Oliy Adabiyot kursini tugatgan. 
    Uning «Maktabdoshlarim» (1952) nomli birinchi she’riy to‘plami, «Hikoyalar» (1956), «To‘yga kelinglar» (1960), «Tong yorishgan sohil-da» (1962) kabi hikoyalar to‘plamlari, «Gulchehra» (1962) qissasi, «Yo‘l» (1964) romani chop etilgan. Shundan so‘ng muallifning ketma-ket «Borsa kelmas» (I — II kitob, 1978—1980), «Xonadon», «Suiqasd» (1991) kabi romanlari chop etiladi.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Jumaniyoz Jabborov (1930-2010)

    Jumaniyoz Jabborov 1930 yil 25 oktyabrda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1997). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1980). 
    ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1952). 
    «Bahor nafasi» (1956), «Maqsad yo‘lida» (1958), «Subhidam xayollari» (1964), «Sahro sanami» (1967), «Lirika» (1970), «Dostonlar» (1974), «E’tiqod» (1978), «Xayolimda o‘zing» (1985), «Ko‘nglim go‘zali» (1991), «Ajab dunyo — sevgi dunyosi» (1996), «Yulduzlarda xayolim», «Sevgim samosi» (2006) kabi asarlar yozgan. 
    Nasriy asarlari ham bor («20 kun daftari, 1967; «Sohillar hikoyasi», 1974). M. Yu. Lermontov, Bayron va Firdavsiy («Shohnoma») asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Dramalar ham yozgan («O‘jarlar», 1973; «Yillar o‘tib...», 1977; «Neksiya», 2007 va boshqa). Jumaniyoz Jabborov 2010 yil 13 dekabr kuni 80 yoshida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Sobir Sayhon (1931)

    Sobir Sayhon Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidagi Varzak qishlog‘ida 1931-yili tug‘ilgan. Sobir Sayhonning otasi Xolmuhammadxo‘ja Asomiddinxo‘ja mingboshi o‘g‘li o‘tgan asrning 20-yillarida qo‘rboshi Shermuhammadbek rahbarligida milliy-ozodlik harakatida faol ishtirok etganlardan biri. 30-yillarning boshlarida uning ota-onasi ham Farg‘onani tashlab ketishga majbur bo‘lishadi. 1952-yili boshqa turkistonlik vatandoshlar kabi ularning oilasi ham Turkiyaga ko‘chib o‘tadi. Sobir Sayhon Turkiyada, oldin Adana shahrida, 1964-yildan boshlab esa Istanbulda istiqomat qilib kelmoqda. 
    Yoshligidan adabiyotga havas qo‘ygan Sobir Sayhonning she’rlari, ilk hikoyalari, maqolalari 1953-yildan e’lon qilina boshlagan. Keyinchalik uning vatan ishqi, fidoyilik va milliylik ruhi bilan sug‘orilgan bir qator asarlari O‘zbekiston va Turkiyada bir necha bor chop etildi.
    Sobir Sayhonning O‘zbekistonda 1992-yili “Tijorat va halol osh” ma’rifiy-tarbiyaviy risolasi, 1996-yili “Adashganlar” adabiy asari, “To‘lg‘anoy” va “Yemirilgan g‘urur” hikoyalar to‘plamlari chop etilgan. Bundan tashqari, 2006-yili “Vatan qidirgan yigit”, 2009-yili “Bug‘doy ekib, arpa o‘rganlar”, 2010-yili esa “Egasini g‘ajigan it” qissalari nashr etildi. U kishining asarlari asosida “Vatan yagonadir”, “Bir siqim tuproq”, “Birovning qarindoshi” kabi televizion filmlar yaratilgan. 1995-1996-yillar Sobir Sayhon ssenariysi asosida mamlakatimizda “Silsila” nomli tarixiy, badiiy film suratga olindi.
    Sobir Sayhon hurmatli o‘zbek adibi Odil Yoqubovning «Ulug‘bek xazinasi» asarini turk tiliga o‘girib turkiyalik kitobxonlarga taqdim etgan. 
    Sobir aka “Sayhon” taxallusi bilan she’rlar ham yozadi. Ushbu she’rlar O‘zbekistondagi «Vatan» jamiyati tomonidan tayyorlangan she’riy to‘plamlarga kiritilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Olimjon Xoldor (1932)

    Shoir Olimjon Xoldor 1932 yil 18 sentyabrda Andijon viloyati Buloqboshi tumanining Kulla qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval to‘liqsiz o‘rta maktabda, so‘ng Andijondagi pedagogika bilim yurtida o‘qiydi. Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tugatgach, avval maktabda o‘qituvchi, Andijon radiosida muharrir, so‘ng jurnal va gazetalarda muxbir bo‘lib ishlaydi.
    1968-1983 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon bo‘limiga boshchilik qiladi.
    Olimjon Xoldor ijodi 60-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’rlar kitobi «Arg‘uvon tagida» nomi bilan 1965 yilda ustoz Mirtemir tahriri ostida chop etildi. Hozirgacha o‘n beshga yaqin kitobi, publitsistik maqolalari nashr etilgan.
    Jumladan, «Andijon suluvi» (1968), «Oshiqona» (1970), «Kaftimdagi tuproq» (1972), «Andijon bahori» (1976), «Subhidam qo‘shiklari» (1977), «Kumush kosa» (1979), «To‘yona-to‘yona» (1982), «Yer farzandi» (1986), «Senga intilaman» (1986), «Davrani kengroq oling» (1990), «Ko‘ngil», «Armon», «Ko‘z tegmasin» (1992) singari to‘plamlari nashr etilgan. Shuningdek, u «Men - Andijonman», «Andijon samosi», «Kelajakdan bir sado», «Subhidam qo‘shiqlari», «Gulruxsor», «Kumush kosa», «Karvon qo‘ng‘irog‘i», «Roz» kabi liro-epik asarlar ham yaratgan.
    Olimjon Xoldor qo‘shiqchi shoir sifatida ham ma’lum bo‘lib, uning ellikdan ortiq g‘azallariga kuylar bastalangan. Shoir dramaturgiya sohasida qalam tebratib, «Qotil kim?», «Sevgi afsonasi», «Lola», «Boboruh» kabi dramalar yaratgan. Shoirning yuqorida tilga olingan to‘plamlariga kirgan aksar she’rlari bepoyon vodiy va uning zahmatkash kishilari haqida bo‘lib, inson go‘zalligi, uning ma’naviy olami tasvir etiladi. Olimjon Xoldor so‘nggi yillarda yirik epik janrlarga ham qo‘l urib, «Ko‘ngil» qissasi, uch kitobdan iborat «Arosat» romani va «Mo‘jiza» kabi asarlarini kitobxonlar hukmiga havola etdi.
    U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobidir (1992).

    (Кол-во материалов: 4)
  • Naim Karimov (1932)

    http://ziyouz.com/rasmlar/poets/naim_karimov.jpgNaim Karimov 1932-yili tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi milliy universitet)ni bitirgandan beri Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida xizmat qilib kelmoqda. Olim o‘nlab kitoblar, yuzlab maqolalar muallifi. Beruniy mukofoti laureati, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi. 
    Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘lidagi xizmati uchun “El-yurt hurmati” ordeniga sazovor bo‘lgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Oqiljon Husanov (1932-2001)

    Yozuvchi Oqiljon Husanov 1932 yilning aprelida Jizzax tumanining Ravotlik qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgach (1940-1949), Samarqand Davlat universitetida ta’lim oladi (1949-1954). So‘ngra Samarqand viloyati gazetasida ishlab, musahhihlikdan mas’ul kotib lavozimigacha ko‘tariladi.
    1960 yilda Toshkentga kelib, «Mushtum» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1967 yilda «Sharq yulduzi» jurnaliga o‘tadi va u yerda to 1979 yilgacha avval bo‘lim mudiri, so‘ng mas’ul kotib bo‘lib xizmat qiladi.
    1980 yildan 1992 yilgacha «Guliston» jurnalida turli lavozimlarda ishlab, bosh muharrir o‘rinbosari darajasigacha ko‘tariladi.
    Yozuvchi 1982 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoniga sazovor bo‘lgan.
    Oqiljon Husanov ijodi talabalik davridayoq boshlangan bo‘lib, shu kungacha uning ko‘plab she’riy, nasriy asarlari, qissa va romanlari chop etilgan. Ular orasida «Ko‘shiqchining taqdiri» (1963), «Samarqand bulbuli», «Mehri daryolar» (1971), «Bo‘lmaganga bo‘lishma» (1973), «Qashqar go‘zali» (1976), «Tog‘da o‘sgan bola» (1975), «Bulbulning go‘shti» (1977), «Tog‘da o‘sgan bola yoxud jiyanning yangi sarguzashtlari» (1980), «Sirli odam» (1980), «Taqilmagan uzuk» (1983), «Baxt qaerda» (1987), «Qishloqqa sayohat» (1988), «Ucholsa ham ucholmagan turna» (1990), «Ustaning muhabbati» (1991) kabi kitoblari hamda «Go‘ro‘g‘li qissasi» kabi asarlari mavjud. Yozuvchi mazkur asarlarida pokiza va beg‘ubor yoshlik xotiralaridan, yoshlarning yechilgan yoxud yechilmay qolgan orzu-armonlaridan, muhabbat sarguzashtlaridan hikoya qiladi.
    Oqiljon Husanov 2001 yilda vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Latif Mahmudov (1933)

    Latif Mahmudov 1933 yilning 1 iyul kuni Toshkent shahar Mirobod mahallasida tavallud topgan. 1956 yili sobiq O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini 1956 yilda muvaffaqiyatli bitirgach, Respublika radiosida mehnat faoliyatini boshlaydi. 1958 yili bolalar va o‘smirlar uchun eshittirishlar Bosh tahririyati tashkil etiladi va unga Bosh muharrir etib tayinlanadi. Latif Mahmudov bu vazifada qariyb yigirma yil faoliyat ko‘rsatib, 1979 yildan sobiq «Yosh gvardiya» (hozirgi «Yangi asr avlodi») nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limini boshqaradi.
    Latif Mahmudovning ijodiy faoliyati 1956 yillardan boshlangan bo‘lib, u asosan, bolalar va o‘smirlar uchun hikoya, qissa, pesa hamda kinostsenariylar yaratdi.
    Shu kungacha adibning o‘ttizdan ortiq kitoblari nashr etilgan.
    Bular orasida «Qadrdon ko‘zlar» (1961), «Chinor» (1961) kabi kitoblari ilk ijod namunalari sifatida qadrlidir. Shundan so‘ng muallifning «Ikki o‘rtoq» (1963), «Vafo» (1963), «Chinor» (1964), «Qirg‘iy» (1965), «Sho‘x daryoning siri» (1966), «Bolalar shodligi» (1968), «Ikki dangasa sarguzashti» (1970), «Sirli xat» (1974), «Jasur bolalar» (1971), «Qonga yashiringan odam» (1979), «Eski dutor sirlari» (1980) kabi hikoyalar to‘plamlari, qissa va romanlari talabchan bolalar hamda o‘smirlarning didi, ruhiga mos keladi. Latif Mahmudov dramaturg sifatida «Qirg‘iy olib qochgan bola», «Ali-Vali», «Muhim topshiriq», «Sirli xat» kabi bir qator pesalar yaratgan. Ular Yosh tomoshabinlar teatrlari sahnalarida hamon o‘ynalib kelinadi. Ayni chog‘da uning bolalar va o‘smirlar hayotidan olib yozilgan asarlari asosida bir qator kinofilmlar yaratilgan.
    Latif Mahmudov yaratgan sara asarlar rus, ukrain, belorus, latish, eston, gruzin, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik tillariga ham tarjima bo‘lgan.
    Adibning «Tog‘dagi lolalar» kitobi 1984 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘afur G‘ulom nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1977 yilda unga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» degan yuksak unvon berilgan. 2000 yilda «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlangan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Xudoyberdi To‘xtaboyev (1933)

    O’zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakili Xudoyberdi To‘xtaboev 1933 yilda Farg‘ona viloyatining O’zbekiston tumanida tug‘ildi. Uning bolalik va o‘smirlik yillari urush davriga to‘g‘ri keddi, ota-onadan erta yetim qoldi. Yozuvchi o‘rta maktabni tugatib, ToshDU filologiya fakultetining logika-psixologiya bo‘limiga o‘qishga kiradi. Talabalik yillaridanoq badiiy ijodga qiziqadi. 
    Xudoyberdi To‘xtaboev oliy o‘quv yurtini tugatgach, «Toshkent haqiqati», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Guliston», «Gulxan», «Sharq yulduzi», «Yosh kuch» oynomalarida, «Kamalak» nashriyotida ishladi, «Oltin meros» respublika jamg‘armasiga rahbarlik qiddi. Adib ijodining dastlabki davridanok hajvga, kulgiga moyil hikoya to‘plamlarini, qissa va romanlarini yaratdi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami «Shoshqaloq» 1961 yilda e’lon qilindi. 
    Xudoyberdi To‘xtaboev Hamza nomidagi Davlat mukofoti, «O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» (1982) unvoni sovrindori, O’zbekiston xalq yozuvchisidir (1991).
    Asarlari: «Sehrli qalpoqcha» (Bu asarda voqealar qahramon tilidan bayon etilgan), «Sariq devni minib» (1968, jami 24 tilga tarjima qilingan), «Sariq devning o‘limi» (1973), «Besh bolali yigitcha» (1976), «Qasoskorning oltin boshi» (1981), «Yillar va yo‘llar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida» (1986), «Mungli ko‘zlar», «Sir ochildi» (1964), «Omonboy va Davronboy sarguzashti», «Jannati odamlar» (1996), «Shoshqaloq», «So‘qmoqlar» va boshq.

    (Кол-во материалов: 7)
  • E’tibor Oxunova (1933)

    E’tibor Oxunova 1933-yili Andijon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Uning ilk to‘plami 1961-yili chop etilgan. "Salom, bahor" (1964), "Seni o‘ylayman" (1967), "Kamalak" (1970), "Yillar" (1973), "Vatan shu yerdan boshlanadi" (1974), "Billur kaptarlar" (1978), "Men tongni uyg‘otdim" (1981) va boshqa to‘plamlari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Farhod Musajonov (1933-2013)

    Farhod Musajonov 1933 yil 19 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning sharq fakultetini tamomlagan (1956). Birinchi hikoyasi — «Daradagi qishloqda» (1959). Uning «Oftobni quvalab» (1963), «Bo‘sh kelma, Aliqulov!» (1965), «Bir qultum buloq suvi» (1972), «Dushanba, nonushtadan so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman» (1977), «Qilich va soz» (2000), «Lafz» (2003) kabi qissalari va bir kancha hikoyalari bor. Hozirgacha uning «Bahor nafasi» (1964), «Himmat» (1984), «Bog‘ ko‘cha» (1987) kabi hikoya va qissalardan iborat 30 ga yakin to‘plami nashr etilgan. Bundan tashqari u dramaturgiya sohasida ham samarali ijod qilgan («Oq kabutar», «Talvasa» va boshqalar). Shuningdek, «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo», «So‘nmas ziyo» kabi stsenariylar muallifi hamdir.
    «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (2000). 2013 yil 28 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Muhammadjon Mirzamuhamedov (1933)

    Yozuvchi va tarjimon Muhammadjon Mirzamuhamedov 1933 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ko‘p yillar markaziy «Pionerskaya pravda» gazetasining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri bo‘lib nshlagan.
    M. Mirzamuhamedov ko‘plab o‘zbek yozuvchilarining — O‘lmas Umarbekovning «Bu men, ona», «Sevgim, sevgilim» hikoyalar va qissalar to‘plamlarini, o‘zbek yozuvchilarining «Qizilishton» hikoyalar to‘plamlarini, J. Abdullaxonovning «Yo‘l», Sh. Xolmirzaevning «Qil ko‘prik» romanlarini va ko‘plab asarlarni rus tiliga o‘girgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • O‘lmas Umarbekov (1934-1994)

    O‘lmas Umarbekov 1934 yil 25 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘ebekiston xalq yozuvchisi (1992). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1984). O‘rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1956). Ilk kitobi — «Hikoyalar» (1958). «Xatingni kutaman», «Yurak so‘zlari» (1960), «Boboyong‘oq» (1961), «Yulduzlar», «Menga ishonmaysanmi?» (1962), «Hayot abadiy» (1964), «Charos» (1966), «Ko‘prik» (1968), «Bolgar qo‘shiqlari», «Oltin yaproqlar» (1972), «Qiyomat qarz» (1976, shu hikoya asosida sahna asari ham bor), «Yer yonganda» (1993) kabi hikoya to‘plamlari nashr etilgan. U «Odam bo‘lish qiyin» (1970), «Fotima va Zuhra» (1994) romanlari hamda «Sevgilim — sevgilim» (1963), «Kimning tashvishi yo‘q» (1965), «Urush farzandi» (1972), «Yoz yomg‘iri» (1973), «Oq qaldirg‘och» (1974) singari kissalar muallifi. Bir qancha dramalar ham yozgan («Oqar suvlar», 1971; «Tuhmat», 1987; «Oqsoqol», 1991; «O‘zing uchun o‘l yetim», 1992 va boshqa). «Qizimga maktublar» («Mangu hayot bo‘sag‘asida») deb nomlangan publitsistik asari ham bor.
    O‘lmas Umarbekov 1994 yil 10 noyabrda Toshkentda vafot etgan.
    Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1980).

    (Кол-во материалов: 60)
  • Uchqun Nazarov (1934-2016)

    Uchqun Nazarov 1934 yil 27 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissyorlik bo‘limida tahsil olgan (1959). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (1967). Birinchi hikoyasi — «Odamlar» (1962). «G‘urur», «Sadoqat» (1965), «Fido» (1970), «Girdob» (1971), «Jur’at» (1977), «O‘zgalar uchun» (1986) singari hikoya va qissalardan iborat to‘plamlari nashr etilgan. «Chayon yili» (2005) trilogiyasi va «Oyna» dramasi (1977) ham bor. Uning «Surayyo», «Qiz va yigit», «Shiddat», «Alangali soxil» va 3 bo‘limdan iborat «Qo‘qon voqeasi» kabi badiiy filmlari tomoshabinlar e’tiborini qozongan.
    Yasunari Kavabataning «Uyqudagi nozaninlar» (2001) romanini o‘zbek tiliga tarjima kilgan.
    Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). Uchqun Nazarov 2016 yil 17 iyun kuni Toshkentda vafot etdi.

    (Кол-во материалов: 12)
  • Samar Nurov (1934-2003)

    http://ziyouz.com/rasmlar/samar_nurov.jpgSamar Nurov 1934 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ildi. 1956 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tamomlagach, “Qashqadaryo haqiqati” viloyat gazetasida, Qashqadaryo viloyat radiosida, “Sovet O‘zbekistoni” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetasida, “Guliston” jurnalida xizmat qildi. Ko‘p yillar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limining mas’ul kotibi bo‘lib ishladi. 
    Samar Nurov “Olisdagi yulduzlar”, “Bodom guli”, “Chaqmoq”, “Rais” kabi ko‘pgina qissalar va hikoyalar muallifidir. U Orol dengizi, o‘zbek chorvadorlari hayotidagi muammolarga doir bir qator ocherklar yaratgan tajribali publitsist hamdir.
    Samar Nurovning “Durdona”, “Seni sevaman, hayot!”, “Bir uy quvonch”, “Oltin vodiy”, “Beda hidi” kabi o‘nga yaqin nasriy kitoblari chop etilgan. Bu kitoblar o‘zbek nasri rivojida mustahkam o‘rin tutuvchi asarlar bo‘lib qoldi.
    Adibning “Qarshi xoni” deb nomlangan tarixiy mavzudagi yangi asari nashrga tayyorlanib, uning ayrim boblari matbuot sahifalarida e’lon ham qilingandi. 
    Samar Nurovning adabiyotimiz va xalqimizga sidqidildan xizmatlari munosib taqdirlandi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Erkin Samandar (1935)

    Erkin Samandar 1935 yil 22 martda Xorazm viloyatining Xiva tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1989). Xorazm pedagogika istitutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1957). Birinchi kitobi — «Amu jilolari» (1966). «Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq» (1989), «Tangri qudug‘i» (1996), «Jaloliddin Manguberdi» (1999), «Sulton Jaloliddin» va boshqa romanlari nashr etilgan. Tarixiy mavzularda bir qancha sahna asarlari ham yozgan («Javohir», 1980; «Bashorat», 1994; «Arabmuhammad Bahodirxon», 2002). «Pahlavon Muhammad Piryorvaliy» (1995), «Suyanch» (1996), «Ming otlilar diyori» (2003) singari qissa va badialari ham bor.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Erkin Vohidov (1936-2016)

    Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1987), O‘zbekiston Qahramoni (1999).
    ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1960). Ilk she’riy to‘plami — «Tong nafasi» (1961). «Qo‘shiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Muhabbat» (1976), «Tirik sayyoralar» (1978), «Ruhlar isyoni» (1979), «Sharqiy qirg‘oq» (1982), «Kelajakka maktub» (1983), «Bedorlik» (1985), 2 jildli saylanma («Muhabbatnoma» va «Sadoqatnoma», 1986), «Kuy avjida uzilmasin tor» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) kabi asarlar muallifi. «Yoshlik devoni» (1968)da mumtoz o‘zbek adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettirgan. Dramalari ham bor («Oltin devor», 1969; «Istanbul fojiasi», 1985). 
    I. Gyotening «Faust» asarini, S. Yesenin («Zamin darg‘asi») va boshqa shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
    «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi (1997). Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). 2016 yil 30 may kuni Toshknet shahrida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Ne’mat Aminov (1937-2005)

    Ne’mat Aminov 1937 yil 17 iyulda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992). Buxoro pedagogiga institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1959). Birinchi hajviy hikoyalar to‘plami — «Ikki pullik obro‘» (1966). So‘ng «Qirq uchinchi pochcha» (1970), «Labihovuz xandalari» (1973), «Chinorlar qo‘shig‘i» (1984), «Yelkasiz polvon» (1986), «O‘g‘ri mushukcha» (1987), «Qahqaha» (1987), «Yallama-yorim» (1988), «Cholbolaning ertaklari» (1990) va boshqa hajviy to‘plamlari nashr etilgan. 1976—83 yillarda «Yelvizak» va «Suvarak» qissalari asosida «Yolg‘onchi farishtalar yoxud yelvizakfe’l va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan» hajviy romanini yozgan. «Bir asr hikoyati» (1996) asari ham bor.
    Yozuvchi 2005 yil 18 oktyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.
    «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

    (Кол-во материалов: 3)
  • Muxtor Xudoyqulov (1937)

    http://ziyouz.com/images/stories/muxtor_xudoyqul.jpgMuxtor Xudoyqulov 1937 yil 1 noyabrda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika bo‘limini tamomlagan (1959). Turli yillarda "Yosh leninchi" gazetasi redaksiyasida adabiy xodim, "Qizil O‘zbekiston" gazetasida adabiy xodim, Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent bo‘lib ishlagan. Hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti matbuot kafedrasi professori.
     Uning «Qoya va palaxsa» (1962), «Daryo va po‘kak» (1968), «Zirapcha» (1973), «Qirq masal» (1985), «O‘ylab topilmagan hikoyalar» (1994), «Gabrovo latifalari va hangomalari» (1999), «Otam haqida haqida hikoyalar», «Kirakashlikning kiroyi hangomalari» kabi kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Ibrohim G‘afurov (1937)

    Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G‘afurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ildi. 1956-1961 yillarda SAGU (hozirgi O‘zMU) ning filologiya fakultetida o‘qidi. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 
    1995 yilda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori bo‘ldi. U mazkur partiyaning raisi (1996 yildan), “Milliy tiklanish” gazetasining bosh muharriri. 
    I.G‘afurov “Go‘zallikning olmos qirralari” (1964) “Unitilmagan bog‘” (1965), “Joziba” (1970), “Yonar so‘z” (1973), “Yam-yashil daraxt” (1976), “Yurak -alanga” (1980). “Lirikaning yuragi” (1982), “She’riyat - izlanish demak” (1984), “O‘ttiz yil izhori” (1987), “Til erkinligi” (1998) tsingari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U “Darvoza”, “Humo qushim”, “Qaldirg‘ochim” tsingari she’riy nasrlar yohud mansuralari bilan e’tibor qozondi. 
    Ibrohim G‘afurov jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Doctoevskiy), “Azizim” (Mopassan), “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (E.Xeminguey), “Qiyomat”, “Chingizxonnig oq buluti” (Chingiz oq buluti), “Yong‘in” (V.Rasputin) tsingari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
    I. G‘ofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), O‘zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, “Do‘stlik” ordeni sohibi (1995).

    (Кол-во материалов: 4)
  • O‘ktam Usmonov (1938-1990)

    U 1938 yilda Toshkent viloyatining Qibray tumani Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Toshkent pedagogika institutiga kirib o‘qidi.
    Uni muvaffaqiyatli tugatgach, avval respublika gazetalarida xizmat qildi. 1972-1982 yillarda respublika partiya Markaziy Qo‘mitasida mas’ul vazifada, so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib hamda «O‘zbekiston ovozi» gazetasida bosh muharrir vazifalarida ish olib bordi.
    Adib ijodining boshlanishi 50-yillarning so‘ngi, 60-yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi.
    O‘ktam Usmonovning birinchi hikoyalar to‘plami 1964 yilda «Guldasta» nomi bilan chop etildi. Shundan so‘ng 1965 yilda «Bahs boylashgan bola», 1970 yilda esa «Bahor chaqmoqlari» nomli hikoyalari va ilk qissasi nashr etiladi. So‘ngra adibning «Notinch kecha» (1976), «Sirli sohil» (1981) kabi hikoyalar to‘plami o‘quvchiga taqdim etiladi. Ushbu hikoyalarda adibning inson va insoniylik haqidagi mushohadalari rang-barang obrazlar, hayotiy detallarda umumlashtiriladi.
    Hikoyalarida adibning inson va insoniylik haqidagi mushohadalari rang-barang obrazlar, hayotiy detallarda umumlashtiriladi. O‘ktam Usmonovning «Girdob» romanida adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash mahorat bilan tasvirlangan. O‘ktam Usmonov mazkur roman O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan. Yozuvchining bir qator asarlari rus va qardosh tillarda chop etilgan.
    Iste’dodli adib va jurnalist O‘ktam Usmonov qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin oladigan «Girdob» kabi ajoyib roman qoldirib ketgan san’atkordir.
    U qissanavis sifatida «Bahor chaqmoqlari», «Kishan», «Qismat» kabi bir qator jiddiy asarlar ham yaratdi. So‘nggi ikki asar adabiy tanqidchilik tomonidan yaxshi baholandi. O‘ktam Usmonov ijodida «Girdob» (1979) romani alohida o‘rin tutadi. Unda adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash mahorat bilan tasvirlangan.
    Adib 1990 yil 3 yanvarda vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Mengziyo Safarov (1938-1994)

    Mengziyo Safarov 1938 yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga qarashli Xayrobod kishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning tarix fakultetini tamomlagan. Ijodi 1965 yildan boshlangan. «Ona yer ko‘shig‘i» (1969), «Turnalar uchadi» (1972), «Olis qirlar ortida» (1977), «Povest va hikoyalar» (1978), «Ona tuproq qo‘shig‘i» (1989), «Tabiat ehromi; Umr chorrahalarida» (1985, Z. Egamberdiev bilan hamkorlikda) kabi kitoblari nashr etilgan. Umrining so‘nggi yillarida «Amudaryo» nomli nasriy asar ustida ishlagan (asar tugallanmagan).
    1994 yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Muhammad Salom (1938)

    Muhammad Salom 1938 yil 19 aprelida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumaniga qarashli Cho‘g‘olon qishlog‘ida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti (SamDU)ning filologiya fakultetini tugatgan 1963).
    Birinchi hikoyasi — «Meni kechirsang bas» (1961). Ilk hikoyalar to‘plami — «Kechirim» (1969). Shundan so‘ng yozuvchining «Yurakdagi izlar» (1970), «Toshloqdagi xazina» (1971), «Sevgi tori» (1973), «Iqror» (1975), «Shifobaxsh ko‘llar» (1976), «Dovul» (1977) kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan. «Muvozanat» (1985) romani ham bor. Ayni paytda yozuvchi «Najot» nomli 2 kitobdan iborat romanini yozib tugatdi.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Sa’dulla Siyoyev (1939)

    Sa’dulla Siyoyev 1939 yil 25 martda Qozog‘istonning Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog‘ida oilasida tug‘ildi. 
    Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami «Qasam ichmagan yigit» 1970 yilda chop etildi. Shundan so‘ng S.Siyoyevning «Sadag‘ang ketay» (1972), «To‘ylar muborak» (1975), «Oy borib, omon keling» (1976), «Og‘ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» kabi hikoyalar to‘plamlari bosilib chiqqan. 
    Keyingi yillarda uning qissa va hikoyalardan iborat «Yorug‘lik» (1986), «Beparvo bo‘lmoqchiman» (1990) kitoblari hamda «Avaz» (1987) romani o‘quvchilar hukmiga havola etildi. 1993 yilda uning «Yassaviyning so‘nggi safari» romanining birinchi kitobi, 1997 yilda esa «Haqiqat yo‘li» deb nomlangan ikkinchi kitobi chop qilindi.
    S.Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillariga tarjima qilingan. U M.Zoshchenko, L.Lench, A.Arkanov, G.Gorin kabi rus yozuvchilarining hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 7)
  • Abduqahhor Ibrohimov (1939)

    Abduqahhor Ibrohimov Toshkentning Ko‘kcha dahasida 1939 yilning 16 avgustida dunyoga kelgan.
    1957-1962 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1975-1977 yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida bosh muharrir, 1990-1993 yillarda Respublika Prezidenti Devonida maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1994 yildan buyon esa Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida xizmat qilmoqda.
    Abduqahhor Ibrohimovning «Arra», «Meni aytdi demang», «Zo‘ldir», «Bir o‘likka bir tirik», «Bu zamon o‘g‘loni», «Tusmol», «Sochqi», «Mayli, mayli», «Ofarin», «Puch», «Shayton yo‘li» komediyalari Toshkent va viloyat teatrlari sahnalarida qo‘yilgan. 
    Unga «O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni berilgan. 
    U keyingi paytda «Vatan tuyg‘usi» (hamkorlikda), «Bizkim, o‘zbeklar...», «Davlat tafakkuri nima?», «Millat ovozi» kabi yirik publitsistik kitoblarini va «Uyqu kelmas kechalar» romanining birinchi jildini o‘quvchilarga taqdim etdi.

    (Кол-во материалов: 5)
  • O‘ktam Hakimali (1939)

    O‘ktam Hakimali (Hakimaliev) 1939-yili Toshkent viloyatining Nomdanak qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktyorlik bo‘limini tamomlagan (1965). Uning ilk qissasi «Kichik xonadon» nomi bilan 1976-yili «Sharq yulduzi» jurnalida bosilgan. Uning «Hademay bahor keladi» (1977), «Navbahor» (1980), «Poklikdan keyingi umr» (2007), «Noma’lum qush» (2008), «Hasrat» (2003) kabi asarlari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Temur Po‘latov (1939)

    Yozuvchi Temur Po‘latov 1939 yilda Buxoroda tug‘ilgan. Buxoro Davlat pedagogika institutini, Moskvadagi kinostsenaristlar oliy kursini bitirgan. Uning dastlabki qissasi («Ne xodi po obochine») 1964 yilda «Zvezda Vostoka» jurnalida chop etiladi. Shundan so‘ng u yaratgan qissa va romanlar Toshkentda, Moskvada rus va o‘zbek tillarida nashr etila boradi. 
    Adibning «Bo‘lak manzilgohlar», «Bolalar xori», “Dushan qaysarning ko‘rgan-kechirganlari» 70—80-yillar adabiyotida sarguzasht janri taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shildi. Shuningdek uning «Buxoro xonadonining kechmishlari», «Mulk», «Kunda-shunda», «G‘oyibning ikkinchi safari», «Yetti huzur-halovat va qirq qayg‘u alam», «G‘oyibning qaytishi», «Taroziy toshbaqasi» kabi o‘nlab yirik epik polotnolari kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.
    Temur Po‘latov 1986 yilda o‘zining «Mulk», «G‘oyibning ikkinchi safari», «Kunda-shunda» qissalari va «Buxoro xonadonining kechmishlari» romani uchun Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1989 yilda esa unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Mahkam Mahmudov (1940)

    Nosir va adabiyotshunos Mahkam Mahmudov 1940 yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilgan. 1947-1957 yillarda Andijon shahridagi Muqimiy nomli maktabda ta’lim olgach, 1957-1962 yillarda Toshkent Davlat universitetida o‘qigan. U 60-yillardan to shu kungacha gazeta va jurnal tahririyatlari hamda nashriyotlarda ishlab keladi. Hozirgi kunda esa «Muloqot» jurnalida adabiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mahkam Mahmudov dastlab shoir sifatida qalam tebratgan. Keyinchalik u nasrga ham o‘tib, tarixiy mavzular va fantastik janrda ijod qilib keladi.
    Agar uning «Bibixonim», «Shohlar malikasi», «Movarounnahr yulduzi», «Sulton Mahmud G‘aznaviy», «Boysung‘ur ibn Shohruh», «Imom Zayniddin G‘azzoliy» kabi qissa, hikoya va badialari tarixiy mavzularda yaratilgan bo‘lsa, «Men - men emasman», «Teskari ko‘zlar sayyorasi», «Sirli qasr», «Mangu kuy izlab» singari asarlarida esa u fantastik janrga qo‘l uradi.
    Mahkam Mahmudov adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilib kelmoqda. Uning «Talant va ijod falsafasi» (1976), «Abadiyat lahzalari» (1981), «Hayrat va tafakkur» (1992) kabi asarlari adabiy va ilmiy jamoatchilik e’tiboriga tushgan. U filologiya fanlari nomzodi sifatida M.Uyg‘ur nomidagi San’at instituti, A.Qodiriy nomidagi Madaniyat institutida o‘zbek va chet el adabiyoti kurslaridan ma’ruzalar o‘qigan. Mahkam Mahmudov tarjimon sifatida ham qalam tebratib, Aristotelning «Poetika» risolasini, Balzakning «Sag‘ri teri tilsimi» romanini, Andersen ertaklari, Stefan Sveygning «Kuygan ko‘ngil faryodi» novellalar to‘plami (O‘tkir Hoshimov bilan)ni, Oskar Uayldning «Yulduzdan tushgan bola», «Sadoqatli do‘st» hikoyalari va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
    Adabiyot oldidagi xizmatlari uchun unga «El-yurt hurmati» (1998) ordeni berilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Shukur Xolmirzayev (1940-2005)

    Shukur Xolmirzaev 1940 yil 24 martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). Dastlabki hikoya va ocherklari 1958 yildan nashr etila boshlagan. «Oq otli» (1962), «To‘lqinlar» (1963), «O‘n sakkizga kirmagan kim bor?» (1965) qissalari, shuningdek, yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari «Olis yulduzlar ostida» (1971), «Hayot abadiy» (1974), «Og‘ir tosh ko‘chsa...» (1980), «Yo‘llar, yo‘ldoshlar» (1984), «Bodom qishda gulladi» (1986), «Tog‘larga qor tushdi» (1987) singari to‘plamlaridan o‘rin olgan. «So‘nggi bekat» (1976), «Qil ko‘prik» (1984), «Yo‘lovchi» (1987), «Olabo‘ji» (1992), «Dinozavr» (1-kitob, 1996) kabi romanlar muallifi. «Qora kamar» (1987), «Ziyofat» (1990 yili sahnalashtirilgan) dramalari ham bor.
    Yozuvchi 2005 yil 29 sentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.
    Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti (1989) hamda «Mehnat shuhrati» (1999) ordeni bilan taqdirlangan.

    (Кол-во материалов: 74)
  • Omon Muxtor (1941-2013)

    Omon Muxtor (Muxtorov Omon Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoroda tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1991). ToshDU filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tugatgan (1964). «Chorlar quyoshli yo‘llar» (1966), «Ohang» (1974), «Yog‘du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) she’riy to‘plamlar, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak» (1973), «Hayot darvozasi» (1978), «Bolalikka sayohat» (1984), «Vazifa» (1988), «O‘lmagan jon» (1995) kabi nasriy asarlar muallifi. «Yillar shamoli» (1976), «Egilgan bosh» (1989), «Ayollar mamlakati va saltanati», «Ffu» (1997), «Aflotun» (1998), «To‘rt tomon qibla» (trilogiya, 2001) kabi zamonaviy va tarixiy mavzulardagi romanlari ham bor. Pesalari Xorazm teatrida sahnalashtirilgan («Bosh masala» va boshqa). O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2009), «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997). 2013-yil 10-may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 18)
  • Asad Asil (1941)

    Asad Asil 1941 yilning 14 iyulida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Xondayliq qishlog‘ida tavallud topgan. 1966 yil Toshkent Davlat pedagogika institutining pedagogika fakultetini, 1972 yil Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 
    Bo‘stonliq, Qibray tumani gazetalari tahririyatlarida, keyinchalik “Sharq yulduzi” va “Guliston” jurnallari tahririyatlarida faoliyat olib borgan. O‘zbekiston yozuvchilari va jurnalistlari uyushmalari a’zosi. 
    “Lochin” (1982), “Mehr” (1984), “Quvonch” (1987) hikoyalar to‘plamlari, “Tog‘liklar” qissa va hikoyalar to‘plami (1992), “Chirog‘im, men – Sidqiyman, Xandaqliqiyman!..” tarixiy, badiiy, publitsistik romani (2008), “Alqor, nega ko‘zing to‘la yosh” voqeiy hikoyalar, esse va publitsistikalar (2011) to‘plamlari muallifi. 
    Yozuvchi o‘z ijodining o‘ttiz yildan ziyod vaqtini tarixda o‘chmas iz qoldirgan fidoyi ma’rifatparvar adib bo‘lmish Sidqiy Xandaqliqiyning  hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlagan. Sidqiy Xandaqliqiyning tanlangan asarlari to‘plovchilaridan biri.

