OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ulug‘bek Mustafoqulov. Oq qashqa (hikoya)

Tongda meni kimdir turtilab uyg‘ota boshladi. 
— Jabbor tur, turaqol endi. 
Uyqu elitayotgan ko‘zlarimni harchand ochishga harakat qilmay, baribir ocha olmasdim.
— Voy o‘zimning uyquchi ukam-ey, qani turivorchi. Ovoz egasini endi tanidim. Bu akam Qahhor edi. Muloyim tovushda yana menga murojaat eta boshladi. 
— Tursang bir narsa ko‘rsataman. 
Uyqum ochilib ketdi. Tasodifan kechasi akamning allamahalgacha uyga kelmaganligi esimga tushdi. Oyim rosa xavotirlandi. Chunki uning bunday kech qoladigan odati yo‘q edi. 
Qahhor akam kecha erta bilan bizning qishloqdan o‘n chaqirim olisdagi guzor bozoriga meva ortib, ot aravada jo‘nagan edi. Avvallari ham ko‘p qatnagan. Ammo qosh qoraymasdan uyga qaytib keladi. Kecha esa... 
Akamning allamahalgacha daragi bo‘lavermagach, oyimning ishtahasi bo‘g‘ilib, tomog‘idan ovqat ham o‘tmadi. Bir vaqt tashqarida shamol turib, chang-to‘zon ko‘targancha uvvos solib, derazalarni zirillata boshladi. Oyimga esa shamol o‘ynayotgan oynani akam chertayotganday tuyulardi. Boz ustiga chiroq ham o‘chgan. 
— Kara-chi bolam. Akang qaytib, qorong‘ida tentirab uyga kirolmay yurmasin, — derdi nuqul. 
Shuning uchun bir necha bor ko‘cha darvozasidan xabar oldim. Darvoza berkitilmasa shamol uni sindirib yuborishi hech gap emasdi. Oxiri shamol pasaya boshlagach, eshiklarni ochiq qoldirib, uxlagani yotdik. 
Dong qotib, akam qachon qaytganidan ham xabarim bo‘lmabdi. 
— Qachon keldingiz?— Tura solib unga yuzlandim. 
— E, qo‘yaver... — Akam negadir kayfiyatsiz ohangda qo‘l siltab qo‘ydi. Bir ko‘ngilsiz hodisa yuz berganligi uning eti ustixoniga yopishgan chayir yuzidan sezilib turardi. 
— Nima bo‘ldi? Ayta qoling... — U menga bir narsa ko‘rsataman deganiga qiziqsinab ortidan ergashsam-da, savol berib jon-holiga qo‘ymasdnm. 
— Qorabayir o‘lib qoldi, — dedi oxiri akam og‘ir tin olib. Bir zum yurishdan to‘xtab, yosh halqalangan ko‘zlari bilan bir menga qarab qo‘ydi-da, so‘ng ma’yus nigohini yerga qadadi. — Qayoqdan ham bo‘gozligini bila turib aravaga qo‘shdim-a. 
Akamning iztirobga tushayotgani bejiz emasdi. Qorabayir nihoyatda zo‘r, nasldor ot edi. Unga har qanday odamning havasi kelardi. U qishlog‘imizda har yili hosil bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladngan poygada bosh sovrinni qo‘lga kiritar, yelib borayotganda go‘yo tuyoqlari bilan emas, qanot chiqarib uchayotganday tuyulardi. Uni sotib olishga qiziqqanlar qancha edi. Akam har gal ularga rad javobini berar, undaylar bilan hatto qizishib, mushtlashib ketishiga sal qolardi. Oxiri hoviridan tushib:
— Axir tushuninglar, bu ot emas, mening do‘stim. Odam do‘stini ham sotarkanmi? — deb ohista tushuntirishiga o‘tardi... 
