background
logotype

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (1601-1700)

1601. Farz nima degani va necha qismdir?
Javob: Qat’iy dalillar bilan sobit bo’lgan ilohiy amrlar farz deyiladi. Farz ikki xil bo’ladi: farzi ayn va farzi kifoya.

1602. Farzi ayn va farzi kifoya qanday ishlardir?
Javob: Farzi ayn: har oqil va bolig’ bo’lgan musulmon qilishi shart bo’lgan farzlar - 5 vaqt namoz o’qish, ramazon oyida ro’za tutish, muhtojlarga zakot berish, qudrati bo’lganda Hajga borish. Farzi kifoya: ba’zi musulmonlarning bajarishi boshqa musulmonlarga bog’liq bo’lgan ishlar - janoza namozi, salom berish va olish kabi.

1603. Vojib nima degani?
Javob: Alloh taolo amr etgan, olimlarning dalillarida shubhali ishlardir. Hanafiy mazhabida shubhali dalil bilan sobit bo’lgan ishlar. Bular: vitr namozini o’qish, Ramazonda Fitr sadaqasini berish, qurbonlik qilish, hayit namozlarini o’qish.

1604. Sunnat nima?
Javob: Farz va vojib bo’lmay, Payg’ambar alayhissalom har doim tark etmagan amallardir. Bular - misvok ishlatish, Tarovih namozini o’qish, jamoat bilan namoz o’qish, yosh bolallarni sunnat qilish kabilardir.

1605. Sunnat necha qism va qaysilar?
Javob: Sunnat 2 qismdir: 1. Sunnati muakkada. 2. Sunnati g’ayri muakkada. Sunnati muakkada Payg’ambarimiz SAV har doim amal qilgan va ba’zi uzrli sabablarga ko’ra bajarolmay qolgan amallar. Bular: bomdod, peshin, xufton namozlarining sunnatlari, juma namozining avvalgi va so’nggi sunnatlari kabilar. Sunnati g’ayri muakkada Payg’ambarimiz SAV ba’zan qilib, ba’zan tark etgan amallardir. Bular: asr namozining sunnatini o’qish, muborak kunlarda ro’za tutish kabilardir.

1606. Mustahab nima?
Javob: Qilinsa savob, tark etilsa gunoh bo’lmaydigan amallar. Bular: nafl sadaqa berish, nafl namoz o’qish va hok.

1607. Muboh nima degani?
Javob: Qilinishi savob, tark etilishi gunoh bo’lmaydigan amallar. Masalan: o’tisrish, turish, yeyish, ichish, uxlash kabilar.

1608. Harom nima degani?
Javob: Qat’iy dalil bilan qilinishi ma’n etilgan amallar. Bular: odam o’ldirish, aroq ichish, nomusga tajovuz qilish, yer yuzida fasod ishlarni qilish kabilardir.

1609. Makruh nima?
Javob: Amalning savobini ketgazadigan amallar. Masalan, quyosh chiqish va botishida namoz o’qish, namozda ko’zini yumish kabilar.

1610. Necha xil makruh bor? Har birini ta’rif eting.
Javob: 2 xil: 1. Tahriman makruh - haromga juda yaqin bo’lgan makruh (Quyosh botishida namoz o’qish kabi). 2. Tanzihan makruh - halolga yaqin bo’lgan makruh (o’ng qo’l bilan burun tortish) kabi.

1611. O’z-o’zini qayta tiklay olmaydigan yagona inson organizmi qaysi?
Javob: Tish.

1612. Umar ibn Xattob xalifalik davrlarida Ko’faga baytulmolga bir sahobiyni boshliq qilib yuboradilar. Bizga ma’lumki, Ko’fa xalqi juda sarkash va besabr bo’lgan, lekin bu sahobiyga hech kimga ko’rtishmagan mehr-muhabbatni ko’rsatishadi. Ularni muhabbatiga erishga sahobiy kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud r.a.

1613. Rasululloh s.a.v. Madinaga hijrat qilganlaridan keyin qaysi sahobiyni o’zlariga hitobchi qilib olganlar. Va bir sahobiyni o’zlarining shoirlari deb ataganlar. Bu ikki sahobiy kim?
Javob: Xitobchilari - Sobit ibn Qays r.a. Shoirlari - Hasson ibn Sobit r.a.

1614. Shunday mamlakat borki o’zining er maydonining uchdan bir qismini suniy holda o’zlari yaratgan. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Niderlandiya.

1615. U yerda o’zlari uchun yig’lashmas,
U yerda yig’latar birovning g’ami.
U yerda birovning g’ami muqaddas,
U yerda tabarruk o’zganing qadri.
(U.Azim)
Shoir ta’kidlagan joy qayer?
Javob: Teatr.