    (Кол-во материалов: 10)
  • Mashrab Boboyev (1941-2003)

    http://ziyouz.com/images/stories/mashrab_boboyev.jpgTaniqli shoir va dramaturg Mashrab Boboyev 1941 yilda  Samarqand viloyatining Poyariq tumanida tug‘ilgan. 1956 yilda o‘rta maktabni bitirgach, avval jamoa xo‘jaligida, keyin qishloq kutubxonasida ishladi. 1960-1965 yillarda Toshkent Teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetida tahsil ko‘rdi. Respublika xalq ijodiyoti uyida uslubchi, Samarqand viloyat xalq ijodiyoti uyining direktori, “Yosh gvardiya” (hozirgi “Yangi asr avlodi”) va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishladi. Respublika radiosi “Sharq yulduzi” jurnali, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat ko‘rsatdi. Teatrlarda adabiy emakdoshlik qildi. Madaniyat ishlari vazirligida repertuar bo‘limi mudiri, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tarjima tahririyatining bosh muharriri bo‘lib ishladi.
    Mashrab Boboyev o‘tgan asrning 60-yillaridan Respublika matbuotida shoir va adib sifatida tanila boshladi. Ilk she’riy to‘plami “Onamga xat” 1971 yilda nashr etildi. So‘ngra “Bahor kayfiyati”, “So‘z”, “Olisdagi chiroq”, “Bag‘ishlov”, “Men bilgan sir” kabi bir qancha she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. “Kechki trolleybus”, “Gurung” hikoyalar to‘plamlari chop etildi. 
    Mashrab Boboyev jami o‘ndan ortiq sahna asarlari yaratgan iste’dodli dramaturg edi. Uning “O‘ttiz yoshlilar”, “Yer tomiri”, “Gurung”, “Onaizor” kabi dramalari respublikamiz teatrlarida sahnalashtirildi va “Nomsiz yulduzlar”, “Qani mening yulduzim” deb ataluvchi to‘plamlar sifatida nashr etildi. Ayniqsa, Mashrab Boboyev ssenariysi asosida suratga olingan ko‘p qismli “Ko‘ngil ko‘chalari” videofilmi tomoshabinlar orasida shuhrat qozondi. 
    Mashrab Boboyev mohir tarjimon ham edi. U A.Pushkin, R.Hamzatov va boshqa shoirlarning she’rlarini, bir qator dramaturglarning asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan edi. O‘z navbatida uning asarlari ham xorijiy tillarga tarjima qilingan. 
    Mashrab Boboyevning 1995 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan edi. Mashrab Boboyev 2003 yili vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Murod Mansur (1941-2014)

    Murodjon Mansurov toshkentlik, Cho‘lpon otaning yonbag‘ridagi Qatortolda bog‘bon oilasida 1941 yilda tavallud topgan. Otasi Mansurxo‘ja To‘raxo‘ja o‘g‘li mirishkor bog‘bon bo‘lgan. U o‘g‘li Murodjon bolaligida olamdan o‘tgan. Bo‘lajak yozuvchi onasi Karomatxon Umarxo‘ja qizining tarbiyasida voyaga yetgan. O‘rta maktabdan so‘ng Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirgan. Uni tugatgach, injener-loyihachi bo‘lib ishlagan. Shu yillardan boshlab unda ijodga mayl uyg‘onib, ocherk, lavha, hikoyalar yoza boshlagan. «Qalamimni ko‘rib, respublika markaziy gazetasi «Qizil O‘zbekiston»ga (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») chaqirib olishdi», - deya yozadi muallif o‘z tarjimai holida.
    Shundan so‘ng o‘sha gazetaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlaydi. Keyin «Yoshlik» jurnali bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib xizmat qiladi. So‘ng esa «Sharq yulduzi» jurnalida faoliyat ko‘rsatadi.
    Murodjon Mansurovning birinchi asari «Aziz inson» (1963) deb atalgan bo‘lib, u yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida edi. Asar ma’lum sabablarga ko‘ra bosilmay qolgan.
    Shundan buyon adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan.
    Uning «Sadarayhon» (1965), «Umr chorrahalari» (1972), «Qirg‘oqlar» (1975), «Hammaning yashagisi keladi» (1980), «Yombi» (1988) kabi qissalari, «Mangu jang» (1985), «Gunohi azim» (1995) kabi romanlari talabchan kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.
    Uning uch jildlik «Judolik diyori» romanining I-II-III kitoblari nashr etilib, kitobxonga taqdim etilgan. Asar ma’lum ma’noda sarguzasht xarakterida bo‘lib, unda o‘z diyoridan adashib, hamon to‘zib yurgan qavm hayoti va kechinmalari islomiy bir ma’rifat, ma’naviyat yog‘dulariga omuxta tarzda ifoda etiladi. Murodjon Mansurov yaratgan qissalar va ayniqsa, «Mangu jang» romani o‘zining hayotiyligi va samimiyligi, tilining sodda va shiraliligi bilan ajralib turadi. «Judolik diyori» (2001-2003) esa hali ko‘p bahslarga yo‘l ochsa ajab emas. Yozuvchi 2014 yili Toshkent shahrida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Nusrat Rahmat (1941)

    Publitsist, yozuvchi va jurnalist Nusrat Rahmat 1941 yilning 3 iyul kuni Samarqand tumanidagi Qo‘shmachit qishlog‘ida tug‘ilgan. 
    “Lenin yo‘li” gazetasida ishlagan, “Qishloq haqiqati” gazetasining Samarqand, Buxoro viloyatlari buyicha muxbiri bo‘lgan. Keyin Toshkentga ko‘chib “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “ Mehnat” nashriyoti, O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida xizmat qilgan.
    “Agar tabiatni sevsangiz” degan ilk kitobchasi 1975 yili nashr etildi. Keyin “Chanqovuz”, “Olis-olis so‘qmoqlar”, “Dasht”, “Zamondosh o‘ylari”, “ Selektsiya mu’jizasi”, “So‘qmoqlar va saboqlar” singari yigirmadan ko‘proq hikoya va ocherklardan iborat kitob va kitobchalari bosilgan.
    “Taqdimot” she’rlar, “Fojia” deb nomlangan hikoyalar to‘plami, shuningdek, “Men muxbirman”, “Men redaksiyadanman”, “Eng ashaddiy kallakesar“, “Asqad Muxtor dedilar” singari kitoblari; gazeta, jurnal va Internet saytlarida yuzdan ortiq maqolalari chop etilgan.
    U 2004 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvonini olgan.

    (Кол-во материалов: 23)
  • O‘tkir Hoshimov (1941-2013)

    O‘tkir Hoshimov 1941 yil 5 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991). ToshDUning filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tugatgan (1964). Ilk kitobi — «Po‘lat chavandoz» (1962, ocherklar to‘plami). Birinchi yirik nasriy asari — «Cho‘l havosi» (1963). «Odamlar nima derkin» (1965), «Shamol esaveradi» (1966), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Bahor qaytmaydi» (1970), «Dunyoning ishlari» (1982) qissalari hamda «Nur borki, soya bor» (1976), «Ikki eshik orasi» (1986), «Tushda kechgan umrlar» (1994) romanlari nashr etilgan.
    Yozuvchining bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. «Xazon bo‘lgan bahor», «Inson sadoqati» (1975), «Vijdon dorisi», «To‘ylar muborak» (1979), «Qatag‘on» kabi drama, komediya, bir qator kinostsenariylar muallifi. «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» (2001) kitobi ijtimoiy-ma’naviy hayotda muayyan iz qoldirgan.
    Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1986). «Mehnat shuhrati» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. 2013-yil 24-may kuni vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 18)
  • Erkin Malik (1941)

    Erkin Malik 1941 yil 10 avgustda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1998). Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining kutubxonachilik fakultetini tamomlagan (1961).
    «Ular mening do‘stlarim» (1964), «Qirq ikki og‘ayni» (1968), «O‘qilmagan sahifalar» (1970), «Ona shahrim — Toshkentim» (1971), «7a-da qayta qurish» (1991), «Bugunning qaqajonlari — ertaning qahramonlari» (1998), «Nayrangboz shaytonvachcha» (2002), «Subhidam hikoyalari» (2003), «Champo otli ilon» (2006) kabi kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Ne’mat Arslonov (1941)

    http://ziyouz.com/rasmlar/poets/nemat_arslon.jpgNe’mat Arslonov 1941-yil 7-iyun kuni Shahrisabz tumani Miraki qo‘rg‘onchasi yaqinidagi Takiya qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan (1965). 1971-80 yillardan boshlab "Adabiyot va san’at" gazetasi, "Yoshlik", "Sharq yulduzi" jurnallarida hikoya, qissa va romanlari bosila boshladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 
    Mustaqillik yillarida "Ayol suvratiga chizgilar", "Oldinda yana tun bor" hikoyalar to‘plamlarim chop etildi. "Adam vodiysi", "Mavhumot" romanlari dunyo yuzini ko‘rdi.

    (Кол-во материалов: 5)
  • Qudrat Do‘stmuhammad (1941)

    Qudrat Do‘stmuhammad 1941 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Politexnika institutining mexanika fakultetini tugatgan (1963). Dastlabki kitobi M. Rahmonovning «Tungi telepatiya» nomli kitobi bilan bir muqova ostida nashr etilgan (1981). Shundan so‘ng yozuvchining «Temirtanlar» (1987), «Noljon va Birjon» (1991), «Nobel mukofoti olgan adiblar» (2002), «Bil sayyorasi» (2007) kabi kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Alinazar Egamnazarov (1941)

    Alinazar Egamnazarov 1941 yili Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. 1959-1964 yillarda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limida o‘qigan.
    Mehnat faoliyatini 1964 yilda "Sirdaryo xaqiqati" gazetasida boshlagan. 1968-1998 yillari "Toshkent oqshomi" gazetasi va "Sharq yulduzi" jurnalida turli lavozimlarda mehnat qilgan. Hozir u O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotida yetakchi muharrir bo‘lib ishlaydi.
    Alinazar Egamnazarov "Ustozga ta’zim", "Ochig‘ini aytganda", "Muqaddas uy", "Yigirma milliondan biri", "Siz bilgan Dukchi Eshon", "Surgun" kitoblarining muallifidir.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Muhammad Ali (1942)

    Muhammad Ali (Ahmedov Muhammadali) 1942 yil 1 martda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992). 
    Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1966). «Fazodagi hislar» (1967), «Shafaq» (1968), «Otalar yurti» (1970), «Dostonlar» (1974), «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» (1980), «Sen bir gulsan» (1989), «Ona duosi» (1994) va boshqa she’riy asarlar muallifi.
    «Ulug‘ saltanat» (2 kitob, 1999) tarixiy romani ham bor. «Sarbadorlar» (1989) roman-dilogiyasi adibning nasrdagi dastlabki asari. «Boqiy dunyo» (1981) she’riy romani Jizzax qo‘zg‘oloni voqealariga bag‘ishlangan.
    «Ramayana» (1978), qoraqalpoq eposlari «Shahriyor» (1977), «Masposhsho» (1985), shuningdek, R. Byorns, U. Tabidze, Bayron va boshqa yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Berdaq nomidagi Qorakalpog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1984), «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

    (Кол-во материалов: 5)
  • Zohir A’lam (1943-2014)

    Zohir A’lam 1943 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUni tamomlagan (1965). Birinchi kitobi — «Baxtli bilet» (1972). «Muqaddima» (1978), «Hammasi bir binoda», «BAM manzaralari» (1978), «Kiyik ko‘zlari» (1981), «O‘sma ketar, qosh qolar» (1981), «Ota o‘gitlari» (1985), «Zarb» (1987) kabi kitoblari nashr etilgan. «Afandining qirq bir pashshasi» (shu nomda kissa ham yozgan, 1989) nomli pesasi ham bor. Publitsistik asarlar ham yozgan («Boyovut», 1986; «Mayiz atrofidagi gaplar», 1990 va boshqa).
    Plutarxning «Iskandar Makidunli» (1998) asarini hamda P. Vasilevning «To‘siq», «O‘lchamlar» kabi qissalarini, rus adibi S. Zaliginning «Komissiya» romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2014 yil 13 aprel kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Abdulla Ahmad (1943)

    Abdulla Ahmad 1943-yili Jizzax shahrida tug'ilgan.
    O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.
    "Mergan", "Zafarobodning zumrad tonglari", "Ma'rifatga baxshida umr", "Baxmal - yangi tashabbuslar manzili", "Yurakdagi ism", "Najot eshigi", "Dardisar", "Umid chirog'i", "Olislagan soyalar" kabi kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 9)
  • Yusuf Siddiq (1943)

    Yusuf Siddiq 1943 yilda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida tug‘ilgan. 
    Buxoro institutini tamomlagan (1972). 
    Birinchi romani — "Tokchadan topilgan xazina" (2004).
    "Matqobul", "Jannatdan haydalgan farishta" qissalari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Habibullo Tursunmatov (1943)

    Habibullo Tursunmatov 1943 yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Oftobachek qishlog‘ida tug‘ilgan.1951 yildan 1961 yilgacha tumandagi 1-o‘rta maktabda o‘qigan. 1965 yildan 1973 yilgacha Andijon Davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘qigan. 
    “Xayolimda dilorom” (1973), “Dilroz” (1975), “Darz” (1977), “Kelinchak” (1980), “Visol umidi” (1985), “Qon sachragan oy” hikoya va qissalari, “Yolqin” romani (2000), 2001 yilda “Xayolimda diloromim” hikoyalar to‘plami nashr etilgan. 
    Asarlari rus, uyg‘ur, qozoq va ukrain tillariga tarjima qilingan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Dadaxon Nuriy (1943)

    Dadaxon Nuriy 1943 yilda Namanganda tug‘ilgan. Dastlabki lirik qissasi — «Oqshom qo‘shiqlari» (1963). Shundan so‘ng yozuvchining «Begona» (1968), «Bog‘larda bahor», «Mashina Kashmirga boradi» (1970—71), «Osmon ustuni» (1976), «Shahar tegirmoni» (1990), «Begona» (1991) kabi kitoblari nashr etilgan. Esse, sayohatnoma janrida ham asarlar yoegan («Daricham ro‘parasidagi Pokiston», 1996; «Azim chinorlar panohida», 2005; «Ram sohibdan hammaga salom», 2007). Ayniqsa yozuvchining «Boysun junglilaridan Kandi o‘rmonlarigacha» «to‘qilmagan sarguzashtlar» kitobi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Emin Usmon (1945-2001)

    Yozuvchi Emin Usmon 1945 yili Xitoyning Shinjon-Uyg'ur muxtor o'lkasidagi G‘ulja shahrida dunyoga kelgan.
    1948 yili ota-onasi bilan O'zbekistonga ko'chib kelishgan. 
    Emin Usmon Toshkent shahridagi uyg'ur madaniyat markazi rahbari bo'lgan.
    Uning "Mehrigiyo" (roman, 1976), "Nihollar" (qissa va hikoyalar, 1976), "Yolqin" (qissa, 1979), "Tilla chanoq" (qissa, 1980), "Ko'ngil ko'zi" (qissa, 1985), "Tomir" (qissa, 1985) kabi 20 dan ortiq kitoblari chop etilgan.
    Emin Usmon tarjimon sifatida ham jahon adabiyotidan birqancha asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Hojiakbar Shayxov (1945-2002)

    Hojiakbar Shayxov (Hojiakbar Islom Shayx) 1945 yil 25 martda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon viloyatidagi Chuguchak shahrida tug‘ilgan. O‘zbek ilmiy-badiiy fantastikasining asoschilaridan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997). Ota-bobolari asli toshkentlik bo‘lib, Sharqiy Turkistonga kuchib ketishgan va 1955 yil vataniga qaytishgan. Toshkent politexnika institutining energetika fakultetini tugatgan (1971). 30 dan ziyod ilmiy-fantastik hikoyalar, qissalar va romanlar muallifi. «Rene jumbog‘i», «Zalvorli odimlar» (1977), «Yettinchi operatsiya» (1979), «G‘aroyib ko‘lanka» (1980), «Olmos jilosi» (1983), «So‘nggi ajdarning halokati», «Hayotbaxsh xayollar» (1985), «Ajdodlar xotirasi» (1986), «Yonar daryo» (1986), «Maktab sahnasi» (1988), «Sehrli qiz» (1989), «Telba dunyo» (1990), «Tutash olamlar» (1996), «Jodugarning eri» (1999), «Ikki jahon ovorasi» (2001) va boshqa fantastik qissa va romanlari bor. Publitsistik asarlar ham yozgan («Fan fidoyisi», 1987; «Zamin shaydosi», 1990).
    Yozuvchi 2002 yil 27 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 7)
  • Shodmon Otabek (1946)

    Shodmon Otabek 1946 yili Andijon viloyatining Shirmonbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan.
    Hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitetni 1969 yili bitirgan. Respublika radiosida, O‘zbekiston Milliy kinokompaniyasida, Toshkent Davlat madaniyat institutida, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida xizmat qilgan. 1992 yildan 2003 yilgacha «Xabar» gazetasida bosh muharrir bo‘lgan. 
    Turli yillarda yozuvchining «Mirzakalon Ismoiliy» (1978), «Yaproqdagi nur» (1979), «Odamiylik sinovlari» (1986), «Eng baxtli kun», «Qorbo‘ron», (1988, 2009), «Shaxmat abadiydir» (1990), «Shirmonbuloq oqshomlari» (1995) kabi kitoblari, shuningdek, «Yaxshi kunlarda ko‘rishaylik», «Birkam dunyo» qissalari chop etilgan. Adib atoqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy haqidagi ilmiy izlanishlarini davom ettirib, 2010 yili «Mirzakalon Ismoiliy saboqlari» degan kitobini nashr ettirdi.
    Shodmon Otabekning shoir va yozuvchilar hayotidan olib yozilgan, ustozlar – Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov so‘zboshi yozgan, to‘rt marta nashr qilingan «Do‘rmon hangomalari» kitobi mashhurdir. Bu kitob adabiy muhitning hazil-mutoyibalarga y?g‘rilgan bir tarixi sifatida ham qimmatlidir.
    Shodmon Otabek badiiy tarjima bilan ham jiddiy shug‘ullanadi. U L.Tolstoy, M.Zoshchenko, V.Shukshin, B.Sarnov, Ye.Gik, A.Nesin asarlarini mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan. L.Tolstoyning bolalarga atab yozgan hikoyalari va Aziz Nesinning hajviy hikoyalarini alohida kitob holida nashr ettirgan.
    Shodmon Otabekning asarlari rus, ukrain, qozoq, turk tillariga tarjima qilingan.
    «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

    (Кол-во материалов: 16)
  • Mahmud Yo‘ldoshev (1946)

    Mahmud Yo‘ldoshev 1946-yili Jizzax viloyatining G'allaorol tumanida tug'ilgan.
    Psixologiya fanlari nomzodi, publitsist, shoir.
    "Xotirada saqlash usullari", "Taqdir taronalari", "Oilada ruhiy muhit va uning tarbiyaga ta'siri", "Hamshira mehnati psixologiyasi", "Tarbiya tasvirlari" va boshqa kitoblar muallifi.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Farid Usmon (1946)

    Farid Usmon 1946 yil 1 avgustda Andijon shahrida tug‘ilgan. 
    Andijon institutini tamomlagan (1964). 
    "Umid gulzori", "Sadoqat", "Navosiz navo", "Qadr kechasi", 'Ul qaro ko‘z bo‘lmasa", "Jon qushi" kabi she’riy to‘plamlari hamda "Husn devoni" kitobi nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Ahmadjon Meliboyev (1946)

    Ahmadjon Meliboyev 1946-yil 23-mart Qirg‘izistonning Olabuqa tumanida tug‘ilgan. 
    Uning "Bir zaminda yashaymiz", "Umidli dunyo", "Yolg'iz yashab bo'lmaydi", "Hushtakni kim haladi?", "Xotin yo'g'ida", "Torning ho'mihdan farqi", "Umr uchar yulduz", "Qirq beshinchi bekat", "Suvora sog'inchi", "Safed Bulon hikoyalari" kabi kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Qamchibek Kenja (1946)

    Qamchibek Kenja 1946 yil 15 avgustda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Gurkurov kishlorida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1969). Dastlabki she’riy to‘plami — «Sog‘inch» (1975). Yozuvchining «Yashil barg» degan birinchi hikoyalar to‘plami esa 1977 yilda nashr etilgan. «Ko‘ngil ko‘chalari» (1979), «Ishking tushsa» (1981), «Orzumandlar» (1982), «Notanish gul» (1986), «Tog‘ yo‘lida bir okshom» (1987), «Sohildagi suv parisi» (1993), «Qizil gullar» (1995), «Soxibjamol ayol siri» (1996), «Kulgibaxsh umr» (1997), «Boburiylardan biri» (2000), «Baxt kushi yoki ushalgan orzular» (2001), «Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar» (2005), «Saylanma» (1-kitob, 2006) kabi nasriy va she’riy asarlar muallifi. Safarnomalar yozgan («Xind sorig‘a», «Buyuklar izidan» va boshqa).
    A. S. Pushkin, X. Xeyne, Sh. Petefi, V. Bryusov, M. Svetlov kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Jumanazar Beknazar (1946)

    Jumanazar Beknazar 1946-yili Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan.
    Respublika bosh uronefrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
    “Shuhrat” medali sohibi. 
    Tibbiyotga oid 250dan ortiq ilmiy maqolalar, 50ga yaqin ilmiy ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari muallifi.
    “Tosh balosi”, “Guldek nozik”, “Bolangiz nega bezovta”, “Ona va bola tayanchi”, “Qamay dostoni”, “Yoniq yuragim”, “Mehr quyoshi”, “Iztiroblar komida”, “Manzildan keyingi yo‘l” asarlari bilan kitobxonlarga yaxshi tanish.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Tohir Malik (1946)

    Tohir Malik (Hobilov Tohir Abdumalikovich) 1946 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (2000). O‘zbek fantastikasining asoschilaridan biri. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1969). Birinchi yirik asari — «Hikmat afandining o‘limi» (1972). «Zaharli g‘ubor» (1974), «Falak» (1975), «Somon yo‘li elchilari» (1978), «Chorrahada krlgan odamlar» (1982), «Bir ko‘cha, bir kecha» (1983), «Alvido, bolalik» (1989), «So‘nggi o‘q» (1990), «Ov» (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur.
    «Shaytanat» romani (1-kitob, 1992; 2-kitob, 1995; 3-kitob, 1997; 4-kitob, 2000) yozuvchining yirik asarlaridandir. Asar asosida ko‘p seriyali telefilm yaratilgan. «Jinoyatning uzun yo‘li» (2004) ilmiy-tahliliy risolasi, «Mehmon tuyg‘ular» (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar to‘plami ham bor. Uning «Amir Temur davri adabiyoti» (1998), «Varaxsha», «Unvoni inson» (1999), «Sohilsiz dengiz» (2000), «Zulmat saltanati» (2001), «Moshtabib» (2002) stsenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan.
    Rus yozuvchisi F. M. Dostoevskiyning «Ma’suma» qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 70)
  • Mirza Karim (1946-1993)

    Mirza Karim (Mirzakarim Pirmatov, 27.12.1946 — 27.03.1993) Andijon viloyati, Bo‘z tumanidagi Jiydaqator qishlog‘ida tug‘ilgan. Andijon davlat pedagogika oliygohini tugatgan.
    Yozuvchi o‘zining qisqa umri mobaynida «Yulduzlar jilmayadi», «Ibrohim Eshonxo‘jaev», «Qalbimni ochay sizga», «Birinchi sekretar», «Xayol qushi», «Munavvara ertaklari yoki No‘xatpolvonning sarguzashtlari» to‘plamlarini chop ettirgan. «Mohlaroyim» romani Mirza Karimning so‘nggi ijod mahsulidir.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Isfandiyor (1946)

    Isfandiyor Kimsan o‘g‘li Matkarimov Marg‘ilon shahrida 1946 yilda tavallud topgan. 1969 yili Farg‘ona Davlat pedagogika institutini, 1971 yili esa Farg‘onadagi musiqa o‘quv yurtini, 1978 yili Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot institutining nasr bo‘limini, 1981 yili Moskvadagi «Davlatkino» qoshidagi Oliy stsenaristlar kursini, 1997 yili Toshkent yuridik institutini tamomlagan. 1996 yildan advokatlik lavozimida ishlab kelmoqda.
    Uning «Saraton», «Meni tongda uyg‘oting», «Qasam», «Qasoskor», «Xun», «Qaytish», «O‘g‘ri», «Inqiroz yoxud generallar o‘yini» kabi o‘nga yaqin qissa va romanlari chop etilgan. Adib asosan rus tilida ijod qiladi.
    U dramaturg—komediograf sifatida esa «Otasining qizi», «Ishonmasang o‘laman, xotin», «G‘aroyib dori», «Sening taqdiring» kabi sahna asarlarini yaratadi. Isfandiyor stsenarist sifatida «XX asr dinozavrlari», «Qon ila yo‘g‘rilgan muhabbat» va «Loqaydlik mezoni» filmlarini yaratdi.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Yoqutxon Rahimova (1947)

    Yoqutxon Rahimova 1947 yil 1 yanvarda Toshkentda ziyoli oilasida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib, u odatdagidek, filologiya yoki jurnalistika fakultetlariga emas, Toshkent Davlat Politexnika institutiga boradi. Uni muvaffaqiyatli tugatib, muhandis maqomini oladi. Biroq, unda adabiyotga uyg‘ongan havas ustun kelib, badiiy ijod sohasiga yetaklab keladi.
    Yoqutxonning dastlabki «Ko‘rishguncha, xayr!» nomli qis-sasi «Sharq yulduzi» jurnalida (1979) bosilgach, u adabiy jamoatchilik va kitobxon e’tiboriga tushadi. Adibaning «G‘urur» nomli ilk hikoyalar to‘plami (1978) «Kamalak» (sobiq «Yosh gvardiya») nashriyotida chop etilgan. Shuningdek, uning yoshlar va o‘smirlar uchun yozilgan «Ko‘ngil» nomli qissa va hikoyalar to‘plami ham nashr qilingan.
    Yoqutxon Rahimovaning o‘zbek va rus tillarida chop qilingan «Bu Sizga, oyijon!» (1987) nomli hikoyalar to‘plami bolalarga bag‘ishlangan. Adibaning ushbu «Bu Sizga, oyijon!» nomli to‘plamidagi jajji kichkintoylarga atalgan hikoyalari o‘zining beg‘ubor va shirin tili, sodda va aniq ifodaliligi bilan yosh kitobxonlarni o‘ziga rom qiladi.
    Uning ko‘pgina hikoyalari chet va qardosh xalqlar tillariga ham tarjima qilingan.
    Yoqutxon Rahimova 1980 yildan buyon Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi.
    U hozirgi kunda "G‘uncha" jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Norto‘xta Qilich (1947)

    Norto‘xta Qilich 1947 yil 7 fevralda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani G‘ishti qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan (1971). Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Oppoq tong» (1981). Shundan so‘ng yozuvchining «Yorongul» (1981), «Mo‘jiza» (1984), «Chig‘iriq» (1988), «505» (1992), «Bayram» (1991), «Iltijo» (1992) nomli hikoya va qissalar to‘plami nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Mamatqul Hazratqulov (1947)

    Mamatqul Hazratqulov 1947 yil 1 fevralda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Mingbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1988). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1970). «Oqqush» (1978), «Cho‘li iroq» (1982), «Hayotning bir parchasi» (1984), «Intizor» (1985), «Quyosh men tomonda» (1986), «Qo‘zichoqning ko‘z yoshlari» (1987), «Jur’at» (1989), «Eshiklar ochiq» (1991), «Chiroq o‘chmagan kecha» (2002), «Ko‘kko‘l» (2005) kabi hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan. «Mehr ko‘p ko‘rgazdim» (1989), «Mehmon» (1986), «Qadrim» (1992), «Afandining yangi sarguzashtlari» (1993) nomli pesalar muallifi.
    L. Tolstoy, V. Shukshin kabi rus adiblari, shuningdek, ozarbayjon, tojik, tatar va yapon yozuvchilarining hikoya va qissalarini o‘zbek tiliga o‘girgan. «Lev Tolstoy va o‘zbek adabiyoti» (1980) degan risolasi ham bor.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Anvar Obidjon (1947)

    Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida 1947 yilning 25 yanvarida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
    1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida, 1969-1971 yillarda jamoa xo‘jaligida hisobchi, klub mudiri, tuman gazetasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga ko‘chib kelib, «Yosh gvardiya» nashriyotida, «Yosh kuch», «Mushtum» jurnallarida ishladi. 
    «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozir O‘zbekiston televideniesida muharrir bo‘lib xizmat qilmoqda.
    Anvar Obidjon bolalar adabiyotiga dastlab «Ona Yer», «Bahromning hikoyalari» to‘plamlari orqali shoir sifatida kirib keldi va mavjud ijodiy an’analardan foydalangan holda o‘ziga xos yo‘l tanladi. 
    «Bulbulning cho‘pchaklari», «G‘alati maktublar», «Kumush uy», «Gurungdagi gaplar», «Ajoyibxona», «O‘zimizning ansambl», «Ignalarim chiroyli», «Mening kollektsiyam», «Shirin so‘ylar jajjivoylar», «Kalamushlar kemasi», «Siz eshitmagan qo‘shiqlar», «Dalalardan bolalarga», «Osmondan tushgan sozanda» turkum she’rlari fikrimizga dalildir. 
    Uning «Ona yer» (1974), «Masxaraboz bola» (1980), «Olovjon va uning do‘stlari» (1983), «Bahromning hikoyalari» (1984), «Ey, yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Juda qiziq voqea» (1987), «Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etildi.
    Bulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g‘irlanishi» Anvar Obidjon so‘nggi yillarda «Ramazon va Gulmat hangomasi» (1992), «Meshpolvonning janglari» (1994), «Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri» (1996), «To‘tiqush», «Topsang hay-hay...» kabi qissa, pyesa va she’r, dostonlarini ham yaratdi. 
    U«O‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgan (1998).

    (Кол-во материалов: 94)
  • Asad Dilmurod (1947)

    Asad Dilmurod 1947 yil 20 iyulda Samarkand viloyatining Urgut tumanidagi Qoratepa kishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1971). Ilk hikoyalar to‘plami — «Osmonning bir parchasi» (1978). «Tosh burgut» (1979), «Sirli zina» (1980), «Sherdor» (1986), «Mulk» va «Girih» (1989), «Tog‘lar, sukut saqlamang» (1987), «Oq ajdar sayyorasi» (2000), «Mezon burji» (2007) qissalari, «Afrosiyob sukunati» (1983), «Ko‘chki» (1991) kabi kitoblari nashr etilgan.
    «Mahmud Torobiy» (1998), «Fano dashtidagi qush» (2001), «Pahlavon Muhammad» (2006) singari romanlar muallifi.

    (Кол-во материалов: 11)
  • G‘ozi Rahmon (1947)

    G‘ozi Rahmon (Rahmonov G‘ozi Mahmudovich) 1947 yil 16 dekabrda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Langar Ota qishlog‘ida tug‘ilgan. Qarshi Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1968). «Chumolilar so‘qmog‘i» (1990), «Mehrim senga, tabiat» (1991), «Oriyat shajarasi» (1994), «Sohibqiron yurtining polvonlari» (1995), «Muvozanat tarozisi» (1997), «Qodir polvonning yurtga qaytishi» (2002), «Langar Ota tarixi», «Qashqadaryo polvonlari kurashi tarixidan» (2006), «Chaqmoqqa aylangan umr» (2007), «Ena so‘z faryodi» (2008) kabi kitoblari nashr etilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (2003).

    (Кол-во материалов: 8)
  • Tog‘ay Murod (1948-2003)

    Tog‘ay Murod (Mengnorov Tog‘aymurod) 1948 yil 3 fevralda Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga qarashli Xo‘jasoat qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1999). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Birinchi yirik qissasi — «Yulduzlar mangu yonadi» (1976). «Ot kishnagan oqshom» (1979), «Oydinda yurgan odamlar» (1980), «Momo Yer qo‘shig‘i» (1985) kabi qissalari nashr etilgan. «Otamdan kyulgan dalalar» (1993, ushbu asar asosida badiiy film yaratilgan, 2001), «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» (2001) romanlari muallifi. Jek Londonning «Boyning qizi» dramasi va hikoyalarini, E. Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
    Yozuvchi 2003 yil 27 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.
    Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1994).

    (Кол-во материалов: 11)
  • Murod Muhammad Do‘st (1949)

    Murod Muhammad Do‘st 1949 yil 12 aprelda Samarqand viloyatining Jom qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning tarix fakultetining falsafa bo‘limini tugatgan (1971). Moskvadagi Adabiyot institutida o‘qigan (1974 — 79). Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Qaydasan, kuvonch sadosi?» (1976). Shundan keyin «Mustafo» (1977), «Bir toychoqning xuni» (1979), «Galatepaga qaytish» (1983), «Dashtu dalalarda» (1987) singari hikoya va qissalari nashr etilgan. «Lolazor» (1988) romani muallifi. Asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan.
    Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).

    (Кол-во материалов: 7)
  • Ahmad A’zam (1949-2014)

    Ahmad A’zam – yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist. 1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi G‘azira qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1971 yili Samarqand davlat universitetining o‘zbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan. Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin “Guliston” jurnali, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Sovet O‘zbekistoni san’ati” jurnali redaksiyalarida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shug‘ullangan, “Birlik” xalq harakati hamraisi, “Erk” demokratik partiyasi bosh kotibi bo‘lgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999-2004 yillar).
    1995 yildan O‘zbekiston televideniesida bosh muharrir, “O‘zbekiston” telekanali bosh direktori,. “O‘zbektelefilm” studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan. O‘zbekiston televideniesida yuzlab ko‘rsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: “O‘zlik”, “Xalqning ko‘ngli”, To‘rtinchi hokimiyat” .
    “Oyning gardishi”, “Bu kunning davomi”, “Asqartog‘ tomonlarda”, “Soyasini yo‘qotgan odam”, “Hali hayot bor” degan nasriy asarlar, “Mas’ul so‘z” degan adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamlari, “O‘zi uylanmagan sovchi”, “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanlari chop etilgan. Ahmad A’zam 2014 yil 4 yanvar kuni Toshkent shahrida vafot etdi.

    (Кол-во материалов: 31)
  • O‘rozboy Abdurahmonov (1949)

    O‘rozboy Abdurahmonov 1949-yil 27-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida tug‘ilgan.
    1973-yili Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    Turli yillarda “Jetkinchik” bolalar gazetasida, “Amudaryo” jurnalida, Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasida, “Qoraqalpoqfilm” uyushmasida, “O‘zbektelefilm”ning Qoraqalpogiston bo‘limida ishlagan. Ayni paytda Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi rahbari o‘rinbosari lavozimida mehnat qilmoqda.
    O‘rozboy Abdurahmonov Qoraqalpog‘iston Yoshlar mukofoti laureati (1979), ekologiya sohasida YUNESKO medali sohibi (1987), Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1999), O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2001), Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchi (2004) univonlari egasidir.
    Uning “Bir muhabbat tarixi” (1977), “Qo‘shnilar” (1981), “Changalzor payg‘arbari halokati” (1987), “Orolim, dardim mening” (1985) kitoblari chop etilgan.“Bo‘sag‘a” romani “O‘zbekiston” nashriyotida chiqish arafasida.
    Uning “O‘jar” komediyasi 1981-yildan shu kungacha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat teatrida sahnadan tushmay kelmoqda.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Omina Tojiboyeva (1949)

    Omina Tojiboyeva 1949 yil 15 dekabrda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. 
    Andijon davlat universitetini tugatgan (1970). 
    Uning "Uni sevardim", "Dil rozi", "Muhabbat siri", "Unvon", "Qismatning toshloq yo‘llari", "Boyqaroning bog‘i", "Ayol matonati" qissalari, "Boburning armoni" hikoyalar to‘plami, "Ey farzand", "Ey do‘st" to‘rtliklar, "Ishq nuri" she’r va g‘azallar to‘plami nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Botir Nosirov (1949)

    Botir Nosirov 1949-yili tug‘ilgan.
    1979-yili Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    “Oltin qasr fojiasi” detektiv qissasi 1984-yili chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Otauli (1949)

    Otauli (Rahimjon Otaev) 1949 yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlog’ida tug’ilgan. 1973 yilda hozirgi O’zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 
    Otaulining “Osmon to’la yulduzlar” falsafiy essesi, “Surnay navolari” qissalar va turkum badialar to’plami, “Tilsim (Turkiston dostoni)”, “Elchi (Afandi o’lmaydigan bo’ldi)”, “Ulus (Forobiyning do'sti)”, “Zamona zayli” nasriy dostonlari nashr etilgan. Eron adibi Muhammad Ali Jamolzodaning “Sho’robod” asarini, Fozil Iskandarning “Quyonlar va bo'g'ma ilonlar” falsafiy ertagini – rus tilidan, Muxtor Mag’avinning “Tiriklik qo’shig’i” va Abish Kekilboevning “Poygato’riq” qissalarini – qozoq tilidan, To’lepbergen Qaipbergenov va Ollonazar Abdievning bir qator asarlarini – qoraqalpoq tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan.
    2000 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

    (Кол-во материалов: 12)
  • Jo‘ra Fozil (1949)

    Jo‘ra Fozil 1949 yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakultetini tugatgan. 
    “Muhabbatning bayramlari” (1991), “Barqut mavsum” (1992), “Buxoroyi sharif elchilari” (1996), “Baxt yulduzi” (1997), “Mening qizil gulim” (1998), “Bolalikning yolg‘iz yodgori” (2002), “Buxoriyning qaytib kelishi”  (2004), “Ayriliq ostonasi” (2005), “Tiramoh armonlari” (2009), “Biz lola termagan bahor” (2010) kabi hikoya, qissa, romanlari jamlangan kitoblari nashrdan chiqqan. 
    Hozirda “Romitannoma” gazetasi bosh muharriri lavozimida ishlaydi.