— Aka, menga bir iarsa ko‘rsatmoqchi edingiz, shekilli, — Qahhor akamii qaygusidan bir zum chalgitish uchun unga murojaat etdim. 
— Ha-ya, yur... — Akam meni og‘ilxonaga yetakladi. U yerga kirdim-u, og‘zim ochilib qoldi. Xuddi qorabayirimizga o‘xshagan jigarrang, yuzida oq qashqasi bor, endi tug‘ilgan quluncha turishga majoli kelmay, tugmaday ko‘zlarini menga qadab cho‘zilib yotardi. 
— Vuy chiroyliligini... Bu qorabayirimizning bolasimi, aka?— deb so‘radim. 
— Ha. Shuni tug‘di-yu, o‘zi o‘ldi, — Akamning ichki bir tug‘yondan ovozi o‘zgarib chiqdi. — Yaxshi ham nasli qoldi. Xudo xohlasa, bu shunday poygachi ot bo‘lsinki... 
Sabrim chidamay, kulunning yoniga borib yollarni siypadim. Quloq uchlarini qitiqladim. 
— Ehtiyot bo‘l, — dedi akam xavotir aralaga. 
Uni ko‘rib qanchalik ko‘zim quvnagan bo‘lsa, shunchalik rahmim kela boshladi. 
— Aka, buni endi qanday boqamiz?
— Yo‘lini qilamiz. 
Akam oyim isitib qo‘ygan sutni shishaga solib, uning og‘ziga so‘rg‘ich kiydirib qulun oldiga keldi. 
Qulun ancha vaqt so‘rg‘ichni ogziga solishni istamadi; tipirchilab qarshi turdi. Akam bo‘ynidan quchoqlab, unga so‘rg‘ichni majburlab so‘rdirdi. Dulun o‘zi ham sutning mazasini tuygach, og‘zini chapillata-chapillata ema boshladi. 
— Mana shunday... — dedi akam qulunni erkalab. Shishadagi sutni bo‘shatgach, qulun to‘ymagan kabi akam oldiga kelib yamlanib turdi. 
— Yetadi, hozircha yetadi. Hammasini birdan ichib bo‘lmaydi. Keyinroq yana beraman, xo‘pmi?
Kulun akamning so‘zini anglagan kabi bosh egib turardi. 
Akam qulunchaga Oq qashqa deb nom qo‘ydi. Asta-sekin u o‘sa boshladi. Goh akamga, goh menga ergashib yuradigan payt ham keldi. 
Ilk marta Oq qashqaning og‘ilxonadan chiqqani esim-da. U biram o‘ynoqlardi, go‘yo bu ulkan dunyoning kengligi-yu, yorug‘ligi uni hayratga solgandi. U dikonglab, hovlini chir aylanib chopardi. Ogilxona atrofida go‘ng titib yurgan tovuqlar yel to‘zg‘itgandan toychoqdan cho‘chib, qanotlarini yozib turli yoqqa tarqalishdi. Ho‘roz jangari chiqib qoldi. U qag‘illab qolmay, qanotlarini yozib, bo‘ynini cho‘zib, Oq qashqa ustiga tashlandi. Bunday xujumga uchrarman deb o‘ylamagan Oq qashqa dovdirab, o‘zini bir chekkaga oldi. Birozdan so‘ng yana boshini ko‘tarib kishnab oldi-da, quyrug‘ini dikkaytirib, har tomonga chopishda davom etdi. Ichkaridan chiqib kelgan akamni ko‘rgach erkalanib, uning yoniga keldi. Akam Oq qashqaning yollarini siypar ekan:
— Bu yerda zerikayapsanmi, toychog‘im? Yur, seni o‘rtoqlaring oldiga olib boraman, — dedi. Qiziq, akam unga gapiga tushunadiganday muomala qilardi. 
