OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ikrom Asad. Sabr daraxti (hikoya)

Qo‘lqopning taklifi bilan tog‘ sayriga chiqdik. Uzoq yurgach, gapiruvchi tosh va daraxtga duch keldik. O’n ikki rangda tovlanayotgan daraxtga yaqinlashganimiz sari yo‘lda toshlar soni ko‘payib borardi.
—Yo‘l bo‘lsin, bolajon?—dedi aqiq tosh ichkariga kirishga ruxsat bermay.
—Huv, anavi daraxt meva- sidan tatimoqchimiz,—gapni cho‘zmay maqsadga o‘tdim.
Bobom bir paytlari aytib bergan bu daraxtning oldiga borishga toshlarning yettita savoliga to‘liq javob bergach, ruxsat berishdi.
—Ey toshlar, maylimi, men ham daraxtga savol bersam, —deb ularga murojaat qildim. Toshlar hali og‘iz ochmasdan daraxt nuroniy, donishmand qiyofaga aylanib:
—Qulog‘im senda, bo‘tam, so‘yla, neni bilmoq istayursen—dedi
—O’rmon malikasi Archaoy menga Qarag‘aylar shaharchasi mas’uliyatini topshirdi.Uni boshqarish kaminaga yuklatildi. Buning uchun qanday fazilatga ega bo‘lishim kerak?
—Bo‘tam, mening o‘n ikki shoximdagi o‘n ikki kitobda bu savolingga javob yozilgan. Sen uni o‘qi va unga amal qil,—dedi donishmand chol hamda kitoblarni nur bilan ocha boshladi.Men qalb bilan kitobga nazar soldim. Ular kamalak ranglarda jilo berib, yurak shaklida ko‘z oldimda tizilishdi.
Salomatlik, Farosat, Xotira, Zehn, Tafakkur, Ma’rifat, Nafs, Haqiqat, Oriyat, Dunyo, Adolat, Qat’iyat singari kitoblarni varaqlay boshladim...
Keksa donishmand o‘z holiga qaytdi: u yana daraxtga do‘ndi. "Bu daraxt qanday nomlanur?"—so‘radim tillo toshlardan .
—Bu Sabr daraxtidur, javob berishdi ular.
Qo‘lqopchamning kumush xandasi toshlarga tegib, aks-sado qaytarardi:
"Men seni sevaman,Tabiat!"

© 2004-2019 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.