    (Кол-во материалов: 14)
  • Erkin A’zam (1950)

    Erkin A’zam 1950 yil 10 avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1972). Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Chiroqlar o‘chmagan kecha» (1977). «Otoyining tug‘ilgan yili» (1981), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa kunlar» (1988), «Pakananing oshiq ko‘ngli» (2001), «Kechikayotgan odam» (2002) kabi qissa va hikoyalardan iborat kitoblari nashr etilgan. «Chantrimore», «Piyoda», «Pakana», «Dilxiroj», «Erkak» kabi ekran asarlarining hammuallifi.

    (Кол-во материалов: 19)
  • Usmon Azim (1950)

    Usmon Azim - shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. U 1950 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. 1972 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. U dastavval jurnalist sifatida turli gazeta-jurnallar va nashriyotlarda hamda respublika radiosida ishlagan.
    Ma’lum vaqt Respublika Prezidenti Devonida Davlat maslahatchisi (yoshlar bo‘yicha) vazifasini ham bajargan. Hozirgi kunda adib, asosan, ijod bilan mashg‘ul.
    Usmon Azim 1979 yilda chop etilgan «Insonni tushunish» ilk she’riy kitobi bilan adabiy jamoatchilikning e’tiborini qozongan.
    Usmon Azim - O‘zbekiston xalq shoiri (2000) unvoni, shuningdek, yilning eng yaxshi she’riy asarlari nominatsiyasi bo‘yicha «Ofarin» mukofoti, Gruziyaning "V.Mayakovskiy" nomidagi Davlat mukofoti (1982) ga sazovor bo‘lgan.
    Milliy teatrimiz sahnasida qo‘yilgan «Kunduzsiz kechalar» spektakli Andijonda bo‘lib o‘tgan xalqaro teatr festivalida «Eng yaxshi spektakl» degan mukofotga sazovor bo‘lgandan so‘ng uning «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G‘aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G‘ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Bor ekan-da, yo‘q ekan» (1995) she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari bosildi.
    Shoir 1995 yilda «Saylanma» she’riy kitobini nashr ettirdi. Bu kitob adabiyot jamoatchiligi tomonidan zo‘r qiziqish bilan kutib olindi va Usmon Azimning XX asr o‘zbek adabiyotining eng yorqin iste’dodlaridan biri ekanligi ayon bo‘ldi. 2001 yilda nashr etilgan «Kuz» she’riy kitobi esa she’riyatimizning so‘nggi yillardagi yuksakliklaridan biri deb baholanmoqda.
    U yaratgan o‘nlab to‘plamlarga kirgan she’rlar, dostonlar yorqin tuyg‘ularga, ifodalarga boyligi, jo‘shqin va jozibadorligi, shiddatkor va da’vatkorligi, goh g‘amgin, goh beg‘ubor erkalovchi ohanglari bilan kitobxon qalbidan chuqur joy oladi.
    Shu bilan birga hayotiyligi, o‘tkir dramatizmi va fojiaviyligi bilan o‘quvchini hayajonga soladi, uyqudagi tuyg‘ularini junbushga keltiradi. 
    Usmon Azimning she’rlari frantsuz, nemis, ingliz, polyak, eston, gruzin, makedon, litva, turk, tojik, rus, qozoq, qirg‘iz va boshqa tillarga tarjima qilingan. O‘z navbatida, Usmon Azim Elyuar, Dog‘larja, Voznesenskiy, Vatsietis, Marsinkyavichus kabi o‘nlab shoirlarning ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Shoirning ko‘plab she’rlari taniqli hofiz va xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib, ijro etiladi.
    Ijodining ilk davrida radiodramaturgiyada («Baxtli bo‘laylik», «Hujjatli film uchun syujet», «Bahodir va malika» pesalari) o‘zini sinab ko‘rgan shoir, keyingi yillarda drama yoza boshladi. Uning «Kunduzsiz kechalar» (1998), «Alpomishning qaytishi» (2000), «Bir qadam yo‘l» (2002), «O‘tgan zamon hangomalari» (2003), «Adibning umri» (2005) dramalari sahnalashtirilgan.
    «Alpomishning qaytishi» uchun muallif 1999 yilning «Eng yaxshi dramaturgi» deb e’tirof etildi. Shoir kino san’atida ham o‘z kuchini sinab ko‘rmoqda. «Sevgi» (1998) filmining stsenariysini o‘z hikoyasi asosida yozgan. Uning stsenariysi asosida ikki qismdan iborat «Alpomish» (2000) filmi suratga olindi. «Alpomish» dostonining kinotalqini uchun muallif Buxoroda o‘tkazilgan kinofestivalda maxsus mukofot oldi.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Nurali Qobul (1950)

    Nurali Qobul 1950 yil 2 yanvarda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi O‘smat kishlog‘ida tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat universitetini tarix fakultetini tamomlagan (1974). «Oyqor» (1978), «Salom tog‘lar» (1979), «Odam, Oyqortog‘ va Daydi shamol xakida ertak» (1980), «Tubsiz osmon» (1981), «Kaptarlar qaytmagan tun» (1984), «Yashash uchun kechikma» (1985), «Unutilgan sohillar» (1988), «Oq kaptarlar» (1990), «Bug‘doy pishig‘iga yetmaganlar» (1992), «Sen vatansan, muxabbat» (1994), «Vatandan yaxshi yor o‘lmas» (1995) va boshqa asarlari nashr etilgan.
    G. Marksning «Tanholikning yuz yili» romanini, Ch. Aytmatovning «Bolaligim» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Nodir Normatov (1950)

    Nodir Normatov 1950 yil 24 dekabrda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining Poshxurt qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1972). Dastlabki kitobi — «Ko‘hitang hikoyalari» (1977). Yozuvchining «Jazo» (1981), «Ismoil tog‘aning tarozisi» (1982), «Jarlikdan qushlar uchdi», «Bisot» (1986), «Daraxt tagidagi odam» (1988), «Kamalak yashaydigan uy» (1990) kabi asarlari, «Barigal» (1991) romani nashr etilgan.
    «Sharq miniatyuralari maktablari» kitobi mualliflaridan biri.
    Uning «Tomosha» ko‘g‘irchoq pesasi Jizzax ko‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan ingliz tilida Amerikaning Nyu-York, Nyu-Jersi kabi shtatlarida namoyish etilgan. «Omonxona mo‘‘jizasi», «Behzod vorislari», «Beshik» (2005) hamda «Malik Nabiev», «Chingiz Axmarov», «Poshxurtning oltin poydevorlari» (2006), «Boysunlik Gyugen» (2007) kabi hujjatli filmlar stsenariysi va matnini yozgan.
    K. Paustovskiyning «Isaak Levitan», Nozim Hikmatning «Lomakon» singari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Xurshid Do‘stmuhammad (1951)

    Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yil 8 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1973). Dastlabki kitobi — «Hovli etagidagi uy» (1989). Shundan keyin yoauvchining «Panoh», «Oromkursi». «So‘roq». «Sof o‘zbekcha qotillik», «Mahzuna», «Ibn Mug‘anniy», «Yolg‘izim — Siz», «Ko‘z qorachig‘idagi uy», «Jajman» (1997) asarlari, shuningdek, «Hijronim mingdir mening» (2000) qissa va hikoyalar to‘plami, «Bozor» (2000) romani nashr etilgan. «Hamid A’lamovning aytolmagan gaplari» xotira-essesi va «Jurnalist bo‘lmoqchimisiz?» (2002) risolasi, «Chayongul» (2000) kinostsenariysi muallifi.
    A. Ryunoskening «Rasyomon darvozasi» hikoyasini, T. Po‘latovning «Yetti huzur-halovat va qirq qayg‘u-alam» romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 17)
  • Abdusaid Ko‘chimov (1951)

    Abdusaid Ko‘chimov 1951 yil 15 mayda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 1967 yili tumandagi 37-o‘rta maktabni bitirgan. 1968-1972 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.
    Mehnat faoliyati 1972 yilda “O‘qituvchi” nashriyotida korrektorlikdan boshlandi. Mazkur nashriyotda olti oy ishlaganidan keyin, bolalarning respublika gazetasi – “Lenin uchquni”ga adabiy xodim bo‘lib ishga o‘tdi va 1984 yilgacha ana shu gazetada bo‘lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida mehnat qildi. 1984-87 yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida mas’ul kotib, 1987-91 yillari “Lenin uchquni” gazetasida bosh muharrir,1991-92 yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida uyushma raisining o‘rinbosari,1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Madaniyat, axborot va turizm bo‘limi mudiri, 1992-1996 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari, 1996-1997 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida Axborot markazi rahbari,1997-2005 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisi, 2005-2006 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari, “Toshkent” teleradiokanali bosh derektori vazifalarida xizmat qildi. 2006-yilning iyul oyidan buyon “Xabar” gazetasida bosh muharrirlik qilayotir.
    O‘zbekiston jurnalistlari va Yozuvchilari uyushmalarining a’zosi bo‘lgan A. Ko‘chimovning birinchi kitobi – “Kashfiyotchi bolalar” 1978 yili chop etilgan edi. O‘tgan yillar davomida “Mening O‘zbekistonim”( 1979 yil). “Toshburgut” (1981 yil), “Mening yulduzim”(1984 yil), “Chanoq”(1985 yil), “Halqa”(1987 yil), “Ikki bahor”(1990 yil), ”Umid daraxtlari”(1992 yil), “Qiyofa”(1996 yil), ”Yosuman”(2000 yil), “Baland tog‘lar”(2002 yil), “Ko‘zlarimning qarog‘idasan” (2006 yil), “Muhabbat bog‘lari” (2008 yil), “El suv ichgan daryolar” (2009 yil), "Saylanma"(2011 yil), "Safar"(2010 yil) nomli publitsistik, she’riy va nasriy kitoblari chop etildi.Tatar adibi M.Xarisovning “Qizil sayyoraga sayohat” nomli qissasi A.Ko‘chimov tarjamasida o‘zbek kitobxonlariga taqdim etilgan. Adibning “Baland tog‘lar” qissasi va “Boychechak” hikoyasi asosida ko‘p qismli badiiy filmlar yaratilgan. “Halqa” va “Hayot hukmi” nomli kitoblari Xitoy Xalq Respublikasida nashr etilgan.Bir qancha hikoya, qissa va sherlari rus, ukrain, moldovan, turk va boshqa jahon tillariga tarjima qilingan. Unga tabiatni asrab-avaylash mavzuidagi asarlari uchun Xalqaro YUNESKO mukofoti, “Halqa” kitobi uchun G‘afur G‘ulom nomidagi mukofot berilgan.
    A. Ko‘chimov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni, “Shuhrat” medali,”Mehnat shuhrati” ordeni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston respublikasi Oliy Kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
    1990-1994-yillarda O‘zbekiston Oliy Soveti deputatligiga, 1994-1999 va 1999-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylangan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • O‘rinboy Usmon (1951)

    O‘rinboy Usmon 1951-yil 2-noyabrda Tojikistonning Xo‘jand tumanida tug‘ilgan.
    1973 yili Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan.
    1975 yildan hikoyalari «Sharq Yulduzi», «Yoshlik», «Yosh kuch», «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» nashrlarida, “Yoshlik” almanaxida chop etilgan.
    Birinchi kitobi "Spitamen qotili" nomi bilan 1992 yili Toshkentda nashr etilgan. Shundan keyin adibning Toshkent va Xo‘janddagi nashriyotlarda «Sinchli uy», «Ko‘rgilik», «Anqoning urug‘i» va «Daraxtga do‘ngan odam» deb nomlangan kitoblari chop etildi.
    O‘rinboy Usmon o‘nlab hikoyalar, «Qishdan oldingi fasl», «Safo chig‘irig‘i» kabi qissalar, «Ta’qib» romani, «Muqaddas», «Qari qiz» va «Osmondan tushgan odam» («Qulf») dramalari muallifidir.
    Vasiliy Shukshin kabi rus adiblari, Mehmon Baxtiy, Ma’ruf Bobojon, Hoji Sodiq kabi tojik yozuvchilari asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.

    (Кол-во материалов: 8)
  • Sharof Boshbekov (1951)

    Iste’dodli dramaturg Sharof Boshbekov 1951 yili Samarqandda dunyoga kelgan. Sharof Boshbekov dastlab hikoya janrida o‘z iste’dodini sinab ko‘rgan.
    Sharof Boshbekovning «G» varianti» (1981), «G‘urur» (1982) «Jumboq» (1986) kabi hikoyalari yuzaga kelgan. Shundan so‘ng uning rang-barang mavzudagi sahna asarlari yaratildi.
    Sharof Boshbekov «Tushov uzgan tulporlar» (1983) hamda «Eshik qoqqan kim?» (1987) kabi komediya, «Temir xotin» (1989), «Qasosli dunyo» qisqa metrajli film stsenariysini yozdi. Shuningdek, «Eski shahar gavroshlari» (1998) kabi jiddiy komediya yaratdi. So‘nggi vaqtda uning «Taqdir eshigi» dramasi maydonga keldi. Ayniqsa «Temir xotin» pesasi adibga katta shuxrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, ruhiyatida sodir bo‘layotgan jiddiy o‘zgarishlar hajviy yo‘sinda umumlashtirib berilgan. Adibning shu asari asosida kinofilm ham yaratildi (1990). Shuningdek, u «Sharif va Ma’ruf», «Yuzsiz» (1993), «Tilla bola» (1994) kabi filmlarning stsenariylarini yozishda ham ishtirok etdi.
    U «Masxaraboz» (1996), «Farhod va Shirin» filmlarining stsenariysini yozish barobarida rejissyor sifatida ham ijod qildi. «Charxpalak» nomli 60 lavhali videofilmni ham yaratdi.
    Shuningdek, «Tentak farishtalar» (1995), «Zo‘rdan zo‘r chiqsa» (1996) kabi sahna asarlarini yozdi. Uning «Temir xotin» asari 1989 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining M.Shayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq deb topildi. 1990 yilda esa unga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. U «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Olim Otaxon (1951)

    Olim Otaxon 1951 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1974). Dastlabki to‘plami — «Bolalik kabutarlari» (1981). Shundan so‘ng yozuvchining «Oqshom xayollari» (1986), «Ozod qushlar haqida qissa» (1988), «Adoqsiz ko‘chalar» (1990) kabi nasriy asarlari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Adham Damin (1951)

    http://ziyouz.com/images/stories/adham_damin.jpgAdham Damin 1951 yil 19 oktyabrda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1974). "Toshkent oqshomi" gazetasida muxbir, "Yosh kuch" jurnalida muharrir, katta muharrir, "Ishonch" gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan. 1994 yildan "Temiryo‘lchi" gazetasida muxbir. Yozuvchining “Jur’at”, “Futbolchi”, “Men sizga aytsam”, “Bag‘dodchasiga kulganda”, “Begunoh sevgi”, “Hayot va o‘lim”, “Saylanma” , “Bizda ham g‘urur bor” kabi kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Shahodat Isaxonova (1951)

    Shahodat Isaxonova 1951 yil 1 yanvarda Samarqand viloyatining Shahrixon tumanidagi Shayxlar qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1973). «Ona» (1976), «Ilinj» (1978), «Muhabbatning tug‘ilishi» (1982), «Antiqa ziyofat» (1984), «Sirli tilak» (1986), «Intiqom» (1994) kabi asarlari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Dilbar Saidova (1951)

    Dilbar Saidova 1951 yil 1 aprelda Leninobod (hozirgi Xo‘jand) shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2000). Samarqand Davlat universitetining tarix fakultetini tugatgan (1975). «Lolaqizg‘aldoq» (1978), «Olam go‘zal» (1980), «Ayol haqida ikki qissa» (1984), «Ovoz» (1999), «Qismat o‘yini» (2005) kabi nasriy kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Xurshid Davron (1952)

    Iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
    O‘rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining kechki bo‘limiga kirib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi.
    1971 - 1973 yillar davomida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992 yilgacha turli nashriyotlarda ishlaydi.
    Xurshid Davron she’riy tarjima bilan ham shug‘ullanib keladi.
    Hozirgi kunda shoir tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band.
    Unga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan.
    Xurshid Davronning ilk she’rlari 1976-1977 yillardan boshlab tuman va viloyat gazetalarida bosilgan. 1976-1978 yillar davomida uning bir qator she’rlari chop etiladi. 1979 yili birinchi va ikkinchi kitoblari: «Qadrdon quyosh», «Shahardagi olma daraxti» bosilib chiqadi. Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi: «Tungi bog‘lar» (1981), «Uchib boraman qushlar bilan» (1983), «To‘marisning ko‘zlari» (1984), «Bolalikning ovozi» (1986), «Qaqnus» (1987), «Samarqand xayoli» (1991). So‘nggi to‘plam o‘zbek xalqi tarixiga oid ko‘rkam qissalardan iborat.
    Uning istiqlolimizni ardoqlovchi yangi she’rlar kitobi «Bahordan bir kun oldin» nomi bilan nashr etildi.
    Sharq va G'arb shoirlarining asarlaridan iborat 'Qirq bir oshiq daftari' (1989) va yapon shoirlarining she'rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988) to'plamlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.
    Bundan tashqari, Xurshid Davron «Sohibqiron nabirasi» (1995), «Shahidlar shohi» (1997) kabi tarixiy qissalar ham yozgan. Dramaturg sifatida «Mirzo Ulug‘bek», «Bobur shoh», «Avrangzeb» kabi tarixiy mavzudagi dramalarini yaratgan.
    Adib ayni paytda Samarqandda bo'lib o'tgan Amir Temurning 660, Ulug'bekning 600 yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, 'Odeon' teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Temurnoma', 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi.

    (Кол-во материалов: 9)
  • Safar Kokilov (1952)

    Safar Kokilov 1952-yil 15-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Kichik Jonchekka qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1974-yili O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot oliygohini (SAMPI) tamomlagan. 
    Ayni paytda Uzun tumani tibbiyot birlashmasi shoshilich tibbiy yordam markazida xizmat qiladi. Oliy toifali bolalar shifokori.
    Uning "Yosh bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish" (1997),  "Sog‘lom tug‘ilgan chaqaloq chilla davri" (2000) tibbiy qo‘llanmalari, "Quruq xavas" (1997),  "Beaql chumoli” (2002) hajviy hikoyalar to‘plamlari, "Najot farishtalari" hikoyalar to‘plami (2002), “Shifokor” qissa va hikoyalar to’plami (2007) chop etilgan. 
    Safar Kokilovning ikki jildlik “Saylanma”si (“Aybdor kim?” hajviy hikoyalar, “Saylanma” 1-jild, 2008-yil; “Shirin bu hayot” qissalar, “Saylanma” 2-jild, 2010) nashr etilgan. “Yo‘qolgan ko‘richak” kitobi chiqish arafasida.

    (Кол-во материалов: 53)
  • Ozod Mo‘min Xo‘ja (1952)

    Ozod Mo‘min Xo‘ja (Mo‘minov Ozod Po‘latovich) 1952 yil 12 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universiteti Fizika fakultetini tamomlagan.
    1975 yili VNIIPromgazning O‘rta Osiyo filialida injenerlik faoliyatini boshlagan. 1980 yildan to 1990 yilgacha O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-Texnika ilmiy-tekshirish institutiga o‘tib, ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan. Tadqiqotlari asosida fizika-matematika fanlari nomzodi dissertatsiyasini yoqlagan. Katta iqtisodiy foyda keltiruvchi ixtirolari uchun “Sovet Ittifoqi ixtirochisi” medaliga sazovor bo‘lgan.
    Shu yillar davomida adabiyotga qiziqib fantastik hikoyalar bita boshlagan. 1987 yilda “Xiyobondagi uch uchrashuv” fantastik hikoyalar to‘plami, 1989 yilda “Men – robot” kitobi, 1990 yilda “Eng dono ot” kitobi (tarjima asar) bosmadan chiqqan. Shu yillarda uning ayrim asarlari Rossiya va Ukraina matbuotida tarjima qilinib nashr etilgan.
    1992 yilda “Buyuk Amir Temurning yoquti” tarixiy asari “Sharq yulduzi” jurnalida va 1993 yili alohida to‘plamda chop etilgan.
    “Bir yigit va uch qiz hangomasi” hajviy hikoyalari to‘plami (1997), “Sardor “Beshagachskiy” – toza o‘g‘ri” kriminal qissasi (2004), “Vahdat ul-haqoyiq” falsafiy traktati (2006),  “Oyjamol” choyxonasi” kriminal trilleri (2007) chop etilgan.
    2006 yildan O‘zbekiston tarixidagi noyob xislatli insonlar hayotiga qiziqib, ularni o‘rgana boshlagan va 2008 yilda buyuk Bahouddin Naqshbandning ustozi haqida “Hazrat Sayid Amir Kulol” nomli tarixiy voqeanomalar asarini yozib tugatgan. 2010 yilda boshqa bir buxorolik noyob inson haqida “Xo‘ja Muhammad Parron” deb nomlangan tarixiy voqeanomalar asarini bitgan. Bu asarlar ko‘p chig‘iriqlardan o‘tgach, 2012 yil oxirlarida chop etilgan.
    Ozod Mo‘min Xo‘ja 1991 yilda O‘zbekiston Yozuvchilari Uyushmasiga qabul etilgan.

    (Кол-во материалов: 19)
  • Ma’suma Ahmedova (1952)

    Ma’suma Ahmedova 1952-yilning 1-oktabrida Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. 1970-yili o‘rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan.  
    1968-yili “Yordam” hikoyasi “Gulxan” jurnali tanlovida g‘olib bo‘lgan. 1976-yili universitetni tugatgan. 
    “Delovoy partner” va “Novosti nedelya” gazetalarida tarjimon muharrir bo‘lib faoliyat yuritgan. 
    “Majburiyat”, “Shaharga sayohat”, “Bayramlik”, “Oddiy hikoya” kabi hikoyalari “Yoshlik” “Sharq yulduzi” jurnallarida chop etilgan. 
    1982-yili “Oftobli kun” nomli birinchi kitobi nashrdan chiqqan. 1983-yili Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan. 
    1985-yili Chingiz Xusaynovning “Muhammad, Mamad, Mamish” romanini ozarboyjon va rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bir qancha yapon yozuvchilari hikoyalarini ham tarjima qilgan. 
    1999-yili "Istiqlol umidlari" to‘plamida “Birovning hayoti” deb nomlanuvchi hikoyalar majmui chop etildi. 
    Xulio Kortasarning hikoyalarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Hozirda to‘liq varianti nashrga tayyorlanmoqda. Yozuvchi Leonid Andreevning hikoyalari ham adib tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilmoqda. 

    (Кол-во материалов: 21)
  • Mirzapo‘lat Toshpo‘latov (1952)

    Mirzapo‘lat Toshpo‘latov 1952 yil 1 sentyabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Dashtu Fayzobod qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1976). «Yurakdagi sir» (1977), «Beorom to‘lqinlar» (1979), «Baxt yulduzi» (1989), «Oyni axtarayotgan bola» (1985), «Sanam tog‘idagi gulxan» (1991), «Saylanma» (2007) singari qissa va hikoyalardan iborat kitoblari nashr etilgan. Asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan («Olov qa’ridagi farishta», 1994; «Gunoh», 1995; «Tavba», 1996; «Muallif», 1999; «Zanjir», 2001; «Muzaffar», 2003).

    (Кол-во материалов: 1)
  • Murod Tillayev (1952)

    Murod Tillayev 1952 yil 4 aprelda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetida tahsil olgan (1979). Dastlabki hikoyasi — «Istak» (1974). Shundan so‘ng yozuvchining «Och biqiniga!» (1983), «Men senga, sen menga», «Ko‘ngilchan qorbobo» («O‘n uchinchi stul», 1986, rus tilida — jamoa to‘plam), «Diloromim» (1990, rus tilida), «Qopqon» (2000) kabi qissa va hikoyalar to‘plami nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Jahongir Ismoilov (1952)

    Jahongir Ismoilov 1952 yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetini tugatgan. Ijodini o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlagan. 2002 yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
    “Tutash taqdirlar” (1985), “Yurtim tarovati” (1987), “Yurt mehri” (1989), “Sog‘inch” (1995), “Mashinasini o‘g‘irlatgan domla” (2000), “Buyog‘i qandoq bo‘larkin?” (2002), “So‘nggi manzil” (2007), “Toshboy GAI hangomalari” (2009), “Tanazzul” (2011), “Bahordan kuzgacha” (2011) kabi she’riy va nasriy kitoblari, hajviya, hikoya, qissa va romanlari nashrdan chiqqan. 
    O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Oltin qalam” xalqaro milliy mukofoti sovrindori. Hozirgi kunda “Buxoronoma” hamda “Buxarskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Erkin Usmon (1952-2016)

    Erkin Usmon 1952 yil 10 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat chet tillar institutini tugatgan (1978). Dastlabki fantastik hikoyasi — «K. K» (1967). Shundan so‘ng yozuvchining «Gunafsha» (1981), «O‘g‘ildan sovg‘a keldi» (1984), «Olam nurga to‘ladi» (1987), «Kulishgani keldik», «Dilingda darding bo‘lsa», «Yostiqdek kitobdan uch sahifa» (1989), «Hayratlarga to‘la dunyo» (1995), «Qatortol tomonlarda» (2007), «Ajal xiyoboni» (Saylanma, 2008) singari hikoya va qissalari nashr etilgan. Shuningdek, u «Onaginam», «Yuk ko‘targan odam», «Gulliverlar», «Ayol kishining baxti» kabi qissa va hikoyalar asosida televizon va radiospektakllar muallifi hamdir.
    Karel Chapek, Grin, Paustovskiy, Anor kabi adiblarning asarlarini rus va ingliz tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2016 yil 4 dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 15)
  • Alisher Ibodinov (1952)

    Alisher Ibodinov 1952 yil 12 dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi Eskiarab qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1980). «Gulsafsar hidi» (1978), «Quyosh ham olov» (1984), «Latofat» do‘konidagi qatl» (2003), «Qo‘rboshi Madaminbek» (1995) kabi qissa va hikoyalar tuplamlari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Orziqul Ergash (1953)

    Orziqul Ergash 1953 yil 14 yanvarda Samarkand yaqinidagi Darxon qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetini tamomlagan (1975). «To‘y» (1983), «Dunyoning bir chekkasi» (1984), «Bolaligim ko‘chalarida» (1986), «Shoxsanam» (1988), «Darxon qissalari» (1990), «Sening bu dunyoda borliging» (2008) kabi qissa va hikoyalar kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 9)
  • Habib Siddiq (1953)

    Habib Siddiq 1953 yilda Andijon viloyati Andijon tumanining Bo‘taqora qishlog‘ida tug‘ilgan. 
    1976 yilda Andijon paxtachilik (hozirgi qishloq xo‘jalik)  institutining Gidromelioratsiya fakultetini imtiyozli tamomlagan. 1976 yildan buyon mazkur institutda ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi. 2001 yildan institut Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari lavozimida xizmat qilgan. Hozirda institut  ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha prorektori vazifasida faoliyat yuritmoqda.
    Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent. Yetmishdan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar va uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 
    Turli yillarda uning “Kar quloqqa tanbur”, “Kim oshdi savdosi”, “To‘qayga o‘t tushsa”, “Bedavo dardning davosi”, “Inglizcha tush” kabi hikoyalar va hajviyalar to‘plamlari, “Hayot yo‘lga o‘xshaydi” nomli publitsistik kitobi chop etilgan. 
    O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalarining a’zosi. “Shuhrat” medali sohibi.

    (Кол-во материалов: 15)
  • Muhammad Ochil (1953)

    Muhammad Ochil 1953 yili Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. "Shayton operatsiyasi", "Nishonga tekkan o‘q", "Hajv guldastasi", "Qulluq", "Bermud uchburchagi", "Arvoh ovi", "Shapaloq" kabi o‘ndan ortiq kitoblar muallifi. Bir nechta drama va komediyalari sahnalashtirilgan.
    Hozirgi kunda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limida xizmat qiladi.

    (Кол-во материалов: 18)
  • Normurod Norqobilov (1953)

    Normurod Norqobilov 1953 yil 7 iyunda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qishliq qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbуkistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2006). ToshDUning jurnalistika fakultуtini tugatgan (1982). Dastlabki hikoyasi — «Chorraha» (1982). «Zangori ko‘l» (1987), «Unutilgan qo‘shiq» (1990), «Yuzma-yuz» (1993), «Paxmoq» (1997), «Sariqgul» (1998), «Arazchi chumchuq» (1999), «B?katdagi oq uycha» (2000), «Jo‘shqin daryo», «Ovul oralagan bo‘ri» (2005), «Bo‘ron qo‘pkan kun» (2007) kabi qissa va hikoyalardan iborat to‘plamlari nashr etilgan. «Quyoshi botmaydigan yurt», «Shim yoxud xotinlar janjali» nomli asarlari asosida bir nуcha qismli vidуofilm yaratilgan.
    «Shuhrat» mуdali bilan taqdirlangan (1999).

    (Кол-во материалов: 27)
  • G‘affor Hotamov (1953)

    G‘affor Hotamov 1953 yilning 25 aprelida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi G‘ujbog‘ qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1974 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan.
    Mehnat faoliyatini respublika bolalar gazetasi tahririyatida boshlagan. «Toshkent oqshomi», «O‘zbekiston ovozi» gazetalari, «Yoshlik» jurnali tahririyatida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qilgan.
    Keyinchalik «Yoshlik» jurnali hamda «Turkiston» gazetasining bosh muharriri lavozimida ishladi.
    G‘affor Hotamovning dastlabki hikoyasi «Tong va shom» 1976 yili «Guliston» jurnalida, 1978 yili esa «Xat tashuvchi bola» nomli ilk hikoyalar to‘plami nashr etilgan.
    1980 yil G‘affor Hotamovning «Qaytish», 1985 yil «Quduq tepasidagi oy», 1998 yili «Azal va abad», 1990 yili esa «Tohir va Zuhraning kulmagan baxti» qissalari «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi.
    Yozuvchining hikoya, qissa va badialari keyingi yillarda «Kuntug‘mishning kulmagan baxti», «Birinchi muhabbat qissasi», «Kecha va bugunning saboqlari» nomi ostida kitob holida nashr etilgan.
    1977 yilda adibning «Yangi oy chiqqan kecha» romani «Yoshlik» jurnalida e’lon qilindi. Ayni paytda u qator badialar ham yozdi.
    G‘affor Hotamov «Quduq tepasidagi oy» qissasi va «Evrilish» badiasi uchun O‘zbekiston yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning asarlari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Bahodir Murod Ali (1954-2016)

    Bahodir Murod Ali (Murodaliyev) 1954 yil 17 noyabrda Andijon viloyatining Paxtabod tumaniga qarashli Eskiqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakult?tini tamomlagan (1980). Ijodi 70-yillarda boshlangan. Ilk kitobi — «Oqto‘sh» (1989). «Ko‘kto‘nliklar» (1990) nomi kitobi nashr etilgan. 2016 yili vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Farmon Toshev (1954)

    Shoir va nosir Farmon Toshev 1954 yil 6 aprelda Paxtachi tumanda tug‘ilgan. 1975 yilda Samarqand Davlat universitetini o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 
    1975-1976 yillarda «Zarafshon» gazetasida muxbir, 1976-1981 yillarda “Paxtachi” gazetasining muxbiri, bo‘lim mudiri, muharrir o‘rinbosari, 1981-1982 gyillarda Samarqand viloyat teleradio qo‘mitasining katta muharriri, 1982-1984 yillarda “Zarafshon” gazetasining muxbiri, targ‘ibot bo‘limining mudiri, 1988-1990 yillarda «Zarafshon» gazetasi muharirrining o‘rinbosari, 1990-1996 yillarda «O‘zbekiston ovozi» gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri, 1996-1997 yillarda «Inson va qonun» gazetasining muxbiri hamda «Registon» gazetasining muharriri, 1997-1998 yillarda «Ko‘ksaroy» gazetasining muharirri lavozimlarida mehnat qilgan.
    Ayni paytda «Zarafshon» gazetasining bosh muharriri. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi.
    2003 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Habib Temirov (1954)

    Habib Temirov 1954 yilda Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanining Jo‘sh qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universiteti tiladabiyoti fakultetini va Sankt-Peterburg siyosatshunoslik institutini bitkazgan. 
    Ijodiy faoliyatini Samarqand viloyat "Zarafshon" gazetasida (1976 y.) jurnalistlikdan boshlagan. Ushbu gazeta tahririyatida muxbir, bo‘lim muharriri, ma’sul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari va bosh muharrir bo‘lgan. Shuningdek, respublika "Xalq so‘zi" gazetasida muxbirlik qilgan. Hokimiyat idoralarida, ishlab chiqarishda ma’sul vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan. 1999 yildan buyon "Qishloq hayoti" gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlab keladi. 
    1993 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 
    "Aka-uka" nomli ilk hikoyasi 1982 yilda "Sharq yulduzi" jurnalida, birinchi yirik asari "Xiyobondagi odom" qissasi 1985 yil "Yoshlik" jurnalida e’lon qilingan. 1993 yilda bosilgan "Quyosh botayotgan payt" romanida qishloq kishilari hayotiga oid dolzarb mavzular qalamga olingan. 
    Keyingi yillarda "Qora qasr asirasi", "Makrmi yo muhabbat?", "Jurnalist xatosi", "Dunyodagi eng go‘zal ayol", "Qo‘sh uzuk", "Qasos va muhabbat", "Qiyomatdan bir kun oldin" nomli qissa va romanlari bosilib chiqqan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Safar Kattaboyev (1954)

    Safar Kattaboyev 1954 yil Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 
    O‘zbekiston Milliy universitetini bitargan (1975). 
    "G‘alati o‘g‘ri” nasriy kitobi nashr etalgan (1995, rus tiliga tarjimasi "Pompa", 2009). Qarshi tuman prokurorining yordamchisi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Abdulhamid Ismoil (1954)

    Atoqli shoir, yozuvchi va tarjimon Abdulhamid Ismoil 1954 yil 5 may kuni Qirg'izistonning To'qmoq shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetinini tugatgan.
    Dastlabki she'riy to'plamlari "Bog‘" (1987), "Cho‘l" (1990) nomlari bilan Toshkentda chop etiladi. Uning "Post Faustum" (1990), "Yo'qlik kitobi" (1992) kabi vizual she'riy to’plmlari Moskvada chop etiladi. "Le Vagabond Flamboyant" (1993), "Hay ibn Yaqzon" (2001), "Ko'k turklari asiri" (2003), "O'limga yo'l o'limdan katta'" (2005) kabi nasriy kitoblari chop etilgan. Uning "Mbobo", "Ton Xvan", "Ikki chol qissasi", "Murtad", "Vunderkind Erjan" kabi nasriy asarlari ham mavjud.
    Abdulhamid Ismoilning "Temir yo'l" romani Robert Chandler tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, 2006 yili chop etilgan. 
    U rus va g'arb adabiyotidan o'zbek tiliga, o'zbek va tojik adabiyotidan rus va g'arb tillariga tarjimalar qilgan.
    U Buyuk Britaniyaning «Rossica» va AQSHning «Aatseel» mukofotlari va yana birqancha tanlovlar g'olibi bo'lgan.     
    30 dan ortiq kitoblari chop etilgan. Birqancha tillarda ijod qiladi (o'zbek, rus, ingliz, fransuz va b).