1616. Qaysi mamlakat nomi o’zbekchaga tarjima qilinsa,"Buzoqlar mamlakati" deyiladi?
Javob: Italiya (Apennin yarim oroli)

1617. Antarktidadan boshqa hamma materikni birinchi bo’lib kezib chiqqan sayyoh kim?
Javob: Jeyms Kuk.

1618. Tokio hayvonot bog’i har yili 2 oyga yopib qo’yladi. Bunga sabab nima?
Javob: Shu ikki oyda hayvonlar dam oladi.

1619. Bir kechada 76 metrli tunnel qaziy oladigan hayvon qaysi?
Javob: Krot.

1620. Inson organizmidagi eng kichik hujayra qaysi?
Javob: Spermatazoid.

1621. "Muqaddas kishi" unvoniga ega bo’lgan qadimgi Rim imperatori?
Javob: Oktavian Avgust

1622. 1998 yilgi futbol bo’yicha JCHda Shotlandiya terma jamoasi sardori bo’lgan futbolchi va uning klubi?
Javob: Colin Hendry, Blackpool Clyde

1623. Rasululloh aytdilar: Har bir din o’ziga xos xususiyatga ega. Islomning o’ziga xos hususiyati ...dir dedilar. Payg’ambarimiz islomning hususiyati deb nimaga aytganlar?
Javob: Hayo

1624. Alloh taolo Qur’oni Karimda uning jazosi odam o’ldirgan kishining jazosidan ham og’irroq deb zikr qilgan narsa nima?
Javob: Fitnaga sabab bo’lguvchi insonni jazosi qotilni jasodidan qattiq.

1625. Turk futboli afsonasi Hoqon Shukur ayni paytda qaysi jamoa sharafini himoya qilmoqda? (2007)
Javob: Galatasaray

1626. Bir necha yil Ispaniyaning ‘Real Sosiedad’ klubida o’ynagan va bu mavsum ‘Villyareal’ga o’tgan turkiyalik xujumchi?
Javob: Nihat Kahveci.

1627. "Navoiy" romanini kim yozgan?
Javob: 12.

1628. Bobur necha yoshida taxtga o’tirgan?
Javob: Oybek.

1629. Kryeg Bellami qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?
Javob: Kreyg Bellami Angliyani "West ham United" klubi va Uels terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

1630. G.G.Markesning "Oshkora qotillik qissasi" asariga qaysi hikmat epigraf qilib olingan?
Javob: Takabburlik bilan ham mehr-muhabbat qozonish mumkin. Jil Visenti.

1631. Lui Aragon qaysi asarni "Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa" deb atagan?
Javob: Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi.

1632. Pablo Nerudaning asl ismi nima?
Javob: Neftali Rikardo Reyes.

1633. T.Murod qaysi asari haqida "Men o’zbek xalqiga haykal qo’yaman!" degan?
Javob: "Otamdan qolgan dalalar".

1634. T.Malik "Falak" qissasida kimni "Batlimusi davron" deb atagan?
Javob: Ali Qushchini.

1635. U nimadir, darvozasiz qal’adir
U nimadir, derazasiz binodir
U nimadir, odamlarga ko’rinmas
U nimadir, yemadilar to’ydilar
U nimadir, ulug’ kunga qo’ydilar
Shoir bo’lsang,shundan bizga ber xabar.
Javob: U kongildir - darvozasiz qaladir,
U qabrdir - derazasiz binodir,
Ubalodir - kelsa kozga korinmas,
U diydordir - yemadilar, toydilar,
U namozdir - qiyomatga qoydilar.
Bizdan salom bolsin, javobimiz shu.

1636. Tarjimanul Quron(Quron tarjimoni) nomiga sazovor bolgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos

1637. Internet kashfiyotchisi kim?
Javob: Tim Berners - Li.

1638. Uyali telefonni kim kashf etgan?
Javob: Martin Kuper.

1639. Rasuli-Akram S.A.V.ning hadislari bilan ogohlantirilganimiz 7 halok qilguvchi narsalar qaysilar ?
Javob: Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Yettita halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar, dedilar. Yo Rasululloh, ular qaysilar? deb sorashgan edi, Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (oldirishni) harom qilgan jonni nohaq oldirish, yetim molini yeyish, dushman bostirib kelgan kunda (jangdan) qochish va pokdomon momina ayollarni badnom qilish, deya javob berdilar (Mutaffaqun alayh).