Birgalashib, Oq qashqani yetaklab, qigaloq chetidagi sayxonlikka yo‘l oldik. Bu yerda bir to‘da biyalar qulunlarini ergashtirib o‘tlab yurishardi. Kulunlarning oyoqqa bosganlari ham, ancha tetiklashib chopa boshlaganlari ham bor. Ular bir-birlari bilan quvishib o‘ynashar, so‘ng kishnashib, onalarini emishga tushardi. 
Oq qashqa sayxonlikka tushgach, yanada yayrab ketdi. Bir kishnab olgach, dastlab o‘zining yaqinida turgan qizil biyaning quluni tomon otlandi. Uning ham shodlanib, qarshi olishini kutgandi. Qulun esa bu hol yoqmaganday quloqlarini chimirib, onasining yoniga kelib oldi. Oq qashqa yana unga suykala boshladi. Qulun esa hamon begonasirardi. Aksiga olib, biya ham Oq qashqani hurkitib, unga tomon vahimali odimladi. 
Oq qashqa boshqa qulunlarga ham suykalib ko‘rdi. Ular bilan o‘ynoqlagisi keldi. Ammo boshqa qulunlar ham negadir uni yonlariga yo‘latmasdi. Ularni erkalaydigan onalari bor edi. Oq qashqaning esa... Uning ko‘zlarp inson kabi o‘ksik chaqnardi. Nazarimda u ilk marta yolg‘pzlikning, onasizlikning azobini tuyayotgan edi. 
Bnz soylikka tushib, mollarga o‘t o‘rib chiqquncha, Oq qashqa huv narida o‘tlab yurgan otlar uyuridan yakkalanib, keng sayxonlikning bir chetida ko‘m-ko‘k maysa ustida cho‘zilib yotardi. 
— Toychog‘im, seni sig‘dirishmadimi?— Akamning tovushini eshitishi bilan u dik etib o‘rnidan turdi. Kishnab-kishnab uning yoniga chopib keldi. Shundan so‘ng har doim akamning, akam bo‘lmasa mening ortimdan soyaday ergashib yurishni kanda qilmadi. Ko‘rganlar ajablanib:
— Bu toychog‘inglar itga o‘xshab ortlaringdan qolmaydi-ya, deyishardi. 
Kuz ham keldi. Kattalasha boshlagach, barcha toylarniig qirqilish davri boshlandi. Oq qashqaning yollarini, quyrug‘ini tekislab kesgach, yana ham chiroylilashib, ko‘rkamlashib ketdi. 
— Ishga kirishadigan vaqt ham kelayapti. Hademay men seni chopishga o‘rgataman. Faqat sen dangasalik qilma, — deb akam Oq qashqaga murojaat qila boshladi. 
Ammo uning umidi uzilishiga sal qoldi. Bu vaqtda Oq qashqaning endi yetilib kelayotgan davri edi. Bir kuni uning tuyog‘iga ko‘z solib hayron qoldim. Naq o‘rtadan yorilib, sigir tuyog‘iga o‘xshab qolgandi. 
— Qanday qilib jarohatlanding? Ko‘z tegdimi, toychog‘im. Seni oyoqqa bostirib bo‘larmikan?— Akamning o‘sha kungi holatini tasvirlash qiyin edp. Chayir yuzi ko‘mirday qorayib ketgandi. Ammo u qarab turmadi. Iliq suv bilan bir necha bor yarasini yuvdi. Bechora jonivor og‘riqqa chidayolmay, bezgak tutgandagi kabi butun tanasi bilan dir-dir qaltirardi. Akam tuyog‘ining yorilgan o‘rniga cho‘chqa moyi surtib, xascho‘p kirmasin deb latta bilan boglab qo‘ydi. 
Uch-to‘rt kundan so‘ng qaltirog‘i ham kamaydi. Akam bot-bot Oq Qashqa jarohatiga cho‘chqa moyi surkab turdi. 