    (Кол-во материалов: 6)
  • Jumaqul Qurbonov (1955)

    Jumaqul Qurbonov 1955 yil 2 iyunda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi Ko‘hnashahar qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakult?tini tamomlagan (1981). «Qorako‘z» (1992), «Chorraha» (2003) hikoyalar to‘plami va «Amir T?mur tug‘ilgan joy yoxud Zanjirsaroy qissasi» (1993), «Buyuk xadisshunos Abdulloh Ibn Muborak Al Marvaziy» (1955) kabi tarixiy asarlari nashr etilgan. «Sardoba» («Shom ortidan», 2004; «Iztirobli yillar», 2005) 2 jildli romani ham bor.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Nurulloh Muhammad Raufxon (1955)

    Nurulloh Muhammad Raufxon (Nurullo Otaxonov) 1955 yil fevralining 14-kuni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Oyimcha Qaqir qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi bo‘limini tamomlagan (1981).
    “Yo‘l boshida” (1984) to‘plamida hammuallif, “Dunyo keng” (1985) hikoyalar, “Shu yerlik kishi” (1987) qissa va hikoyalar, “Etakdagi kulba” (2014) to‘plamlari chiqqan.
    “Oq bino oqshomlari” hikoyasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb topilgan.
    Ushbu hikoya asosida “Oq bino oqshomlari” badiiy filmi senariysini muallifning o‘zi yozgan. Bundan tashqari, Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni asosida 2 (ikki) qismli badiiy film senariysini ham yozgan. Asar kinoqissa o‘laroq “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan (1991 yili).
    Yozuvchi turk, gurji, xitoy va o‘ris adabiyotidan bir qator asarlar tarjima qilgan.
    Jumladan, o‘ristilli yozuvchi Temur Po‘latovning “Toroziy toshbaqasi” (“Черепаха Тарази”) ro‘mani hamda “Shinavanda” (“Завсегдатай”) qissasini o‘zbekchaga o‘girgan.
    Hozirgi zamon turk adibi va olimi Ahmad Lutfiy Qozonchining 6 (olti) jildlik  “Saadet Devrınden” qilgan “Saodat asri qissalari” asari o‘zbek tilida “Sharq yulduzi” jurnalida to‘lig‘icha bosildi, so‘ngra kitob holida 8 (sakkiz) marta qayta chop etildi.
    Shuningdek, bir qancha adabiy-tanqidiy maqola, suhbat va publisistik asarlar muallifidir.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Rajabboy Raupov (1955)

    Iste’dodli adib va jurnalist Rajabboy Ota Turk (Raupov) Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan (21.03.1955). 
    Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakulteti (1978), M.Gorkiy nomidagi Moskva adabiyot instituti Oliy kursini (1989) tugatgan. 
    “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Xalq so‘zi” “Ishonch” gazetalarida bo‘lim mudiri, “O‘zbekiston tabiati” va “Ipak yo‘li” gazetalarining tashkilotchisi hamda Bosh muharriri vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. 
    “Yurak sadosi” (1981), “Ona so‘z” (1989), “Nur darvozasi”, “E’tiqod” (2002), “Ustun” (2002-2005) kabi nasriy kitoblari chop etilgan. Uning “Osmonning egasi”, “Ostona”, va “Ona so‘z” qissalari mashhur. “Yurakdagi Buxoro” (1998) to‘plamining tuzuvchisi va mualliflaridan biri. 
    “Ustun” romanida akademik H.Abdullaevning dolg‘ali hayoti tasvirlangan. “Xayotimga suiqasd” nomli hujjatli romani avtobiografik xarakterga ega. Uning hikoya va qissalari rus, polyak, gruzin tillarida chop etilgan. Rus yozuvchilari, olimlari yosh o‘zbek yozuvchisi (80-yillar) Rajabboy Raupovning hikoyalari nasrchilikda milliy hodisa ekani haqida yozdilar...
    Ayni damda u geologiya, geofizika, seysmologiya, gidrogeologiya sohalari bilan jiddiy shug‘ullanib, “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti OAJ 50 yoshda” (2009), “Mineral resurslar instituti” va “Seysmologiya instituti” (2012) kabi kitoblarni nashr ettirdi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Nurullo Oston (1955)

    Nurullo Oston 1955 yilning 10 sentyabrida Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug'ilgan. 1981 yil Toshkent Davlat Universitet jurnalistika fakultetini, 1989 yil Leningrad oliy partiya maktabini tugatgan. 
    Nurullo Ostonov 1991 yildan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosidir. Uning "Yulduzlar chaqnagan tun", "Bahor raqsi", "Yo'ldagi buloq", "Yuragimning bezovta guli", "Qadim yo'llarda", "Osmon to'la farishta" nomli she'riy to'plamlari nashrdan chiqqan. 
    Ijodkor turkman shoirining "Rangli yomg'irlar" she'riy to'plami hamda Dog'iston xalq shoiri Rasul Hamzatovning "Bir oila farzandlari" nomli she'riy to'plamlarini tarjima qilgan. Hozirda Nurullo Ostonning "Yig'laydigan o'lik", "Rasmiy laqma", "Yeyishib o'tiraylik", "Yollanma xotin" nomli hajviy janrdagi kitoblari nashrga tayyorlanmoqda.

    (Кол-во материалов: 79)
  • Nabijon Najmiddinov (1955)

    Nabijon Najmiddinov 1955-yili Andijon viloyatining Poytug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan.
    Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    Birinchi kitobi “Enatut” nomi bilan 1982-yili chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Lobarxon Rustamova (1955)

    Lobarxon Rustamova 1955 yil 1 yanvarda Uchqo‘rg‘on tumanining Qo‘g‘ay qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Sharoit taqozosi bilan 1956 yilda Yangiqo‘rg‘on tumanining Zarkent qishlog‘iga ko‘chib kelishgach, bolalik yillari shu yerda kechgan. 
    1971-1975 yillarda Namangan Davlat pedagogika instituti (hozirda NamDU)ning filologiya fakultetida tahsil olgan va uni imtiyozli tugatgan. 
    1975-1977 yillarda Kosonsoy tumanidagi o‘rta umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanidan yoshlarga bilim bergan.
    O‘qituvchilik faoliyatidan ajralmagan holda Yangiqo‘rg‘on tuman gazetasi «Mehnat bayrog‘i», hozirda «Yangiqo‘rg‘on hayoti» keyinchalik viloyat davlat soliq boshqarmasining nashri «Iqtisodiyot va soliq» gazetalarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida ishlagan.
    Oilali, umr yo‘ldoshi Jabborov Abduqahhor 2000 yilda vafot etgan. Ikki nafar farzandi va ikki nabirasi bor.
    «Katta yo‘lga tutash so‘qmoqlar» (hammualliflikda), «Daryoda aytilgan alla», «Oymomo jilmaydi», «Ezgulikka yo‘g‘rilgan umr», «Ishq ozori», «O‘rgimchak to‘rida», «Tog‘dagi fojia» kitoblari nashr etilgan.
    Hikoyalari asosida «Lolagul» sahna asari Yangiqo‘rg‘on xalq teatrida sahnalashtirilgan. 
    2007 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Abdurashid Nurmurodov (1955)

    Abdurashid Nurmurodov 1955 yili Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Davlat Pedagogika universitetining filologiya fakultetini tugatgan.
    “Urush bevalari”, “Tutash taqdirlar”, “Qonli yo‘rgaklar”, “Bolalikka otilgan o‘q”, “Tazarru”, “Krovavaya pelena”, “Qon hidi”, “Nurafshon yog‘du” kabi asarlari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Xayriddin Sultonov (1956)

    Xayriddin Sultonov 1956 yil 15 yanvarda Toshkent viloyati Qibray tumanining Tuzel qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1978). «Quyosh barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992), «Boburiynoma» (1997), «Saodat sohili» (2005) kabi nasriy kitoblari nashr etilgan. «Changak», «Moziydan bir sahifa», «Mehrobdan chayon» kabi videofilmlar hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman», «Yozning yolg‘iz yodgori» ssenariylari asosida badiiy filmlar suratga olingan. «Sarhovuzning bo‘ylarida» (1992) nomli dramasi ham bor.
    A. Sent-Ekzyuperi, I. Nagibin, V. Shukshin kabi adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Shuhrat» medali (1996), «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

    (Кол-во материалов: 5)
  • Ashurali Jo‘rayev (1956)

    Ashurali Jo‘rayev 1956 yil 8 avgustda Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi Jaloyir kishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1999). Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutini tamomlagan (1978). «Toshbaqalar poygasi» (1986), «Yurak bo‘ronlari» (1989), «O‘q uzgan kime» (1994), «Senga ko‘ngil bersam» (1999), «Dil gavhari» (2001), «Tanimading-a?» (2005) kabi kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Abdurazzoq Obro‘y (1956)

    Taniqchi hajvchi, shoir va yozuvchi Abdurazzoq Obro‘y 1956-yili Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan.
    1985-yili Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan.
    O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, “Mushtum” jurnalida, “Vatanparvar” gazetasida xizmat qilgan. Nafaqadagi podkolkovnik.
    U “O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvonini olgan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.
    Abdurazzoq Obro‘yning "Xo‘plam-to‘plam", "Huring-hiring", "Tuxumning qudrati", "Ayolning qulog‘i", "Ruxsat bering sh'er o‘qiyman", "Sen avayla, asra O‘zbekistonni" kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Nabijon Boqiy (1956)

    Nabijon Boqiy 1956 yil 7 noyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Chuvalanchi qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984). «Bir muhabbat qissasi» (1990), «Qatlnoma» (1992), «Gulzamira» (1994), «Chingiz afandiga maktublar» (2004), «Anvar poshoning vasiyati» (Istanbul, 2006) kabi qissalari chop etilgan.
    Robert Luis Stivensonning «Merosxo‘r», «Katriona» romanlarini (1990) hamda Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov yozgan «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori» (1998, Yo. Xo‘jamberdiev bilan hamkorlikda) kitobini,  Georgiy Pryaxinning «Tushlarimga kirar Hazora» romanini (2013) o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Sadriddin Ayniyning «Sudxo‘rning  o‘limi»  qissasi asosida 10 qismdan iborat kinoqissa yozgan (2007).
    «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1996).

    (Кол-во материалов: 2)
  • O‘ktam Mirzayor (1956)

    O‘ktam Mirzayor 1956-yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. "Ogoh ko‘ngil", "Yaxshi kunlar quvonchi", "Sog‘inch daftari" deb nomlangan  to‘plamlar muallifi. O‘ktam Mirzayor ayni paytda «Hurriyat» gazetasining muharriri vazifasida xizmat qilmoqda.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Jamila Ergasheva (1956)

    Jamila Ergasheva 1956-yili Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.
    1979-yili Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    Ayni paytda "Ayol va zamon" gazetasida Bosh muharrir lavzoimida mehnat qilmoqda.
    Uning “Izhor” (1990), “Intiqom” (1993), “Tanazzul” (1996), “Ayol jodusi” (2003), “Zulfizar” (2011) kabi kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 7)
  • To‘lqin Hayit (1957)

    To‘lqin Hayit 1957 yil 15 noyabrda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Dashnobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Respublika rus tili va adabiyoti institutini tutatgan (1981). «Meni kechir, bolajon» (1991), «Dashnobod xangomalari» (1992), «Vafo malikasi» (2005), «Qora Shahzoda» (2007) nasriy asarlari hamda «Ulug‘ Amir o‘gitlari» (2004), «Shohi Zinda» (2005) kabi risolalari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Turobjon Maqsudov (1957)

    Turobjon Maqsudov 1957-yili Jizzaxda tuig‘ilgan.
    1972-yili Farg‘ona pedagogika institunini bitirgan.
    Turli yillarda tuman, viloyat matbuotida faoliyat yuritgan.
    Birinchi kitobi “Qaytmas to’lqinlar” nomi bilan 1980-yili chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Qulman Ochilov (1957)

    Qulman Ochilov 1957 yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 1983 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. 1999 yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni bilan taqdirlangan. 1998 yili “Jaydari falsafa” hikoyalar to‘plami chop etilgan. “Pravda Vostoka” gazetasida xizmat qiladi.

    (Кол-во материалов: 40)
  • Gulnora Rahmon (1957)

    Gulnora Rahmon 1957-yili Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyatining Xatirchi tumanida tug'ilgan. 
    Toshkent Teatr san'ati va rassomhilik institutining dastgohli rangtasvir bo'limini 1983-yili tamomlagan. O'zbekiston Badiiy Akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a'zosi.
    Sara asarlari Alisher Navoiy nomli Adabiyot muzeyi va O'zbekiston Milliy banki galereyasi mulkiga aylangan.
    Gulnora Rahmon ko'plab o'zbek adabiyoti namoyondalari portretlari muallifi hamdir.
    1980 yildan buyon san'atshunoslikka oid maqolalari, hikoya va she'rlari chop etiladi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Abdunabi Abdiyev (1957)

    Abdunabi Abdiyev 1957-yil 7-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi Pomuq qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1978-yili Qarshi davlat pedagogika institutining tarix-jamiyatshunoslik fakultetini tugatgan.
    O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi.
    "Tilsim", "Yozg‘ib bitigi", "Muallaq odam" qissalari "Sharq yulduzi" jurnalida, "O‘tov gurunglari", "Ko‘pkari gurunglari" esse-qissalari matbutda e’lon qilingan.
    "Hayrat jamlangan oqshomlar" esse-qissasi uchun 2003-yili Respublika Kasaba uyushmaslari federatsiyasi kengashi laureati bo‘lgan. 1998-yili "Ijodkor o‘qituvchi" tanlovi g‘olibi, 2010-yili "Oltin qalam" xalqaro tanlovi g‘olibi bo‘lgan. 
    Hozirda Mirishkor tumanidagi 22-sonli maktab direktori bo‘lib xizmat qilmoqda.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Shomirza Turdimov (1957)

    Shomirza Turdimov 1957-yil 13-dekabrda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Qo‘shtamg‘ali qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1979-yili Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 
    Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining folklor bo‘limida ishlaydi.
    Filologiya fanlari doktori.
    2007-yili “Yo‘l bo‘lsin” filmi ssenariysi uchun O‘zbekiston Davlat mukofotini olgan.
    "G‘oro‘g‘li dostoni genezisi va tadrijiy bosqichlari" (2011) kitobi nashr etilgan. "Etnos va etos" kitobi chiqish arafasida. 
    Folklorga oid 200 yaqin ilmiy maqolalari O‘zbekiston va chet-el ilmiy nashrlarida chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Abulqosim Mamarasulov (1958)

    Abulqosim Mamarasulov 1958 yil 5 fevralda Samarqand (hozirgi Jizzax) viloyatining Bulung‘ur (hozirgi Baxmal) tumanidagi Barlos qishlog‘ida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini tugatgan (1979). «Suyunchi» (1982), «Hayotning bir lahzasi» (1985), «Sen uchun yonib» (1988), «Barlos qishlog‘ining zumrad tonglari» (1990), «Sevishganlar» (1992) kabi asarlari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 32)
  • Shuhrat Rizayev (1958)

    Shuhrat Rizayev 1958 yil 10 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, Prezident devoni va Vazirlar maxkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi xizmat qilgan. Hozirda «Jahon adabiyoti» jurnali Bosh muharriri.
    Sh. Rizayevning «Jadid dramasi» (1997), «Jamiyat ko‘zgusi» (hammualliflikda, 2005), «Zavqiy ijodida falklor motivlari» (hammualliflikda, 1987), «Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari» (1993), «Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti» (hammualliflikda, 2005), «Sahna ma’naviyati» (2000) kabi asarlari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 0)
  • Shoyim Bo‘tayev (1959)

    Shoyim Bo‘tayev 1959 yil 20 iyunda Tojikistonning O‘ratepa tumaniga qarashli Maydoncha kishlog‘ida tug‘ilgan. Xo‘jand Davlat pe?dagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1982). Ilk qissasi — «Sirli yulduzlar» (1984). Shundan so‘ng yozuvchining «Dunyoning sarhisobi bor» (1988), «Endi bari boshqacha» (1990), «Shamol o‘yini» (1995), «Kunbotardagi bog‘» (1997), «Hayot» (2000), «Ko‘chada qolgan ovoz» (2005) kabi qissa va hikoyalardan iborat to‘plamlari nashr etilgan. «Qo‘rg‘onlangan oy» (1996), «Shox» (2007) kabi romanlar muallifi. «Do‘stlik» ord?ni bilan taqdirlangan (2001).

    (Кол-во материалов: 9)
  • Xurshid Nurullayev (1959)

    Xurshid Nurullayev 1959 yil 3 sentyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Samarqand davlat me’morchilik-qurilish institutini tamomlagan (1981). Hozirda Samarqand viloyat hokimligi o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi boshqarmasi bosh uslubchi-maslahatchisi bo‘lib ishlaydi. Ijod namunalari respublika matbuotida chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 9)
  • Husniniso Ahmedova (1959)

    Husniniso Ahmedova 1959-yil 12-fevralda Tojikistonning Sug‘d viloyati (sobiq Leninobod) G‘onchi tumanidagi Itorchi qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan.
    1977-82 yillarda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 
    Tahsilni tugatgach, Sug‘d viloyati televidenie va radiokomitetida, «Qadriyat» gazetasida jurnalistik faoliyat yuritgan. 
    «O‘zga hovli havosi», «Taxayyul» kitoblari nashr etilgan. «Changda qolgan gul» qissasi va qator hikoyalari O‘zbekistonning «Sharq yulduzi», «Saodat», «Sanam», jurnallarida, Tojikiston davriy nashrlarida, xususan, «Sug‘d haqiqati», «Qadriyat» gazetalarida, «Nafosat», «Sug‘d yulduzi» jurnalida chop etilgan. Shuningdek «Qadr», «Orzulardan ochilgan chechak», «Nafis so‘z shaydolari», «Shiru shakar» kabi kollektiv to‘plamlarga uning bir qator hikoyalari kiritilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Xoldor Vulqon (1959)

    Xoldor Vulqon 1959 yil 3 may kuni Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1980 yildan 1990 yilgacha bezovchi rassom  sifatida turli tashkilotlarda ishlagan. 1990-1996  yillarda  Toshkent Davlat Universitetining Filologiya fakultetida tahsil olgan. 
    1975 yildan beri she'rlar  va nasriy asarlar yozadi. "Tumanli dalalar qo‘shig‘i", "Laylatul-qadr", "Tungi  laylakqor"  nomli she'riy kitoblari Toshkentda chop etilgan.
    1999 yil avgust oyidan O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi.
    Shu kungacha  4 ta she'riy kitob,  5 ta  qissa, 2 ta roman yozgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Vosit Ahmad (1960)

    Vosit Ahmad 1960 yil 16 fevralda Andijon shahrida tug‘ilgan.
    Andijon paxtachilik instituti va O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. 
    Uning "Boshliqning sholchasi" (1996), "Dum", "Qpziqchining o‘limi" (2004) hikoyalar to‘plami nashr etilgan. 
    "Xolis” gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari.

    (Кол-во материалов: 5)
  • Ibrohim Muhammad (1960)

    Ibrohim Muhammad 1960-yil 6-avgustda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan.
    1985 yilda Toshkent Davlat Pedagogika institutining filologiya fakultetini bitirgan.
    1985-yildan hozirgi kunga qadar 94-o‘rta maktabda ona tili va adabiyot fanlaridan dars berib kelmoqda.
    Sohibqiron Amir Temurning o‘z zamonasida ilm va san’at ahillariga ko‘rsatgan beqiyos homiyliklarini yorqin ifoda qiluvchi “Xattot” nomli qissasi (2008), Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan “Shahrisabz xayoli” nomli qissasi (2011) chop etilgan.
    Uning “Olmos uzuk siri”, “Jarga uchgan odam”, “Ko‘zda qotgan qotil”, “Qizil atirgul”, “Notanish qiz surati”, “Rayhon ostidagi xazina” qissalari va birqancha hikoyalari matbuotda nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Karimberdi To‘ramurod (1960)

    http://ziyouz.com/rasmlar/karimberdi.jpgKarimberdi To‘ramurodov 1960 yil 15 aprelda Samarqand viloyati Urgut tumanining Do‘stlik qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan.
    20 yil tug‘ilib o‘sgan qio‘log‘idagi maktabda dars bergan, qishloq madaniyat uyida ishlagan.
    2003 yildan beri "Bekajon" gazetasida ishlaydi.
    "Gung qiz", "Sinfdoshlari yo‘q odam", "Xudoyorov yigitlari", "Jiyda guli", "Dilxiroj", "Mayda bezori qariya" kitoblari muallifi.
    "Ota", "Chaqmoq", "Sabriniso" kabi filmlar va "Jiyda guli" teleseriali stsenariy muallifi.

    (Кол-во материалов: 16)
  • Halima Ahmedova (1960)

    http://ziyouz.com/rasmlar/poets/halima_ahmedova.jpgHalima Ahmedova – 1960 yil 1 oktyabrda Buxoro viloyati (hozirgi Navoiy viloyati) Qiziltepa tumanidagi Po‘lot qilog‘ida tavallud topgan. 1983 yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan. Shoiraning ilk kitobi 1986 yili "Ko‘zimning tili" nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik 1987 yili "Tungi marvaridgullar", 1996 yili "Erk darichasi". 2005 yili "Tiyramoh", 2007 yili "Afsun", 2008 yili "Umid soyasi", 2011 yili "Nigoh qiblasi", 2012 yili "Shafaq ibodati" singari kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Ilhom Zoyir (1961)

    Ilhom Zoyir 1961 yil 2 iyulda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1987). «Tarsaki» (1995), «Yelpatak» (1997), «Tabassum bekati» (2000), «Qoidasi shunaqa» (2002), «To‘g‘ri so‘zning to‘qmog‘i» (2003), «Sehrli qalam» (2005), «Sichqoncha Tabuning sarguzashtlari» (2006), «Uchovlonning sarguzashtlari», «Holva yemagan bola» (2007) kabi hikoya va qissalar to‘plamlari, «Yuz tillo mojarosi» (2008) romani nashr etilgan. 
    Sinken Xoppning «Sehrli bo‘r» (2004), Yan Ekxolmning «Sofdil Mallavoy» (2006) ertak-qissalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
    «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan (2009).

    (Кол-во материалов: 12)
  • Rahimjon Rahmat (1961)

    http://ziyouz.com/rasmlar/poets/rahimjon_rahmat.jpgRahimjon Rahmat 1961-yilda tug‘ilgan. Shoir, yozuvchi va adabiyotshunos. Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Dala gullari”, “Xastalik daftari” adabiy maqolalar, kuzatishlar va she’riy asarlarni o‘zida jam etgan to‘plamlar muallifi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Eshqobil Shukur (1961)

    http://ziyouz.com/images/stories/eshqobil_shukur.jpgEshqobil Shukur 1961 yil Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini bitirgan (1984). Ilk she’rlar to‘plami — «Yurakni o‘rganish» (1984). Shundan so‘ng uning «Sochlari sumbul-sumbul» (1988), «Tungi gullar» (1989), «Yashil qushlar» (1995), «Hamal ayvoni» (2003) she’riy kitoblari va 2005 yilda «Ko‘hna bog‘ rivoyatlari» nasriy kitobi nashr etilgan. «Naqshband», «Ibtido xatosi» kabi dostonlari, «Nasoyim ul-muhabbatga sayr» turkumi, shuningdek, «Oqibat oqshomi», «Dunyoning ko‘chishi» kabi qissalari ham bor.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Saidvafo Boboyev (1961)

    Saidvafo Boboyev 1961-yil 10-dekabrda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan.
    1989-yili Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining zootexnik-injener fakultetini tamomlagan.
    O‘zbekiston yoziuvchilar uyushmasi a’zosi.
    Turli yillarda "Surxon tongi", "Zarya Surhana", “Mohiyat”, “Avtomobilchi Plyus” gazetalarida mehnat qilgan. Ayni paytda “Yoshlik” jurnalida maxsus muxbir.
    "Millat iftixori" (2005), “Sirtmoq qoshidagi o‘ylar” (2004), “Armonli dunyo”, “Ushalmagan orzular”, “Qo‘rqinchli tun”, “Qonli qilich” kitoblari chop etilgan. “Ajdarho komida” kitobi chiqish arafasida.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Abdunabi Hamro (1961)

    Abdunabi Hamro 1961 yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat madaniyat institutini tugatgan. O‘tgan asrning 80-yillaridan beri badiiy ijod bilan shug‘ullanib keladi. 1995 yildan beri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
    “Xiyonat” (1993), “Oq alvasti” (1994), “Otam aytgan qo‘shiqlar” (2002), “Yirtqich” (2003), “Unutilgan qo‘shiq” (2005), “Olis manzillar sari” (2006), “Bolalikka sayohat” (2007), “Qishda ochilgan gul” (2008), “Vaqt daryosi” (2010) kabi she’riy va nasriy kitoblar muallifi. 
    Bugungi kunda “Olot hayoti” gazetasi bo‘lim muharriri.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Nazar Eshonqul (1962)

    Nazar Eshonqul 1962 yil 15 iyunda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1986). Dastlabki asari — «Urush odamlari» (1988). Shundan so‘ng yozuvchining «Momo qo‘shiq» (1989), «Maymun yetaklagan odam» (2001), «Shamolni tutib bo‘lmaydi» (2004), «Momo qo‘shiq» (2006) kabi asarlari nashr etilgan. F. K. Anittining «Hikoyalar va qissalar»ini, A. Kamyuning «Esselar»ini, Chexovning «Boloxonali uy» hikoyasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 25)
  • G‘ulom Karimiy (1962)

    G‘ulom Karimiy 1962-yil 30-aprelda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Soim Xibrayli qishlog‘ida tavallud topgan.
    Toshkent davlat Universiteti Sharq fakulteti Eron filologiyasi bo‘limini tamomlagan (1987).
    Afg‘onistonda harbiy tarjimon bo‘lib ishlagan. Ayni paytda O’zbekiston Fabnlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim lavozimida mehnat qilmoqda.
    “Karvon” (1988), “Turon qoploni” (1988), “Sohibqiron va alloma” (2002) tarixiy qissalari, “Narshax qal‘asi” (2011) tarixiy romani chop etilgan.
    Shuningdek, olimning manbashunoslikka oid 10 ga yaqin ilmiy monografiyalari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 14)
  • Said Anvar (1962)

    Said Anvar 1962-yil 6-sentabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Olchin qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1983-yili Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. 
    “Tabassum” radiojurnalisda muharrir, Televizion miniaturalar teatrida katta muharrir bo‘lib ishlagan. Ayni paytda "Mushtum" jurnalida bo‘lim muharriri.
    Said Anvar «Oraliqdagi odamlar», «Otamning oti nimaydi?», «Muhiddin Darvesh», «Abdulla qiziq nima deydi?» kitoblari bilan kulgi muxlislariga yaxshi tanish.
    Yozuvchining «Osmondan tushgan odamlar» komediyasi «Yilning eng yaxshi dramatik asari» nominatsiyasi bo‘yicha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining, «Uch kun xo‘roz bo‘lganim» kitobi esa, Respublika Matbuot qo‘mitasining mukofotlari sazovor bo‘lgan.

    (Кол-во материалов: 37)
  • Hulkar To‘ymanova (1962)

    Hulkar To‘ymanova 1962-yilning 14-avgustda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 
    1986-yili hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. 
    2009-yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» unvoniga sazovor bo‘lgan. 
    Uning badiiy ijod namunalari respublika vaqtli matbuot nashrlarida muntazam e’lon qilib kelinadi. «Changda qolgan gul» (1996), «Asal oyi» (2009) hikoyalar to‘plami, «Yaxshi tilaklarga beshikdir dunyo» (2002), «Yeru osmon o‘rtasida» (2007) nomli badiiy publitsistik ijod namunalari jamlangan kitoblari nashr qilingan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Abduqayum Yo‘ldosh (1962)

    Abduqayum Yo‘ldosh 1962 yil 29 fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Toshkent Politexnika institutini (hozirgi Texnika universiteti) bitirgan (1985). «Qaro ko‘zim. Shayx ur-rais» (1990), «Sunbulaning ilk shanbasi» (1998), «Timsohning ko‘z yoshlari» (2003), «Parvoz» (2004), «Bir tun va bir umr» (2007) kabi kitoblari nashr etilgan.
    R. Bredberi, A. Kristi, F. Braun, E. Potter hikoyalarini, Ye. Berezikovning «Buyuk Temur» romanini (H. Shayxov bilan hamkorlikda), P. Shermuxamedovning «Buyuk Xorazmiy» romanlarini o‘zbekchaga tarjima qilgan.
    «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).

    (Кол-во материалов: 31)
  • Nabi Jaloliddin (1962)

    Nabi Jaloliddin 1962 yil 2 mayda Andijon viloyati Izboskan tumanining Jonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1993). «Yalpizli kecha» (1993), «Hur nido» (1996), «O‘limning rangi» (1998), «Sen bilan qolmayman» (2002), «Erkagi bor uy» (2005) kabi she’riy va nasriy asarlari nashr etilgan.
    A. Kamyuning «Kaligula» asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 25)
  • Sobir O‘nar (1964)

    Sobir O‘nar 1964 yil 25 fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1986). Ilk hikoyasi — «Kunsuluvning xatlari». Shundan so‘ng yozuvchining «Orzuga to‘la qishloq» (1989), «Ovloq adirlar bag‘rida» (1990), «Chashma» (1991) hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan. «Chambilbelning oydalasi» (2006) asari muallifi. Qoraqalpoq adibi X. Tojimurodovning «Ov hangomalari» (1990) hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning «Karbalo fojeasi» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 10)
  • Axtamqul Karim (1964)

    Axtamqul Karim 1964-yil 20-mart kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Shotirut qishlog‘ida tug‘ilgan.
    O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi qoshidagi Oliy adabiyot kursini tugatgan.
    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
    "Bodomginam", "Qarochiqda asraganimsan", "Bahorimdan kechikkan gul", "Qirq g‘azal" she’riy to‘plamlari, “Ibratli hayot”, “Baxt izlagan odam” biografik qissalari, “Tog‘lar ham qariydi” hikoyalar to‘plamii (2012) nashr etilgan.
    Ayni paytda “Tong yulduzi” gazetasida bo‘lim muhararri lavozimida mehnat qilmoqda.

    (Кол-во материалов: 7)
  • Muhammad Ismoil (1964)

    Muhammad Ismoil 1964-yilining 13-martida Sirdaryo viloyatining Xovos qo‘rg‘onida tug‘ilgan. 1981 – 1986 yillarda hozirgi O‘zMU jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 
    Ilk she’riy to‘plami “Tazarru saodati” 1991 yil chop etilgan. Shundan so‘ng “Tasavvur chiziqlari” (1998), “Ko‘ngil mulkiga safar” (2001), “Sahroyi gullar” (2001), “Siz hamon o‘shasiz” (2003), “Sizni sevmay bo‘ladimi” (2005), “Bahorning eng so‘nggi lolasi” (2006), “Chiroylisan, tengi yo‘q” (2006), “Ko‘ksimni kuydirgan alanga” (2008), “Osmon to‘la orzular” (2011) kitoblari chop etilgan. 
    Adibning hikoyalari asosida “Luchezarnaya” (2011) kitobi rus tilida nashrdan chiqqan.
    Adib mohir tarjimon hamdir. Marina Svetaeva, Boris Pasternak ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga o‘girgan
    Muhammad Ismoil asarlari asosida “Izg‘irinli kunlarning biri”, “Qismat”, “Oy chiqmagan oqshom”, “Yangi oy chiqqan kecha”, “Mohinur”, “Atirgul”, “Balog‘at bekati”, “Yulduzsiz osmon” "Qalbim ardog‘i" kabi videofilmlar ekranlashtirilgan. Qirqdan ortiq she’rlari qo‘shiq bo‘lgan. 
    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyotni targ‘ib qilish byurosi bosh muharriri (1987-1989), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy konsultanti (1989-1993), “Yoshlik” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari (1993-1996), “Oila va jamiyat” gazetasi bosh muharriri (1996-1998), O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi, “O‘zbekiston” telekanali bosh direktori o‘rinbosari (1998-2006), G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU derektor o‘rinbosari – bosh muharrir (2006-2009) lavozimlarida ishlab kelgan. 
    Hozirda Toshkent Davlat Madaniyat Institutida faoliyat yuritmoqda. Yozuvchi Erkin Usmonov adib haqida "Oshufta ko‘ngil" nomli kitob yozgan. 
    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Istiqlol tonggi” mukofoti sovrindori.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Salim Ashur (1964)

    Salim Ashur 1964 yil 16 dekabrda Tojikiston Respublikasining Qo‘rg‘ontepa viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida dehqon oilasida tug‘ildi. Salim Ashurning ota-onasi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumaniga ko‘chib o‘tadi va Salimning bolalik hamda o‘smirlik yillari Qiziriq cho‘llarida kechadi. U 1982 yili shu yerdagi o‘rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kiradi va uni 1989 yilda tugatadi.
    Uning ilk she’rlari 6-sinfda o‘qiyotgan kezlarida tuman gazetasida bosiladi. Respublika matbuotida esa shoirning birinchi she’ri 1979 yili «Gulxan» jurnalida chop etilgan.
    Salim 1990-1994 yillari «Saodat» jurnalida, 1994-1996 yillari esa «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ishlaydi. Hozir u «Turkiston» gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.
    Salim Ashur o‘z ijodi bilan respublika matbuotida muntazam qatnashib, she’rlari qator jamoa to‘plamlarida chop etiladi. 1994 yili shoirning «Yashil giyoh» va «Atirgul» kabi she’riy kitoblari nashr etiladi. Shuningdek, «Atalgan kunlar» (2004), «Sensiz» (2005), «Darz» (2005) to‘plamlari nashr etildi. U bir qator she’riy va nasriy tarjimalari bilan ham o‘quvchi e’tiborini qozongan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Fozil Tilovat (1965)

    Fozil Tilovat 1965-yil 25-mart kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan.
    1990-yili Qarshi davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
    Turli tillarda viloyat radiosida, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida mehnat qilgan.
    Hozirda badiiy ijod va tarjima bilan mashg‘ul.
    Uning “Sirli ishq nolalari” she’riy kitobi (1995), “Onamning duosi” qissa va hikoyalar to‘plami (2005), 1995-2006-yillari "Qutlug‘ sana ostonasida" ocherklar to‘plami nashr etilgan. 2011-yili “Qora quzgun” romani chop etildi.
    U Farhod Ro‘ziyev bilan hamkorlikda fransuz yozuvchisi Marsel Brionning "Men kim Sohibqiron Jahongir" asarini tarjima qildi (2011).

    (Кол-во материалов: 1)
  • Mehriniso Abdurahmonova (1965)

    Mehriniso Abdurahmonova 1965-yil 14-yanvar kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida dunyoga kelgan.
    O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus filoloyasi fakultetini 1988-yili tamomlagan.
    Turli yillarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan. Ayni paytda Jizzax viloyatining "Kelajak bunyodkori" gazetasi Bosh muharriri.
    Uning “Eshik oldi gulxayri” she’riy to’plami (2000), “Oqshomlar qo‘shig‘i” (2006) kitoblari nashr etilgan. Hikoyalar to‘plami nashr etilish arafasida.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Shodiqul Hamro (1965)

    Shodiqul Hamro 1965 yil 13 oktyabrda Qashkadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1989). «Suratdagi ayol» (1994), «Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1999), «Qora kun» (1996), «Qaqnus qanotidagi umr» (2005) kabi hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Luqmon Bo‘rixon (1965)

    Luqmon Bo‘rixon 1965 yil 15 fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi Yangiobod qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1991). Dastlabki hikoyasi — «Begimqul katta» (1987). Shundan so‘ng yozuvchining «Yalangoyoq» (1991), «Sirli muallim» (2006), «Xizr ko‘rgan yigit» (2007) singari hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan. «Jaziramadagi odamlar» (2005) romani muallifi.

    (Кол-во материалов: 17)
  • Salomat Vafo (1966)

    Salomat Vafo 1966 yil 20 yanvarda Xoraam viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1989). «Farida» (1984), «O‘zini izlayotgan ayol» (1989), «Ko‘ngil farishtasi» (1995), «Tilsim saltanati» (2005), «Ovoraning ko‘rgan kechirganlari» (2008) kabi asarlari nashr etilgan.
    Sevinch Cho‘kumning «Odam» hikoyasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Ismoil Shomurodov (1966)

    Ismoil Shomurodov 1966 yilda Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug‘ilgan.
    ToshDUning (hozirgi O‘zMU) Jurnalistika fakultetini va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlagan.
    «Arnasoy tongi», «Postda» gazetalarida faoliyat yuritgan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Respublika «Qo‘riqlash» birlashmasida xizmat qiladi.
    «Bayroq» (2004 y., qissa), «Xazon fasli» (2005 y., qissa), «Mag‘lubiyat»  (2005 y., roman), «Odamxo‘r» (2007 y., roman) va «Yosh xotin» (2008 y., qissa) nomli kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Risolat Haydarova (1966)

    http://ziyouz.com/images/stories/risolat_haydarova.jpgRisolat Haydarova 1966 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 
    Respublika matbuotida uning tarixiy va zamonaviy mavzudagi hikoyalari, she’rlari, adabiy-tanqidiy maqolalari chop etilgan. Uning «Ketgan qishning dardlari» nomli she’riy,«G‘urgurtepada saraton» hikoyalar turkumlari, «Mag‘rura» nomli qissasi kitob holida nashr etilgan. «Javzo» tarixiy romani adibaning navbatdagi izlanishlari mahsulidir.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Zulfiya Qurolboy qizi (1966)

    Zulfiya Qurolboy qizi (Zulfiya Yo‘ldosheva) 1966 yil 15 sentyabrda Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug‘ilgan. Jizzax pedagogika institutinining o‘zb?k filologiyasi fakultetini bitirgan (1990). «Turmush» (2003), «Yovuzlik farishtasi» (2005) kabi kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Isajon Sultonov (1967)

    Isajon Sultonov 1967 yil 6 aprelda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanining Avazboy qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1990). «Munojot» (1990), «Oydinbuloq» (1995) kabi kitoblari nashr etilgan.
    J. Neruning «Hindiston» kitobining «Bobur» qismini, D. Butstsati, R. Akutagava, U. Sayfiddin kabilarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 38)
  • Qo‘chqor Norqobil (1968)

    Qo‘chqor Norqobil 1968 yil 5 martda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Mo‘minko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2001). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1992). «Daryo ortidagi yig‘i» (1994), «O‘n sakkizga kirmagan men bor» (2002), «Kulib tur, azizim» (2005), «Quyoshni kim uyg‘otadi?» singari nasriy hamda «Xosiyatli dunyo» (1992), «Kaftimdagi qizg‘aldoq» (1993) she’riy to‘plamlari nashr etilgan.
    A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, S. Yesenin, Ye. Yevtushenko kabi shoirlarning nasriy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 15)
  • Ulug‘bek Hamdam (1968)

    Ulug‘bek Hamdam (Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich) 1968 yil, 24 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan.
    1988-1993 yillarda ToshDU ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1992-93 yillarda esa davlatimiz tashabbusi bilan o‘qishga yuborilgan talabalar safida Turkiyaning Ko‘nyo shahrida taxsilni davom ettirgan. 1993-1994 yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan dars bergan. 1994-1996 yillarda Hozirgi Milliy Universitet o‘zbek filologiyasi fakultetining kunduzgi aspiranturasini o‘qigan.
    1997 yilda "30-yillar o‘zbek she’riyatida "sof lirika" muammosi" (Oybek she’rlari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy rahbari - filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov. Hozirda "XX asr o‘zbek she’riyati badiiy tafakkur tadrijining ijtimoiy-psixologik asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ilmiy maslahatchi - filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov. 1997-2009 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot institutida katta ilmiy xodim. 2009- yildan beri "Sharq yulduzi" jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. 
    «Tangriga eltguvchi isyon» (2002), «Atirgul» (2006), «Seni kutdim» (2007) she’riy hamda «Yolg‘izlik» (2000), «Muvozanat» (2003), «Isyon va itoat» (2004), «Sabo va Samandar», «Uzoqdagi Dilnura» (2010) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. Ilmiy asarlar to‘plami ham bor («Badiiy tafakkur tadriji», 2003; «Yangilanish ehtiyoji», 2007).
    U. Hamdam J. Rumiyning "Ichindagi ichindadir" (2001) va professor U. Turonning "Turkiy xalqlar mafkurasi tarixi" nomli asarlarini turk tilidan o‘girgan.