1640. Islom jihodlarida jangdan avval eng kop tilovat qilinadigan qur’oniy sura qaysi?
Javob: Anfol surasi.

1641. Har bir jon o’lim sharbatini tortguvchidir. Allohni huzurida go’zal o’lim bor u qanaday o’lim?
Javob: Shahidning o’limi.

1642. Allohning huzurida maqbul bo’lgan olimga erishgan insonni barcha gunohi kechiriladi,ammo bir ishi kechirilmaydi deyilgan bu Alloh kechirmas bo’lgan ish qaysi ish?
Javob: Alloh huzurida eng maqbul o’lim shahidlikdur,shahidni barcha gunohlari kechiriladi lekin birovdan qarzi kechirilmaydi zero qarz bergan kishi kechmagunicha.

1643. Orqaga qarab yura olmaydigan jonivor qaysi?
Javob: Kenguru.

1644. Qaysi davlatning bayrog’ida 22 marta "Allohu akbar" deb yozilgan?
Javob: Eron.

1645. Kishi boshiga hisoblanganda, eng ko’p qahva iste’mol qiladigan xali qaysi?
Javob: Shevdlar.

1646. 1980 yillarning ohirlarigacha ham Butan davlatida shu narsa bo’lmagan, bunga ishonish qiyin, lekin bu haqiqat. Bu narsa nima?
Javob: Telefon bo’lmagan.

1647. Bu kolga 336 ta daryo kelib quyiladi va faqat bir daryo- Angara bu koldan oqib chiqadi? Bu qaysi ko’l?
Javob: Baykal ko’li.

1648. Italiyada- qirol, Ispaniyada- qirolning akasi, Germaniyada- protektor (homiy, himoyachi), Shveytsariyada- mediator (vositachi) va Frantsiyada imperator bolgan mashxur shaxs kim?
Javob: Napoleon Bonopart.

1649. Kembrij universiteti talabalari dastlab bu o’yinni o’ynash uchun sigar qutisi va shampan vinasi qopqoqlaridan foydalanishgan. Bunday antiqa usulda paydo bo’lgan o’yin nomini toping?
Javob: Stol tennisi.

1650. Ipak qurtida 4000 dan ziyod, odamda esa 639 ta? Bu nima?
Javob: Mushak.

1651. Yerdan eng uzoq sayyora qaysi?
Javob: Pluton.

1652. Rasululohning sav ismlari bir nechta. Buni hammamiz bilamiz. Lekin ularni eng birinchisi va eng mashhuri Muhammad. "Muhammad"ning ma’nosi nima?
Javob: "Muhammad" so’zi arab tilidagi "Hammada" (to’xtovsiz maqtadi) fe’lidan olingan. "Muhammad" - To’xtovsiz maqtaladigan ma’noni anglatadi.

1653. Ulamolar Rasulullohning sav amakilari nechta ekanligiga ijmo’ qilishgan?
Javob: Ularmolar Rasulullohning sav amakilari 9 ta ekanligiga ijmo’ qilishgan. "Ar-Rohiyqul maxtum" kitobidan.
Rasulullohning sav bobolari Abdumutallibning 10ta o’g’li bo’lgan.
1.Horis.
2. Zubayr.
3.Abu Tolib.
4. Abdulloh.
5.Hamza.
6.Abu Lahab.
7.G’aydoq.
8. Miqvam yoki Muqavvim.
9. Safor.
10. Abbos.

1654. Rasulullohning sav ammalari nechta bo’lgan?
Javob: 6 ta: Ummu Hakim Bayzo, Barra, Otika, Safiya, Arvo, Umayma.

1655. Rasululloh sav yilning qaysi faslida tug’ilganlar?
Javob: Bahor faslida.

1656. Ispaniyaning "Barselona" klubi qachon tashkil etilgan?
Javob: 1899 yilda tashkil etilgan.

1657. YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qaysi shahar 2007 yilning dunyo kitob poytaxti sifatida e’tirof etildi?
Javob: Kolumbiya poytaxsti - Bogota.

1658. Alloh taolo "Ahzob" surasining 56-oyatida Rasulullohga sav salovat aytishni buyurgan. Rasulullohga sav salovat aytishning ma’nosi nima?
Javob: Bunga ko’chilik ulamolar har xil ta’rif berishgan. Ularning ulamolar ijmo’ qilishgan ta’rif,  ulug’ tobe’in Abul Oliya aytgan ta’rif: "Sollallohu alauhi vasallam" degani "ALloh taolo O’z payg’ambarini farishtalari huzurida maqtasin va salom yuborsin" deganidir. Imom Buxoriy "Al-jome’us sahih".