U tuzala boshladi. Hatto eshik oldiga chiqib yugurarlik holga keldi. Ko‘zga ko‘rinib, biroz semirdi. Yana ko‘rkamlasha bordi. Og‘rig‘ini butunlay unutdi. Tuyog‘i tutashdi. Endi yugurtirsa ham bo‘lardi. Uning bo‘rtib chiqqan ko‘kragiga ko‘zi tushib, akamning quvonchiga quvonch qo‘shilardi. 
— Bunday ot chopganda yuqori sakramaydn, tez charchab qolmaydi, — derdi u. 
Oq Qashqa to‘rt yoshga yetganda akam uni turli poygalarda qatnashtira boshladi. 
U qishlog‘imizdagi hosil bayramiga atab o‘tkazilgan poygada ilk qatnashgan kuniyoq birinchilikni oldi. 
Oq Qashqa keyinchalik ko‘p poygalarda g‘olib keldi. Uni ko‘rib ko‘pchilikning ko‘zi quvnadi. U poygada faqat goliblik uchun yaratilganday edi. Ammo hech bir narsa abadiy emas ekan. 
O’tgan yilgi poygada Bo‘tako‘z laqabli ot birinchi keldi... Bu yil ham o‘sha jonivor g‘oliblikni qo‘ldan boy bermadi. Oq Qashqa esa o‘tgan yili uchinchi o‘rinda kelgan bo‘lsa, bu yilgi poygada baxtga qarshi oxirgi o‘rinni egallasa bo‘ladimi. 
— Toychog‘im, endi qariding. Senga dam olish uchun fursat yetdi, — dedi akam unga achinib qararkan. 
... Tabiatni yashillikka burkab yana bahor keldi. Quyoshli kunlarda erigan qo‘rg‘oshinday yaltillab ariqlarda suvlar to‘lib-toshib oqdi. Dalalar chuchmoma-yu, lolaqizg‘aldoqlarga burkandi. Navro‘z butun olamga bahoriy kayfiyat ulashdi. 
Mana bugui Navro‘zga atab qishlog‘imizda ko‘pkari o‘tkazilmoqchi. Katta shodiyona bo‘lishi kutilmoqda. 
Oq Qashqa buni sezganday ertalabdan beri tinchini yo‘qotgan. Goh pishqiradi, goh kitinaydi. Og‘ilxonada o‘zini qo‘yarga joy topolmasdi. 
— Eh, jonivor. Tinchlan-tinchlan. Nahot sezayotgan bo‘lsang. Taqdir shundoq bo‘lsa bizning qo‘limizdan nima kelardi, — otning yolini, bo‘ynini siypab akam unga gapirardi. — Bugun poygaga qatnashmaganing alam qilayaptimi? Alam qilmasii. Hayot ana shunday shafqatsiz. Mayli, bugun kenglikka bor. Yugurib-yugurib o‘yna. 
Akam Oq Qashqani qirga tashlab keldi. Boya og‘ilxonadan chiqayotganda otimizga sinchiklab razm soldim. Chindan ham uning qayg‘udaligi so‘niq, jovdirab chaqnayotgan ko‘zlaridan sezilib turardi. 
Qishlog‘imizdagi Navro‘z nishonlanayotgan keng yalanglikka men istar-istamas bordim. Maydon har doimgidan olomon bilan to‘lgan. Xalq sayli bo‘layotgan edi. Ko‘ngil ochar turli o‘yinlarning birortasi qalbimga o‘tirigamandi. Dilgir edim. Balki otlar poygasida ilk bor Oq Qashqani uchrataolmasligim alam qilayotgandir. Shunday bo‘lsa-da poygani tomosha qilishga jazm qildim. Harchand urinmap xaloyiq ichidan akamni qidirib topolmasdim. «U bugun Navro‘z bayramiga kelmasa kerak, »— deb o‘ylagandim. Ammo u keldi. Yuzida ma’yuslik alomati. 