    (Кол-во материалов: 20)
  • Muhammad Sharif (1968)

    Adib va jurnalist Muhammad Sharif (Muhammadsharif Mamatqulov) 1968 yil Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Go‘rmiron qishlog‘ida tug‘ilgan.
    Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan (1988-1993).
    Hikoyalari "Yoshlik" va "Sharq Yulduzi" jurnallari hamda respublikaning boshqa adabiy jurnal va gazetalarida 1990 yillardan buyon chop etib kelinadi.
    Turli yillarda "Hayot va iqtisod", "O‘zbekiston tabiati", "Vatan" nashrlarida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturida faoliyat yuritgan.
    2014 yili “S.A. xotiralari” qissasi Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ijodkorlari uchun o‘tkazilgan novellalar konkursida beshta eng yaxshi asarlardan biri sifatida g‘olib topilib, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan va  http://novellasia.net vebsaytida onlayn buklet sifatida e’lon qilindi. “Kuldirgich” hikoyasi 2015 yili Rossiyaning “Zvezda” jurnalida chop etilgan.
    2016 yili yozuvchining ilk hikoyalar to‘plami - “Tolko‘prik” kitobi nashrdan chiqdi.

    (Кол-во материалов: 19)
  • Nuriddin Ismoilov (1969)

    Nuriddin Ismoilov 1969 yil 20 yanvarda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi Avliyotepa qishlog‘ida tug‘ilgan. 
    1991 — 1997 yillarda Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
    1997 — 2000 yillarda "Hurriyat" gazetasida muxbir, mas’ul kotib, 1998 — 1999 yillarda “PressTIJ" qoshidagi "Biznes-Osiyo" jurnalida muxbirlik qilgan. 2000 — 2001 yillarda "Mohiyat" gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2001 yilda “Hordiq plyus” gazetasiga asos soldi.
    “Odamlar orasidagi odamlar” deb nomlangan hikoyalar to‘plami, “O‘limga mahkum qilinganlar”, “Milliarderga qo‘yilgan tuzoq”, “Burgut tog‘da ulg‘ayadi” (1-, 2-kitoblar), “Jaholat qurbonlari”, “Omonat g‘or siri”, “Iblis saltanati” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Baxtning olis manzili”, “Mafiya sardori” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Shahzoda” nomli sarguzasht-detektiv romanlari kitob holida chop etilgan. 

    (Кол-во материалов: 2)
  • Husan Ermatov (1969)

    Husan Ermatov 1969 yilning 12 dekabrida Jizzax viloyati Baxmal tumani O‘ray qishlog‘ida tavallud topgan. 1993-1996 yillar ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
    Shu kunga qadar “O‘zbekiston ovozi” gazetasi, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan.
    Ayni paytda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati rahbari.
    Ijodkorning shu kunga qadar “Millat bayrog‘i” (esselar) va “Nobel mukofoti sovrindorlari” kitoblari nashr qilingan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Nargis Qosimova (1969)

    Nargis Qosimova 1969 yil Jizzaxda tavallud topgan. 
    Toshkent va Moskva davlat universitetlari jurnalistika fakultetlarida tahsil olgan. 
    Ish faoliyatini “Jizzax haqiqati” gazetasida boshlab, keyinchalik  Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi, “Sangzor” radiosi va yana bir qancha OAVlarda jurnalist, O‘zbekiston Milliy Universitetida katta o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritdi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Nasiba Abdullayeva (1969)

    Nasiba Abdullayeva 1969-yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan.
    Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini (1991) hamda falsafa fakeltitining aspirantura bo’limini (1994) tamomlagan.
    Falsafa fanlari nomzodi.
    O‘zbekiston Milliy Universitetining falsafa fakultetida mehnat qiladi.
    50 dan ilmiy maqola, hikoya va hajviyalari matbuotda e’lon qilingan.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Xayrullo Fayz (1970)

    Xayrullo Fayz 1970-yilda Xo‘jandda tavallud topgan.
    1993-yilda Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    1997-yildan beri Londonda yashaydi.
    Hikoyalari "Yoshlik", "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati", "Yosh kuch", "Sharq yulduzi", "Oila va jamiyat", "Turkiston" va boshqa qator nashrlarda chop etilgan.
    Turkum she’rlari Britaniya, Belgiya va Fransiyada adabiy nashrlarda bosilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Anvar Namozov (1970)

    Anvar Namozov 1970 yili tug‘ilgan. 1993 yilda Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Talabalik davridayoq ijod namunalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Oila va jamiyat” gazetalarida chop etilgan.
    Universitetni tamomlagach, “Zarafshon”, “Darakchi” gazetalarida ishlagan. Bir talay maqolalari va badiiy ijod namunalari “Hurriyat”, “Mohiyat”, “Bekajon”, “7x7”, “Parvona” va boshqa vaqtli matbuot nashlarida ham e’lon qilingan. Anvar Namozov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi ham bo‘lgan. Ayni paytda u “Yangi kitob” nashriyotida faoliyat ko‘rsatmoqda. A.Namozov ijodga jiddiy, mas’uliyat bilan qaraydi. “Men – ko‘rinmas odam”, "Onasi o‘pmagan yigit", "Jumboq", "Qiyofa o‘g‘risi" va “Notanish” kitoblari muallifi.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Faxriddin Sodiq (1971)

    Faxriddin Sodiq 1971-yili Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Jo‘raboy qishlog‘ida tug‘ilgan.
    O‘zbekiston Milliy Uiniversitetining falsafa fakultetini tamomlagan.
    "Qaytmagan bahor" (1997 yil, “Iste’dod” seriyasida), "Taraddud" (2005 yil), "Qaltis qadam" (2010 yil), "Qarz" deb nomlangan kitoblari nashrdan chiqqan.
    "Falakning gardishi" nomli romani navbatdagi nashr rejasida. Shuningdek, bu nashrdan "Tiriklikdagi tiriklar" va "Foiz" qissalari ham o‘rin oladi.
    Faxriddin Sodiq Robert T. Kiosaki, Sharon Lechterlarning "Badavlat ota, kambag‘al ota" turkumidagi bestsellerining ilk kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 5)
  • Shodiyor Hazrat Ismat (1971)

    Shodiyor Hazrat Ismat 1971-yil 25-yanvarda Samarqand tumanining Jom qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1993-yili Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    Turli yillarda Respublika radiosida, Samrqand viloyati teleradiokompaniyasida mehnat qilgan.
    Hozirda Republika radiosi “O‘zbekiston” kanalida Bosh muharrir lavozimida xizmat qiladi.

    (Кол-во материалов: 38)
  • G‘afur Shermuhammad (1973)

    G‘afur Shermuhammad 1973 yil 12 aprelda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani, Chiyali mavzesidagi Uymovut qishlog‘ida tug‘ilgan.
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 1992-2004 yillar davomida “Xalq so‘zi”, “Qishloq hayoti” gazetalarida muxbir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib vazifalarida ishlagan. Ayni paytda “O‘zbekkino” Milliy agentligida bosh muharrir sifatida faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
    G‘afur Shermuhammad nasr va dramuturgiya janrlarida ijod qiladi. “Quduq tubidagi faryod”, “Pariqishloq afsonasi”, “Ko‘zlarida xoli bor” p’esalari respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan. Adabiy asarlari asosida “Chavandoz”, “Arosat”, “Ta’ziyadagi to‘y”, “Aldangan ayol” singari yana bir nechta badiiy filmlar, ko‘plab hujjatli va mulptiplikatsion filmlar suratga olingan. “Saman toy” kitobi nashrdan chiqish arafasida. Qissa va hikoyalari adabiy to‘plamlarda, jurnallarda chop etilgan. 
    Qoraqalpoq yozuvchisi Murodboy Nizanovning “Aqchagul” qissasi, “Oxirat uyqusi”, “Dushman” romanlarini qoraqalpoq tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Bahodir Abdurazzoq (1974)

    Bahodir Abdurazzoq 1974-yili Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi Qorabog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan.
    O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1999).
    "U" (2012), "Rimdagi qotillik" (2009) qissalari, "Umr tenglamasi" (2003), "Armonmisan muhabbat" (1993) kabi kitoblari nashr etilgan.
    Ayni paytda "El" gazetasi mas‘ul kotibi lavozimida mehnat qilmoqda.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Uyg‘un Ro‘ziyev (1974)

    Uyg‘un Ro‘ziyev 1974-yil 30-yanvarda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Jo‘sh qishlog‘ida tug‘ilgan.
    1996-yili Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
    Turli yillarda “Zarafshon”, “Turkiston” gazetalarida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligida faoliyat yuritgan. Hozirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas‘ul kotib lavozimida mehnat qilmoqda.
    Uning “Atirgul” romani (1999), “Qadr kechasi” (2004), “Tog‘lar iskanjasi” (2006), “Oq cho‘qqining bolasi” (2006) qissalari, “Tongda qaytgan kaptar” (2001) hikoyalar to‘plami chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 13)
  • Husan Karvonli (1974)

    http://ziyouz.com/images/stories/husan_karvonli.jpgHusan Karvonli 1974 yil 1 fevralda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida tug’ilgan.
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.
    Hozirda “Ma’rifat” gazetasida mehnat qiladi.
    “Istiqlol umidlari” (2001), “O’zbek modern she’riyati” (2004), “Yoshlar kitobi” (2008) almanaxlarida she’rlari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Mirzo Ahad (1974)

    Mirzo Ahad 1974 yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Kattaqo‘rg‘on tijorat texnikumini tugatgan. Ijodini o‘tgan asrning 90-yillarida boshlagan. 2007 yildan beri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 
    “Homiyning zo‘ri” (2001), “Jaholat qurboni” (2003), “Oramizdagi odamlar” (2003), “Arvoh sim qoqdi” (2004), “Shifobaxsh kulgi” (2005), “Qitig‘i o‘lmagan “beva”. (2006), “Tili shirin bolalar” (2007), “Ilk bo‘sa” (2007), “Eng sodda odam” (2008), “Burunning tortish kuchi” (2008), “Dumli besh” (2009), “Makkora” (2009) nomli kitoblari chop etilgan. 
    Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Birlashgan tahririyati”ning o‘z muxbiri. Hajviy hikoyalari respublika matbuotida muntazam yoritib kelinmoqda.

    (Кол-во материалов: 12)
  • Muhammad Ziyo (1975)

    Muhammad Ziyo (O‘rinov Ziyodbek Boymurodovich – Boymurod Barxan) 1975 yili Andijon viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakul’tetini tamomlagan. Asarlari Respublika matbuot nashrlarida chop etilgan. 2011 yil “Gul va Ziyo” hikoyalar to‘plami chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 7)
  • Nazokat Azim (1975)

    Nazokat Azim 1975-yili Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan.
    1997-yili Toshkent davlat Sharqshunoslik institutining xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan.
    Yevropa Ittiqoqi TASIS dasturi loyihalaridan birida tarjimon, Marvel Juice kompaniyasida tarjimon, “Jannatmakon” jurnalida muharrir lavozimlarida ishlagan. Hozirda “A’lo kayfiyat” jurnali Bosh muharriri hamda “Bekajon” gazetasi Bosh muharrir o’rinbosari bo‘lib xizmat qilmoqda.
    Uning “Qahvaxo’r qizlar” (2009) qissa va hikoyalar to’plami nashr etilgan. U “Qo‘qon xonligi tarixi” kitobini ingliz tiliga tarjima qilgan. 20 qismli "Orzular fasli" televizion filmi ssenariysi muallifi.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Norali Ochilov (1976)

    Norali Ochilov 1976 yilda Shofirkon tumanidagi Temirchi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1994-1999 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 
    U turli yillarda mamlakatimizdagi qator nufuzli ommaviy axborot vositalarida – “Ma’rifat”, “Hurriyat”, “Postda” gazetalarida, O’zbekiston Milliy axborot agentligida, Ichki ishlar vazirligi matbuot markazida faoliyat yuritgan.
    Ayni paytda “Mahalla” gazetasida mehnat qilayotir.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Xursandbek To‘liboyev (1985)

    Xursandbek To‘liboyev 1985 yil 30-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanidagi Zarbdor qishlog‘ida tug‘ilgan. 
    2003-2007 yillar mobaynida Berdaq nomidagi QQDU o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi. 2007-2009 yillar Ajiniyoz nomidagi Nukus DPIda magistratura bo‘limida ta’limni davom ettirdi. 2009 yili magistraturani tugatib, Alisher Navoiy nomidagi Samarkand davlat universitetining hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti kafedrasi aspiranturasiga qabul qilindi. 
    Hozirgi  kunda taniqli adabiyotshunos olim Hotam Umurov ilmiy rahbarligida «Istiqlol davri o‘zbek romanchiligida badiiy uslub muammolari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi tadqiqotini olib bormoqda. Ijodiy ishlari «Amudaryo haqiqati» gazetasi hamda «Sharq yulduzi», «Yoshlik» jurnallarida chop etilgan. 
    «Dengiz hayqirig‘i» ijodkorning ilk kitobi.

    (Кол-во материалов: 7)
  • Jasur Kengboyev (1985)

    Jasur Kengboyev 1985 yil 19 noyabrda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Ko‘kdala qishlog‘ida tug‘ilgan. 2003-2007 yillarda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetida o‘qigan. 2009 yil ushbu fakultetning magistraturasini tamomlagan.
    Iqtidorli talabalari uchun ta’sis etilgan Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendianti.
    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda sharhlovchi, «Jamiyat» gazetasida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. Ayni paytda «Oila davrasida» gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida mehnat qilmoqda.
    Hikoyalari turli to‘plam va markaziy nashrlarda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Isomiddin Po‘latov (1985)

    Isomiddin Po‘latov 1985 yilda Samarqand viloyati Urgut tumani So‘fi qishlog‘ida tug‘ilgan. 2004-2004 yillarda Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetini bitirgan. 2008 yildan buyon viloyat «Zarafshon» gazetasida faoliyat yuritib kelmoqda. 
    Ayni paytda ta’lim va madaniyat bo‘limi boshlig‘i.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Farrux Jabborov (1985)

    Farrux Jabborov 1985 yili Jizzax tumani Sharilloq qishlog‘ida tug‘ilgan. 
    2007-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetining bakalavriaturasini, 2012-yili O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetining magistraturasini tamomlagan. 
    2006-yili “Hurriyat” gazetasida ish boshlagan. Hozirda “Ma’rifat”-“Uchitel Uzbekistana” gazetalari tahririyatida xizmat qiladi.
    “Men qaytib kelaman” (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) kitobi, “Oltin ko‘prik” yosh ijodkorlar to‘plamini nashrga tayyorlashda ishtirok etgan.

    (Кол-во материалов: 9)
  • Gulruh Odashboyeva (1986)

    Gulruh Odashboyeva 1986-yil 17-dekabrda Andijon viloyatining Izbozkan tumanidagi Lo‘g‘umbek qishlog‘ida tug‘ilgan.
    2009-yili O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    Ayni paytda "O‘zbekiston ovozi" gazetasida muxbir bo‘lib xizmat qilmoqda.

    (Кол-во материалов: 1)
  • O‘zbektosh Qilichbek (1986)

    O‘zbektosh Qilichbek (Asqar Qilichev) 1986 yil 5 fevralda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan.
    Toshkent Davlat Agrar universitetini tamomlagan. 2010 yildan buyon Olim Xo‘jaev nomidagi Sirdaryo viloyat musikali drama teatrida rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlaydi.
    2006 yili “Quvonch” nomli hikoyalar to‘plami nashr etilgan. “O‘yin ichida o‘yin” (2010), “Turmush – musht!” (2011) filmlarining stsenariy muallifi. Yosh ijodkorlarning “Kaftdagi nihol” bayoziga hikoyalari kiritilgan. Respublika gazeta va jurnallarida turkum hikoyalari chop qilingan.

    (Кол-во материалов: 5)
  • Umid Ya’qub (1986)

    Umid Ya’qub (Yoqubov) 1986 yil 24 mayda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 
    2007 yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini bitirgan.
    Asarlari matbuotda va turli to‘plam va almanaxlarda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Zohidjon Xolov (1986)

    Zohidjon Xolov 1986 yilning 17 oktabrida Parkent tumanida tug’ilgan.
    U 2003-yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Zominda o‘tkazilgan iste’dodli yosh ijodkorlarning 7-an’anaviy Respublika anjumanda ishtirok etgan.
    Shu yili “Kamolot” YoIH tashkillashtirgan “Iste’dod — 2003" ko’rik-tanlovida she’rlari yuqori baholanib, “Mohir ijodkor” nominatsiyasi bo‘yicha I darajali diplom bilan taqdirlandi.
    2004-yili 0'zDJTUning Xalqaro jurnalistika fakultetiga o’qishga kirdi. Bakalavr yo’nalishini 2008-yili tamomladi va hozirda mazkur fakultetning II kurs magistrantidir (2010).
    Jurnalistika sohasida rasman faoliyatini 2006-yili “Sog‘lom avlod" respublika gazetasida boshladi.
    2007-yili O‘zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning qisqacha so‘zboshi bilan “Olamvor orzular” nomli ilk she’riy to’plami chop etildi.
    2007-yili Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Respublika tanlovida Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.  
    Zohidjon ayni kunda “Ma’rifat” (2008) gazetasida ishlayapti.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Akobir Sayyid (1986)

    Akobir Sayyid 1986 yil 14 dekabrda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 
    O‘zDJTUning xalqaro jurnalistika fakulteti magistratura bosqichini tamomlagan.
    Asarlari matbuotda va turli to‘plam va almanaxlarda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Orif Tolib (1987)

    Orif Tolib 1987 yilda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi Qumbosti qishlog‘ida tug‘ilgan. 
    2009 yilda O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tugatgan.
    “Gulxan” jurnali va “Iste’molchi” gazetalarida ishlagan. Hozirda “Movarounnahr” nashriyotida bo‘lim muharriri lavozimida faoliyat yuritadi.
    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Uchrashuv” nomli she’riy kitobchasi chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Bobur Nabi (1988)

    Bobur Nabi (Jalolov) 1988 yil 15 yanvarda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan.
    O‘zDJTUning xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Hozirda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Matbuot markazida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlaydi.
    Asarlari matbuotda va turli to‘plam va almanaxlarda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 5)
  • Nodirabegim Ibrohimova (1989)

    Nodirabegim Ibrohimova 1989 yil 18 iyulda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 
    Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi. 
    Hikoya, esse, moqalalar yozadi, ingliz tilidan jahon adabiyoti durdonalarini tarjima qiladi. 
    Hozirda “Bekajon” gazetasida faoliyat yuritayapti.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Gulnoza Mamarasulova (1990)

    Gulnoza Mamarasulova 1990-yili Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi Bo‘ston shaharchasida tug‘ilgan. 
    Ayni paytda Guliston davlat universitetida ta’lim olmoqda. 
    Hikoyalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallari kabi markaziy adabiy nashrlarda chop etilgan. 
    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Kutayotgan ayol” hikoyalar to‘plami nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 8)
  • Shavkat Yodgorov (1977)

    Shavkat Yodgorov 1977 yilda Xatirchi tumanidagi Langar qishlog‘ida tug‘ilgan. 1994-1999 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining falsafa fakultetida, 2000-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi aspirantura bo‘limida tahsil olgan. “Qonun himoyasida” jurnali, “Huquq” gazetalarida faoliyat yuritgan. Ayni paytda “Huquq va burch” jurnali bo‘lim mudiri.
    1998 yildan publitsistik maqolalari, qissa va hikoyalari davriy matbuotda chop etib kelinadi.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Rustam Jabborov (1979)

    Rustam Jabborov 1979-yil 29-dekabrda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 
    O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. 
    Bolaligidan badiiy ijodga qiziqib keladi. She’r, hikoya va qissalari, turli mavzulardagi maqolalari davriy matbuotda muntazam chop etib boriladi. Bir qator badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar ssenariysi muallifi. 
    2009-yilda “Vijdon” nomli hikoyalar to‘plami, 2010-yilda ozarboyjon yozuvchisi Ilg‘or Fahmiyning “Aktrisa” romani uning tarjimasi asosida nashrdan chiqdi. 
    Shuningdek, ijodkor Gabriel Garsia Markes, Edgar Po, Gi de Mopassan, Karel Chapek, Anor, Sodiq Hidoyat singari dunyoga mashhur yozuvchilarning ko‘plab hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
    Ayni paytda “Darakchi” gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Nilufar Turg‘unova (1990)

    Nilufar Turg‘unova 1990 yil 20 avgustda Andijon shahrida tug‘ilgan. 
    2008 yili Andijon Moliya-iqtisodiyot kollejini tamomlagan. 
    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan adabiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 
    2008 yili “Mustaqillik — kelajagimiz garovi” nomli viloyat yosh ijodkorlar anjumanida Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Baxtiyor Abdug‘afur (1980)

    Baxtiyor Abdug‘afur 1980 yil 26 avgustda Namangan viloyati Uychi tumani Yorqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan.
    O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari nomzodi (PhD).
    Ilmiy ishlari AQSh, Kanada va boshqa davlatlarning ilmiy oynomalarida e’lon qilingan.
    Isroilning Ben Gurion universiteti, Xitoy Fanlar Akademiyasining Shinjong fizika va kimyo institutlarida malaka oshirgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Muyassar Tilovova (1990)

    Muyassar Tilovova 1990 yil 27 dekabrda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumaniga qarashli Zangtepa kishlog‘ida tug‘ilgan. 
    Hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olmoqda. 
    Uning "Burgutlar" kitobi 2011 yilda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etildi.
    Yosh adibaning hikoyalari markaziy nashrlarda muntazam chop etilmoqda.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Oydinniso (1980)

    http://ziyouz.com/rasmlar/poets/oydinniso.jpgOydinniso (Yo‘ldosheva) 1980-yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Ayni paytda G‘afur G‘ulom nashriyotida ishlamoqda.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Lobar Azizxo‘jayeva (1991)

    1991 yil Toshkent viloyatining Qibray tumanida tavallud topgan. Nasrda va nazmda ijod qiladi.
    Hikoyalari, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi maqolalari, intervyulari, tarjimalari, she’rlari Respublikaning turli gazeta va jurnallarida muntazam ravishda chop etib kelinadi.
    Kasbi jurnalist. Hozirda “7x7” ijtimoiy ommabop gazetasida adabiy bo‘lim boshqaruvchisi va bir nechta gazetalarda jamoatchi muxbir sifatida faoliyat yuritadi.
    2009 yilda Toshkent iqtidorli yoshlar ijodiy ishlari to‘plami “Ey navqiron yoshlik” kitobida hikoyalari chop etilgan.
    2010 yilda “Oqsoq qiz kundaligi” nomli hikoya va she’rlari to‘plami nashrdan chiqqan.
    2010 yilda Ozarbayjonda chop etilgan Turkiy xalqlar shoirlarining she’rlari to‘plamida O‘zbekistonlik taniqli ijodkorlar qatorida she’rlari ozarbayjon tilida chop etilgan.
    2010 yilda “Kelajak ovozi” Respublika iqtidorli yoshlar tanlovining “Adabiyot va publisistika” yo‘nalishi g‘olibi.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Husniya Pardayeva (1981)

    Husniya Pardayeva 1981 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 
    2002 yili O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti tamomlagan.
    Uning matbuot sahifalarida bir qancha maqola va hikoyalari chop etilgan.
    Hozirda “Hordiq” gazetasida muxbir lavozida ishlamoqda.
    2009 yil “Assalom baxt, Alvido qayg‘u” nomli hikoyalar to‘plami nashrdan chiqqan.

    (Кол-во материалов: 9)
  • Boshqa asarlar (Кол-во материалов: 179)
  • Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)

    Taniqli dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yili Samarqandda tug‘ilgan. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga ko‘tariladi. 
    Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. 
    Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903-04), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolai asbobi savod» («Savod chiqarish kitobi», 1904), «Risolai jug‘rofiyai umroniy» («Aholi geografiyasiga kirish», 1905), «Muntahabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiya», 1906), «Kitobat ul-atfol» («Bolalar xati», 1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. 
    Keyinchalik (1908 yilda) Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi o‘z hovlisiga qo‘chirib keltiradi. Behbudiy 1911 yilda «Padarkush» dramasini yozdi. Bu birinchi o‘zbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda bo‘lib, o‘qimagan, johil va nodon bolaning o‘z otasini o‘ldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini «milliy fojia» deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yo‘l qo‘ymaydi. «Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining 100 yillik yubileyi sanasiga bag‘ishlanadi» degan vaj bilan Tiflis (Tbilisi) senzurasidan o‘tkazadi. Drama 1913 yil bosilib chiqqan, ammo sahnaga qo‘yish uchun yana bir yilcha vaqt ketadi. Asar Samarqandda 1914 yil 25 yanvarda sahnaga qo‘yildi. Drama xalqqa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Abdulla Qodiriy «Baxtsiz kuyov» dramasini shuning ta’sirida yozgani ma’lum. «Padarkush» ham janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan asar bo‘ldi. Drama Toshkentda 1914 yil 27 fevralda Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi. 
    Behbudiy «Samarqand» gazetasini chiqaradi. Gazeta o‘zbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr to‘xtadi. Shu yil 20 avgustdan u «Oyna» jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan o‘zbekcha bo‘lib, she’r, maqola (forscha), e’lonlar (ruscha) ham berib boriddi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. 
    Behbudiy kitob nashrini ham yo‘lga qo‘yadi. Fitratning «Bayonoti sayyohi hindi»sini ruschaga tarjima qildirib bostirdi (1913). 
    Behbudiy 1914 yil 29 mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa shaharlarida bo‘ladi, 8 iyunda Istanbulga keladi. Undan Adanaga o‘tib, yana Istanbulga qaytadi va 20 iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. So‘ng Quddus, Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port-Said, Shom shaharlarida bo‘ladi. Sayohat xotiralari «Oyna» jurnalida bosilib turadi. Bu «xotiralar» har jihatdan muhim bo‘lib, an’anaviy tarix-memuar janrining 20-asr boshidagi o‘ziga xos namunasi edi. Muallif unda yo‘l taassurotlariga, kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng o‘rin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan buyuk zotlar haqida ma’lumotlar to‘playdi. Turli-tuman millatlar, ularning urf-udumlari, turmush madaniyati bilan qiziqadi. Ayniqsa, din, e’tiqod masalalariga katta ahamiyat beradi.
    «Oyna» jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisobladi. Jurnalning birinchi sonidayoq «Ikki emas, to‘rt til lozim», degan maqola bilan chiqib, o‘zbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij (mas, fransuz) tilini bilish shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi («Har millat o‘z tili ila faxr etar» —1914, ? 35), o‘zaro munosabatlari («Til masalasi» — 1915, ? 11,12) haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Adabiy tanqidga katta e’tibor berdi. Uning xususiyatlarini belgilashga urindi. Boshqa adabiy janrlar bilan tenghuquqligi masalasini ko‘tardi («Tanqid saralamoqdir» — 1914, ? 27). Millat sha’nini oyoqosti qiluvchi fikr-qarashlarga zarba berib, Turkiston xalqini o‘z nomi bilan atamoq lozimligini talab qilib chiqdi («Sart so‘zi majhuldur» 1915, ? 22,23,25,26).
    Behbudiy matbuotimiz tarixida maqolanavis sifatida alohida mavqega ega. Uning hozircha aniqlangan maqolalarining soni 300 ga yetadi. Ular xilma-xil mavzuda. Ilk maqolalaridayoq kommunistik mafkurani keskin rad etgan, «xayoliy», «bu toifaga qo‘shulmoq biz, musulmonlar uchun nihoyatda zararlik» deb yozgan edi («Xayrul umuri avsatuho» — «Ishlarning yaxshisi o‘rtachasidir», «Xurshid» gazetasi, 1906, 6-son). O‘zlikni anglashni muhim biladi. «Qabilasini(ng) ismini va yetti otasining otini bilmaydurgonlarni «marquq» derlar», deb yozadi («Sart so‘zi majhuldur», «Oyna» jurnali, 1914, ? 23). 
    1917 yilning oxiri 1918 yilning boshlarida jadidlar qurgan ilk demokratik davlatchilik namunasi Turkiston muxtoriyatining taqdiri hal bo‘layotgan bir paytda o‘lka xalqlarini birlikka chaqiradi.
    Behbudiy ijtimoiy-siyosiy ishlarga qizg‘in qo‘shildi. Aslida bu faoliyat 1906 yildan boshlangan. Shu yili «Rusiya musulmonlari ittifoqi»ning Nijniy Novgorodda o‘tkazilgan qurultoyida qatnashgan edi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan (1917) Turkiston musulmonlarining qurultoyida ishtirok etib, nutq so‘zladi. U musulmonlar orasidagi har qanday ixtilofga qarshi chiqdi. Behbudiy shu qurultoyda o‘lka musulmonlar sho‘rosining raisi etib saylandi. 1917 yil 26 noyabrda Qo‘qonda o‘lka musulmonlarining 4-favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27 noyabrga o‘tar kechasi «Turkiston muxtoriyati» e’lon qilindi. Uning g‘oyaviy asoschilaridan biri Behbudiy edi. Muxtoriyat sho‘rolar tomonidan vahshiyona bostirildi. Behbudiy may oyining boshlarida Samarqandga qaytadi. U yerda ko‘p tura olmay Toshkentga keladi. Turkiston sho‘rolar hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi, ammo natija chiqmaydi. 1919 yilning erta bahorida mamlakatdan chiqib ketayotganida Shahrisabzda Inqilobiy favqulodda komissiya ayg‘oqchilari ko‘magida Buxoro amirligi odamlari tomonidan qo‘lga olinadi, hamrohlari Muhammadqul va Mardonqul bilan birgalikda Qarshida zindonga tashlanadi va qatl qilinadi. Bu voqea Samarqandda bir yildan keyin ma’lum bo‘ladi. Fitrat, Cho‘lpon, Ayniy va boshqa shoirlar Behbudiy ga atab marsiyalar yozganlar.
    O‘zbekistonda (H. Sayid, N. Avazov, Z. Ahrorova), Tojikistonda (R. Xodizoda), Germaniyada (I. Baldauf; B. Qosimov bilan hamkorlikda), AQShda (E. Olvort) va boshqa mamlakatlarda Behbudiy hayoti va ijodi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Toshkent shahrida ko‘cha va maktabga Behbudiy nomi qo‘yilgan.

    Begali Qosimov

    (Кол-во материалов: 3)
  • Dilrabo Mingboyeva (1981)

    Dilrabo Mingboyeva Samarqand viloyati Payariq tumanida tug'ilgan.
    O'zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini bakalavriatini (2003), magistraturasini (2008) tamomlagan. Oliy adabiyot kursida ta'lim olgan.
    "Yomg'irzor" she'riy to'plami, "Timsollar tilsimi" ilmiy-ommabop kitobi chop etilgan. 
    Hozirda "Akademnashr" nashriyotida Bosh muharrir lavozimida ishlamoqda. 

    (Кол-во материалов: 3)
  • Abdulla Avloniy (1878-1934)

    Mashhur o‘zbek ma’rifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Eski maktabda savod chiqardi, madrasada tahsil oldi. Oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qildi, g‘isht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik, binokorlik kabi kasblar bilan shug‘ullandi, «Imoratchi usta» degan nom oladi.
    Abdulla Avloniy she’rlari 15 yoshidan boshlab matbuotda ko‘rina boshladi. Jadidchilik harakati rahbarlaridan biri bo‘lgan Avloniy 1904 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida jadid maktabini, 1909 yilda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tashkil etadi. 1905-1917 yillarda matbuotdagi qizg‘in faoliyati, ko‘plab publitsistik maqolalari bilan «bir yoqdan milliy islohot uchun mafkura hozirlag‘on, ikkinchi yoqdan el orasiga o‘zgarish tuxmini sochg‘on» ham( Abdulla Avloniy bo‘ldi. Avloniy o‘zi nashr etgan «Shuhrat» (1907) nomli gazetasi faoliyatini shunday baholagan edi.
    U Turkistonda birinchilardan bo‘lib maktabga geografiya, kimyo, xandasa, fizika fanlari kiritilishiga ta’sir ko‘rsatdi, ta’limni real turmush bilan bog‘lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o‘rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishdagi imtihonni joriy etdi, ta’lim tizimining dunyoviy yo‘nalishini kuchaytirshiga alohida e’tibor berdi. Uning «Birinchi muallim» («Muallimi avval», 1909), «Ikkinchi muallim» («Muallimi soniy», 1912) nomli darsliklari, «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Gulistoni maktab» (1917), «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1916, 6 qism) kabi qo‘llanmalari maktablarda o‘qitilgan.
    Avloniy «Turon» (1917) gazetasiga «Yashasin xalq jumhuriyati» degan shiorni tanladi, «Turon» nomli teatr to‘garagini tashkil etib, iqtidorli yoshlarni to‘pladi, ayrim rollarni ijro etishda o‘zi ham qatnashdi. Shoir Afg‘onistonda elchi bo‘ldi, turli o‘quv yurtida dars berdi. Abdulla Avloniyning Hijron, Nobil, Indamas, Shuhrat, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegiboy degan taxalluslari bo‘lgai. U 1934 yil 24 avgustda Toshkentda vafot etdi. Avloniy ijodi bo‘yicha Begali Qosimov ilmiy izlanishlar olib borgan.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Shukurjon Islomov (1983)

    Shukurjon Islomov 1983-yil 4-oktabrda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 
    Toshkent davlat texnika universitetining "Neft va gaz" fakultetini 2007 yili tamomlagan.
    Asl mutaxassisligi geofizik-injener. 2007 yildan beri Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasida ishlab keladi.
    Hikoya va hajviyalari matbuotda e’lon qilingan. Shaxsiy blogi: http://shukurjon83.blogspot.com/

    (Кол-во материалов: 5)
  • Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931)

    Munavvarqori Abdurashidxonov 1878 yilda Toshkentning Shayhontohur dahasidagi Darxon mahallasida dindor ziyoli oilasida tavallud topgan. Otasi Abdurashidxon madrasada mudarris, onasi Xosiyatxon mahallaning otin oyisi bo‘lgan.
    Munavarqori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla maktabidan olib savodini chiqardi. So‘ngra Toshkentdagi Yunusxon madrasasida va Buxoro madrasasida ta’lim oldi. 1904 yildan boshlab faol ijtimoiy hayotga kirib bordi.
    «Sho‘roi Islom» tashkilotining (1917 - 18) ideologi va rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 1929 yilda nohaq millatchiliqda ayblanib qamoqqa olindi va 1931 yilda otib tashlandi. Uning hoki Moskvadagi Vagankovo qabristonidadir. Munavvarqori 1903 yildan jadid maktablari ochib, dars bergan. Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan «Adibi avval» («Birinchi adib», 1907) alifbe kitobi, «Adibi soniy» («Ikkinchi adib», 1907. Unda «Himmatli faqir» she’ri keltirilgan) o‘qish kitoblari bir necha bor nashr qilingan.
    1908 yil uning «Sabzazor» (to‘plam), «Yer yuzi» (geografiyadan), «Tajvidal Qur’on» (Quronni o‘qish usulini o‘rgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo‘llangan. 1906-1917 yillarda jadid gazetalarida muharrirlik qilgan, «Xurshid», «Najot», «Kengash» kabi gazeta va bir qancha jurnallarga asos solgan, jadidlar teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan.
    Munavvarqori millatimizning ma’rifiy kelgusi va mustaqillik yo‘lini munavvar qilib ketgan zotdir. «Chor hukumatini yo‘qotish jadidlarning tilagida bor edi» deb yozgan edi 20-yildagi maqolalaridan birida u.