1659. Rasulullohning sav ismlari Qur’oni karimning necha joyida zikr qilingan? Va qaysi ismlari necha martdan zikr qilingan?
Javob: Rasulullohning sav muborak ismlari Qur’oni Karimda besh marta zikr qilingan. To’rt marta "Muhammad" va bir marta "Ahmad".

1660. Bizga ma’lumki, Qur’on oyatlari ikkiga bo’linadi. Madaniy va Makkiy. Rasulullohning sav ismlari qaysi suralarda kelgan? Suralarning nomini ham toping.
Javob: Rasulullohning sav ismlari Madaniy suralarda kelgan. "Oli - Imron", "Ahzob", "Muhammad", "Fath" va "Saf".

1661. Ulamolar sahihligiga ijmo’ qilishgan va "mutavotir" darajasiga yetgan shajaradan Rasulullohning sav nechta ota-bobolari joy olgan?
Javob: Yigirma bitta ota - bobolari joy olgan: Abdulloh, Abdumutallib,Hoshim, Abdumannof,Qusay, Kilob, Murra, Ka’b, Luay, G’olib, Fihr, Molik, Nazr, Kinona, Xuzayma, Mudrika, Ilayos, Muzar, Nizor, Ma’add, Adnon.

1662. Muhaqqiq olimlarni tadqiqlariga ko’ra Rasulullohning sav bobolari Adnon bilan Ismoil a.s. ortasida nechta avlod o’tgan?
Javob: O’ttiz to’qqizta.

1663. Rasulullohning sav otalari Abdulloh Abdulmutallibning nechanchi o’g’li bo’lgan?
Javob: To’rtinchi.

1664. 1996 yili qaysi futbolchi "Ozbekistonning eng yaxshi futbolchisi" deya topilgan?
Javob: Pavel Bugalo.

1665. 15-16 asrlardan boshlab qaysi davlatda "Odamlar qo’ylarga yem bo’lyapti" degan gap tarqala boshlagan?
Javob: Angliya.

1666. Tekshiruv natijasida dunyoda eng ko’p va baland gapiradiganlar Italiyaliklar hisoblanarkan. Eng kam gapiradiganlar qaysi millat vakillari?
Javob: Finlar.

1667. Yer yuzida qaysi orolning atigi 1% da odam yashaydi?
Javob: Karib oroli.

1668. Dunyodagi yagona tishlamaydigan it turi qaysi?
Javob: Basenji.

1669. Qaysi qushning ko’zlari miyasidan kattaroq bo’ladi?
Javob: Tuyaqush.

1670. Qaysi davlatning davlat madhiyasi 158 xil ko’rinishga ega?
Javob: Gretsiya.

1671. Erkak kishi hayoti davomida, o’zi bilmagan holda bu mahsulotdan o’rtacha 5 kg iste’mol qilar ekan. Bu qaysi mahsulot?
Javob: Lab bo’yog’i.

1672. Aflotuni zamon kim?
Javob: Qozizoda Rumiy.

1673. Sharq Arastusi kim?
Javob: Forobiy.

1674. Sharq Rafeli kim?
Javob: Kamoliddin Behzod.

1675. Otasi, onasi, bobosi, buvisi, tog’asi va xolasi tomonidan insonlarning eng sharaflisi bo’lgan ikki aka-uka kim?
Javob: Imom Hasan va Imom Husayn. Otalari - Ali r.a., onalari - Fotima r.a., bobolari - Hazrati Muhammad SAV, buvilari - Hazrati Hadicha r.a., xolallari esa Payg’ambar SAVning qizlari Zaynab r.a.

1676. Islomiy tablig’ uchun Rasululloh SAV qaysi o’lkalarga elchi jo’natganlar?
Javob: Eron, Rum, Habashiston, Misr, Bahrayn, Ummon.

1677. Kitob nozil bo’lmay, sahifa tushirilgan payg’ambarlar qaysi? Ularga necha sahifa tushirilgan?
Javob: Odam a.s.ga 10 sahifa, Shis a.s.ga 50 sahifa, Idris a.s.ga 30 sahifa, Ibrohim a.s.ga 10 sahifa.

1678. Uhud jangida payg’ambarimiz S.A.V.ni himoya qilib orqalariga sanchilgan nayza o’qlari tipratikan tikani singari bo’lgan sahobiyni ismi shariflari kim?
Javob: Anas ibn Nazr roziyallohu anhu.

1679. Sahobalar tomonidan jihodlarda kamonni o’qidek uchib yurardi degan guvohlik qaysi sahobaga berilgan?
Javob: Qa’qo roziyallohu anhu haqida shunday guvohlik berishgan sahobalar.