Otlar hali qo‘zg‘almagan. Hozircha ular ham tomosha qilishga hozirlangan xalq orasida edi. Eryigitlar jonivorlarni uzoqroq borib ham, yaqinroq kelib ham tomosho qilishardi. So‘ng qaysinisi birinchi keladi — deya bahslashishga tushishardi. 
Bir safga tizilgan otliqlar uchun nihoyat poyga boshlandi. 
Otlar yengil qadam tashlab olg‘a intildilar. Xaloyiqning shov-shuvi kuchaydi. 
Uzoqlarga olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘layotgan otlarning tuyoqlaridan ko‘tarilgap chang-to‘zon bosilishga ulgurmay, juda yaqindan yana bir otning kishnagai tovushi eshitildi. 
Kimdir:
— Uni qaranglar! Bu Oq Qashqa-ku, — deb qichqirib yubordi. Yuragim «shuv» etdi. Akam ham toshday qotib qolgandi. Nihoyat, es-xushini yig‘ib
— Qayoqdan paydo bo‘lib qoldi ekan u? Nahotki qirdan ataylab kelgan bo‘lsa, — dedi. Maydonga yugurib chikib, uning yo‘lini to‘smoqchi ham bo‘ldi. Ammo kech qolgan edi. 
Oq Qashqa esa o‘zini yo‘qotgan kuyi terga botib, shiddat bilan otlar ketgan tomonga yo‘rtib borardi. Ko‘p o‘tmay u ham ko‘zdan yo‘qoldi. 
— Nahot u o‘zini-o‘zi halok qilmoqchi... Endi bu yog‘i qanday bo‘ladi?— Akam yig‘laguday bo‘lib gapirardi. 
Daqiqalarning o‘tishi juda qiyii bo‘ldi. Akam esa ich-etini yeb borardi. 
— Ana otlar kelayapti! Otlar... !
Bu so‘zlar akam ikkovimizning qalbimizdagi yarani tirnab qonatganday bo‘ldi. Umidsiz qiyofada maydonga termuldik. 
Bu poygada ham birinchilikni «Bo‘tako‘z» oldi. Boshqa otlar ham birin-ketin poygani tugalladilar. Faqat Oq Qashqagina ko‘rinmasdi. 
— Nega u kelmayapti?— Akam yuragi taka-puka bo‘lib, joyida o‘tirolmay qoldi. Men ham biror noxush hodisani sezganday butun badanim bo‘shashib ketdi. 
— Qani yur-chi?.. 
Ikkimiz hozirgina ot chopgan shudgorli maydon uzra yugurib ketdik. 
Zil-zambil oyoqlarim ko‘pchigan tuproqqa botib, tobora o‘zimga bo‘ysinishi qiyinlashib borardi. Shunday bo‘lsa-da, nafasim tiqila-tiqila oldinda chopib borayotgan akamdan qolmaslikka harakat qilardim. 
Nihoyat uzoqdan bir narsa qorayib ko‘rindi. «Nahotki Oq Qashqa..?» — Vujudim jimirlashib ketdi. Ko‘zlarimga ishonmay qoldim... 
... Oq Qashqa iyagini cho‘zib, yerda qora terga ko‘pchib sulayib yotardi. Kengaygan burun katagidan esa issiq bug‘ ko‘tarilar, ko‘zlari esa tobora olayib borar, nazarimizda bu ko‘zlar abadiy yumilishdan oldin bizni ko‘rib qolishga fursat kutayotgan edi. 
Oxiri uning ko‘zlari yumildi. Nafasi esa chiqmay qoldi. 
— Oq Qashqa, Qashqaginam, — o‘zimni tutolmay yig‘lab yubordim. 
Akamning ham ko‘zlaridan tirqirab chiqqan yosh abadiy uyquga ketgan Oq Qashqa ustiga tomdi... 
Keng shudgorda bir to‘da qarg‘alar bizning ayanchli holatimizga beparvo yumshoq tuproqni cho‘qishib, yem titqilab yurardi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.