    (Кол-во материалов: 7)
  • Xoliyor Safarov (1983)

    Xoliyor Safarov 1983-yil 21-fevralda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Ayritom qishlog‘ida tug‘ilgan.
    2005-yilda Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
    2003-yildan «Erudit» IM markazida, 2008-yildan «Bekajon» gazetasida faoliyat yuritadi.
    Ilk she’rini 5-sinfda, ilk hikoyasini 9-sinfda yozgan.
    Birinchi kitobi – «Oy botmagan kechalar» 2010 yilda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 15)
  • Sadriddin Ayniy (1878-1954)

    Yozuvchi, olim va jamoat arbobi Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878 yili Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. O‘zbek va tojik tilida yozgan. Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademigi va birinchi prezidenti (1951—54), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy a’zosi (1943), Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1940), filologiya fanlari doktori (1948), professor (1950). 
    Avval eski maktabda (1884—87), keyin madrasalar: Mir Arab (1890—91), Olimxon (1892—93), Badalbek (1894—96), Hoji Zohid (1896-99), Ko‘kaldosh (1899-1900)da tahsil olgan. Ahmad Donish va ozarbayjon yozuvchisi Hoja Marog‘iyning hamda jadid ma’rifatparvarlarining asarlari uning dunyoqarashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniy Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun o‘quv qo‘llanmalar, ommani ilm-ma’rifatga chaqiruvchi she’r va hikoyalardan iborat «Yoshlar tarbiyasi» (1909) darsligini tuzadi. «Yosh buxoroliklar» harakatida faol qatnashadi. 
    1918—21 yillarda tojikcha, o‘zbekcha marsh, qo‘shiq va she’rlar yaratadi. «Buxoro jallodlari» (1922) povesti, «Buxoro mang‘it amirligining tarixi» (1921) asarida Buxoroning ijtimoiy-siyosiy hayoti ifodalangan. «Odina», «Qiz bola yoki Xolida» (1924), «Tojik adabiyotidan namunalar» (1926), «Qul bobo yoki ikki ozod» (1928) kabi qissa, hikoya, ocherklari muhim ahamiyatga ega. Ayniy tojik va o‘zbek adabiyotlarining ming yillik tarixiy taraqqiyotida yetishib chiqqan 200 dan ortiq shoir, tarixchi, olim, tazkiranavislar hayoti va ijodi haqida ma’lumot beradi. 
    Ayniy 1927-29 yillarda yirik romani «Doxunda»ni tojik tilida nashr ettirdi. 1934 yilda esa o‘zbek tilida «Qullar» romanini yaratdi. Unda o‘zbek va tojik xalqining yuz yillik hayoti aks etadi. Ayniyning «Eski maktab» (1935) asarida eski maktabdagi o‘qish va o‘qitish haqida hikoya qilinadi. Yigirmanchi yillarda e’lon qilingan qator hajviy asarlari, «Yana bu qaysi go‘rdan chiqdi», «Puling halol bo‘lsa, to‘y qil» (1924), «Mashrab bobo», «Ye, to‘nim» (1925), «Bilganim yo‘q», «Kengash» (1926) kabi o‘zbekcha feletonlari, hajviy she’r va maqolalari, ayniqsa, «Sudxo‘rning o‘limi» (1939) hajviy povesti yozuvchining mohir satirik ekanligini ko‘rsatdi. 
    Muqanna va Temurmalik boshchiligidagi xalq qo‘zg‘olonini aks ettiruvchi adabiy-tarixiy ocherklar yozdi. U to‘rt qismdan iborat «Esdaliklar»ida (1949—54) Buxoroning o‘tmish hayoti va o‘sha davr ijtimoiy-madaniy muhitini yoritadi. A. adabiyotshunos, tilshunos, sharqshunos olim sifatida «Firdavsiy va uning «Shohnoma»si haqida» (1934), «Kamol Xo‘jandiy», «Shayxurrais Abu Ali ibn Sino» (1939), «Ustod Rudakiy» (1940), «Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy» (1942), «Alisher Navoiy» (1948), «Zayniddin Vosifiy» (uning «Badoe ul-vaqoe» asari haqida»), «Mirza Abdulqodir Bedil», Muqimiy, G‘afur G‘ulom va Said Nazar haqidagi asarlari o‘zbek va tojik adabiyotshunosligi va tanqidchiligida, «Fors va tojik tillari haqida», «Tojik tili» kabi ilmiy ishlari tojik tilshunosligida muhim voqea bo‘ldi. 
    Ayniyning «Doxunda», «Qullar», «Sudxo‘rning o‘limi» va «Esdaliklar» asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalaridagi bir qator shahar, tumanlar, qishloqlar, ko‘chalar, maktablar, kutubxonalar, san’at va madaniyat muassasalari Ayniy nomiga qo‘yilgan. Samarqandda Ayniy yodgorlik uy-muzeyi ochilgan (1967).

    (Кол-во материалов: 3)
  • Akbar Rustamov (1983)

    Akbar Rustamov 1983 yilda 26 avgustda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tug‘ilgan. 
    Buxoro davlat universitetini tugatgan. 
    Hajviyalari, ilmiy maqolalari respublika matbuotida, adabiy va ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan. "Mahalla" gazetasining viloyat bo‘yicha maxsus muxbiri (2004 yildan).

    (Кол-во материалов: 3)
  • Abdurauf Fitrat (1886-1938)

    Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886 yil Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ildi.1909-1913 yillarda esa adib Turkiyada, Istanbul doilfununida tahsil oladi. U yerda zamondoshlari bilan birgalikda «Buxoro ta’limi (umumiy) maorif jamiyati» ni tuzadi. 
    Fitrat 1919-20 yillarda Afg‘oniston hukumatining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimon, «Turon», «Buxoroi sharif», «Oina» kabi ko‘pgina gazeta va jurnallarni tashkil etishda bosh - qosh bo‘ddi, Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» tashkilotiga rahbarlik qildi, Buxoro xalq Respublikasining bir qator rahbar lavozimlarida ishladi. Buxoro amiriga berilgan ultimatum ham uning qalami bilan yozildi.
    1923-1924 yillarda Fitrat ma’lum muddat Leningradda, so‘ngra Moskvada yashadi. Unga o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib professor ilmiy unvoni berildi. Adib ilk aspirantlarga rahbarlik qildi, Buxoroda musiqa maktabi ochdi. O’smirlik yillari u Mijmar («cho‘g‘don») taxallusi bilan, so‘ngra Fitrat («tug‘ma iste’dod») taxallusi bilan ijod qildi.
    Fitratning «Muxtasar islom tarixi»(1915), «Ro‘zalar», «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Qiyomat» kabi asarlari diniy mavzuda yozilgan. Qomusiy bilim va badiiy iste’dod egasi bo‘lgan Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlangan.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Abu Bakir (1983)

    Abu Bakir (O‘rozov) 1983 yil 24 martda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 
    2006 yil Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. 2006—2008 yillari O‘zMUning jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
    Asarlari matbuotda va turli to‘plam va almanaxlarda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)

    Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889.6.3, Qo‘qon — 1929.18.8, Farg‘ona viloyati Shohimardon qishlog‘i) — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1926). Solkashon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896—1906), keyin qisqa muddat Namangan madrasasida (1908) tahsil ko‘rgan. 1909 yilda Kogonda matbaada ishlagan. So‘ngra Toshkentga kelib, usuli jadid maktablarining o‘quv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida (1910), keyin Qo‘qon shahrining Hojibek guzarida (1911) va Marg‘ilonda (1914) ochgan. Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qo‘qondagi rus-tuzem maktabida o‘qituvchi, «Sho‘roi islom» tashkilotining ozuqa sho‘‘basida mirza, «Kengash» va «Hurriyat» jurnallarida muharrir (1917), Farg‘ona viloyati madaniy-maorif bo‘limida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi O‘lka musulmon siyosiy truppasida rejissyor (1919), «Dor ush-shafaqa» maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targ‘ibot-tashviqot sho‘‘basi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining madaniy-ma’rifiy muassasalarida mudir (1921—24), Farg‘ona maorif qo‘mitasi qaramog‘idagi ong-bilim sho‘‘basida mudir o‘rinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926 yildan erkin ijod bilan shug‘ullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirig‘i bilan 1928 yil avgustdan Shohimardonda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borgan va so‘nggi safari chog‘ida halok bo‘lgan.
    Hamzaning adabiy ijodi 1905—06 yillarda boshlangan. Hamza 1908 yil qo‘shni o‘lkalarda nashr etilgan ilg‘or gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik g‘oyalari bilan tanishgan. Ma’rifatli kishilar ta’sirida «milliy she’rlar» yoza boshlagan. Hamza shu yili «eski podsholar turmushidan» olingan «Haqiqat kimda?» degan «roman» ham yozgan (bu asar o‘sha vaqtdayoq yo‘qolgan). Hamza 1905 yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda g‘azallar yoza boshlagan. 1914 yilda tartib berilgan qo‘lyozma devoniga shoirning 1905—14 yillarda «Nihoniy» taxallusi bilan yozgan 214 ta she’ri kiritilgan.
    1908—10 yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bog‘lagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi o‘quv qo‘llanmalari yaratish yo‘li bilan xalqni ma’rifatlashtirish maqsadida Qo‘qon va Marg‘ilonda ochgan maktab o‘quvchilari uchun «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi» (1914) va «Qiroat kitobi» (1915) o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlagan.
    Hamza katta yoshdagi kishilar uchun «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» umumiy nomi ostida «gul» to‘plamlarini e’lon qilgan (1915—19). Hamza mazkur majmualari (8 bo‘limdan iborat) bilan o‘zbek she’riyatiga yangi mazmun va yangi g‘oyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan.
    Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning «Yangi saodat» (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan o‘zbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan qissa bo‘lib, unda kambag‘al yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan.
    Hamza 1914-16 yillarda «O‘ch» (1914), «Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari» (1915), «Ilm hidoyati», «Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi», «Ochlik qurbonlari» (1916), «Muxtoriyat yoki avtonomiya» (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan.
    Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda «o‘zbek sovet adabiyoti»ning, teatrining asoschisi sifatida ko‘kka ko‘tarilgan. Hamza nomi bilan bog‘lanib kelingan O‘lka sayyor drama truppasi aslida Skobil (Farg‘ona) sayyor truppasi deb atalib, unga G‘afur Musaxonov rahbar bo‘lgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissyor va suflyor bo‘lib xizmat qilgan. Shu vaqtda u «Kim to‘g‘ri?», «Tuhmatchilar jazosi», «Boy ila xizmatchi», «Ishchilar hayotidan» (1918), «Loshmon fojiasi» (1916—18, 3 bo‘limli), «Farg‘ona fojiasi» (1918—20, 4 bo‘limli), «Qizil qon ichida yosh go‘daklar», «Mahbus to‘raning holi» (1919) singari pesalarni yozgan (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza «Zaharli hayot» dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan bo‘lsa, «Tuhmatchilar jazosi», ayniqsa, «Boy ila xizmatchi» singari pesalarida realizm tomon yaqinlashgan. Ammo Hamza ko‘p o‘tmay, targ‘ibot va tashviqot yo‘nalishidagi «Pastki sho‘rolar saylovi munosabati ila yozilg‘on Cho‘pcharlar», «Pastki sho‘rolar tuzmasida saylovg‘a kirolmagan bir eshon o‘pkasiga javoban», «Burungi saylovlar» (1926) singari pesa va instsenirovkalarni yozishga katta e’tibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi to‘g‘risidagi soxta g‘oyasiga ishonib, «Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari» (1927) pesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik g‘oyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan. Biroq 1926 yili Hamza o‘zbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: «Maysaraning ishi» komediyasi va «Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi» dramasini yaratgan.
    Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda Hamzaning «Boy ila xizmatchi» pesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari asosida «qayta tiklangan» bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida taqdim etilib kelingan.
    Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman (K.Yashin asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A. Umariy asari, 1941), kinofilm (stsenariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissyor Z.Sobitov, 1960), 16 seriyali badiiy film (stsenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va Sh.Abbosov, rejissyor Sh.Abbosov, 1975—84) va hujjatli film (stsenariy muallifi L.Qayumov, rejissyor N.Otaullaeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qo‘qon shaharlari hamda Farg‘ona vodiysidagi teatr, maktab, ko‘cha va shirkat xo‘jaliklariga, Toshkent shahridagi metro stantsiyasiga shoir nomi berilgan.

    Naim Karimov
    (Кол-во материалов: 9)
  • Nurilla Chori (1983)

    Nurilla Chori 1983 yil 8 martda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 
    2007 yil O‘zMUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
    Asarlari matbuotda va turli to‘plam va almanaxlarda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Abdulhamid Cho‘lpon (1897-1938)

    Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon (Yunusov) 1897 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. Dastlab madrasada (1908—12), so‘ngra rus-tuzem maktabida (1912—14) taxsil olgan. She’riy asarlari «O‘zbek yosh shoirlari», «Uyg‘onish» (1922), «Buloqlar» (1923), «Tong sirlari» (1926) va «Soz» (1935) to‘plamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda e’lon qilingan. 20-yillarda yozgan «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz» singari hikoyalari o‘zbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. «Kecha va kunduz» (1936) romani hamda «Yorqinoy», «Xalil farang», «O‘ldiruvchi» (1921), «Sevgi va saltanat», «Cho‘pon sevgisi» (1922) kabi pesalari ham bor (bu asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelmagan). Uning tarjimasidagi U. Shekspirning «Hamlet» tragediyasi o‘zbek tarjima san’atining shoh namunasi hisoblanadi.
    U 1938 yil 14 iyul kuni hibsga olinib, ko‘p o‘tmay, Toshkent shahri atrofida otib tashlangan. Vafotidan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va «Mustaqillik» ordeni (1999) berilgan.

    (Кол-во материалов: 8)
  • Jo‘rabek Ramazonov (1983-2014)

    http://ziyouz.com/images/stories/ramazonov.jpgJo‘rabek Ramazonov 1983 yil Surxondaryo viloyatining Boysun shahrida tug‘ilgan. Tumandagi 1-maktabda tahsil olgan. Ijod namunalari respublika matbuotida e'lon qilingan. O‘zbekiston yosh ijodkorlarining an’anaviy “Zomin” seminari ishtirokchisi. “Tavallo” (2003), “Bugun” (2008), “Yur, qochib ketamiz” (2011) nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. “Boysun” gazetasining adabiy bo‘lim muharriri bo‘lib ishlagan. 2014 yili yurak xurujidan vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 7)
  • G‘afur G‘ulom (1903-1966)

    G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1963). Toshkent shahrida Ko‘rg‘ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) tahsil olgan. «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qo‘shiqlar» (1932), «Ko‘kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi she’rlar», «She’rlar» (1946), «O‘zbek elining g‘ururi» (1949), «Sharaf qo‘lyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956—59, 4 jildli) she’riy to‘plam va dostonlari, «Jo‘rabo‘za» hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» (1929) pesasi hamda «Netay» (1932), «Tirilgan murda» (1935), «Yodgor», «Shum bola» (1938) kabi qissalar muallifi. Asarlari asosida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan («Shum bola» va boshqa). «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

    (Кол-во материалов: 7)
  • Anvar Suyunov (1983)

    Anvar Suyunov 1983 yilning 29 aprel kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    Ilk kitobi “Qushlarga to‘la osmon” (she’riy to‘plam) nomi bilan chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 12)
  • Botu (1904-1938)

    Atoqli shoir va journalist Botu (asl ismi Mahmud Hodiyev) 1904-yil 15-may kuni Toshkentda tug‘ilgan. Rus-tuzem maktabi (1914—17), o‘qituvchilar tayyorlash kursi (1918—20), Moskva davlat universitetining iqtisod fakulteti (1921—27) da o‘qigan. 
    «Farg‘ona» gazetasi, «Alanga» jurnalida bosh muharrir, ayni vaqtda O‘zbekiston xalq maorifi komissari o‘rinbosari bo‘lib ishladi (1928—30). 
    Dastlabki she’rlarida Munavvar qori singari milliy istiqlolchilar ta’siri seziladi. «Umid uchqunlari» (1925), «To‘lqin tovushlari» (1929) to‘plamlari nashr etiladi. U yangi tuzumga chin dildan ishongan, xalqqa haqiqiy tenglik, ozodlik, baxtsaodat beradi, deb umid qilgan. Shu ma’noda yangilikni, yoshlikni, Xotin-qizlar ozodligini kuyladi. 
    Botu «Yangi qishloq» (1928), «Hoshim jon», «Tursun» (1929), shuningdek bolalarga bag‘ishlangan hikoyalari («Bolalar yolg‘oni», «Mening kitobim» va b.)da yangi ijtimoiy munosabatlar hamda bolalar dunyosi ruhiyatini tasvirladi.
    Botu o‘zbek-arab alifbosini lotin grafikasi asosidagi alifboga almashtirish tashabbuskorlaridan bo‘lgan (1920). Tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalariga oid bir qator maqolalar muallifi. Botu 1930 yilda nohaq ayblanib, qamoqqa olindi va qatag‘on qurboni bo‘ldi. Toshkent ko‘chalaridan biriga va maktabga Botu nomi qo‘yilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Bunyod Abdullayev (1983)

    Bunyod Abdullayev 1983-yil 14-iyun kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug'ilgan.
    2005-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini, 2010-yili Londonning Edguar akademiyasini tamomlagan.
    "Hurriyat", "Jamiyat" gazetalarida ishlagan. Hozirda O'zbekiston Milliy axborot agentligida mehnat qilmoqda. 
    "Oltin ko'prik" to'plamida hikoyalari e'lon qilingan. Maqolalari O'zbekiston va xorij matbuotida nashr qilingan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Uyg‘un (1905-1990)

    Shoir va dramaturg Uyg‘un (asl ism-sharifi Otaqo‘ziyev Rahmatulla) 1905-yil 14 mayda Jambul viloyatining Marki qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1965). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1956). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1974). Mehnat Qahramoni (1985). 
    Samarqanddagi pedagogika akademiyada tahsil ko‘rgan (1927—30). O‘zbekiston davlat nashriyotida bo‘lim mudiri, «Qurilish» jurnalida mas’ul kotib (1930—31), Madaniy qurilish (1932—33) hamda Til va adabiyot instituti (1933— 43)da ilmiy xodim, sektor mudiri. Hamza nomidagi drama teatrida repertuar bo‘yicha badiiy rahbar o‘rinbosari (1947—48), «Sharq yulduzi» jurnalida bo‘lim mudiri (1948—50), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari (1949—50), raisi (1951—54), ayni vaqtda «Sharq yulduzi» jurnalida mas’ul muharrir (1950-51).
    Dastlabki she’rlar to‘plami — «Bahor sevinchlari» (1929). Uyg‘un ijodi 3 bosqichdan iborat. Ijodining dastlabki bosqichida lirik shoir sifatida shakllangan. Ayni paytda «Jontemir» (1931—35), «Brigadir Karim» (1934), «Gulasal» (1934-35), «Ukraina yellari» (1935) kabi liroepik asarlari bilan shu davr dostonchiligi taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shgan. Bundan tashqari, u adabiy meros va zamonaviy adabiy jarayon muammolariga doir maqolalar ham yozgan. Fashizmga, bosqinchilik urushita qarshi kurash pafosi 
    Uyg‘un ijodining 2-bosqichdagi bosh yo‘nalishini belgilab berdi («G‘azab taronasi», 1942; «G‘azab va muhabbat», 1943; «She’rlar», 1944). Bu davrda Uyg‘un dramaturgiyaga ham murojaat etib, vatanparvarlik ruhidagi «Ona», ulug‘ o‘zbek shoirining 500 yilligiga bag‘ishlangan «Alisher Navoiy» (1942, Izzat Sulton bilan hamkorlikda) dramalarini hamda «Qaltis hazil» (1944) komediyasini yozdi. Urushdan keyingi yillarda saqna yuzini ko‘rgan «Alisher Navoiy» dramasi keng tomoshabinlar ommasinint Navoiyni kashf etishi va ulug‘ shoirga muhabbat tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilishida, shuningdek, o‘zbek adabiyotida tarixiy-biografik drama janrining taraqqiyotida muhim ahamiyatga molik bo‘ldi. Shundan so‘ng Uyg‘un urush va urushdan keyingi mashaqqatli yillarga bag‘ishlangan «Hayot qo‘shig‘i» (1947), «Oltinko‘l», «Navbahor» (1949) dramalarini yaratdi. So‘nggi dramasi bilan Uyg‘un ijodiga qishloq hayoti mavzui kirib keldi. Dramaturg bu asarida urush davrida vayron bo‘lgan jamoa xo‘jaligi qayoti misolida eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurash mavzuini birinchilardan bo‘lib urushdan keyingi o‘zbek adabiyotiga olib kirdi. 
    Uyg‘un ijodining so‘nggi, 3-bosqichi 50-yillarning o‘rtalaridan boshlangan. Uyg‘un tinchlik uchun kurash, vatanparvarlik, mehnatsevarlik singari o‘sha davr adabiyoti uchun muhim hisoblangan mavzularda ko‘plab she’rlar yozgan («Tinchlik kuylari», 1960; «Hayot chaqiradi», 1961). Quruq ritorika va pand-nasihatdan iborat bo‘lgan bu she’rlar shu davr she’riyati tarixida biror iz qoldira olmagan. 
    Uyg‘un ko‘proq dramaturgiya janrlarida qalam tebratgan. «Navbahor» dramasida ko‘tarilgan qishloq mavzuini yana davom ettirib, xotinqizlarning jamoa xo‘jaligiga mohirlik bilan rahbarlik qilishi mumkinligi («Hurriyat», 1959), paxta yakkahokimligi davri fojialari («Parvoz», 1963), shaxsga sig‘inishning qishloq sharoitidagi oqibatlari («Shubha», 1961), tibbiyot xodimlarining inson salomatligi uchun mas’ulligi («Qotil», 1965) kabi masalalar haqida bahs yurituvchi pyesalar yozgan. «Paxta uchun kurash»ning salbiy oqibatlari fosh etilgan «Parvoz» dramasi esa sovet voqeligini buzib ko‘rsatishda ayblanib, sahnadan olib tashlangan.
    Uyg‘unning yoshlar ma’naviyati muammosiga bag‘ishlangan «Parvona» (1966) komediyasi jamoatchilik tomonvdan samimiy kutib olingan. Uyg‘un O‘rta Osiyo xalqlarining mash’al siymolari haqida hikoya qiluvchi «Abu Rayhon Beruniy» (1973), «Abu Ali ibn Sino» (1979), «Zebunnisobegim» (1982) tarixiy dramalarini yaratdiki, bu asarlar «Hurriyat», «Parvona» va «Parvoz» pyesalari bilan birga dramaturg ijodining 3-bosqichidagi yutuqlari hisoblanadi. 
    Uyg‘un birinchi o‘zbek baleti «Gulandom» (1939) librettosi muallifi, «O‘zbekiston qilichi» (1942) pyesasi, «Alisher Navoiy» (1947) va «Avliyoning sarguzashtlari» (1958) kinossenariylarining esa mualliflaridan biri.
    Uyg‘unning adabiy merosida tarjima asarlar alohida o‘rinni egallaydi. Urushgacha bo‘lgan davrda A. S. Pushkin va M. Yu. Lermontov asarlari tarjimasida muayyan tajriba orttirgan shoir keyinchalik L.N.Tolstoyning «Hojimurod», A.P. Chexovning «Chayka», U. Shekspirning «Yuliy Sezar» va «Veronalik ikki yigit» asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1984).

    (Кол-во материалов: 2)
  • Nosirjon Jo‘rayev (1984)

    Nosirjon Jo‘rayev 1984-yili Namangan viloyatining Namangan tumaniga qarashli Sho‘rqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. 2001-2007 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining bakalavr, magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ulg‘ayish kunlari”, “Muhabbatdan so‘ng...”, “Eng qudratli zarra” kabi she’riy kitoblari, “Noyabr kuyi” va “Kibor” nomli qissasi e’lon qilingan. Hozirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adib” nashriyoti bosh muharriri.

    (Кол-во материалов: 7)
  • Abdulla Qodiriy (1894-1938)

    Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Musulmon maktabida (1904—06), rus-tuzem maktabida (1908-12), Abulqosim shayx madrasasida (1916—17) ta’lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida (1925—26) o‘qigan. Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi (1918), «Oziq ishlari» gazetasining muharriri (1919), Kasabalar sho‘rosining sarkotibi (1920), «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan va tahrir hay’ati a’zosi (1923—26). «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she’rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz» hikoyasi yozuvchining dastlabki asarlaridir (1914-15). «Uloqda» hikoyasi (1916), «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» (1920) kabi satirik hikoyalar muallifi.
    «O‘tgan kunlar» (1924-26), «Mehrobdan chayon» (1929) romanlari, «Obid ketmon» (1934) qissasi yozuvchining ulkan mahoratini o‘zida mujassam etgan. Abdulla Shunosiyning «Fizika» (1928), N. V. Gogolning «Uylanish» (1935), A. P. Chexovning «Olchazor» (1936) asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Abdulla Qodiriy 1926 yilda «Mushtum»da bosilgan «Yig‘indi gaplar» maqolasi tufayli qisqa muddat qamalgan. 1937 yilning 31 dekabrida esa «xalq dushmani» sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Toshkent shahrida otib tashlangan.
    Uning asarlari 1956 yildan boshlab oqlangan.
    Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991), «Mustaqillik» ordeni bilai mukofotlangan (1994).

    (Кол-во материалов: 6)
  • Nargiza Asad (1984)

    Nargiza Asad 1984-yil Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani Gul qishlog‘ida tavvallud topdi.
    Talabalik yillaridagi ilmiy-ijodiy izlanishlari samarasi o‘laroq, uning “Saodat manzili” ilmiy maqolalar  va “Ishq ostonasi” nomli she’riy to‘plamlari chop etildi.
    Ayni vaqtda u jurnalistika sohasida faoliyat yuritib, “Turkiston-press” axborot agentligida ishlamoqda. “Yuragimning sarhadlari” nomli she’riy kitobi 2011 yil nashrdan chiqdi. Shu bilan birga Nargiza ijodkor ayollar uchun o‘tkazilgan “Atirgul” mukofoti sohibasi hamda mustaqilligimizning qutlug‘ 20 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Sobir Abdulla (1905-1972)

    Shoir, yozuvchi va dramaturg Sobir Abdulla (asl ism-sharifi Abdullayev Sobir) 1905-yili Qo‘qonda tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1965). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1944). 
    Dastlab eski maktab, so‘ng «usuli jadid» maktabini tugatgach, Qo‘qondagi pedagogika bilim yurti (1922—24), Toshkentdagi mahalliy kadrlarni tayyorlash kursi (1924—26) da o‘qigan. 1926—48 yillarda «Yangi Farg‘ona», «Yosh leninchi» gazetalarida adabiy xodim, «Mushtum» jurnalida bo‘lim mudiri, Andijon viloyat teatri, O‘zbek davlat filarmoniyasi va Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh (1936).
    Ilk sherlar to‘plami — «Erk ilhomlari» (1931). Shundan keyin uning «Navbahor» (1931), «Ko‘klam na’rasi», «Zavq» (1932), «Gulshan» (1939), «So‘z va soz» (1943), «Davr qo‘shiqlari» (1949), «Hayot gulshani» (1959), «Hayot qo‘shiqlari» (1962), «Devon» (1965; Hamza mukofoti, 1971) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. 
    Sobir Abdullaning she’riy ijodi lirika, hajviyot va dostonlardan iborat. Sobir Abdulla aruz vazniga karshi kurash va umumiy badiiy ijodni mafkuralashtirish jarayoni kechgan bir davrda o‘zbek adabieti klassiklarining boy poetik an’analarini davom ettirib, mumtoz adabiyotimiz bilan zamonaviy adabiyot o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tagan. Sobir Abdulla voqelikda ro‘y bergan voqea va hodisalarni ifodalashda aruz vazni imkoniyatlaridan samarali foydalangan, ayniqsa, g‘azal janrida kishilarga zavqshavq bag‘ishlaydigan, ulardagi ezgulik va nafosat tuyg‘ulariga ruhiy oziq beradigan ko‘plab asarlar yozgan. Uning bastakorlar tomonidan kuyga solingan eng yaxshi gazallari o‘zbek qo‘shiqchilik san’atining ravnaqiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. 
    Sobir Abdulla ayni paytda hajviy she’rlar ham yozgan. Liroepik janrlarda ham samarali ijod qilgan («Manyovr», 1931; «O‘rtoq Yoqubova», 1934; «Katta Farg‘ona kanali» tona Polvon o‘g‘li», 1940; «Gul va sanam», 1957; «Quralay ko‘z bir kelinchak», 1958; «Tun va tong», 1971, dostonlar).
    Sobir Abdullaning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi uning dramalaridir. «Muxbirga hujum» dastlabki pyesasi 1927 yili Qo‘qon drama truppasi tomonidan sahnaga qo‘yilgan. Shundan so‘ng Sobir Abdulla «Bog‘bon qiz» (1926, doston asosida), «Bo‘ston» (1937) bir pardali pyesasi hamda «Tohir va Zuhra» (1939) pyesalarini yozdi. 1940 yilda ilk bor sahna yuzini ko‘rgan va hanuzga qadar o‘zbek musiqiy teatrlari repertuarlarini bezab kelayotgan «Tohir va Zuhra» asari Sobir Abdulla ijodining gultojidir. Sobir Abdulla dramasi bilan To‘xtatsin Jalilovning musiqasi o‘zaro uyg‘unlashgan holda sevgi va muhabbat haqidagi Sharq afsonasining «Romeo va Juletta», «Layli va Majnun» singari jahon adabiyotining mashhur ishqiy asarlari darajasiga yaqinlashishiga imkoniyat yaratdi. Sobir Abdullaning ushbu asari asosida «Tohir va Zuhra» kinofilmi (rejissyor N. G‘aniev) va opera spektakli (kompozitorlar T. Jalilov va B. Brovtsin) ham yaratilgan. 
    Sobir Abdulla urush yillarida hamkorlikda «Qo‘chqor Turdiev» (1941), «Davron ota» (1942), «O‘zbekiston qilichi» (1943), urushdan keyingi yillarda esa zamonaviy hamda tarixiy-afsonaviy mavzularda «Alpomish», «Gul va Navro‘z», «Iste’dod», «Mening jannatim», «Hijron va vijdon» singari pyesalarni ham yozdi. Bu asarlarning aksari poytaxt va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan.
    Sobir Abdullaning adabiy merosida nasriy asarlar ham salmoqli o‘rinni egallaydi. Uning 1931 yilda nashr etilgan «Navbahor» to‘plamidan she’rlar bilan birga davrning dolzarb mavzularida yozilgan hikoyalar ham urin olgan. Sobir Abdulla nasriy janrlardagi izlanishlarini davom ettirib, «Ulfat» (1939), «Soyalar» (1963) hikoyalar to‘plamlarini e’lon qildi. Kichik nasr janrlarida erishilgan tajriba yozuvchining «Mavlono Muqimiy» romani (1965) ustida olib borgan ijodiy ishida, ayniqsa, qo‘l keldi. Sobir Abdulla Muqimiy va uning zamondoshlarini ko‘rgan kishilar xotiralari asosida romanda shoir hayoti va u yashagan tarixiy davr manzaralarini haqqoniy aks ettirdi. Keyinchalik Sobir Abdulla tarixiy o‘tmish mavzuida yozilgan «Besh sarguzasht» qissasini (1971), Hamza, G‘. G‘ulom, A. Umariy, M. Uzoqov kabi adabiyot va san’at namoyandalariga bag‘ishlangan xotiralarini yozdi. 
    Sobir Abdulla «Tohir va Zuhra», «Maysaraning ishi» operalari librettosining ham mualliflaridan biri. 
    Qo‘qon va Toshkentdagi bir necha ko‘cha, maktab va kutubxonaga shoir nomi berilgan.

    (Кол-во материалов: 5)
  • Go‘zaloy Matyoqubova (1984)

    Go‘zaloy Matyoqubova 1984-yil Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tug‘ilgan.
    Yangibozor tumanidagi Pedagogika va sport kollejida, O‘zbekiston Milliy Universiteti filologiya fakulteti qoshidagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. 
    2009-yili “Xayol so‘qmog‘i” nomli ilk she’riy kitobi, 2010 yili Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Mehr rishtasi" nomli hikoyalar to‘plami nashrdan chiqqan.
    Shuningdek, “Yoshlar kitobi”, “Yoshlik bahori” "Kaftdagi nihol" nomli almanaxlarga ijod namunalari kiritilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Mirmuhsin Shermuhamedov (1895-1929)

    Yozuvchi va jurnalist Mirmuhsin 1895-yili Toshkentda tug‘ilgan. O‘zbek matbuotining asoschilaridan biri. 1916—17-yillarda Ufadagi «Oliya» madrasasida o‘qigan. 1917 yili Toshkentga qaytgan. 
    1917 yili Fevral inqilobi munosabati bilan «Turon» gazetasiga yozgan «Tarixiy ikki voqea» maqolasi katta janjalga sabab bo‘lgan. Sebzor qozikaloni hukmi bilan Mirmuhsinga o‘lim jazosi beriladi. Lekin bu hukm qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Mirmuhsin qamoqdan qochib, Ufaga ketadi. Fuqarolar urushi boshlanib ketgach, Mirmuhsin Sharqiy frontning 1—5-armiyalari siyosiy bo‘limida jangchi-jurnalist sifatida xizmat qiladi. 
    1920 yilning boshlarida Toshkentga qaytib, dastlab «Ishtirokiyun», so‘ng «Qizil bayroq», «Turkiston» va boshqa gazetalarda muharrirlik qiladi. Mirmuhsinning hozircha ma’lum she’rlari 700 misra atrofida. Bundan tashqari, u hikoyalar, maqolalar yozgan. «Befarzand Ochildiboy» (1914) nomli birinchi o‘zbek romani muallifi. 
    Adib ilm-ma’rifat orqali hamma odamlar baxtli, hayot esa farovon bo‘lishiga astoydil ishonadi, «avom»ni ilm olishga da’vat etadi («Milliy adabiyot», «Ahvoli odamdin bir namuna», «Adabiyot» va b.). Xalqning og‘ir va mashaqqatli, fojiaga tuda turmushini tasvirlaydi («Ash’or», «Bizni»). 
    Mirmuhsinning «Yigirmanchi asrda Turkiston boboy», «Zindon» (1914) kabi hikoyalarida taraqqiyotdan orqada qolgan Turkiston qiyofasi, idora usuliga oid qarashlari bayon etilgan. U inqilobning dastlabki yillarida sho‘rolarga ishongan, ular tarafida turib kurashgan edi. Biroq, shovinizmning «yo‘qsullik» rangiga bo‘yalib, yanada keskinroq tus olgani, milliy-diniy qadriyatlarning oyoqosti qilingani Mirmuhsin umidlarini puchga chiqardi. Maqolalaridagi quvonch va ko‘tarinki ruh yo‘qolib, umidsizlik kuchayib bordi, aldanganini chuqur his etdi va bular oxir-oqibatda hayotining bevaqt, fojiali yakunlanishiga olib keldi.

    Begali Qosimov

    (Кол-во материалов: 1)
  • Dilmurod Sodiqov (1984)

    Dilmurod Sodiqov 1984 yil 1 fevralda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. 
    2008 yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tugatgan.
    Hozirda “Xalq so‘zi” gazetasida xizmat qilmoqda.

    (Кол-во материалов: 8)
  • Nazir Safarov (1905-1985)

    Publitsist, ocherknavis va dramaturg Nazir Safarov 1905 yili Jizzax shahrida tug‘ilgan. 
    Nazir Safarov o‘zbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol o‘ynagan «Tarix tilga kirdi» (1931), «Uyg‘onish» (1939), «Sharq tongi» (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi. Dramaturgiya sohasidagi katta xizmatlari uchun Nazir Safarovga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoni berilgan (1955 yil).
    Yozuvchining 1954-1957 yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari «Hayot maktabi», «Elmurod» kabi (M. Xudoyqulov bilan hamkorlikda) pesalaridan iboratdir. Uning «Bir tomchi qon» (1967), «Ko‘rgan-kechirganlarim» (1968) nomli qissalari, «Navro‘z» (1973) romani 60- yillar adabiyotida sezilarli voqea bo‘lgan. «Ko‘rgan-kechirganlarim» asari uchun muallifga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan (1968).
    U 1975 yilda 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga muyassar bo‘lgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Abdulatif Abdullayev (1984)

    Abdulatif Abdullayev — 1984 yil 5 sentyabrda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Chim qishlog‘ida tavallud topgan. 1991-2002 yillarda tumanga qarashli 24-umumta’lim maktabida tahsil olgan.
    2002-2008 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2008 yildan buyon «Ishonch» va «Ishonch-Doverie» gazetalari tahririyatida ishlab kelayotir.

    (Кол-во материалов: 9)
  • Oybek (1905-1968)

    Oybek (Muso Toshmuhammad o‘g‘li) 1905 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O‘zbekiston FA akademigi (1943). Toshkent universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925—27), Leningrad xalq xo‘jaligi institutida (1927—29) o‘kigan va og‘ir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga kaytib, Toshkent universitetida o‘qishni tugatgan (1930). «Tuyg‘ular» (1926), «Ko‘ngil naylari» (1929), «Mash’al» (1932) she’riy to‘plamlari, «Dilbar — davr qizi» (1932), «Uch» (1933), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1934), «Qahramon qiz» (1936), «Gulnoz», «Kamonchi», «Navoiy» (1937) singari dostonlar yozgan. Nasriy merosi 5 roman («Qutlug‘ qon», 1940; «Navoiy», 1942; «Kuyosh qoraymas», 1943—59; «Ulug‘ yo‘l», 1967; «Oltin vodiydan shabadalar», 1949), 4 qissa («Shonli yo‘l», «Nur qidirib», «Bolalik xotiralarim» va «Bola Alisher») hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she’riy romani, M. Yu. Lermontovning «Maskarad», Molerning «Tartyuf» dramalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan.
    Oybek 1968 yil 1 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).