1680. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.dan rivoyat qilingan hadisda 70 ming  kishi soroq savolsiz jannatga kiradilar deyilgan.Bu jannat sohiblari ikki kasallikda davolanmak vaqtlarida parhezkor bolganlari sabab soroqsiz jannatga kiradilar.Bu qanday kasalliklar?
Javob: Bu ikki toifa insonlar kasallik vaqtlarida dam soldirmagan va kuydirib davolatmagan insonlardir.

1681. Jihod maydonida eng birinchi shahid bo’lgan sahoba kim?
Javob: Mihja r.a.

1682. Uhud g’azotida ilk shahid bo’lgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Amr r.a.

1683. Alloh yo’lida ilk qilich ko’targan sahoba kim?
Javob: Abu Zarr G’iforiy

1684. Alloh yo’lida ilk o’q otgan sahoba kim?
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos r.a.

1685. Ansorlardan ilk shahid bo’lgan sahoba kim?
Javob: Horis ibn Suroqa r.a.

1686. Rasululloh sav Makkada Bani Hoshim mahallasida tug’ilganlar. Ammo kimning uyida tug’ilganlar?
Javob: Muhammad (saw) Abutolib  xonadonida dunyoga keldilar.

1687. Rasululloh sav tug’ilayotganlarida kim doyalik qilgan?
Javob: Abdurahmon ibn Avfning onasi Shaffo  doyalik qildi.

1688. Rasulullohga sav kim "Muhammad" deb ism qo’ygan?
Javob: Payg’ambarimiz(saw)ning Bobolari Abdul Muttolib "Muhammad" deb nom qo’ygan.

1689. "Shaqqi sadr" voqeasi Rasulullohning sav hayotlari davomida necha marotaba sodir bo’lgan?
Javob: 2 marta: 1-chisi 4 yoshlarida, 2-chisi merojda.

1690. Rasululloh sav yetim bo’lib qolganlari u kishiga ulkan mehribonlik ko’rsatgan bobolari Abdumutallib vafot etganlarida bu ulug’ zot sav necha yoshda bo’lganlar?
Javob: 8 yoshga kirgandilar.

1691. Rasululloh sav necha yoshlarigacha amakilari Abu Tolibning qaramog’ida bo’lganlar? Va necha yoshlarigacha amakilarini  himoyalarida bo’lganlar?
Javob: Rasululloh sav 25 yoshlarigach amakilari Abu Tolbni qaramog’ida, 50 yoshlarigach himoyalarida bo’ldilar.

1692. Rasululloh sav Hadichaga r.a. uylanganlarida mahriga nima berganlar?
Javob: 20 ta urg’ochi bo’taloq. Manba: "Ar-Rahiyqul maxtum’, As-Siyratun nabaviya" (Ibn Hishom), "Nurul basar".

1693. Rasululloh sav uzukni aynan qaysi barmoqlariga taqar edilar?
Javob: Imom Muslim va Nasoiy rivoyatlariga ko’ra va "Shamoili Muhammadiya" da kelishicha, Rasululloh sav uzukni jimjiloqlariga taqqan ekanlar.

1694. Rasululloh sav tashqi ko’rinishda qaysi payg’ambarga o’hshardilar?
Javob: Ibrohim alayhissalomga.

1695. Rasulullohga sav ilk vahiy nozil bo’lgan, Hiro g’ori joylashgan tog’ kechinchalik qanday nomlangan?
Javob: Nur tog’i deb nomlangan.

1696. Ilk vahiy nozil bo’lganida Jabroil a.s. Rasulullohga sav qanday suratda ko’ringanlar?
Javob: Odam suratida.

1697. Bizga ma’lumki birinchi vahiy bilan ikkinchi vahiy orasida bir oz uzilish bo’lgan. Ikkinchi vahiyda qaysi suraning, qaysi oyatlari nozil bo’lgan?
Javob: "Mudassir" surasining 1-7-oyatlari.

1698. Qullardan kim birinchi bo’lib Islomni qabul qilgan?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a.

1699. Bizga ma’lumki namoz farz bo’lgunicha musulmonlar ertalab va kechqurun namoz o’qishgan. Rasululloh sav bilan birinchi bo’lib namoz o’qigan inson kim?
Javob: Hadicha r.a.

1700. Rasululloh sav oshkor da’vat qilish uchun Alloh taolodan buyruq olganlaridan keyin Safo tepaligida da’vatni boshlaganlar. SHunda amakilari Abu Lahab u kishini qattiq haoqat qiladi va hatto urish uchun qo’liga tosh ham oladi. Shundan keyin "Masad" surasi nozil bo’lgan. Bu hodisa Nubuvvatning nechanchi yili sodir bo’lgan?
Javob: 4-yili

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.