    (Кол-во материалов: 10)
  • Salim Abdurahmon (1984)

    Salim Abdurahmon 1984 yil 5 avgustda Samarqand viloyati Poyariq tumanida tug‘ilgan. 
    O‘zMUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan.
    Asarlari matbuotda va turli to‘plam va almanaxlarda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Abdulla Qahhor (1907-1968)

    Abdulla Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). O‘rta Osiyo Davlat unversitetining pedagogika fakultetini tamomlagan (1930). Uning ilk «Oy kuyganda» (1924) hajviy she’ri Norin shilpiq taxallusi ostida «Mushtum» jurnalida bosilgan. Yozuvchi «Boshsiz odam» (1929) hikoyasini e’lon kilgach, umrining oxirigacha nasrda samarali ijod qilgan. Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Olam yasharadi» (1935). Shundan so‘ng uning «Hikoyalar» (1935, 1936) to‘plamlari ketma-ket nashr etilgan. Bu davrda u «Sarob» (1935) romanini ham yozgan. «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Sinchalak» (1958), «O‘tmishdan ertaklar» (1965), «Muhabbat» (1968) qissalari o‘zbek nasri taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan. U o‘zining «Shoxi so‘zana» («Yangi yer», 1949—53), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) sahna asarlari bilan dramaturg sifatida ham tanilgan. A. S. Pushkin, L. Tolstoy, N. V. Gogol, Chexov asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
    Abdulla Qahhor 1968 yil 25 mayda Moskva shahrida vafot etgan.
    Xamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

    (Кол-во материалов: 34)
  • Aziz Norqulov (1984)

    Aziz Norqulov 1984 yil 3 iyulda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan.
    2006 yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini bitirgan.
    Hozirda “Inson va qonun” jurnalida xizmat qilmoqda.
    Asarlari matbuotda va turli to‘plam va almanaxlarda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Mirkarim Osim (1907-1984)

    Mirkarim Osim 1907 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1944), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977). Moskvadagi Bubnov nomidagi pedagogika institutini tutatgan (1926—30).
    «Yangi ariq» ilk qissasi (1925) Qo‘qon xonligini ideallashtirgan asar sifatida bosilmay qolgan. Dastlabki yirik asari — «Astrobod» tarixiy qissasi Alisher Navoiy hayotiga bag‘ishlangan. Shundan keyin u Navoiy haqida turkum qissa va hikoyalar yozgan (1937—40). «To‘maris», «Shiroq», «Iskandar va Spitamen», «Temur Malik», «Mahmud Torobiy», «O‘tror» kabi qissalar muallifi. Uning «Zulmat ichra nur», «Ajdodlar qissasi», «Jayhun ustida bulutlar», «Aljabrning tug‘ilishi», «Ibn Sino qissasi», «Singan setor» singari asarlari o‘zbek tarixiy qissachiligining yuksak namunalaridandir.
    M. Sholoxovning «Tinch oqar Don» (2-kitob), S. Borodinning «Yeldirim Boyazid» romanlari va L. G. Batning «Hayot bo‘stoni» qissasi na boshqa asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
    Mirkarim Osim 1984 yil Toshkent shahrida vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2002).

    (Кол-во материалов: 13)
  • Otabek Yo‘ldoshev (1984)

    Otabek Yo‘ldoshev 1984 yil 16 mayda Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanida tug'ilgan. 
    2001-2005 yillarda O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalstika fakultetida o'qib, 2004-2005 yillarda O'zDJTU va Koreyaning Chung-ang universitetlari o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq 1 yillik grant asosida koreys diyorida bilim oshirishga muvaffaq bo'lgan. 
    2006-2009 yillarda O'zbekistondagi Koreya Ta'lim markazida tarjimon, 2009-2011 yillarda Koreyaning "Sunjin" transport kompaniyasida tarjimon vazifasida ishlagan.
    Birqancha maqol va hikoyalari matbuotda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 10)
  • Mirzakalon Ismoiliy (1908-1986)

    Taniqli adib, mohir tarjimon Mirzakalon Ismoiliy 1908 yili Qirg‘izistonning O‘sh shahrida dunyoga kelgan. 1928—1930 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qib, o‘qituvchilik qilgan.
    Toshkent kinostudiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Qizil O‘zbekiston», «Sharq yulduzi» muharririyatlarida hamda O‘zbekiston Davlat nashriyotida xizmat qilgan. U rus adabiyoti namoyondalaridan M. Yu. Lermontov, L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, M. Gorkiy, M. A. Sholoxov asarlarini hamda jahon adabiyoti namunalaridan ko‘plarini o‘zbek tiliga o‘girdi. 
    Adib urushdan keyingi yillarda yaratilgan «Farg‘ona tong otguncha» (1958, 1967) trilogiyasida Oktyabr to‘ntarilishi arafasidagi o‘zbek mehnatkashlarining og‘ir hayoti va ma’rifat sari intilishini tasvirladi. M. Ismoiliy «Bizning roman» (1963) ida yoshlar hayotini aks ettiruvchi, «Odamiylik qissasi» (1965) kabi ma’naviyat yog‘dularini sharaflovchi puxta, go‘zal nasriy asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirishga o‘z ulushini qo‘shdi. U 1986 yilda vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Inomjon Abdiyev (1985)

    Abdiyev Inomjon Shavkatovich 1985-yil 8-yanvarda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida o‘qituvchilar oilasida tug‘ilgan. 
    2002-2008 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining bakalavr va magistr darajalarini olgan.
    She’rlari, hikoyalari va hajviyalari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashrga tayyorlangan «Oltin ko‘prik», «Kaftdagi nihol», «Yoshlar kitobi»ga kiritilgan hamda respublika matbuotida e’lon qilingan. 
    Ayni paytda O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi muassisligida chop etiladigan “Hurriyat” mustaqil gazetasida bo‘lim muharriri lavozimida ishlamoqda.

    (Кол-во материалов: 8)
  • Hakim Nazir (1915-2008)

    Hakim Nazir (Nazarov Hakim Nazirovich) 1915 yil 15 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1984). Toshkent kechki pedagogika institutini (1941) va Moskva Oliy adabiyot kursini tugatgan (1956). Ilk hikoyalar to‘plami — «Qishloqdagi jiyanlarim» (1948). «Ko‘korol chiroqlari» (1954; qayta ishlangani — «So‘nmas chiroqlar», 1958), «Suv gadosi...» (1962), «Yonar daryo» (1965), «Ko‘kterak shabadasi» (1968), «Kenjatoy» (1976), «Tohir — Zuhra qissasi» (1985), «Dadamni topib beringlar» (1991), «Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlarim» (1995), «Najot» (2005) kabi qissalar, «Chiranma g‘oz — hunaring oz» pesasi, ocherklar, hikoya va maqolalar muallifi. «Lochin qanotlari» romanida (1973) Ikkinchi jahon urushi davri voqealari aks etgan.
    A. Gaydar, P. Pavlenko, L. Kassil («Cheremish — qahramonning ukasi», qissa), V. Kataev («Polk o‘g‘li», qissa) va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan.
    Hamza nomidagi O‘zbskiston Davlat mukofoti laureati (1981). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000). Hakim Nazir 2008 yil 15 may kuni vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 8)
  • Ibrohim Rahim (1916-2002)

    Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yilning 15 oktyabrida Farg‘ona viloyatining Quva tumanida dunyoga keladi. Uch yoshida otadan yetim qolib, onasi To‘xtabibi tarbiyasida voyaga yetadi. Adabiyotga ixlos ham Ibrohim Rahimda onasi tufayli uyg‘onadi. Ana shu ixlos uni 1933 yilda Toshkentga yetaklab keladi.
    Ibrohim Rahim dastlab «Kolxoz yo‘li» nomli gazetada faoliyat ko‘rsatadi. Uning ilk asarlari shu davrdan boshlab dunyo yuzini ko‘radi. Matbuotda uning she’r, ocherk va hikoyalari bosila boshlaydi. U ikki urushda - Finlandiya va Germaniya fashizmi bilan bo‘lgan janglarda (1937-1945) qatnashgan. Ibrohim Rahim o‘zbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qilgan. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherk, hikoya, xabarlar yozgan.
    1946 yilda harbiy xizmatdan qaytgan adib respublikamizdagi gazeta va jurnal tahririyatlarida ishlab keldi.
    Ibrohim Rahim O‘zbekiston radiokomitetida (1946-1947) mas’ul lavozimda xizmat qilgan, «O‘zbekiston ovozi» (sobiq «Qizil O‘zbekiston») gazetasida muharrir (1950-1961), «O‘zbekfilm» kinostudiyasida rahbar (1960-1966), «Guliston» (1966-1970), «Mushtum» (1976-1982) jurnallarida bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Yozuvchining ijodiy faoliyati 1938 yildan boshlanadi. Birinchi yirik asari chegarachilar hayotidan yozilgan «Bahodir» (1939) dostonidir.
    Ibrohim Rahim 1953 yili «Hayot buloqlari» romanini yozdi. Keyinchalik bu asar adabiy tanqidchilarning fikr va mulohazalari asosida qayta ishlanib, «Ixlos» (1958) nomi bilan chop etildi. Ibrohim Rahim «Chin muhabbat» (1958), «Fidoyilar» (1972), «General Ravshanov» (1985) kabi romanlarida Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining jangovar hayotini aks ettirdi.
    1966 yilgi Toshkent zilzilasi va uning oqibatlarini mardonavor tugatish yozuvchining «Tinimsiz shahar» (1968) romaniga mavzu bo‘lib xizmat qilgan.
    Uning «Taqdir» romani esa yangi shahar qurilishiga bag‘ishlangan. Muallifning «Hilola» (1960) qissasi xotin-qizlarning jamoa xo‘jaligidagi o‘rni, ularni rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish, jamoa xo‘jaligi iqtisodiyotini kjsaltirish singari davrning muhim muammolarini badiiy hal qilishga qaratilgan.
    Yozuvchining «Zangori kema kapitani», «Olovkor» (1960) qissalarida ham kishilarimizning yuksak ma’naviy qiyofasi, mehnatdagi qahramonliklari aks etgan. «Oqibat» nomli romani uchun yozuvchiga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan (1983).
    Ibrohim Rahim «Jonim fido» va «Chaqmoq» nomli dramalar ham yaratgan (1974). «Chaqmoq»da Belorussiya o‘rmonlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashgan o‘zbek yigiti Mamadali Topiboldiev obrazi yaratilgan. Adib «Farhodning jasorati» kinofilmining stsenariy muallifi hamdir.
    Ibrohim Rahim «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi», «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvonlari bilan taqdirlangan.
    Adib O‘zbekiston mustaqilligining besh yilligi va tug‘ilgan kunining 80 yilligi munosabati bilan «Do‘stlik», so‘ngra «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Nazarmat (1917-2009)

    Shoir, nosir va jurnalist Nazarmat (Nazarmat Egamnazarov) 1917-yil 7-noyabrda Tojikistonnning Xo‘jand viloyati Nov qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1967). Samarqand universitetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. 
    «Qizil O‘zbekiston» (1947—54), «Toshkent haqiqati» gazetasi tahririyatida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1954—85). 
    Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida boshlangan. «Yoshlik zavqi» (1941), «Vatan ishqi» (1949), «Yashil dalalar» (1955), «Sir bo‘yi — nur bo‘yi» (1959), «Tog‘dagi gulxanlar» (1962), «Nay sadosi» (1965), «Bahor qo‘shig‘i» (1968), «Shahrimiz bolalari» (1970), «Mangu olov» (1972) she’riy to‘plamlari muallifi. Ko‘plab she’rlari qo‘shiq bo‘lgan. 
    «Yurakdagi o‘q» dostoni (1965) va «Sayyod jasorati» qissasi (1973) 2-jahon urushi mavzuida. Abulqosim Firdavsiy, Xisrav Deqlaviy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Mirzo Tursunzoda, Mirshakar va b. shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Nazarmat 2009 yili vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Rahmat Fayziy (1918-1988)

    Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasida, kosib oilasida dunyoga keldi. U o‘rta maktabni tugatib, elektr-mexanika texnikumida o‘qidi. So‘ng respublika gazetalari, tahririyatlarida ishladi. 
    Uning dastlabki she’riy mashqlari, lavha, ocherklari ham gazetalar sahifalarida e’lon qilindi va uning qalami yildan-yilga charxlanib bordi. 
    Rahmat Fayziy 1969 yili «Hazrati Inson» romanida temirchi Mahkam ota va Mehriniso opa hayoti orqali oddiy kishilar qahramonligini ko‘rsatdi.
    Rahmat Fayziy 1962-1965-yillarda «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ishladi. Uning «Sen yetim emassan» (1962), «Yor-yor» kinossenariylari asosida ishlangan filmlar o‘zbek milliy kinosi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. Ayniqsa, yozuvchining «Sen yetim emassan» kinostsenariysi bo‘yicha suratga olingan film qator xorijiy mamlakatlar ekranlarida namoyish etilib, tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
    Ikkinchi jahon urushidan keyingi tinch qurilish yillarida yozuvchi «To‘y to‘yonasi» (1951), Mirzacho‘lni o‘zlashtirayotgan yoshlarga bag‘ishlangan «Cho‘lga bahor keldi» (1951), «Povest va hikoyalar» (1954), «Shohi darparda» (1958) kabi qissa, ocherk va hikoyalar to‘plamlari bilan elga tanildi. Ijodkorning «Tekin muzqaymoq», «Mening bobom», «Cho‘ntak», «Nafisa» kabi hikoyalari bolalarni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat qiladi.
    Rahmat Fayziy 1969 yili shu stsenariy asosida yaratgan «Hazrati Inson» romanida temirchi Mahkam ota va Mehriniso opa hayoti orqali oddiy kishilar qahramonligini ko‘rsatdi.
    Rahmat Fayziy «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi», «O‘zbekiston xalq yozuvchisi», Polsha Xalq Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. Yozuvchining qator asarlari rus va boshqa qardosh tillarga o‘girilgan.
    Rahmat Fayziy 1988 yilning kuz kunlarida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Shuhrat (1918-1993)

    Shuhrat (Alimov G‘ulom Aminjonovich) 1918 yili Toshkentda tug‘ilgan.  O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1986). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). Transport texnikumi (1932— 33), O‘rta Osiyo transport injenerlari tayyorlash instituti (1934—36) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti (1936—40)da o‘qigan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—43). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining maslahat byurosida kotib (1934—36), adabiy maslahatchi (1955—58; 1960—70), Adabiyot jamg‘armasida direktor (1958), yoshlar gazetasida bo‘lim mudiri (1945—48), «Sharq yulduzi» jurnalida bo‘lim mudiri (1948—50), mas’ul kotib (1960-70). Shuhrat 1951 yilda qatag‘on qilinib, qamoq lagerlarida bo‘lgan. 1955 yilda oqlangan.
    Dastlabki asari — «Mehrol» (ertak-doston, 1940). Shuhrat urushdan qaytgach, badiiy ijod bilan samarali shug‘ullangan va ko‘plab she’riy («Bizning ko‘cha», 1947; «Hayot nafasi», 1948; «Qardoshlar», 1950; «Balladalar», 1958; «Sening sevging», 1961; «Ishqingda yonib», 1964; «Buyuk muhabbat», 1966; «Lirika», 1973; «Shaydo ko‘ngil», 1976; «Hali tun uzoq», 1984 va boshqalar) va nasriy («Oila», 1946; «Rustam», 1947; «Balog‘at», 1958; «Bir kecha fojiasi», 1976 va boshqalar) to‘plamlarini e’lon qilgan. 60—70-yillarda yana doston janriga qaytib, «Mardlik afsonasi» (1959), «Guldursin» (1960), «So‘lmas chechaklar», «Jamila» (1962), «Quvg‘indi» (1963) singari dostonlar yozgan. 
    Asarlari nafis lirizmi, lirik qahramon ruhiy olamining yorqin ifodalanganligi, his-tuyg‘ularning samimiyligi bilan ajralib turadi. Shuhratning so‘nggi yillarda yozgan she’rlarida falsafiy o‘ylar tasviri ustuvorlik qiladi; lirik qahramoni endi o‘zining his-tuyg‘ulari bilan emas, balki bir kam dunyoning siru sinoatlarini anglay boshlagan kishi sifatida, hayot va abadiyat, tabiat va jamiyat, o‘tmish, hozirgi davr va kelajak haqida mushohada yurituvchi inson sifatida namoyon bo‘ladi.
    Shuhratning 2-jahon urushida ishtirok etib, vayron bo‘lgan shahar va qishloqlarni, mag‘lubiyat va g‘alabani o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi uning yirik nasrga o‘tib, «Shinelli yillar» (1958) romanini yozishiga turtki bergan. Shuhrat «Oltin zanglamas» (1965) romanida mustabid sovet tuzumi davrida inson haq-huquqlarining toptalishini o‘zi guvoh bo‘lgan voqealarni umumlashtirgan holda tasvirlagan, e’tiqod, vatanparvarlik, vijdon amrini har bir kishining jamiyatdagi mavqei va insoniy qadrqimmatini belgilovchi muhim ma’naviy qadriyatlar sifatida talqin etgan. Shuhratning «Jannat qidirganlar» (1968) romani «Oltin zanglamas»ning mantiqiy davomidir. Shuhrat bu asarida haqiqat (jannat) axtarib yashovchi kishilarning ikki xil ko‘rinishini tasvirlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Yozuvchi umrining so‘nggi kunlarida isyonkor shoir Mashrab haqidagi tarixiy roman ustida ishlagan, biroq asar tugallanmay qolgan.
    Shuhrat — «Besh kunlik kuyov» (1970), «Qo‘sha qaringlar» (1971), «Ona qizim» (1973) va boshqalar dramalarning muallifi.
    G. Geyne, A.S. Pushkin, M.Yu. Lermontov, A.Mitskevich, T. Shevchenko, M.Voqif asarlarini, shuningdek, yapon va vyetnam, ozarbayjon shoirlarining she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
    Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

    (Кол-во материалов: 3)
  • Hamid G‘ulom (1919-2005)

    Hamid G‘ulom 1919 yil 25 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1979). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1969).
    O‘rta Osiyo industrial institutining ishchilar (1933) va tog‘ fakultetlarida (1935—37), Pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetida (1938—41) tahsil olgan. 
    «Qasosim bor» (1942), «Haykal» (1943), «Vatan kuylari» (1949), «Yangi bog‘» (1951), «Qit’alar uyg‘oq» (1960), «Oshiq ko‘ngil» (1974), «Vafoning uzun yo‘li» (1988) kabi she’riy to‘plamlar muallifi. Ko‘proq nasriy janrlarda ijod qilgan («Mash’al», 1958—61; «Toshkentliklar», 1967; «Mangulik», 1976 va boshqa romanlar). Pesalar («Toshbolta oshiq», 1965), opera teatri uchun «Xorazm qo‘shig‘i» (1964) librettosini yozgan. 
    U. Shekspirning «O‘n ikki kecha», Firdavsiyning «Shohnoma»siga kirgan ayrim dostonlar va bir qancha chet el yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «El-yurt hurmati» (1998) va «Mexnat shuhrati» (2004) ordenlari bilan mukofotlangan. 
    2005 yil 21 avgustda Toshkent shahrida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Habibullo Qodiriy (1919-1987)

    Habibullo Qodiriy (Habibullo Abdullaevich Qodiriy) 1919-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1962-yili Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Adabiy faoliyatini 1958 yildan boshlagan. «Nilufar» hikoyalar to‘plami (1964), «Afrikaga sayohat» (1966), «Yaman-Misr taassurotlari» (1967) safar ocherklari, «Otam haqida»  xotira kitobi (1974), «Qora arab» hikoyalar to‘plami (1978) chop etilgan. Habibullo Qodiriy 1987-yili vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Said Ahmad (1920-2007)

    Said Ahmad (Hasanxo‘jaev Saidahmad) 1920 yil 10 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O‘zbekiston Qahramoni (1999). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent rassomchilik bilim yurtida, Toshkent pedagogika institutida o‘qigan (1940—43). Birinchi hikoyalar to‘plami — «Tortiq» (1940). Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. «Er yurak» (1942), «Farg‘ona hikoyalari» (1948), «Cho‘l burguti» (1960), «Cho‘l oqshomlari», «Odam va bo‘ron, «Yo‘qotganlarim va topganlarim» (1998), «Qorako‘z majnun» (2001), «Kiprikda qolgan tong» (2003) kabi asarlar muallifi. «Ufq» trilogiyasi (1964—74), «Jimjitlik» romani (1988), «Xandon pista» (1994), «Bir o‘pichning bahosi» (1995) hajviy to‘plamlari, 3 jildli «Tanlangan asarlar»i (2000) nashr etilgan. Uning yumoristik mahorati «Kelinlar qo‘zg‘oloni» (1976), «Kuyov» (1986) komediyalarida yorqin namoyon bo‘lgan. Feleton janrida ham samarali ijod kilgan. 1947 yil «xalq dushmani» sifatida hibsga olingan. Stalin vafotidan so‘ng oqlangan. «Kelinlar ko‘zg‘oloni» dunyoning ko‘plab mamlakatlarida sahnalashtirilgan.
    2007 yil 5 dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan.
    «Do‘stlik» (1996), «Buyuk xizmatlari uchun» (1997) ordenlari bilan mukofotlangan.

    (Кол-во материалов: 159)
  • Asqad Muxtor (1920-1997)

    Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O’rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1942). 
    Dastlabki dostoni — «Bizning avlodlar» (1939). «99 miniatyura» (1962), «She’rlar» (1966), «Sirli nido» (1984) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. «Bo‘ronlarda bordek halovat» (1976) qissasi hamda «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1969), «Amudaryo» (1986) kabi romanlari bor. «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Chin yurakdan» (1956), «Dunyo bolalari» (1962), «Ildizlar», «Jar yoqasidagi chaqmoq» (1984), «Kumush tola» (1988) singari asarlari bolalarga bag‘ishlangan. «Tong bilan uchrashuv» (1987) pesalar to‘plami nashr etilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995). 
    1997 yil 17 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 18)
  • Shukrullo (1921)

    Shukrullo (Yusupov) — O‘zbekiston xalq shoiri (1981). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977). Pedagogika bilim yurti (1935—38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944), 1938 yil Qoraqalpog‘istonda, 1939—45 yillarda Toshkentda o‘qituvchilik qilgan. Keyin O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1945—49), O‘zbekiston davlat nashriyotida muharrir (1945—51; 1955—65). 1951 yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targ‘ibotda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan, Stalin vafotidan keyin ozod etilgan (1955).
    Ilk she’rlar to‘plami — «Birinchi daftar» (1949). Shundan keyin uning «Qalb qo‘shiqlari» (1949), «Hayot ilhomlari» (1959), «Umrim boricha» (1960), «Inson va yaxshilik» (1961), «Inson — inson uchun» (1964), «Zarralar» (1973), «Suyanchiq» (1977), «Yashagim keladi» (1978), «Sening baxting» (1988), «To‘kilgan dardlarim» (2001) kabi she’riy to‘plamlari e’lon qilingan. Shukrullo lirik she’rlarida sevgi va vafo, mehr va oqibat singari insoniy qadriyatlarni uluglab, kitobxonda yalqovlik, loqaydlik, kalondimog‘lik, hasadgo‘ylik, g‘arazgo‘ylik kabi illatlarga nisbatan nafrat tuyg‘usini uyg‘otishga intilgan. Lirik qahramonning ruhiy olamida kechgan va kechayotgan evrilishlarni inson va jamiyat, inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy aloqani tasvirlash orqali ko‘rsatib bergan.
    Shukrullo «Chollar» (1948), «Rossiya» (1956), «Ikki qoya» (1964), «26 tong otari» (1966), «Gul va otash» (1972), «Ko‘ngil chirog‘i» (1975), «Asr bahsi» (1985) va boshqalar dostonlarini yozgan. Shukrulloning bolalarga bag‘ishlangan she’r va ertaklari «Bahor sovg‘asi» (1962), «Yulduzlar» (1964) she’riy to‘plamlaridan o‘rin olgan. «Xatarli yo‘l» (1962), «Tabassum o‘g‘rilari» (1964), «To‘ydan keyin tomosha» (1980), «O‘g‘rini qaroqchi urdi» (1982), ustoz yozuvchilarning ijodi tajribalari to‘g‘risida bahs yurituvchi «Javohirlar sandig‘i» (1983) essesi, qatag‘on davri dahshatlari haqidagi «Kafansiz ko‘milganlar» (1989) avtobiografik qissasi, «Qasosli dunyo» (1994) publitsistik maqolalar to‘plami, Ubaydulla Xo‘jayev to‘g‘risidagi «Tirik ruhlar» (1999) roman-xronikasi muallifi.
    Shukrullo Karlo Gotssining «Baxtiyor gadolar» pyesasi, Sh. Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliev va boshqalar shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tillarida nashr etilgan. 
    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do‘stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

    Naim Karimov

    (Кол-во материалов: 5)
  • Mirmuhsin (1921-2005)

    Mirmuhsin 1921 yil 3 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1981). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1970). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). Ilk dostoni — «Qamar» (1938). «Vafo» (1944), «Qadrdon do‘stlar» (1948), «Irmoqlar» (1959), «Qalb va falsafa» (1960), «She’rlar» (1964) va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Birinchi o‘zbek she’riy romani «Ziyod va Adiba» (1954) Mirmuhrin qalamiga mansub. Dastlabki nasriy qissasi — «Jamila» (1956). «Oq marmar» (1957), «Cho‘ri» (1962), «Tungi chaqmoqlar» (1964), «Arab hikoyalari» (1960), «Chodrali ayol» (1979) qissalari, «Umid», «Chiniqish» (1969), «Degrez o‘g‘li» (1972), «Chotqol yo‘lbarsi» (1977), «Me’mor» (1974), «Ildizlar va yaproqlar» (1982), «Temur Malik» (1986), «Ilon o‘chi» (1995), «Turon malikasi» (1997) kabi romanlar muallifi. Bolalar uchun ham ko‘plab she’r va dostonlar, hikoyalar yozgan («Sheralining mardligi», «Ovchi bolalar», «Luqmon va O‘roqboy va boshqalar).
    Yozuvchi 2005 yil Toshkent shahrida vafot etgan.
    Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974), «El-yurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

    (Кол-во материалов: 11)
  • Sunnatulla Anorboyev (1922-2003)

    Sunnatulla Anorboyev 1922 yil 9 sentyabrda Turkiston shahri, Qoratog‘ etagida joylashgan Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1973). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1946). Birinchi kitobi — «Hikoyalar» (1957). «Oqsoy shalolalari» (1958), «To‘rtko‘zning boshidan kechirganlari» (1962), «Mehr» (1964), «Umr» (1972), «Qissalar» (1974), «Oltin qoziq» (1976), «Suzib borar arxarlar» (1982) kabi qissalar to‘plami nashr etilgan. «Go‘zallik izlab» (1960), «Xayr, bog‘chajon, bog‘cha!» (1962), «Hamsuxbatlar» (1969), «Yo‘lda yo‘ldosh bo‘lganlar», «Ustoz va shogirdlar» (1970), «Parvoz» (1973), «Yaxshilik urug‘i» (1986), «Yaylov gurunglari» (1988), «Anqov» (1999), «Saylanma» (1986, 2 jildli) singari ocherklar va hikoyalar to‘plamlari muallifi. «Oqsoy» (1961), «Sayli» (1979) romanlari rus tili va boshqa tillarga tarjima qilingan.
    Yozuvchi 2003 yil 30 martda Toshkent shahrida vafot etgan.
    «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1999).

    (Кол-во материалов: 2)
  • Sami Abduqahhor (1922)

    Sami Abduqahhor 1922-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1939-yili Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetiga qabul qilingan adib 1941-1946-yillarda armiya safida xizmat qildi. U o‘z adabiy faoliyatini 1937 yildan boshlagan. Ilk kitobi «Front hikoyalari» nomi bilan 1945-yili chop etilgan. 35 dan ortiq kitobi turli tillarda nashr etilgan. 1982-yili «Tanlangan asarlar»i rus va o‘zbek tillarida chop etilgan.  Sami Abduqahhor Moler, Chexov, Gorkiy, Andersen, Marshak, Lermontov, Gertsen, Korolkov, Larni, Tagor, Krilov, Bedniy, Mixalkov, Antonov kabi adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 

    (Кол-во материалов: 0)
  • Sarvar Azimov (1923-1994)

    Yozuvchi va jamoat arbobi Sarvar Azimov 1923-yil 20-mayda Jizzaxda tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973). O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filologiya fanlari doktori (1968). 
    O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1946). O‘zbekiston FA Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor o‘rinbosari (1948 — 55). O‘zKP MK fan va madaniyat bo‘limi mudiri (1955—56). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1957-58, 1980-85), O‘zbekiston SSR madaniyat vaziri (1958— 59), O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1959-69, 1988-91). Sobiq SSSRning Livandagi (1969—74), Pokistondagi (1974—80) favqulodda va muxtor elchisi. 
    Sarvar Azimov pyesalar («Qonli sarob», 1964; «Yulduzlar jamoli», 1966; «Zamon dramasi», 1968), qissalar («Kamalak», 1964; «Ikki dil — ikki olam», 1967), hikoyalar, kinossenariylar muallifi. U adabiy jarayon masalalariga bag‘ishlangan adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar yozdi. Hamid Olimjon ijodini tadqiq etdi.

    (Кол-во материалов: 7)
  • Bo‘riboy Ahmedov (1924-2002)

    Bo‘riboy Ahmedov (1924.12.8, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv qishlog‘i – 2002, Toshkent) — tarixchi, sharqshunos. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1974). O‘rta Osiyo universitetining sharq fakultetini bitirgan (1953). 
    O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, bo‘lim boshlig‘i (1960 — 90). 1991 yildan bosh ilmiy xodim. Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi (1995 yildan). Ahmedovning ilmiy faoliyati o‘zbek xalqining etnik tarixi va shakllanishi, manbashunoslik, O‘rta Osiyo xalqlarining 10-19-asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yo‘nalishlarga qaratilgan. Bir qancha qo‘llanma, lug‘atlar («Tarixdan qisqacha izohli lug‘at», 1977) muallifi. Amir Temurning 660 yilligi (1996) munosabati bilan katta tashkiliy, ilmiy ishlar olib bordi. Amir Temurga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar (Parij, Samarqand, 1996)da qatnashib ma’ruzalar qildi. «Amir Temur» tarixiy romanini yozdi (1995). Bir kancha kitoblarga mas’ul muharrirlik qildi. Asarlari ingliz, frantsuz, rus va boshqa xorijiy tillarda bosilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «Amir Temur» (1997), «Buyuk xizmatlari uchun» (1999) ordenlari bilan taqdirlangan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Saida Zunnunova (1926-1977)

    Iste’dodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943 yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi. Andijon maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim bo‘lib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi she’ri 1945 yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan.
    Adabiyotta muhabbat yosh shoirani O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitet)ning filologiya fakultetiga yetakladi. U o‘qishni tamomlab, «Gulxan» jurnali, «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi va Badiiy adabiyot nashriyotida, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib xizmat qildi.
    Saida Zunnunova ayni kamolot yoshida 1977 yili og‘ir xastalikdan keyin vafot etgan.
    U yozuvchi Said Ahmadning sevimli rafiqasi edi. Ularning yolg‘iz qizlari va nabiralari bor.
    Shoiraning yoshlik sururi, Vatan shukuhi va mehnat nashidasini tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi she’rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil o‘ylari» (1967) she’riy to‘plamlari kitobxonlar tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi.
    Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning «Gulbahor» hikoyalar to‘plamida (1956) ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan bo‘lsa, «Gulxan» (1958) qissasining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan «Olov» (1962), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining qahramonlari ham ayollardir.

    (Кол-во материалов: 13)
  • Maqsud Qoriyev (1926-2010)

    Jurnalist va adib Maqsud Qoriyev 1926 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Urush yillarida Toshkent tumani Yunusobod qishlog‘i jamoa xo‘jaliklarida oddiy mehnat bilan shug‘ullangan. 1947 yilda esa Toshkent yuridik institutini tugatib, o‘sha yerda aspiranturada qoladi. Keyinchalik yuridik fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga ham ega bo‘ladi. U ko‘p yillar O’zbekiston Oliy Kengashi noibi bo‘lgan. 
    Adibning jurnalistik faoliyati 1949 yil «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasidan boshlanadi. 1952—1954 yillarda esa «O’zbekiston kommunisti» oynomasida bo‘lim boshlig’i, 1954—1963 yillarda “Toshkent haqiqati” ro‘znomasida avval bosh muharrir o’rinbosari, so‘ng bosh muharrir bo‘lib ishlaydi. 1963—1984 yillargacha «Sovet O’zbekistoni» ro‘znomasiga boshchilik qiladi. 1984—1988 yillarda «Mushtum» oynomasining, «Mehrigiyo» ro‘znomasining bosh muharriri lavozimlarida ishlagan. 
    Maqsud Qoriyev adib sifatida 60-yillarning 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab mahalliy matbuotlarda ko‘rina boshlaydi. Uning «Oydin kechalar» (1968), «Jiyda gullaganda» (1970), «Afrosiyob go‘zali» (1974), «Tunalar baland uchganda» (1976), «Siz uzatib borganda» (1978) kabi hikoya va qissalar to‘plami va «Spitamen» tarixiy romanlari o‘z kitobxoniga yetib borgan. 
    U O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi hamdir.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Fozil Jabborov (1985)

    Fozil Farhod o‘g‘li 1985 yil 26 avgustda Surxondaryo viloyatining  Qumqo‘rg‘on tumanidagi Bo‘yrabop qishlog‘ida tug‘ilgan. 2010 yil O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    Hozirda mazkur universitetning magistraturasida o‘qiyapti, “Hurriyat” gazetasi muxbiri vazifasida ishlayapti.

    (Кол-во материалов: 10)
  • Dilfuza Sobirova (1970)

    Dilfuza Sobirova 1970 yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1991 yilda Samarqand Davlat Pedogogika institutining (hozirgi SamDU) psixologiya-pedogogika fakultetini tamomlagan.
    Uzoq yillar psixologiya sohasida faoliyat yuritgan. 2002 yildan boshlab “Darakchi” gazetasida avval muxbir, keyinchalik bo‘lim muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Muallifning maqola, hikoya  va qissalari, jahon adabiyotidan tarjimalari “Darakchi”, Sug‘diyona”,  “7x7”, “Bekajon” va boshqa nashrlarda chop etib kelinmoqda.
    Dilfuza Sobirovaning “Xazina” sarguzasht-fantastik qissasi, Stefani Mayer qalamiga mansub “Zulmat ostonasidagi muhabbat”  va “Yangi oy” asarlari uning tarjimasida kitob shaklida chop etilgan. Muallifning hikoyasi asosida “Yagonam” nomli badiiy film suratgan olingan va bir necha hikoyalari “Yoshlar” telekanalining “Bir qadam” dasturida va “Ozbekiston” telekanalida sahnalashtirilgan.

    (Кол-во материалов: 10)
  • Hamroxon Musurmonova (1971)

    1971 yilda tug‘ilgan. 1994 yil Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. “Haqqa yetkaz” nomli she’rlar, “Arbag‘ishning lolalari” nomli hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan. “Oila va jamiyat” gazetasining bosh muharrir o‘rinbosari vazifasida ishlaydi.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Shukur Jabbor (1975)

    1975 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uzoq yillardan buyon matbuotda xizmat qilib kelmoqda. “Oshiqman”, “Mansur Xalloj siri”, “Ziqna maxsum” kabi kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Gulnoza Ernazarova (1969)

    1969 yilda tug‘ilgan. O‘zMU filologiya fakultetini tamomlagan. “XX asr o‘zbek she’riyatida milliy tafakkur va uning badiiy talqini (Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Oripov she’riyati misolida)” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Bibi Robiya (1991)

    1991 yilda tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi. Hikoya, she’r va maqolalari Respublika matbuotida muntazam ravishda chop etib kelinmoqda.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Erkin Norsafar (1974)

    1974 yilda tug‘ilgan. Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida adabiy bo‘lim mudiri lavozimida ishlaydi. Bir qancha qissa va hikoyalari e’lon qilingan, dramatik asarlari sahnaga qo‘yilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Zulfira Misbax (1951)

    1951 yilda tug‘ilgan. Gorkiy nomidagi Moskva Davlat Adabiyot istitutida o‘qigan. Bir qancha qissa va hikoyalarni rus tiliga tarjima qilgan. “Yoshlik” jurnalida “So‘fito‘rg‘ay” nomli qissasi chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Gulbahor Tavakkalova (1972)

    1972 yilda tug‘ilgan. 1996 yil Farg‘ona Davlat universitetini tamomlagan.
    Hozirgi kunda maktabda ona tili va adabiyot fani muallimasi.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Nafisa Toshtemirova (1991)

    Nafisa Toshtemirova 1991 yil 27 avgustda Navoiy viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan. Navoiy davlat pedagogika instituti o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
    "Yurt kelajagi – 2014" ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘olibasi.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Orif Hoji (1966)

    Orif Hoji 1966 yilning 22 martida tavallud topgan. O‘n yetti yoshdan bugungi kungacha Samarqand shahrida yashaydi. Uning “Bandi ruh” (1994y.), “Ozod ruh” (1994y.), “Yangi ohanglar” (2001y.), “Samarqand sayqali” (2007y.), “Qirq hadis va bir rivoyat” (2008y.), “Onalar oyog‘i ostida jannat” (2011y.), “Ishq yo‘li” (2012 y.) nomli she’riy, “Oppoqqina qushginam” (2009y.), “Oq tulpor” (2010y.) nomli hikoyalar to‘plamlari chop etilgan.
    “Belыy skakun” nomli hikoyalar to‘plami, “Chto ostavim drugim” nomli she’riy to‘plami rus tilida nashrga tayyorlanmoqda.
    Orif Hoji badiiy tarjima bilan ham shug‘ullanadi. Teodor Drayzer, Lui Vilkens Frimen, Aleksandr Bondar kabi jahon adabiyotining taniqli namoyandalari hikoyalarini rus tilidan, Bolta Ortiqzodaning “Samarqand Yusufi” qissasini, Asadullo Shukurovning “Taqdir tegirmoni” hikoyalar to‘plamini tojik tilidan, Kenesboy Karimovning bir qator she’rlarini qoraqalpoq tilidan tarjima qilib, nashr ettirdi.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Oygul Ubaydulla qizi (1962)

    1962 yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi Xo‘jaqo‘rg‘on qishlog‘ida tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Shoiraning «Shahsuvor», «Yolg‘izlik guli» she’riy kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Xurshida Abdullayeva (1979)

    1979 yilda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Ushoqtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Qarshi Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Ayni paytda Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida muharrirlik lavozimida faoliyat yurit­moqda. Yosh adibaning ko‘plab hikoyalari turli matbuot nashrlarida e’lon qilingan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Muhammad Shodiy (1959)

    1959 yilda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi Yangiariq qishlog‘ida tug‘ilgan. Xo‘jand Davlat universitetini tamomlagan. "Yurakda qolgan muhabbat", "Ikkinchi bahor", "So‘xdaryo sadosi", "Lolazor", "Sajdagoh" kabi nazmiy va nasriy to‘plamlari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Dilorom Dilxoh (1979)

    1979 yilda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi Zarband qishlog‘ida tug‘ilgan. SamDUning San’atshunoslik fakultetini bitirgan. "Tonggi tilovat" nomli she’riy kitobi chop etilgan. Hozirda "Eko olam" gazetasida muxbir bo‘lib ishlamoqda.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Hamid Elxon (1953)

    Hamid Elxon (Mallayev) 1953 yilda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. "Zuryod", "Shaffof odam" kabi kitoblar muallifi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Abdusattor Hotamov

    Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. "Tomoshabinsiz dunyo", "Erkin qush", "Yaxshilik daraxti", "Baland uchgan turnalar" kabi kitoblari chop etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. "Shuhrat" medali sohibi.

    (Кол-во материалов: 13)
  • Baxtiyor Nuriddinov (1972)

    1972 yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Hozirda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Teleradiodasturlarni monitoring va tahlil qilish bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelyapti.
    Hikoya va maqolalari matbuotda chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 16)
  • Akmal Sayyid (1962)

    1962 yilda G‘uzor tumanida tug‘ilgan. “Jannati ayollar”, “Molbert ko‘zlari”, “Ilhom azobi”, “Oy to‘lgan tunda”, “Tavajjuh oni” kabi kitoblar muallifi.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Bahodir Bahrom (1990)

    1990 yilda tug‘ilgan. O‘zMUning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. "Eng suluv armon" nomli she’rlar to‘plami muallifi. Hozirda "Sog‘lom avlod" gazetasida faoliyat yuritmoqda.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Rasuljon Kamolov (1965)

    1965 yilda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi Amirobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ayni kunda “Mahalla” gazetasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri. “Shuhrat” medali sohibi. Muallifning “Yigit ori” nomli hikoyalar to‘plami nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Behzod Abdusamad (1984)

    1984 yilda Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. Qarshi Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. O‘qituvchi. Turli Respublika matbuot nashrlarida hikoyalari chop qilingan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Fayzulla Salayev (1950)

    Fayzulla Salayev 1950 yil 1 aprelda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika  fakultetini tamomlagan. «Xorazm haqiqati», «Paxtakorlar ovozi», Xorazm va Qoraqalpog‘iston televideniesi, Qorqalpog‘iston kitobsevarlar jamiyatida turli lavozimlarda ishlagan.
    F.Salayev − filologiya fanlari nomzodi. Hozirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
    2011 yil Toshkentdagi «Muharrir» nashriyotida F.Salaevning qissa va hikoyalari  «Qayting, bulbullar» nomi bilan chop etildi.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Bahodir Qobul (1966)

    Bahodir Qobul (Bahodir Qobulov) 1966 yilda Baxmal tumanida, O‘smat qishlog‘ida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining o‘zbek va tojik tili filologiyasi, shuningdek mazkur universitetning huquqshunoslik fakultetlarida tahsil olgan.
    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
    “Ena shamol” kitobi chop etilgan.
    Yozuvchi o‘z asarlarida ona tilimizning betakror tarovatini , inson qalbining jozib kechinmalarini o‘zgacha zavqu hayajon, mehr va muhabbat ila go‘zal tasvirlar vositasida ifodalay oladi.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Komil Avaz (1942)

    1942 yilda tug‘ilgan. Toshkent to‘qimachilik institutini tamomlagan.
    “O‘tayotgan vaqt”, “Tong epkini”, “Ibrat manzili”, “Xiva dilbandi”, “Olis ohanglar”, “Shoh bo‘ldi ishq ichinda”, “Qo‘nalg‘a”, “Sozanda” kabi asarlari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Mahmud Rajab (1963)

    1963 yilda tug‘ilgan. Buxoro Davlat pedagogika oliygohining musiqa fakultetini bitirgan.
    “Dard mavsumi”, “Ko‘zlardagi ko‘zgu”, “Oykokil”, “Zastenchivыy mesyats” she’riy kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Zuhra Mamadaliyeva (1977)

    Zuhra Mamadalieva 1977 yili Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1994-99 yillar Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutida, 2005-2007 yillar mobaynida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Oliy Adabiyot kursida, 2007-2010 yillarda shu universitetninig o‘zbek filologiyasi fakulteti aspiranturasida tahsil olgan.
    2011 yili Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida ramziy obrazlar tizimi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2015 yil “Lison ut tayr obrazlari: ramz va majoz olami” nomli monografiyasi nashr etilgan.
    Ijod namunalari respublikaning “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Turkiston”, “Gulxan” kabi matbuot nashrlarida hamda  yosh ijodkorlarning “Qaldirg‘ochim”, “Vatanim deb seni uyg‘ondim” to‘plamlarida e’lon qilingan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Durbek Qo‘ldosh (1949)

    1949 yilda tug‘ilgan. Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Ijod namunalari respublika gazeta-jurnallarida e’lon qilingan. “Ko‘k qarg‘alar qaytib kelmadi” kitobi chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Shodmonqul Salom (1980)

    1980 yilda tug‘ilgan. Termiz Davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. “Yurak iqlimi”, “Ko‘ngil kitobi” she’riy kitoblari chop etilgan. Hozirda “Kitob dunyosi” gazetasida Bosh muharrir vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda.

    (Кол-во материалов: 10)
  • Sherzod Komil Xalil (1982)

    http://n.ziyouz.com/images/sherzod_komil.jpgSherzod Komil Xalil 1982 yil 13 sentyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1999-2003 yillarda O‘zMU falsafa fakultetida bakalavr, 2003-2005 yillarda shu fakultetninng magistraturasida o‘qib, zamonaviy g‘arb falsafasi va tarixi magistri darajasini olgan. 2005-2007 yillarda O‘zMU va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy Adabiyot kursi tinglovchisi bo‘lgan. 2005-2009 yillarda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti Falsafa kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2009-2011 yillarda O‘zMU falsafa fakultetida Aspiranturada tahsil olgan. 2011-2012 yillarda O‘zMU falsafa fakulteti stajyor-tadqiqotchisi. Hozirda falsafa tarixi bo‘yicha doktorlik dissertasiyasi ustida ish olib bormoqda.

    (Кол-во материалов: 7)
  • Shahodatbonu Imomnazarova (1982)

    Shahodatbonu Imomnazarova 1982 yili tug‘ilgan. A. Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti doktoranturasida ta’lim olgan. “Rayhon nafasi” (2006) to‘plami, “O‘lan aytgali keldik” (hammuallif, 2013)kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Tursunboy Boymirov (1949)

    1949 yilda tug‘ilgan. Qarshi Davlat institutining boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetida tahsil olgach, uzoq yillar maorif sohasida xizmat qilgan.
    Uning “Iztirob” hikoyalar to‘plami, “Baloi bad”, “Yo, otamning qo‘li”, “Raisning uli”, “Do‘stlar qahqahasi” (tarjima) nomli hajviy kitoblari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Chorsha’m (1955)

    Chorsha’m 1955 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uning “Sharqiy qutb”, “Mahak tosh”, “Afandi aldamaydi”, “Ayro yo‘llar”, “Sevgini sog‘indim”, “Oshiqlik”, “Saylanma” kitoblari
    chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 0)
  • Umid Xolliyev (1973)

    Umid Xolliyev 1973 yilda tug‘ilgan. Buxoro Davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlagan. Qorako‘l tumanida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Narzullo Botirov (1947)

    Narzullo Botirov 1947 yilda tug‘ilgan. Toshkent Politexnika institutini va Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Toshkent militsiya oliy maktabini tugatgan. Hikoya va hajviyalari respublika matbuotida e’lon qilingan. Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Ma’ruf Mengli (1990)

    Ma’ruf Mengli 1990 yilda tug‘ilgan. Urganch San’at kollejining aktyorlik bo‘limini tamomlagan. “Kelajak ovozi-2011” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi. “Zeriktirmas yolg‘izlik” nomli kitobi nashr qilingan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Alisher Mirzo (1948)

    Alisher Mirzo - O‘zbekiston xalq rassomi. 1948 yilda tug‘ilgan. Benkov nomidagi Rassomlik bilim yurtini, keyinchalik Surikov nomidagi Moskva Davlat badiiy institutini tamomlagan. Xorijiy mamlakatlarda bir nechta shaxsiy ko‘rgazmalari tashkil etilgan, tasviriy san’at muammolariga bag‘ishlangan qator xalqaro anjumanlar ishtirokchisi.

    (Кол-во материалов: 0)
  • Maqsuda Ergasheva (1951-2013)

    Maqsuda Ergasheva 1951 yilda tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tamomlagan. “Bahorni axtarib”, “Ezgu so‘z”, “Diyorimga ko‘zing tegmasin” she’riy kitoblari nashr etilgan. 2013 yilda vafot etgan.

    (Кол-во материалов: 0)
  • Abdunabi Boyqo‘ziyev (1954)

    Abdunabi Boyqo‘ziyev 1954 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida, “Mushtum” jurnalida, “Sovet O‘zbekistoni”, “Xalq so‘zi” “Oila va jamiyat” gazetalarida foliyat yurgizgan. “G‘uboringni yozgayman”, “Seni izlab keldim”, “Ko‘zi daryoyim”, “Besh navo”, “Besh so‘mlik kekkayish” nomli kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Gulnoza Odilova (1984)

    Gulnoza Odilova 1984 yilda tug‘ilgan. O‘zMU xorijiy filologiya fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi. Yetmishdan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. “Mitti shamchiroq”, “Ko‘ngil kengliklari” she’r va tarjimalardan iborat to‘plamlari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Olloyor Begaliyev (1961)

    Olloyor Begaliyev 1961 yilda tug‘ilgan. Toshkent Madaniyat institutini bitirgan. Bolalar uchun “Sehrli uyqu”, “Yolg‘onga ishongan daraxt”, “Rangin qorlar” adabiy ertaklar to‘plamlari, “Bir buloq bor”, “Jin chalgan juvon”, “Jo‘natilmagan maktub”, “Bekobodlik samuray” kabi she’riy va nasriy to‘plamlari nashr etilgan.  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Matluba Ulkanboyeva (1990)

    Matluba Ulkanboyeva 1990 yilda tug‘ilgan. Namangan Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. 2011 yil o‘tkazilgan “Kelajak ovozi” respublika yoshlar tanlovining g‘olibi. Hozirda NamDUning 2-bosqich magistranti.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Gulchehra Asronova (1968)

    Gulchehra Asronova 1968 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Toshkent Agrar universitetini tamomlagan. "Ota uyim oqshomlari", "Osmonini topgan qush" kabi kitoblari nashr etilgan. Hozirda "Tabiat ko‘zgusi" gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.

    (Кол-во материалов: 8)
  • Sanjar Tursunov (1986)

    Sanjar Tursunov 1986 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sangardak qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat sanat va madaniyat ins­titutining jurnalistika bo‘limini bitirgan. Ayni paytda "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasida xizmat qilmoqda.

    (Кол-во материалов: 9)
  • Bektosh Ismoilov (1982)

    Bektosh Ismoilov 1982 yilda Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi Bolta qishlog‘ida tug‘ilgan. SamDU o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Ayni paytda “Yosh kuch” jurnalida ijodiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Ravshan Yo‘ldosh (1970)

    Ravshan Yo‘ldosh 1970 yilda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. “Iblis uchun ikki vasiyat”, “Guvoh murda” kabi kitoblari chop etilgan. “Qaytar dunyo”, “Umidingni so‘ndirma” seriallari muallifi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Bayram Ali (1991)

    http://ziyouz.uz/images/bayram-ali.jpgBayram Ali 1991 yilda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Chim qishlog‘ida tug‘ilgan. Chim maishiy kasb-hunar kollejini bitirgan. “Bolangman, dunyo” nomli she’r va hikoyalar to‘plami nashr etilgan. 2015 yildan “Daryo” gazetasida muxbir sifatida faoliyat boshladi.

    (Кол-во материалов: 6)
  • Abdujalol Rahimov (1953)

    Abdujalol Rahimov 1953 yilda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tavallud topgan. ToshDUning (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. "Lomakon" nomli kitobi nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Muhiddin Tinibekov (1966)

    Muhiddin Tinibekov 1966 yilda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Samarqand tibbiyot institutini tamomlagan. "Mijozingizni bilasizmi" ilmiy ommabop kitobi nashrdan chiqqan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Jovli Xushboq

    Jovli Xushboq Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida tug‘ilgan. O‘zMUning jurnalistika fakultetini bitirgan. "Ichki dard tug‘yoni", "Yuragimning sirlari", "Muhabbat olovi", "Shirindir azobi sevgining", "Ishq dunyosi" kabi kitoblar muallifi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Ali Niyoz (1950)

    Ali Niyoz 1950 yilda G‘uzor tumanidagi Toshguzar qishlog‘ida tug‘ilgan. “Siz meni bilmaysiz”, “Hayotning bir parchasi”, “Vaqt zarbi”, “Tahayyul” singari kitoblar muallifi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Rustam Musurmon (1963)

    Rustam Musurmon 1963 yilda tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. “Ruhimning dovushi”, “Xirgoyi” she’rlar to‘plamlari nashr etilgan. Aleksandr Faynbergning “Chig‘ir” kitobi, Baxtiyor Genjamurodning “O‘kuzdaryo bitiklari” to‘plamini tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 0)
  • Azamat Qorjovov (1977)

    Azamat Qorjovov 1977 yil 13 yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
    «Registon», «Ma’rifat nuri» gazetalarida muxbir, SamDU qoshidagi 1-sonli Akademik litseyda ona tili va adabiyoti fanlaridan o‘qituvchi, «Parvona» va «Bekajon» gazetalarida muharrir bo‘lib ishlagan. Hozirda «Sug‘diyona» gazetasi «Adabiy bo‘lim» muharriri.
    Bugungi kunda yozuvchining «Dizayn Press», «Davr Press», «Kamalak», «Yangi nashr» kabi nashriyotlarda 30 ta kitobi nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Eshqobil Vali (1965)

    Eshqobil Vali 1965 yilda Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Samarqand Davlat Universitida tahsil olgan. Hozirda SamDChTI jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, «Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim» ilmiy-uslubiy, adabiy-badiiy jurnalining mas’ul kotibi. Uning «Paxsa qishlog‘im», «Ming ikkinchi kecha», «Sukunat mulki» kabi kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Azim Suyun (1948)

    Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyatidagi Nukurt qishlog‘ida tug‘ilgan. O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1997). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1977). Dastlabki she’riy to‘plami — «Mening osmonim» (1978). Shundan so‘ng shoirning bir qancha she’riy majmualari («Zarb», 1979; «Zamin taqdiri», 1981; «Xayolot», 1984; «Ziyo yo‘li», 1986; «Javzo», 1987; «Olis tonglar», 1989; «Kuyganim — suyganim», 1992; «Qora ko‘zing sening», 1994; «Saylanma», 1997; «Sharq hikmati», 2000; «Ey do‘st», 2005) va bir nechta dostonlari («Sarbadorlar», 1981 va boshq.) nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Bahrom Mirzo

    Bahrom Mirzo Jizzax viloyatida tug‘ilgan. ToshDUning (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)jurnalistika fakultetini tamomlagan. Hozirgi kunda “Kelajak bunyodkori” gazetasi mas’ul xodimi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Nigora Jaloliddin qizi (1967)

    Nigora Jaloliddin qizi (Shofayziyeva) 1967 yil 16 fevralda Toshkent viloyatining Yangiobod shahrida tug‘ilgan. 1990 yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU) ning jurnalistika fakultetini bitirgan. "Umidli dunyo", "Olma guli" she’riy to‘plamlari, "O‘zligini topgan el" publitsistik maqolalar to‘plami, "Ko‘zi ochiq ketganlar" qissa va hikoyalar to‘plami chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Mirpo‘lat Mirzo (1949)

    Mirpo‘lat Mirzo 1949 yil 20 avgustda Chimkent viloyatining Sayram qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1999). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1971). «Tong jilvasi», (1976), «Ishq fasli» (1978), «Yaxshi kunlar» (1981), «Sunbula» (1985), «Moviy daryo» (1988), «Atirgul va yulduzlar» (1990), «Onajon», (1995), «Saylanma» (2005) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Somon yo‘li chechaklari», (2004), «Sayra, do‘mbiram» (qozoq she’riyati antologiyasi, 2005), G. E. Lessingning «Donishmand Natan» she’riy dramasini, V. Shekspirning «Yoz kuni g‘aroyibotlari» pesasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Boris Pasternak (1999) va «Alash» (2001) nomidagi xalqaro mukofotlar sohibi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Muhabbat Sharafiddinova (1951-2013)

    Muhabbat Sharafiddinova 1951 yilda tug‘ilgan. 1968 yili Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ni filolog mutaxassisligi bilan yakunlagan.
    Muhabbat Sharafiddinova o‘nlab adabiy-tanqidiy ishlar, maqolalar muallifi hisoblanadi. «Nabokovni anglash», «Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romani jahon badiiy an’analari ko‘zgusida», «O‘tkir Hoshimov va Uilyam Folkner asarlarining hikoya uslubi o‘ziga xosliklari», «Chingiz Aytmatov va o‘zbek adabiyoti», «Ozod Sharafiddinovning falsafiy-estetik qarashlari» va boshqalar shular jumlasidandir.
    Muhabbat Sharafiddinova adabiy tanqidchilik sohasidagi o‘zining ilmiy ishlari va tadqiqoti bilan o‘zbek kitobxonlariga milliy va jahon adabiyotini o‘ziga xosliklarini ko‘rsatishga, shuningdek, pedagogik faoliyati bilan qator iste’dodli munaqqid va adabiyotshunoslar guruhining paydo bo‘lishiga ulkan hissa qo‘shgan olimalardan biridir.
    Taniqli adabiyotshunos olim, marhum Ozod Sharafiddinovning qizi, olima Muhabbat Sharafiddinova 2013 yil 3 mart kuni vafot etdi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Talant Bek (1985)

    Talant Bek 1985 yil 7 iyunda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. "Mangu afsona" (2014) kitobi chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • To‘lqin Eshbek (1963)

    To‘lqin Eshbek 1963 yil 1 iyun kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan (1985).
    2006 yil 28 avgustdan buyon Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU jurnalistika fakulteti "Ommaviy aloqalar va reklama" kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2011 yildan buyon dotsenti, shu bilan bir qatorda O‘zMU axborot xizmati rahbari lavozimida ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
    To‘lqin Eshbek “Tahririyat ishini tashkil etish” (2001), “OAVda reklama san’ati” (2003), “Axborot xizmati: ishlash usullari va tamoyillari” (2009), “Mafkura maydonida axborot-psixologik xavfsizlik” (2011), “Axborot-psixologik xavfsizlik: nazariya va amaliyot” (2013) o‘quv qo‘llanmalari, hammualliflikda “Jahon jurnalistikasi tarixi” (2008), “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” (2013) darsliklari va “Jurnalistika, ma’naviyat, jamiyat” (2010) risolasi chop etilgan. U “Jigarbandlar” (1992), “Shabada esgan kun” (1993), “Qishloqlik bola qissasi” (1994), “Jaydari hangomalar” (1996), “Adashgan qiz qismati” (2000), “Hayot karvonlari” (2005) nasriy to‘plamlari muallifi.
    U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi. Adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati (1993), jurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori (2008) bo‘lgan.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Xosiyat Rustamova (1971)

    Xosiyat Rustamova 1971 yil 19 martda Namangan viloyati, Chust tumanidagi Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1993). «Osmondagi uy» (1997), «Najot» (2003), «Rido» (2004), «Devor» (2006) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. M. Svetaeva, A. Axmatovaning ayrim she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (2004).

    (Кол-во материалов: 1)
  • Xolmuhammad Karimiy (1966)

    Xolmuhammad Karimiy 1966 yili Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi Katman qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. "Hurayro", "Hurliqo", "Buni hayot deydilar..." (2014) kitoblari chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • G‘ulom Mirzo (1964)

    G‘ulom Mirzo (G‘ulom Mirzaev) 1964 yil 4 yanvarda Qashkadaryo viloyatining Qarshi tumaniga qarashli Xushvaqd qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan (1989). «Yaxshiyam siz borsiz» (1994), «Unutilgan hur» (1997) she’riy to‘plamlari nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Turob To‘la (1918-1990)

    Turob To‘la (taxallusi; familiyasi To‘laxo‘jaev, 1918.24.12 hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turbat qishlog‘i — 1990.20.4, Toshkent) — shoir, dramaturg va kinodramaturg. O‘zbekiston xalq shoiri (1988). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1967). Toshkent teatr bilim yurtida (1934—38), Toshkent pedagogika institutining til va adabiyot fakultetida (1938—41) o‘qigan. «Yosh leninchi» gazetasida adabiy xodim (1935— 41), O‘zbekiston Davlat radioeshittirish qo‘mitasida muharrir va diktor (1935—48), «Qizil O‘zbekiston» gazetasi tahririyatida adabiy kotib (1948—49), partiya idoralarida instruktor (1949—51), O‘zbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953—57), «O‘zbekfilm» kinostudiyasida stsenariy bo‘limi boshlig‘i (1957—62), Kinochilar uyushmasida kotib (1962-67), Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshkarmasida boshliq (1967-76), Hamza teatrida direktor (1977-79), Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo‘limi va Adabiyotni targ‘ib etish markazida rahbar (1980—90).
    Dastlabki «She’rlar» to‘plami 1939 yilda nashr etilgan. Shundan keyin shoirning «Shodligim» (1941), «Tabassum» (1944), «Baxt tongotari» (1948), «Muborakbod» (1949), «Bolalar dostoni» (1950), «Qanotlan, qo‘shiqlarim» (1955), «Tanlangan asarlar» (1958), «Oromijon» (1961), «Gulyor» (1968), «Oftob nayzada» (1974) singari she’r, qo‘shiq va dostonlardan iborat to‘plamlari e’lon qilingan.
    Turob To‘laning she’riy ijodi lirik she’r, qo‘shiq, ballada va dostonlardan iborat. Asosan, qo‘shiq janrida samarali ijod qilgan («Hayo bilan», «Sumbula», «Ko‘chalar», «Do‘ppi tikdim», «Sartarosh qo‘shig‘i» va b.).
    Turob To‘la «Hamiyat» (1948), «Shahlo», «Zamon hukmi» (1968), «Suyuk momo» (1975), «Tramvayda topilgan daftar» (1978) singari dostonlarida mehnatsevar zamondoshlari hayotiga murojaat etish bilan birga tarixiy o‘tmish sahifalarini ham varaqlash va moziyda ro‘y bergan muhim voqealarga hozirgi davr nigohi bilan qarashga intilgan.
    «Qizbuloq» (1968), «Quvvai qahqaha» (1969) va boshqa pesalar yozgan. 1969—70 yillarda F. Shillerning «Mariya Styuart» tragediyasini o‘zbek tiliga tarjima qilgach, mashhur o‘zbek shoirasining fojiali hayotiga bag‘ishlangan «Quvvai qahqaha» dramasini qayta ishlab, uni «Nodirabegim» nomi bilan sahnaga olib chiqqan (Hamza, Muqimiy va b. teatrlarda qo‘yilgan). Turob To‘la ayni paytda o‘zbek va qardosh xalqlar adabiyotidagi sara asarlarning sahna variantini yaratish maqsadida Ch. Aytmatovning «Momo yer» qissasi asosida shu nomdagi musiqali drama, Oybekning «Qutlug‘ qon» romani asosida «Zulmatdan ziyo» opera librettosini, Hamid Olimjonning «Oygul va Baxtiyor» dostoni asosida shu nomdagi she’riy drama (1979)ni, «Malikai ayyor» o‘zbek xalq dostoni asosida shu nomdagi opera librettosi (1987)ni yaratgan. G‘.Zafariyning 20-yillarda respublika teatrlari sahnalarida katta muvaffaqiyat bilan o‘ynalgan «Halima» musiqali dramasini qayta tiklab, Muqimiy teatrida sahnalashtirgan. Bulardan tashqari, o‘zbek xalq ertaklari asosida yaratilgan «Samarqand afsonasi» baleti librettosi ham bor.
    «Maftuningman» (1958), «Furqat» (M. Melkumov bilan hamkorlikda, 1960) kinofilmlari va «Shashmaqom» videofilmi stsenariysi muallifi. Turob To‘la o‘ziga zamondosh bo‘lgan o‘zbek adabiyoti va san’ati arboblari hakida qator adabiy portret, ocherk va xotiralar yozgan («Nafosat», 1967; «Kamalak» 1972). U. Shekspirning «Qiyiq kizning quyulishi» komediyasi, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A. Nekrasov, T. Shevchenko, A. To‘qay, S. Muqonov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Yoqubjon Xo‘jamberdiyev (1947)

    Yoqubjon Xo‘jamberdiyev 1947 yili O‘sh viloyatining Suzoq qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Ilk kitobi 1981 yili "Zarurat" nomi bilan chop etilgan.
    Taniqli shoir va tarjimon mustaqillik arafasida kechgan qayta qurish yillarida o‘zbek matbuotida paydo bo‘lgan iste’dodli jurnalistlardan biridir. 1990 yilda chop qilingan «O‘zbeklar ishi» asariga sovet davridagi o‘zbek xalqi kechirgan hayotni tasvirlagan esse va maqolalar kirgan. Yoqubjon Xo‘jamberdiyev 1990 yilda Qirg‘izistonning janubida ro‘y bergan etnik to‘qnashuvlar sabablari va oqibatlari haqida yozgan maqolalari bilan tanilgan. U, shuningdek, Nabijon Boqiy bilan birgalikda 1998 yilda taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonov qalamiga mansub «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori» asarini o‘zbek tiliga o‘girgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Mahmud Bo‘ron (1957)

    Mahmud  Bo‘ron (Mahmud  Bo‘ronov) 1957 yilda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 1979 yilda Toshkent Davlat universitetining fizika fakultetini tugatgan. O‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Kibernetika institutida, Buxoro Davlat universitetida, O‘zbekiston Davlat televidenie va radio qo‘mitasida, Respublika Bosh hisoblash markazi Buxoro filialida ishlagan.
    M.Bo‘ron 1986 yildan buyon ijod bilan shug‘ullanadi. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, «Inson va qonun», «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetalari hamda  «Avtohamroh», «San’at» jurnallarida muxbir va muharrir vazifalarida ishlagan. Uning hajviy asarlari «Mushtum», «Yoshlik» jurnallari, «Buxoronoma», «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», «Oila davrasida» gazetalarida chop etilgan.
    Ayni paytda «Oila davrasida» gazetasida mehnat qilmoqda.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Abdujalol Taypatov (1958)

    Abdujalol Taypatov 1958 yilning 16 martida Chiroqchi tumanidagi Ko‘kdala qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti bo‘limini tamomlagan. Dastlab maktabda o‘qituvchilik qildi, keyin tuman, viloyat, respublika ommaviy axborot vositalarida ishladi. Qashqadaryo viloyati matbuot va axborot boshqarmasida, “Nasaf” nashriyotida rahbar bo‘lgan. Ayni paytda O‘zAda xizmat qiladi.
    “Tazarru” (1992) nomli qissa va hikoyalar to‘plami chop etilgan. “Shuhrat” medali (2002) bilan taqdirlangan.

    (Кол-во материалов: 11)
  • Nurislom To‘xliyev (1942)

    http://ziyouz.uz/images/nurislom_tuxliyev.jpgNurislom To‘xliyev 1942 yili tug‘ilgan. Iqtisod fanlari doktori, professor.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Matluba Dehqon qizi (1948)

    Matluba Dehqon qizi 1948 yilda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Fayziobod tumanida tug‘ilgan.  1970 yili Farg‘ona pedagogika institutini (hozirgi FarDU) tamomlagan.  U nazmda ham, nasrda ham barakali ijod qilib kelmoqda. 1983 yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
     Matluba Dehqon qizining “Qorachiq”, “Ko‘ngil uyi” va “Sog‘inch” she’riy va nasriy to‘plamlari, “Muhabbat fasli” romani, “Sadkak pirim” nomli tarixiy risolasi va “O‘sha kun” qissa va hikoyalar to‘plami nashr etilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Olim Jumaboyev (1987)

    http://ziyouz.uz/images/olim_jumaboyev.jpgOlim Jumaboyev 1987 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Xarsangtosh nolasi” nomli qissa va hikoyalar to‘plami chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Muhammad Xayrullayev (1932)

    http://ziyouz.uz/images/muhammad_xayrullaev.jpgMuhammad Xayrullayev 1932 yilda tug‘ilgan. Ko‘plab qissa, hikoya va romanlar muallifi.

    (Кол-во материалов: 4)
  • Mansurxo‘ja Xo‘jayev (1942)

    Mansurxo‘ja Xo‘jayev 1942 yil 15 fevralda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar, To‘laboy mahallasida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini tamomlagan. 1987 yildan buyon Farg‘ona vodiysi o‘rmonchilik boshqaruvi raisi hamda bir vaqtning o‘zida Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelmoqda.
    Mansurxo‘ja Xo‘jayev ijodkor yozuvchi, shoir sifatida ham tanilgan. Uning «Shermuhammadbek qo‘rboshi», «Yashillik saltanati», «Yashil olam tilsimoti», «Qaytar dunyo», «O‘rmonnoma», «Qadrnoma», «Adolatga bag‘ishlangan umr», «Yer osti tilsimoti», «Aytmay deyman-u, bo‘lgan voqealar-da», «Inson orzusiga hali yetmagan», «Dang‘ara tilsimoti» kabi kitoblari chop etilgan. «Do‘stlik» ordeni va «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Yangiboy Qo‘chqorov (1958)

    Yangiboy Qo‘chqorov 1958 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida tug‘ilgan. Toshkent Qishloq xo‘jalik instituti(hozirgi Agrar universitet)da o‘qigan. «Turkiston», «Qishloq hayoti», «Xalq so‘zi», «XXI asr» gazetalarida ishlagan. Ayni kunda «Pravda Vostoka» va «Jamiyat» gazetalarida muxbir vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
    2012 yilda chop etilgan «Jayhun bo‘lib oqqan so‘z» nomli kitobida 50 mumtoz va hozirgi zamon qoraqalpoq shoirlaridan qilgan tarjimalari, 40 adib hamda shoirlarimiz haqidagi esse, etyudlari berilgan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Ismoil Ollaberganov (1957)

    Ismoil Ollaberganov 1957 yilda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi Qoraqosh qishlog‘ida tug‘ilgan. 1981 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universitetining fiolologiya fakultetini sirtdan bitkazgan.
    Ish faoliyatini 1975 yilda Xonqa tuman “Shonli mehnat” gazetasida adabiy xodimlikdan boshlagan. So‘ngra “Xorazm haqiqati” gazetasida muxbir, “Xorazm” nashriyotida direktor bo‘lib ishlagan. 1995 yildan buyon “Xorazm ziyokori” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlamoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

    (Кол-во материалов: 2)
  • To‘ra Sulaymon (1934-2005)

    To‘ra Sulaymon (1934.15.2, Baxmal tumani - 2005) — O‘zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1964).
    «Guliston», «Sirdaryo haqiqati» gazetalarida xodim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limida mas’ul kotib (1972—77), adabiy maslahatchi (1977—81) bo‘lib ishlagan.
    Ijodi 50-yillardan boshlangan. Ilk she’rlar to‘plami — «Istar ko‘ngil» (1962). «Qorasoch» (1965) dostoni taniqli ijodkorlar, tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. «Men qayga borar bo‘lsam» (1965), «Jahongashta» (1970), «Hamqishloqlarim» (1973), «Intizor» (1973), «Sirdaryo qo‘shiqlari» (1974), «Iltijo» (1976), «Alhazar» (1976), «To‘yboshi» (1977), «Sizni eslayman» (1980), «Qorako‘zginam» (1981), «Gulshan» (1988), «Sarvinoz» (1990), «Xarsang» (1994), «Jahonnoma» (1996), «Gul bir yon, chaman bir yon» (1996), «Yovqochdi» (1998), «Sayhon» (2003), «Mamlakatning tayanch nuqtasi» (2004) kitoblari nashr etilgan. Ko‘plab she’rlari qo‘shiq qilingan.
    To‘ra Sulaymon xilma-xil janrlarda qalam tebratadi. Shoirning sof lirik she’rlari, qasida va faxriyalari, manzumalaridan tashqari, xalq yo‘lida bitilgan, o‘z davrining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan, voqelikni qadimgi baxshilar nazari bilan ko‘rib, o‘xshatma yoki nazira shaklida yozilgan asarlari ham o‘ziga xos xalqchilligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, «Ergash Jumanbulbul el kezadi» turkumidagi baxshiyona she’r va dostonlari o‘zbekning milliy g‘ururini tiklashga munosib hissa qo‘shgan asarlar sirasiga kiradi.
    To‘ra Sulaymon asarlari faqat ifoda tarzi yoki ohangi bilangina emas, tasvirdagi samimiyat, o‘xshatishlarning o‘ziga xosligi nuqtai nazaridan ham xalqchil. Uning ijtimoiy hayotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan publitsistik maqolalari ham bor («Mamlakatning tayanch nuqtasi», maqolalar to‘plami, 2004).

    (Кол-во материалов: 1)
  • Olim Toshboyev (1971)

    Olim Toshboyev 1971 yil 27 mayda Surxondaryo viloyati Boysun shahrida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi. Respublika matbuotida maqolalari e’lon qilingan.
    “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”  faxriy unvoni bilan takdirlangan.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Abdunabi Haydarov (1956)

    http://ziyouz.uz/images/abdunabi_haydarov.jpgAbdunabi Haydarov 1956 yil 29 noyabrda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
    “Biznes-Daily Media” noshirlik uyi muassisligida chiqadigan “Iste’molchi”, “Birja”, “Mening mulkim” gazetalari birlashgan tahririyatida bo‘lim muharriri vazifasini bajarib kelmoqda.
    Abdunabi Haydarovning ijodiy ishlari “Sadoqat”, “Fitna san’ati”, “Vatan saodati”, “So‘nmas yulduzlar”, “Mashhurlar hayoti” to‘plamlariga kiritildi. Bundan tashqari, “Bekobod mo‘‘jizasi” nomli kitobi chop etildi.
    U 1992 yili “Mustaqillik” esdalik nishoni, 1999 yili “Shuhrat” medali, 2006 yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, 1994 yili “O‘zbekiston Respublikasi Xalq maorifi a’lochisi” nishoni bilan mukofotlandi, 1996 yili esa ”Yilning eng yaxshi jurnalisti” respublika tanlovida g‘olib chiqib, birinchi o‘rin sohibi bo‘lgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Yoqutxon Akramova (1955)

    Yoqutxon Akramova 1955 yili Namangan shahrida tug‘ilgan. 1972 yili Toshkentdagi 106-maktabni, so‘ng 1977 yili ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan.
    Yoqutxon Akramovaning 1986 yili «Mening chinni kaptarim» hikoyalar va qissalar kitobi, shuningdek, bir necha kollektiv to‘plamlarda qator hikoyalari, «G‘aroyib uchrashuv» qissasi bosilgan.

    (Кол-во материалов: 3)
  • Jahongir Xolmirzayev (1974-2016)

    http://ziyouz.uz/images/jahongir_xolmirza.jpgJahongir Xolmirzayev 1974 yil 7 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.  O‘zbekiston Milliy universitetining “Oliy adabiyot kursi”ni tamomlagan (2001). Uning “Faqat hayot adabiy”, “O‘tgan kunlaridan”, “Ovchi”, “Abaragen”, “Sovg‘a”, “Yozuvchining so‘nggi kunlari”, “Orzu daraxti” hikoyalari,  “Xush qol, sehrli diyor” qissasi, “Yigirma yildan so‘ng”, “So‘nggi romantik portreti” esselari muxlislarga yaxshi tanish. U O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning kenja o‘g‘li.
    Jahongir Xolmirzayev 2016 yil 20 iyul kuni 42 yoshli Jahongir olamdan o‘tdi.

    (Кол-во материалов: 1)
  • Furqat Alimardon (1991)

    Furqat Alimardon 1991 yilda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2014 yilda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining «Xalq ijodiyoti» fakultetini tamomlagan. Talabalik paytidan boshlab respublika nashrlarida hikoya va maqolalari e’lon qilinadi. Hozirda «Ma’rifat»-«Uchitel Uzbekistana» gazetalari tahririyatida faoliyat yuritadi.

    (Кол-во материалов: 2)
  • Do‘stbek Sulaymonov (1981)

    http://ziyouz.uz/images/dustbek.jpgDo‘stbek Sulaymonov 1981 yili Samarqand viloyat Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Samarqand Davlat universitetida ta’lim olgan. Asarlari mahalliy va respublika matbuotida chop etilgan.

    (Кол-во материалов: 3)

2004-2018 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.